Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Josh Makdauell) 11 bob

Джош Макдауэлл. Никоҳдаги Бахтнинг 10 Рецепти - (11-боб) Узбек тилида

Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Djosh Makdauell) Audiokitob Uzbek tilida.Книга на Узбекском языке

                         

MUNDARIJA

Kirish

1–BOB. SIZ SEVGI MUNOSABATLARIDAN NIMANI ISTAYSIZ?

2–BOB. BIRINCHI QAROR. Hayotda Xudoni birinchi o‘ringa qo‘yish

3–BOB. IKKINCHI QAROR. Men qanday bo‘lsam, o‘zimni shundayligimcha sevish va qabul qilish

4–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Birinchi qism

5–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Ikkinchi qism

6–BOB. TO‘RTINCHI QAROR. Ajoyib tinglovchi bo‘lish

7–BOB. BESHINCHI QAROR. Muloqot san’atini egallash

8–BOB. OLTINCHI QAROR. Qabul qiladigan, sadoqatli va doimiy sevgini namoyon etish

9–BOB. YETTINCHI QAROR. Kelishmovchiliklarni tezda hal etish

10–BOB. SAKKIZINCHI QAROR. Hamisha kechirish

11–BOB. TO‘QQIZINCHI QAROR. Oilaviy byudjetga jiddiy yondashuv

12–BOB. O‘NINCHI QAROR. O‘z tuyg‘ularining tozaligi va yorqinligini asrash


11–BOB. TO‘QQIZINCHI QAROR. OILAVIY BYUDJETGA JIDDIY YONDASHUV

“Ha, bu rostdan ham ko‘hna matoh va u juda ajoyib” – dedim men amerikacha an’anaviy uslubdagi arg‘imchoq–o‘tirg‘ichni qo‘lim bilan taxlay turib. Yaqindagina Aleksga turmushga chiqqan Liz o‘z navbatida taxtaning betakror tuzilmalari orasidan sizib chiqqan bo‘yoqni qayd etib jilmaydi. Aleks faqatgina kinoyali qarab qo‘ydi va so‘ngra meni divanga o‘tirishga taklif qildi.

Bu er–xotin meni uylariga oilaga oid maslahat berishim uchun chaqirishgandi. Men ko‘hna arg‘imchoq–o‘tirg‘ich ularning ichki oilaviy muammolariga qandaydir aloqador ekanligini hattoki tasavvur qilmagandim.

Ma’lum bo‘lishicha, Aleks uyni o‘rtayerdengizi uslubidagi jihozlar bilan bezamoqchi bo‘lgan, Liz esa ilk Amerika ruhidagi antiqa jihozlar bilan. Ular to‘ygacha uyni jihozlash masalasida nimani afzal ko‘rishlarini o‘zaro muhokama qilishmagan, endi esa bu masala janjal o‘chog‘iga aylangan. Ular mening maslahatimni eshitmoqchi edilar. Umuman olganda, ular meni bu bellashuvda hakamlik qilishim uchun chaqirishgandi.

Lizga uyning o‘ziniki hisoblagan va o‘zi xohlaganidek holatga keltirgan bir qismi ajratilgandi. O‘z navbatida Aleks ham uyning “o‘ziniki” bo‘lgan qismini xohlagan uslubida jihozlab chiqqandi. Ularning bahsi galma–gal “bu meniki” va “bu seniki” deya aniqlashtirish bilan o‘tardi.

Ularning birgalikdagi ilk Mavlud bayramida Aleks xotiniga ajoyib sovg‘a qildi – o‘rtayerdengizi uslubidagi yozuv stolini. Eh, agar u to‘qmoq bolg‘a sovg‘a qilganida, xotini uni iliqroq qarshi olgan bo‘lardi.

Afsuski, Liz va Aleksning nikohi ajralish bilan yakun topdi.

SENIKIMI, MENIKIMI YOKI BIZNIKIMI?

Agar sevgi munosabatlaringiz chuqurlashishini, katta yaqinlikka va birdamlikka olib borishini xohlasangiz, pul masalasida jiddiy yondashuvingiz lozim. Boshqacha qilib aytganda, toki siz ikkalangiz ham mulkingiz va moliyaviy imkoniyatlaringiz borasida o‘zaro kelishuvga erisholmasangiz, sevgi aloqalaridagi hamjihatlik to‘liq bo‘lmaydi.

Oilaviy munosabatlarda yuz beradigan moliyaviy muammolar – ixtilof va ajralishlarning asosiy sabablaridan biridir. Ko‘plab er–xotinlar turmush qurmaslaridan avval bankda hisob raqami ochishgan, ammo bir oila bo‘lib yashay boshlaganlaridan so‘ng o‘z pullaridan qanday foydalanish haqida bir–birlari bilan jiddiy gaplashib olishga vaqt topishmaydi. Endi ular nima qilishlari kerak: hisob raqamlarini birlashtirish, o‘z hisob raqamini saqlash yoki “aralash” hisob raqamini afzal ko‘rgan ma’qulmi? Kim ko‘proq pul topayotgan bo‘lsa, o‘sha ko‘proq sarflashi mumkinmi? Bir–birlaridan xarajatlar to‘g‘risida hisob berishlarini talab qilish kerakmi? Er–xotinlardan biri nimadir xarid qilishidan avval qanchadir aniq miqdordagi pulni kelishib olish talab etiladimi? Xonadon uchun qanday ichki bezaklar uslubini tanlash, avtomobilning qaysi nusxasini sotib olish, ta’til vaqtida qayoqqa borish, jiddiyroq nimagadir yetishish uchun qancha pulni ajratish va shu kabi masalalarga oid qarorlarni qay tarzda qabul qilish mumkin?

Bu va shu kabi masalalar do‘stona ravishda hal etilishi kerak, aks holda siz ham “meniki” va “seniki” ataladigan boshi berk ko‘chaga kirib qolasiz. Agar moliyaviy masalalarga yengiltaklik va o‘ylamasdan yondashilsa, bu holda siz o‘z boyligingizni va moliyaviy “shirin kulcha”ngizni himoya qilishga o‘tib olasiz, ayni vaqtda esa turmush o‘rtog‘ingiz o‘z “mulk”ini himoya qilishni boshlaydi. Agar siz “seniki” va “meniki”dagi qarama–qarshilikni bartaraf etib, bir–birlaringiz bilan moliyaga taalluqli hamma narsa – bu “umumiy” ekanligiga rozi bo‘lsalaringiz, qoyilmaqom ish bo‘lardi. Ammo mabodo siz – Masihning izdoshi bo‘lsangiz, aytingchi, haqiqatdan ham boyliklaringiz yuz foiz o‘zingizga tegishlimi? Yoki Xudoda ham O‘zining qandaydir foizlari bormi?

Ko‘pgina er–xotinlar Xudo O‘ziga jamoatga berilishi kerak bo‘lgan eng kamida o‘n foizni talab qilishiga, qolgan to‘qson foizidan esa o‘zlariga lozim bo‘lganidek foydalanish mumkin ekanligiga ishonishadi. Bunday yondashuvni ular Eski Ahddagi o‘n foizlik ushr tizimidan olishgan: “Yer hosilidan va daraxt mevalaridan olingan ushr ham Egamiznikidir...” (Levilar 27:30).

Levilar (ruhoniylarni ham qo‘shganda) yerga egalik qilishmagan, ushr esa ularni qo‘llab–quvvatlab turish uchun belgilangan. Ikkinchi ushr har uchinchi yili levilarga, shuningdek, yetim–esirlarga va o‘zga yurtliklarga qo‘shimcha yordam tariqasida berilgan. Bu qo‘shimcha ushrni muhtojlar “kelib, yeb to‘yishi” (Qonunlar 14:29; 26:12) uchun yaqinroq shaharga yetkazish lozim bo‘lgan.

Ayrimlarning so‘ziga ko‘ra, Kalomda masihiylar uchun o‘z jamoatlariga kamida o‘n foiz ushr berishlari doimiy qilib belgilangan. Boshqalari esa bunday ko‘rsatmaga rozi bo‘lmay, bu faqat Isroil uchun moliyaviy talab bo‘lganligini aytishadi, ya’ni bunda kamida 10% emas, balki yiliga o‘rtacha 13,3% ekanligini nazarda tutishadi (har yili 10% umumxalq ushri va har uch yilda beriladigan qo‘shimcha 10%). Xo‘sh, Xudo bizdan moliyaviy masalada nimani talab etadi?

Isoning ta’limi bu borada juda qiziqarli. “Xuddi shu singari, – deydi Iso, – bor mol–mulkingizdan kechmasangiz, birortangiz ham Mening shogirdim bo‘la olmaysiz” (Luqo 14:33). Solnomalar Birinchi kitobida shunday deyilgan: “Zotan, yeru osmondagi barcha narsa Senikidir. Ey Egamiz!” (1 Solnomalar 29:11). Kalom qayd etadiki, hamma narsa Xudoga tegishli va biz Isoning izdoshlari bo‘lgan holda, boyliklarimizdan yakka o‘zimiz foydalanish huquqidan voz kechishimiz kerak – biz Xudoga xizmat yo‘lida bu boyliklardan foydalanadigan sodiq boshqaruvchilar bo‘lishimiz lozim.

Bu esa barcha er–xotinlarga Xudo unga (va barchamizga ham) bergan boyliklarning boshqaruvchisi bo‘lish huquqini beradi, bu o‘rinda gap bu “seniki”, “meniki”, va hatto “bizniki” haqida emas – gap hamma narsa Xudoniki ekanligi haqida bormoqda. Biz qachonki bu olamdagi boyliklarimizni shu ranglar orqali ko‘rsak, hammasi tugal o‘zgarib ketadi.

BERMAGAN NARSANGGA EGALIK QILOLMAYSAN

Iso aytadi: “Boshqalarga bering, Xudo ham sizlarga beradi... Sizlar qanday o‘lchov bilan o‘lchalasangizlar, Xudo ham sizlarga xuddi shunday o‘lchov bilan beradi” (Luqo 6:38). Bu biz ko‘nikkan o‘y–xayollarga mutlaqo o‘xshamaydi. Inson nuqtai nazaridan bu shunday tuyuladi: “Berib yubor, shunda olasan. Qanchalik ko‘p bersang, shunchalik ko‘p olasan”. Biroq Xudoning moliyaviy tizimi boshqacha asosda ishlaydi.

Hayotda siz egalik qilishingiz mumkin bo‘lgan yagona narsa – bu berib yuboradiganingiz. Yodingizda tuting, sevgi hamisha boshqa odamga qaratiladi. Berish – sevgi shunday yo‘l tutadi; olish – xudbinlik shu tariqa ish ko‘radi. Qachonki sizda bag‘ishlovchi qalb bo‘lsa, evaziga siz sevgi va himoyani olasiz. Oilaviy juftlik ziqna bo‘lganida, Xudoni shunchaki sevolmaydi va berolmaydi, mana shu bois Iso aytgan: “Men sizlarga aytaman: bu dunyoning boyligidan foydalanib do‘st orttiringlar, toki bu boylik tugagach, Xudo sizni abadiy maskaniga qabul qilsin... <...> Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qilolmaysizlar” (Luqo 16:9, 13).

Biz Dotti bilan birgalikdagi hayotimizning boshidayoq pul masalasida umumiy til topishganmiz. Ko‘p yillar muqaddam Texas shtatidagi Ostinda uning qo‘lini so‘radim. Unashuvimizni nishonlash uchun men uni juda yaxshi (qimmat) restoranga taklif etishni rejalashtirdim. Bir necha kun avval esa do‘stlarimdan biri avtohalokatga uchragan mashinasining orqa qismini almashtirmoqchi bo‘lgani, ammo buning uchun puli yo‘qligini bilgandim. Men Dotti bilan do‘stimning muammosi haqida gaplashib oldim va ikkimiz ham unashuvni nishonlash uchun yig‘gan pulimizni olib, do‘stim mashinasini ta’mirlab, unga zarur bo‘lgan qismlar olishi uchun bersak, yaxshiroq bo‘lishiga kelishdik. Xullas, bizda tantanali bu marosimni faqat fast–fud restoranida o‘tkazish uchun pul qolgandi. Va bu bizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ajoyib, eng quvonchli bayramga aylandi, zero, biz o‘zimizda borini bergandik. Ana shundan so‘ng Xudo bizga umumiy huzur va quvonchning ajoyib tuyg‘ularini baxshida etdi, zero biz muhtoj bo‘lgan insonga yordam berganimizni bilardik.

Bu oqshom bizning hozirgi kungacha davom etayotgan birgalikda qurbonlik qilishlarimizning boshlanishi bo‘ldi. Har yili biz o‘z daromadimizning ma’lum qismini – jamoatimizga beradiganimizdan tashqari – odamlarga yordam uchun qurbonlik tariqasida beramiz. Va har safar o‘z badalimizni stipendiya fondiga, nogironlarni ko‘niktirish markaziga yoki yetimlar uchun oziq–ovqat va kiyim–kechaklarga ajratganimizda, biz berganimizdan ko‘ra ko‘proq olgan bo‘lib chiqamiz. SHu bilan birgalikda, bir–birimiz bilan kelishgan holda bu ishni qilganimizda o‘zimni qandaydir saxiy deb his qilmasligim haqida o‘z–o‘zimga ko‘p marotaba eslatishimga to‘g‘ri kelgan. Bizning pullarimiz Xudoga tegishli, biroq ularni boshqaruvchilari biz bo‘lamiz.

Xudo sizlarning kambag‘al bo‘lishlaringiz uchun boshqaruvchilikka da’vat etmagan. U sizning saxiy bo‘lishingizni, siz va boshqa odamlar Uning marhamatini anglab yetishlarini istaydi. “Har doim saxiy bo‘lishingiz uchun Xudo sizni har jihatdan boy qiladi ...Ularga hamda boshqalarga ko‘rsatgan saxiyligingiz va Masihning Xushxabariga ishonib, itoatkorona yashayotganingiz tufayli ko‘pchilik Xudoni ulug‘laydi ...Xudoning sizlarga ko‘rsatgan cheksiz inoyati sababli ular mehr–muhabbat bilan sizlar uchun ibodat qiladilar” (2 Korinfliklar 9:11, 13–14). Siz Xudoga biror narsa berganingizda, U sizlarning ehtiyojlaringizni qondiradi va kelgusida ham berishlaringiz uchun layoqatli etadi. Ezgu boshqaruvning mohiyati U sizga beradiganlarni boshqarish va Uning borliq ustidan oliy hukmronligini, Uning barcha odamlar ustidan g‘amxo‘rligiga asoslangan boshqaruvini tan olishdan iboratdir.

“Har kim norozi bo‘lib yoki majburiyat bilan emas, balki ko‘nglida niyat etganini bersin. Axir, Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi ko‘radi. Xudo sizlarning hayotingizni har jihatdan inoyatga to‘ldirib–toshdirishga qodirdir. SHunda har doim, har jihatdan, hamma ehtiyojlaringiz qondiriladi va sizlar yanada ko‘proq har xil xayrli ishlar qilasizlar. Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Boyligini muhtojlarga saxiylik ila taqsimlaydi, Uning solihligi to abad davom etadi... Har doim saxiy bo‘lishingiz uchun Xudo sizni har jihatdan boy qiladi”.

2 Korinfliklar 9:7–9, 11

Er va xotin pulga tegishli munosabatlarda imon qoidalarini qabul qilsalar, hammasi o‘zgarib ketadi! “Meniki, va “seniki” kabi bahslar o‘z–o‘zidan yo‘qoladi. Savollar faqat bir doira atrofida aylanadi: “U bizga ishonib topshirgan pullarni shu tarzda ishlatayotganimiz Xudoni ulug‘laydimi?”

Xudoning mulk masalasida bizga aytadigan gaplari bor. Muqaddas Kitobda mol–mulk va pul masalasiga bog‘liq yetti yuzdan ortiq oyatlar mavjud. Isoning uchdan ikki qismidan ko‘proq masallarida mol–mulk va unga aloqador masalalar eslatib o‘tiladi. O‘zimizni Xudo bizga berganlarining to‘g‘ri boshqaruvchisi sifatida ko‘rishimiz juda muhim. U bizdan O‘zi ishonib topshirganlariga nisbatan sadoqat va javobgarlik ko‘rsatishimizni, shuningdek, biz Undan shunday so‘zlarni eshitishimizni xohlaydi: “Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan!” (Matto 25:21).

Mol–mulkning yaxshi boshqaruvchisi bo‘lish – bu pullarni va boshqa boyliklarni donolik bilan tasarruf qilmoq demakdir. Bu shuni anglatadiki, oldingizga ezgu maqsadlarni qo‘ygan holda o‘zingizda bor narsadan qanday foydalanishni bilmog‘ingiz lozim.

Bir yoshgina boy Isoning oldiga savol bilan keldi: “Abadiy hayotga ega bo‘lishim uchun qanday yaxshilik qilishim kerak?” (Matto 19:16). Isoning javobi dastlab g‘alati tuyulishi mumkin, negaki U badavlat yigitga bor boyligini sotib, qo‘lga kiritgan pullarini kambag‘allarga bo‘lib berishini amr etadi, so‘ngra esa shunday deydi: “Keyin kelib, Menga ergashing” (Matto 19:21). Ayrim odamlar bu masaldan shunday xulosa chiqarishadi: Iso odamlarda pul bo‘lishiga qarshi chiqqan. Biroq Iso mutlaqo buni nazarda tutmagandi. U boyning ustunligini to‘g‘ri tartibda tuzmoqchi bo‘lgan. Bu yigit pulga umid qilgandi – Iso esa yigit Unga umid qilishini istagan.

Xudo sizning pullardan foydalanishingizni istaydi, ammo U pullarga umid qilishingizni xohlamaydi. Qo‘shma SHtatlarning dollar banknotiga nazar tashlang. Unda shunday deb yozilmagan: “Biz puldan umidvormiz”. Unda yozilgan: “Xudodan umidvormiz”. U aynan shuni sizlardan ham xohlaydi. Havoriy Pavlus Timutiy haqida nimalar deganini o‘qib ko‘ring:

“Bu dunyoda boylik topgan birodarlarga ayt, mag‘rurlanmasinlar, bevafo boylikka umid qilmasinlar. Aksincha, umidini Xudoga bog‘lasinlar. Xudo bizga hamma narsani faqat xursand bo‘lishimiz uchun beradi... yaxshilik qilsinlar, xayrli ishlarga boy, saxiy, ochiqqo‘l bo‘lsinlar”.

1 Timutiy 6:17–18

Xudo er–xotin bo‘lganlaringiz uchun sizlarga berganlaridan lazzat olishni o‘rganishingizni va ayni vaqtning o‘zida saxiy bo‘lishlaringizni istaydi. Pullarga emas, Xudoga umid qilish uchun ayrim amaliy qadamlarni qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Faqat Xudoga bo‘ysungan holda o‘z mulkingizni va oilaviy byudjetni boshqaruvchi sifatida o‘zingizni moslashtirishingiz lozim.

OILAVIY BYUDJETNI BOSHQARISHDA USTUNLIKLAR

Birinchi navbatda, Xudo barcha mol–mulklaringizning xo‘jayini va U oilangizni ta’minlashi haqida turmush o‘rtog‘ingiz bilan ishonch hosil qiling. Agar siz bo‘ydoq bo‘lib, kim bilandir oila qurish maqsadida jiddiy uchrashib yurgan bo‘lsangiz, bu inson bilan moliyaviy masalalarda Xudoga umid qilish haqida kelishib olishingiz lozim. Siz va sevimli insoningiz yuqoridan berilgan in’omlarni boshqarishga da’vat etilganingizni tan olganingiz zahoti xarajatlarga oid bahsingizdagi so‘z ohangi butunlay o‘zgaradi. Avval aytib o‘tganimdek, suhbat endi “meniki” va “seniki” haqida emas, balki “Xudo bizga nima bergan bo‘lsa, o‘sha bilan Uni ulug‘laymiz”, mavzusida bo‘ladi.

Xudo bergan pullardan foydalanishingizdan avval, anglab yetish kerak bo‘lgan ikkita muhim holat bor: bu moliyaviy ustunlikni o‘rnatish va oilaviy byudjet doirasiga amal qilmoq.

Moliyaviy ustunlik o‘rnating. Siz uchun nima muhim: yilda bir yoki ikki marotaba qayoqqadir ta’tilga borish yoki uy sotib olish uchun birinchi to‘lovga mablag‘ yig‘ishmi? Nima muhim: yangi mashina uchun kreditni yopishmi yoki kollejda o‘qiyotgan farzandingiz uchun yig‘ma hisob raqamini ochishmi? Haftasida bir marotaba restoranga borishmi yoki Efiopiyadagi och bolalarni ovqatlantirish uchun qurbonlik qilishmi? Boshqacha qilib aytganda, siz o‘zingizning moliyaviy ustunligingizni o‘rnatishingiz zarur.

Men avval ham aytib o‘tgandim, har qanday tushunmovchilik odatda har kimda o‘z taxmini bo‘lganligi tufayli kelib chiqadi. Siz turmush o‘rtog‘ingiz yoki sevimli insoningiz bilan o‘zingizning moliyaviy ustunligingizni – birinchi navbatda nimalar qilmoqchi ekaningizni yoki nimaga erishmoqchi bo‘lganingizni – yozib qo‘yishingiz lozim. Ustunlikni tafsilotlari bilan birga muhokama qiling. Bu haqda ikkalangiz ibodat qiling, so‘ngra o‘zaro bir qarorga keling. SHu tariqa, daromadingizning qancha foizi jamoatga berilishidan boxabar bo‘lasiz, o‘quv fondi uchun to‘lovga pul qo‘yasiz, nafaqa yoshi uchun mablag‘ yig‘ishni boshlaysiz, ta’til uchun pul g‘amlaysiz va hokazo.

Ish jarayonida sizning ustunliklaringiz harakatlaridan moliyaviy rejalaringizning ko‘rinishi tashkil topadi. Maqsadingiz qanchalik hayotiy va erishish mumkin ekanligi haqida o‘zingizga savol berib ko‘ring. Ularga erishishning oraliq va oxirgi muddatlarini aniqlab chiqing. Birgalikda bir–birlaringizning kuchli taraflaringizga suyanib, o‘z moliyaviy ustunliklaringiz o‘rnatilishi borasida ish olib boring. Ehtimol, sizlardan biringiz sarflashga, ikkinchingiz esa tejamkorlikka moyildirsiz. Birovingiz aytishi mumkin: “Arzonroq buyumlarni sotib olsak ham bo‘ladi”, bunga esa ikkinchingiz shunday javob qiladi: “Sifatlisini tanlay qolaylik, ana shunda uzoqroq chidaydi”. Turlicha yondashuvlar kelishmovchiliklar, balki kuch–qudrat manbasi ham bo‘lishi mumkin. Boshqa odamga e’tiboringizni qaratgan holda, siz o‘zingizning unga o‘xshamasligingizdan afzallik tariqasida foydalanishingiz mumkin.

Oila byudjetiga amal qilish. Kimdir oilaviy byudjetni qandaydir cheklov, xohlagan narsang uchun xarajat qilishingga izn bermaydigan o‘ziga xos og‘irlik deyishi mumkin. Biroq haqiqat mana nimadan iborat: oilaviy byudjet sizga nima zarur bo‘lsa, o‘shanga xarajat qilish uchun imkoniyat bergan holda, sizni ozod etadi. O‘zining oddiygina shakliga ko‘ra byudjet – bu daromad va xarajatlarning hisob–kitobi, Xudoga o‘z pullaringiz bilan donolarcha xizmat qilayotganingizga ishonch uyg‘otadigan harakatlarning yozma rejasidir.

Oila byudjetini tuzish va uni foydali tarzda boshqarish umuman murakkab emas. Oila byudjetini boshqarish va tuzish bo‘yicha to‘liq spektr xizmatlarini taklif etadigan ochiq kompyuter dasturlaridan foydalaning. Eng ommabop manbalar Quicken for Home, Misrosoft Money va iCash hisoblanadi, aslida bundaylar yanada ko‘proq. Ular sizga byudjetni shakllantirishni boshqarishingiz va haftama hafta tartibga solib turishingizga xizmat qiladi.

O‘zingizga taxminiy yillik daromadni belgilab olishdan boshlang. Soliqlarni to‘laganingizdan so‘ng bor daromadingizni olib, xarajatlaringizni yozib chiqing. Aynan mana shunda ko‘p odamlar xato qilishadi – ular o‘z xarajatlarini mayda–chuydalarigacha rejalashtirishmaydi.

O‘ylagan oilaviy byudjetingizni shakllantirish uchun, to‘rtta tuzilmaga e’tibor qaratishingiz lozim – aks holda byudjet doirasida mustahkam turish deyarli mumkin emas. Agar hisob bo‘yicha to‘lashga pulingiz yetmasa, munosabatlaringizda zo‘riqish hissi to‘plana boshlaydi. Budjetning darz ketishi yaxshi boshqaruvdan dalolat bermaydi. Mana, moliyaviy ishlaringizni tejamkorlik bilan boshqarishda e’tiborga olish lozim bo‘lgan to‘rtta eng muhim tuzilmalar.

Hozirgi xarajatlaringizni avvalgi sarflaringizdan kelib chiqqan holda belgilang. Harholda, sizda elektr, gaz, axlat tashish uchun to‘lov, mashina uchun benzin, oziq–ovqat, uydan tashqarida ovqatlanish, ko‘ngilxushlik va shunga o‘xshashlar uchun har oylik xarajatlaringiz bo‘lsa kerak. Ehtimol, xarajatning ipoteka yoki kreditga mashina kabi tarmoqlari ham bordir. Oylik xarajatlaringizni belgilash uchun, o‘tgan yil davomida oylik to‘lovlaringiz qancha bo‘lganligiga qarab ko‘ring.

SHuningdek, siz bir yarim yilda beriladigan ko‘chmas mulk solig‘i kabi mashinaning sug‘urta polisini yopish, hayot va salomatlik sug‘urtasi uchun amalga oshiriladigan har yillik hisob–kitoblarni ham e’tiborga olishingiz zarur. O‘zida yirik pul miqdorini aks ettiradigan bu xarajatlarni har oyda yil davomiga taqsimlab, so‘ngra har oyning o‘rtacha xarajatni aniqlash uchun unga oylik to‘lovlarni qo‘shib qo‘yish kerak.

Oilaviy byudjetda har oylik soliqlarni to‘lash, sug‘urta to‘lovlarini yopish va shu kabi masalalarda hisob–kitob yuritish muddati kelganida to‘g‘ri keladigan to‘lovlar uchun pul asrab qo‘yishingizga yordam beradi. Aksariyat insonlar uchun bu o‘z–o‘zidan tushunarli, biroq byudjetning navbatdagi tuzilmasini ko‘plar nazardan qochirishadi.

Yirik ta’mirlash ishlari yoki asbob–uskunalarni almashtirish uchun pul yig‘ib qo‘ying. Tasavvur qilaylik, Elison va Joui o‘zlarining oylik byudjetlarini tuzishdi va xarajatlarini yopish uchun yetarli vositalarga ham ega. Bunga Elisonga kiyim sotib olish va kechiktirilgan ta’tilni Karib dengizi bo‘ylab qishda sayohat qilishlari uchun yetadigan mablag‘ ham kiradi. Hammasi juda yaxshi ketayotgandi, to‘satdan isitish qurilmasi ishdan chiqib qoldi, uni almashtirish uchun esa ularga 6500 dollar kerak edi!

Elison va Jouining to‘plagan pullari faqat 1500 dollardan iborat edi. Xo‘sh, ular nima qilishdi? Joui agar ular ta’til uchun yig‘gan pullaridan olishsa va Elison kiyim uchun xarajatlarini olti oyga qisqartirib tursa, ta’mir uchun to‘lay olishlari mumkinligini aytdi. Elison shunday javob qildi: “Aslo!” So‘ngra esa ayol mana shunday ko‘zda tutilmagan vaziyatlar uchun kredit kartochkalari mavjudligini misol qilib keltirdi. Har biri o‘z gapida turib olgandi va oilaviy byudjet doirasidagi bahs haqiqiy jangga aylanib ketdi.

Biroq Elison va Joui mana nimani nazardan qochirishdi – uyga egalik qilish uchun uzoq muddatli xarajatlarni. Har kuni sizning xonadoningizdagi asboblar – elektr istish va bug‘ batareyalari, kondensionerlar, santexnika, jihozlar, pol, tomning ustki qismi, uyning old qoplamasi va shu kabilar – oz–ozdan to‘zib boradi. Agar siz kelgusida chetlab o‘tib bo‘lmaydigan xarajatlar uchun oilaviy byudjetingizdan muayyan oylik mablag‘ingizni e’tiborga olib qo‘ymasangiz, shunday zaruriyat bo‘lganida ularni to‘lashga imkon topolmay qolasiz.

Xarajatlarning ko‘pchilik nazardan qochiradigan yana bir moddasi bor – avtomobilning qismlarini almashtirish va ta’mirlash. Siz hattoki mashina sotib olib, to‘lovini shu zahotiyoq amalga oshirganingizda va qarzdor bo‘lib qolmaganingizda ham, u baribir eskirib boraveradi, bunday ahvolni istisno qilib bo‘lmaydi. Besh, olti yoki sakkiz yildan so‘ng uni soz holatda saqlab turish qanchaga tushadi? Uning to‘zib borayotganligini oilaviy byudjetingizda hisobga olmasdan va har oy buning yetarli darajada mablag‘ ajratmagan holda, siz shuningdek, yangi mashina uchun yirik pul to‘plashga tayyor bo‘lolmaysiz – agar qarz olmasangiz, albatta. Afsuski, ko‘plab oilalar qarzga botgan, foizlar moliyaviy va ruhan og‘ir yuk bo‘lib, ularning yelkasiga tushgan.

“Kutilmagan” xarajatlar tuzog‘iga tushmasligingiz uchun ularni kuting. Xonadon asboblarining, tomning ustki qoplamasi, jihozlar, to‘liq qoplamalar va shu kabilarning o‘rtacha ishlash muddatini hisoblab chiqing. Qachon ta’mir qilishni yoki mashinani almashtirishni istasangiz, buni avvalroq rejalashtiring. So‘ngra har bir xaridning foydalanish yilini ta’mirlash yoki almashtirishning taxminiy bahosidan ajratib chiqing. Bu sizga zarurat bo‘lganida bularning hammasini ta’mirlash va almashtirish uchun ajratiladigan yillik va so‘ngra oylik summangizni keltirib chiqaradi.

Xarajatlarni baholab chiqing va tuzating. Hisob–kitobda aniq bo‘lish va oilaviy byudjetni foydali boshqarishning yagona usuli – ayni vaqtdagi moliyaviy vaziyatni hamisha baholab borish va zarurat bo‘lganida hisob–kitoblarni to‘g‘rilash va aniqlashtirib borishdir. Moliyaviy qiyinchiliklardan qochish uchun ko‘plab murakkab qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Vaziyat byudjet doirasidan chiqay–chiqay deganida, xarajatlarni qisqartirishga yoki boshqa yo‘l bilan pul ishlab topishga to‘g‘ri keladi. Oilaviy byudjet doirasida yashash shusiz ham oson emas, agar o‘zimizning moliyaviy ahvolimizni doimo baholab turmasak va unga zaruriy tuzatishlar kiritmasak, bu doirada yashash umuman ilojsiz bo‘lib qoladi.

Ko‘zda tutilmagan xarajatlar fondini tuzing. Siz hattoki yirik ta’mirlash yoki nimanidir almashtirish uchun pul yig‘ib qo‘yganingizda ham, baribir o‘rnini pul bilan qoplashga to‘g‘ri keluvchi kutilmagan xarajatlar hayotda chiqib qoladi. Moliyaviy maslahatchilar bunday pul yig‘ishlarning natijasini “ko‘zda tutilmagan xarajatlar fondi” deya atashadi. Bu mablag‘ oila a’zolaridan biri bexos vafot etganida mamlakatning nari burchagiga borib, ko‘mish marosimida qatnashish uchun yo‘l haqiga kerak bo‘lishi mumkin. Avtohalokat yoki kasallik sizni uzoq muddat ishsiz qoldirishi mumkin, ammo sizni ishga layoqatsizlik uchun sug‘urta polisini qoplash xarajatlari bilan qoldiradi. Ha, ehtimol, har bir o‘ylab ko‘rilmagan yoki xayolga kelmagan kutilmagan holatlar uchun pul ajratib qo‘yishga imkoningiz yo‘qdir, biroq sizga baribir qandaydir zahira fondi kerak. Mutaxassislar bu fond yillik daromadingizning 25% ga to‘g‘ri kelishi lozimligini aytishadi. Bu esa chindan–da kutilmagan holatlarga yuqori darajada moliyaviy tayyor bo‘lib turish lozimligini anglatadi.

BIRGALIKDA REJA TUZIB, O‘Z REJALARINGIZDA MAHKAM TURING

Gap moliyaviy masalalarga borib taqalganida, hamisha bir–birlaringizni eshitishingiz, foydali suhbatlar qilishingiz, boshqa insonga diqqatingizni qaratishingiz, ixtiloflarni tezda hal qilishingiz va kechirimga o‘rganishingiz lozim. Hamisha bir maromda qolish unchalik ham oson emas. Bunga yo‘l esa hozirgi va kelajakdagi moliyaviy imkoniyatlaringizni birgalikda rejalashtirish va shu rejaga qat’iy amal qilishdan boshlanadi. O‘z rejalaringizni, orzu–umidlaringizni, harakat va ehtiyojlaringizni muhokama qilganingizda, oilangizda muloqotning yangi yo‘li paydo bo‘lganini payqaysiz, fikrlar almashuvi va o‘zaro yon berishlar masalasida bir–birlaringizga yanada yaqinroq bo‘lasiz. Va eng muhimi: o‘z moliyaviy holatingizni boshqarish Xudoga shonu–shavkat olib keladi.

Reja tuzishingiz haqida. Agar siz moliyaviy ustunligingizni o‘rnatgan va oilaviy byudjetingizni shakllantirgan bo‘lsangiz, bu holda pulga tegishli qarorlarning aksariyati qabul qilingan va moliyaviy chegaralaringiz belgilangan bo‘lib chiqadi. Mabodo endigina ustunlikni belgilash va oila byujdetini shakllartirish arafasida bo‘lsangiz, bu holda qandaydir muhim ehtiyojlar uchun xarajatlar qilishdan ozod bo‘lgan paytingizda o‘z moliyaviy rejangizni ishlab chiqing. Agar oila byudjetining muhokamasi pulga muhtojlik umuman bo‘lmagan vaziyatda o‘tsa, yaxshiroq bo‘lardi. Har qanday holatda ham, o‘zingizning moliyaviy ustunligingizni muhokama qilganingizda, vaziyatga imkon qadar xolis baho bering.

Ixtiyoringizda muvozanatga keltirilgan oila byudjeti bo‘lganida, xarid qilish uchun sarf–xarajatlarga tayyor ekanligingizni his qilasiz. Endi sizga kerak bo‘ladigani faqat buni oila byudjeti bilan taqqoslab ko‘rishdir. Bir tomondan, agar bunda qandaydir xarid ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, undan voz kechib qo‘ygan yaxshiroq. Boshqa tomondan olganda, agar kerakli xarid bo‘lsa, bu holda o‘z byudjetingizni birgalikda baholab, tartibga keltirib chiqing. Ehtimol, har hafta barcha bu holatlarni muhokama qilishga zarurat yo‘qdir, biroq o‘z moliyaviy rejalaringizni baholash va tartibga keltirish uchun muntazam vaqt topishga to‘g‘ri keladi. Eng muhimi: buni hamjihatlikda bajaring.

Qarzlar haqida. Oddiygina qoida shunday deydi: “Vositalar bilan yashagin”. Kredit xuddi pul kabi nimasi bilandir yaxshi yoki yomon bo‘lolmaydi. Hamma gap undan qanday foydalanishingizda. Agar kreditdan kerakli tarzda foydalanmasangiz, u nihoyatda og‘ir yuk bo‘lishi mumkin.

Credit Cards Som internet zahiralari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “amerikalik o‘rtahol oila – xonadon boquvchisining bitta kredit kartochkasi hisobida kamida deyarli 15950 dollar qarz mavjud”, bu esa kredit kartasi bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 12 dan 20% bo‘lgan sharoitda yuz bermoqda. Ko‘pchilik oilalar bo‘ynida ipoteka va avtomobil xaridi uchun kredit borligini nazarda tutsak, demakki, biz qarzga mubtalo bo‘lganmiz.

Kreditdan noto‘g‘ri foydalanish moliyaviy qaramlikka tushib qolishning eng tezkor usulidir. SHoh Sulaymon shunday deydi, “Boylar kambag‘allar ustidan hukmronlik qiladi, qarzdor qarz berganning qulidir” (Hikmatlar 22:7). Imkoni boricha qarz olmaslikka bor kuchingiz bilan intiling. Qarzdor bo‘lmaslik uchun oila byudjetingizni boshqaring, vositalardan foydalanib yashang, daromadlaringizning bir qismini asrab qo‘ying va xarajatlaringizni rejalashtiring. Qarzdan erkinlik oilaviy munosabatlarga ulkan quvonch olib keladi.

Hisob–kitob yuritish haqida. Yana bir ustunlik va rejalaringizning asosiy qismi moliyaviy hujjatlaringizni tartib bilan saqlashni ham o‘z ichiga oladi. Avvalo turmush o‘rtog‘ingiz bilan birgalikda quyidagi ro‘yxatdan o‘tib ko‘ring. Buning mazmuni esa nima qayerda borligi, shuningdek, parol (qayerda qo‘llash kerak bo‘lsa) ikkalangizga ham ma’lum bo‘lishi lozimligidan iborat.

HUJJAT / ASHYo

JOYLASHGAN O‘RNI

Oila byudjeti

 

Bank hisob raqami

 

Tug‘ilganlik haqida guvohnoma

 

Avtomobil uchun hujjat / avtomobillar

 

Uyga egalik hujjatlari uyni ijaraga olganlik shartnomasi

 

Qimmatli qog‘ozlar ro‘yxati: investitsiya fondlarining ulush aksiyalari, obligatsiyalar, nafaqa va jamg‘arma hisoblari

 

Bank jamg‘armalaridan foydalanish uchun ishonch qog‘ozi

 

Vasiyatnoma

 

Moliyaviy ishonch qog‘ozlarining notarial tasdig‘i

 

O‘zini boshqara olmaslik holatida tibbiy yordam ko‘rsatishga oid qaror qabul qilish uchun notarial tasdiqlangan ishonch qog‘ozi (avvaldan chiqarilgan buyruq)

 

Sug‘urta polislari: avtomobilga, uyga egalik qilishga, tibbiy xizmatga, hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilishga

 

Soliqlar bo‘yicha doimiy ma’lumot

 

O‘tgan yil uchun soliq deklaratsiyasi

 

Aloqalar ro‘yxati: advokatlar, investitsion maslahatchilar, sug‘urta agentlari va boshqalar

 

Depozit seyfi va uning kaliti

 

Bank elektron hisoblar ro‘yxati va ularga kirish (parolni ham qo‘shgan holda)

 

Ko‘mish marosimiga oid buyruq

 

Hattoki oilangizda sizlardan bir kishi moliyaviy masalalarda bosh bo‘lsada, ikkalangiz ham barcha moliyaviy hujjatlar va moliyaviy holatingiz haqidagi ma’lumotlar qayerda turganini bilishlaringiz lozim. Mabodo er–xotin ikkalasi ham oilaning moliyaviy holatini boshqarsa, yanada yaxshi. Men er–xotinlardan biri vafot etganida, ikkinchisi moliyaviy vaziyatni qanday boshqarishni bilmay, ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelganiga guvoh bo‘lganman. Bunga yo‘l qo‘ymang – turli vaziyatlarda nima va qanday qilishni bir–biringizga o‘rgating. Mabodo shunday zaruriyat tug‘ilsa, bir kishi boshqasining o‘rnini bosishi uchun har biringiz buni bilishingiz lozim.

SHunday kunlar kelishi mumkinki, birovingiz boshqangizning vazifasini vaqtincha yoki muntazam bajarishingizga to‘g‘ri keladi.

Agar sizda vasiyat yoki kasallik paytida bir–biringizga ishonch qog‘ozi bo‘lmasa, kerakli hujjatlarni to‘g‘rilash uchun notarius bilan uchrashing. Siz mol–mulkingizni vorislik asosida tartibga solishga oid qarorni qanchalik erta qabul qilsangiz, shuncha yaxshi. Yoshlar ham oilaviy hayotlarining birinchi yilidayoq vasiyatnoma va boshqa muhim hujjatlarni tuzib qo‘yishlari lozim. “Mehnatkashning rejasi faqat mo‘l–ko‘lchilik keltiradi, shoshqaloq kambag‘allikka duchor bo‘ladi” (Hikmatlar 21:5).

Oilaviy byudjetni rejalashtirishga oid kitoblardagi foydali ma’lumotlardan va Deyv Remsi taklif etayotgan ta’lim seminarlaridan foydalaning, ya’ni: “Moliyaviy farovonlik oliygohi”, “Pul: to‘la qayta yuklash”. “Pulga munosabat” va h.k.

Oila byudjetiga jiddiy yondashgan holda turmush o‘rtog‘ingizni sevishga qaror qiling. Buning natijasida Xudoning pul vositalarini yaxshi va sodiq boshqaruvchilari bo‘lasiz. SHu tarzda yo‘l tutib, siz Unga shonu–shuhrat keltirasiz, shuningdek, turmush o‘rtog‘ingizga ertangi kunga nisbatan ishonch ham bag‘ishlaysiz. Hamjihatlikda o‘z moliyaviy vaziyatlarini boshqarib boradigan er–xotinlar baxtlidirlar.


Книга на Узбекском языке: 10 рецептов счастья в браке (Джош Макдауэлл)

Брачные обеты… на этом обычно заканчиваются любовные романы, но это не конец вашей любовной истории, а лишь начало совместного пути с любимым человеком. В этой книге знаменитый американский проповедник рассказывает о десяти решениях, принятых им ради того, чтобы сохранить свежесть и яркость чувств в браке с любимой женщиной. Практические рекомендации, которые автор дает на основе библейского учения и личного опыта, будут полезны и молодоженам, и супругам со стажем, желающим сделать свой брак счастливым и долговечным. Читателей ждет бонус: тест на определение своих эмоциональных потребностей.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак