Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 9 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Moliyaviy madat) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


MOLIYAVIY MADAD

Ayolning qulay yashashi uchun yetarlicha pul kerak

Sandra farovonlikda, o‘rtahol darajadan yuqoriroq ta’minlangan amerikacha oilada ulg‘aydi. U davlat universitetida tahsil olib, san’atshunoslikni, tarixni – va Jorjni o‘rgandi. Ular talabalik davrlarida turmush qurishdi.

Jorj nafis san’at bo‘yicha bakalavr darajasiga, so‘ngra esa magistrlikka erishdi. Biroq u o‘qishni yakunlagach, o‘z mutaxassisligi yuzasidan ish topolmadi. U tijorat san’ati olamida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘ldi, lekin bu yerda raqobat o‘ta kuchli edi. Jorj universitetni tugatganiga ikki yildan oshsa ham, o‘ziga doimiy ishni topolmadi. U o‘z kartina va suratlari ustida ko‘p ishladi, lekin daromadi kam bo‘lib, oldindan qancha bo‘lishini bilmasdi. Ular nikohining dastlabki olti yilida Jorjning qilgan ishlari yoki bajargan buyurtmalari hech qachon yarim yildan ortiqqa cho‘zilmagandi.

Bunday ahvol natijasida Sandra hech bo‘lmasa ro‘zg‘orni uchma–uch eplab turish uchun qabulxonada kotiba bo‘lib doimiy ishga joylashdi. Ayol farzand ko‘rishni istar, ammo iqtisodiy sharoiti bunga imkon bermasdi. Ular oddiygina kvartirada yashashar, pullari kam bo‘lib, faqat bitta arzon mashinani o‘zlariga ravo ko‘rishlari mumkin edi, xolos.

Sandra omad pillapoyasidan ko‘tarilayotgan bir qancha yosh rahbarlar bilan tanish edi. Ming dollarli bashang kostyum kiygan bu odamlarning bari Sandraning nazarida bag‘oyat ko‘rkam bo‘lib ko‘rinishardi. Ayrimlarining daromadi Jorjda qachondir bo‘lgan mablag‘dan ko‘ra bir necha barobar ortiq edi.

Ayol Alanni ham o‘ziga jalb qildi. Sandra xaridorlar bilan telefon orqali va qabulxonada muloqot qilish mahorati tufayli bir necha bor unga shartnomalar tuzib olishiga ko‘maklashdi. Shu bois Alan u bilan yaqinroq hamkorlik qilishni istar va ba’zi–ba’zida ayolning ish stoli yoniga borib shunchaki gaplashardi. U ayolni qanchalik ko‘p bilgani sayin, uni shunchalik ko‘proq yoqtirib borardi.

Ana shunday suhbatlar vaqtida Alan Sandradan tez–tez shunday gaplarni eshitib qolardi: “Jorjga juda achinaman. U o‘z ishining ustasi, ammo rassomga doimiy ish topish qiyin bo‘larkan”. Ayol bir kuni yig‘lab ham yubordi.

– Sandra! – yigitning ovozida xavotirdan ko‘ra ko‘proq hamdardlik ohangi sezildi.

– O‘ylashimcha, Jorj hech qachon durustgina pul ishlab topolmaydi, – xo‘rsindi ayol. – Bizda hech qachon hech nima bo‘lmaydi.

– Hoynahoy, bu menga taalluqli masala emas, ammo umuman olganda Jorj o‘ziga qulay sharoit yaratib olibdi, – shama qildi Alan. – U kun bo‘yi san’atdan lazzatlanishi mumkin, sen esa uni boqish uchun ishlayapsan. Agar u senga uylanmaganida, boshqa hamma odamlar kabi ishlagan bo‘lardi. Menimcha, u senga nisbatan nohaqlik qilyapti.

Sandra shundan keyin o‘yga toldi. “Jorj mendan foydalanyapti! – o‘yladi u. – Unga mening hisobimdan qilayotgan ishlari yoqadi. Agar u meni sevganida, rassomchiligini tashlab, daromad keltiradigan kasbni egallagan bo‘lardi”. Ayol bunday tuzoqqa tushib qolgani uchun yanada ko‘proq taajjubga tushardi.

Vaqtlar o‘tdi, Sandra va Alan yaqin do‘stlarga aylanishdi. Bo‘sh daqiqalar bo‘lganida, ayol Alan bilan deyarli har kuni ish joyida, so‘ngra esa qahva ichib olinadigan tanaffuslar va tushlik paytida gaplashib olardi. Yigit Sandraga o‘zi ham biznesmen bo‘lgan – maqsadga intiluvchan va omadi chopgan – otasini eslatardi. U Alanni qanchalik ko‘proq bilgani sayin, Jorjga turmushga chiqqanidan afsuslanayotganini shunchalik ko‘proq his qilardi.

Oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan bu do‘stlik ishqiy munosabatlarga aylandi. Jorj dam olish kunlari yarim ish o‘rnida o‘qituvchilik qilish uchun suhbatdan o‘tish maqsadida shahardan chetga chiqqanida, Alan Sandrani o‘zi bilan yaxtada sayr qilishga taklif etdi. Bu ularning keyinchalik davomiy bo‘lib turgan ilk bora qovushishlari edi.

Jorjni ishga qabul qilishmadi, ammo Sandra eri boshqa joydan ish topib olishi mumkinligi va shu tariqa Alandan ayrilishiga to‘g‘ri kelishi haqida o‘ylanib qoldi. Yoki bundan ham yomonrog‘i, Jorj ularning aloqalari haqida bilib qolishi mumkin. Ayol bunday noxush kelajakning oldini olish uchun ajrashishga qaror qildi. Sandra bir yildan so‘ng Alanga turmushga chiqdi.

Ayollar puli uchun turmushga chiqishadimi?

Erkakning puli uchun unga turmushga chiqqan ayollar haqida ko‘plab latifalar ma’lum, ammo mening psixologik tajribam bu an’anaga hazil tariqasida yondashmaslikka o‘rgatgan. Mohiyatan, ayol chindan ham erkakka puli uchun turmushga chiqadi – hech bo‘lmaganda ham, ayol o‘zini ta’minlashi uchun yetarlicha pul ishlab topishini istaydi.

Xuddi Sandra kabi aynan shu muammoga duch kelgan bir ayol bilan suhbatim yodimga tushyapti. Eri juda kam mablag‘ topgani bois ayolning oilaviy hayoti o‘ta baxtsiz edi, lekin u bu muammoni hal etish uchun hech qachon “ajrashishgacha bormasligini” ta’kidlagandi.

– Jorj vafodor va meni sevadi. Men uni yetarlicha pul topmayotgani uchun tashlab ketish darajasida xudbin va yuraksiz emasman.

– Shunaqa deng, – javob qaytardim men. – Siz o‘zingizni hamisha shunday his qilasizmi?

– Albatta, shunday! Yetarlicha pul ishlab topmayotgan erkakdan voz kechish pastkashlik va xudbinlik, axir.

Ko‘rinishdan Elis o‘ziga ishonadigandek bo‘lib tuyulardi va oxirigacha bardosh berishga qodir ekaniga meni ham ishontirgandek edi. Oradan ikki hafta o‘tib u qabulimga kelmadi, negaki ajrashishga ariza bergan bo‘lib, bu haqda menga aytishdan qattiq uyalardi. Ajrashish jarayoni tugaganidan so‘ng ayol sobiq eridan ko‘ra ko‘proq pul topadigan bshqa erkakka turmushga chiqdi.

Xo‘sh, Elis oxir–oqibat nikoh rishtalariga sodiq bo‘lib qolmagan bo‘lsada, nima uchun “ajrashishgacha bormasligini” bunchalik balandparvozlik bilan ta’kidladi? Umuman olganda ayol unchalik ham odatiy bo‘lmagan hatti–harakatlar ko‘rsatdi. Men “og‘zaki qat’iy” deb ataydigan odamlarga taslim bo‘lishlaridan biroz avvalroq o‘zim maslahat berishimga to‘g‘ri keladigan vaziyatlar bo‘lib turadi. Menimcha, Elisning bemantiq hatti–harakatlari uning qadriyatlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasidagi chuqur ichki kurashi natijasida kelib chiqqan. Yetarlicha pulga ega bo‘lishdek o‘ta kuchli ehtiyoj ayolning barcha qat’iyati va yaxshi maqsadlaridan ustun chiqqan.

Erlik ayollar ishlashga to‘g‘ri kelganida ba’zan xafa bo‘lishadi

Aksariyat erkaklar butun umr mobaynida o‘zlarining moliyaviy qo‘llab–quvvatlashlariga umid qilgan ayollar bilan bajonidil turmush qurishadi. Ammo har qanday ayol ham o‘zi moliyaviy ta’minlashiga to‘g‘ri keladigan erkakka tegishga rozi bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik ayollar muayyan darajada erlari oliy ma’lumot olishgunicha, o‘zlariga yoqadigan biror ishni topgunlaricha ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ammo erlar oliy ma’lumotli bo‘lishganidan so‘ng ayollar ularning ishga joylashishlarini kutishadi.

Ammo baribir istiqboldagi o‘zgarishlar xotinlar erlarining ish bilan mashg‘ul bo‘lishlari kerak deb hisoblashlari va ayni vaqtda xotinlarining ishlamasligi erlarni mutlaqo qoniqtirishi bilan cheklanib qolmaydi. Ko‘pchilik ayollar erlarining ishda shunchaki band bo‘lib yurishlarini emas, balki oilani ta’minlash uchun yetarlicha pul ishlab topishlarini istaydi.

Oilalik ayollar ba’zan o‘zlarining ishlashga majbur ekanliklaridan menga shikoyat qilib qolishadi. Bu ayollar odatda xizmatdagi yuksalishlarni va oilani o‘rtasida bittasini tanlash imkoniga ega bo‘lishni xohlaydilar yoki ikkalasini ham tanlamoqchi bo‘lishadi. Farzandlari hali yosh bo‘lganida, xotinlar odatda uy bekasi bo‘lishga harakat qilishadi. Bolalar ulg‘ayib qolishganida, xotinlar uydan tashqarida ham o‘z nufuzlarini ko‘tarishni istab qoladigan holatlar bo‘lib turadi.

Ammo bugungi shafqatsiz hayot ko‘plab ayollarni hali bolalari yosh bo‘lsa ham oilani ta’minlashga ko‘maklashish uchun ishga joylashishga undamoqda. Erlarning o‘zlari hatto oylik to‘lovlarni to‘lashga ham qurbi yetmay qolyapti.

Men shunchaki “Jounslardan orqada qolib ketmaslik uchun” ayollarni ishlashga undagan moddiy an’analarga mutlaqo qarshiman, o‘z vaqtida bank hisoblarini va kredit kartalarini to‘lash haqida gapirmay qo‘ya qolay. Ko‘plab juftliklar o‘zlariga baxtli hayot uchun zarur bo‘ladigan darajadan yuqorisini maqsad qilib qo‘yishadi. Agar ular o‘zlarining yashash darajasini shunchaki oddiy qulaylikkacha tushirsalar, ko‘plab oilalarda erlar belgilangan ish tartibidan ko‘proq ishlashlariga, xotinlar esa qo‘shimcha pul topishga majbur bo‘lishmasdi. Ba’zan hayot tarziga kiritilgan yagona tuzatish ayollarga xizmatda yuksalish va oiladan birini erkin tanlash imkonini beradi, bu esa ular uchun katta ahamiyatga ega.

Iltimos, meni to‘g‘ri tushuning: men xizmatda yuksalishlar qilmoqchi bo‘lgan ayollarga qarshi emasman va hali yoshlik davridayoq xizmat mavqeini tanlagan ayollarni muhokama qilmoqchi emasman. Mening turmushga chiqqan qizim ikkita farzandi hali yosh bo‘lganida ijtimoiy fanlar doktori darajasini olgan va oliy ma’lumotli psixologdir. Men uning yutuqlaridan faxrlanaman, qizim esa ham uy bekasi, ham psixolog vazifasini bajarayotganidan baxtiyor. Uning eri ham bundan xursand.

Men aslida ko‘pchilik ayollar farzandlari tug‘ilgan zahoti ishlash yoki ishlamaslik o‘rtasida tanlov qilishlari zarur ekanligi haqidagi qoidaga urg‘u berishga intilyapman. Agar ular xizmat mavqeini tanlasalar, ishlab topadigan pullari oilani ta’minlashga qaratilmasligi kerak. Oddiyroq qilib aytsak, ko‘plab oilalar erning haftalik belgilangan ishlar bo‘yicha topadigan pullariga yashashni o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.

Agar juftliklar “belni tortib bog‘lasalar” va o‘zlarining yuqorilagan yashash darajasini pasaytira olsalar, bunday vaziyat erning o‘z oldiga oilaning muhim moliyaviy ehtiyojlari uchun aniq iqtisodiy maqsadlar qo‘yishiga imkon beradi. Biroq ularning xotinlari kattaroq uy, yaxshi mashina olish va kredit kartalaridagi xarajatlarni to‘lash uchun birgalikda pul topish maqsadida ishlashda davom etarkan, qanday qilib kamroq xarajat qilish mumkin?

Tushunaman, bu so‘zlarimni ko‘plab juftliklar qo‘llab–quvvatlashmaydi. Ko‘pchilik bu maslahatlarimni haqiqatdan yiroq deb hisoblab, shunchaki amal qilmay qo‘yishadi. Nahotki men hozirgi davrimizda juftliklar birgina oylik bilan yashay olmasliklarini bilmasam? Yo‘q, ushbu bobda bunga o‘zingiz guvohi bo‘lasiz, men buni chindan ham bilmayman. Aslida esa men oila birgina oylik maosh bilan kun kechirishiga ishonaman va buni qanday amalga oshirishni sizlarga ko‘rsataman. Ammo bu o‘rinda moliyaviy qo‘llab–quvvatlashga bo‘lgan talablari juda yuqori bo‘lgan ayollar borligini va bunga o‘ta jiddiy yondashish kerakligini ta’kidlab o‘tmoqchiman, xolos. Aksariyat erkaklarda bunday zaruriyat yo‘q. Umuman olganda, xotini moliyaviy ta’minlashidan mamnun bo‘ladigan erkaklar kamdan kam uchraydi. Mabodo xotin kam pul topsa yoki umuman ishlamasa, er o‘zining maoshi to‘lovlar uchun yetarli bo‘lganidan to‘liq qanoat hosil qiladi. Bunga qarama–qarshi tarzda erining kam pul topayotganidan yoki umuman ishlamayotganidan chinakamiga rozi bo‘lib yashayotgan ayollarni kamdan kam uchratganman.

Ayrim insonparvarlar ayollar huquqini himoyalashni o‘rtaga solib, ularni xizmatda yuksalishlar qilishga da’vat etishadi, negaki ular ish bilan bandlikni qandaydir huquq va afzallik sifatida ko‘rishadi. Ammo ular ayollarda ham uy bekasi bo‘lish va kun bo‘yi onalik qilishga huquq hamda afzalliklar borligini e’tibordan chetda qoldirishadi. Ayollarga xizmatdagi yuksalishlar yaxshiroq ekanligini ta’kidlayotgan kishilar ba’zan ularning onalikka bo‘lgan ehtiyojlarini tushunishmaydi. Men ishonmanki, ayollarda oilani yoki xizmat mavqeini tanlash borasida tanlov bo‘lishi shart. Xotinlarning o‘rniga erlar, ayollar huquqi himoyachilari yoki boshqa kimlardir bu tanlovni qilishganida, ulardan ko‘pchiligini oilaviy baxtdan mahrum qilib qo‘yishadi.

Budjet – zaruriy manfaat

Har bir oila o‘ziga nimalarni ravo ko‘rishi mumkinligini tushunishi kerak. Ayrim juftliklar budjetga xuddi “zaruriy ofat” kabi qarashadi. Men budjetni “zaruriy manfaat” deb atashni ma’qul ko‘raman va o‘zim maslahat beradigan deyarli barcha er-xotinlarni uni tuzishlarini tavsiya etaman. Men haligacha ba’zan o‘ziga imkoni darajasidan ko‘proq nimanidir sotib olishni istamagan birorta juftlikni uchratmadim.

Budjet aslida u yoki bu darajadagi hayot tarzi nimalarga munosib ekanini ko‘rishga yordam beradi. O‘zingizga qay darajada yashashni ravo ko‘rishni yaxshiroq tushunishingiz uchun, men uchta budjet tuzishni tavsiya etaman: ulardan birida sizga nimalar zarur ekanligi, ikkinchisida nimalarni sotib olmoqchi bo‘lganingiz va uchinchisida esa sotib olishingiz mumkin bo‘lgan narsalar yoziladi.

  • budjetiga qulay yashashingizni ta’minlovchi barcha hayotiy ehtiyojlarni qondiradigan narsalarning oylik narx–navolari kiritilgan bo‘lishi lozim.

Istaklar (sotib olmoqchi bo‘lganingiz) budjeti barcha xohish va ehtiyojlaringizni qondirishning – hayotda sizga alohida zavq bag‘ishlaydigan narsalarning – qiymatini o‘zida aks ettiradi. Ammo mazkur budjet hayotiylikka to‘g‘ri kelishi shart: agar sizning cho‘ntagingiz ko‘tarmasa, hech qanaqa dang‘illama hovli yoki shaxsiy haydovchisi bo‘lgan limuzinni ro‘yxatga kiritmang.

Ijozat (sotib olishingiz mumkin bo‘lgan) budjeti daromadingiz darajasidan boshlanadi va eng avvalo muhim hayotiy ehtiyojlaringizni qondiradigan narsalarning qiymatini o‘zida aks ettirishi kerak. Agar asosiy ehtiyojlaringiz uchun sarflanadigan mablag‘dan tashqari yana pulingiz qolsa, toki xarajat daromad bilan muvofiq kelmagunicha ushbu budjetga o‘zingiz ega bo‘lishni ko‘proq istagan narsalarni kiritish mumkin.

Bu uchta budjetni moliyaviy qo‘llab–quvvatlanadigan ehtiyojlar qatoriga joylashtirish uchun men zaruriyat budjetiga faqat erning daromadini kiritishni tavsiya etaman. Boshqacha aytganda, agar er ishlab topayotgan pullar oila ehtiyojlarini qondirishga yetarli bo‘lsa, u o‘z–o‘zidan oilaning moliyaviy talablarini qondirayotgan bo‘lib chiqadi. Umuman olganda, erning daromadi sotib olmoqchi bo‘layotgan narsalarining xarajatini ham qoplashi mumkin. Mazkur budjetlarsiz xotinning moliyaviy madadga bo‘lgan ehtiyojlarini eri muvaffaqiyat bilan qondirib kelayotgani ayol uchun mavhum bo‘lib qolishi mumkin.

Erning ham, xotinning ham daromadi ijozat budjetiga qo‘shiladi, zero xotinning daromadi oilaning turmush tarzini asosiy ehtiyojlar darajasidan yuqori ko‘tarishga yordam berishi tushunarli bo‘lsin. Ayrim ayollar xizmat mavqei uchun ishlashni xohlashadi, boshqalari uchun esa bu bola boqishdan qochishning bir usulidir. Biroq qanday sabab bo‘lmasin, agar er oilani barcha zaruriy narsalar bilan ta’minlash uchun yetarlicha pul topayotgan bo‘lsa, xotin hech bir holatda oilani yoki o‘zini moliyaviy ta’minlash maqsadida ishlamagan bo‘lardi. Xotin kuyib–pishib ishlamagan holda, yuqoriroq darajada hayot kechirishga qaror qilishi mumkin. Ehtimol, ayolda kamroq pul bo‘lishi mumkin, ammo u ko‘proq vaqtini oilada o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. Men talaygina ayollarning o‘zlari va farzandlarini ta’minlash uchun yetarli daromadlari borligi tufayli erlariga ancha baland ta’rif berganlaridan hayratga tushganman. C ilovasidagi “Moliyaviy madad” anketasi sizga zaruriyat, istaklar va ijozat budjetini tuzib olishingizga yordam beradi.

Er ko‘proq pul topishi mumkinmi?

Xo‘sh, erning daromadi zaruriyat budjetini qoplash uchun yetmaydigan bo‘lsa, nimalar yuz beradi? Men turmush darajasining pasayishi ko‘pchilik ayollar uchun o‘ta noxushlik ekanini tan olgandim. Qanchalik xafa bo‘lishmasin, ammo ular turmush kechirishning asosiy darajasini tushirgandan ko‘ra, ishga chiqishni afzal ko‘radigan holatlar tez–tez uchrab turadi.

Men ana shu tuzoqqa tushgan katta miqdordagi juftliklar bilan uchrashganman. Er qo‘l–qo‘liga tegmay ishlaydi va har kuni kechqurun rosa holdan toyib uyga qaytadi. Biroq uning maoshi barcha ehtiyojlarni qondirmaydi. Xotin murakkab tanlov qarshisida qoladi: u o‘rtadagi tafovutni bartaraf qilish uchun ishlashga majbur bo‘ladi yoki turmush mashaqqatlariga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Ayolning Sevgi Bankida kamomad yuz beradi. “Bunga yana qancha chidashim mumkin?” – so‘raydi ayol.

Men bunday vaziyatga tushib qolgan erkaklarga hamdardman. Er qo‘lidan kelganini qilsa ham, baribir xotinining moliyaviy ko‘makka bo‘lgan hissiy ehtiyojini qondira olmaydi. Nahotki bunday boshi berk ko‘chadan chiqishning aslo iloji bo‘lmasa? Er oilasiga bag‘ishlashi kerak bo‘lgan vaqtini sarflamagan holda qaysidir yo‘llar bilan daromadini oshirishi kerak? U maoshini ko‘tarishlari uchun harakat qilishi, ko‘proq haq to‘lanadigan boshqa ishga o‘tishi yoki kasbini o‘zgartirishga tavakkal qilishi mumkin. Navbatdagi voqea bir juftlikning bu muammoni qanday hal etganini ko‘rsatadi.

Shon va Mindi oldimga maslahat uchun kelishganida, Shonning xizmatdagi ishlari juda muvaffaqiyatli ketayotgandi. U kompaniyada erishishi mumkin bo‘lgan deyarli eng yuqori darajaga erishgandi. Dastlab oldimga kirgan zahotiyoq yig‘lab yuborgan Mindini xonaga taklif etdim.

– Menimcha, bu men tomondan unga nisbatan nohaqlik, lekin Shonga bo‘lgan hurmatimni yo‘qotayapman. U hisob–kitoblarimiz uchun to‘lashga yetarli miqdorda pul ishlab topolmayapti, endi esa o‘rtadagi tafovutni yopish uchun mening ham ishga qaytishimni xohlayapti. Hozir bolalarimiz yosh, men ishga chiqmoqchi emasman.

– Agar xarajatlarni kamaytirsangiz nima bo‘larkan? – qiziqib so‘radim men.

– Shaxsan o‘zim hozir juda kam xarajat qilyapman. O‘ylashimcha, kattaroq uy sotib olishga qurbimiz yetmaydi, ammo endi bu niyatimizdan qaytishga kech bo‘ldi. Ikkinchi mashinamiz bo‘lmasa aslo iloj yo‘q. Men uyda birorta transportsiz yolg‘iz qolishim mumkin emas, negaki shahardan ancha uzoqda yashaymiz.

Men Mindi bilan qulay yashash darajasini pasaytirish haqida gaplashish behuda ekanini tushundim, shu bois yagona asosli taklifimni o‘rtaga tashladim.

– Ehtimol, Shon universitetni yakunlasa yanada ko‘proq pul ishlab topar, – yodingizda bo‘lsa, unga yana ikki yilgina o‘qish muddati qolganini aytgandingiz. Uni qo‘llab–quvvatlash uchun ish boshlashga tayyormisiz?

– Menimcha, eplasam kerak, faqat bu bir umrga cho‘zilmasa bas, – rozi bo‘ldi Mindi. – Men Shondan bu haqdagi fikrlarini so‘rayman.

Shon va Mindi bir necha hafta ichida hamma muammolarini hal etishdi. Ayol to‘liq ish kunida ishlay boshladi, Shonning kompaniyasi esa uning kollejga qatnashi va diplom olishi uchun xususiy bandlik bilan shug‘ullanish vazifasini topshirdi.

Ularning oilasi yangi reja sharofati bilan asrab qolindi. Mindiga Shonning daromad olishga bo‘lgan o‘z kuch–quvvatini oshirishga intilayotganini ko‘rish yoqimli edi. Ayol o‘z boshidan kechirayotgan mashaqqatlarga e’tiroz bildirmadi, negaki buning vaqtinchalik ekanini bilardi. Shunisi qiziqki, Mindi o‘z ishini qattiq yaxshi ko‘rib qolgani bois Shon universitetni yakunlab, uni ta’minlash uchun yetarlicha pul topa boshlaganidan so‘ng ham ishlashda davom etdi. Natijada ayolda eriga va sevimli kasbiga nisbatan hurmat paydo bo‘ldi.

Mabodo erning daromadi yetmasa, u o‘zining kasbiy mahoratini oshirishi lozim. U yangi vazifaga ko‘tarilish uchun malakasini oshirayotgan paytda oilasi vaqtinchalik qulay turmush darajasini pasaytirishi, xotini esa ishga joylashishi kerak yoki bu ikkala maqsadni ham bir vaqtning o‘zida amalga oshirish lozim. Men shuni payqadimki, agar bu moliyaviy inqirozni hal etishning vaqtinchalik usuli bo‘lsa, ayollar odatda qulay yashash darajasini pasaytirishga va oilani ta’minlash uchun ishlashga rozi bo‘lishadi. Bunday vaqtinchalik fidoyilik ko‘pincha o‘zaro bir–birini tushunishning qudratli omiliga va nikohdagi mehribonlikka sabab bo‘ladi. Er va xotin birgalikda umumiy maqsad sari intilganlarida, ular qiziqishlarining doirasi bir–biriga muvofiq kelishi, muloqotlari esa ikkalasi uchun ham maroqli bo‘lish ehtimoli juda katta. Qisqacha aytganda, ular o‘yinchilari odatda bir–birlarini sevib, hurmat qiladigan g‘olib–jamoaga aylanishadi.

Bir oyda 1000 dollarga qanday yashash mumkin?

Men Shon va Mindi kabi ko‘plab juftliklarga maslahat berayotganimda, baxtli bo‘lish uchun ko‘p narsalar shart emasligini tushuna boshlayman. Vaqtinchalik chora sifatida er yoki xotin oliy ma’lumot olish uchun o‘qiyotganida, juftlik o‘z xarajatlarini eng kam miqdorda kamaytirishni o‘rganadi. Turmushlariga o‘zgarishlar kiritilgan zahoti juftlik ko‘pincha bunchalik oz mablag‘ bilan ham yaxshi yashay olganlaridan o‘zlari hayron qolishadi.

Men Sara va Jimni ilk bora uchratganimda, ularning oila qayig‘i hayot to‘lqinlari oralab suzishga tushgan va hozirning o‘zidayoq moliyaviy qoyalarga urilib, chil–parchin bo‘lish arafasida edi.

Ikkalasi ham to‘liq ish kunida mehnat qilishardi, lekin umumiy daromadlari hisobiga xarid qilgan narsalari o‘zlarini uncha xursand qilmasdi. Ular giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishdi, ahloqiy qadriyatlarini boy berishdi va o‘zlarini xarob qilishga mahkumlardek bo‘lib ko‘rinishardi.

Ular qabulimga kelishganida, ikkalasiga ham hayotda yangi yo‘nalish kerak ekanligini va oliy ma’lumotli bo‘lish bu yo‘nalishni topib olishlariga yordam berishini uqtirdim. Ularda faqat bitta muammo bor edi: er-xotin oyiga 9000 dollar miqdoridagi umumiy daromad evaziga yashashga ko‘nikishgandi, lekin mabodo ayni vaqtda universitetda ta’lim oladigan bo‘lsalar, buncha pulni aslo ishlab topisholdi.

Men ularga keskin qarorga kelishni taklif etdim.

– Sizlar qachondir oyiga 1000 dollar sarf qilib yashaganmisiz? – surishtirdim men.

Ular bir–birlariga qarab jilmayishdi.

– Oyiga 1000 dollar bilan yashab bo‘lmaydi, – javob qaytardi Jim.

– Balki shunday tajriba o‘tkazib, dunyodagi boshqa odamlar buni qanday uddalayotganlarini ko‘rish sizlarga qiziq bo‘lar.

Ular o‘sha kuni mening xonamni boshlarini chayqab hamon kulganlaricha tark etishdi, biroq men mulohaza urug‘ini tashlab qo‘ygandim. Ularning aniq qarorga kelishlari uchun bir necha hafta kerak bo‘ldi. Ishonchim komilki, ikkalasining fikricha, bu tajriba xuddi Tinchlik korpusi yoki “Amerika xizmatidagi ko‘ngillilar” kabi uyushmaga a’zo bo‘lishning o‘zginasi edi. Shu bilan birgalikda, biz har oylik budjetni ham ishlab chiqdik:

Turar joy haqi va kommunal xizmatlar ...................

400 dollar

Oziq–ovqatlar .............................................................

200 dollar

Kiyim–kechak ................................................................

100 dollar

Boshqa va nazarda tutilmagan xarajatlar ................

300 dollar

Hammasi .......................................................................

1000 dollar

Ular o‘zlari tahsil olgan universitet yaqinidagi g‘aribona oshxonali uyni ijaraga olishdi. O‘z mashinalarini sotib yuborishgani uchun ishga va universitetga avtobus yoki velosipedda borishardi. Ular arzon oziq–ovqat sotib olishardi. Kiyim–kechakni faqat xayriya do‘konlaridan xarid qilishardi. Mebel o‘zlarida bor edi. Mashina va keraksiz buyumlar sotuvidan yig‘ilgan pullarni omonat kassasiga qo‘yishdi.

Ulardan har biri kerakli ming dollarni ishlab topish uchun haftasida bor–yo‘g‘i o‘n besh soatdan ishlashardi. Umuman olganda, ular ba’zan ko‘proq ham topishardi, ammo bu miqdordan ortiqcha xarajat qilmaslikka kelishib olishdi. Endi ular giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni o‘zlariga ravo ko‘risholmasdi hamda yomon odatlariga qarshi kurashishga majbur edilar. Ta’lim olishga deyarli to‘lig‘icha grantlar bilan to‘lov qilishdi. Ular o‘qishlarini yakunlashganida, omonat kassada yana pullari bor edi.

Men ularning hayotidagi ajoyib o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldim. Ikkalasining ham Sevgi Bankidagi hisoblari to‘lib borgani uchun, Sara va Jim chindan ham baxtli edilar. Ular ilk bora oldimga kelishganida buzilib ketish arafasida bo‘lgan nikohlari endi gullab–yashnagandi. Va bu o‘zgarishlarning barchasi ular oyiga 1000 dollar hisobiga yashagan paytda ro‘y berdi.

Hozir biz sarf qilib yashayotgan pul miqdoridan ancha kamiga ham yashash mumkin. Men sizlarni oyiga 1000 dollar bilan yashashga ko‘ndirmoqchi emasman. Yosh bolalari bo‘lgan oilalar jiddiy muammolarga to‘qnash kelishi turgan gap. Biroq deyarli har qanday oila hozirgi kunda sarf qilayotganiga nisbatan kamroq pulga ham qulay yashashi mumkin. Men ko‘pchilik odamlar nazarida muhim bo‘lib tuyulgan narsalar aslida unchalik ham muhim emasligini sizlar tan olishingizni istayman, xolos. Ba’zan ular o‘z–o‘zlarining ashaddiy dushmanlariga aylanishadi. Ular o‘zlari bas kelolmaydigan turmush tarzini yaratib, moliyaviy qo‘llab–quvvatlanishga bo‘lgan ehtiyojdan bahra ololmaydilar. Erkaklar ba’zan oilalari voz kecha olmayotgan turmush darajasini saqlab turish uchun haddan tashqari kuch sarflaydilar. Ba’zan biz yuqori turmush tarzi uchun hayotimizdagi eng aziz nimalarnidir qurbon qilamiz.

Sizlar birgalikda Uillard Xarlining Beshinchi Xulosasida keltirilgan haqqoniyatni isbotlashingiz mumkin:

Masala pul va nikohga borib taqalganida,

ulardagi kichik narsalar ham katta bo‘lishi mumkin.

Erkak uchun savollar:

  1. Hozirgi ishingiz sizga qanchalik yoqishini –4 (juda norozi)dan +4 (juda mamnun) darajasi bo‘yicha baholang.
  2. Endi uylangan paytingizda, xotiningiz moliyaviy qo‘llab–quvvatlashingizga umid qilishini hisobga olganmisiz? Uning ishlashini kutganmidingiz?
  3. Nima deb o‘ylaysiz, xotiningiz hozirgi odatiy ish haftangizda topayotgan pullaringizdan qanoat hosil qilyaptimi?
  4. Keyingi paytlarda yanada ko‘proq haq to‘lanadigan ishga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish haqida o‘ylaganmisiz? Oilaviy budjetni qisqartirish pulni tejashga yordam beradimi?
  5. Xotiningiz ayrim xarajatlardan voz kechishga rozi bo‘lganmi? U shundan so‘ng ham o‘zini baxtli his etganmi?

Ayol uchun savollar:

  1. Eringiz ayni vaqtda ta’minlayotgan moliyaviy ko‘mak orqali o‘zingizni qanchalik himoyalangan his etayotganingizni –4 (o‘ta himoyasiz)dan +4 (juda himoyalangan) darajasi bo‘yicha baholang.
  2. Eringizning daromadi hayot tarzingiz darajasiga qanchalik ta’sir qilayotgani haqida o‘ylaganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, bu borada nimalarni his etyapsiz?
  3. Turmushingiz darajasi tufayli his qilayotgan salbiy kechinmalaringizni eringizga bildirish sizga noqulay emasmi? Avval ham o‘z kechinmalaringizni u bilan baham ko‘rganmisiz?
  4. Eringiz ishlab topayotgan pul sizlarga yetishi uchun yashash darajangizni pasaytirishga tayyormisiz? Xizmatda yuksalish va o‘zingizni oilaga to‘liq bag‘ishlash o‘rtasida tanlash imkoniga ega bo‘lishni istaysizmi?

Er-xotin uchun fikr–mulohazalar:

  1. Hozirgi turmush darajangiz qanday? Turmushingizning hozirgi holatidan rozimisizlar? Mana shu darajaga muvofiq yashash uchun pullaringiz chindan ham yetarlimi?
  2. C ilovasidagi “Moliyaviy madad” anketasidan zaruriyat, istak va ijozat budjetini ishlab chiqishda foydalaning.
  3. Nimanidir o‘zgartirishlaringiz kerakmi? Agar shunday bo‘lsa, qaysi reja ehtiyojlaringizga ko‘proq mos keladi? Zaruriy o‘zgarishlarni qanday amalga oshirishni birgalikda o‘ylab ko‘ringlar.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак