Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 10 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Honadon sarishtaligi) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


XONADON SARISHTALIGI

Erga tinchlik va halovat kerak

Fil omadi yurishgan yosh bo‘ydoq edi. Ishidan yaxshigina pul topardi. U kredit bo‘yicha anchagina badal kiritgani uchun endi mashina sotib olishga unchalik katta pul to‘lamadi. Uning ajoyib hududda chiroyli jihozlari bo‘lgan shinam kvartirasi bor edi. Yigit Sharlin bilan tanishgunicha bir qancha ayollar bilan uchrashgandi, ammo bu qiz unga o‘zgacha bo‘lib tuyuldi. Ular yaxshi do‘stlarga aylanishdi, taxminan sakkiz oylik romantik uchrashuvlardan so‘ng yigit undan o‘ziga turmushga chiqishini so‘radi.

To‘y oktabr oyida bo‘lib o‘tdi. Ular bo‘lib–bo‘lib to‘lash sharti bilan uy sotib olishlariga kerakli mablag‘ni to‘plagunlaricha dastlab kvartirada yashab turishdi. Sharlinda ham durustgina ishi bor edi, shu tufayli ularning uy egasi bo‘lishlari uchun mablag‘ yig‘ishlari qiyinchilik tug‘dirmadi.

Ular keyingi yozda qulay joyni topib, sentabr oyining o‘zida ko‘chib kelishdi. Fil uyni boshqarish bilan bog‘lik ko‘plab majburiyatlardan – hovlini tartibga keltirish, ta’mirlash, yangi moslamalarni o‘rnatish va shu kabi yumushlardan – zavq olardi.

Birinchi farzandlari tug‘ilgunicha hammasi yaxshi kechayotgandi. Sharlin endi to‘liq bo‘lmagan ish jadvaliga ko‘ra ishlashga qaror qildi. Bu oila hamyoniga salbiy ta’sir qildi, zero ayni vaqtda xarajatlar ortib borayotgandi. Fil Sharlinning daromadi kamayganining o‘rnini to‘ldirish uchun ikkita joyda ishlay boshladi. U kuniga o‘n ikki soatlab mehnat qilardi: dastlab o‘z bo‘limining boshlig‘i bo‘lib, so‘ngra esa boshqa kompaniyada yarim ish o‘rnida kutubxonachi vazifasida.

Fil va Sharlin besh yillik oilaviy hayotlari mobaynida uch farzandlik bo‘lishdi. Fil hamon ikkita ishda ishlar, biroq ikkinchi ishidan so‘ng uyga qaytib kelganida uni bir uyum xo‘jalik yumushlari kutib turardi. Sharlin erining biror narsani ta’mirlab berishini so‘rardi, shuningdek, ayol bolalar tarbiyasida ham erining yordamiga ko‘z tikkandi. Uy oldidagi o‘tloqni yana qirtishlab qo‘yish kerak, boz ustiga, Sharlin oila uchun ikkita yotoqxonali uylari torlik qilayotganidan shikoyat qilishga tushardi.

Qachonlardir juda ajoyib bo‘lgan hayot tezda Fil uchun haqiqiy qiynoqqa aylandi. U televizor ko‘rib va gazeta o‘qib halovat topmoqchi bo‘lardi. Bu unga yordam bermadi, negaki Sharlin uni divandan turib, uy ishlariga yordam berishiga majburlab, baribir joniga tegishi mumkin edi. U shundan so‘ng ishda ushlanib qoladigan va ayrim hamkasblari bilan vaqt o‘tkazadigan bo‘ldi. Ammo bu holat Sharlinning g‘azabini qo‘zg‘atdi, xolos. Ayol er o‘z vaqtida ishdan kelib unga yordam bermagani uchun xafa bo‘lib, g‘azabdan tutoqardi.

Oradan bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng Fil xizmatdoshi Janetni uchratdi. Yigit bu ayol bilan o‘zini erkin his qilar va gaplashib turardi. Men Fil bilan suhbatimizda Janetning olti farzandli yolg‘iz ona ekanligini bilib oldim. Fil uning oldiga ikkinchi ishidan bo‘shagach yarim tunga yaqin o‘z mashinasida borardi. Janetning bolalari bu paytga uyquga ketgan bo‘lishar, yigitni esa mazali kechki ovqat va shohona munosabat kutib turardi. Kechki ovqatdan so‘ng ular to‘shakda ishq lazzatidan bahramand bo‘lib uyquga ketishardi. Janet Filning halovati va xursandchiligi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilardi.

Shu tariqa bir necha oylar o‘tdi va Fil hech qachon uyiga qaytmadi. Xotini jahl va tushkunlik bilan uni ortga qaytarib olishga urindi, buning uchun ish kunining o‘rtasida jinsiy aloqa qilish uchun erining ishxonasiga ham bordi. Biroq xotin bundan nariga o‘tolmadi, negaki u Fil Janetdan olayotgan iliqlik va nazokatni berolmaydigan darajada g‘azablangandi. Boz ustiga, Sharlin boshidan kechirgan kuchli zo‘riqish uning sog‘ligiga jiddiy shikast yetkazgandi.

Biz Fil bilan suhbatlashganimizda unga dedim:

– Agar siz bo‘ydoq bo‘lganingizda, Janetta tomonga boshqa qayrilib ham qaramagan bo‘lardingiz. U semiz, ko‘rimsiz va oltita bolasi bor. U mutlaqo sizga to‘g‘ri kelmaydi.

– Lekin men uni sevaman, – e’tiroz bildirdi u. – Hayotda hech bir ayolni u kabi qattiq sevmaganman.

Oxir–oqibat Sharlin bularning barisiga bardosh berishdan charchadi va u Fildan voz kechgan zahotiyoq yigitning Janet bilan ishqiy aloqalari ham nihoyasiga yetdi. Men shunday bo‘lishini bilardim, negaki Janet Sharlin bilan bellashgan holda Filga yoqishga urinardi. Bu kurash tugaganidan so‘ng Janet o‘zini rag‘batlantirib turgan omilni yo‘qotdi. Bundan tashqari, Janet hech bir nikohdagi ayol eri uchun qilishga yonib intilmaydigan oliy toifada xizmat ko‘rsatdi. Janetning fikricha, u Filni o‘z tuzog‘iga ilintirgandi va endi o‘zini shohona iltifotga munosib deb hisoblardi. Yarim tundagi ziyofatlar barham topdi, Janet endi talablar qo‘yishni boshladi va Filga o‘zining olti nafar farzandlari davrasida vaqt o‘tkazishning ba’zi bir quvnoqliklarini taqdim etdi.

Fil ortga chekindi. U Janet bilan orani ochiq qildi va bir necha oydan so‘ng oilasini sog‘inib, yana birga bo‘lish uchun o‘zaro yon berishlarga tayyor bo‘lgan holda Sharlinning oldiga qaytdi. Xotini Filning men “uy farog‘ati” deb ataydigan ehtiyojini tushunganidan so‘ng ularning munosabatlari ancha yaxshilandi. Shuningdek, men Fil va Sharlinga budjetni ishlab chiqish va Fil bittagina ishda ishlay olishi uchun xarajatlarni kamaytirishlariga yordam berdim. Fil xo‘jalik yumushlarida xotiniga yordam berishdan xursand bo‘libgina qolmay, balki faqat bittagina ishda ishlagani tufayli ko‘plab uy ishlariga boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi, vaholanki Sharlinning aytishicha, eri avval bunday yumushlarga hafsala qilmasdi. Ayni vaqtda Fil xotinining oilaga va bolalarga g‘amxo‘rlik qilishni samarali uddalayotganini butun qalbi bilan his etishi kerak edi. Sharlin avval xo‘jalik yumushlarini bajarishni istamasdi, buning o‘rniga Fildan o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarishda yordam berishini ortiqcha talab etardi. Filning oilani ta’minlash uchun necha soatlab ishlashini nazarda tutadigan bo‘lsak, Sharlinning talablari haddan ziyod bo‘lib tuyulardi. Bu esa erkakni o‘ylamasdan qadam qo‘yib, Janet bilan munosabatlar bog‘lashiga sabab bo‘lgandi.

Oilaviy baxt: har qanday erkakning orzusi

Qoniqtirilmagan hissiy ehtiyojlar tez–tez dastlab tasavvurotlar hosil qiladi, xonadon sarishtaligi ham bundan istisno emas. Erkaklar ko‘pincha zo‘riqish va bezovtalikdan xoli bo‘lgan oilaviy hayotni orzu qilishadi. Er har kuni ishdan qaytganida xotini uni ostona oldida mehr bilan kutib oladi, mo‘min–qobil bolalari ham bundan xursand bo‘lishadi. Er tartib–intizom hukm surayotgan shinam uyga kiradi, rafiqasi esa yoqimli hid taratayotgan kechki ovqat oldidan uning biroz dam olib o‘tirishiga ko‘ndiradi.

Kechki ovqat ustidagi suhbat yoqimli va kelishmovchiliklardan xoli. So‘ngra butun oila kechki sayrga yo‘l oladi, qaytganlaridan so‘ng er bolalarini hech qanday tortishuvsiz yoki to‘polonlarsiz uyquga yotqizadi. Keyin esa er-xotin birgalikda hordiq olib, suhbat qilishadi, televizor ko‘rishadi va ishq lazzatidan bahra olish uchun yotoqxonaga borishadi – hammasi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi.

Ayrim xotinlar yuqorida tasvirlangan holatlar haqida o‘qib, ehtimol, kulib qo‘yishar, ammo sizlarni ishontirib aytamanki, agar oilangizning haqiqiy hayoti va ushbu orzu o‘rtasida ulkan jarlik mavjud bo‘lsa, menda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Deylik, erkaklarning xo‘jalik yumushlariga nisbatan munosabatlarida inqilob sodir bo‘ldi va erkaklar xotinlari bilan tengma–teng uy ishlariga bajarishga jon–jahdlari bilan kirishganlar. Mening maslahatimda bo‘ladigan ko‘plab erkaklar o‘zlariga avvalgidek xonadon sarishtaligi zarur ekaniga iqrorliklarini sir tariqasida bildirib ztishadi.

Agar hatti–harakatlarni munosabatlar o‘zgarishiga qarab muhokama etadigan bo‘lsak, men erkaklarning xo‘jalik yumushlariga nisbatan endi boshqacha yondashayotganlarini ko‘rmayapman. Ular yuz yil avval qilganlariga nisbatan endi uy ishlari bilan ko‘proq shug‘ullanayotganlari yo‘q. Ular ayollarga barcha uy–ro‘zg‘or tashvishlarini ag‘darib qo‘yish nohaqlik ekanini ko‘p muhokama qilishlari mumkin, ammo amalda qilishga kelganda esa erlari quruq gapdan nariga o‘tmasliklarini xotinlar yaxshi tushunishadi.

 

Mehnatni adolatli taqsimlashga qanday kelishish mumkin?

Hozirda ko‘p oilalarda er ham, xotin ham xizmat mavqeini oshirish bilan band bo‘layotganlarida, xo‘jalik yumushlarini taqsimlash oiladagi ixtiloflarning asosiy manbai bo‘lib qolmoqda. Madaniy qadriyatlarimizdagi o‘zgarishlar ushbu muammoni aslida chuqurlashtirib yubordi, negaki er va xotin bu majburiyatlarni o‘zaro bo‘lishishi kerakligi, ayniqsa bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilishi borasida deyarli bitta yagona tushuncha mavjud. Ammo hatti–harakatlardagi o‘zgarishlar qadriyatlar o‘zgarishiga nisbatan sekinroq kechadi.

An’anaviy tarzda uy–ro‘zg‘or ishlarining katta qismini va bolalarga qarashni xotin o‘z zimmasiga oladi, ayni vaqtda esa erlar oilani moddiy ta’minlash uchun mas’uldirlar. Juftlik o‘z xonadonida uy xizmatchilari va enagalarni saqlash imkoniga ega bo‘lganida, xotin zimmasidagi bu tashvishlar yengillashib qoladi.

Ammo bugungi kunda, hech bo‘lmasa Amerikada, uy xizmatchilari va enagalar tobora kamayib borishmoqda, ayollar esa ko‘proq vaqtlarini uydan tashqaridagi ishlar bilan o‘tkazishmoqda. Holatlarning bunday majmui erlar – ko‘mak beruvchilar ekanini yanada ochiqroq ko‘rsatib beradi. Garchi erkaklar hozir avvalgidan ko‘proq tarzda bolalarning tagliklarini almashtirayotgan, polyuvgich bilan qurollangan va tez–tez o‘zlari taom tayyorlayotgan bo‘lishsada, odatda baribir bularning bari kamlik qilib qolyapti. Er ham, xotin ham ishlaydigan oilalarda xotinlarning xo‘jalik yumushlari va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarining yarmidan ham kamrog‘ini erkaklar o‘z zimmalariga olishgan.

Ko‘pchilik ayollar tushunib yetganidek, erkaklar uy ishlarini bajarish istagida yonib–kuymaydilar. Ko‘plab erlar har qanday xo‘jalik ishiga o‘zlari tomonidan beriladigan katta qurbonlik sifatida qarashadi. Ammo xotinning nuqtai nazariga ko‘ra er xo‘jalik yumushlarining arzimas qismini bajaradi, xolos. Bu kabi aksariyat oilalarda er xotinidan uydagi ishlarning katta qismini bajarishini talab etadi, xotin ham eriga shu talabni qo‘yadi. Ulardan hech qaysi bu ishlarni o‘z majburiyati deb bilmaydi.

Xo‘jalik yumushlari – bu sekin harakatga keladigan bomba. Oilaviy hayot odatda erning ham, xotinning ham bu majburiyatlarni o‘zaro bo‘lib olishga tayyorgarligidan boshlanadi. Kelin–kuyovlar odatda birgalikda idish–tovoq yuvishadi, ko‘rpa–to‘shaklarni tartibga keltirishadi va ko‘plab uy yumushlarini taqsimlab olishadi. Kuyov mamnuniyat bilan rafiqasining yordamini qabul qiladi, negaki to‘ygacha bu ishlarning barini uning o‘zi bajargan. Nikohning bu bosqichida er ham, xotin ham uy yumushlarini oilaviy hayotning muhim jihati tariqasida qabul qilishmaydi. Ammo soatli moslama allaqachon harakatga keltirilgan bo‘ladi.

Xo‘sh, porlash qachon yuz beradi? Farzandlar qachon paydo bo‘lishadi? Bolalar ulkan ehtiyojlar yaratishadi: pulga va uy yumushlarini bajarishga bo‘lgan talab ortadi. Ishni avvalgidek taqsimlash endi anaxronizm (odat)ga aylanadi. Er ham, xotin ham o‘z zimmalariga yangi majburiyatlarni olishadi. Xo‘sh, ular nimani e’tiborga olishlari kerak? Aksariyat oilalarda er ham, xotin ham daromadning oshirilishi uchun ko‘proq intilishadi, xo‘jalik yumushlarini esa qaysi biri bajarmoqchi bo‘lsa, ana o‘shanga qoldirishadi. Bu halokatga eltuvchi muqarrar yo‘l – har holda ko‘pchilik ayollar uchun shunday, – negaki oxir–oqibat ularning zimmasiga uy yumushlarini bajarish va bolalarga qarashning asosiy qismi yuklanadi. Xotinlar bu holatda erlarining ularga kam yordam berayotganidan xafa bo‘lishadi.

Agar xo‘jalik yumushlarini kimdir o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lsa, hech kim bu masalada barmog‘ini ham qimirlatmaydi. Agar juftlikdan bittasi boshqasidan yordam talab qilsa, bu noxush oqibatlarga olib keladi. Ammo er-xotin uy–ro‘zg‘or yumushlari masalasida o‘zaro kelishuvga erishsalar, hammasi silliqqina kechadi. Men sizlarga muammoning yechimini taklif qilmoqchiman. Mening maslahatlarim muammongizni hal etibgina qolmay, xonadon sarishtaligiga bo‘lgan ehtiyojingizni ham qondiradi.

Bu sizdan aksariyat muammolarni hal etishda juda muhim qadam qo‘yishingizni – uyushgan holda bo‘lishlaringizni talab etadi. Bu o‘z muammongizni obdon o‘ylab ko‘rishingiz lozimligini anglatadi. Sizlar o‘z maqsadingizni qog‘ozga tushirib, bir–biringizning hissiyotlaringizni e’tiborga olgan holda muammoni hal etish yo‘llarini topishingiz kerak. Garchi bu sizga noqulay va umuman “ruhingizga begona” bo‘lsada, buning boshqa yo‘llari yo‘q. Bundan tashqari, hammasi o‘z o‘rniga tushganidan so‘ng buning faraz qilganingizdan ko‘ra ancha qulayroq ekanini payqab olasiz.

1 qadam: O‘zingizga tegishli xo‘jalik yumushlarini belgilab oling

Dastlab bolalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasini ham kiritgan holda xo‘jalikdagi qilinishi lozim barcha majburiyatlar ro‘yxatini tuzing. Mazkur ro‘yxatda (1) barcha majburiyatlar kiritilgan bo‘lishi, (2) nimani va qachon qilish kerakligi qisqacha yozilgan bo‘lishi, (3) bu majburiyatlarni bajarishni istaydigan er yoki xotinning ismi ko‘rsatilgan bo‘lishi va (4) turmush o‘rtoqning buning uchun muhimlik darajasi belgilangan bo‘lishi zarur (0 raqami ahamiyatsiz, 5 raqami o‘ta muhimlik darajasini bildiradigan 0 dan 5 gacha bo‘lgan darajadan foydalaning).

Mazkur ro‘yxatni er-xotinlar birgalikda ishlab chiqishlari kerak va bunga barcha asoslarni kiritish uchun bir necha kun talab etiladi. Siz turli ishlarni qanday bajarganingiz va bunga ishtiyoqingiz ortgani sayin har kuni bu ro‘yxatga nimanidir qo‘shib qo‘yasiz.

Har safar ro‘yxatga yangi vazifa va uning bayoni qo‘shilganida, uni bajarmoqchi bo‘lgan turmush o‘rtoqning ismini ham, shuningdek, bu vazifaga uning bergan bahosini ham kiritib qo‘yish lozim. Ammo uning jufti ham o‘z umr yo‘ldoshi u yoki bu vazifani bajarishga qanchalik xohish bildirayotganini ham e’tiborga olishi shart. Shu bois erning ham, xotinning ham vazifaning muhimligiga bergan baholari ro‘yxatning har bir bandida qayd etilishi kerak.

Misol uchun, ro‘yxatda quyidagi bandlar bo‘lishi mumkin:

Nonushtadan so‘ng idishlarni yuvish – nonushtadan so‘ng stoldan idishlarni yig‘ishtirib olish, yuvish, quritish va nonushta tayyorlash uchun ishlatilgan oshxona jihozlarini tartibga solib qo‘yish – Bekki (4); Jon (2).

Mushuklarni ovqatlantirish – mushuklarning idishiga yegulik va suv qo‘yish; ertalab soat 08.00 da va kechqurun soat 05.00 da – Jon (5): Bekki (0).

Ro‘yxatni tuzib bo‘lganingizda, ikkalangiz ham bunga xonadon yumushlari va bolalarga qarash kabi barcha majburiyatlar kiritilganidan qanoat hosil qilishingiz kerak. Ro‘yxatda yuztacha uy–ro‘zg‘or yumushlarini kiritilgan bo‘lishi mumkin. Bu vazifalarning bir qismigina sizga nazaringizda bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarga nisbatan muammolaringizni ko‘rib olishingizga yordam beradi.

2 qadam: O‘zingizga bajarishingizni afzal ko‘rgan yoki bajarish sizga yoqimli bo‘ladigan majburiyatlarni qabul qiling

Endi esa ikkita yangi ro‘yxat tuzing, ulardan birini “Erning majburiyatlari”, ikkinchisini esa “Xotin majburiyatlari” deb nomlang. So‘ngra esa o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lgan vazifalar haqidagi bandlarni tanlang. Bu siz mamnuniyat bilan bajaradigan, bajarishga o‘zingiz qarshi bo‘lmaydigan yoki bu vazifalar muayyan tarzda bajarilishi uchun o‘zingiz mustaqil qiladigan ishlar bo‘ladi. Bu yangi ikkita ro‘yxatglardan bittasiga bandlar qo‘shgan holda, ularni dastlab tuzilgan ro‘yxatdan o‘chirib tashlang.

Agar siz yoki umr yo‘ldoshingiz bir xil majburiyatlarni o‘z zimmangizga olishni istasangiz, ularni navbati bilan yoki ixtiyoriy tarzda o‘zaro bo‘lishib olishlaringiz mumkin. Ammo sizlar bu vazifalar uzil–kesil sizniki bo‘lishidan avval bir–biringizning roziliklaringizni olishingiz kerak. Agar birovingiz ikkinchingizning u yoki bu vazifani bajara olmaydi deya hisoblasa, oqil inson ekanliklaringizni ko‘rsatish uchun bir–biringizga sinov muddati berishingiz mumkin. Siz ro‘yxatdagi bandlardan birini bajarish uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olgan zahoti, turmush o‘rtog‘ingiz bajargan ishingiz uning didiga qanchalik to‘g‘ri kelganini tekshirish imkoniga ega bo‘lsin.

Endi sizda uchta ro‘yxat bor: (1) erning majburiyatlari ro‘yxati, (2) xotinning majburiyatlari ro‘yxati va (3) hali sizlar taqsimlamagan uy-ro‘zg‘or yumushlari ro‘yxati.

3 qadam: Qolgan vazifalar bajarilishini ko‘proq istagan kishini ana shu ishlarga mas’ul etib tayinlang

Agar o‘zlaringiz bajarishga rozilik bildiradigan barcha uy–ro‘zg‘or ishlarini ro‘yxatdan o‘chirib tashlasak, siz ham, turmush o‘rtog‘ingiz ham unchalik ro‘yxush bermaydigan majburiyatlar qoladi, xolos. Bu ikkalangiz ham qilishni istamaydigan vazifalardir, ammo hech bo‘lmaganda ikkingizdan birovingiz ularning bajarilishini muhim deb hisoblaydi.

Ehtimol, ayni shu pallada mening tavsiyalarim sizni hayron qoldirishi mumkin. Men bu yoqimsiz vazifalarni juftlikdan qaysi biri ko‘proq bajarilishini istasa, ana o‘shanga topshirishni taklif etaman. Bu oqilona qaror, negaki aks holda bu majburiyatlar ularga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan er yoki xotin zimmasiga tushadi.

Nega boshqa odam siz uchun bu yoqimsiz ishlarni qilishini istayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Garchi aynan siz bu vazifalarni bajarishni istayotgan bo‘lsangizda, ularni mustaqil bajarayotganingizda tortadigan qiyinchiliklardan sizni turmush o‘rtog‘ingiz xalos etishini istaysiz. Boshqacha aytganda, siz bu majburiyatlarning bajarilganidan mamnun bo‘lishni istaysiz, lekin o‘zingiz buning uchun qiynalishni istamaysiz. Siz buning uchun turmush o‘rtog‘ingiz qiynalganini ko‘rishni afzal bilgan bo‘lardingiz. Siz bu yoqimsiz ishlarni turmush o‘rtog‘ingiz hisobidan bajarilishi orqali manfaatdor bo‘lishni istaysiz.

Siz bu majburiyatlarni bajarishni umuman xohlamasligingizni aytib e’tiroz bildirishingiz mumkin, ammo ularni bajarishga to‘g‘ri keladi. Masalan, siz bu bolalarning foydasi uchun ekanligini aytasiz. Ammo bu dalilni ishlatgan holda siz turmush o‘rtog‘ingizning o‘ta lapashang ekanligini, o‘z oilasidan shunchalik uzoq bo‘lgani tufayli bolalar uchun nima yaxshi yoki to‘g‘ri ekanini hatto fahmlab yetmasligini yoki qiziqib ham ko‘rmasligini nazarda tutgan bo‘lasiz.

Hattoki ahvolning aynan shunday ekanini his qilishingiz mumkin bo‘lsa ham, baribir bu o‘ta hurmatsizlikdir. Siz bu bilan vaziyatni turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan yaxshiroq ko‘rayotganingizni ta’kidlagandek bo‘lyapsiz. Siz umr yo‘ldoshingizni o‘z istagingizga moslashtirishga urinyapsiz. Biroq sizning xulosalaringiz quvonch bilan qabul qilinmasligiga kafolat beraman. Siz turmush o‘rtog‘ingizga fikrlash tarzingizni singdirishga uringaningizda, uni ranjitib qo‘yasiz, bu esa sevgi birliklarini kamaytiradi. Va xuddi shundayin, siz baribir bahsda g‘olib chiqolmaysiz. Xo‘sh, bunday bellashuvni boshlashning nima keragi bor o‘zi?

Siz ushbu qoidaga amal qilgan holda, o‘z ro‘yxatingizdagi ayrim majburiyatlarga nisbatan o‘zgartirish kiritishga qaror qilishingiz mumkin. Siz nimagadir erishishning yagona usuli – buni mustaqil bajarish ekanini bilib olganingizda, buni bajarish umuman olganda unchalik shart ham emasligi haqidagi xulosaga kelishingiz mumkin. Mohiyatan, siz shuni tushunib yetdingizki, biror–bir ishning muhimligiga ishonch hosil qilishingiz uchun bu ishni turmush o‘rtog‘ingiz bajarishi kerak ekan.

Biz shu paytgacha mehnatni odilona taqsimlash haqida gapirdik, ammo hanuz xonadon sarishtaligiga bo‘lgan ehtiyojga yuzlanganimiz yo‘q. Shu bois mening rejamda yana bir bosqich bor. Ehtimol, bu sizni men taklif etgan qarorga yaxshiroq yondashishga undabgina qolmay, balki turmush o‘rtog‘ingizning eng muhim hissiy ehtiyojlaridan birini qondirishingizda sizga yordam beradi.

4 qadam: Siz sevgi birliklarini ko‘proq oladigan majburiyatlarni bajarib, Xonadon sarishtaligiga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantiring

Bu paytda xo‘jalik yumushlari odilona taqsimlanadi. Siz vazifalarni kim uni bajarishni ko‘proq istashi va ko‘proq manfaatdor bo‘lishiga qarab taqsimlaysiz. Ammo nikoh – bularning hammasidan ko‘ra kengroq: sizlar bir–birlaringiz uchun nimadir qilasizlar, negaki sizlar uchun buning bajarilish istagi emas, balki har biringizning hissiyotlaringiz muhim. Mabodo siz ularni to‘g‘ri yondashuv bilan hal etsangiz, tonnalab sevgi birliklariga ega bo‘lasiz.

Intilishlaringiz behuda emasligiga ishonch hosil qilish uchun ikkalangiz ham o‘z majburiyatlaringiz ro‘yxatiga yana nimalarnidir qo‘shib qo‘yishingiz kerak. Har bir majburiyat yoniga agar umr yo‘ldoshingiz bu vazifalarni bajarsa, uning hisobiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgandek tuyulayotgan sevgi birliklarini ko‘rsatib o‘ting. 0 raqami sizga hech qanday quvonch bermaydigan, 5 raqami esa siz uchun eng yuqori darajada yoqimli va behad minnatdor etadigan 0–5 darajasidan foydalaning.

Agar bu baholar aniq bo‘lsa, umr yo‘ldoshingiz tomonidan 4 yoki 5 ball darajasida bajarilgan vazifalar sizning hisobingizga talaygina sevgi birliklarini qo‘shib qo‘yadi. Umuman aytganda, ayrim juftliklar uchun xonadon sarishtaligi asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Kimdir bu majburiyatlarni bajarganida esa sevgi hissiyotlarini uyg‘otish uchun o‘sha odamning hisobiga yetarlicha birliklar qo‘shiladi.

Oilaviy baxtingiz uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan qoidani takrorlab o‘tishimga izn bering. Agar siz va umr yo‘ldoshingiz bir–biringizni sevsangiz, oilaviy turmushingiz baxtli bo‘ladi. Mabodo sevmaydigan bo‘lsangiz, o‘zingizni aldangandek his qilasiz. Shu bois sevishganlik tuyg‘usini uyg‘otishga qodir har qanday vositalar yaxshidir.

Agar kechki ovqat tayyorlash, ko‘ylakni dazmollash yoki har qayoqqa tashlab qo‘yilgan paypoqlarni yig‘ish turmush o‘rtog‘ingizda sevgi hislarini qo‘zg‘atsa, nega shunday qilmaslik kerak? Umuman aytganda, agar bu kitobimda bayon etilgan har qanday hissiy ehtiyojlarning qondirilishi chindan ham sevgi hislarini uyg‘otsa, nega endi odamlar ularni qondirishga qarshilik ko‘rsatishlari kerak? Bu g‘amxo‘rlik namoyon etishgina bo‘lib qolmay, oliy maqomdagi donolik hamdir. O‘zingiz ko‘proq qadrlaydigan biror ishni boshqalar uchun qilgan holda, siz ko‘pchilik oilalarda mavjud bo‘lmagan hissiyotga – butun umr mobaynidagi sevgi his–tuyg‘ulariga ega bo‘lasiz.

Ammo yana bir muhim qoidani takrorlashimga ijozat bering. Unchalik ahamiyatli bo‘lmagan ehtiyojlarni qondirish uchun vaqtingizni sarflamang. Quvvatingizni sizga ko‘proq sevgi birliklari olib keladigan ishlarga yo‘naltiring va Sevgi Bankingizga aslo foydasi tegmaydigan narsalarga hafsala qilmang.

Agar turmush o‘rtog‘ingiz qadriga yetmasa, uning o‘rniga xo‘jalik yumushlari yoki bolalarga g‘amxo‘rlik qilish kabi ishlar bilan shug‘ullanmang. Yodingizda bo‘lsin, turmush o‘rtog‘ingiz ro‘yxatidagi majburiyatlar – bu sizning emas, uning vazifasi. Siz unga bu majburiyatlarni bajarishi uchun muhim va yagona bir sabab bilan, ya’ni Sevgi Bankida o‘z hisobingizni to‘ldirish uchun yordam berasiz. Agar siz turmush o‘rtog‘ingizga yordam berish uchun muayyan majburiyatlarni o‘z zimmangizga olganingizda ham bu sizga sevgi birliklarini keltirmasa, behudaga vaqt sarflamang. Sizga ko‘proq foyda keltirishi uchun boshqa ishlarga kuch–g‘ayratingizni sarflang.

Turmush o‘rtog‘ingizning yordamingizga nisbatan javob harakati hisobingizga sevgi birliklari qo‘shilgan–qo‘shilmaganligini isbotlab berishi kerak. Agar umr yo‘ldoshingiz qandaydir vazifani bajarganingizda minnatdorchilik bildirsa va mehribonlik bilan o‘z e’tirofini bildirsa, siz to‘g‘ri yo‘lda ekaningizga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Ammo turmush o‘rtog‘ingiz biror yumushni bajarganingizni nazar–pisand qilmasa, qandaydir sababga ko‘ra sevgi birliklari hisobingizga kelib tushmaydi. Bunday vaziyatda umr yo‘ldoshingizning majburiyatlari tushirilgan dastlabki ro‘yxatga qarang va unga ko‘proq ta’sir qiladigan boshqa nimanidir tanlang.

Turmush o‘rtog‘ingizga tegishli u yoki bu majburiyatlarni bajarishiga yordam berishga qilgan qaroringiz bu majburiyatni sizga tegishli qilib qo‘ymaydi. Aslida hissiy ehtiyojlarning qondirilishiga aynan shu tarzda to‘laqonli qarash juda muhim. Agar qandaydir hissiy ehtiyojlarning qondirilishiga bir majburiyat kabi qaraydigan bo‘lsak, bu holda ularning qondirilishi unchalik qadrli bo‘lmay qoladi. Hissiy ehtiyojlarning qondirilishi in’om sifatida ko‘rilsagina, u Sevgi Bankiga yuqori darajada ta’sir qiladi. Agar siz yoki umr yo‘ldoshingiz hissiy ehtiyojlarning qondirilishi o‘z–o‘zidan bo‘lishi kerakdek qabul qilsangiz, bu bilan uning ta’sirini susaytirgan bo‘lasiz.

Agar umr yo‘ldoshingiz o‘ziga malol keladigan vazifani o‘ziga tegishli majburiyat deb bilsa–yu, bu majburiyatni siz bajaradigan bo‘lsangiz, u yordamingizni albatta qadrlaydi. Boshqa tomondan olganda, agar turmush o‘rtog‘i bu majburiyatni sizniki deya hisoblasa, harakatlaringiz ancha kamroq natija beradi. Shu bois umr yo‘ldoshingizning xonadon sarishtaligiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish rejamning dastlabki uch bosqichida asosiy ahamiyatga kasb etadi. Mabodo qandaydir ishni qilish mas’uliyati turmush o‘rtog‘ingizning zimmasiga yuklatilmagan bo‘lsa, sizning hatti–harakatlaringiz majburiyat tariqasida qabul qilinishi haqiqatga yaqinroq.

Men bitta xulosamni bildirishim kerak. Mabodo turmush o‘rtog‘ingizning xonadon sarishtaligiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga urinish sizga qiyinchilik tug‘diradigan bo‘lsa, sizda hech qachon bu ehtiyojni qondiradigan ko‘nikma shakllanmaydi. Umr yo‘ldoshingizning Sevgi Bankiga qo‘shiladigan “daromad” esa hisobingizdagi yo‘qotilishlar orqali qoplanadi. Shu bois o‘zingidagi sevgi birliklarini yo‘qotmagan holda, turmush o‘rtog‘ingizning ehtiyojlarini qondirish usullarini izlab topishingiz lozim.

Turlicha ishlarni bajarishning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, siz ulardan eng yaxshilari haqida o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lishingiz mumkin. Siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan birgalikda o‘ta malol keladigan vazifalarni eng qulay usullar bilan hal etishingizni muhokama qilishlaringizga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, sizlardan birortangiz kechki ovqatni tayyorlash jarayonining qandaydir tarkibiy qismini bajarishga qarshi bo‘lmas, boshqangiz esa yana boshqa qismini. Yoki restoranga borish muammoni hal etishning yaxshi yo‘li ekaniga rozi bo‘lishingiz mumkin (siz ehtiyojni qondirasiz, ammo bunga taalluqli ishni qilishingizga to‘g‘ri kelmaydi).

Ayrim xo‘jalik yumushlari er uchun ham, xotin uchun ham shu darajada yoqimsizki, ikkalasi ham to‘liq ish kunida ishlaganlari bois kimnidir bu ishlar uchun yollash eng oqilona muboqil yo‘l bo‘lib chiqadi. Haftasida bir marotaba eng yoqimsiz ishlar uchun uy xizmatchisini yollash – pulni to‘g‘ri ma’noda sarflash demakdir. Bu fikrimiz hovlini tartibga keltirishga ham taalluqli. Agar yollangan ishchi o‘tlarni o‘rib, maysazorni tartibga keltirsa, tashvishga ko‘milgan shanba kuni oila davrasida ajoyib tarzda o‘tkaziladigan kunga aylanib ketishi mumkin.

Aytish mumkinki, o‘zingiz ham, umr yo‘ldoshingiz ham o‘z zimmalaringizga olishni istamaydigan majburiyatlarni bolalaringizga topshirmaslikka harakat qiling. O‘zingizga noxush bo‘lgan ishlarni farzandlaringiz qilishiga majbur etsangiz, bu bilan ularning fe’l–atvorini toblamaysiz, balki xafagarchilik va g‘azab–nafratni keltirib chiqarasiz. Agar bolalaringiz uy ishlarida yordam berishini istasangiz, ro‘yxatingizdan o‘zlariga yoqqanlarini tanlay qolishsin. O‘zingizga va turmush o‘rtog‘ingizga tuzgan ro‘yxatingiz kabi ular uchun ham ro‘yxat tuzing. Bu ro‘yxatda ularning qo‘l qovushtirib o‘tirmasliklari uchun yetarlicha vazifalar ko‘rsatilgan bo‘lsin.

Shu tariqa, siz uy yumushlarini taqsimlaydigan reja tuzayotganingizda imkon qadar ko‘proq sevgi birliklariga ega bo‘lishga va iloji boricha kamroq yo‘qotishga qaratilgan qoidalarga amal qilishingiz kerak. Turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘ra shaxsan sizga ko‘proq yoqadigan majburiyatlarni o‘z zimmangizga oling. So‘ngra esa turmush o‘rtog‘ingizning xonadon sarishtaligiga bo‘lgan ehtiyoji ro‘yxatidagi o‘zi qondirishini ko‘proq qadrlaydigan ayrim vazifalarni bajaring. Va shunday bajaringki, shaxsiy Bankingiz sevgini yo‘qotmasin.

Uy ishlarini taqsimlashga bunday yondashuv birgalikdagi jonkuyarlikni kafolatlaydi, ayniqsa, siz mehnat qilishni istamayotgan paytingizda. Bunday yondashuv turmush o‘rtog‘ingizning zarari hisobiga sizning manfaat ko‘rishingiz imkonini bermaydi va unga yoqimsiz hayot tarzini tiqishtirmaydi. Bunday yondashuv ikkalangizga ham baxt, huzur va eng asosiysi, bir–biringizga bo‘lgan sevgi tuyg‘usini beradi.

Ayol uchun savollar:

  1. Eringiz sizdan haddan ziyod nimalarnidir kutgandek bo‘lib tuyulmayaptimi? Sizning kun davomida qancha uy yumushlarini bajarishga intilayotganingizni u tushunadimi?
  2. Siz xonadon sarishtaligini ta’minlashni istayotganingizni, ammo buning hammasi uchun vaqt topishga qiyin bo‘layotganini eringizga qanday tushuntirishingiz mumkin? Xonadon sarishtaligini yaratish maqsadida bo‘sh vaqt topish uchun ayrim majburiyatlaringizdan voz kechishga tayyormisiz?

Erkak uchun savollar:

  1. Siz xotiningizga tegishli deb hisoblaydigan uy ishlarida unga yordam berishingizni xohlaganingiz uchun uning tomonidan sizga bosim o‘tkazilishini his etasizmi? Unga o‘z tuyg‘ularingizni qanday qilib tushuntirishga urinasiz?
  2. Xotiningizga uy ishlarini bajarishda yordam berishingiz uchun sizga nima turtki bo‘ladi? Unga yordam berishingizda sizga oson bo‘lishi uchun xotiningiz nima qilishi mumkin?

Er-xotin uchun mulohazalar:

  1. Quyidagi majburiyatlar bilan bir–biringizga qancha og‘irlik tushirayotganingiz haqida muhokama qiling:
  1. o‘z istagingizdan ko‘ra ishda ko‘proq vaqt o‘tkazishni talab etadigan hayot tarzining ta’minlanishi;
  2. o‘zingiz faraz qilganingizdan ko‘proq kuchni talab etadigan turli tadbirlarda bolalar bilan birga ishtirok etish;
  3. oilangizga bag‘ishlashingiz mumkin bo‘lganidan ko‘proq darajada vaqtingizni oladigan jamoat xizmatlari va ko‘ngilli yumushlarni bajarish;
  4. siz muhimroq ishlarga bag‘ishlashingiz mumkin bo‘lgan vaqtni va imkoniyatlarni band qiladigan turlicha tadbirlar va ko‘ngilxushliklarda ishtirok etish.
  1. Agar siz xonadon sarishtaligiga ehtiyoj sezadigan bo‘lsangiz, bu ehtiyojni qondirish uchun shunday reja tuzingki, ikkalangiz ham bunga to‘la rozi bo‘linglar. Rejani tuzish uchun mazkur bobda taklif etilgan qadamlardan foydalaning.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак