To‘g‘ri qarorlar izlab. (Josh Makdauell va Bob Xostetler) 1 bob

JOSH MAKDAUELL va BOB XOSTETLER

TO‘G‘RI QARORLAR IZLAB

O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun

 366 jozibakor lavhalar

YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR

ANNOTASIYA

Mazkur kitob biz har kuni duch keladigan hayotiy muammolarga to‘g‘ri qarorlarni topgan holda, ularni oqilona hal etish uchun Muqaddas Kitobdan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatadi. Siz ega bo‘lgan narsalaringiz uchun o‘zingizda Xudoga minnatdorchilik hissini uyg‘otgan holda imkon qadar ko‘proq ibodat qilish, o‘z harakatlaringizni tahlil qilish, itoatkorlik ruhida ish tutib odamlarga xizmat qilishning imkoniyat va usullarini izlash zarur ekanligini tushunib olasiz.Tugri qarorlar izlab kitob uzb

  

KIRISH. To‘g‘ri qarorlar izlab: har bir kun uchun vazifa

DINOZAVRLAR VA KINOYULDUZLAR.

Teleo‘yin.

Misha aka va Masha singil.

To‘lin oy va uchayotgan kometalar.

Televizion yangiliklar dasturi

“Iyerixon uchun kurash: bir kundan so‘ng”.

Jinlar va shaytonlar; o‘yinlar va hazillar; olimlar va fermerlar; qarg‘a va kanareyka; testlar va savolnomalar va hattoki g‘aroyib kaltakesak Mikatu – siz bularning barchasini ushbu kitobning sahifalaridan topasiz. Josh Makdauellning “O‘smirlar uchun har kungi mutolaa” kitobi bu har bir kunda to‘g‘ri qarorlarni izlash va mulohaza yuritish uchun ozuqadir. Birinchi yanvardan boshlanadigan “Andreyning kurtkasi” nomli maftunkor sayohat toki 31 dekabrdagi “Foydali orzular” nomli mutolaagacha jami 366 jozibakor lavhalarni qamrab oladiki, ular sizni to‘g‘ri qarorlarni nojoizlaridan farqlab olishingizga hamda doimo to‘g‘ri tanlov qilishingizga yordam beradi.

Har kungi mutolaa shu kungi hayotingizda haqiqatni qo‘llashda yordam beradigan Muqaddas Kitobdan qisqa parchalarni, asosiy oyatlarni, bir qancha masala va maslahatlarni, shuningdek, qisqacha ibodatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo harqalay hech bir kun boshqasiga o‘xshamaydi. Ayrimlari qisqacha hikoyani taqdim etsa, boshqasi testni tavsiya etadi; nimadir sizni kulishga undashi yoki dilingizni o‘rtashi mumkin; ba’zi hikoyalar o‘ylab topilgan, boshqalari esa haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birgalikda, har kungi mutolaa sizni mulohaza yuritishga va “mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari bo‘lishingiz”ga undaydi (Filippiliklarga 2:15).

 


 

O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob)
YANVAR

 


 

1 YANVAR. ANDREYNING KURTKASI

 

Kalomdan o‘qish: Hakamlar 17:1-6

O‘sha davrda Isroilda shoh yo‘q edi. Har bir odam bilganini qilar edi.  (Hakamlar 17:6)

 

– “Zamonaviy madaniyat” tok shousining oxirgi soniga XUSh KELIBSIZ! Men uning boshlovchisi Dmitriy bo‘laman! Bugun biz mehmonlarimiz eng oddiy odamlar bilan axloq va odob qadriyatlari haqida suhbat o‘tkazib, nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligi haqidagi fikrlarini bilib olamiz. Bizning birinchi mehmonimiz – bu yuqori sinf o‘quvchisi Andrey!

Dmitriy jiddiy qiyofada kameraga qarab bosh irg‘aydi, so‘ngra o‘girilib qora kiyimdagi o‘smirga mikrofonni uzatadi. Toki Andrey studiya bo‘ylab shaxdam qadamlar tashlab yurganida, boshlovchi undan orqada qolmaslikka urinib savollar beradi:

– Nazarimda, sen aqlli bolaga o‘xshaysan, – deydi u, – aytchi, sen qanday qilib to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratasan?

Andrey to‘xtab, kameraga tik qaraydi:

– To‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratishmi? Dunyoda to‘g‘ri ham, noto‘g‘ri ham yo‘q. Makiavellini o‘qib chiq, og‘ayni! Nitsshe nimalar deganini eslab ko‘r! Bu so‘zlar hech nimaga arzimaydi! Bu hammasi yuksak axloqiy haqiqat mutlaqo yo‘qligini va xudosiz dunyoning haqiqatini tan olishga jur’at etolmaydigan ojizlar jamiyatining o‘ylab topganlari, xolos! Mana, Makiavelli nimalar haqida gapiradi! Uning so‘zlarini eshitib ko‘rgin!

Andrey yana oldinga yuradi. Dmitriy yosh yigitdan orqada qolmaslikka urinadi. Andrey to‘satdan hayron qolgan ahvolda kiyim ilgich yonida to‘xtaydi.

– Nimadir bo‘ldimi? – deb so‘raydi boshlovchi. – Hammasi joyidami?

– Mening kurtkam qani? U yo‘qolibdi! Kimdir mening kurtkamni o‘g‘irlab ketibdi.

Andrey boshini ushlaganicha kiyim ilgich atrofida aylanadi.

– Xo‘sh, og‘ayni, bu noto‘g‘ri! Bu umuman noto‘g‘ri!

– Biroq uylashimcha, Makiavelli aytadiki...

– Jim bo‘lasanmi, a?! Sening Makiavellingda suv o‘tkazmaydigan, hamyon va kalitlar kabi bir talay foydali buyumlar solinadigan cho‘ntagi bor zamonaviy kurtka bo‘lmagan! Bu mutlaqo noto‘g‘ri!!!

Bir o‘quvchi yaqinlashadi.

– Hoynahoy, sen kurtkangni ryukzakka solganding, – deydi u.

Andrey tag‘in tezlik bilan to‘xtab kameraga qaraydi.

– Aniq! – u yengil tin oladi. – Naqadar ajoyib!

Andrey o‘rtog‘i bilan ketadi. Boshlovchi kameraga o‘giriladi va barmog‘ini qayirib boshiga urib qo‘yadi.

MULOHAZA QILGIN: bu voqeada Andrey Makiavelli va Nitsshega tayanadi. Bu faysasuflar “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” hech narsa mavjud emasligini uqtirishgan. Ularning o‘ylab topganlari Adolf Gitler va yigirmanchi asrning boshqa diktatorlariga kuchli ta’sir qilgan. Sening fikringcha, Andrey o‘zining aytganlariga chindan ham ishonadimi? Nega sen shunday deb o‘ylaysan? “To‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” nima ekanligini sen o‘zing qanday tushunasan?

IBODAT: “Xudoyim, men ba’zan “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” tushunchalari yo‘qdek ish tutaman. Biroq men o‘zimning to‘g‘ri deb bilganimni qilmoqchi emasman; men Sening nazaringdagi to‘g‘rini amalda qo‘llamoqchiman. O‘tinaman, menga ____________________ da yordam ber”.

 


 

2 YANVAR. MEN QAYSI YO‘L BILAN BORAYAPMAN?

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 14:12

Shunday yo‘l borki, insonga to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi, ammo oxiri o‘limga olib boradi (Hikmatlar 14:12).

 

SEN ODATDA qaysidir hukm yoki harakatning to‘g‘ri ekanligini QANDAY ANIQLAYSAN? Sen buni qanday qilasan?

1. Tanga tashlaysan: raqamli tarafi to‘g‘ri, tasvir tomoni noto‘g‘ri.

2. Diqqat bilan buning to‘g‘ri ekanligini aql tarozisida tortib ko‘rasan

3. Ko‘pchilik bu haqda nima fikrda ekanligini taqqoslab ko‘rasanmi? (Mabodo sening jamoatingda, oilang yoki o‘zing bo‘ladigan davrada buni qabul qilishsa, demak, hammasi to‘g‘ri).

4. Nimanidir boshqacha qilasan.

Birinchi variantni tanlasang, sen harholda yakkalanib qolmaysan. Bugungi kunda ko‘pchilik aynan shunday qarorga kelmoqda. Ehtimol, ular tanga tashlab ko‘rishmas, ammo harqalay o‘z qarorlari ustida uyqusiz uzun tunlarni boshlaridan o‘tkazishmaydi. Ular qaysidir ishlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi haqida bosh qotirishdan ko‘ra itlariga qanday ozuqa olishga taalluqli muammo ustida jiddiyroq fikr yuritishadi.

Mabodo sen 2 variantni tanlagan bo‘lsang, demak, “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” nima ekanligini farqlaydigan anchayin taniqli usulni ma’qul ko‘ribsan. Bunday qarorga keladigan odamlar odatda o‘z tuyg‘ulariga tayangan holda nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri ekanligini hal qilishga urinishadi.Ular shunday deyishadi: “mening fikrimcha, boshqa odamga zarar yetkazish noto‘g‘ri” yoki “nazarimda, bunga uzrli sabab bo‘lsa, o‘zimni bu vaziyatda boshqacha tutishim mumkin”.

Agarda sen 3 variantni tanlagan bo‘lsang, nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligi haqidagi ko‘pchilikning fikriga suyanadigan odamlar toifasiga mansub bo‘lib qolasan. Ular mabodo boshqalar mug‘ombirlik qilayotganini yoki qonunbuzarlik sodir etayotganini ko‘rishsa, o‘zlari ham shunday qilishga haqli deb hisoblashadi.

4 variantni tanlagan holda ozchilik orasiga tushib qolishing mumkin. Vaholanki, haqiqat shundan iboratki, biz nimani his qilayotganimiz yoki boshqalar nimalar qilayotganiga qarab to‘g‘ri qarorlar qabul qila olmaymiz. Nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligi haqidagi fikr yoki harakat hukumat yoxud jamiyat nimanidir ma’qullashi yoki ta’qiqlashiga emas, balki kimningdir fikri yoki tuyg‘usiga bog‘liq bo‘ladi. Nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligini Xudo belgilab bergan. Xudo ibtido, har ishga qodir, Xudo nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligining mutlaq mezonidir.

Misol uchun, yolg‘on gapirish noto‘g‘ri, negaki Xudo haqiqatning o‘zidir. O‘g‘irlik noto‘g‘ri, boisi Xudo adolatlidir. Nafrat noto‘g‘ri, negaki Xudo bu sevgidir. Bu tushunchalar sen nimani o‘ylashing yoki his qilishingdan yuqori baholanadi. Ular ko‘pchilik shunday hisoblagani uchun va jamiyat bunday harakatlarni qabul qilmasligi bois noto‘g‘ri emas, balki Xudo shunday deb o‘ylagani uchun noto‘g‘ridir.

MULOHAZA QILGIN: Hikmatlar kitobining 14-bob, 12-oyatida shunday yozilgan: “Shunday yo‘l borki, insonga to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi, ammo oxiri o‘limga olib boradi”. 1, 2 va 3 variantlar shunday oqibatlarga olib kelishi mumkinmi? Sen odatda qandaydir fikr yoki harakating to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi borasidagi qaroringni qanday qabul qilishing haqida eslab ko‘rgin. Endi esa yuqorida keltirilgan oyat haqida mulohaza yurit. Sen tutgan yo‘l qanday natijaga olib boradi?

IBODAT: “Xudoyim, men to‘g‘ri qarorga kelishim qiyin bo‘lgan damlarda nimani xohlashingni tushunishimga yordam ber, misol uchun, mana bunday paytlarda ____________________”.

 


 

3 YANVAR. TO‘G‘RILIK RESEPTI

Kalomdan o‘qish: Qonunlar kitobi 32:1-4

U suyangan Qoyam, Uning ishlari komil, Hamma yo‘llari adolatlidir, Xudo sadoqatlidir, Unda yolg‘on yo‘q, U haq va odildir (Qonunlar 32:4).

 

BUGUN – VOLIDANG TUG‘ILGAN KUN, sen esa unga sovg‘a hadya qilmoqchi bo‘layapsan. Sen  singilchangni volidang uchun tort tayyorlash maqsadida chaqirasan.

– Kel, shokoladli tort tayyorlaymiz! – deya quvonch bilan hayqiradi Sonya.

– Mayli, – sen rozi bo‘lib bufetdan shokolad qorishmasi solingan qutichani chiqarasan. – Mana bu yerida bizga yarim piyola suv, yarim piyola o‘simlik yog‘i va ikkita tuxum kerak bo‘lishi yozilgan.

Sonya qichqirib yuboradi:

– Men quyib turay, iltimos!

Sen “Ha, mayli” deya yelkalaringni qisib qo‘yasan va shokolad qorishmasini katta idishga quyasan. So‘ngra esa Sonya qay tariqa o‘zining o‘yinchoq idishidan piyolaga suvni qanday quyayotganini kuzatib turasan.

– Sonya! – deysan sen, bizga boshqa piyola kerak.

– Lekin bu yerda “yarim piyola” deb yozilgan-ku! Mana u! – deydi qizaloq suv to‘ldirilgan kichkinagina idishchani ko‘rsatib.

– Biroq biz mana bu piyoladan foydalanishimiz kerak! – deysan risoladagi maxsus piyolani ko‘rsatib..

– Men esa o‘z piyolamni xohlayman! – Sonya go‘yoki og‘ziga bir bo‘lak limonni solgandek aftini bujmaytiradi. Qizaloq yig‘lab yuboray deb turibdi.

Xo‘sh, sen nima qilishing kerak? Agar Sonyaning piyolasini ishlatsang, albatta, tortni tayyorlab bo‘lmaydi. Nima uchun? Negaki, retseptda aniq o‘lchov belgilab qo‘yilgan. Sen birinchi duch kelgan piyoladan foydalana olmaysan. Shuni bilasanki, agar retseptda bir qoshiq un yoki bir choy qoshiq dolchin qo‘shilishi yozilgan bo‘lsa, demak, bunga qat’iy amal qilish lozim.

To‘g‘ri va noto‘g‘rini anglash ham xuddi shunga o‘xshaydi. Ko‘pchilik odamlar nimani his qilayotganlari yoki o‘ylayotganlariga ko‘ra yoxud atrofdagilar fikriga asoslangan holda qandaydir harakatning “to‘g‘riligini baholash”ga urinishadi. Ammo to‘g‘rilik va noto‘g‘rilik retsepti xuddi tort retseptiga o‘xshab o‘z o‘lchoviga ega. Faqat to‘g‘rilikning aniq o‘lchovi piyola yoki choy qoshiq emas; balki Xudoning o‘zidir.

Boshqacha qilib aytganda, Xudo to‘g‘ri yoki noto‘g‘rining o‘lchovidir. Xuddi Qonunlar kitobida aytilganidek, “Xudo sadoqatlidir, Unda yolg‘on yo‘q”. Xudo har qanday holatda ham haqdir. Xudo nohaq bo‘lmaydi. Misol uchun, haqiqatni aytish to‘g‘ri, yolg‘on gapirish noto‘g‘ri, demak, Xudo sadoqatli va ishonchga sazovor.

Qachonki nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligini tushunmoqchi bo‘lsang, senga eng keraklisi mana shu retseptga amal qilishing, xolos. Xudo bilan taqqosla: “Xudo sadoqatlidir, Unda yolg‘on yo‘q”.

MULOHAZA QILGIN: “Xudo har qanday holatda ham haq” va “Xudo nohaq bo‘lmaydi” jumlalari ustida mulohaza qilgin. Sen bu ikkala jumlani ham tasdiqlaydigan misollar (yuqorida keltirilgani kabi haqiqat va yolg‘onning qarama qarshiliklari)ni o‘ylab topishing mumkin.

IBODAT: “Xudoyim, Sen mukammal, adolatli va sadoqatli bo‘lganing uchun Senga rahmat. Senga ko‘proq o‘xshashim uchun nima qilishim kerakligini menga ko‘rsat, ayniqsa____________________”.


 

4 YANVAR. QOBIQ HAQIDA SUHBAT

Kalomdan o‘qish: Yuhanno 8:31-32

Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat esa sizlarni ozod qiladi (Yuhanno 8:32).

 

QISQICHBAQA GERMAN dengiz tubiga sho‘ng‘ib qadrdon tosh ostiga kirib oldi.

– Men erkin bo‘lishni istayman! – deya qichqirdi u otasiga. – Mana bu la’nati qobiqni sutkasiga yigirma to‘rt soat ko‘tarib yurishimni talab qilayotganingizni tushuna olmayman! U mening qomatimga to‘g‘ri kelmaydi.

Uning otasi Fyodor chuqur tin olib og‘ir changalini o‘g‘lining yelkasiga qo‘ydi.

– O‘g‘lim dedi u senga bir voqeani aytib berishimga ijozat etgin.

German ko‘zlarini olaytirdi:

– Ota, yana gap kerak emas!...

– Bu voqea maktabga oyoqyalang borish uchun oyoq tirab olgan Garri ismli bir yigitcha haqida. U botinkasi oyoqlarini qattiq qisganidan va shuningdek, u yoqtirgan urfga to‘g‘ri kelmasligidan shikoyat qilardi. U erkinlikka intilardi, xususan, dala va soylar yoqalab oyoqyalang yugurishni istardi. Oxir-oqibat, onasi uni o‘z holiga qo‘ydi. U uyidan oyoqyalang yugurib chiqdi. Va bilasanmi, nima bo‘ldi?

German endi javob bermoqchi edi, otasi gapida davom etib, uning so‘zlashiga imkon bermadi.

– Garri butilka siniqlarini bosib oldi. Uning oyog‘iga yigirmata chok qo‘yishdi, u jarohat olib uyida yotganida esa uning sevgan qizi bilan boshqa yigit ko‘ngilxushlik qilib yurdi.

– Bu yoqimsiz voqea ekan, dada!

– Bo‘lishi mumkin, ana shunaqa. Mana men senga nima demoqchiman: o‘z vaqtida bu tuyg‘uni his qiladigan har bir qisqichbaqa ham agar qobig‘idan ayrilsa, hayoti ancha yaxshi bo‘lishi haqida o‘ylaydi. Xuddi shuningdek, kemadagi tutqunlikdan adoi tamom bo‘lgan dengizchi ham dengiz to‘lqinlariga ozodlik ilinjida o‘zini tashlaydi. Ehtimol, u buni ozodlik deb bilar, ammo agarda u kemaga yoki sohilga qaytmasa cho‘kib ketadi, uning jasadi esa baliqlarga yem bo‘ladi. Bu qanday ozodlik bo‘ldi?

Garrini otasining so‘zlari o‘ylantirib qo‘ydi.

– Yaqinda sen o‘z qobig‘ingni tashlaysan! – Fyodor o‘g‘lini yupatdi. – Tez orada qobiq almashtirish davri keladi. Barcha qisqichbaqalar ham voyaga yetishgach, bu jarayondan o‘tishadi. Ammo – dedi u ogohlantiruvchi ohangda – bu jarayon yuz berganidan so‘ng sen har qachongidan ham ko‘ra himoyasiz qolasan. Toki qobig‘ing qotmagunicha, – u o‘g‘lining baquvvat yelkasiga qoqib qo‘ydi, – sen odatdagidan ko‘ra ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lmog‘ing kerak. Sen qobiqsiz kamroq ozodlikka ega bo‘lasan.

– G‘alati, – dedi German, – men hech qachon bu haqda o‘ylamagandim. Siz bizga yuk bo‘lib tuyuladigan ba’zi narsalar aslida bizni ozod etishini nazarda tutayapsizmi?

Fyodor yoyilib jilmaydi va o‘zining ulkan panjalari bilan o‘g‘lining yelkasiga qoqib qo‘ydi:

– Mana sen qanday aqlli bola bo‘libsan-a, o‘g‘lim?

MULOHAZA QILGIN: Yuhanno Xushxabarining 8 bob 31 oyatiga binoan, sen haqiqatni anglashingdan avval nima yuz berishi lozim? 31-32 oyatlarni xuddi matematik formula kabi nazaringdan o‘tkaz: Isoning o‘gitlariga amal qilish + haqiqatni anglash = OZODLIK.

IBODAT: “Xudoyim, men chindan ham ozod bo‘lishni xohlayman. Menga O‘z amrlaringni anglashim uchun yordam ber, toki men ularga amal qila olay”.


 

5 YANVAR. BIRINCHI RITSAR

Kalomdan o‘qish: Efesliklar 6:11-18

Iblisning hiylalariga qarshi tura olishingiz uchun Xudo bergan barcha qurol aslahalar bilan qurollaning (Efesliklarga maktub 6:11).

 

Sen qordek oppoq otlarda o‘tirgan ikkita ritsarni tasavvur qilib ko‘rgin-a. Ular baland tosh devorlar va keng handaqlar bilan o‘ralgan ulug‘vor qal’aga qarab turishibdi. Kamonchilar pastda turgan ritsarlarga ajal o‘qlarini yog‘dirmoq uchun devor tepasida ishorani kutib turishibdi.

Birinchi ritsar yaltiroq aslahalarga burkangan: og‘ir dubulg‘a boshni himoya qiladi, badanni to‘lig‘icha zirh yopib turibdi, oyoq va qo‘llar metal plastinalar bilan yopilgan. Bu aslaha-anjomlar purviqorligini og‘ir etiklar va bukilmas qo‘lqoplar yanada to‘ldirib turibdi.

 Ikkinchi ritsar ham o‘z otida xuddi birinchi ritsar kabi o‘tiribdi, biroq undagi yagona metall - tishlaridagi briketlari, xolos. Bosh kiyimini teskarisiga kiyib olgan va qora ko‘zoynagi uning ko‘zlarini quyosh nurlaridan himoya qilib turibdi; firma belgisi tushirilgan futbolka, shortik va “Reebok” krossovkasi - mana shu uning bor anjomi.

Birinchi ritsar ikkinchisiga o‘girilib shunday deydi:

– Mening ishoram bilan hujumga o‘tamiz va o‘z nomimizni shon-shuhratga burkaymiz! – U o‘ng qo‘lida mahkam tutgan qilichini baland ko‘taradi va qala tomonga to‘g‘rilaydi.

– Mayli, olifta do‘stim! – deya javob qaytaradi ikkinchi ritsar tayog‘ini qo‘liga olib.

Sen qaysi ritsardan biri bo‘lishni istaysan? Birinchisi o‘z harakatlarini yengil bajara olmaydi, u og‘ir kiyimlaridan ezilib qisilgan, yelkasini qashiy olmaydi va burnini ham artishning iloji yo‘q. Ikkinchi ritsar esa bunday noqulayliklardan tamomila xoli. Shunday bo‘lishi ham kerak, to‘g‘rimi? Noto‘g‘ri! Ehtimol, og‘ir kiyimlari o‘z harakatlarini cheklab qo‘yayotganini birinchi ritsar sezib turadi, ammo u bularni o‘z foydasi uchun kiygan. Ikkinchi ritsar balki o‘zini qulayroq “erkinroq” his qilar, biroq u mutlaqo himoyasiz turibdi.

Xudoning qonunlari ham xuddi shunday aslaha-anjomlar kabi ta’sir ko‘rsatadi. Ular seni “yovuz shaytonning hamma alangali o‘qlari”dan  (Efesliklarga 6:16) himoya qilish uchun yaratilgan. Misol uchun, o‘g‘irlikni ta’qiqlash seni jinoyat va jazo qo‘rquvidan, shuningdek, mabodo qo‘lga tushsang seni muqarrar kutadigan jazo va sharmandalikdan himoya qiladi. Yolg‘on gapirishni ta’qiqlash o‘z yolg‘onlaring to‘rida o‘ralashib qolmaslikka hamda eski aldovlaringni yashirmoq maqsadida yangi yolg‘onlarni o‘ylab topmaslikka yordam beradi. Shuningdek, yaqinlaring va do‘stlaring tomonidan senga bo‘lgan ishonchni asraydi. Kechirish amri ozor yetkazganlarga nisbatan alamzada va xafagezak bo‘lmasliging uchun senga ko‘mak beradi.

Xudoning amrlari sening rusuming yoki quvonchingni barbod qilish uchun o‘ylab topilmagan; ular xuddi aslaha-anjomlar kabi seni yovuzlikdan himoya qiladi.

MULOHAZA QILGIN: Sen o‘zingni Xudo amrlari bilan siqib qo‘yilgan kabi his qilganmisan? Sen qachonlardir bu amrlar erkinligingni cheklab qo‘yganini sezganmisan? Xudoning amrlari seni shaytondan qay tariqa himoya qilishini qanday qilib kengroq bilish mumkin? Yodingda tut, “dushmaningiz bo‘lgan iblis sherday bo‘kirib, birovni yutib yuborish uchun izg‘ib yuribdi” (1 Butrus 5:8).

IBODAT: “Xudoyim, Sening Sevging uchun va O‘z amrlaringa bo‘ysunishimni talab qilib meni himoya qilganing uchun Senga rahmat. O‘tinaman, himoyamning zaif tomonlariga O‘zing yordam ber, ya’ni bu zaifligim quyidagilardir___________”.


 

6 YANVAR. MO’JIZALAR MAYDONI

Kalomdan o‘qish: Ibroniylarga11:24-25

Muso voyaga yetganda imoni tufayli fir’avn qizining o‘g‘li deb atalishni rad etdi. U gunoh qilib, vaqtinchalik huzur-halovatda yashashdan ko‘ra, Xudoning xalqi bilan birga azob-uqubat chekishni o‘ziga ravo ko‘rdi (Ibroniylarga11:24-25).

 

“Barchaning sevimli shousiga XUSH KELIBSIZ! “Mo’jizalar maydoni” boshlovchisi – Leonid Yakubovich!”

Toki boshlovchi shoshilmasdan yo‘lakdan o‘tib baraban oldiga borayotganida, zalda quvonchli qiyqiriqlar va qarsaklar ko‘tariladi.

– Rahmat! Endi esa sizlarga birinchi ishtirokchilarni tanishtirmoqchiman: Pavel va Yelizaveta!

Yigit yonidagi qiz bilan o‘z joyidan qo‘zg‘alib sahnaga chiqadi va boshlovchining oldiga borishadi.

– Demak, boshlaymiz! Birinchi o‘yinimizda siz tanlashingiz mumkin: qizil qutichada va ko‘k qutichada sovg‘alar bor. Men hatto unda nima borligini ham aytaman!

Barabanlar dumbirlaydi.

– Qizil qutichada rok konsertga ikkita chipta. Siz axir do‘stlaringiz bilan konsertga bormoqchi edingiz, ammo chiptaga pulingiz bo‘lmagan, to‘g‘rimi?

Pavel va Yelizaveta bosh irg‘ashadi. Gulduros qarsaklar chalinadi.

– Ko‘k qutichada esa filarmoniyaga chipta solingan. Bu ota-onangiz bilan birgalikda mumtoz musiqani o‘tirib eshitishingiz uchun imkoniyat, axir.

– Men qizil qutini tanlayman! – Pavel va Yelizaveta bir ovozdan javob berishadi.

Yakubovichning yuzi tabassumdan yorishib ketadi.

– Bunchalik tez emas-da! Qizil qutichani ochishingiz uchun onangizning hamyonidan “bir muddat”ga ming so‘m olishingiz kerak. Oxir-oqibat, biz sizlarga bilet sotib olganimiz haqida o‘ylamagandirsiz? Bundan tashqari, siz bu pullarni keyin berishingiz mumkin. Ko‘k qutichani ochish uchun esa “ bir muddat”ga pul olishingiz shart emas. Xo‘sh, endi nima bo‘ladi: do‘stlar bilan rok-konsertmi yoki ota-onalar va mumtoz musiqa bilan birgalikda oqshommi?

Tanlov qiyin bo‘layaptimi? To‘g‘ri ish tutish murakkab bo‘ladigan vaziyatlar uchrab turadi: noto‘g‘risini tanlasang qiziqarliroq bo‘ladi, shunda to‘g‘ri deb bilganing zerikarli bo‘lib tuyuladi. Misol uchun, Musoni olib qaraylik. U murakkab qaror bilan to‘qnashdi: Xudoga va o‘z xalqiga yuzlanib farog‘atda yashash yoki sahroda bir to‘da nochor odamlar bilan birgalikda hayot kechirish. Tanlov aniq, to‘g‘rimi? Biroq Muso gunohdan bir muddat rohatlanishdan ko‘ra, Xudoga itoat etib, uzoq davom etadigan mukofotni afzal ko‘rdi.

 Odatda ham shunday bo‘ladi. Ko‘pgina noto‘g‘ri yo‘llar tez foyda ko‘rishni taqdim etadi, vaholanki to‘g‘ri yo‘l esa qisqa muddatga bo‘lsada qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Agar ochig‘ini aytsak, biz faqat foyda va ziyonni ko‘zlab tanlov qilganimizda bu odatda noto‘g‘ri qaror bo‘lib chiqadi. Ammo biz to‘g‘ri qaror qilishga tayyor bo‘lganimizda, o‘zimiz uchun uzoq vaqtlar mobaynida, bu ko‘proq yaxshiliklarga olib boradi. Haqiqat ham aynan ana shundadir.

MULOHAZA QILGIN: E’tibor bering, Ibroniylarga maktubning 11-bob 24-oyatida aytilishicha, Muso imoni tufayli to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Qaror qabul qilishingizda imondan qanday foydalanish mumkin? Keyingi paytlarda qabul qilgan qarorlaring haqida o‘ylab ko‘rgin. Sen bu qaroring osonroq bo‘lishi mumkinligi yoki qanday tanlov to‘g‘ri bo‘lishi mumkin ekanligiga asoslanganmisan? Nima to‘g‘ri ekanligini qay tariqa bilib olding?

IBODAT: “Xudoyim, menga noto‘g‘ri qaror qabul qilish osonroq bo‘lib tuyulganida to‘g‘ri qarorga kelishimga yordam ber”.


 

7 YANVAR. MUSTAHKAM ASOS

Kalomdan o‘qish: Zabur 110:1-10

Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir, Bunday yo‘l tutganlarning aqli rasoldir, Uning hamdu sanolari to abad davom etadi (Zabur 110:10).

 

BU XUDDI AMALGA OSHMAGAN ilmiy tadqiqotga o‘xshaydi. Bu qurilish 199 yil davom etgan. U bukchayib qolgan va har yili tobora qiyshayib bormoqda. Mabodo kerakli tadbirlar qo‘llanilmasa, barcha sakkizta qavat, o‘ttizta zinapoya va jamoat qo‘ng‘irog‘i yerga qulab tushadi va bir uyum toshlarga aylanib qoladi.

Bu nima o‘zi? Siz axir uning nima ekanligini bilib oldingiz-a? Bu – Piza (Italiya) shahridagi butun dunyoga mashhur Piza minorasidir. Minoraning qurilishi 1173 yilda boshlangan. Uning uch qavati qurilgan paytidanoq minora qiyshaya boshlagan. Nima uchun? Negaki uning tagidagi tuproq cho‘ka boshlagan. Uning asosi mustahkam bo‘lmagan.

Tasavvur qilgin: me’moriy durdona asar noto‘g‘ri asos tufayli xavf yoqasida turibdi.

Bunday holat har kuni yuz beradi. Odamlar maktabga borib kitoblarni suv qilib ichib yuborishadi, imtihonlar topshirishadi, imtiyozli dimlom bilan oliy ma’lumotga ega bo‘lishadi. Ammo baribir, barcha olingan ta’lim va bilimlarga qaramasdan, ular shunchalik ahmoqliklar qilib noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishadi va o‘z hayotlarini barbod qilishadi. Nima sababdan? Noto‘g‘ri asos tufayli. Ehtimol, ular ko‘p o‘qishar. Ular ma’lumot olishgan, biroq aqlli emaslar. Negaki “Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir: bunday yo‘l tutganlarning aqli rasodir”. (Zabur 110:10)

“Egamizdan qo‘rqish” odatda “Xudo oldidagi qo‘rquv” tariqasida tushuniladi. Biroq ushbu jumladagi “qo‘rquv” bizning Xudodan qo‘rquvimiz, xuddi Freddi Kryuger yoki Frankenshteyndan qo‘rqganimizdek tishlarimiz taqillab tun bo‘yi uyqusiz o‘tirishimiz ma’nosidagi qo‘rquvni anglatmaydi. Bu qo‘rquv Xudoga hurmatni, Uning qudrati va sevgisini aks ettiradi.

Agar haqiqatdan ham dono bo‘lishni va to‘g‘ri qaror qabul qilishni istasang, Xudoni hurmat qilishni boshlash lozim. Xudoga hurmat bu o‘zida Unga nisbatan chuqur hurmatni rivojlantirish demakdir. Bu Uning kimligi va nimalarga qodir ekanligi uchun hurmat bajo keltirish deganidir. Bu Unga itoat etish demakdir. Bu Uning ne’matlari va marhamatini o‘z o‘zidan bo‘ladigandek qabul qilmaslik deganidir. Bu U ezgulik va yovuzlikning, to‘g‘ri va noto‘g‘rining hakami ekanligini yodda saqlash lozim deganini anglatadi.

Haqiqiy donolik bu qudrat, go‘zallik va nafosat uyg‘unlashgan ulug‘vor minoradir. Va bu minorada barcha mustahkam inshootlarda bo‘lgani kabi asos – Xudodan qo‘rquv mavjud.

MULOHAZA QILGIN: Sening asosing qanchalik mustahkam? Sen Xudoga itoat qilib Uni hurmat qilasanmi yoki bunday asoslarsiz donolikka ega bo‘lmoqchimisan?

IBODAT: “Xudoyim, ba’zan men o‘zimdagi asos bo‘sh ekanligini his qilaman. Men yetarlicha dono emasman, ammo donolikning Senda bor ekanligi naqadar yaxshi.O‘zingga nisbatan yaqin bo‘lishimga yordam ber, toki o‘sha paytda men yerga yuz tuban yiqilib ___________________________”.


 

 

8 YANVAR. SEVGI BILAN

Kalomdan o‘qish: 1 Yuhanno 5:1-5

Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas, chunki Xudoning har bir farzandi dunyoni yengishga qodir. Biz imonimiz orqali dunyo ustidan g‘alaba qozonamiz (1 Yuhanno 5:3-4).

 

O‘n besh yoshli Shennon Miller 1992 yilda Barselonada o‘tkazilgan Olimpiadada kumush medal olgan bo‘lsada, uyiga dilixufton bo‘lib qaytdi: u birorta ham oltin medal ololmadi. Ammo oradan to‘rt yil o‘tib, Shennon o‘n to‘qqiz yoshga to‘lganida Atlantada ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi: sport gimnastikasi bo‘yicha jamoa hisobidagi g‘alabasi va xoda ustidagi chiqishi uchun.

Shennonning xoda ustidagi ajoyib g‘alabasidan so‘ng oradan bir necha kun o‘tgach telemuxbir undan olimpiadalar orasidagi tanaffuslar chog‘ida shug‘ullanish qanchalik qiyin bo‘lganligi haqida so‘radi.

Shennon javob o‘rnida yelkasini qisib gimnastikani yaxshi ko‘rishini aytdi. Shu bois u mashq qilish uchun og‘ir mas’uliyatga ega ekanligini hech qachon unutmaganligi haqida aytdi. Kimgadir og‘ir va noxush tuyuladigan bu mashg‘ulotlar uning uchun sportga bo‘lgan sevgisi bois unchalik mashaqqatli bo‘lib tuyulmagan.

Xuddi shunday holat Xudoning amrlariga itoat etish bilan ham yuz beradi. Xudoni bilmaydigan odamlar aksariyat holda Uning O‘z xalqigabergan amrlariga qarab, “Unday qilmagin!” va “Bunday qilmagin!” deya mulohaza yuritishadi. Balki ular “turlicha ta’qiqlar juda ko‘p-da” deb o‘ylashar. Men masihiylar barcha bu qonunlarga qay tariqa amal qila olishlari va umuman ularning hammasiga qanday itoat etishlari mumkinligini bilmayman. Ular shunday deyishadi: “Bu men uchun nihoyatda og‘ir” yoki “Men bu amrlarni hech qachon ado eta olmayman!”

Ammo bunday fikr va mulohazalar bu odamlar masihiylar aslida nima bilan yashayotganlarini tushunmasliklaridan dalolat beradi. Shennon Millerga gimnastikaga bo‘lgan sevgisi mashg‘ulotlarni davom ettirishi uchun kuch bag‘ishlagan bo‘lsa, masihiylar Xudoga bo‘lgan sevgilari bois Xudoning amrlariga amal qilishadi. Xudoning amrlari Uning farzandlari uchun og‘ir emas. Ular uchun amrlarga amal qilish azob emas. Bu Muqaddas Ruhning qudratiga tayanadiganlar uchun og‘ir emas, negaki Ruh barcha to‘siqlarni yengib o‘tadi biz faqatgina hayotimizning har bir lahzasida Unga ishonishimiz kerak.

MULOHAZA QILGIN: Yuhannoning birinchi maktubidagi 5-bob 3-oyatining turlicha tarjimalarini taqqoslab ko‘r:

Xudoni sevish – Uning amrlarini bajo keltirish demakdir. Xudoning amrlari esa og‘ir emas (O‘zbek tilidagi Injil, 2008)

 “Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas” (Muqaddas Kitob, 2016)

Xudoga bo‘lgan sevging senga qay tariqa Xudoga itoat etishingga doimo yordam beradi? Xudoga bo‘lgan sevging Unga bo‘ysunishing uchun qanday ko‘mak beradi?

IBODAT: “Sevuvchi Xudo, bugun Senga sevgimni namoyon etishim uchun yordam ber _____________________”.


 



 

9 YANVAR. QOIDALAR, QOIDALAR, QOIDALAR

Kalomdan o‘qish: Chiqish 20:1-17       

Egang Xudoga sajda qil, faqat unga xizmat qil (Matto 4:10).

 

 “GUGURT BILAN O‘YNAMA!”

“Yo‘lni kesib o‘tishdan avval birinchi navbatda chapga, so‘ngra esa o‘ngga qaragin!”

“Issiq plitaga tegma!”

“Rahmat” va “marhamat” degin”

“Televizorga juda yaqin o‘tirma!”

“Burningni chuqilama!”

“Singlingning sochini yashil rangga bo‘yama!”

Qoidalar, qoidalar, qoidalar! Ba’zan go‘yoki sen uchun hech narsaga ijozat berilmagandek tuyuladi. “Mana bunday qilgin!” deb aytishadi ota-onalar. “Bunday qilma!”, “Bu sabzavotlarni yeysan!”, “Tishingni tozala!”, “Tugmangni o‘tkazib, bosh kiyimingni kiy!”

Gohida bu qoidalar sening joningga tegadi. Biroq, mulohaza qilgin: nima uchun ota-onalar “qo‘lingdagi qaychi bilan yugurma” kabi qoidalarni o‘ylab topishadi? Bu qoidalarning ko‘pchiligi seni himoya qilish uchun yo‘naltirilgan. Agar ular bolaligingdan boshlab gugurt bilan o‘ynashni ta’qiqlagan ekanlar, sen ular bilan ilmiy tadqiqot uyushirishing mumkin. Mabodo seni singlingning sochini yashil rangga bo‘yash nojoiz ekanligi haqida ogohlantirgan bo‘lsalar, albatta, buning oqibati anchayin yoqimsiz bo‘lishi mumkin edi. Men nima haqda gapirayotganimni tushunayapsanmi?

Yana bir narsa haqida mulohaza qilgin: Xudo nima uchun “Yolg‘on gapirma” va “O‘ldirma” degan amrlarini bergan? Seningcha, U bularni kayfiyati yomon bo‘lgan paytida o‘ylab topganmi? Yoki bu amrlar qanday yangrashi Unga yoqqanligi bois aytdimikan? Sening fikringcha, U O‘z qonunlarini Kim bu yerda zo‘rligini ko‘rsatish uchun o‘rnatganmi? Albatta, yo‘q. Xudo bizni himoya qilishni va bizga yordam berishni istagani uchun bu amrlarni bergan. U halovat va biz o‘zimizni takomillashtiradigan eng ishonchli, eng xavfsiz yo‘lni biladi va Uning amrlari bizning shunga erishuvimiz sari yo‘naltirilgan.

Mana, Muso Xudoning amrlari haqida nima degan: “Mana shu farmonlarning hammasiga rioya qilinglar, Mendan qo‘rqinglar, shunda bugungiday tirik bo‘lasiz, baxtli hayot kechirasiz... Ey Isroil xalqi! Egangiz Xudo sizlardan bitta narsani talab qiladi. Egangiz Xudodan qo‘rqing, Uning yo‘lidan yuring, Egangiz Xudoni seving, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Unga xizmat qiling. Men bugun sizlarga berayotgan Egamizning amru farmonlariga rioya qiling, shunda baxtiyor bo‘lasiz” (Qonunlar 6:24; 10:12-13, kursiv muallifniki).

MULOHAZA QILGIN: Qonunlar kitobining 6:24 va 10:12-13 oyatlarni o‘qigin, Xudo bu amrlarni nima uchun bizga bergan? Bizning ota-onamiz aksariyat holatda bor kuchlari bilan bizni himoya qilishga urinishadi. Ular buning asosli ekanligiga tayanishadi. Albatta, Xudo hammasini va hatto kelajakni ham biladi, Uning amrlari esa Uning donoligi va bilimdonligining natijasidir. O‘ylab ko‘rchi: Uning amrlari seni qay tariqa himoya qilishi mumkin?

IBODAT: “Xudoyim, men seni dono va sevuvchi Xudo bo‘lganliging uchun, menga yaxshi bo‘lishi uchun bu amrlarni menga berganing uchun ulug‘layman”.



 

10 YANVAR.  DETEKTIV

Kalomdan o‘qish: Chiqish 33:7-13

Shunday keyin Muso Egamizga aytdi... agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman: menga yo‘llaringni ko‘rsatgin. Sendan marhamat topib yurishim uchun Seni bilayin (Chiqish 33:12-13).

 

DOKTOR VATSON buyuk detektiv Sherlok Xolmsga yaqinda uylanganini aytmadi. Biroq Xolms allaqachon hammasini bilgandek uni kutib olganini ko‘rib hayron qoldi.

– Oilaviy hayot sizga yoqibdi, – dedi u, – ko‘rib turibmanki, siz yana tibbiy tajribalar bilan shug‘ullana boshlabsiz-a.

Vatson hayratda edi. Buni u qanday bilishi mumkin?

– Bu juda oddiy, Vatson! – deya javob qaytardi Xolms. – Sizni oxirgi marta ko‘rganimdan buyon uch yarim kilogrammmga to‘lishibsiz.

– Uch kilo, – deya do‘stining so‘zini to‘g‘riladi Vatson.

– Bu to‘g‘ri, men sal ko‘proq deb o‘ylabman. Siz mening xonamga yodoform hidini anqitib, o‘ng qo‘lingizning bosh barmog‘ida kumush nitratning qora dog‘i va shlyapangizning qavariq yonboshiga stetoskopni yashirganingizni ko‘rsatgan holda kirib keldingiz. Men axir sizning uylanganingizni va tibbiy tajriba bilan yana faol shug‘ullana boshlaganingizni payqamasam, shunchaki bir ahmoq bo‘lardim, xolos.

– Qadrdonim Xolms, siz hayratomuz insonsiz! – deya hayqirib yubordi Vatson*.

Sen g‘aroyibmisan yoki yo‘qmi, oddiygina xulosalar chiqarishing uchun Sherlok Xolms bo‘lishing shart emas. Sen ota-onang haqidagi ko‘p tafsilotlarni ular o‘rgatgan qoidalarga asoslangan holda gapira olishing to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganmisan? Yo‘qmi? Afsus!

Ota-onang senga o‘rgatayotgan qoidalar aslida ularning kim ekanligini ko‘rsatib beradi. Misol uchun, ular seni “rahmat” va “marhamat” deyishga undashadigan bo‘lishsa, bu ularning tarbiyaga urg‘u berayotganlaridan dalolat beradi. Ota-onang mabodo sendan uyni tozalashga yordam berishingni talab qilishsa, bu ularning saranjom sarishtalikka asosiy e’tibor qaratishlarini ko‘rsatadi. Agar ular sendan doimo haqiqatni aytishingni talab etishsa, demak, bu ularning halolligini ko‘rsatib turibdi.

Ilohiy amrlar ham Xudoning fe’l-atvorini ochib beradi. Mana nima uchun Muso Sinay tog‘ida ularni qabul qilganida Xudodan shunday deb so‘ragan: “Agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman: menga yo‘llaringni ko‘rsatgin. Sendan marhamat topib yurishim uchun Seni bilayin” (Chiqish 33:13 – kursiv muallifniki). Muso Xudoning yo‘llarini o‘rganish – Uning amrlarini tushunish – Xudoning fe’l-atvorini anglash sari uni yaqinlashtirishini anglagan.

Xudoning fe’l-atvori Uning amrlarida aks ettirilgan. Va bularni tushunish uchun albatta Sherlok Xolms bo‘lish shart emas. Bu nihoyatda oddiy!

MULOHAZA QILGIN: Xudoning fe’l-atvori Uning amrlarida ochib berilgan. Bu o‘zlikning qanday sifatlarini sen ko‘ra olding? Har bitta amr ustida o‘ylab ko‘r va unda Xudoning fe’l-atvori qanday aks etishi haqida mulohaza qilib ko‘r.

IBODAT: “Xudoyim, men xuddi Muso kabi Seni anglashim uchun Sening yo‘llaringga o‘rgatishingni so‘rayman”.

______________

*Artur Konan Doyl. «Bogemiyadagi mojaro».

 


 

11 YANVAR. O‘ZIGA XOS YAGONA XUDO

Kalomdan o‘qish: Chiqish 20:1-3

Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi: “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman. Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang” (Chiqish 20:1-3).

 

DUNYODAGI ENG MASHHUR SURAT QAYSI? Ehtimol, “Mona Liza” bo‘lsa kerak. 

Leonardo da Vinchi badavlat savdogarning yoshgina xotini Liza del Jokondoning siymosini 1503 yilda Florensiya (Italiya)da tasvirga tushirgan. Ayolning qiyofasiga muhrlangan tabassum surat yaratilgan paytidayoq odamlarni hayratga solgan. Ayol baxtiyormi yoki qayg‘udami? Bu tabassum paydo bo‘ladimi yoki g‘oyib bo‘ladimi? Yoki bu ayolning ovqat hazm qilish a’zolarida muammo bormikan?

Sen bu suratni ko‘rgansan, to‘g‘rimi? Harholda, ko‘rmagan bo‘lsang kerak. Sen nusxasini ko‘rgansan, ya’ni, ensiklopediyalarda, albomlarda, darsliklarda, televizor orqali, ammo Parijdagi Luvr muzeyida bo‘lmagansan, haqiqiy “Mona Liza”ni ko‘rmagansan.

“Mona Liza” nodir asar. U o‘ziga xos yagona. Bunaqangi surat boshqa yo‘q.

Mona Lizaga nisbatan nima haqiqat bo‘lsa, bu Xudoga nisbatan yanada ulug‘roq va chuqurroq tarzda haqqoniydir. Xudo noyobdir. U O‘z kelib chiqishiga ko‘ra yagona. Unga o‘xshash hech kim yo‘q. Muso qachonlardir Sinay tog‘iga ko‘tarilganida, Xudo unga o‘nta amrni topshirgan edi:

 “Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi: Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman. Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.” (Chiqish 20:1-3)

Xudo Musoga bergan birinchi amr Uning noyob va Unga o‘xshash hech kim yo‘qligini ko‘rsatadi. Biroq Uning noyobligi “Mona Liza”ning noyobligidan ko‘p marotaba ziyoddir. “Mona Liza” dunyoda yagona, ammo boshqa suratlar ham ko‘p. Butun borliqda Xudo yagonadir, boshqasi yo‘q. U kelib chiqishi bo‘yicha noyob emas, U yagona. Faqat U –  Xudo. U shunday deydi: “Ey zaminning barcha chetlari! Ha, Men Xudoman, boshqasi yo‘q” (Ishayo 45:22 )

Mana nima uchun Xudo bizga o‘zidan boshqa hech kimga itoat etmaslikni buyuradi. Va mana nima uchun biz Undan boshqa biror kimga yoki biror nimaga sajda qilmaylik, hech qachon qoniqish hosil qila olmaymiz.

MULOHAZA QILGIN: Sen faqat Xudoga sajda qilasanmi? Sen boshqa kimgadir yoki nimagadir o‘zingni bag‘ishlaganmisan? Sen buni qayoqdan bilasan? Yana nima narsalar noyob hisoblanishi mumkin? Ulardan hech bo‘lmasa bittasi Xudo kabi noyob bo‘la oladimi?

IBODAT: “Xudoyim, men qutqarilishim uchun yana qayoqqadir murojaat qilishimga hojat yo‘qligi bois nihoyatda xursandman. Men Sen yagona shunday Xudo ekanliging uchun minnatdorman”.


 

12 YANVAR. XUDO XUDDI RUH KABI

Kalomdan o‘qish: Chiqish 20:4-6

O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo‘lgan biror narsaning shaklini yasamang (Chiqish 20:4)

 

– XO‘SH, BUNING NIMASI noyob ekan? – deb so‘radi Abram do‘sti Omridan. Do‘stlar sahroda Abramning chodiri ortida o‘tirishardi; bu yerdan uncha uzoq bo‘lmagan masofada Sinay tog‘i ko‘rinib turardi.

– Nima deysan? – deb so‘radi Omri qumdan himoyalanish uchun mo‘ljallangan bosh kiyimini to‘g‘rilar ekan.

Abram mahalliy “Sinay mahmadonasi” gazetasining bosh sahifasini ko‘rsatdi: “Muso Xudo tomonidan berilgan o‘nta amrni olib, tog‘dan pastga tushib kelmoqda”.

– Tushunmadim, buning nimasi qiziq ekan, – deya tushuntirdi Abram sandal kiygan oyog‘i bilan tayoqni tepib. – Men amrlardan bir qanchasi muayyan mazmunga ega ekanligini nazarda tutayapman. Biroq ikkinchisini ham eshit: “O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo‘lgan biror narsaning shaklini yasamang. O‘sha xudolar yoki butlarga sajda qilmang”.

– Xo‘sh, endi nima bo‘ladi? – deb so‘radi Omri.

– Men aslo tushunmayapman – dedi Abram osmonga ishora qilib, – Xudoni tasvirlash uchun biz qushning yoki sigirning kichikroq o‘yma shaklidan foydalansak, Unga buning nimasi yoqmaydi?

– Nima, U qush yoki sigirmi? – Omrining yuzida taajjub paydo bo‘ldi.

– E-e-e... Yo‘q...

– Balki, U baliqdir?

– Yo‘q, – deya javob berdi Abram.

– Xo‘sh, bu holda U kim?

– U – Ibrohimning, Ishoqning va Yoqubning Xudosi! U barcha odamlarning Xudosidir!

– Tushunarli, lekin Uning ko‘rinishi qanday? – deya so‘radi Omri.

– Men qayoqdan bilay? – deya javob berdi Abram. – Men axir Uni hech qachon ko‘rmaganman!

Omri yelkalarini qisdi.

– Men ham ko‘rmaganman. Muso esa Xudo biror joyda va hamma yoqda bir vaqtning o‘zida bo‘lishi mumkinligi haqida gapiradi. Men baliqlar va qushlarda buni ko‘rmaganman. Demak, surat yoki haykallarning yaratilishi bizning imonimizni haq yo‘ldan ozdirishi mumkin.

Abram o‘yga tolgandek tuyulsada, ammo ishonch hosil qilmagani ko‘rinib turardi.

– Bunga mana shu nuqtai nazardan qarab ko‘rgin, – deya taklif kiritdi Omri, – agar men echkining tasvirini yasab, uning senga o‘xshashini aytsam, bu senga yoqqan bo‘larmidi?

– Nima? – deya taajjublandi Abram. – Echki menga o‘xshaydimi?

 – Ha, bu o‘rinda sen haqsan: sendan badbo‘y hid taralmoqda. – Omri o‘rnidan sapchib turdi va Abram otayotgan toshlarga chap berganicha qocha boshladi.

MULOHAZA QILGIN: Xudo Isroil xalqiga o‘nta amrni bergan paytda qo‘shni xalqlar ho‘kiz, qirg‘iy, erkak va ayol, hattoki qurbaqalar shaklidagi butlarga sajda qilar edilar. Ularning hayoti Xudosiz nimaga o‘xshash bo‘lgan deb o‘ylaysan? Nima uchun Xudo hech qanday tasvir yaratmasdan Unga sajda qilishlarini amr etgan? Sening fikringcha, ikkinchi amr Xudo haqida nima deydi? (Sen Yuhanno Xushxabarining 4:24 ni o‘qib bu haqda kengroq tushunchaga ega bo‘lishing mumkin).

IBODAT: “Xudoyim, men tasvir va suratlarni ko‘rib yoki qo‘l tekkazib Seni ko‘ra olmayman va Senga tegina olmayman, ammo Seni boshqa yo‘llar bilan bilishim mumkin bo‘lgani uchun Sendan minnatdorman, misol uchun, ___________________”.


13 YANVAR. XUDO MUQADDASDIR

Kalomdan o‘qish: Chiqish 20:7

Men, Egangiz Xudoning ismini suiiste’mol qilmang. Kim mening ismimni suiiste’mol qilsa, o‘shani jazosiz qoldirmayman (Chiqish 20:7).

 

 G‘ARBDA MASHHUR basketbolchi Charlz Barkli million dollarlik navbatdagi shartnomaga imzo qo‘yganidan so‘ng, muxbirlarning Savollariga shunday javob berdi: “Men pullar, pullar, pullar haqidagi gaplardan nihoyatda charchadim! Men faqatgina basketbol o‘ynashni, pepsi ichishni va “Reebok” sport kiyimida yurishni xohlayman!”

Albatta, Barkli hazillashdi. U faqat basketboldagi o‘yinlari uchun emas, balki Pepsi va Reebok kabi firmalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun ham kattagina pul oladi. Bu kompaniyalar Barkli va boshqa taniqli shaxslarga hamda sportchilarga o‘zlarining mashhurliklari bilan turli mahsulotlarini, ya’ni, ichimliklarni, oyoq kiyimlarini, avtomobillarni yoki mobil telefonlarini xaridorgir qilishlariga yordam berganlari uchun haq to‘lashadi.

Albatta, mashhurlar o‘zlarining nomlari yaxshi mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lishini istaydilar. Ehtimol, Charlz Barkli hattoki Pepsi korporatsiyasidan ham ko‘proq pul to‘lamoqchi bo‘lgan qandaydir Iflos Jo Qusqu-Sharbati kompaniyasi bilan shartnoma tuzmasdi. U balki “Reebok”dan ham ko‘proq pul to‘lamoqchi bo‘layotgan Oyoqni-Qisuvchi-Qo‘pol-Oyoq kompaniyasining taklifini ham rad etishi mumkin. Nima uchun? Axir kim ham o‘z nomining qandaydir bo‘lmag‘ur, ikkinchi navli yoki shunchaki mayda narsalar bilan yodga olinishini istagan bo‘lardi?

Sen axir buni tushuna olasan, to‘g‘rimi?

Mabodo sen buni tushunsang, Xudo nima uchun O‘z nomining qanday foydalinishi borasida shunchalik qayg‘urishini ham tushunasan. Nima uchun Xudo o‘nta amrlariga binoan O‘zining nomi behuda yodga olinganda odamlarni jazoga mahkum etadi. Xudo Levilar Kitobining 19:12 da nima uchun shunday deganini tushunasan: “O‘g‘irlik qilmang, birovga yolg‘on gapirmang. Mening nomim bilan yolg‘ondakam ont ichmang. Shu orqali Men, Xudoyingizni badnom qilmang. Men Egangizman”.

Ko‘rib turibsanki, Xudo muqaddasdir. U – musaffolik, ezgulik va halollikning mujassamidir. U shunchalik muqaddas ekan, Uning ismi qandaydir yovuz, yolg‘on va yuzaki (shuningdek, mayda, ahmoqona va yengiltak) narsalar bilan yodga olinishini istamaydi. Mana nima uchun hissiyotlarni shunchaki aks ettirish maqsadida Xudoning ismidan foydalanish noto‘g‘ri. Mana nima uchun muntazam aytiladigan “Ey Xudoyim!” nidosini o‘ylamasdan gapirish noto‘g‘ri. Mana nima uchun Xudo nomi bilan yolg‘onni yashirish yoki yolg‘on ishlatib Uning nomi bilan qasam ichish noto‘g‘ri. Bu odamlar Xudoning muqaddasligini haqorat etashadi.

Agar Charlz Barklida boshqa ko‘plab mashhur odamlar kabi o‘z nomini asrash uchun asos bo‘lsa, u holda Xudoda yanada ulug‘vor asoslar borligi haqida o‘ylab ko‘r.

MULOHAZA QILGIN: Xudo Isroil xalqiga O‘zining o‘nta amrini berganida Xudo nomi bilan ont ichish odatiy hol edi: bu amrlarga ko‘proq ishonishgandi. Ayrim odamlar buni shu paytgacha o‘z tajribalaridan o‘tkazib kelishmoqda. Bunga biror misol o‘ylab top.

Sen qachonlardir Xudoning nomini qandaydir yolg‘on yoki behuda narsalar bilan bog‘laganmisan? Levilar Kitobidagi 20:7 haqida o‘ylab ko‘r. Sen o‘z harakatlaringni o‘zgartira olasanmi?

IBODAT: “Xudoyim, Sening ismingdan ko‘p holatlarda noto‘g‘ri foydalanishayotganlarini bilaman. Keyingi bora yana shu haqda eshitsam, mayli u do‘stim bo‘lsin va hatto o‘zim bo‘lay, bu haqda unutmasligimga yordam berishingni so‘rayman, ya’ni ____________________”.

 


 

14 YANVAR. Xudoyim, yakshanba uchun rahmat!

Kalomdan o‘qish: Mark 2:23-27

Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring (Chiqish 20:8).

Yettinchi kuni Xudo hamma ishlarini bitirib, dam oldi (Ibroniylar 4:4).

 

SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ CHALINDI. Jenya ryukzagini bog‘lab maktab eshigidan chopib chiqdi. Hovlida to‘plangan o‘quvchilar orasida Seryojani uchratib, do‘stiga yetib olishga urindi.

– Bu haftadagi dam olish kunlari nima qilmoqchisan?

Seryoja yelkasini qisib qo‘ydi:

– Bilmadim. O‘ylashimcha, muhim bo‘lmagan ishlar bilan. O‘zing nima qilmoqchisan?

– Jamoatda ishim ko‘p bo‘ladi. Bizning yoshlar guruhimiz yakshanbada ibodat qilishni tashkil etishda yordam bermoqda, demak...

– Senga bu ishlarning hammasi huzur baxsh etadi, shekilli, – deya qayd etdi Seryoja.

– Albatta! Yakshanba tonglarini yaxshi ko‘raman. So‘ngra esa (men oilamizni nazarda tutayapman) birgalikda yakshanbani o‘tkazamiz. Biz hattoki nimadir o‘ynasak ham, bu boshqa kunlardagiga o‘xshamaydi. Yakshanba tushligi esa hafta mobaynidagi eng ajoyibi bo‘ladi!

– U holda sen yakshanbani aniq men kabi o‘tkazmas ekansan. Men uchun yakshanba faqat uy atrofida gazetalar ko‘proq sochilib yotganligi bilan farq qiladi.

Jenya yelkasini qisib qo‘ydi. Ular Seryoja bilan birgalikda avtobusga kirishdi.

– Ota-onam yakshanba bizga Xudoning inoyati haqida eslatishini aytishadi. U bizga shuni eslashimiz uchun dam olish kunini bergan: Xudo bularning hammasini biz bunga loyiq bo‘lganimiz uchun emas, balki U shunday bo‘lganligi bois qiladi.

Xo‘sh, sening yakshanbang haftaning boshqa kunlaridan nimasi bilan farq qiladi? Iso yettinchi kun odam uchun yaratilganini aytgan: bu muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kun. Biz bu Xudoning kuni ekanligini, Xudoni yaxshiroq tushunish, ayniqsa, Uning bizga yo‘llagan inoyatini yaxshiroq anglashimiz uchun bu kunni yaratgan.

Har doim ham yakshanbani muhim kunga aylantirish oson kechmaydi. Hattoki Iso davrida ham bu haqda bahs yuritishgan. Biroq, Xudo bu kunni eng boshidanoq biz rohatlanishimiz va dam olishimiz uchun yaratgan.

MULOHAZA QILGIN: Shanba yahudiycha so‘z bo‘lib, “nimanidir to‘xtatish, chek qo‘yish” ma’nosini bildiradi. Sening yakshanbang haftaning boshqa kunlaridan qanday farq qiladi? Sen uni qay tariqa muhim kunga aylantira olishing mumkin?

IBODAT: “Xudoyim, ba’zan men shanbaning nima uchun kerak ekanligini unutib qo‘yaman. O‘zing va men uchun inoyatingni yodda tutishimga yordam berishingni so‘rayman”.


15 YANVAR. HURMAT QILISHNI O‘RGAN

Kalomdan o‘qish: Chiqish 20:12

Ota-onangizni hurmat qiling. O‘shanda Men, Egangiz Xudo, sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq bo‘ladi (Chiqish 20:12)

 

DO‘STLARIMDAN BIRI u hali yosh bo‘lganida, bobosi qo‘l arrasidan foydalanishni o‘rgatganini so‘zlab bergandi (elektrli bo‘lmagan bu arraning tishlari o‘tkir bo‘lib eni 15 santimetrni tashkil etardi).

“Eng avvalo, – degandi bobosi, – arralaydigan chizig‘ingni qalam bilan aniq qilib chizgin. So‘ngra o‘lchamlar kerakli joyda chizilganiga ishonch hosil qilishing uchun tekshirib ko‘r. Yetti marta o‘lchab bir marta kes. Sen kesadigan bir parcha taxta, – deya gapida davom etadi u, – sirg‘anib ketmasligi va arra o‘lchovdan siltanib ketmasligi uchun silliq, usti tekis bo‘lishi kerak. So‘ngra taxtani tizzang yoki qo‘ling bilan imkon qadar mahkam tutib arralashni boshla. Arra yurishi uchun bo‘sh joy bo‘lishini nazorat qilib turgin. Va eng muhimi, qo‘llaringni arra tig‘idan nari tutgin!” – deya bobo o‘z qo‘llarini ko‘rsatadi: ikkita barmog‘i boshqalaridan qisqa bo‘lib, ikkita barmoq suyaklari yetishmasdi. Do‘stim bobosining shaxsiy tajribasidan o‘ziga kerakli xulosani chiqarib oldi.

Xudo bizga ota-onani, bobolar va buvilarni, tarbiyachilarni biz ularning tajribasini o‘rganishimiz uchun bergan. Balki sen bunga qiyinchilik bilan ishonarsan, ammo sening ota-onaing ham qachonlardir bola bo‘lishgan – million yillar avval! Ular turli xil ishlar qilishgan va ba’zan adashganlar ham. Har doim ham xatolari uchun barmoqlaridan ayrilishmagan, ammo ular xatolaridan xulosa chiqarib, yanada aqlliroq bo‘lishgan.

Mana nima uchun Xudo bizga ota-onani va tarbiyachilarimizni hurmat qilishga chorlaydi. Xudo ular o‘z shaxsiy tajribalaridan nimanidir o‘rganganlarini biladi va sabr bardosh bilan bu tajribalarni o‘rganishimizni xohlaydi! Xudo ota-onamizni hurmat qilishimizga buyuradigan yana bir sabab bor. Bu Xudoning boshqa amrlari kabi, bizga Uning O‘zligini ochib beradi. Beshinchi amr Xudoga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish afzal ekanligini ko‘rsatadi.

Xudoga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish shuning uchun ham zarurki, U –  Xudodir. Uning uchun biz ota-onaga hurmat bajo kelirishimiz ham xuddi shundayin muhim (shuningdek, bobolarimiz va buvilarimizga ham). Ularga itoat etib, biz o‘zimizni noxushliklardan himoya qilamiz, zero, boboning qayg‘uli tajribasi nabirasiga barmoqlarini beshikast saqlashiga yordam berdi.

MULOHAZA QILGIN: Ota-onang senga keyingi ikki kun davomida qanday maslahat va yo‘l yo‘riqlar berishdi? Sen ularning maslahatini hurmat bilan tingladingmi? Kelajakda ota-onangga ko‘proq hurmat bajo etishing uchun nimalar qila olasan?

IBODAT: “Xudoyim, men ota-onamga itoat qilishim qiyin bo‘lishini Sen bilasan, ayniqsa, __________________. Ularda bor tajriba menda hali yo‘q ekanligini eslab turishimga yordam ber. Ularni hurmat qilishim uchun menga ko‘mak ber, ya’ni _________________________”.


 

16 YANVAR. YUGUR, QUYON, YUGUR

Kalomdan o‘qish: Ibtido 4:1-10

Qobil ukasi Hobilga: “Yur, dalaga boramiz”, deb taklif qildi. Ular dalaga borganlarida, Qobil ukasiga tashlanib, uni o‘ldirdi (Ibtido 4:8).

Qotillik qilmang (Chiqish 20:13).

 

BECHORA YOVUZ KOYOT! Hattoki eng zamonaviy barcha ko‘nikmalar bilan ham u Quyonni o‘ldira olmayapti. Garchi Quyonni ushlash uchun qopqonlar, pistirmalar, chuqurlar, poyezdlar, mashinalar va tuzoqlar uning ixtiyorida bo‘lsada; u bombalarni, maxsus arbaletlarni, raketa, bombardimonchilarni va boshqa qurollarni Quyonni o‘ldirish uchun ishlatmoqda. Biroq zararkunanda Quyon faqat bir lahzaga o‘z raqibiga tilini chiqarib ko‘rsatish uchungina to‘xtaydi va chang to‘zon ichida g‘oyib bo‘ladi.

Biz Quyonning tarafidamiz; bizga Jerri Tomdan qochadigan damlar yoqadi. Multfilm qahramonlari o‘z dushmanlaridan qochib qutulgan paytlarda biz xursand bo‘lamiz. Bu bor-yo‘g‘i hayvonlar chizilgan surat, ammo biz ularga ziyon yetishini istamaymiz. Multfilm qahramonlari bilan bizning nima ishimiz bor? Mabodo yovuz Koyot Quyonga yetib olib uni o‘ldirsa nima bo‘pti?

Buning sababi juda oddiy: qalbimizning tubida biz bilamizki, hayot go‘zal, qotillik esa juda yomon.

Biz buni bilamiz, negaki Xudo bizga bu bilimni bergan, bu Uning amrida ham aks etgan: “Qotillik qilma” (Chiqish 20:13). Mana nima uchun qotillik yomon. Biroq yana boshqa narsa ham bor. Qotillik faqatgina Xudo uni ta’qiqlagani uchun yomon emas. Bu amr aslida Xudoning o‘zligini aks ettiradi.

Xudo bizga qotillikni ta’qiqlaydi, negaki qotillik Uni haqoratlaydi. U barhayot Xudo, hayotning Yaratuvchisidir. U biz ham Uning O‘zi kabi insonning hayotini hurmat qilishimizni istaydi, negaki barcha odamlar ham Uning timsolida yaratilganlar.

MULOHAZA QILGIN: Qadimgi ravvinlar Xudo O‘zini “Men Borman” (Chiqish 3:14) deb ataydigan ism - Uning haqiqatdan mavjudligini, pokiza hayotning, barcha mavjudiyatning manbai ekanligini uqtirishgan. Sen Xudodan bo‘lmagan biror bir hayot tarzini ayta olasanmi? Nega shunday va nima uchun bunday emas?

Ammo shunchaki o‘ldirib qo‘ya qolmasdan, boshqa odamning hayotiga hurmat ko‘rsatishning o‘zi yetarlimi? Biz inson hayotiga nisbatan yana qanday ehtirom bildirishimiz mumkin?

Bugun maktabda, jamoatda yoki boshqa joylarda to‘planganlar orasidan o‘tayotib, har biriga Xudoning siymosida yaratilgan nihoyatda noyob shaxsga qaragandek nazar solgin.

IBODAT: “Xudoyim, Senga hayot berganing uchun rahmat aytaman! Sen meni O‘z timsolingda yaratganing uchun rahmat. Sen __________________________ yaratganing uchun ham minnatdorman”.


 

17 YANVAR. 1 + 1 = 1

Kalomdan o‘qish: Ibtido 2:15-24

Shuning uchun erkak kishi ota-onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar (Ibtido 2:24).

Zino qilmang (Chiqish 20:14).

 

LYOSHA ODATDA kimyo fani darsiga toqat qilolmaydi, shu bois Vladimir Ivanovich tajriba o‘tkaza boshlaganida e’tibor bermadi. Vladimir Ivanovich “natriy” va “o‘zgaruvchanlik” haqida nimalardir deganida qattiq qarsillagan ovoz eshitildi. Lyosha o‘qituvchining, “Mana, ozgina miqdordagi toza natriy qanchalik portlash hosil qilishi mumkin”, deganini eshitgan boshqa o‘quvchilarga nisbatan yuqoriga balandroq sapchib tushdi.

“Qoyil!” – deya o‘yladi Lyosha va endi o‘qituvchiga jiddiyroq qaray boshladi.

– Mana bu esa xlor. Toza holatda u – zaharli gazdir, uning ozgina miqdori ham barchamizni o‘ldirishi mumkin.

“Mana bunisi zo‘r! – deb o‘yladi Lyosha. – Portlash va zaharli gaz. Juda zo‘r-ku”.

– Agar bularni aralashtiradigan bo‘lsak...

“Mana u! Zaharli portlash!”

– Biz hammamiz biladigan oddiygina osh tuzini olamiz, – Vladimir Ivanovich sinfga shisha tuzdonni ko‘rsatdi. – Siz bodroq va kartoshka friga sepadigan tuz – bu, natriy va xlordan iborat bo‘lgan ikkita moddaning birlashuvidir. Ular birlashganida har kungi hayotimiz uchun yanada foydaliroq bo‘ladi.

Lyosha o‘qituvchining qo‘lidagi tuzdonga qaradi va mabodo bu bodroqqa haqiqiy natriy qo‘shilsa qanchalik zo‘r sochilib ketishi haqida o‘zicha tasavvur qildi.  

Xuddi o‘qituvchi natriy va xlor qo‘shilmasi haqida aytib berganidek, Xudo ham nikohni shu tariqa o‘ylab topgan. Nikohda mutlaqo turlicha yaratilganlar – erkak va ayol –alohida tarzda emas, balki juftlikda ko‘proq foyda keltirish uchun munosabat o‘rnatadilar. Xudo ham bu munosabatlarda Uning O‘zligi va fe’l-atvori aks etishini xohlaydi. Mana nima uchun Xudo odamlarga yettinchi amrni bergan: “Zino qilmanglar” (Chiqish 20:14). Xudo pokiza va sadoqatlidir, U erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar ham xuddi shunday bo‘lishini istaydi.

Agar oilada er va ayol o‘rtasida xiyonat va ishonchsizlik yuzaga kelar ekan, natriydan ham ko‘ra yomonroq portlash hosil bo‘ladi, munosabatlar esa xuddi xlor kabi zaharlanadi. Xudo bu haqda biladi. Xudo bizni sevadi va bizni nikohdagi ishonchsizlik tufayli kelib chiqadigan fojealardan asrashni istaydi. U bizga O‘zi kabi musaffolik va sadoqatni, marhamatli nikohni berishni xohlaydi.

MULOHAZA QILGIN: Sening tanishlaringdan qaysi birlari o‘z nikohida ko‘proq baxtli? Ularning nikohi nima sababdan shunchalik baxtli? Sen o‘z oilaviy hayotingni qanday tasavvur qilasan?

IBODAT: “Xudoyim, odamlarga nisbatan mening munosabatimni pokiza qilgin. O‘zingga manzur bo‘ladigan kattalar hayotiga meni tayyorla, ya’ni bu hayotda yolg‘iz bo‘lishim yoki oila qurishimda Sening irodang ustuvor bo‘lsin”.

 


 

18 YANVAR. YUMSHOQ GO‘SHT, O‘ZGA SAYYORALIKLAR VA XUDO

Kalomdan o‘qish: Efesliklar 4:22-24, 28

O‘g‘irlik qilmang (Chiqish 20:15)

 

SEN MEHMON BO‘LIB DO‘STINGNING OLDIGA KELDING. Tushlik oldidan qo‘lingni yuvish uchun vannaga yo‘l olasan, biroq do‘sting shunday deydi: “Qo‘ysangchi! Biz hech qachon ovqatlanish oldidan qo‘l yuvmaymiz”. Sen shunday deb o‘ylaysan:

a) Ota-onam qandaydir g‘alati odamlar: har doim ovqatlanish oldidan qo‘l yuvishimni talab qilishadi.

b) Do‘stimning xonadonida mening uyimdagiga o‘xshab qo‘llarni iflos qilishmaydi.

v) Yumshoq go‘shtdan o‘zimni tiyaman

Avtobusda sen bilan yonma-yon qandaydir ayol o‘tiribdi. U senga o‘ralgan yaltiroq  qog‘ozni berib shunday deydi: “Ertaga o‘zga sayyoraliklarning hujumi bo‘ladi. Bosh kemaga ishora bermoq uchun bu imkoniyatdan foydalan”. Sen shunday o‘ylaysan:

a) Mashg‘ulotni o‘tkazib yuborish va bosh kemani kutish.

b) Hoynahoy, u josus va adashganligi bois meni o‘z sherigi deb o‘yladi.

v) Bu ayolning aqli joyida emas.

Sen bepoyon sahro o‘rtasidagi baland tog‘ga ko‘tarilasan. O‘sha yerda seni Xudo kutib oladi. U senga o‘nta amr beradi va ulardan birida shunday deyilgan: “O‘g‘irlik qilma”. Sen shunday fikrga borasan:

a) Xudo so‘zga yanada mohir bo‘lishi mumkin edi.

b) Uning qiladigan ishi yo‘q.

v) Xudo pokizalikni qadrlaydi.

Mabodo sen “v” variantini tanlasang, biz ayniqsa uchinchi vaziyat bo‘yicha gaplashib olishimizga to‘g‘ri keladi. Ko‘rayapsanki, ko‘plab odamlar Xudoning “O‘g‘irlik qilma”, degan amrini bilishadi. Biroq ular nima uchun Xudo bizga bu amrni berganini tushunishmaydi. Ular o‘g‘irlik yomon ekanligini bilishadi, ammo nima uchun ekanligini tushunishmaydi. Ular mabodo sen akangning hamyonidan bir necha dollarni yashirincha olsang Xudoga yoqmasligini bilishadi, ammo Xudo uchun bu nega muammo hisoblanishini bilishmaydi.

“O‘g‘irlik qilma”, deyilgan sakkizinchi amrni Xudo o‘nta amrning orasida “Mana bu yaxshi amr, endi uni bu yoqqa qo‘yaylik”, deb o‘ylagani uchun qo‘ymagan. U nihoyatda muhim haqiqatdan ogoh etayotganligi uchungina ham Xudo uni bu qatorga qo‘shmagan. Xudo bizlarning halol bo‘lishimizni istaydi, negaki Uning O‘zi pokizadir. Sakkizinchi amr bizni Xudo to‘g‘risidagi haqiqatga o‘rgatadi: Unga ishonish mumkin, U bizlarning Unga taqlid qilib Uning sifatlarini aks ettirishimizni xohlaydi.

MULOHAZA QILGIN: Sakkizinchi amr Xudoga ishonishimiz mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Xudoga ishonishning bundan boshqa yana qanday sabablari bor? Sen Xudoga ishonasanmi? Nima uchun shunday va nima sababdan bunday emas?

IBODAT: “Xudoyim, pokiza bo‘lganing uchun Senga rahmat. Senga ishonishimga O‘zing yordam ber, menga ham pokiza bo‘lishimga ko‘maklashgin, ayniqsa, ____________________”.



 

19 YANVAR. HAQIQAT, FAQAT HAQIQAT

Kalomdan o‘qish: Havoriylar 5:1-11

Qo‘shningizga qarshi yolg‘on guvohlik bermang (Chiqish 20:16)

 

SEN QACHONLARDIR kioska vitrinasidagi gazetalarning sarlavhasiga e’tibor berganmisan?

“Nyu-Mexikoda uchar tarelka!” (Bu Meksikadan uchib kelgan to‘rt o‘rinli samolyot ekan).

“Chaqaloq orqa kuragida xazinalar orolining xaritasi bilan tug‘ildi (Bu tug‘ma nor edi).

“Men o‘zga sayyoralikdan ikki boshli bola tug‘dim!” (Shunaqasi ham bo‘lib turadi).

“Vins Fosterning arvohi Oq Uy bo‘ylab kezib yuribdi!” (Uyning g‘arbiy qanot poli g‘irchillayapti).

Nahotki odamlar chindan ham shunday bema’niliklarga ishonishsa? Ular albatta bu gazetalarni sotib olishadi. Supermarketlar har hafta bunday gazetalarning millionlab nusxalarini sotib yuborishadi, demak, kimdir bularni o‘qishi kerak, kimgadir bu yoqadi, ehtimol, kimdir hatto bunga ishonadi ham.

Albatta, faqat gazetalargina haqiqatni “bo‘yayotgani” yoki bizni aldayotgani yo‘q. Biz ham siz bilan doimo shunday qilamiz. Balki, biz Yakubovichni mahalliy bozorda uchratib qolganimizni gapirmasmiz, biroq ba’zan haqiqatga nimanidir qo‘shib qo‘yamiz. Oxir-oqibat, “kichkinagina benuqson fantaziyamiz”dan qanday zarar bo‘lishi mumkin?

Xudo “fantaziyalar” yoki “haqiqatni bo‘yash” haqida gapirmaydi. U buni yolg‘on deb ataydi. U shunday deydi: “Qo‘shningizga qarshi yolg‘on guvohlik bermang” (Chiqish 20:16); “yolg‘on gapirmang” (Levilar 19:11). Har qanday yolg‘on xoh katta yoki kichik bo‘lsin, bu gunoh ekanligi faqat Xudo shunday degani uchungina emas. To‘qqizinchi amr bizga shuni ko‘rsatadiki, Xudo haqiqatni qadrlaydi, negaki Uning O‘zi haqiqatgo‘ydir.

Xudo yolg‘ondan qochish va haqiqatni gapirishni shu bois ham amr etganki, yolg‘on zararlidir. Xanoniyo va Sapfira buni tushunishdi, ammo juda kech tushunishdi, bu qayg‘uli saboqdir! Yolg‘on bizni Xudodan ayiradi. U bizning fel atvorimizni buzadi va obro‘ e’tiborimizni barbod qiladi. U tufayli biz Xudoga tobora kamroq o‘xshab boraveramiz.

Xudo O‘z amrlari orqali qanday ekanligini ko‘rsatib, bizni bularning hammasidan asramoqchi bo‘ladi. Uning fe’l-atvori haqida mulohaza yuritib, biz o‘z hayotimizni yengillashtiramiz.

MULOHAZA QILGIN: To‘qqizinchi amr bizga yolg‘on gapirmaslikni buyuradi. U bizga Xudoning fe’l-atvori haqida nimani ayon etib beradi? Nima uchun shunday yoki nega bunaqa emas?

Ushbu jumlani yakunla: “Shu haftada men Xudoning timsoliga ko‘ra yaratilgan odamga nisbatan  ____________ shunday qildim”. Agar bu jumlani yakunlay olmasang, Xudoning siymosi qanday ekanligi haqida nega o‘ylab ko‘rmaslik kerak?

IBODAT: “Xudoyim, kechir, men haqiqatni aytishim nihoyatda qiyin, xususan ________________. O‘zingga ko‘proq o‘xshashim uchun menga yordam ber”.


 

20 YANVAR. SEN NIMANI XOHLAGAN BO‘LSANG

Kalomdan o‘qish: Chiqish 20:17

Ko‘z olaytirmang (Chiqish 20:17).

 

Ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar doimo raqobatchilarining emas, balki o‘z mahsulotlarini sotib olishingizga undaydigan yangi reklama shiorlari va roliklarini o‘ylab chiqarishadi. Ko‘raylikchi, sen reklama va ichimlik markasi o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni topa olarmikansan.

 

1

...ALOHIDA MUSAFFOLIK BAXSH ETADI.

A

RED BULL

2

CHANQAB QOLISHINGGA YO‘L QO‘YMA

B

PEPSI AYS-KRIM

3

QARSHILIK KO‘RSATISH BEFOYDA

V

MORSBERRI

4

TOG‘ QUDRATI BILAN O‘ZINGNI QUVVATLANTIR

G

“YA”

5

...TUYG‘ULARNI YANGILAYDI

D

SHVEPS

6

INSONGA O‘XSHAB DAM OL

Ye

NARZAN

7

...YOVUZLIK SALTANATIGA QARSHI

J

SPRAYT

8

...QANOTLARINGNI YOZADI

Z

PEPSI

9

QAYERDA ROHAT BO‘LSA, O‘SHA YERDA...

I

NESTI

 

Bu shiorlardan ayrimlari ko‘proq mashhur bo‘lsa, boshqalari kamroq tanilgan, biroq ular “Sen nimani istasang” iborasining zamonaviy kayfiyatini yanada yaxshiroq ochib beradi. Nahotki sen, biror o‘rtog‘ing zo‘r bosh kiyimi yoki botinkasini kiyganini ko‘rib, shunday deb o‘ylamagan bo‘lsang: “Mana, shunaqasini men ham xohlayman”. Yoki sinfdoshingning fizikaga oid ishiga e’tibor berib: “Men ham shuni istayapmanmi?” deb o‘ylash mumkin.

Xudo bizga ko‘z olaytirmaslikni buyurganida xuddi shunday tuyg‘ular haqida gapiradi. Biroq o‘ninchi amr Xudo bizga ko‘z olaytirishni shunchaki ta’qiqlagani haqida xabar bermaydi. U bizga Xudo haqida muhim nimanidir bildiradi. U biz nimaga ega bo‘lsak, Xudoga ana shu manzur ekanligini ko‘rsatadi. Xudo qanoatni qadrlaydi, shu bois hech qachon hech nimani istamaydi; Unda hamma narsa bor, negaki U kerak bo‘ladigan hamma narsaning O‘zidir. U bizga berayotganlaridan mamnun bo‘lishimizni xohlaydi. Qachonki biz qanoat hosil qilsak, ortiq so‘ramaymiz va boshqa odamlarda bor bo‘lgan narsalarni boshqa istamaymiz, shu tariqa biz Xudoga tobora yaqinroq o‘xshab boraveramiz.

Masihiy faylasuf Frensis Sheffer shunday deb yozgandi: “O‘nta amrning eng yuqori nuqtasi – o‘ninchi amrdir... Har safar biz Xudoning qaysidir amrini buzar ekanmiz, shunday istak paydo bo‘lganining o‘zi ushbu amrni allaqachon buzganimizdan dalolat beradi”. Shu haqda o‘ylab ko‘r. O‘g‘irlashdan avval odam o‘g‘irlikni istashi lozim; odam qachon aldaganida u avvalo bu yolg‘onidan naf olishni ko‘zlaydi. Va shunday davom etaveradi. Shu tariqa, istak – barcha gunohlarning manbaidir.

MULOHAZA QILGIN: Xudo hayotdagi narsalarga qanday munosabatda bo‘lishimizni istaydi? Boshqada bor bo‘lgan narsalarga maftun bo‘lish yomonmi? Qanday paytda maftunlik hasadga aylanadi?

IBODAT: “Xudoyim, menda bor bo‘lgan narsalarni qadrlashim, atrofimdagi barcha ajoyibotlardan lazzatlanishim va Sen menga bergan narsalardan qanoatlanishim uchun yordam ber”.


 

21 YANVAR. O‘TLOQDAGI ILON

Kalomdan o‘qish: Ibtido 3:1-6

Sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan bo‘lib, Xudoga o‘xshab qolasizlar (Ibtido 3:5).

 

ILON SEKINLIK BILAN xotinning oldiga o‘rmalab keldi.

– Salom, onajon, – dedi u.

Xotin tin olib osmonga ko‘z tikdi. U ilon bilan tanish edi; qachonlardir xotin uni qayrilma o‘rindiqli avtomobilida aylanib kelishga taklif etgandi. Biroq xotin ilon uchun nihoyatda aqlli bo‘lib chiqdi; xotin ilonning mashina hayday olmasligini bilardi.

– Sen bir qaragin-a! – deya shivirladi u va yaltirab turgan zumraddek yashil rang mevani ko‘rsatdi. Tonggi shabnam hali uning nozik po‘stida yaltirab turardi. – U bog‘dagi barcha mevalardan ko‘ra shirinroq – dedi ilon ayolga diqqat bilan qarab. –  Shunaqangi mazali va sersuv, iliq va ayni paytda yaxdek. Onajon, buni bir hidlab ko‘rgin-a! – Ilon mevani xotinning burni tagiga olib bordi.

– Buni qayoqdan olganingni bilaman, – dedi xotin ayblovchi ohangda. – Sen uni bog‘ o‘rtasidagi daraxtdan olgansan.

– Nima bo‘pti? Kim senga o‘zing istagan har qanday daraxtning mevasidan yeya olmasligingni aytdi?

– Buni o‘zing bilasan, – deya sekin javob qaytardi xotin. Xotin bu haqda ilon bilan ko‘p marotaba gaplashgandi. Biroq endi xotin o‘zining nima deganini, ilon nimalar gapirganini va hatto Xudo nima deganini eslashi qiyin edi.

– Ha mayli! – Ilon yaqinlashib boshini xotinning yelkasi ustiga deyarli tashlab qo‘ydi. – Xudo sen bu mevani yeyishingni istamaydi, negaki seni nazorati ostida ushlab turmoqchi bo‘ladi. – Ilon jozibador tabassum qildi. – Biroq mening o‘ylashimcha, sen mustaqil qaror qabul qilish yoshiga yetgansan, shunday emasmi? – Xotin kipriklarini qimirlatdi. – Albatta, – ilon mayin ovozda gapini davom ettirdi, – men istagan vaqtimda uni yeyishim mumkin.

Xotin jimgina mevaga qarab turdi. Nihoyat, ilon tezlik bilan nari keta boshladi.

– O‘zing bilasan, – dedi u. – Xayr, onajon!

– Yo‘q, shoshmay tur! – hayqirdi xotin. U o‘zining hayqirig‘idan hayratga tushib og‘zini qo‘llari bilan yopdi. – Shoshmagin, – gapini qaytardi xotin sekingina. – Men uni tatib ko‘rmoqchiman.

– Mana endi o‘zingga kelding, onajon!

Ilon mamnun iljaygan holda xotinning nozik barmoqlari mevani ilib, og‘ziga olib borganligiga qarab turdi. Xotin bir bo‘lak mevani chaynadi, uning ko‘z qorachiqlari kengaydi, yuzi ilk marotaba qizarib ketdi. U g‘alati bir lazzatni va yana yangicha, nomini bilmaydigan nimanidir tuydi. Xotin buning qanday nomlanishini bilmadi, ammo bu uni cho‘chitmadi. Unda og‘riq qo‘zg‘aldi.

Ilon ayyorona iljaydi:

– Endi esa, onajon, – dedi u, – senga anjir barglaridan kiyimlar tikadigan yaxshigina modelerni tavsiya qilishimga ijozat bergin, toki men ularni senga arzoniga sota qolay.

MULOHAZA QILGIN: Xotin ilondan meva bo‘lagini shunchaki olmadi; u nima yaxshiyu, nima yomon ekanligini hal etish huquqiga ega bo‘lgan Xudoga tegishli narsani olish uchun urindi. Uning eri Odam Ato ham xuddi shunday qildi. Va oqibatda qanday falokat yuz berdi?

IBODAT: “Xudoyim, gunohga qarshi kurashmog‘im uchun menga kuch ber. Menga Sening yordaming kerak, ayniqsa_______________”.

 


 

22 YANVAR. NIMANI BILGANING MUHIM EMAS; KIMNI BILIShING MUHIM

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 9:10-12

Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir, Muqaddas Xudoni bilish idrokdir (Hikmatlar 9:10).

 

Otasi xonaga kirib kelganida Kostya uy vazifasini kompyuterda bajarib o‘tirgandi.

– Tezda tushlik bo‘ladi – dedi u kompyuterning ekraniga qarab. – Sen nima qilayapsan?

Kostya yelkasini qisib qo‘ydi:

– Uyga vazifani bajarayapman. Men Internet orqali zamonaviy raqamli texnologiyalar haqidagi ma’lumotlarni izlayotgandim.

Otasi jilmayib qo‘ydi:

– Nima bilan shug‘ullanayotganing haqida tasavvurga ham ega emasman. Sen Dima bilan tanishganingdan buyon kompyuterlar haqida anchagina narsalarni bilib olding, to‘g‘rimi?

Kostya o‘rindiqqa orqasini tashlab otasiga qaradi:

– Ha, dada, u nihoyatda zo‘r. U bilan shunchaki gaplashib ham ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin! Nazarimda, u bilan tanishmasimdan avval kompyuterlar haqida hech narsa bilmagan ekanman.

Kostya kompyuterni o‘rganishi uchun maxsus kurslariga borishiga hojat qolmadi. Unga bilimini oshiradigan yordamchi qo‘llanmalarni sotib olishiga to‘g‘ri kelmadi. Albatta, bular unga ziyon qilmagan bo‘lardi, biroq Kostya kompyuter haqida ko‘p narsalarni do‘sti Dima bilan suhbat orqali bilib oldi. Kostya Dimani bilgach, kompyuter haqida ham ko‘p narsalarni bilib oldi.

Ezgulik va yovuzlikni farqlashni ham biz shu tariqa o‘rganamiz. Hikmatlar Kitobining 9 bob 10 oyatida shunday deyilgan: “Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir, Muqaddas Xudoni bilish idrokdir”. Boshqacha qilib aytganda, ezgulik va yovuzlikni anglash kaliti – Xudo haqida bilishdir. Agar sen Xudoni bilsang, Kim hamisha haq ekanligini ham bilasan. Agarda sening harakatlaring Xudoning Kalomiga muvofiq kelsa, demak, sen o‘zingni to‘g‘ri tutayapsan; agar shunday bo‘lmasa, demak, bu noto‘g‘ri ekan.

Xudoni bilmasdan turib, Xudoga nima manzur, nima nomaqbul kelishini bilolmaysan. Mabodo sen Xudo haqida faqat boshqalar aytganini va U haqida o‘qiganlaring orqali bilsang, senda nima yaxshiyu, nima yomon ekanligi haqida faqat anchagina cheklangan tasavvurlar bo‘ladi. Agar sen Xudo bilan shaxsan tanish bo‘lsang, agar sen U bilan yaqin do‘st bo‘lsang, agar sen U bilan har kuni gaplashsang va U sen bilan Kalom orqali gaplashsa bu bilimlar seni anglashga olib keladi. Va Uni qanchalik yaxshi bilsang, shunchalik darajada to‘g‘ri harakat qilish oson kechadi.

MULOHAZA QILGIN: Agar sen birov bilan maktabda yoki jamoatda tanishmoqchi bo‘lsang, qanday yo‘l tutasan? Eng yaqin do‘sting bilan qanday tanishgansan? Xudoni yaqindan anglash uchun nima qilgan bo‘larding?

IBODAT: “Xudoyim, men Seni yaqindan anglashni istayman, biroq menga Sening yordaming kerak. Men ibodat qilishim va har kuni Muqaddas Kitobni o‘qishim uchun, Sen haqingda ko‘proq va ko‘proq bilishim va Sen bilan yaxshiroq tanishib olishim uchun yordam ber”.

   


 

23 YANVAR. MUVAFFAQIYATLI QO‘NISH

Kalomdan o‘qish: Zabur 24:4-9

Ey Egam, yo‘llaringni menga ko‘rsat, So‘qmoqlaringni menga o‘rgat (Zabur 24:4).

 

BU Mishaning samolyotdagi BIRINCHI UCHISHI edi va uchuvchilardan biri uning amakisi bo‘lgani uchun Misha kabina ichiga kirdi.

– Qanday balandlikda uchayapmiz? – deb so‘radi Misha.

Amaki unga yo‘naltiruvchi qurilmani ko‘rsatdi:

– Mana bu qurilma biz qancha balandlikda ekanimizni ko‘rsatmoqda. Har bir raqam ming metrni bildiradi, demak, biz yetti yarim ming metr balandlikdamiz. So‘ngra esa biz o‘n bir ming metr balandlikka ko‘tarilamiz.

Misha ko‘p savollarni yog‘dirib tashladi:

– Siz rulni qanday qilib boshqarasiz? Qanday tezlikda uchishingiz mumkin?

Uchuvchi har doim qandaydir richagni buraganida yoki tugmachani bosganida, Misha bilgisi kelardi:

– Hozir u nima qildi?

– Biz boshqa to‘lqinga ulanayapmiz, negaki aeroportga yaqinlashib kelayapmiz. Uchuvchi bizni boshqarayotgan nazorat punkti bilan gaplashadi.

– Biroq men hech nimani ko‘rmayapman! Ular bizning qayerda ekanligimizni qanday bilishadi? Qayoqqa uchishni qanday bilasiz?

Amaki jilmaydi:

– Hozir biz bulutlar oralab uchayapmiz, – u shunday deya yana yo‘naltiruvchi qurilmani ko‘rsatdi:

– Biroq bu yerdagi asboblar bizga bu hududdagi boshqa samolyotlarni ko‘rsatib turadi. Bundan tashqari, biz doimo nazorat punkti bilan aloqa qilib turamiz. U yerda radar bor va dispetcherlar uning yordamida bizdan ko‘ra hammasini yaxshiroq ko‘rishadi. Ular qanday chiziqda biz qo‘nishimizni, boshqa samolyotlar qayoqqa qo‘nishini, qo‘nish hududida ob-havo qandayligini va shunga o‘xshash narsalarni bilishadi. Hattoki biz bulut yoki tuman sababli hech narsani ko‘ra olmasak ham, nazorat punktidagi odamlar belgilangan joyga biz muvaffaqiyatli yetib olishimiz uchun bizga nima zarur bo‘lsa hammasini bilishadi.

Ba’zan biz hayotda chalkashib qolamiz: biz nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘riligini tushunishimiz qiyin bo‘ladi. Xuddi Misha kabi biz hech nimani ko‘rmaymiz. Do‘stlar bizga boshqa narsani aytishadi, o‘qituvchilar o‘zgacha nimadir deyishadi, ota-onalar esa butunlay boshqa narsani uqtirishadi, oqibatda nima yaxshiyu, nima yomon ekanligini bilmaymiz. Hammasi tuman, bulut ichida, biz esa qayoqqa uchishni bilmaymiz.

 Shunday paytlarda “nazorat punkti” bilan aloqani muntazam ushlab turish kerak. Xudo bizdan ko‘ra hammasini yaxshiroq ko‘radi. Biz Xudoning Kalomiga va Uning donoligiga tayanishimiz kerak. Biz Uni tinglashimiz va Uning aytganlarini qilishimiz kerak. Biz buni qilganimizda belgilangan manzilga eson-omon yetib olishimiz uchun U bizga hammasini xabar qiladi.

MULOHAZA QILGIN: “Bulutlar orasidan uchib o‘tganingda” nimani his qilasan? Oldingda yo‘l ko‘rinmay qolganida sen odatda nima qilasan? Sening harakatlaringda imon qanday ahamiyat kasb etadi?

Xudoni nazorat punktidagi dispetcherga qiyoslasak, sen go‘yo uchuvchisan. Xudo shunday deydi: “Sizlar o‘ngga yoki chapga burilganingizda, shunday ovozni eshitasizlar: “Mana yo‘l, shu yo‘ldan yuringlar” ( Ishayo 30: 21).

IBODAT: “Xudoyim, Senga ma’qul bo‘lgan yo‘ldan yurishim uchun ana shu yo‘lni menga ko‘rsat!”

 


 

24 YANVAR. HAQIQATNI IZLAB

Kalomdan o‘qish: Efesliklar 4:14-15

Kelinglar, mehr-muhabbat bilan haqiqatni aytib, jamoatning boshi bo‘lgan Masihga o‘xshab har jihatdan yetuk insonlar bo‘laylik (Efesliklar 4:15).

 

KIRISH MUMKIN EMAS.

Mashinalarning turishi ta’qiqlanadi.

Suyanmang.

Bu iboralar doimo bizning ko‘z o‘ngimizda turadi, to‘g‘rimi? Bu biz o‘ylamasdan beixtiyor amal qiladigan bir qancha buyruq (ta’qiq va ko‘rsatmalar)lardan faqat namunalardir, xolos.

Paket ochilgandan keyin muzlatgichda saqlansin.

Iste’mol qilishdan avval chayqating.

Mana bu joyidan ochiladi.

Ehtiyot bo‘ling, chuqurlik bor!

Bolali yo‘lovchilar va nogironlar uchun joy.

Ko‘rsatmalar bizni qurshab olgan. Ular bizga yanada batartib va qulay yashashimizga yordam beradi. Va odatda bizning ularga amal qilishimiz mutlaqo qiyin kechmaydi.

Xudo ham bizga ko‘rsatmalar beradi. Odatda biz ularni amrlar deb ataymiz. U shunday deydi: “Boshqa xudolarga sajda qilmang. O‘g‘irlama. Yolg‘on gapirma. Yaqin kishingni sevgin”. Bu Xudo bizga Muqaddas Kitobdan bergan ko‘rsatmalardan ayrimlari, xolos. Yahudiylarning diniy urf-odatiga ko‘ra Xudo bizga 624 ta muqarrar amrlarni bergan!

Xudo bizga bu amrlar orqali O‘zi haqida ko‘p narsalarni bildiradi. Bu amrlar Xudoning fikriga ko‘ra Unga nima kerak yoki kerak emasligini, nima yaxshiyu, nima yomonligini ko‘rsatadi. Biroq Xudoning amrlari bu shunchaki qoidalar yoki ta’qiqlar to‘plami emas; ular bizni muayyan tamoyillar va qadr-qiymatga o‘rgatadi.

Tamoyillar amrlarning sababini tushunishga yordam beradi. Ona qachonki bolasi yo‘lni kesib o‘tishidan oldin ikki tomonga qarab olishini uqtirar ekan, avvalo uning xavfsizligi haqida qayg‘uradi. “Qotillik qilmang” amr ortida hayotga nisbatan hurmat tamoyili bor. “Yolg‘on guvohlik bermang” amrida ortida halollik tamoyili yashiringan. Xudoning ko‘rsatmalarida yashiringan bu tamoyillarni topishni o‘rganish orqali, sen haqiqatni butunligicha ko‘ra olasan va uni qandaydir vaziyatda senda aniq bir amr bo‘lmagan taqdirda ham qo‘llay olasan.

Biroq, mabodo sen chindan ham yaxshini yomondan farqlashni istasang, u holda amr va hatto qoidalarga emas, balki Xudoning shaxsiyatiga qarashing kerak. Uning tabiatining o‘zi nima yaxshiyu, nima yomon ekanligini aniqlaydi. Halollik yaxshi, yolg‘on esa yomondir, chunki Xudo O‘zi haqiqatdir. Sevgi yaxshi, nafrat yomon, negaki Xudoning O‘zi sevgidir. Shafqat yaxshi, qahr yomon, buning boisi Xudo shafqatlidir.

MULOHAZA QILGIN: Biror bir fazilatni tanla (misol uchun, halollik, to‘g‘rilik, sevgi, adolat). Nega uning yaxshi ekanligini amr va qoidalarga hamda Xudoning shaxsiyatiga bo‘ysungan holda tushuntirishga harakat qilgin. O‘zing tanlagan fazilat haqida mulohaza yurit. Sen uni qadrlaysanmi? Nima uchun?

IBODAT: “Xudoyim, Ota,men qanday yo‘l tutishni bilmaganimda menga O‘z qoidalaringga tayanishimga yordam ber”.


 

25 YANVAR. BIRINChI QADAM, IKKINCHI QADAM

Kalomdan o‘qish: Galatiyaliklar 5:16-18

Axir, o‘shanday insoniy istaklar Ruhga qarshi, Ruhning istaklari esa insoniy xudbin istaklarga qarshidir. Bularning ikkalasi bir-biriga qarshi, shuning uchun sizlar xohlaganingizni qila olmaysizlar (Galatiyaliklar 5:17)

 

SO‘NGGI KUNLARDA UYOQ-BUYOQQA YURISHINGGA TO‘G‘RI KELGANMI? Albatta anchagina yurishingga to‘g‘ri kelgan. Ertalab to‘shakdan turib yuvinish xonasiga borasan. Maktabda sinfdan sinfga o‘tasan. Televizor oldidan sovutgichgacha yurib borasan. Sen zinapoya bo‘ylab tepadan pastga, uyda va ko‘chada yurasan.

Biroq sen yurishni bilmagan paytlar ham bo‘lgan.

Ehtimol, sen buni eslay olmassan, ammo hayotingning dastlabki bir necha oylarida hattoki o‘rmalashni ham bilmagansan. Kunlardan birida karavotingni tutqichidan ushlagan holda oyoqqa turgansan. Keyin esa birinchi qadamingni qo‘yding, keyin ikkinchisini. Shu tariqa mohir yuruvchi bo‘lding!

To‘g‘ri qaror qabul qilishni bilish yurish mahoratidan deyarli farq qilmaydi. Birinchi qadam – nima yaxshiyu, nima yomonligini farqlashni o‘rganishdir. Ko‘pchilik odamlar buni hatto birinchi qadamdan boshlashmaydi, boshqa ko‘pchilik esa undan nariga ham o‘tishmaydi. Ammo jismonan birinchi qadamni tashlab sen to‘xtab qolmagansan, demak to‘g‘ri yo‘lni tanlab birinchi qadamni tashlaganingdan so‘ng ham to‘xtab qolmagin.

Ikkinchi qadam – mana shu yerda ko‘pchilik odamlar yuztuban yiqilishadi – bu to‘g‘ri qaror qabul qilmoqlikdir. Albatta, muammo shundaki, to‘g‘ri qaror qabul qilish ba’zan juda qiyin kechadi. Biz ko‘pincha noto‘g‘ri ish qilishni xohlaymiz. Bu haqda Pavlus Galatiyaliklarga maktubining 5:17da nimalar yozganini o‘qib chiq.

Sen ham shunga o‘xshash holatni payqadingmi? Balki sen nima yaxshiligini bilarsan, ammo bunga amal kilish ancha qiyin!

Xo‘sh, agarda xohlaganimizni qilish ancha oson bo‘lsa, to‘g‘ri qarorga kelish mumkin (bu odatda noto‘g‘ri qaror bo‘lib chiqadi)? Pavlus bu savolga javob beradi: “Ruh yetakchiligida hayot kechiring... Ruhning samarasi esa quyidagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr-toqat, mehribonlik, ezgulik, ishonch, muloyimlik va o‘zini tuta bilish” (Galatiyaliklar 5:16, 22-23).

O‘z hayotingni Muqaddas Ruh boshqaruviga topshirib, sen to‘g‘ri ish tutishingga ishonch hosil qilishing mumkin. Bu esa har kuni Uning nazoratiga bo‘ysunish, Unga itoat qilish, U bilan aloqani ibodat va itoat orqali bog‘lab turishga urinishdir. Bu holda to‘g‘ri harakat qilishing uchun urinishingga hojat qolmaydi; U hammasini sen uchun O‘zi bajaradi.

MULOHAZA QILGIN: Sen hozirda nima to‘g‘ri yoki qanday to‘g‘ri yo‘l tutish kerakligini bilishga urinayapsanmi? Bu nima ekanligini bilmagan holda to‘g‘ri yo‘l tutish mumkinmi? Nima to‘g‘ri ekanini bilsa bo‘ladimi yoki baribir bunday qilmaslik kerakmi?

IBODAT: “Mehribon Xudoyim, men Muqaddas Ruhga bo‘ysunaman va kun bo‘yi Uni tinglamoqchiman. Har safar yaxshi va yomonni farqlashimga to‘g‘ri kelganida Senga ishonishim uchun yordam ber. Senga to‘g‘ri yul tutishimga yordam beradigan donoliging va kuch – qudrating uchun minnatdorchilik bildiraman”.



 

26 YANVAR. XUDONING HIMOYALOVCHI SOYABONI

Kalomdan o‘qish: Zabur 118:1-6

Baxtlidir Sening shartlaringga rioya qiladiganlar (Zabur 118:2).

 

Keyingi safar kuchli yomg‘ir yog‘ganida SHUNDAY TAJRIBA O‘TKAZISHGA URINIB KO‘R.

1.     Ikkita do‘stingdan bu tajribani o‘tkazishingda yordam berishlarini so‘ra; agar ulardan biri unchalik fahmli bo‘lmasa ham mayli (nega bunday ekanligini tezda bilib olasan).

2.     Ikkala do‘stingdan ham yomg‘ir ostida ko‘chaga chiqishlarini so‘ragin. Biroviga katta soyabon ber, ikkinchisidan (uncha fahmli bo‘lmaganidan) esa soyabonsiz va suv o‘tkazmaydigan kiyimsiz yomg‘ir ostiga chiqishini so‘ragin.

3.     Do‘stlaringdan yomg‘ir ostida sayr qilishlarini so‘ragin; ular ikki daqiqadan so‘ng qaytib kelishsin.

4.     Qarab ko‘rchi, ulardan qaysi biri ko‘proq ho‘l bo‘lgan ekan!

Ehtimol, sen bunday tajribaning natijasini unchalik tushunmagandirsan. Zero, buning qanday yakunlashini o‘zing ham tushuna olasan, to‘g‘rimi? Soyabon tutgan do‘sting soyabonsiz o‘rtog‘ingga nisbatan kamroq xo‘l bo‘lganligini tushunish uchun katta olim bo‘lish shart emas, shundaymi?

 Bu tajriba qanchalik oddiy (yoki ahmoqona) tuyulmasin, soyabonning qadrini isbotlab beradi. Soyabon seni yomg‘irdan himoya qiladi. Agarda sen jala ostida tashqariga chiqsang, ivib qolishing aniq.

Xudoning amrlari ham soyabonga o‘xshaydi. Uning ostida bo‘lsang ko‘pgina noxushliklaridan himoyada bo‘lasan. Sen qachon bu boshpanadan chiqsang noxushliklar boshlanishiga ajablanmasang ham bo‘ladi.

Misol uchun, agar sen Xudoning amrlariga itoat yetsang va o‘g‘irlik qilmasang, hech kimni aldamasang va yolg‘on gapirmasang (Levilar 19:11) Uning amrlari soyaboni ostida bulasan. Biroq agarda bu amrlarga amal qilmasang, u holda turli noxush oqibatlardan azob chekishing mumkin. Agar sen Uning o‘g‘irlik qilmaslik haqidagi amrini buzsang, seni o‘g‘irlikda ushlab olishlari yoki biror jinoiy to‘daga qo‘shilib qolishing mumkin. Mabodo sen Xudoning yolg‘on gapirmaslik haqidagi amrini buzsang, seni maktabdan haydab yuborishlari mumkin, shunda fizik yadrochi bo‘lish haqidagi orzuingdan voz kechishingga to‘g‘ri keladi. Mabodo sen Uning yolg‘on gapirmaslik haqidagi amrini e’tiborsiz qoldirsang, do‘stlaring va oila a’zolaring senga ishonmay qo‘yishlari mumkin.

Aslida Xudoning amrlarini bajarmaslik turlicha ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin (ya’ni aybdorlik, uyat, ishonchsizlik, munosabatlarning buzilishi, nosog‘lom harakatlar va shunga o‘xshash), hattoki sen bilan noxush holatlar yuz bermasa ham. Mana nima uchun Xudo bizga bu amrlarni bergan, eng avvalo, seni himoya qilish uchun.

Xullas, keyingi safar yomg‘ir yog‘ayotgan mahal tashqariga chiqqaningda soyabonni olishni unutma.

MULOHAZA QILGIN: Xudoning amrlariga itoat qilganing uchun himoyalangan holatlaringni eslagin. Uning amrlaridan qaysi biri bugun seni himoya qilishi mumkin.

IBODAT: “Xudoyim, Senga amrlaring uchun rahmat. Ular meni qanday himoya qilishini tushunishimga yordam ber. Seni bugun qanday tinglashim kerakligini menga ko‘rsat, ayniqsa _________________”.


 

27 YANVAR. AGAR XATO QILSANG

Kalomdan o‘qish: 1 Yuhanno 1:8-10

Bordi-yu, gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi (1 Yuhanno 1:9)

 

ANYA MAQSAD SARI INTILAR EDI. Yana bitta himoyachi aldab o‘tilsa - jamoaga g‘alaba keltiradigan gol urilishi mumkin.

Vaqt yakunlanib borardi. Anya darvozaga qarab yugurdi, Katya esa himoyachilarning boshi ustidan unga to‘pni oshirdi. Anya to‘pni darvozadan o‘n uch metr narida ilib oldi. Raqib darvozaboni o‘z joyida qolishi yoki to‘pni olish uchun uning oldiga yugurib kelishi mumkin edi.

Anya Katyaning uzatgan to‘pini qabul qilish uchun himoyachini aylanib o‘tdi. To‘p yerga urilgan zahoti Anya uni tepdi. U to‘p darvozabonning cho‘zilgan qo‘llaridan o‘tib darvoza to‘rining yuqori o‘n burchagiga borib tushishiga umid qilgandi. To‘p darvoza sari uchganida Anyani kuchli hayajon qopladi. Zero, o‘yinning oxirgi daqiqalarida golgacha bir lahzagina qolgandi!

 Anya to‘p darvozabonning qo‘lidan o‘tganida quvonchdan qullarini silkitib yubordi. Biroq to‘p darvoza to‘ri tepasidan o‘tib ketdi. U nishonga ura olmagandi!

– O yo‘q! – ingrab yubordi u va so‘kindi.

 Anya uyga qaytayotganida o‘z onasidan og‘zidan chiqib ketgan qo‘pol so‘zi uchun kechirim so‘radi.

– Men juda afsusdaman! Buni beixtiyor aytib yubordim, – u yig‘lab gapirdi. – Men juda hayajonda edim. Biroq bunday gapirishim kerak emasdi, men ayibdorman. Siz balki meni yomon ko‘rarsiz. Xudo mendan nafratlanadi.

– Nimalar deyapsan, Xudo baribir seni yaxshi ko‘radi,  – dedi Anyaning onasi, – men ham seni yaxshi ko‘raman.

Bir muddat ular jim qolishdi, so‘ngrra Anyaning onasi so‘radi:

– Murabbiy xato qilganing uchun seni so‘kdimi?

Anya boshini chayqab yelkasini qisdi:

– Yo‘q. Men unga afsuslanganimni aytdim, Biroq u aytdiki... – Anya to‘satdan to‘xtadi. U onasiga jilmayib qaradi. – Men tushunaman, siz menga tushuntirishga urinayapsiz.

Anyaning onasi ham qiziga qarab jilmaydi.

– Sen noto‘g‘ri yo‘l tutding, – dedi u, – biroq to‘pni darvozaga ura olmaganing uchun murabbiy seni yomon ko‘rishi mumkin bo‘lmaganidek, Xudo ham seni buning uchun yomon ko‘rib qolmaydi. Anechka, Xudo seni sevadi va kechirishga tayyor. Buning uchun sen faqat o‘z xatoingni tan olishing, Undan kechirim so‘rashing va keyingi safar o‘zingni munosib tutishing uchun U senga yordam berishini so‘rashing kerak, xolos.

MULOHAZA QILGIN: Agar sen bir oy mobaynida biror narsani har kuni bajarsang, bu ko‘nikmaga aylanib qoladi. Bu ko‘nikmani shunday bir tartibga aylantirishga urinib ko‘rgin: Sen qachon noto‘g‘ri ish qilganingda shu zahotiyoq gunohingga iqror bo‘lgin, kechirim so‘ra va keyingi safar Xudo to‘g‘ri qaror qabul qilishingga yordam berishiga ishon.

IBODAT: “Xudoyim, men _______________ noto‘g‘ri yo‘l tutdim. Meni kechir va keyingi safar to‘g‘ri qaror qabul qilishim uchun yordam ber”.


 

28 YANVAR. QANDAY FARQI BOR?

Kalomdan o‘qish: 1 Korinfliklar 10:23-24, 31

Shunday qilib, yeysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangiz ham, hammasini Xudoni ulug‘lash uchun qilinglar (1 Korinfliklar 10:31).

 

SAVOL: Bo‘r va karam orasida QANDAY FARQ BOR?

Javob: Bolalarga majburlab karam yedira olmaysan?

Savol: Fil va spagetti orasida qanday farq bor?

Javob: Filning sanchqisi toyib ketmaydi.

Savol: Xato va gunoh o‘rtasida qanday farq bor?

Javob: Bu yaxshi savol!

Nihoyat bu hazil bo‘lmagan savol. Bu haqiqatdan ham yaxshi savol.

Ko‘pchilik odamlar xato va gunohni adashtirishadi. Ayrimlar o‘zlarini gunohlari uchun emas, balki xatolari bois gunohkor deya his qilishadi. Boshqalar esa gunohni “beayb xato” deb hisoblashadi.

Odam gunoh qilmasligi, ammo xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Sen birovning ismini unutib qo‘yishing mumkin. Sen o‘zing istamagan holda kimningdir tuyg‘ularini haqorat qilishing mumkin. Sen poyezdga chiptangni yo‘qotishing va ta’tilga o‘z sinfing bilan birgalikda borolmasliging mumkin. Sen beixtiyor itning dumidan bosib olishing mumkin. Bular gunoh emas. Bular xatolardir.

Xato qilmay turib ham gunoh qilish mumkin. Sen kimnidir yoqimsiz atama bilan nomlashing mumkin. Sen atayin kimningdir tuyg‘usini poymol qilishing mumkin. Sen sinfing bilan ta’tilga borishni istaiaganing bois chiptangni tashlab yuborishing mumkin. Sen atayin itning dumini bosib olishing mumkin! Bu xato emas. Bu gunohdir.

Xato va gunoh o‘rtasidagi farqni anglash muhim. Yanada muhimi unga va bunisiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish. Sen qachon xato qilganingda, ayniqsa, bu xato tag‘in kimgadir zarar yetkazsa, buning uchun afsus qilasan. Sen o‘sha odam oldida kechirim so‘rashing mumkin. Biroq sen o‘zingni gunohkor deb his qilmasliging va bundan uyalmasliging lozim.

Mabodo sen gunoh qilsang, vijdon azobini his qilmog‘ing kerak. Sen buning gunoh ekanligini tan olib, Xudodan (va kimga zarar bergan bo‘lsang o‘shandan) kechirim so‘rashing, o‘z gunohing oqibatlarini to‘g‘rilamog‘ing (misol uchun, itning dumini davolash haqqini to‘lash!) va kelajakda to‘g‘ri yo‘l tutishga qaror qilmog‘ing lozim.

Xudo sening hech qachon xato qilmasligingni kutmaydi, lekin senga gunohdan nari bo‘lishni buyuradi ( va buni bajarishingga yordam beradi).

MULOHAZA QILGIN: Xato va noto‘g‘ri tanlov o‘rtasidagi farq haqida mulohaza yurit. Agar sen beixtiyor adashganingda yoki gunoh qilganingda o‘zingni qanday his qilishing haqida o‘ylab ko‘r.

Hali kechirim so‘ramagan xatoliklar qilganmisan? Gunoh qilib kechirilmagan holatlaring bo‘lganmi? Mabodo sen bu savollardan birortasiga “ha” deb javob bersang, u holda xatoni to‘g‘rilash va gunoh uchun kechirim olish uchun kerakli ishni qilgin.

IBODAT: “Xudoyim, menga xato va gunoh orasidagi farqni anglashimga hamda gunohdan qochishimga yordam bergin, ayniqsa shunday bir holatlarda _______”.


 

29 YANVAR. CHIQISH

Kalomdan o‘qish: 1 Korinfliklar 10:12-13

Sizlar tushgan vasvasaga boshqalar ham duchor bo‘lgan. Ammo Xudo sodiqdir, U kuchingizdan ortiq vasvasaga tushishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Vasvasaga bardosh bera olishingiz uchun kerakli paytda vasvasadan qutulish yo‘lini ham beradi (1 Korinfliklar 10:13).

 

– Bu qizchalar dastidan Men AQLDAN OZAMAN! – Nina yig‘lagudek bo‘lib oshxonaga kirdi. Uning onasi tushlik tayyorlayotgandi.

– Nima bo‘ldi? – deb so‘radi onasi.

– Kelgusi hafta Galyanikida kechki ziyofatimiz bor, biroq men Jamila bilan do‘stlashsam, Galya va Nadya mening ziyofatga borishimga qarshi ekanlar, – deya tushuntirdi Nina. – Jamila uzoqdan kelgan, u rus tilida unchalik yaxshi gapira olmaydi va biz kabi kiyinmaydi. Ayrim qizlar uning ustidan kulishadi, shu bois men u bilan do‘stlashishga uringandim.

– Sen juda to‘g‘ri yo‘l tutibsan, – dedi onasi piyoz to‘g‘rar ekan. – Iso ham xuddi shunday qilgan bo‘lardi.

– Lekin men ziyofatga borishni istayman! Galya sinfimizdagi eng oldi qizlardan biri, u birinchi marotaba meni chaqirmoqchi. Balki men Jamilaga shunchaki ishim ko‘p ekanligini va boshqa u bilan uchrasha olmasligimni aytarman, hech bo‘lmasa, ziyofatgacha?

– Lekin bu noto‘g‘ri bo‘lmaydimi? – deb so‘radi onasi. U Ninaga pishloq to‘g‘ragichni uzatdi.

– Shunday deb o‘ylayapman, – dedi Nina pishloqni to‘g‘rar ekan. – Nahotki Jamila bilan dugona bo‘lib qolish va Galyaning ziyofatiga borishning iloji bo‘lmasa?

– Biroq sen Galyaga yo‘l qo‘yib bersang u senga buyruq bermay qo‘yarmikan? Nahotki boshqa qizlar sen Jamila bilan qanday yo‘l tutganingni bilganlaridan so‘ng ham do‘stlashishni istasharmikan? O‘ylashimcha, pishloq bizga yetadi, bo‘lmasa sen barmoqlaringni qirib yuborishing mumkin.

Nina to‘xtab qoldi. U hatto qanday shiddat bilan ishlaganini sezmabdi ham. U bir bo‘lak qolgan pishloqni og‘ziga soldi.

– Siz haqsiz, – dedi u. – Men hattoki buning uchun e’tibordan chetda qolsam ham to‘g‘ri yo‘l tutaman.

MULOHAZA QILGIN:

Senda qachon noto‘g‘ri ish tutishga vasvasa bo‘lganida, sen odatda:

A) qanday tanlov to‘g‘ri ekanligini tushunmaysanmi?

B) tanlashni yoqtirmaysanmi?

V) tanlov haqida o‘ylamasdan, xohlaganingni qilasanmi?

Kelajakda to‘g‘ri tanlov qilishni qanday o‘rganish mumkin?

IBODAT: “Parvardigor, qachon menda yomon ish qilishim uchun vasvasa bo‘lganida to‘g‘ri tanlov qabul qilishim uchun yordam ber”.


 

30 YANVAR. TO‘G‘RI O‘LCHOV

Kalomdan o‘qish: Qonunlar 30:11-20

Men bugun sizlarga aytaman: “Egangiz Xudoni seving, Uning yo‘lidan yuring...Egangiz Xudoni seving, Unga quloq soling, chunki U sizning hayotingizdir (Qonunlar 30:16, 20).

 

TERMOMETR.

Tikuvchining o‘lchami.

Chizgich.

Tezlik o‘lchagich.

Tarozi.

Xudo.

Yuqorida qayd etilganlarda qanday umumiylik bor? Bu o‘lchash uchun asboblardir.

“Shoshmay tur-chi, – deysan sen. – Bu yerda Xudoning qanday ahamiyati bor?”

Xuddi termometr va chizgich kabi Xudo ham muayyan o‘lchamni belgilaydi. Agar sen masofani o‘lchamoqchi bo‘lsang, chizgichdan foydalanasan. Agar mashinadagi tezlikni aniqlash kerak bo‘lsa tezlik o‘lchagich lozim bo‘ladi. Agarda munosabat yoki harakatlarning to‘g‘riligini o‘lchab ko‘rmoqchi bo‘lsang, bu holda ularni Xudo qadriyatining yordami bilan amalga oshirasan.

Biror nima to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmoqchimisan? Buni Xudo bilan taqqosla.

Mabodo hech kimga ziyon keltirmaydigan bo‘lsa yolg‘ondan foydalanish mumkinmi? Buni Xudo bilan taqqosla. U shunday degan: “ Yolg‘on gapirmang” (Levilar 19:11), buning boisi U haqiqatni qadrlaydi. U haqiqatni qadrlaydi, negaki Uning O‘zi haqiqatdir (Yuhanno 14:6).

Senga zarar keltirgan odamdan nafratlanish mumkinmi? Buni Xudo bilan taqqosla. U shunday deydi: “Bir-biringizni seving” (Yuhanno 13:34), negaki U sevgini qadrlaydi. U sevgini qadrlaydi, negaki Uning O‘zi sevgidir ( Yuhanno 4:8, 16).

Kimdandir xafa bo‘lishing yaxshimi? O‘zingga tegishli bo‘lmagan narsadan foydalanishing yaxshimi? Jahlga berilish yaxshi bo‘ladimi? Boshqalar ustidan kulish to‘g‘rimikan? Kimgadir nisbatan adolatsiz bo‘lish to‘g‘rimi? Buni Xudo bilan taqqosla. U –  nima yaxshiyu, nima yomonni o‘lchash uchun mezondir.

MULOHAZA QILGIN: Afsuski, ko‘pchilik odamlar shaxsiy tuyg‘ulariga, istaklariga, do‘stlarining va ota-onaning so‘zlariga, qadriyatlarga, madaniyatlarga yoki jamiyatlarga tayanib nima yaxshiyu, nima yomonligini aniqlashga urinishadi. Sen nima yaxshi ekanligini qanday aniqlaysan? O‘z tuyg‘ularinga asosanmi? Do‘stlaring gapiga suyanasanmi? Yana nimalarga asoslanasan?

IBODAT: “Xudoyim, men haqiqatdan ham o‘zimda Sening qadr-qiymatingni bilishimga yordam beradigan Kaloming borligini qadrlayman. Sen olamdagi eng yaxshi o‘lchov asbobisan”.


 

31 YANVAR. QIYMATI JUDA BALAND

Kalomdan o‘qish: Yeremiyo 29:11-13

Men sizlar to‘g‘ringizda tuzgan rejalarimni bilaman, deb aytmoqda Egamiz. Bu rejalarim sizlarga kulfat emas, farovonlik olib keladi, yorug‘ kelajagu umid beradi (Yeremiyo 29:11).

 

Sen “Narxini topgin” shousini ko‘rganmisan? Raqobatchilar ikkita ustunga taqqoslab ko‘rsatilgan narsalarning narxini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Ko‘raylikchi, sen buni qanday uddalar ekansan.

1

Gazeta

A

$ 800000

2

Tepasi ochib-yopiladigan yangi “Mustang” mashinasi

B

$ 1500

3

Bir shisha suv

V

$ 400

4

Futbolning kechki namoyishi vaqtidagi bir daqiqalik reklama

G

$ 1,75

5

Pochta markasi

D

$ 55

6

Monitorli kompyuter, printer va SD-ROM

E

$ 25000

7

Maktab nonushtasi

J

35-50 sent

8

Xonus Vagner bilan 1910 yilgi beysbol kartochkasi

Z

$ 1,25

9

Faks apparati

I

$ 451000

10

Shifokorga borish

K

32 sent

 

Yuqorida qayd etilganlarning narxi juda baland bo‘lib tuyulishi mumkin, misol uchun, 451000 dollarlik beysbol kartochkasiga nima deysan? (Buyuk xokkeychi Ueyn Gretski 1991 yilda aynan shunday noyob kartochka uchun shuncha to‘lagandi.) Bu bilan taqqoslaganda pochta markasi yoki gazeta hech qancha turmaydi.

Ochig‘ini aytganda, ba’zan to‘g‘ri harakatning bahosi ham juda yuqori bo‘ladi. Gohida to‘g‘ri yo‘l tutib o‘zingni bechora his qilasan. Buning uchun haq to‘lashingga to‘g‘ri keladi. Bu hattoki hayot bilan hisoblanishi mumkin. Zero, har kim to‘g‘ri yo‘l tutishni xohlamasligiga ajablanmasa ham bo‘ladi.

Yaxshi harakatlar mashaqqatlar bilan uyg‘un ekanligiga shubha yo‘q. Ular ba’zan aqlsizdek tuyulishi ham mumkin. Biroq hattoki yaxshi yo‘l tutish og‘ir bo‘lsada, oxir-oqibat yomon ishlar yanada og‘irlik keltiradi. Natijada yomon yo‘l tutgan kishi hamisha do‘stlaridan ayriladi. U jiddiy noxushliklarga tushib qolishga tavakkal qiladi. Bu uning hayoti va ...ruhidan ayrilib qolishiga sabab bo‘ladi.

Mana, Kalomdan bugun o‘qilayotgan oyat orqali Xudo bizga nima demoqchi. U bizni bu hayotdagi har bir yaxshi ishimiz uchun mukofotlashni va’da qilmagan. Biroq, Uning amrlariga itoat etish -  farog‘at keltirishni; agar hozir bo‘lmasa ham keyinchalik abadiylikda muqarrar yuz berishini va’da qilgan. Hikmatlar Kitobining 21:31 da shunday deyilgan: “To‘g‘rilik va sadoqat payida bo‘lganlar uzoq umr, solihlik va shon-shuhratga erishadi”.

MULOHAZA QILGIN: Sen yuqori to‘lov qilishingga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham adolatli yo‘l tutgan paytlaring bo‘lganmi? Shunday qilganingdan xursandmisan? Agar o‘tmishga qayta olsang, qanday yo‘l tutgan bo‘larding?

IBODAT: “Xudoyim, men to‘g‘ri yo‘l tutishimga yordam ber, xattoki menga juda og‘ir bo‘lgan vaqtlarda ham_______________”.


O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob)
YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак