To‘g‘ri qarorlar izlab. (Josh Makdauell va Bob Xostetler) 4 bob

JOSH MAKDAUELL va BOB XOSTETLER

TO‘G‘RI QARORLAR IZLAB

O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun

 366 jozibakor lavhalar

YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR

ANNOTASIYA

Mazkur kitob biz har kuni duch keladigan hayotiy muammolarga to‘g‘ri qarorlarni topgan holda, ularni oqilona hal etish uchun Muqaddas Kitobdan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatadi. Siz ega bo‘lgan narsalaringiz uchun o‘zingizda Xudoga minnatdorchilik hissini uyg‘otgan holda imkon qadar ko‘proq ibodat qilish, o‘z harakatlaringizni tahlil qilish, itoatkorlik ruhida ish tutib odamlarga xizmat qilishning imkoniyat va usullarini izlash zarur ekanligini tushunib olasiz.Tugri qarorlar izlab kitob uzb

  

KIRISH. To‘g‘ri qarorlar izlab: har bir kun uchun vazifa

DINOZAVRLAR VA KINOYULDUZLAR.

Teleo‘yin.

Misha aka va Masha singil.

To‘lin oy va uchayotgan kometalar.

Televizion yangiliklar dasturi

“Iyerixon uchun kurash: bir kundan so‘ng”.

Jinlar va shaytonlar; o‘yinlar va hazillar; olimlar va fermerlar; qarg‘a va kanareyka; testlar va savolnomalar va hattoki g‘aroyib kaltakesak Mikatu – siz bularning barchasini ushbu kitobning sahifalaridan topasiz. Josh Makdauellning “O‘smirlar uchun har kungi mutolaa” kitobi bu har bir kunda to‘g‘ri qarorlarni izlash va mulohaza yuritish uchun ozuqadir. Birinchi yanvardan boshlanadigan “Andreyning kurtkasi” nomli maftunkor sayohat toki 31 dekabrdagi “Foydali orzular” nomli mutolaagacha jami 366 jozibakor lavhalarni qamrab oladiki, ular sizni to‘g‘ri qarorlarni nojoizlaridan farqlab olishingizga hamda doimo to‘g‘ri tanlov qilishingizga yordam beradi.

Har kungi mutolaa shu kungi hayotingizda haqiqatni qo‘llashda yordam beradigan Muqaddas Kitobdan qisqa parchalarni, asosiy oyatlarni, bir qancha masala va maslahatlarni, shuningdek, qisqacha ibodatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo harqalay hech bir kun boshqasiga o‘xshamaydi. Ayrimlari qisqacha hikoyani taqdim etsa, boshqasi testni tavsiya etadi; nimadir sizni kulishga undashi yoki dilingizni o‘rtashi mumkin; ba’zi hikoyalar o‘ylab topilgan, boshqalari esa haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birgalikda, har kungi mutolaa sizni mulohaza yuritishga va “mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari bo‘lishingiz”ga undaydi (Filippiliklarga 2:15).


O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob)
APREL

 

1 APREL. HAZIL KUNI

Kalomdan o‘qish: Havoriylar 4:36 – 5:5

...Bunday ish qilishga qanday jur’at etding?! Sen odamlarga emas, balki Xudoga yolg‘on gapirding! (Havoriylar 5:4).

 

1 APREL. HAZIL KUNI, bu yigirma to‘rt soat mobaynida to‘xtamaydigan hazillar, yolg‘on va hangomalar kuni. “Sening bog‘iching bo‘shabdi” va ommabop aytiladigan “Yelkangiz oqqa bo‘yalibdi”, kabi hazillar barchaga ma’lum.

 Kattalar odatda do‘stlarini laqillatish uchun murakkabroq hazillarni o‘ylab topishadi. Misol uchun, har doim birinchi aprel  kuni bir-birlariga pochta orqali doimo bitta badbo‘y chiqindi o‘ramini jo‘natadigan ikkita kap-katta odamlar bor. Hazil shundan iborat: o‘ramni shunday tarzda yetkazish lozimki, boshqasi uni albatta qabul qilsin.

 Ehtimol, Xudoga Hazil kuni yoqmas? Men yoqsa kerak deb o‘ylayman. Zero, biz xursandchilik qilishimizga Xudo qarshi emas. Biz kulganimizda yoki ko‘ngilxushlik qilganimizda Unga bu yoqadi. Albatta, qabih va qattiq hazillarni U xush ko‘rmaydi. Ammo hazil baribir hazil. U kulgili bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, ayrim odamlarda har kuni - “Hazil kuni”. Ular qandaydir qattiq hazil qilib, so‘ngra shunday deyishadi: “Men shunchaki hazillashdim”. Yoki ularning yolg‘on gapirayotganlarini fosh qilganingizda ham shunday deyishadi: “Bu hazil edi!” Ular hazil va yolg‘on o‘rtasida farq borligini tushunishmaydi yoki tushunishni istashmaydi.

 Hazil kulgi va xursandchilikka sabab bo‘ladi. Biroq yolg‘on boshqa odamni xafa qilish va aldash uchun aytiladi. Kalomda bu yaxshi qilib tushuntirilgan: “Telba o‘t, nayza va o‘lim yog‘diradi. Birovni aldab: “Faqat hazillashgan edim” degan ham shundaydir” (Hikmatlar 26:18-19).

 Sen qachon birovni yolg‘onga ishonishga undar ekansan, bu bilan boshqani shunchaki aldamayapsan, balki Xudoga qarshi gunoh qilgan bo‘lasan. Boshqa kishini aldashing mumkin, ammo Xudoni alday olmaysan. U sen hazillashayotganingni yoki aldayotganingni ham biladi.

 Xullas, birinchi aprel kuni ko‘ngil yoz – lekin yolg‘on gapirma!

 MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qigan parchani eslagin (Havoriylar 4:36 – 5:5). Nima deb o‘ylaysan, Xanoniyo yolg‘on gapirib nimaga erishmoqchi edi? Va oqibat nima bo‘ldi? Sen birinchi aprel  kuni qay tariqa hazil qilasan? O‘zing voz kechishing lozim bo‘lgan hazillaring bormi?

IBODAT: “Xudoyim, Sen haqiqatsan, Senda yolg‘on yo‘q. Sening yo‘llaringdan borishim uchun yordam ber”.

 

 

2 APREL. SUTMI YOKI QUYUQ OVQAT?

Kalomdan o‘qish: Ibroniylar 5:12-14

Sizlar o‘zlaringiz allaqachon ustozlik qilishingiz kerak edi! Ammo siz boshqalarga emas, boshqalar sizlarga Xudo Kalomining ilk asoslarini o‘rgatishlari kerak. Sizlar hali ham sutga muhtojsiz! Quyuq ovqatni hazm qila olmaysiz (Ibroniylar 5:12).

 

HAYOTDA KO‘P NARSA muayyan tartibda yuz beradi. Go‘daklar avval o‘rmalab, so‘ng yurishni boshlashadi; avval ular faqat sut ichishadi, so‘ngra esa quyuq ovqat iste’mol qilishadi. O‘smirlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun ulg‘ayishlari kerak.

 Masihiy bo‘lib sen ham hammasini darrov olmaysan. Ruhan tug‘ilib biz avvalambor quyidagi narsalarni egallab olishimiz lozim: o‘z gunohlarimizni anglash, Xudoning O‘g‘li Iso tomonidan berilgan Uning kechirimi va sevgisiga ehtiyoj; boshqalarni kechirish istagini. Biz har kuni yomonlik va yaxshilikni shunchaki tanlab yashashga nisbatan Masihda ulg‘ayib borsak, ko‘proq narsani o‘rganamiz.

 Men bu dam olish kunlaridagi bayramga borishim uchun yaxshi baho olish maqsadida nazorat ishidan ko‘chirib olishim mumkinmi?

 Ota-onamga uy vazifasini bajarganim haqida yolg‘on gapirib kechqurungi konsertga borish uchun ruxsat olsam bo‘ladimi?

 Singlim menga tilini chiqarib ko‘rsatgani uchun uni to‘p bilan urish mumkinmi?

 Balki, oxirgi holatdan o‘zimizni tiyish osonroqdir. Biroq yaxshilik va yomonlikni tanlashning har qanday imkoniyati – bu nafaqat imkon, balki mashq hamdir. Ulg‘ayganing sari sen chiniqib boraverasan. Hozir to‘g‘ri qaror qabul qilib (kayfiyatim yomon bo‘lgani uchun ukamni hushidan ketgunicha uraymi yoki unga masihiylik sevgisi va shafqatini namoyon etaymi?”), sen o‘zingni kelajakda murakkabroq muammolar bo‘lganida ham (“o‘zimni tiyib turaymi yoki yaxshi ko‘radigan qizim bilan xohlaganimni qilaymi?”) to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga tayyorlaysan.

 Agar sen to‘g‘ri qaror qabul qilgan holda mashq qilmasang, muammolar murakkablashib ketganida senga keyinchalik qiyinroq bo‘ladi, oqibati esa – jiddiy tus oladi! Hozirgi har bir to‘g‘ri qaroring seni kelajakdagi yanada murakkabroq tanlovlarga tayyorlaydi. Qanchalik ko‘p mashq qilsang, sen keyinchalik to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga shunchalik darajada tayyorlangan bo‘lasan.

 MULOHAZA QILGIN: O‘tgan haftada qanday qaror qabul qilishingga to‘g‘ri kelganini eslab ko‘r. Nima deb o‘ylaysan, bu seni kelajakda nimagadir tayyorladimi? Bunday qarorga kelishing oson kechdimi? Qiyin bo‘lgan vaziyatlar ham bormi? Nima deb o‘ylaysan, oson yoki qiyin tanlovlardan qaysi biri seni kelajak uchun yaxshiroq tayyorlaydi?

IBODAT: “Xudoyim, men Sening yordaming bilan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishim mumkin. Menga o‘rgat va men to‘g‘ri yo‘lni tanlayman. Xudoyim, men zaifman, menga quvvat ber”.

 

 

3 APREL. POKIZALIK HOLATI

Kalomdan o‘qish: Havoriylar 24:10-16

Aynan shu sababdan Xudo va xalq oldida men doim vijdonimni sof saqlashga tirishaman (Havoriylar 24:16).

 

O‘QITUVCHI KEYINGI SAFAR doskadagi yozuvlarni o‘chirayotganida unga diqqat bilan razm sol. Hozirgina doskaning quyuq rangli ustki qismi matematik formulalar yoki so‘zlar bilan yoxud shu kabi yozuvlar bilan to‘la edi – endi esa u yana nimadir yozish uchun top-toza holatga keldi.

 Sening vijdoning ham xuddi shu maktab doskasiga o‘xshaydi. Barcha noo‘rin fikrlar va harakatlar, tuyg‘ular xuddi bo‘r doskada iz qoldirgani kabi o‘z izini qoldiradi. Biroq sening vijdoning – barcha belgilar qoladigan shunchaki doska emas. Vijdon sening fikrlaring (tuyg‘ularing yoki harakatlaring) noto‘g‘ri ekanligingi aytishi mumkin. Bu ham go‘yo o‘zini tozalaydigan doskaga o‘xshaydi. (Ha, algebrada bunaqa narsa xalaqit bermagan bo‘lardi...)

 Sening vijdoning nimanidir noto‘g‘ri qilganingda, u xuddi iflos doskaga o‘xshab qolganida o‘zini iflosga botgandek “sezadi”, sen to‘g‘ri yo‘l tutganingda esa o‘zini tozalangandek his qiladi. Sening vijdoning – ruhingga xabarlar yuborib, nima yaxshiyu, nima yomonligini tushuntirib turadigan qalbning bir qismidir.

 Xo‘sh, bu belgilar sening vijdoningda to‘planib qolsa nima qilish kerak? Muammo yo‘q. Buyuk Tozalovchini – Xudoni chaqir. Unga tozalikni qaytarmoqchi ekanligingni ayt. Undan gunohlaring kechirimini so‘ra. Undan donolik va kelajakda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishing uchun kuch so‘ra, U senga yaxshilikni yomonlikdan ajratib beradigan vijdon ato etgani uchun minnatdorchilik izhor qil.

 Yodingda tut: “Bordi-yu, gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi” (1 Yuhanno 1: 9 ).

 MULOHAZA QILGIN: Sening vijdoning hozir qay holatda – u belgilarga to‘lami yoki tozami? Agar vijdoning toza bo‘lmasa, nima qila olasan?

IBODAT: “Xudoyim, men o‘zimning .............. tozalamoqchiman. Marhamat qilib, meni ............................. uchun kechirgin. Menga keyingi safar ..................... to‘g‘ri qarorga kelishim uchun donolik bergin. Sen menga bergan vijdon uchun rahmat: u mening Sen bilan gaplashim olishim zarurligini tushunishimga yordam bermoqda”.

 

 

4 APREL. MUNOSIB HAYOT

Kalomdan o‘qish: Titus 1:15 – 2:1

Qalbi pok odamlar uchun hamma narsa haloldir. Buzuq va imonsizlarning nazarida esa hamma narsa haromdir. Bundaylarning aqli ham, vijdoni ham bulg‘angan. Ular, Xudoni bilamiz, deydilar u, o‘z qilmishlari bilan Uni inkor etadilar (Titus 1:15-16).

 

VOQEA JOYI: hashamatli Los-Anjeles, Kaliforniya.

Doroti Chendler pavilonida kinoakademiyaning taqdirlash marosimi o‘tmoqda. “Oskar” eng yaxshi aktyorga topshirilmoqda.

Xovard Xensonning nomi aytilib qarsaklar chalinadi. Aktyor sahnaga chiqib, statuetkani qo‘liga oladi va uni o‘pib g‘alaba ramzi sifatida boshi uzra yuqori ko‘taradi.

– Senga bu ajoyib mukofot uchun rahmat aytaman, Gollivud, – deydi u hayajonli ohangda, – Men suratga olish jarayoniga shunday katta e’tibor bilan yondashgan o‘rtoqlarimga ham minnatdorchilik bildiraman. Rejissyorimga ham tashakkur; men fuqarolik nikohida yashayotgan rafiqam Syuziga ham rahmat, eng avvalo (u aytmoqchi bo‘lgan so‘ziga urg‘u berish uchun jim qoladi) Xudoga bularning hammasiga ijozat bergani uchun minnatdorchiligimni bildiraman!

 

Kamera, to‘xta! Shoshma-chi! Bu o‘rinda nima noto‘g‘ri? Hozirgina kalondimog‘ligi, yolg‘onchiligi va axloqsizligiga iqror bo‘lgan odam Xudoga bularning hammasi uchun tashakkur bildirdimi? O‘ylashimcha, bu masalada Xudoning aloqasi yo‘q. Xudo bizning hayotimizda ishtirok etishni istaydi, ammo U bizning gunohlarimizga aralashmaydi.

 Odamlar bu to‘qima Xovard Xensonning nutqiga o‘xshash gaplarni ko‘p aytishadi. Xudo go‘yoki ularning harakatlarini ma’qullaydigandek, o‘zlarini oqlashga urinadilar. Ba’zan o‘z vijdonlariga quloq solmay qo‘ygan odamlar shunday deyishadi: ular o‘z hayotlarida juda ko‘p noto‘g‘ri qarorlar qilishgan! Muqaddas Kitob ular haqida shunday deydi: “Bunday qabih, o‘zboshimcha odamlar hech bir xayrli ishga yaramaydilar”.

 Albatta, faqatgina kino va sport yulduzlarining vijdonigina hissiz va befoyda bo‘lib qolmaydi. Bunday holat har qanday kishi bilan ro‘y berishi mumkin. Agar sen o‘z vijdoningga tez-tez e’tibor qaratmasang va uni jim bo‘lishga majbur qilsang, sen ezgulik va yomonlikni farqlay olmaydigan vaqt ham kelib qoladi.

 Lekin bunday bo‘lmasligi kerak. Bunday vaziyatni bartaraf qilish uchun Xudoni tingla: U sening vijdoningni yanada sezgirroq qiladi. U senga pand-nasihat qilayotganida Uni tinglagin. Agar biror yomon ish qilgan bo‘lsang tavba qil, shunda vijdoning poklanadi va bu ajoyib bo‘ladi! Shunda sen Pavlus bilan birgalikda shunday deysan: “Ayni shu sababdan Xudo va xalq oldida men doim vijdonimni sof saqlashga tirishaman” (Havoriylar 24:16).

 MULOHAZA QILGIN: Odamlar o‘z vijdonlarining sezgisini yo‘qotish uchun nimalar qilishadi? Sen oxirgi marta qachon vijdon azobini his qilgansan? Sen vijdoningga quloq soldingmi yoki bunga e’tibor bermadingmi? Kelajakda vijdoning ogohlantirishi uchun qay tarzda yanada e’tiborliroq bo‘lishing mumkin?

IBODAT: “Xudoyim, mening ko‘zlarim ochiq, vijdonim esa uyg‘oq bo‘lsin. Men gunohga botishni va Senga nomunosib tarzda hayot kechirishni istamayman”.

 

 

5 APREL. RUHIY RULETKA

Kalomdan o‘qish: 1 Timo‘tiy 4:1-5

Xudoning Ruhi yaqqol aytyaptiki, oxirgi zamonlarda ba’zi odamlar imondan qaytadilar. Ular yolg‘onchi ruhlarga va jinlar ta’limotiga quloq soladilar. Bunday ta’limotni tarqatgan odamlar riyokor va yolg‘onchidirlar. Ularning vijdoni o‘lgan, go‘yo qizdirilgan tnmir bilan kuydirilib yo‘q qilingan (1 Timo‘tiy 4:1-2).

 

BUNDAN BIR NECHA YILLAR MUQADDAM beshta bola ruscha ruletka o‘yinini o‘ynashdi. Ulardan biri uyidan otasining to‘pponchasini yashirincha olib chiqdi. Ular navbati bilan to‘pponcha barabanini aylantirib qurolni boshlariga tirardilar va tepkini bosishardi. Ular to‘pponcha o‘qlanmagan va bezarar deb o‘ylashgandi. Biroq aslida barabanning ichida bitta o‘q qolgan ekan.

 O‘n to‘rt yoshli bola og‘ir jarohatlandi. Do‘stlari tez yordam chaqirishdi, biroq uni qutqarishning iloji bo‘lmadi.

 Albatta, bizlardan ko‘pchiligimiz uchun ruscha ruletkani o‘ynash fikri boshimizga kelmaydi, biroq ko‘pchilik ruhiy ruletka o‘ynaydilar. Ular har safar noto‘g‘ri qaror qabul qilganlarida barabanni yana aylantirishadi. Ular har doim tepkini bosganlarida ezgulikdan ko‘ra yomonlikni afzal biladilar.

 Biz tez-tez o‘zimizning harakatlarimizni tushuntirib, shunday deymiz: “Agar buni bir martagina qilib ko‘rsam, menga ziyon yetmaydi”. Ikkinchi bora esa shunaqa deb qolamiz: “Birinchi marotaba yomon bo‘lmadi-ku, buni qaytarsa bo‘ladi”. Va biz xavfsiz bo‘lib tuyulmagunicha – qayta va qayta – gunoh qilaveramiz, vijdonimiz esa gunohga botayotganimizda sukut saqlab turolmaydi.

 Odamning vijdoni o‘lib qolishi mumkin. Agar sen uning nolasiga qo‘l siltayversang, agar sen noto‘g‘ri ishingdan keyin o‘zingdagi notinchlikni nari suraversang, agar sen qayta va qayta Xudoning irodasini mensimasang, vijdoning toki butunlay so‘lib qolmagunicha qurib boraveradi.

 Xudo bizga ogohlantirishning bebaho tizimini bergan, bu xuddi yong‘in xavfidan ogohlantiradigan xabarga o‘xshaydi. U seni himoya qilishi va to‘g‘ri qaror qabul qilishingda yordam bermog‘i kerak. Bu sening vijdoningdir. U haqda yaxshilab g‘amxo‘rlik qilgin.

 MULOHAZA QILGIN: “Ruhiy ruletka” nima o‘zi? Sen qachonlardir o‘z vijdoning bilan shunday o‘yin qilganmisan? Ehtimol, hayotingda seni Xudodan ayiradigan, seni shunday qilishga takror va takror undaydigan gunoh bordir. Vijdoning sezgir va foydali bo‘lishi uchun nimalar qilmog‘ing kerak?

IBODAT: “Xudoyim, men o‘z vijdonim bilan “ruhiy ruletka” o‘ynamasligim uchun yordam ber. Vijdonim ovoziga quloq solishim uchun ko‘maklash. Meni gunohlarga nisbatan sezgir qilgin. Agar senga itoat etmaganimda, tavba qilishim uchun yordam ber”.

 

 

6 APREL. SEN LOZIM DARAJADA KATTA YOSHDAMISAN?

Kalomdan o‘qish: Ishayo 7:13-16

O‘sha bola yomonni rad etib, yaxshini tanlashni biladigan yoshga yetganda qatiq va asal yeydi (Ishayo 7:15).

 

SENING YOSHING NECHADA? Sen yetarli darajada katta yoshdamisan?

– Yetarli darajada katta yosh nima uchun? – deb so‘raysan. Mana masala nimada.

Deylik, sen mashina haydamoqchi bo‘layapsan. Qonun bo‘yicha buning uchun o‘n olti yoshga to‘lsang kifoya, garchi ota-onang bunga rozi bo‘lmasalar ham!

 Deylik, sen saylovda ovoz bermoqchisan. Bu holda sen yetarli darajadagi o‘n sakkiz yoshda bo‘lmog‘ing lozim.

 Deylik, sen nafaqa olishni istaysan. Juda afsusdaman, biroq buning uchun keksayishingni kutishga to‘g‘ri keladi.

Sen qachon aqlingni yig‘ib olish uchun kerakli darajada katta yoshga yetasan? Agar sening ota-onang – ko‘pchilik ota-onalar singari bo‘lishsa, ular senga bu savolni million marotaba berishgandir. Biroq boshqalar kabi sening ota-onang ham bu qachon ro‘y berishini tushuntirmagan bo‘lsalar kerak. Besh yoshdami? O‘ndami? Oltmish yoshdamikan? Balki ana shu yoshlar orasidadir?

 Hattoki eng kichkina bolalar ham tushunishadi: yaxshi va yomon hodisalar bor. Biz Xudoning siymosida yaratilgan ekanmiz, nimanidir tabiiy tarzda tushunamiz. Mana nima uchun ikki yoshli go‘dak boshqa bolakay uning o‘yinchog‘ini olib qo‘ysa, “Bu g‘irromlik”, deb baqiradi.

 Go‘dak ulg‘aya boshlaganida nima yaxshiyu, nima yomonligini albatta yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi. Biroq ezgulikni yomonlikdan ajrata olishing uchun – keksayishingni yoki hattoki sakkizinchi sinfni tugatishingni – kutishga hojat yo‘q. Bu unchalik murakkab bilim emas.

 Ha, ba’zan xuddi qutqaruv qayig‘i bilan bog‘liq voqea kabi tanlov qiyin bo‘ladi. Bu voqeani bilasizlarmi? Sen – akulalar izg‘ib yurgan dengiz o‘rtasidagi qutqaruv qayig‘idagi sakkiz kishining birisan. Qayiq faqat yetti kishini ko‘tarishi mumkin; kimdir uni tark etishi kerak. Sen boshqa yetti kishi uchun hayotingdan voz kechishga tayyormisan? Ko‘pchilik odamlar hayotlarida biror marta ham akulalar qurshovidagi qayiq ichida bo‘lib qolmaydi. Ular hattoki bu haqda o‘ylab ham o‘tirishmaydi, to‘g‘rimi?

 Ko‘pchiligimiz uchun yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi tanlov – har kunlik ishdir. Odatda bu masala shunday qo‘yilmaydi: “Bu yaxshimi yoki yomon?” Bu bizga ayon. Biz ko‘proq shunday deb so‘raymiz:” Men yaxshi ish qildimmi?” Boshqacha qilib aytganda, sen yetarli darajada katta yoshda bo‘lsang, yaxshi yo‘l tutmog‘ing uchun (menga ishonaver, mabodo bu kitobni o‘qisang, demak, katta bo‘lib qolgansan) sen o‘sha yaxshilikni amalga oshirmog‘ing lozim. Mana, aslida eng muhimi ana shu.

 MULOHAZA QILGIN: Hayotda ezgulik va yomonlikdan birini tanlashingga to‘g‘ri keladigan aksariyat hollarda tanloving tushunarli va aniq bo‘ladi. Biror harakatning yaxshi yoki yomon ekanligini bilmaganing bois  undan jiddiy shubhaga tushganmisan? Sen o‘zing ishonadigan kishilarga - ota-onangga, qavmboshiga yoki boshqa yoshi kattaroq masihiylarga bu haqdagi savollaringni bergin.

IBODAT: “ Xudoyim, men diqqat-e’tibor ila qarorlar qabul qilishim uchun  yordam ber. Men to‘g‘ri qaror qilishim uchun yetarli darajada katta yoshda ekanligimni yodimda saqlashga ko‘maklashgin”.


 

7 APREL. XO‘P BO‘LADI!

Kalomdan o‘qish: Qonunlar 6:4-9

Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar (Qonunlar 6:6).

Amrlarimni saqlab yasha, ta’limotimni ko‘z qorachig‘ingdek asra ( Hikmatlar 7:2).

 

SEN QACHONLARDIR maydonda saf tortgan askarlarni ko‘rganmisan? Serjantning buyrug‘i bilan ular birgalikda harakat qilishadi.

 -O‘ng-ga! - va hammasi burilishadi.

 - Qadam bos! - va hammasi qadam tashlaydi.

 - To‘xta, bir-ikki! - va barchasi bir vaqtning o‘zida to‘xtaydi.

 Bu odamlar oylab o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan so‘ng bilib olishadi: serjant buyruq berganida, yaxshisi tez bajarish kerak. Faqat bugina emas: ko‘pchilik bo‘ysunish o‘zlarining foydasi uchun ekanligini tushunib qolishgan. Ular yanada kuchliroq, tezkorroq, chaqqonroq, e’tiborliroq bo‘lishgan.

Xudo ham bizga buyruqlar beradi. U serjant kabi tomog‘i yirtilgudek baqirmaydi. U bizni yuk bilan uzoq masofaga yugurishimizga majbur qilmaydi. U yerga yiqilishimiz va mabodo bo‘ysunmasak yigirma marta qo‘limizni yerga qo‘yib mashq qilishimizni talab qilmaydi. Biroq U biz har kuni bajarishimiz shart bo‘lgan buyruqlarni beradi.

 Sen Xudo qo‘shinidagi yaxshi askarmisan? Askarlar serjantning buyrug‘ini bajarganlari kabi, sen ham Xudoning buyruqlarini aniq bajarasanmi? Sen bu buyruqlarni bajarishga tez kirishasanmi? Yoki bu buyruqlardan bo‘yin tovlashga urinib, o‘zingcha harakat qilasanmi?

 Xudoga sodiq askar har kuni ko‘p vaqtini ibodat va Xudoning buyruqlarini (Muqaddas Kitobni) o‘rganish bilan o‘tkazadi. Biz Xudoga sodiq bo‘lganimizda Uning Kalomini o‘rganib ularga amal qilamiz, negaki ular qalblarimizga muhrlangan. Xudoga sodiq bo‘lish Uning irodasiga bo‘ysunish demakdir.

 Serjantning buyruqlari askarlar foydasi uchun bo‘lganidek, Xudoga sadoqat va Uning buyruqlarini bajarish ham bizga foyda keltiradi. U bilan va Uning Kalomi bilan birgalikda vaqt o‘tkazib, Unga sadoqat bilan bo‘ysunib sen kuchliroq, yaxshiroq bo‘lasan, nima to‘g‘ri bo‘lsa, o‘shani tezroq bajarasan.

 MULOHAZA QILGIN: Qanaqadir ishga sodiq bo‘lish – bu, o‘zini o‘sha ishga to‘liq bag‘ishlash demakdir. Hayotda Xudoga nisbatan sadoqatdan ko‘ra o‘zingni ortiqroq ravishda  bag‘ishlagan biror nima bormi? Xudoning buyruqlaridan qaysi birini bajarish sen uchun oson, qaysi biri esa qiyinroq?

IBODAT: “Xudoyim, men Sen bilan munosabatlarimni kundan-kun yaxshilab bormoqchiman. Sening amrlaringga tez va bajonidil amal qilishim uchun yordam ber, ayniqsa ................”.


 

8 APREL.  HAQIQIY DONOLIK

Kalomdan o‘qish: 3 Shohlar 3:5-10

Endi xalqingga shohlik qilishim uchun menga aql-idrok bergin, toki yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin (3 Shohlar 3:9).

 

 NIMA DEB O‘YLAYSAN, donolik nima o‘zi?

 Beshinchi sinfda o‘qiydigan bir bola aytishicha, donolik – bu “hammadan aqlli bo‘lish” demakdir.

 Boshqasi esa, donolik – “faqat qizlarga va keksalarga xos” ekanligini aytdi.

 Yana biri esa donolik – “ahmoqlik qilmaslik uchun yetarli darajada bilish” ekanligini bildirdi.

 Boshqasi esa donolikni “boshqa hech kim bilmaganida nima qilish kerakligini senga aytib turadigan boshingdagi ovoz”, deya atadi.

 Bularning bari yomon fikrlar emas, lekin sening fikringcha, donolik nima? Boshqalardan ko‘proq bilishmi? Ahmoqlikdan qanday qochishni bilishmi? Yoki yana boshqa narsami?

 O‘z davrida donoligi bilan mashhur bo‘lgan shoh Sulaymon  Muqaddas Kitobda biz uchun donolik nima ekanligini tushuntiradi. 3 Shohlar Kitobining uchinchi bobida (Qadimgi Ahdda) shoh Sulaymonning tushida Xudoning qanday namoyon bo‘lgani bayon qilingan. Xudo undan so‘ragan:

- Sen nimani xohlaysan? So‘ragin, Men senga o‘shani beraman!

 Mabodo Xudo bizga shunday taklif qilganida, ko‘pchiligimiz quyidagicha aytgan bo‘lardik: “Million dollar!” yoki “ Shaxsiy kompyuter!”, yoxud shunga o‘xshash nimanidir. Biroq Sulaymon bunday demagan. U aytgan: “Endi xalqingga shohlik qilishim uchun menga aql-idrok bergin, toki yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin ( 3 Shohlar 3: 9 ).

Sulaymonning so‘zlaridan ayonki, donolik bu asosan “yomonlik va yaxshilikni farqlay olish”dir. Ehtimol, sen yaxshi ma’lumot olgandirsan. Sen sinfingda va hatto maktabingda eng yaxshi o‘quvchi bo‘lishing mumkin. Sen, “Nima? Qayerda? Qachon?” ko‘rsatuvida ming martalab g‘olib chiqishing mumkin. Biroq, dono bo‘lishni istasang, “nima yaxshiyu, nima yomonligini farqlash” mahoratini izlashing kerak bo‘ladi.

 Nimalarni bilishing muhim emas, agar ezgulikni yovuzlikdan farqlay olishni bilmasang, sen donolikka erisholmaysan.

 MULOHAZA QILGIN: 3 Shohlar 3:9 dagi Sulaymonning so‘zlariga ko‘ra haqiqiy donolik qayerdan (yoki Kimdan) hosil bo‘ladi? Nima deb o‘ylaysan, dono bo‘lish uchun keksayish kerakmi? Sen qay tariqa dono bo‘la olasan?

IBODAT: Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: “Agar birortangizga donolik yetishmasa, Xudodan so‘rang, U beradi. Chunki so‘raganlarning hammasiga Xudo saxiylik bilan, beminnat beradi” (Yoqub 1:5). O‘z hayotingning muayyan jabhalari uchun Xudodan donolik so‘ragin. Balki sen ibodatni 3 Shohlar 3:9 dagi Sulaymonning Xudodan donolik so‘ragan so‘zlaridan boshlarsan: “...menga aql-idrok bergin, toki yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin”.


 

9 APREL. ASLIYATGA YAQINLASHUV

Kalomdan o‘qish: Qonunlar 7:6-9

Shunday qilib, Egangiz Xudo haqiqiy Xudo ekanini bilib qo‘yinglar. U sodiq Xudodir! Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq saqlaydi (Qonunlar 7:9).

 

BUNDAN BIR NECHA YIL AVVAL televizor orqali mashhur xonanda ishtirok etgan reklamani ko‘rsatishdi. U ajoyib opera ariyasini ajabtovur tarzda yuqori ohangda kuyladi. So‘ngra tasvir o‘zgarib, bizga vino uchun shisha idishni ko‘rsatishdi. Xonanda ayol yuqori avjda kuylaganida idish titrab ketdi.

 Shundan so‘ng magnitofonni ko‘rsatishdi va ovoz yangradi: “Bu jonli ijro edimi yoki tasmaga yozib olinganmi?”

 Albatta, bu, ovoz shunchalik aniq-tiniq yangrashi bois, shisha idishlar ham titrab ketadigan kassetalar reklamasi edi. Boshqacha qilib aytganda, ovoz shunchalik aniqki, uning tasmadagi yozuvini jonli ijrodan ajratib bo‘lmasdi.

 Mana ishonch nima: bu asliyatga yaqinlik demakdir.

 Xudo bizga ishonch nima ekanini ko‘rsatgan. Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: “ U sodiq Xudodir! Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq saqlaydi” (Qonunlar 7:9). Xudo O‘z Kalomini hattoki minginchi avlodgacha ham sodiq saqlaydi! U hech qachon O‘zini sevganlarni sevmay qo‘ymaydi. U hech qachon O‘ziga ishonganlarni umidsizlantirmaydi. U hech qachon O‘ziga muhtoj bo‘lganlarni tashlab ketmaydi.

 Biz, masihiylar, Xudo bizga berayotgan namunaga, asliyatga yaqin bo‘lganimizda ishonchlimiz. Ishonchli bo‘lish so‘ziga amal qilish; o‘zimiz sevganlardan hech qachon yuz o‘girmaslik; bizni sevadiganlardan hech qachon o‘z sevgimizni ayamaslik; bizga ishonganlarni hech qachon ongli ravishda umidini so‘ndirmaslik; biz kimga kerak bo‘lsak, o‘shalarni hech qachon tashlab ketmaslik demakdir Bunday ishonch asliyatga, Xudoyimizga yaqinlikdir. Xudoga ishonch foydalidir. “Sodiq kishi ko‘p baraka topadi” (Hikmatlar 28:20).

 MULOHAZA QILGIN: Sodiqlik bu asliyatga yaqin bo‘lib, Xudoning amrlarini bajarish va boshqa odamlar bilan munosabatda Unga taqlid qilish demakdir. Sen asliyatga qanchalik yaqinsan? O‘z so‘zingda tura olasanmi? Kimni sevsang, o‘shanga sodiqmisan? Seni sevganlarni sen ham sevasanmi? Senga ishonch bildirganlarni umidsizlikka solasanmi? Senga muhtoj bo‘lganlarni tashlab ketasanmi? Agar senga yordam kerak bo‘lsa, hammasini o‘zing qilishga urinma: Xudoga va Uning Muqaddas Ruhiga tayangin. 

IBODAT: “Xudoyim, men bugun Senga sodiq bo‘lmoqchiman. Sodiq bo‘lishimga yordam ber, ayniqsa ............................”.

 

 

10 APREL. SODIQ BO‘LISH YAXSHI

Kalomdan o‘qish: Ibroniylar 3:1-6

...Muso Xudoning xonadonida sodiq xizmatkor bo‘lgani kabi, Iso ham Xudoga sodiq bo‘ldi (Ibroniylar 3:2).

 

“U SOTQIN”.

“Ehtiyot bo‘l: u sening orqangdan zarba berishi mumkin”.

“ U tuqqan onasini bir necha tangaga sotib yuborishi mumkin”.

Sen shunday iboralarni qachondir eshitganmisan? Balki, haqiqiy hayotda eshitmagandirsan, ammo bu kabi so‘zlar kitoblarda yoki kinolarda uchragandir. Sen o‘shanaqa odam bo‘lishni istaysanmi? Unday bo‘lmoqchi emassan, to‘g‘rimi? Lekin o‘ylab ko‘rchi, nima uchun istamaysan? Bu kabi tavsiflarning nimasi borki, sen o‘zing haqida bunday fikrlar bildirilishini istamaysan?

 Hech kim sotqin yoki ablah bo‘lib tanilishni istamaydi. Hech kim o‘zi haqida, u onasini ham sotishga tayyor, deb gapirishlarini xohlamaydi. Nega? Negaki barcha ham tabiiy ravishda xiyonat, sotqinlik, ablahlik, beqarorlik yomon ekanligini biladi.

 Sen haqingda bunday deb gapirishlari esa ancha yoqimli:

 “Bu yigitga ishonish mumkin”.

 “Agar u aytgan bo‘lsa, albatta keladi”.

 “Unga tayansa bo‘ladi”.

 “ U hech qachon menga pand bermagan”.

 Bunaqangi obro‘-e’tibor senga yoqqan bo‘lardi, to‘g‘rimi? Nega? Negaki, sen sadoqat – yaxshi narsa ekanligini bilasan. Uning yaxshi ekanligini hamma tan oladi, hattoki ezgulik va yovuzlik yo‘qligini uqtiradiganlar ham. Hattoki bunday odamlar ham do‘stlari ularga xoinlik qilishini yoki tashlab ketishini istashmaydi.

 Bu shuning uchunki, sadoqat – yaxshi fazilatdir. Sadoqat – ezgulik, xiyonat esa – yovuzlikdir.

 Biroq sen endi bu haqda bilasan, to‘g‘rimi?

 MULOHAZA QILGIN: Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan parchada ikkita sodiq kishilar bayon etilgan. Ular kim bo‘lgan edi? Sadoqat yaxshimi yoki yomon?

 Yuqorida qayd etilganlardan qaysi biri senga to‘g‘ri keladi? Nima deb o‘ylaysan, mabodo sen do‘stingdan yoki qarindoshingdan o‘z sadoqatingni baholashni so‘rasang, senga qanday baho bergan bo‘lardi: a’lo, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz? Nima uchun?

IBODAT: Xudodan shunday bir hayot kechirishingga yordam berishini so‘raginki, toki senga: “...hatto o‘zing tanimaganlarga ham, doim sadoqat bilan yordam berib kelyapsan” (3 Yuhanno 1 : 5 ) deya olishsin.

 

 

11 APREL. XUDOGA SADOQAT MANZUR BO‘LADI

Kalomdan o‘qish: Vahiy 2:8-10

O‘lim xavfi ostida bo‘lganingda ham sodiq qol, shunda Men senga hayot tojini beraman (Vahiy 2:10).

 

XUDO BIZGA KO‘P AMRLAR BERGAN. Ba’zan ularning hammasini eslab qolish qiyin bo‘ladi. Misol uchun, bu amrlardan qaysi biri haqiqatdan ham Xudo tomonidan berilayotganini aniqlay olishingni ko‘rib chiqaylik.

 1. Xudo:

 A) “Sen bog‘ o‘rtasidagi daraxtning mevasini toki u o‘rganib chiqilmagunicha yemasliging kerak” yoki

 B) ”Yettinchi kun, shanba, Xudoga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak. Shu kuni sen ishlamasliging kerak” deganmi?

 

2. Xudo:

A) “O‘g‘irlik qilma” yoki

B) “yarim tundan so‘ng musiqa asboblarini baland chalma” deganmi?

 

3) Xudo:

A) “Hamisha adolatli bo‘l” yoki

B) “qo‘shnining ko‘lmagini chapillatmagin, bo‘lmasa u kelib sening ta’ziringni beradi” deganmi?

 

4) Xudo:

A) “Bolalar, imondagi ota-onangizning aytganlariga itoat qiling, negaki bu to‘g‘ri” yoki

B) “ har kim xohlaganini qilsin” deganmi?

 

5. Xudo:

A) “ Sadoqatli bo‘l” yoki

B) “kimki begunoh bo‘lsa, o‘sha tosh termasin” deganmi?

 

Agar sen barcha javoblarga – birinchi qatordan tashqari – “a” harfini belgilagan bo‘lsang, demak, bilimdonsan! Ko‘rayapsanmi, oxir-oqibat, Xudoning amrlarini eslab qolish va ularni tanib olish unchalik qiyin emas.

 Bu qayd etilgan amrlardan biri bugungi o‘qiladigan parchadan olingan bo‘lib, unda Xudo O‘z xalqiga hatto o‘lim oldida ham sadoqatni asrash haqida amr beradi. Qoyil! Albatta, sadoqat – xohish bilan qilinadigan ish emas, deganidir; uni Xudo buyurgan. U bizning ham halol, adolatli, mehribon va sevuvchi bo‘lishimizni istaydi; shuningdek, U bizning vafodor bo‘lishimizni ham xohlaydi. U buni amr etadi.

 MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, nega Muqaddas Kitobdan bugun o‘qiladigan parchada sadoqatga bunday ahamiyat qaratilgan? Xudoning amrlari o‘nta bo‘lmaganida bu qadar ishonchga ega bo‘lmasdi, deb aytish mumkinmi? Xudo bizga O‘zi uchun muhim bo‘lmagan amrni beradi, deb o‘ylaysanmi? Xudo bizga nimadir yomon yoki noto‘g‘ri narsani bajarishimizni buyuradimi?

IBODAT: “Xudoyim, menga qanday sadoqatli bo‘lishim kerakligini ko‘rsat va Sening amrlaringni bajarishimga yordam ber”.


 

12 APREL. XUDO SADOQATNI QADRLAYDI

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 3:1-8

Sevgi va sadoqatni aslo tark etma ( Hikmatlar 3:3).

 

SEN YURAKDAN GAPLASHISH NIMA EKANLIGINI BILASANMI? Mana bu daftarga bolalar o‘zlari yaxshi ko‘rgan narsalar haqidagi savollarga javob berishadi. Misol uchun, bir sahifadashunday yozilgan: “Sen yoqtirgan sport turi qaysi?” va hammalari bunga javob qaytarishadi: “Futbol”, “figurali uchish”...

Keling, bir qancha savollarga javob berishga urinamiz. O‘zing yoqtirganni aytishga urinib ko‘r:

eng sevimli qo‘shiq  ..........................

eng sevimli xonanda yoki guruh.............

eng sevimli teleko‘rsatuv.................

yilning eng yoqimli vaqti...................

Muqaddas Kalomning eng sevimli kitobi................  

 

Endi esa eng yoqtirmaganni aytishga urinib ko‘raylik:

eng yoqmaydigan ovqatni..................

eng yoqmaydigan fan.........

eng yoqtirmaydigan telereklama.............

haftaning eng yoqmaydigan kuni

ota-onaning eng yoqmaydigan iboralari........     .

Ishonasanmi yo‘qmi, Xudoda ham shunday ro‘yxat bor. U hattoki yozib olingan. Uning ro‘yxatiga ko‘ra, Uning odamlarda eng yaxshi ko‘rgan sifatlaridan biri – bu sadoqatdir. U sadoqatni – qoyilmaqom deb biladi. Uning O‘zi sadoqatni asrashni yoqtiradi va odamlar Unga hamda bir-birlariga vafodor bo‘lishlarini yaxshi ko‘radi.

 Sen shu haqda o‘ylab ko‘r. Sen toqat qilmaydigan fanlar yoki taomlar – brokkoli, no‘xat, qatiq – bormi? Jismoniy tarbiya, matematika, ingliz tili? Xo‘sh, Xudo ham ba’zi narsalarga toqat qilolmaydi. Xususan, U xiyonatga toqat qilolmaydi.

 Mana shuning uchun Xudo bizga sadoqatli bo‘lishni amr etgan. Chunki U sadoqatni qadrlaydi. Bizlar ham sodiqlikni qadrlashimiz lozim.

 MULOHAZA QILGIN: “Qadr-qiymat” bu odamlar uchun qandaydir muhim narsa. Sen o‘z do‘stlaringdagi sadoqatni qadrlaysanmi? O‘z ota-onangdagi sadoqatnichi? O‘zingdaginichi?

IBODAT: “Xudoyim, Sen sadoqatni qanday qadrlasang, menga ham uni shunday qadrlashimga yordam ber”.


 

13 APREL. NIMA QILAYOTGAN BO‘LSA, BARCHASIDA VAFODOR

Kalomdan o‘qish: Zabur 32:1-4

Egamizning kalomi haqiqatdir, Uning barcha ishlari ishonchlidir (Zabur 32:4).

 

– Sud Ur shahridan guvoh Ibrohimni chaqiradi!

Oldinga qadam tashlaganicha hassaga tayangan soqolli qariya kirib keladi. U faqatgina haqiqatni aytishi haqida qasam ichgach, o‘z joyini egallaydi.

 – Siz Ur shahrilik Ibrohimmisiz? – deb so‘raydi qimmatbaho kostyum kiygan huquqshunos. Qariya bosh irg‘ab qo‘yadi. – Siz ayblanuvchini hech qachon tushunmagansiz va u bilan hech qachon kelisha olmagansiz, to‘g‘rimi? – deydi u boshqa huquqshunos yonidagi bo‘sh stulga ishora qilib.

 Ibrohim boshini chayqaydi:

 – Har doim emas. Biroq mening undan yaqin do‘stim yo‘q edi. Men unga tez-tez pand berib qo‘yardim – Misrda, Garorda, shuningdek, yana ko‘p marotoba – biroq, U hech qachon meni tark etmagan.

 Boshqa guvoh chaqiriladi. Oldinga turfa rangli kiyimda Yusuf ismli kishi kirib keladi.

 – Siz ayblanuvchining aybi bilan ko‘p bora noxush holatlarga tushgansiz, to‘g‘rimi? – deb so‘raydi huquqshunos.

 – Ha, shunday bo‘lgan, ikki marotaba. Meni o‘zimning kalondimog‘ligim uchun qul qilib sotib yuborishgan. Men qamoqqa tushib qoldim, negaki meni adolatsiz ravishda aybladilar. Biroq U, – Yusuf boshi bilan bo‘sh stulga ishora qiladi, – hamisha men bilan birga bo‘lgan. U meni barcha noxushliklardan xalos qildi. U bularning barchasiga daxldor emas edi.

Hakam Yusufga ruxsat beradi. Yunus ismli uchinchi guvoh chaqiriladi.

– Sizning bu do‘stingiz sizdan baliq uchun xo‘rak tayyorladi, shunday emasmi? – deydi huquqshunos.

Yunus javob qaytaradi:

– U men bilan shunday ish qilishiga o‘zim aybdor bo‘lganman. Meni baliq yutib yubraganida, hammasi tamom, deb o‘ylagandim. Biroq U meni tashlab qo‘ymadi! U hech qachon hech kimni tashlab qo‘ymaydi. – Yunus o‘rnidan turadi. – Mening do‘stim – mening Xudoyim – sodiqdir. Ba’zida emas. Katta bir qismda ham emas. U nimaiki qilmasin, barchasiga sodiq. Nima uchun, bilasizlarmi? Negaki, U – qanday bo‘lsa ana shunaqa. Sodiqlik – Uning ishi emas. Bu Uning tabiatidir!

Yunus huquqshunosga hamdardlik bilan tikiladi:

– Sizlar esa, osmon va yer Xudosini hukm qilib, Xudoning sadoqatini muhokama qilolmaysizlar, negaki faqat Uning O‘zigina buning nima ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Faqat Xudogina sadoqat – ezgulik, xiyonat esa – yovuzlik ekanini ko‘rsatib bera oladi.

Huquqshunos o‘girilib oladi, biroq Yunus jim turmaydi:

– Agar siz o‘zingizni Xudo singari tutganingizda edi, qalbingiz xotirjam bo‘lardi. Biroq siz doimo noto‘g‘ri ish tutgansiz, Yahudo Ishqariyot, negaki siz har narsaga sodiq Xudoga o‘xshamaysiz.

 MULOHAZA QILGIN: Agar seni Xudoga sadoqating to‘g‘risida guvohlik berish uchun chaqirganlarida, nimalar degan bo‘larding? Xudo sadoqatining qanday isbotlarini keltira olarding?

IBODAT: “Xudoyim, menga bo‘lgan sadoqating uchun minnatdorman”.


 

14 APREL. TASHQI KO‘RINISH VA AQLDAN TASHQARI

Kalomdan o‘qish: Matto 25:14-23

Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik bo‘l (Matto 25:23).

 

“XUDO BOSHQALARGA AQL ULASHGANIDA, sen kechikib qolgansan”.

“Xudo boshqalarga tashqi ko‘rinish ulashganida, sen, “Mengachi”, deb qichqirgansan, biroq U sening so‘zlaringni: “Qo‘rqinchliroq bo‘lsin!” deb eshitgan.

“Xudo boshqalarga o‘ziga xoslik ulashganida, sen, U durust emas deb aytdi, deb o‘ylagansan, shu bois sendagi xoslik boshqalarga sezilmasligini so‘ragansan!”

Albatta, bu aytilganlardan hech biri senga taalluqli emas. Oxir-oqibat, senda hammasi joyida, to‘g‘rimi?

 To‘g‘ri. Garchi sen o‘zingni ba’zan xunuk va qobiliyatsiz his qilsangda, Xudo senga ko‘p yaxshi narsalarni bergan. Balki sening ajoyib oilang bordir. Yoki U seni sportchilik qobiliyati yoxud sog‘lom vujud bilan marhamatlagandir. Yoki ajoyib aql bilan. Yoxud seni tushunadigan ota-ona bilan. Yoki betakror ovoz bilan. Yoki xushsurat qiyofa va boshqalarni jalb etish salohiyati bilan. Yoxud o‘tkir nazar bilan. Tik qaddu-qomat bilan. Tekis tishlar bilan.

 Men Xudo senga nimadir ulashganini nazarda tutayapman. Ehtimol, U futbol jamoangizning sardoridan yoki maktabdagi eng chiroyli qizdan ko‘ra kamroq narsani senga bergan, deya hisoblarsan.

 Biroq Xudo senga ko‘p yoki kam bergan bo‘lmasin, ulardan qanday foydalanayotganing muhim. Agar Xudo senga aql bergan bo‘lsa, sen undan kerakli tarzda foydalanayapsanmi yoki uni ota-onang va o‘qituvchilaringni laqillatish maqsadida ishlatayapsanmi? Agar Xudo senga ovoz ato etgan bo‘lsa, sen undan Xudo haqida kuylab, Uni ulug‘lash yo‘lida foydalanayapsanmi yoki ovozingni aka-uka va opa-singillaringni so‘kish uchun ishlatayapsanmi?

 Kalomda shunday deb yozilgan: “Egamiz har bir odamning to‘g‘riligiga va sadoqatiga yarasha mukofot beradi” (1 Shohlar 26:23). Agar sen Xudo berganlariga sadoqatli bo‘lsang, U seni boshqa marhamatlar bilan, boshqa vazifalar va ustunliklar bilan taqdirlashi mumkin. Biroq agar Uning senga berganlarini behuda sarflayotgan yoki noto‘g‘ri foydalanayotgan bo‘lsang, nega U senga yana ko‘proq ishonishi kerak?

 MULOHAZA QILGIN: Xudoga sadoqat Uning in’omlaridan donolik bilan foydalanish ham demakdir. Xudo senga qanday yaxshi narsalar berganini o‘ylab ko‘r. Ma’lum narsalar (misol uchun, beshta sezgi) yoki moddiy narsalar (qulay karavot) haqida unutma. Sen o‘n ballik tizim (o‘n ball “xuddi Sulaymon yoki Suqrot singari”, bir ball esa “shu zahotiyoq tez yordam kerak”) bo‘yicha Xudoning in’omlaridan foydalanishingni qanday baholagan bo‘larding ?

IBODAT: “Xudoyim, menga bergan barcha yaxshi narsalaring uchun Senga rahmat, ayniqsa ...............”.


 

15 APREL. O‘RIN ALMASHAMIZMI?

Kalomdan o‘qish: Matto 25:24-30

Kimda yo‘q bo‘lsa, hatto bori ham tortib olinadi (Matto 25:29).

 

TASAVVUR QIL, sen – ota-onangdan birining o‘rnida bo‘lib qolding. Ha albatta, ular katta va g‘alatiroq. Ammo baribir urinib ko‘r.

 Faraz qilaylik, sen bolangga nima xohlasa shuni yeyishiga ruxsat berding. Bir haftadan so‘ng u shokoladlar, mevali muz bo‘lakchalari, muzqaymoq va pepsi-koladan tashqari hech qanday savzavotlar va oqsillar iste’mol qilmayotganini anglab qolding. Sen shunday qarorga kelasan:

 a) go‘sht va savzavotlar sotib olmaslik;

 b) bola uchun kengroq kiyimlar sotib olishni boshlash;

 v) avvalgi qaroringni bekor qilib, bolani qat’iy parhezga o‘tkazish.

 Faraz qilaylik, farzanding senga endi kap-katta bo‘lganini va uyda yolg‘iz qolishi mumkinligini aytadi. Sen uni bir necha soatga uyda yolg‘iz qoldirasan va o‘zing turmush o‘rtog‘ing bilan xarid qilish uchun ketasan. Uyga qaytgach, farzanding o‘rtoqlari bilan mehmonxonada bir-birlariga ovqatlarni uloqtirishayotganini ko‘rasan. Sen shunday qaror qilasan:

 a) bu manzarani suratga olish;

 b) farzandingdan keyingi safar ovqatni uloqtirishlaridan avval, buyumlar ustini yopish uchun ogohlantirib qo‘yishini so‘rash;

 v) boshqa hech qachon bolani uyda yolg‘iz qoldirmaslik.

 Faraz qilaylik, farzanding o‘n olti yoshga to‘lganida mashinaning kalitini sovg‘a qilasan. Uch kun o‘tgach bolaning yonida kalit bo‘lsa-da, u mashinani topolmaydi. Sen shunday qaror qilasan:

 a) mahallada mashinaning suratini ilib qo‘yish;

 b) boshqa mashina sotib olish;

 v) kalitni olib qo‘yish.

 

Deylik – harqalay – sen barcha holatlarda “v“ variantini tanlading. Nega? Bu axir yaqqol ko‘rinib turibdi, to‘g‘rimi? Chunki ota-onalar sodiqlikni qadrlashadi, buning aksini emas.

 Va shunday ham bo‘ladi. Iso shunday degan: “Chunki kimda bor bo‘lsa (erkinlik, javobgarlik, do‘stlar va h.k.z.), unga yana beriladi va u mo‘l-ko‘lchilikda yashaydi. Kimda yo‘q bo‘lsa, hatto bori ham tortib olinadi" (Matto 25:29).

 Boshqacha qilib aytganda, kimki – Xudoga, ota-onasiga, do‘stlariga sodiq bo‘lsa, – yaxshi narsalarni o‘z hayotiga jo etadi, kimki nosodiq bo‘lsa – yo‘qotadi.

 MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, sodiq bo‘lish osonmi yoki xiyonatkor bo‘lish? Nega? Sodiq bo‘lgan yaxshimi yoki xiyonatchi? Nima uchun?

IBODAT: “Xudoyim, meni O‘zingning sodiq xizmatkoring qilgin”.


 

16 APREL. SUV OMBORI

Kalomdan o‘qish: Zabur 17:25-29

Ey Egam! Senga sodiq bo‘lganga Sen sodiq bo‘lasan, Yaxshi insondan yaxshiligingni ayamaysan (Zabur 17:26).

Sevgi va sadoqatni aslo tark etma (Hikmatlar 3:3).

 

AYTISHLARICHA, dunyoning qaysidir qismida, yomg‘ir kam yog‘adigan, boshqa barcha kunlari esa qurg‘oqchilikda o‘tadigan bir qishloq bo‘lgan ekan.

 Kunlardan birida qishloq oqsoqollari shunday reja o‘ylab chiqishibdi: yomg‘ir mavsumida qishloqning har bir aholisi qishloq markazidagi suv omboriga chelakda suv olib kelib, quyishadi. Qurg‘oqchilik boshlanganida va suv kamayganida esa, odamlar ombordagi suvni o‘zaro taqsimlab olishadi.

 Qishloq ahli oqsoqollarning bu rejasiga xursandchilik bilan rozi bo‘lishibdi. Yomg‘ir mavsumi kelibdi va ketibdi: havo changga to‘libdi, yer qaqrab qolibdi, suv tanqis bo‘libdi.

 Nihoyat, oqsoqollar omborni ochishi va qimmatli suvni qishloq ahli orasida taqsimlaydigan kun kelibdi. Barcha xushkayfiyatda chelak va idishlar bilan suv ombori atrofida turishardi. Oqsoqolar tantanali tarzda suv omborini ochishadi – va ko‘rishsaki, unda bir tomchi ham suv yo‘q!

 Ana o‘shandagina ular, qishloq ahlidan hech kim yomg‘ir mavsumida bir chelak ham suv olib kelmaganini bilishibdi. Har bir odam, olib kelinmagan bir chelak suvni hech kim sezmaydi, deb o‘ylagan va shu tariqa qishloq suvsiz qolibdi.

 Sening xiyonatingni hech kim sezmaydi, deb o‘ylash oson. Jamoatdagi xizmatni yoki maktabdagi mashg‘ulotni qoldirish, do‘stga bergan va’daga vafo qilmaslik va ayni paytda “Hech kim e’tibor bermaydi”, “Bu muhim emas”, deb o‘ylash oson!

 Biroq xiyonat nafaqat bizga tayanadiganlar uchun zararli; u biz uchun ham ziyon. Agar qishloqning har bir kishisi o‘z chelagida suv olib kelganida edi, hammalariga qurg‘oqchilik davrida suv yetgan bo‘lardi. Agar sen sodiq bo‘lsang, sadoqating – Xudodan va boshqa odamlar tomonidan – ko‘p hissa bo‘lib o‘zingga qaytadi.

 MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, agar qishloq ahli o‘z so‘zida turganlarida nima bo‘lardi? Sen ham Xuddi shu odamlar kabi beparvoligingni va xiyonatingni hech kim bilmaydi deb o‘ylab o‘zingni shunday tutganmisan? Kimningdir mas’uliyatsizligi tufayli senda og‘ir vaziyatlar bo‘lganmi? O‘z mas’uliyatsizliging tufaylichi?

IBODAT: Zaburning 17:26-29 ni ovoz chiqarib o‘qi, so‘ngra esa shu oyatlar asosida Xudoga ibodat qil.


 

17 APREL. MEN KELISHINGNI BILARDIM

Kalomdan o‘qish: Hikmatlar 17:17

Haqiqiy do‘st har doim sevadi, aka-ukalar ham og‘ir kun uchun yaratilgan (Hikmatlar 17:17).

 

QIDIRUVCHI (SKAUT)LAR KITOBIDA Fransiyada birgalikda jang qilishgan aka-ukalar haqida hikoya qilinadi. Kunlardan birida, jangdan so‘ng, ulardan faqat bittasi o‘z qismiga qaytib kelibdi. U boshlig‘ining oldiga kelib, ukasini izlash uchun ruxsat so‘rabdi.

 Zobit bosh chayqabdi:

 – Bu nihoyatda xavfli, – debdi u qat’iy ohangda. – Hoynahoy, ukang o‘lgan, sen o‘z hayotingni behuda tavakkalga qo‘yasan.

 Biroq aka zobitdan jang maydoniga qaytishiga ruxsat berishini talab qilaveribdi. Nihoyat, zobit rozi bo‘lgach, askar dushman o‘qi ostida yana ortiga qaytibdi. Oradan qanchadir vaqt o‘tgach, u yaralangan ukasini olib kelibdi. U endigina ukasini handaq pastiga tushirgan paytda, yarador so‘nggi bora nafas olib, jon beribdi.

 – Mana ko‘rdingmi, – debdi zobit. U askarning yelkasiga qoqib boshini chayqabdi. – Men axir aytdimku, sen behuda tavakkal qilding.

 – Behuda emas, janob, – deb javob qaytaribdi jangchi. Ko‘z yoshlari uning bo‘yniga oqib tushibdi. – Yo‘q, janob, – deb gapini qaytaribdi hayajon bilan, – men yarador ukamning yoniga emaklab borib, uni qo‘limga olganimda, u shunday dedi: “Men kelishingni bilardim, Tom. Kelishingni bilardim”.

 Bu askarning sadoqati olamdan o‘tayotgan insonning so‘zlari bilan taqdirlandi. Tasavvur qilayapsanmi, ukasi uning sadoqatini tasdiqlaganida, Tom o‘zini qanday his qilgan?

 Unutma: “Egamiz har bir odamning to‘g‘riligiga va sadoqatiga yarasha mukofot beradi” (1 Shohlar 26:23). Sening sadoqating shu zahotiyoq taqdirlanishi va mukofotlanmay qolishi mumkin. Sen o‘z hayotingda sadoqatingning natijasini do‘stingda yoki qarindoshingda ko‘rishing yoki umuman ko‘rmasliging ham mumkin. Biroq, aksariyat holda, xuddi Tom bilan yuz berganidek, sadoqatning o‘zi – mukofotdir.

 MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, agar Tom ukasini izlash uchun bormaganida nima bo‘lardi? Shunda Tom o‘zi qo‘ldan chiqarib yuborgan marhamat haqida bilgan bo‘larmidi? Sen o‘z do‘stingga yoki qarindoshingga sadoqat ko‘rsatmay, marhamatlanishni qo‘ldan boy berib qo‘ygan paytlaring bo‘lganmi? O‘z sadoqating uchun taqdirlanganmisan? Qay tariqa?

IBODAT: “Xudoyim, Sen sodiqlarga beradigan marhamat va mukofotlarni men boy berib qo‘ymoqchi emasman”.


 

18 APREL. SODIQ XUDO

Kalomdan o‘qish: 2 Timo‘tiy 2:8-13

Sodiq bo‘lmasak ham, Masih sodiq bo‘lib qolaveradi, Axir, U O‘z tabiatiga qarshi chiqa olmaydi (2 Timo‘tiy 2:13).

 

MANA BU RO‘YXATGA QARAB, Xudo senga sodiq bo‘ladigan, seni sevadigan, senga ishonadigan va sendan eng yaxshi narsalarni kutadigan holatlarni ajratib chiq:

□      agar men tushlikda mening idishimga solishadigan barcha savzavotlarni yeya olsam

□      agar men tushlikda mening idishimga solishadigan barcha savzavotlarni yeya olmasam

□      agar men tushlikda akamning idishiga solishadigan savzavotlarni yeb qo‘ysam

□      agar men shaxmat o‘yini kursiga borsam

□      agar men motosikl haydash kursiga borsam

□      agar men didjey kursiga borsam

□      agar men bor narsamni sotib, kambag‘allarga bo‘lib bersam

□      agar men ota-onamning bor-budini sotib, kambag‘allarga taqsimlab bersam

□      agar men ota-onamning bor-budini sotib, pulni o‘zimda olib qolsam

□      agar men singlim uxlab yotganida sochini qirib tashlasam

□      agar men singlim uyg‘oq turganida sochini qirib tashlasam

□      agar men bolalar va hayvonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lsam

□      agar men o‘zini hayvondek tutadigan bolalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lsam.

 

Endi xulosa chiqaramiz: agar sen ro‘yxatda qandaydir misralarni belgilamagan bo‘lsang, demak, Xudoning sadoqati nima ekanligini shunchaki tushunmaysan. Agar sen unda hammasini qayd etgan bo‘lsang, balki Xudoning sadoqati haqida ko‘p odamlar tushunmaganlarni sen tushunarsan.

 Ko‘rayapsanmi, Xudo ko‘plab do‘stlarimiz va tanishlarimiz kabi emas. U biz o‘zimizni faqat belgilangan tarzda tutganimizdagina sadoqatli emas. U biz faqat Uning istaklarini bajarganimizdagina sodiq emas. Nimaiki bo‘lmasin, U sodiq, negaki sadoqat Uning tabiatining, Uning borlig‘ining bir qismidir.

 Muqaddas Kitob bu gaplarni aytganida mana nimani nazarda tutgan: “Sodiq bo‘lmasak ham, Masih sodiq bo‘lib qolaveradi, Axir, U O‘z tabiatiga qarshi chiqa olmaydi” (2 Timo‘tiy 2:13). U Xudo bo‘lishdan to‘xtamaydi, sadoqat esa Uning bir qismidir, shu bois U sadoqatsiz bo‘la olmaydi.

 Bu esa U hamisha senga sodiqligini, hamisha seni sevishini, senga ishonishini va sendan eng yaxshisini kutishini bildiradi. U hech qachon seni tashlab qo‘ymaydi, hech qachon senga xiyonat qilmaydi, hech qachon seni tark etmaydi. Nimaiki bo‘lmasin, U sodiq bo‘lib qoladi, negaki Uning O‘zi shundaydir.

 MULOHAZA QILGIN: Sen qachondir Xudoga pand berganmisan? Unga e’tibor qaratmaganmisan? Xudoni umidsizlikka solganmisan? U buning uchun Seni tashlab ketdimi yoki senga sodiq bo‘lib qoldimi? (Yodingda tut, sadoqat bu Xudo qilayotgan shunchaki ish emas, balki sadoqat - Xudoning O‘zidir).

 IBODAT: Xudoga sadoqat ulug‘langan birorta madhiyani topgin va uni xuddi ibodat kabi ovoz chiqarib o‘qigin. (Mabodo madhiyani topishing qiyin bo‘lsa, ota-onangdan yordam so‘ra.)


 

19 APREL. KO‘PROQ XURSANDCHILIK BO‘LSIN!

Kalomdan o‘qish: Zabur 44:2-8

Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafratlanasan. Shu bois Xudo seni do‘stlaringdan ustun qildi, Ha, Xudoying shodlik moyini senga surtdi ( Zabur 44:8).

 

QUYIDA QAYD ETILGANLARDAN QAYSI BIRI senga quvonch keltiradi? Belgilab chiq.

□      yangi velosiped yoki mashina

□      mashhurlik

□      yaxshi do‘stlar

□      o‘quv yilining yakuni

□      rok-yulduz shuhrati

□      chiroyli tashqi ko‘rinish

□      xususiy uy

□      do‘st yoki dugona

□      shinam uy

□      million dollar

□      Disneylendga sayohat

□      qo‘lga o‘rgatilgan bo‘g‘ma ilon

 

 Bular yomon bo‘lmasdi, to‘g‘rimi? Oxir-oqibat, kim ham million dollarga ega bo‘lishni istamasdi? Kimga ham o‘quv yilining oxiri yoqmaydi? Kim ham kinoyulduzlar kabi ko‘rinishni istamaydi?

 Biroq bilasanmi nima? Harholda, agar sen hozir baxtli bo‘lmasang, maktabda o‘quv tugaganida ham baxtiyor bo‘lolmaysan. Agar sen hozir o‘z hayotingdan qoniqmasang, ehtimol, million dollar bilan ham baxtga erisholmaysan.

 Albatta, vaziyating yaxshilanadi. U har doim ham yaxshilanishi mumkin. Lekin baxtga boylik va shonu shuhrat olib bormaydi: bunga ishonasanmi yoki yo‘qmi, baxtga to‘g‘ri tanlov olib boradi.

 Zaburchi Dovud shunday deb yozgan: “Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafratlanasan. Shu bois Xudo seni do‘stlaringdan ustun qildi, Ha, Xudoying shodlik moyini senga surtdi” (Zabur 44:8). Qadimda yashab o‘tgan bu shoir ezgulikni sevish va yovuzlikdan nafrat odamga quvonch keltirishini aytadi. Xudo bizning xursandchilik qilishimizni, baxtli bo‘lishimizni istaydi, U ezgulikni sevadigan va yovuzlikdan nafratlanadiganlarga quvonch yo‘llaydi.

 Bu esa senda hech qachon omadsiz kunlar bo‘lmaydi, degani emas. Bu esa boshqa hamma ko‘ngil yozish uchun ketganida sen hech qachon uyda yolg‘iz qolmaysan, degani ham emas. Biroq bu oxir-oqibat (ba’zan avvalroq ham) qilingan to‘g‘ri qaror – noto‘g‘ri qarorga nisbatan – ko‘proq baxt va halovat olib keladi, deganidir. Albatta, bu million dollar emas, biroq ishonaver, u bundan ham qimmat!

 MULOHAZA QILGIN: Sen ezgulikni sevadiganlar odatda noto‘g‘ri yo‘l tutadiganlarga nisbatan baxtli ekanliklariga ishonasanmi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”?

IBODAT: Sen to‘g‘ri qaror qilib, Xudo quvonch hadya etishi uchun Unga imkon berganmisan? Agar shunday bo‘lmasa, Undan solihlik uchun sevgiyu qabihlikka nisbatan nafratga o‘rgatishini, to‘g‘ri qaror katta quvonch va halovat sari qanday yo‘l ochishini ko‘rsatib berishini so‘ragin.


 

20 APREL. EZGULIK VA YOVUZLIK O‘RTASIDAGI CHEGARA

Kalomdan o‘qish: Rimliklar 7:21-25

Men bundan shunday xulosani chiqaraman: yaxshilik qilmoqchi bo‘lganimda, qalbimda hamisha yomonlik poylab turadi (Rimliklar 7:21).

 

Mana bu ro‘yxatni ko‘rib chiq:

Adolf Gitler     Iosif Stalin

Xoqon Attila   Chavoqlovchi Jek

Benedikt Arnold   Chingizxon

 

Endi esa boshqa ro‘yxatga qara:

Ona Tereza     Avraam Linkoln

Avliyo Nikolay     Janna D’Ark

Fransisk Assizskiy      Martin Lyuter

 

Aksariyat odamlar birinchi ro‘yxatdagi odamlarni “yomon”, ikkinchi ro‘yxatdagilarni esa “yaxshi” deb aytishadi. Biroq bu shunchaki oson emas. Ezgulik va yovuzlik o‘rtasida bizni (Ona Tereza va bizga o‘xshagan odamlar) ulardan (Gitler, Stalin va sening sinf rahbaringga o‘xshagan odamlardan) ajratadigan chegara yo‘q. Taniqli yozuvchi Aleksandr Soljenitsin bir vaqtlar shunday deb yozgandi: “Agar ongli tarzda yomonlik qiladigan zolimlar qayerdadir yashaganlarida edi, ularni boshqa odamlardan ajratish va yo‘q qilish mumkin bo‘lardi! Biroq ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi chegara har bir odamning yuragidan o‘tadi”.

Muqaddas Kitobdan o‘qiladigan bugungi parchadagi Pavlus kabi biz yaxshi bo‘lishni istagan holda yomon ishlar qilamiz. Ba’zan biz yaxshilik qilamiz. Gohida esa yomonlikka qo‘l uramiz. Biz yomon bo‘lishni istamaymiz, biroq Gitlerning qalbida bo‘lgan yovuzlik bizning ham yuragimizda bor. Bu juda ham jozibakor manzara emas, to‘g‘rimi? Pavlus ham shunday deya hisoblagan: “Oh, men sho‘rlik odam! O‘lim soyasi ostidagi bu ahvolimdan kim meni qutqarar ekan? Xudoga shukur! Rabbimiz Iso Masih orqali U bizni qutqaradi” (Rimliklar 7: 24-25).

 Boshqacha qilib aytganda, biz o‘zimizning gunohkor tabiatimizga asir bo‘lmasligimiz kerak. Biz gunoh qilishni davom ettirmasligimiz lozim. Xudo O‘z O‘g‘li Isoni bizning gunohlarimiz uchun jazoni qabul qilishga yubordi; Xudo kundan-kun, qarorma-qaror bizni gunoh hukmronligidan ozod etishi va bizda yashashi uchun O‘z Ruhini jo‘natdi. U bizning qalblarimizdagi yovuzlikni yenga oladi va yaxshilik qilishimizga yordam beradi.

 MULOHAZA QILGIN: Gunohlaring uchun Isoning xochdagi qurbonligini sen qabul qilganmisan? Ruh seni kundan kun, qarorma qaror gunoh hukmronligidan xalos etishiga ishonasanmi? Agar ishonmagan bo‘lsang, nega hozirning o‘zidayoq ishonch bildira qolmaysan?

IBODAT: “Sevuvchi va adolatli Xudo, Sen menga keraksan. Men gunohkorman, yomonlik mening qalbimda yashaydi va men buni tan olaman. O‘tinaman, qilgan barcha yomonliklarim uchun meni kechir. Isoning xochdagi o‘limi orqali mening gunohlarimni kechirganing uchun Senga rahmat. Marhamat qilib menda yashayotgan Muqaddas Ruh orqali hayotimni o‘zgartir. U meni gunoh hukmronligidan kundan-kun, qarorma-qaror ozod qilishi uchun Unga ishonishimga yordam ber. Iso Masih nomi bilan. Omin”.


 

21 APREL. OILAVIY NIZOLAR

Kalomdan o‘qish: Zabur 132:1-3

Naqadar yaxshidir, yoqimlidir birodarlar birga ahil yashasalar (Zabur 132:1).

 

DIKTORNING OVOZI. Bugungi ko‘rsatuvimizda biz uchta qahramon bilan uchrashamiz va ular o‘zlarini ommaga tanitishgan qayg‘uli oilaviy nizolar haqidagi ta’sirchan tarixlarini aytib berishadi!

Birinchi ovoz: Hammaga salom! Voqea bunday bo‘lgandi: men ukam bilan bir joyda yasholmay qoldik. Xo‘sh, buni hali men yetarli darajada ifodalab berolmayapman. Xullas, men uni o‘ldirdim.

 Ikkinchi ovoz: (yo‘talib olib) Biz amakim bilan tijoratda hamkor edik. Hammasi yaxshi edi, lekin mollarimiz juda ko‘payib, ularga yaylov yetishmay qoldi. So‘ngra mening va amakimning ishchilari o‘zaro kelisha olmadilar. Men bilan amakim o‘rtasida ham shunday bo‘ldi. Ayrilishga to‘g‘ri keldi.

 Uchinchi ovoz: Bu unga baribir kerak emasdi. Akamga. Men otamdan yolg‘on ishlatib merosni uning o‘rniga olganimda... albatta, akam xafa bo‘ldi! Agar men qochib ketmaganimda U meni o‘ldirgan bo‘lardi.

 

Harqalay, sen hammasini tushungandirsan. Birinchi mehmon ukasini hasad tufayli o‘ldirgan Qobil edi. Ikkinchi ovoz esa taqvodor amakisi hayotining og‘ir paytida undan ajralib chiqqan Lutga tegishli edi. Uchinchi mehmon otasining duosi va merosini akasi Esov o‘rniga aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan Yoqub edi.

 Biroq bu voqealarning davomini bilasanmi? Qobilga (Ibtido 4) ota-onasining boshpanasini tashlab, hayotining qolgan qismini quvg‘inda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Lut  (Ibtido 13–14; 18–19 boblar), hammasini juda yaxshi uddaladim, deb o‘yladi: u yaxshi yerlarni tanlab, podalarini So’ar tekisliklariga olib keldi va la’natlangan yerga, Sado‘m shahriga joylashdi. Yoqub (Ibtido 25; 27-33) Paddon-oram (Shimoli-G‘arbiy Mesopotamiya) deb nomlanadigan g‘alati bir joyga qochib ketdi va o‘n to‘rt yil o‘zi kabi ayyor bir yolg‘onchiga xizmat qildi.

 Bu odamlarning har biri boshqa odamlar bilan ahil yashashga noqobil bo‘lganlari uchun qattiq azoblanishdi. Odatda shunday bo‘ladi. Boshqalar bilan kelisha olmaydigan odam o‘z hayotini qiyinlashtiradi. Bunday odamlarning hayoti nafrat, adovat, qasos va turli noxush voqealarga to‘la.

 Odamlar ahillikda va bir bo‘lib yashaganlari qanday yaxshi! Bunday odamlar aksariyat hollarda hurmat, mehr va atrofdagilarning hamjihatligida qarshi olinadi. Ular hech qachon teleshouda chiqish qilmaydilar, ammo harholda yakdillik baribir yaxshi ekanini tushunishadi.

 MULOHAZA QILGIN: Sen odamlar yakdil va hamjihat yashashlariga rozimisan? Qobil, Lut va Yoqubning tarixi senga o‘z o‘tmishingni eslatmayaptimi? Nima uchun “ha” va nima uchun “yo‘q”?

IBODAT: “Rabbim, menga bugun ....................... bilan hamjihatlikda yashashim uchun Sening yordaming kerak”.

 

 

22 APREL. XUDO BIRLASHTIRGANDA

Kalomdan o‘qish: Mark 10:1-9

Bunga ko‘ra, ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar (Mark 10:8).

 

XUDO SABR BILAN O‘Z REJASINI farishta Mikoilga tushuntirardi.

– Men odamni chuqur uyquga solmoqchiman, – dedi U, – so‘ngra uning biqinidan bir qovurg‘asini olib unga do‘st... xotin yaratmoqchiman.

– Oh-ho, – deya g‘udurladi Mikoil go‘yo hazil eshitib, uning mazmunini tushunmagandek.

– Sen axir tushunmayapsanmi, Mikoil? – deya qayta so‘radi Xudo. – Ayol va erkak er-xotin bo‘lishadi. Ular yaxlit vujud bo‘lishadi.

Mikoil asta og‘zini ochdi:

– A, – deya ovoz chiqardi u va qiyofasida anglash ifodasi ko‘rindi. – Sen ularni bir butun qilmoqchisan. Yaxlit vujud. Erkak. Ayol.

Xudo jilmayib bosh irg‘adi:

– Bir butun. Mening tabiatimga monand.

– Demak, – xursand bo‘ldi Mikoil, – garchi ular ikkita bo‘lishsada, bir butun bo‘lishadi. Xuddi Sen uchlik bo‘lganing kabi, – uning ko‘zlari zavq bilan yorishib ketdi. –  Sen ularga bir butun ekanliklarini his qilishlariga ijozat berasan, negaki Sen O‘zing bir butunsan! Qanday ajoyib reja! Ulug‘vor reja!

Xudo yana bosh irg‘adi va Uning ko‘zlari ham quvonchli hayajondan yorishib ketdi.

Ehtimol, bunday suhbat hech qachon bo‘lmagandir. Nima bo‘lganda ham, u Xudoning Kalomida qayd etilmagan. Bu odamning dastlabki kunlardagi hayotida Xudo odamzot uchun qanday g‘aroyib reja o‘ylab topganligi haqidagi mavzuga taalluqli xayoliy to‘qima, xolos. U erkak va ayolni yaratdi va shunday tartib o‘rnatdi: “...erkak kishi ota-onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar” (Ibtido 2:24).

Iso nikoh haqida gapirib, shuni qo‘shimcha qilgan: “Xudo birga qo‘shganni bandasi ajratmasin” (Matto 19:6). Nima uchun? Negaki Xudo bizning nikohdagi aloqalarimiz mustahkam, sevgiga to‘liq va bardavom bo‘lib, O‘zining umumiyligini aks ettirishini istagan (Qonunlar 6:4).

Umumiylik – Xudo tabiati va fe’l-atvorining bir qismidir. Va U biz Uning birligini nikohda va oilaviy munosabatlarda aks ettirishimizni xohlaydi.

Bu albatta har doim ham yuz beravermaydi. Qayg‘uli ahvol, biroq ba’zan nikohlar buziladi: oilalar tarqab ketadi. Agar sen oilalarning buzilib ketayotganini ko‘rgan bo‘lsang yoki shunday holat sen bilan ham yuz bergan bo‘lsa, balki nima uchun Xudo bunday qayg‘ular bilan bog‘liq barcha og‘riq va azoblardan bizni saqlash istagida ekanligini tushunarsan. U bizning yaralarimizni davolashi mumkin, biroq o‘zingizning yordamingiz bilan U sizga jarohat yetishining oldini olishni afzal ko‘radi.

MULOHAZA QILGIN: Xudo nikohda yakdil bo‘lishimizni amr etgan. Bu o‘zi nimani anglatadi deb o‘ylaysan? Bu shunchaki ajralib ketish kerak emas, degan ma’noni anglatadimi? Yoki hamisha turmush o‘rtog‘i bilan kelishish kerak, deganimi? Hech qachon janjallashmaslikmi? Yoki yana boshqa narsami?

IBODAT: Xudodan oilangda hamjihatlik bo‘lishini va kelishmovchiliklarni hal etishda yordam berishini so‘ra.

 

 

23 APREL. IMONLILAR, BIRLASHING!

Kalomdan o‘qish: 1 Korinfliklar 1:10-17

Ey birodarlarim... sizlarga iltijo qilaman:hammangiz o‘zaro ahil yashanglar. Orangizda nizolarga yo‘l qo‘ymay, fikr xayolda tamomila yakdil bo‘linglar (1 Korinfliklar 1:10).

 

KO‘PLAB TURLI XIL jamoatxonalar mavjud.

 Pravoslav va katolik jamoatlari bor. Presviterian, yepiskop va lyuteran jamoatlari faoliyat ko‘rsatadi. Turli xil hamda turlicha ataladigan metodist va baptist jamoatlari ham mavjud.

 Ba’zan e’tiqodda bo‘lmagan odamlar bunday turli xillikka qarab shunday deyishadi: “Masihiylarda o‘zaro totuvlik yo‘q! Qarang, qancha turli xil jamoatlar bor va ular bir-birlari bilan kelisha olishmaydi. Agar sizlarning o‘zingiz jamoat ichida birlikni saqlay olmas ekansiz, nega butun dunyo sizlarga quloq solishi kerak ekan?”

 Qasidir darajada ular haq. Bugungi kunda jamoatlar ichida ko‘plab kelishmovchiliklar va munozaralar bo‘lib turibdi. Biroq Iso biz hammamiz bir xil tarzda sajda qilishimiz kerakligini uqtirgan. U bizlar bir xilda yurishimiz, bir xilda gapirishimiz yoki bir xil ko‘rinishimiz kerakligini aytmagan. U biz o‘zimizni bir xil tarzda atashimizni talab qilmagan.

 Biroq U bizga hamjihatlikni asrashni buyurgan. Uning Kalomidan ayonki, haqiqiy masihiylar bir-birlari bilan nifoqlashmasliklari kerak. Uning Kalomida jamoatda bo‘linishlar bo‘lmasligi aytilgan. U bizdan “fikr xayolda tamomila yakdil” (1 Korinfliklar 1:10) bo‘lishimizni so‘ragan.

 Xudo jamoatning bir bo‘lishini xohlaydi. U jamoat hamjihat bo‘lishini amr etgan. Biz – yoqadimi yo‘qmi, osonmi yoki qiyin – boshqa masihiylar bilan birdam bo‘lishimiz lozim. Nima uchun? Juda oddiy. Xudo bizga hamjihatlikni amr etgan, negaki U birdamlikni qadrlaydi. U birdamlikni qadrlar ekan, demak, biz shunday qilishimiz kerak.

 MULOHAZA QILGIN: Xudo barcha jamoatlar bir xil bo‘lishini amr etmagan, biroq boshqa masihiylar bilan birgalikda ishlash va yashashni buyurgan. Sening jamoatingda sen bilan janjal qiladigan yoki bahslashadigan odam bormi? Oralaringizda “ajralish” bo‘lmasligi va “fikr xayolda tamomila yakdil” bo‘lish uchun nimalar qila olasiz (1 Korinfliklar 1:10)?

IBODAT: “Rabbim, Masihga ishonadigan barcha uchun Senga rahmat. Jamoatdagi hamma bilan hamjihatlikda yashashim uchun yordam ber, ayniqsa .................................”.


 

24 APREL. HAMMA BIR XIL

Kalomdan o‘qish: Galatiyaliklar 3:26-28

Endi na yahudiy, na yunon bor, na qul, na ozod bor, na erkak, na ayol bor. Sizlar Iso Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun hammangiz birsizlar (Galatiyaliklar 3:28).

 

ISONING TASHQI KO‘RINISHI QANDAY BO‘LGAN?

 Biz bu savolning javobini bilmaymiz, biroq ko‘pgina yevropaliklar va amerikaliklar Uni qora sochli, qora ko‘zli va oq tanli deb tasavvur qilishadi. Balki quyoshda qoraygandir, ammo baribir oq tanli. Yevropacha qiyofali.

 Biroq bu afsona. Hoynahoy, Isoning rangi o‘rtacha yevropalik yoki amerikalikka nisbatan qoracharoq bo‘lgan. U yahudiy bo‘lib tug‘ilgan va O‘zining butun umri mobaynida yahudiy bo‘lib qolgan. Eng muhimi, garchi U tarixning muayyan bir davrida va ma’lum bir joyda tug‘ilgan bo‘lsada, U har qanday irqning chegarasidan chiqa oladi.

 U yahudiy edi, biroq samariyalik ayol bilan hurmat ohangida suhbatlashdi (qaragin: Yuhanno 4).

 Urf-odatlar majusiylarning uyiga Isoning, yahudiyning kirishiga izn bermasdi; biroq rimlik yuzboshi uyida kasal yotgan xizmatkorini davolashni iltimos qilganida Iso shunday dedi: “Mayli, men borib xizmatkoringizni sog‘aytiraman” (qaragin: Matto 8:5-13).

 Uning oldiga kan’onlik kelganida (kan’onliklar yahudiylarning azaliy dushmani edi), Iso uni ishonchi uchun maqtab qizini davoladi (qaragin: Matto 15:21-28).

 Isoning O‘zi ham irqiy xurofotning qurboni bo‘lgan. U Samariyada bo‘lganida, samariyaliklar Uni qabul qilishmadi, negaki U yahudiy bo‘lib Quddus sari ketayotgandi (qaragin: Luqo 9:51-56).

 Iso tug‘ilgan jamiyat odamlar o‘rtasidagi farqlanishning uch xilini tadbiq etardi: irqiy belgisi bo‘yicha (yahudiy yoki majusiy), sinfiy tabaqa bo‘yicha (qul yoki erkin odam) va jinsiy belgi bo‘yicha (erkak yoki ayol). Iso keltirgan Xushxabar bu tafovutlarni yuvib tashladi. Pavlus bu haqda yozganida yaxshilab tushuntiradi: “Endi sizlar Iso Masihga bo‘lgan imoningiz orqali Xudoning farzandisizlar... Endi na yahudiy, na yunon bor, na qul, na ozod bor, na erkak, na ayol bor. Sizlar Iso Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun hammangiz birsizlar” (Galatiyaliklar 3:26-28).

 Isoning izdoshlari ham xuddi U singari terisining rangi va irqiy tafovuti bilan emas, balki jinsidan, sinfiy tabaqasidan va irqiy xususiyatidan qat’iy nazar, barchani sevgi bilan qabul qilish, hamma bilan hamjihatlikda yashashlari lozim.

 MULOHAZA QILGIN: Xudo barchani birdam yoki hamjihatlikda yashashga buyuradi. Sen o‘zingga o‘xshamagan odamlarga odatda qanday yondashasan? Sen barcha bilan jinsidan, sinfiy darajasidan va irqiy mansubligidan qat’iy nazar hamjihatlikda yashaysanmi?

IBODAT: Bugun sen o‘zing shaxsan bilgan kamsitilish qurbonlari uchun ibodat qil.


 

25 APREL. XUDO YAGONA

Kalomdan o‘qish: Yuhanno 17:1-11

Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudo tanho Egadir (Qonunlar 6:4).

 

Mabodo senga mashhur tez ovqatlanish restoranlar tizimini yaratgan Makdonald gamburgerlarga toqat qilolmasligini aytishsa, NIMA DEB O‘YLAGAN BO‘LARDING? Hayron qolarding, to‘g‘rimi?

 Agar senga, taniqli aktrisa va xonanda Madonna odamlarni falaj holatga tushirishga chiday olmasligini aytishsa, qanday xayolga borgan bo‘larding? Sen bu gaplarni shunchaki hazm qila olmayapsan, shunday emasmi?

 Agar “ Chikago Bullz” klubining afsonaviy hujumchisi Maykl Jordan hech qachon sportni sevmaganini senga aytishsa, nima bo‘lardi? Sen o‘zingni yo‘qotib qo‘yarding, to‘g‘rimi?

 Nega bu gaplar seni hayron qoldirayapti? Nega sen Makdonald gamburgerlarni yaxshi ko‘rgan deb o‘ylaysan? Nega sen Madonna odamlarni falaj holatga tushirib qo‘yishni yoqtiradi, deb hisoblaysan? Nima sababdan Maykl Jordan sportni yaxshi ko‘rgan degan fikrdasan?

 Buning javobi oson, shunday emasmi? Bir inson gamburgerlar bilan ovqatlantiradigan restoranlar tarmog‘ini ochibdimi, demak, u gamburgerlarni yaxshi ko‘rishi kerak. Gamburgerlar nafaqat uning ishi, balki uning bir qismi hisoblanadi. Xuddi shunday fikrni Madonna va uning taniqli janjalkashligi bilan ham izohlash mumkin. Yoki Maykl Jordan va basketbol haqida ham.

Xuddi shu gapni Xudo va birdamlik haqida ham aytish mumkin.

 Xudoga birdamlik yoqadi.Unga odamlarning hamjihatlikda yashashlari yoqadi. Unga odamlar o‘rtalaridagi tafovutni yengib umumiy maqsad yo‘lida birlashganlari yoqadi. Unga odamlarning irqiy va madaniy to‘siqlarga e’tibor bermay muammolarni hal etishlari, qayg‘u va quvonchni birgalikda baham ko‘rishlari yoqadi.

 Nega Xudoga birlik buncha yoqadi? Negaki U tanho. Muso Isroil xalqiga shunday degan: “Ey Isroil, quloq sol! Egamiz tanho Xudodir!” (Qonunlar 6:4). Xudo yagona; U O‘zida umumiylikni namoyon etadi. U - Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh, biroq U – O‘z tabiatiga va fe’l-atvoriga ko‘ra yagonadir.

 Mana nima uchun Xudo birlikni qadrlaydi. U bizning birlikni qadrlashimizni va birlikka erishishimizni xohlaydi: biz qachonki ana shunday yo‘l tutsak, Rabbimizga ko‘proq o‘xshab boraveramiz.

 MULOHAZA QILGIN: Muso davridan buyon yahudiylar har kuni ikki marotaba, ertalabki va kechki ibodat vaqtida uning so‘zini takrorlashgan: “Ey Isroil, quloq sol! Egamiz tanho Xudodir!” Muso Isroilga: “Egamiz tanho Xudodir” deganida, nimani nazarda tutgan (Qonunlar 6:4).

IBODAT: “Rabbim, ibodatimni qanday xudo eshitishi haqida o‘ylamaganim uchun xursandman. Sen borliqning yagona Yaratuvchisi, olamni va shuningdek meni ham sevuvchi yagona Samoviy Otasan. Senga rahmat, Xudoyim!”


 

26 APREL. BIZ BIRMIZ

Kalomdan o‘qish: Yuhanno 17:12-23

Hammalari bir bo‘lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda bo‘lganimday (Yuhanno 17:21).

 

RUSMI YOKI CHECHEN?

Liberalmi yoki konservator?

O‘ngmisan yoki chap?

Isroillikmisan yoki falastinlik?

Musulmonmisan, xorvatmi yoki serb?

Boymisan yoki qashshoq?

Koka-kolami yoki pepsi?

“Moskvich”mi yoki “mersedes”?  

Odamlarni bir-birlaridan ajratadigan ko‘plab vaziyatlar bor. Ulardan ayrimlari juda muhim. Ayrimlari boshqalariga nisbatan katta kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Ayrimlari esa turishi ahmoqlikdir.

Bu olamdagi barcha nifoq, kelishmovchiliklar va janjallar ko‘plab odamlarning qattiq joniga tekkan. “Nega biz ahil bo‘lib yashay olmaymiz?”deb hayqirishadi ular. Ehtimol, dunyoda odamlar janjallashmaydigan biror joy bordir. Ehtimol, kelib chiqishidan, jamiyatdagi o‘rnidan, urf odatlari va his-hayajonlari turlicha bo‘lgan odamlar inoq bo‘lib yashayotgan joylar ham bordir.

Shunday joy bor. U jamoat deb ataladi.

Xudo odamlar bir-birlariga irqlari, millati, jinsi, jamiyatdagi o‘rni yoki e’tiqodidan qat’iy nazar bir-birlariga qarshi qo‘yilmaydigan birdamlik joyi jamoat bo‘lishini istaydi. Xudo xuddi Ota O‘g‘il bilan, O‘g‘il – Ruh bilan, Ruh esa – Ota bilan yaxlit bo‘lganidek, biz sen bilan va dunyodagi barcha masihiylar ham yaxlit bo‘lishini istaydi. Garchi Uchlikning ko‘rinishi bir-biridan nimasi bilandir farq qilsada, ular bir xil tabiatga, yagona maqsadga egadirlar, ular pokizalik va muqaddaslikda birdamdirlar.

O‘g‘il Iso, Uning izdoshlari birdam bo‘lishlarini istagandi. U Otasi Xudoga shunday degan: “Hammalari bir bo‘lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda bo‘lganimday, ular ham bizda bo‘lishsin. Shu tariqa Meni Sen yuborganingga dunyo ishonsin” (Yuhanno 17:21).

 Biz sen bilan qay darajada Xudoning birlik tamoyilini aks ettirar ekanmiz, odamlar shu darajada Isoning Masih, Xudo O‘g‘li ekanligina ishonishadi. Bizning hamjihatligimiz hozirgi dunyoda bu kamyob holat Xudoning qudrati haqidagi guvohlik bo‘lishi mumkin.

 MULOHAZA QILGIN: Nima deb o‘ylaysan, nega masihiylarning birligi imonda bo‘lmaganlarni Muqaddas Kitobga ishonishlariga undashi mumkin? Sen oxirgi marta qachon boshqa irqdagi, madaniyatdagi yoki jamoatdagi masihiy bilan muloqotda bo‘lgansan? Bunday muloqotlar tez-tez bo‘lib turishi uchun nima qilish kerak?

IBODAT: “Rabbim, Sen O‘z O‘g‘ling Iso bilan bir bo‘lganliging uchun va Iso Sening Muqaddas Ruhing bilan yagona bo‘lganligi uchun rahmat”.


 

27 APREL. BIZ BIRMIZMI?

Kalomdan o‘qish: 2 Korinfliklar 13:7-11

Sizlar hech qanday yomon ishlar qilmasligingizni Xudodan iltijo qilamiz (2 Korinfliklar 13:7).

 

 SEN SHOSHIB TURIBSAN va shu bois maktab yo‘lagida Dashani to‘xtatasan.

 – Menga yordam bermaysanmi? – deb so‘raysan.

 – Ha, albatta! – qiz xuddi mushukdek xirillaydi.

 – Mana bu varaqni Sveta Ivanovaga berib qo‘ya olasanmi? – sen qo‘lingdagi qog‘oz varag‘ini ko‘rsatasan. – U bugun algebra darsida qatnasha olmadi, men unga uy vazifasini yozib beraman, deb va’da bergandim.

 – Men... men Sveta bilan gaplashmayapman, – deb javob beradi Dasha.

 – Balki, – deysan sen, – buni uning do‘sti Mishaga berarsan? U esa Svetaga topshiradi.

 Dasha boshini qimirlatadi:

 – Agar men Sveta bilan gaplashmayotgan bo‘lsam, bu holda uning do‘sti bilan ham gaplashmayman. Mana shunaqa!

 – Mayli, mayli, – o‘yga botgancha rozi bo‘lib. – Balki sen unda... Jenya Dementevadan Katya bilan ishlayotgan akasi Kirillga buni berib qo‘yishini so‘rarsan? Katya esa ishga ketayotganida yo‘l-yo‘lakay Svetaga tashlab o‘tadi.

 Dasha aynigan baliqning hidini sezgandek, burnini jiyiradi.

 – Jenya Dementevaga? Fu! Men u bilan ham gaplashmayapman! U shunaqangi... shunaqangi... Xullas, nima demoqchi ekanimni o‘zing tushunasan!

 Sen bosh irg‘ab qo‘ya qolasan, negaki biz qizning o‘zi nimanidir tushunishiga ishona olmaysan. Sen faqat bir narsani aniq bilasan: Svetaning oldiga o‘zing borishingga to‘g‘ri keladi.

 Ehtimol, Dasha bilan bo‘lgan voqea kam uchrar, biroq u “men ular bilan uchrashaman” va “men ular bilan uchrashmayman” deb dunyoni bo‘lib tashlaydigan ko‘pchilik odamlardan unchalik farq qilmaydi. Yoki “ular menga yoqadi” va “ular mening didimga o‘tirishmaydi”, “bu uddaburon” va “bu lapashang” deydigan odamlardan ham katta farq qilmaydi.

 Ishonasanmi yoki yo‘qmi, ammo o‘zini bunday tutish Sveta yoki Jenyaga nisbatan Dashaning o‘ziga ko‘proq ziyon yetkazadi. Insonning do‘sti bo‘lmasa, yashashi unchalik ham oson kechmaydi. Sen o‘tmishdagi xafagarchiliklarga yopishib olganingda, o‘zingga ziyon keltirasan.

 Birdamlik janjal va bahslardan anchayin afzal. Boshqalar bilan birdamlik taqdirlanadi, bo‘linishlar faqat qayg‘u keltiradi. Atrofingdagilar bilan inoq bo‘lsang, halovat topasan; kelishmovchilik faqat azob keltiradi.

 Mana nima uchun Xudo O‘zining bolalari bir bo‘lishlarini istaydi. U birlikning bo‘linish va janjallardan afzal ekanligini biladi.

 MULOHAZA QILGIN: Senda do‘stlaring bilan kelishmovchiliklar bo‘lib turadimi? Bunday kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun nimalar qilishing mumkin?

IBODAT: Yuhanno Xushxabarining 17:21da Isoning shogirdlari uchun qilgan ibodatiga nazar tashlab, do‘stlaring va tanishlaring bilan munosabatlaring haqida ibodat qil. (Misol uchun, shunday deyishing mumkin: “Ota, biz shu ..............bilan yaxlit bo‘lishimiz uchun ibodat qilaman”.)


 

28 APREL. KeCh BO‘LMASIDAN AVVAL TO‘G‘RILA

Kalomdan o‘qish: Efesliklar 4:3-13

O‘zaro tinch-totuv yashab, Muqaddas Ruh ato qilgan birdamlikni saqlashga jon kuydiringlar (Efesliklar 4:3).

 

 MAKSIM uyg‘onganida o‘z to‘shagining yonida oq libosga o‘rangan g‘alati shaklning havoda muallaq turganini ko‘rdi. Sharpa! Uning sochlari oppoq bo‘lib, navqiron yuzi esa xuddi yuz terisi uchun krem reklamasidagi kabi ajinlarsiz edi.

    – Sen kimsan? – deb so‘radi Maksim. – Bu yerda nima qilyapsan?

 Sharpa shunday dedi:

    – Men senga o‘tmishingni ko‘rsatmoqchiman, – u Maksimga ishora bilan ortidan yurishni ko‘rsatdi. Maksim jangchilar qiroli Zena tasvirlangan futbolkada o‘rnidan turib, sharpa ortidan yotoqxonadan chiqdi va o‘zini uning to‘satdan paydo bo‘lganini sezmagan ibodatgo‘ylar orasidagi jamoatxonada ko‘rdi.

    – Atrofingga qara, – dedi sharpa.

Maksim atrofiga o‘girilib, yakshanba maktabida u bilan do‘stlashgan Oksanani ko‘rdi. Ularning do‘stligi yettinchi sinflarida bema’ni janjal tufayli yakun topgandi. Sharpa boshqa odamga ishora qildi. – To‘qqizinchi sinfda do‘stingga Masih to‘g‘risida aytib bermoqchi bo‘lganing, ammo buni qanday aytishni bilmaganing yodingdami? –  Maksim o‘rtog‘i tomon o‘girilmay bosh irg‘adi; bu ko‘ngilsiz xotira bo‘lib, do‘sti shundan so‘ng tez orada ko‘chib ketgan va Maksim uni boshqa uchratmagandi. – Oksanada boshqalarga xabar tarqatmoq xislati bor edi. U senga va do‘stingga yordam berishi mumkin edi. – Sharpa shundan so‘ng Maksimning ko‘p yillardan buyon uchratmagan yuqori sinfdagi o‘rtoqlaridan biri “Karas” ga ishora qildi. Karas uni jamoat xorida kuylashi uchun chaqirgani bois Maksim jamoatga bormay qo‘ygandi. – Karas kamchilik odamlar kabi Xudoga sajda qilishni bilardi. U seni ham bunga o‘rgatgan bo‘lardi. – Sharpa ishora qilib cho‘ponni ko‘rsatganida Maksim o‘zini butunlay noqulay his qildi: – U hech qachon senga yoqmagan, to‘g‘rimi? Sen unga sovuq munosabatda bo‘lgansan. Biroq u seni Muqaddas Kitob asosida ko‘p narsalarga o‘rgatishi mumkin edi!

– Yaxshi, yaxshi! – Maksim sharpaning qo‘lidan ushlab oldi. – Bas, maylimi? Men bu yillar davomida ko‘pgina masihiylardan ajralib ketmaganimda edi, yanada mo‘min masihiy va yaxshi inson bo‘lardim; men hammasini tushundim! Mabodo hammasini yangidan boshlaganimda, o‘zimni boshqacha tutgan bo‘lardim!

 To‘satdan Maksim o‘zini yana yotoqxonada ko‘rdi. Uning barmoqlari karavotining bosh tutqichlarini mahkam qisdi. Sharpa yo‘q edi, ammo Maksim shunday ovozni eshitdi:

 – Sening istaging bajariladi. O‘zingni endi boshqacha tutgin.

 MULOHAZA QILGIN: Efesliklarga 4:13 da birlik masihiylarga Xudoda ulg‘ayish va kamolga erishishda yordam berishi aytilgan. Sening fikringcha, boshqa masihiylar bilan hamjihatlik senga bu borada yordam beradimi? Imkon qadar aniq javob berishga harakat qil.

IBODAT: “Rabbim, boshqa masihiylardan ajralib ketmasligim uchun yordam ber. Men Senda kamolga erishmoqchiman”.

 

 

29 APREL.  BU OLAMGA TAQLID QILMA

Kalomdan o‘qish: Rimliklar 12:1-2

Bu dunyoga moslashmanglar, fikr zikringizni yangilab, tubdan o‘zgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan bo‘lasiz (Rimliklar 12:2).

 

SEN MAKTABDASAN, matematikadan nazorat ishi bo‘layapti. Sen, birinchi uchta mashqni noto‘g‘ri qildim, shekilli, deya cho‘chib turibsan, ular esa jami to‘rtta! Sen qandaydir yordam ilinjida atrofga qaraysan. To‘satdan ko‘zlaring yoningda o‘tirgan bolaning daftariga tushadi. Shunda o‘z javoblaringni o‘chirib, taniqli ikkichi - Petya Sidorovning yozganlarini ko‘chirib olasan.

 Yoki mana bunday vaziyatni tasavvur qil: sen oqshomgi ziyofat uchun nima kiyishingni bilmaysan, shu bois do‘konga borasan. “Mana u!” – deb hayqirasan va muqovasida kinoyulduzlar surati tushirilgan jurnalni qo‘lingga olasan. Keyin esa xuddi shu kinoyulduz – “yilning eng xunuk kiyingan yulduzi” – kiygani kabi kiyimni sotib olasan.

 Yoki mana bunday vaziyat ro‘y beradi: sen maktabning futbol jamoasiga kirmoqchi bo‘lasan. O‘yinchilarni kuzatib, ulardan biriga to‘p hech qachon tegmaganini ko‘rasan. O‘yindan so‘ng unga borib shunday deysan: “Men futbol o‘ynamoqchiman. Menga o‘rgatmaysanmi?”

 Nima uchun nazorat ishini ikki bahoga o‘qiydigan o‘quvchidan ko‘chirib olish kerak? Nega “ hammadan yomon kiyinadigan” kinoyulduzning kiyimidan nusxa ko‘chirish kerak? To‘p bilan o‘ynay olmaydigan o‘yinchidan futbol o‘rganishdan nima ma’no?

 Bu kulgili bo‘lardi, to‘g‘rimi? To‘g‘ri. Biroq masihiylarning bu olamga taqlid qilishlari  yanada kulgili.

 Ko‘plab odamlar gunohkorona harakatlarini oqlab shunday deyishadi: “Axir yaxshilik va yomonlik nisbiy tushunchalardir. Senga yaxshi bo‘lgan narsa, menga yomon bo‘lishi mumkin!” Masihiylar buni eshitib, boshqalarning qilayotganlariga taqlid qilib, o‘zlarining noto‘g‘ri ishlarini oqlay boshlashadi.

 Sen Xudoga manzur bo‘lmaydigan (bu haqda o‘zing bilasan) teleko‘rsatuvlar va filmlarni tomosha qilib, o‘zingga shunday deysan: “Buni axir bir martagina ko‘raman, xolos!” Yoki barcha ichadi hamda janjallashadi, birovdan ko‘chiradi yoki sababsiz kelmaydi, demak, men ham shunday qilsam, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q, deb o‘ylashing mumkin.

Biroq nega hammaga taqlid qilishing kerak ekan? Nima uchun bema’ni ishlarga taqlid qilish kerak? Agar sen dunyo nima istayotgan bo‘lsa o‘shani istasang, dunyo nima qilayotgan bo‘lsa o‘shani qilsang, dunyo qayoqqa qarab ketayotgan bo‘lsa sen ham o‘sha yoqqa qarab borasan: gunohkor, baxtsiz va chalkash hayotga. Lekin agar Rabbiyning seni dunyoga emas, balki Ruh kuchi bilan Xudoga taqlid qiladigan yangi inson qilib yaratishiga ijozat bersang, bu holda nafaqat Xudoga manzur bo‘lasan, balki hayoting ham mazmunli va quvonchli bo‘ladi.

 MULOHAZA QILGIN: Rimliklarga maktubning 12:1 da biz nima masalada ogohlantirilganmiz? Sen bu ogohlantirishlarga daxldor nimalar qila olasan?

IBODAT: “Rabbim, men gunohkor olamga taqlid qilmoqchi emasman. Men o‘zgarishni va yangi inson bo‘lishni xohlayman. Iltimos, fikrlarimni o‘zgartir, ayniqsa shu masalada ............................”.


 

30 APREL.  AXLOQIY LABORATORIYA

Kalomdan o‘qish: 1 Timo‘tiy 5:1-4

Ular (bolalar va nabiralar), eng avvalo, o‘z oilasi oldidagi, Xudo buyurgan farzni ado etib, farzandlik burchini bajarsinlar (1 Timo‘tiy 5:4).

 

 “Doktor Jekil va janob Xaydning g‘aroyib tarixi”Robert Lyuis Stivensonning mumtoz asari hisoblanadi. Unda, keksa olim doktor Jekil, uyida g‘alati, sirli tajribalar o‘tkazganligi bayon etiladi. Bu tajribalar doktor Jekilning qo‘shnilari va do‘stlarini qattiq tashvishga, qo‘rquvga solgan, hattoki doktorning o‘z hayotiga ham xavf solgan. Bu tajribalar oqibatida hamma hurmat qiladigan doktor Jekil mutlaqo boshqa odamga – ablah, ayyor va yovuz odamga aylanadi.

 Ehtimol, sen o‘z laboratoriyangda ham shunga o‘xshash tajribalar o‘tkaza olishing haqida eshitib hayron qolarsan. Yo‘q, qo‘ng‘iroq qilib telefon orqali laboratoriya jihozlarini buyurtma qilishga shoshilma! Kerak emas: sening uyingda ham shunday laboratoriya bor. Bu axloqiy laboratoriya bo‘lib, sen unda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va kuchli fe’l-atvorni shakllantirishni yoki noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish va o‘z vijdoningni toshga aylantirishni o‘rganishing mumkin.

 Aynan uyingda sening axloqiy qarashlaring shakllanadi – xuddi muayyan haroratda o‘sadigan o‘simlik singari.

Ota-onang uchun bugun og‘ir kun bo‘ldi: yaqinlaringga mehr ko‘rsatish payti kelmadimikan? Televizorning oldini to‘sib qo‘yganing uchun singling senga baqirmoqda: iltifotli ekanligingni ko‘rsatishning ayni payti emasmi? Ukang sening tug‘ilgan kuningga atab olib kelingan tortni itiga yedirmoqda: shafqatli bo‘lishning vaqti emasmi hozir?

 Albatta, muammo shundaki, ko‘plar uyda bo‘lgan vaqtlarida hurmat, sabr-toqat va mehr-shafqat haqida eng oxirgi navbatda o‘ylashadi, biz esa ko‘pincha uyimizdan tashqarida shunday bo‘lishga harakat qilamiz. Biroq aynan uy - o‘sha laboratoriya bo‘lib, biz bu yerda to‘g‘ri qaror qabul qilishni va yaxshi yo‘l tutishni o‘rganamiz. Agar biz buni o‘z uyimizda o‘rgansak, uyimizdan tashqarida bizni noto‘g‘ri yo‘l tutish uchun vasvasaga soladigan ziyonkor o‘qituvchilar, do‘stlar yoki dugonalar bilan munosabatlarda to‘g‘ri qarorga kelishimiz ancha oson kechadi.

 Aytadilarki, takrorlab turish – saboqning onasi hisoblanadi. Shunigdek, hurmatli, sevimli va mehribon bo‘lishga o‘rganish uchun eng yaxshi joy – bu, sening o‘z uyingdir.

 MULOHAZA QILGIN: Sen uyda bo‘lganingda kimga ko‘proq o‘xshaysan: doktor Jekilgami yoki yovuz janob Xaydgami? Uydan tashqaridachi? Shu haftada imoningni xonadoningda qay tariqa qo‘llashing haqida o‘ylab ko‘r. Haftaning har bir kunidagi harakatlaringni rejalashtirib ol.

IBODAT: “Ota, uyda o‘zimni to‘g‘ri tutishim juda qiyin, xususan .............. Men o‘zimni shu haftada to‘g‘ri tutishim uchun yordam ber”.



O‘smirlarning har kungi o‘qishlari uchun (Uzbek tilida kitob)
YANVAR - FEVRAL - MART - APREL - MAY - IYUN - IYUL - AVGUST - SENTYABR - OKTYABR - NOYABR - DEKABR
 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак