Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 13 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


XIYONATGA QANDAY BARDOSH BERISH MUMKIN?

Mendan tez–tez so‘rab qolishadi: “Odamlar xiyonatga bardosh berishlari uchun siz qanday yordam berasiz? Juftliklar hayotida shunday bo‘lganida, ularga nima deb aytasiz?”

Xiyonat bilan bog‘liq muammoni hal etishga bo‘lgan mening yondashuvim ikkita gapda jamlangan: muloyim bo‘ling, ammo qat’iy bo‘ling.

Nikohdan chetdagi ishqiy aloqalar to‘riga tushib qolgan odamlar – ayniqsa, aldangan er yoki xotin – sevgi va g‘amxo‘rlikka mushtoq bo‘lishadi. Mabodo turmush o‘rtog‘ingiz sizga xiyonat qilayotganini payqab qolsangiz, qo‘lni qo‘ltiqqa urish yoki vahimaga tushishning keragi yo‘q. Agar oilangizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, harakat qilish vaqti keldi.

1 QADAM: Nikohingizni saqlab qolishni istaysizmi?

Eng avvalo, siz o‘zingizdan hayotning bunday bo‘hroniga bardosh berib o‘tishni istashingiz–istamasligingiz haqida so‘rang. Siz buni anglaganmisiz yoki yo‘qmi, oilaviy hayotingiz uzoq vaqtlar mobaynida jiddiy noxushlikni his qilib kelayotgan bo‘lishi mumkin. Ikkalangizdan biringizda yoki ikkovingizda ham qaysidir asosiy ehtiyojlar qondirilmagani bois nikohdan chetdagi ishqiy aloqalar boshlangan. Jabr ko‘rgan er yoki xotin turmush o‘rtog‘ini ayblarga ko‘mib tashlash vasvasasi bilan yonadi va deyarli hamisha mulohaza qilib o‘tirmay, yengiltaklik bilan qasd olmoqchi bo‘ladi. Mening oldimga maslahat so‘rab keladiganlarga beparvo turmush o‘rtog‘i yuzaga kelgan vaziyatning yagona aybdori emasligini ko‘rsatib berishga urinaman. Chetdagi ishqiy aloqalar Sevgi Bankining asta–sekin bo‘shab borayotganligi tufayli yuzaga keladi. Bu qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, xiyonat qurboni o‘ziga savol berishi kerak: “Umr yo‘ldoshimning Sevgi Bankidagi mablag‘im qay tarzda bunchalik bo‘shab qoldi? Men uning qanday ehtiyojini qondira olmadim?”

2 QADAM: Xiyonat - murosaga kelmang

Ikkinchidan, xiyonatga shu zahotiyoq yon bosmang. Ehtimol, siz turmush o‘rtog‘ingizning muayyan ehtiyojlarini qondirmagandirsiz, ammo bu holat uning o‘ta nomaqbul qilmishi uchun javobgar emasligini anglatmaydi. Men birinchi bobda aytib o‘tganimdek, nikoh – bu ikki kishi birlashib, hamjihatlikda qolishi kerak bo‘lgan maxsus munosabatdir. Uch kishi esa – bu endi olomon.

Mening arxivimda ayollar nikohni saqlab qolish uchun erlarining xiyonatiga ko‘nikkan holatlar ko‘pligidan o‘zim taajjubga tushaman. Qat’iy diniy qarashlarga ega bo‘lgan odamlar damba–dam menga shunday deb qolishadi: “Mening jamoatimda ajrashishga ruxsat berishmaydi”, “Xudo bizning nikohda qolishimizni istaydi”, “Muqaddas Kitob ajrashish – bu gunoh ekanligini aniq–tiniq aytgan”.

Men bunday nuqtai nazarlarga qo‘shilaman, chunki ular mening hayotim qadriyatlarim va qoidalarimga juda o‘xshash. Ayni vaqtda odamlar nikohdan tashqarida ishqiy aloqalar boshlangani zahoti oilaviy hayot buzilganini tushunishlari lozim. Xudo ikki kishini bir-biriga qo‘shib qo‘ygan bo‘lsa, ayrim odamlar esa ularni ajratib yuboradi. Agar siz bu birlikni tiklamoqchi bo‘lsangiz, muayyan choralar qo‘llashingizga to‘g‘ri keladi. Men, ayniqsa, xotinlarni toki bu muammoni birgalikdagi hatti-harakatlari bilan hal etmagunlaricha, qat’iy, xolis o‘rinni egallashlariga, erlari bilan vaqtincha yaqinlashmay turishlariga da’vat etaman. Xotinlar nimaiki qilishmasin, xiyonatni aslo kechirmasliklarini noqobil erlariga aniq tushuntirib qo‘yishlari kerak.

3 QADAM: Nimalarni kutish mumkinligini biling

Ko‘pchilik nikohdan tashqaridagi aloqalar ajrashishga emas, balki murosaga olib boradi. Ammo oylar va yillar o‘tishi bilan xiyonat va murosa o‘rtasidagi barcha jarayon sizga chidab bo‘lmas azob-uqubatlar keltirishi mumkin. Agar siz kelgusida nimalar bo‘lishi mumkinligiga o‘zingizni tayyorlasangiz, nafaqat kamroq aziyat chekasiz, balki nikohingiz saqlanib qolishi uchun ko‘proq imkoniyatlar ham paydo bo‘ladi. Tayyorgarlikning eng yaxshi usullaridan biri – nimalarni kutish mumkinligini bilishdir. Men ko‘plab xiyonatlarni kuzatib, ularning aksariyatida ayrim umumiy an’analarni payqadim. Eng ko‘p tarqalgan an’analardan biri esa er yoki xotinning o‘z o‘ynashidan voz kechishni istamasligidan iborat.

Men temir qoidaga moyilman: adashgan turmush o‘rtog‘i jazmani bilan har qanday aloqalarni uzib tashlashi va u bilan boshqa hech qachon yaqinlashmasligi kerak. Mening mijozlarim bu qoida bitta ma’noga egaligini va qat’iy ekanligini tushunishlari uchun nikohdan chetdagi aloqalarni bir qaramlik sifatida ko‘rishimni aytaman. Ichkilikboz, misol uchun, agar o‘zining ichkilikka qaramligini nazorat qilmoqchi bo‘lsa, spirtli ichimliklardan o‘zini tiyishi lozim. Xuddi ichkilikboz vaziyatida bo‘lgani kabi, xushtor yoki ma’shuqaning oldiga qaytish vasvasasi hamisha nazorat ostida bo‘lishi kerak. Nikohdan tashqi aloqalardan qutulib chiqishning yaxshi usuli – o‘ynash bilan har qanday aloqalardan qochishdir.

Men takror–takror xiyonatkor turmush o‘rtoqlari o‘z o‘ynashlari bilan munosabatlarni keskin va qat’iy uzib tashlashga qodir emasliklarini kuzataman. Ular qanchadir muddat uchrashmay yurishni uddalashsada, ammo baribir o‘z jazmanlarining quchog‘iga qaytishadi. Bunday odamlar haqida gap ketganda, ular bichib–to‘qilgan noto‘g‘ri fikr–mulohazalarni bildirishayotgani, ularni o‘ynashlari sari yengib bo‘lmas kuch tortayotganini his qilasan.

Er yoki xotin xiyonatining uzoq davom etadigan oqibatlariga bepisand qarab bo‘lmaydi. Bevafo turmush o‘rtoqlarning o‘z o‘ynashlaridan butunlay ko‘ngillari sovub qolishi kamdan–kam bo‘lib turadi. Tuyg‘ular ilk yangi uchrashuvdayoq yana lovullab yonishga tayyor bo‘lgan holda mudraydi, xolos. Sevgi Bankidagi o‘ynashning mablag‘i hamon ancha salmoqli, negaki hisobdan birliklarni yechib olinishi uchun sabablar ko‘p emas. Faqat yoqimsiz yoki og‘riqli vaziyatgina sevgi birliklarini kamaytira oladi, ma’shuqa esa xushtorining xotini bilan bellashayotganida, noxush holatlardan qochishga atayin harakat qiladi.

Agar bevafo turmush o‘rtoq o‘z o‘ynashi bilan aloqalarni uzishni istamasa, uning aldanib qolgan jufti uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan ayriliqqa tayyorlanishi lozim. Mening bu maslahatim asosan aldangan umr yo‘ldoshining his–tuyg‘ularni himoya qilishga qaratilgan, lekin ba’zan xiyonat odamni shu darajada muvozanatdan chiqarib yuorishi mumkinki, o‘sha insonning o‘zi bevafo umr yo‘ldoshidan himoya izlab qoladi. Albatta, bu faqat qalb jarohatini chuqurlashtiradi va aldangan turmush o‘rtog‘ini ayrilib yashash zarur ekaniga ko‘ndirish uchun psixologning yordami kerak bo‘ladigan holatlar uchrab turadi. Ular o‘rtasida ayrilish yuz bergan zahoti, maslahatchi aldangan bu inson to‘g‘ri yo‘l tutganiga ishontirish uchun unga yordam berishga davom etadi.

Ayriliq aldangan turmush o‘rtoqning hissiyotlarini himoya qilishga yordam beradi. Ammo ayriliqning yana bir sababi shuki, u o‘z juftining ehtiyojini toki xiyonatgacha qondirib kelgan bo‘lsa, endi uni bundan mahrum qiladi – aksariyat hollarda o‘ynash bitta yoki ikkita hissiy ehtiyojni qondirsa, umr yo‘ldoshi ikki yoki uchta ehtiyojini qanoatlantirib kelayotgan bo‘ladi. Adashgan turmush o‘rtog‘i o‘z jufti durustgina qondirib kelayotgan ehtiyojini o‘ynashi qondira olmasligini tushuna boshlaydi, bu esa ba’zan “bir vaqtning o‘zida ikkita stulga o‘tirish mumkin emas”ligini anglashga olib boradi. Shuningdek, juftliklarning bir–birlaridan ayro yashashlari bevafo turmush o‘rtog‘i va o‘ynash o‘rtasida noxush vaziyatlarni keltirib chiqarishi va bu bilan uning hisobini kamaytirishi mumkin, ammo yaxshisi bunga umid qilmagan ma’qul.

Va nihoyat juftlik murosaga kelishga va o‘ynash bilan aloqada bo‘lmaslikka qaror qilishganida, ular odatda buni shu paytgacha jazman o‘sha er yoki xotinga nisbatan ancha osonlik bilan qondirib kelgan ehtiyojni endi aldangan er yoki xotin uddalashiga umid qilishadi. Erning o‘z ma’shuqasiga yon berishiga yo‘l qo‘ymaydigan muhim to‘siq – bu farzandlar va oila a’zolarining ko‘payishi. Ma’shuqa (xushtor) hech qachon xotinning (erning) o‘rnini bosolmaydi, xotin (er) esa ma’shuqaning (xushtorning) o‘rnini bosishi mumkin.

Oxir–oqibat, hayotiy mavjudlik yengib chiqishini kutish mumkin. Biroq bu vaziyatda nima qilish kerakligini aytishimdan avval, Aleks va Eleyn, ular bilan birgalikda Garriyet misolida nimalar bo‘lishi mumkinligini sizlarga ko‘rsatib o‘tishimga ijozat bering.

Ishqiy aloqalar tuzilmasi

Aleks sokin tin olib, chiroq o‘chirgichga qo‘lini uzatib chiroqni o‘chirdi. So‘ngra Eleyn tomonga burilib, ayolning yonog‘idan o‘pdi.

– Xayrli tun, azizam, – shivirladi u.

Javob bo‘lmadi. Eleyn qattiq uyquga ketgan. Bu holat Aleksni aslo hayron qoldirmadi. Axir u faqat qovushishlari maqsadida ayolini uyg‘otsa, uning jahli chiqib ketishini biladi. U cho‘zilib ayolining ustiga adyol yopdi. U allaqachon o‘ziga achinmay qo‘ygan – faqat omadsizlargina shunday qilishadi. U Eleynning jinsiy aloqaga nisbatan har qanday qiziqishni yo‘qotganini tan olishga majbur. Xotini avval – oilaviy hayotlarining ilk yillarida, hali farzandlari bo‘lmagan paytlarda – jinsiy aloqa qilishga ishtiyoqi bordek tuyulardi.

U ertasi kuni ertalab soat yetti yarimda elektrichkaga o‘tirganida, o‘zining firmasida ishlaydigan Garriyet va Fred bilan salomlashdi. Aleks ertalabki gazetani qo‘liga olib, kunduzi bo‘sh vaqti borligini eslab qoldi.

– Ey, siz ikkalangiz, – chaqirdi u, – men bilan doimo birga tushlik qiladigan og‘amnim bugun shaharda yo‘q. Birortangizda bo‘sh vaqt bormi?

– Kechirasan, – dedi Fred, – men bu paytda shaharning narigi burchagida bo‘laman.

Aleks o‘rtamiyona va rasmiy tusda ko‘rinadigan uzun bo‘yli ozg‘in ayolga – Garriyetga qaradi.

– Men bajonidil sen bilan tushlik qilaman, – jilmaydi ayol.

“U bilan anchadan buyon ko‘rishmagandik”, – o‘yga toldi Aleks. U Garriyet bilan maktabning yuqori sinfida birga o‘qigan, so‘ngra esa bitta kompaniyada ishlay boshlashgunicha bir necha yil bir–birlari bilan aloqani yo‘qotishgandi. Ularning do‘stligi bundan bir necha oy avval kompyuter tizimini o‘rnatish bo‘yicha birga ishlagan paytlarida qayta tiklandi. To‘g‘ri, bu topshiriq bajarilgach, Aleks beshinchi qavatdagi o‘z vazifasiga qaytdi, Garriyet esa yettinchi qavatdagi ish joyida qolgandi.

– Bilasanmi, – dedi Aleks unga o‘sha kuni tushlik chog‘ida, – umuman olganda, men Charlining bugun shaharda emasligidan hatto xursand bo‘lyapman.

– Men ham, – jilmaygancha uning gapini ma’qulladi ayol. – Seni boshqa qavatga o‘tkazishganidan buyon yo‘qliging sezilib turgandi. Biz avvalroq uchrashishimiz kerak ekan.

– Aha. O‘sha loyiha ustidagi ish ancha vaqt oralig‘idagi eng quvnoq voqea bo‘lgandi men uchun.

– Tizim ham juda yaxshi ishlayapti. Buyruqlar bajarilishiga eng qisqa muddat kifoya qilyapti.

– Bundan hayron qolmaslik kerak, – tirjaydi Aleks. – Loyiha barbod bo‘lishi mumkin emas, axir biz ikkimiz uning ustida ishlaganmiz–ku.

Aleks va Garriyet xayrlashayotganlarida keyingi haftada yana uchrashishga kelishib oldilar. Tez orada hafta o‘rtasida birga tushlik qilish ular jadvalining bir qismiga aylandi. Garriyet bir kuni Aleksga kompyuter dasturi haqidagi kitobni sovg‘a qildi, oradan bir necha hafta o‘tgandan keyin esa yigit unga arzon, ammo juda chiroyli bilaguzuk hadya qilish orqali javob qaytardi. Aleks tushlik chog‘ida kamtarona sovg‘asini berganida, ayolning chehrasi tabassumdan yorishib ketdi. Ayol stol ustiga engashib, yigitning yonog‘idan mehribonlik bilan o‘pib qo‘ydi.

– Garriyet, senga rostini aytishim kerak, – xijolatomuz dedi yigit. – Men senga o‘ta bog‘lanib qolyapman. Bu... haligi, bu do‘stlikdan ham ortiq tuyg‘u.

– Aleks, – javob qaytardi ayol ohistagina, – men ham senga nisbatan shunday tuyg‘uni sezyapman.

– Men senga Eleyn bilan munosabatlarimiz haqida aslo gapirmagandim...

– Buning hojati yo‘q, – uni tinchlantirmoqchi bo‘ldi Garriyet.

– Ammo gapirgim kelyapti. Bu haqda kimdir bilan gaplashib olishga hech qachon imkonim bo‘lmagan. Hozir shunday qilmoqchiman.

– Mayli, gapiraqol. Ko‘ngling xotirjam bo‘lsin.

– Men unga uylanganimda, nimaga bog‘lanib qolganimni anglab yetmaganman. Bizda juda katta umumiylik bo‘ladi, birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazamiz deb o‘ylagandim, ammo bu niyatlarimning barchasi bir yil ichidayoq havoga sovurilib ketdi. Endi u o‘z ishlari bilan band, men esa o‘z ishlarim bilan. Unga ishlarim haqida gapirsam yoqmaydi, o‘zi esa kam pul topayotganimdan shikoyat qiladi. Deyarli har safar kechqurun uyga qaytganimda, xuddi telbaxonaga tushib qolgandek bo‘lyapman ...

Garriyet uni hamdardlik bilan jimgina tingladi, keyin esa yigit uning uyiga “suhbatlashib olish” uchun bordi.

Aleks erta tongda Garriyetning to‘shagida uyg‘onganida, bu ayolning qanchalik go‘zal ekanligini o‘yladi. Yigit uning yalang‘och yelkasidan quchib o‘pganida ayol ko‘zini ochdi.

– Salom, go‘zal yigit, – shivirladi u.

– Salom, go‘zal qiz.

– Aleks va Garriyet o‘sha oqshomdan so‘ng bir–birlariga bog‘lanib qolishdi. Aleks hayotida hali hech qachon bunchalik qizg‘in va tez–tez jinsiy aloqa qilmagandi.

Eleynda dastlab Aleksga nisbatan g‘ira–shira gumonlar paydo bo‘ldi, biroq eri uyga tobora kamroq kelaverganidan so‘ng bu gumonlar shubhaga aylandi. Yigit avval vaqti–vaqti bilan shaharda tunab qolardi, so‘ngra esa dam olish kunlari ham uyda turmaydigan bo‘ldi. Oxir–oqibat, Eleyn o‘z shubhalarini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lib Jeyk ismli yigitga qo‘ng‘iroq qildi, negaki Aleks uning uyida tunab qolmoqchi ekanini aytgandi. Jeyk Aleksning go‘yoki hali yetib kelmaganini aytishga urindi, lekin uning izohlari Eleynni ishonarsizdek bo‘lib tuyuldi. Ayol keyinroq yana qo‘ng‘iroq qilganida, go‘shakni hech kim ko‘tarmadi.

Eleyn Aleksning Garriyet ikkalasi kompyuter loyihasi ustida ishlaganlarini o‘zgacha iliqlik bilan gapirganini esladi. U Garriyetning yaqin atrofda yashashini bilardi, demak, eri uning oldida bo‘lishi mumkin. Haftaning shanba kuni Aleks yana g‘oyib bo‘lib qolganida, Eleyn qo‘shni qizdan bolalariga qarab turishini iltimos qilib, o‘zi Garriyetning uyiga mashinasida yo‘l oldi. Ayol uning kvartaliga burilgan zahotiyoq muyulishda turgan erining mashinasiga ko‘zi tushdi.

Eleyn mashinasini joylashtirib, Garriyetning uyini izladi. Topib kelgach chuqur tin olib eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi. Eshikni yengilgina uy kiyimiga o‘ranib olgan beka ochdi.

– Eleyn! – dedi u juda baland ovozda. – Buni qara–ya, qanday kutilmagan uchrashuv...

– Garriyet, bu sizga surbetlik bo‘lib tuyulsa ham, men uyingizga kirib nimanidir o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim kerak.

U Garriyetni chekkaga surdi va butun uyni aylanib o‘tib to‘g‘ri yotoqxonaga bordi. Ayol bu yerda shosha–pisha ishtonini kiyayotgan Aleksni ko‘rdi. Erining boshqa kiyimlari hali ham karavot yonidagi stulda to‘planib yotardi.

– Eleyn! ...

Ayol ortga burilib, bir so‘z aytmasdan uydan chiqib ketdi. Garriyet go‘yo shamolda uchib ketgandek ko‘zga ko‘rinmasdi. Eleyn uydan chiqayotganida eshikni ochiq qoldirib ketgandi. U mashinasiga o‘tirib yig‘lab yubordi. Ayol mashinasini uyi tomon beixtiyor haydab ketarkan, karaxt bo‘lib qolgan miyasini ishlatishga urinardi. Ajrashish unga yagona to‘g‘ri qaror bo‘lib tuyulardi.

Aleks va Garriyet deraza oldida turib Eleynning qanday jo‘nab ketayotganini kuzatishdi.

– Endi nima qilasan? – qiziqib so‘radi Garriyet.

– Men uning oldiga borib tinchlantirishga urinib ko‘raman. Bu haqda tashvishlanma, sevgilim. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Aleks uyiga yaqinlashganida yo‘lda eshigi ochiq qoldirilgan va motori hamon ishlab turgan Eleynning mashinasini ko‘rdi. U mashinani o‘chirib kalitni cho‘ntagiga soldi va eshigini yopdi. Uyga katta zal orqali kirganida bolalarning yig‘isini eshitdi. Qattiq taajjubga tushgan enaga Eleynning tepa qavatga chiqib ketganini aytdi. Aleks unga pul berib uyiga jo‘natdi va xotinini izlashga tushdi. Eleyn xonaga berkinib olgandi. Yigit uni bir necha bora chaqirgach, eng avvalo bolalarni tinchlantirish ma’qulroq ekanini tushundi. U bolalarni ovqatlantirib uyquga yotqizdi. Bu o‘tgan barcha vaqt mobaynida yotoqxonaning eshigi berkligicha qolaverdi.

Aleks yana eshikni taqillatdi. Javob bo‘lmadi.

– Eleyn, iltimos, – past ovozda chaqirdi u.

Eshik qulfi shiqirladi va yigit yana tutqichdan ushlab tortdi. Eshik ochilganida, Aleks yig‘idan ko‘zlari shishib ketgan Eleynning karavotda o‘tirganini ko‘rdi. U xotinining oldiga yaqinlashdi.

– Men juda uyatdaman, azizam...

– Meni “azizam” deya ko‘rma! – vishilladi ayol.

– Lekin, Eleyn, men seni va bolalarimni yaxshi ko‘raman. Sizlar mening butun borlig‘imsiz. Senga nisbatan nega bunday qildim, o‘zim tushunmayapman.

Eleyn tag‘in ho‘ngrab yubordi. Aleks uni beixtiyor tinchlantirishga urindi.

– Menga tegma! – ayol karavot o‘rtasida uning quchog‘idan chiqmoqchi bo‘lib o‘shqirdi. – Bunga qanday hadding sig‘di? Seni ko‘rgani ko‘zim yo‘q.

– Eleyn, iltimos... Bu boshqa hech qachon takrorlanmaydi. Men ahmoqlik qildim. O‘tinaman, menga yana bir imkon ber.

Yigitning ko‘zlari yoshlandi.

– Sen yolg‘onchisan! Sen har safar Jeykning uyida oqshomni o‘tkazganingni aytganingda meni aldagansan, shunday emasmi?

– Eleyn, iltimos qilaman, yo‘q...

– Aldama! Bu sen uchun yanada yomon bo‘ladi!

– Sen haqsan, men endi boshqa yolg‘on gapirmayman. Sen menga ishonishing kerak! Men faqat sengagina bu boshqa qaytarilmasligini va’da berishim mumkin. Men uchun sen va bolalarim juda qadrlisizlar. Hammasi tugadi, Eleyn, bu rost.

Ular ertalabki soat uchgacha bahsni davom ettirishdi: Aleks xotinidan shafqat qilishini va tushunishini yolvorib so‘rar, ayol esa g‘azabnok holatda unga ayblovlar bilan tashlanardi. Nihoyat, bularning baridan charchagach, Eleyn yarashib olishganini aytdi va Aleksga o‘zi bilan yonida yotishiga ruxsat berdi.

Keyingi bir necha hafta mobaynida Aleks vijdon qiynog‘idan azoblanayotganini ko‘rsatishda davom etdi va har holda Eleynni tinchlantirishga erishdi. U hafta oxirida xotiniga o‘tkinchi tuban xayollar uni Garriyet bilan bog‘lanib qolishga undaganini va boshqa hech qachon buning takrorlanmasligini aytdi.

Aleks Garriyet bilan birgalikda tushlik qilmay qo‘ydi, ammo ilk imkoniyat paydo bo‘lgan zahoti unga qo‘ng‘iroq qildi.

– Men sen bilan uchrashishim kerak, lekin hozircha bunday qilolmayman. Men seni shunday sevamanki ... hatto nima qilishimni ham bilmayapman ...

– Aleks, men ham seni sevaman. Bunga shubha qilma. Biroq men oilangni asrab qolishingni istayman. Men tufayli xotining bilan ajrashib ketishingni xohlamayman.

– Garriyet, sen tillaning o‘zisan. Tashvishlanma. Men hammasini qoyilmaqom uddalayman. Lekin masala ajrashishgacha borib yetsa, bunda sening aybing yo‘q.

Aleks ikki hafta chidagach, Garriyet bilan tushlik chog‘i pana joyda uchrashdi.

– Sen haqingda, bizni bog‘lab turgan sevgimiz haqida o‘ylamasdan yashay olmayapman. Hayotimda sengacha bunaqasi menda bo‘lmagan va boshqa bo‘lmasligini ham bilaman.

Garriyet Aleksning qo‘lidan tutgancha, bir so‘z demay yig‘lab yubordi. Keyingi hafta ular tag‘in Jeykning uyida uchrashishdi va ishqiy aloqalar qizg‘in ehtiros bilan yana tiklandi. Go‘yo bir necha haftalik ayriliq chog‘ida ularda yangi kuch–quvvat to‘planib qolgandek edi. Ular shundan so‘ng imkon bo‘lgan zahoti tushlik chog‘i uchrashadigan bo‘ldilar. Shaharda tunab qolish mumkin emas, negaki Eleyn shubhalanishi mumkin. Ammo baribir shanba kuni Aleks toqat qilolmadi va astagina Garriyetning uyiga ketdi. Yigit Eleyn uning qanday chiqib ketayotganini ko‘rgani va o‘zining ortidan tushgani haqida bilmasdi. Xiyonat fosh etilgan ayanchli ko‘rinish yana takrorlandi va bu safar Eleynni umuman tinchlantirib bo‘lmasdi. U Aleksni uydan haydab yubordi va ajrashishga ariza berdi.

Aleks Garriyetning uyiga ko‘chib borishni o‘ylab ko‘rdi, ammo ko‘chishga qaror qilmadi. U buning o‘rniga yosh masihiylar Uyushmasi yotoqxonasidan xona olib, torgina karavotda o‘tirgancha yuzaga kelgan vaziyatga tanqidiy baho berardi. U nafaqat Eleyn va bolalarini sog‘inganini, shuningdek, ko‘p narsalar haqida o‘ylab ko‘rishi lozimligini angladi: undan yaqinlari va do‘stlari yuz o‘girishdi, advokatlar uchun, xotini va bolalariga aliment uchun katta pul to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, u kompaniyasi va bu yerdagi turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilib, oilani asrashga tayanadigan qoidalar haqida o‘yladi. U ishini yo‘qotishi yoki hech bo‘lmaganda yaqinda oshadigan xizmat mavqeini qo‘ldan boy berishi mumkin edi.

Aleks uyni tark etganidan taxminan bir hafta o‘tib oqshom chog‘i Eleynga qo‘ng‘iroq qildi:

– O‘tinaman, menga yana bir imkon ber. Menimcha, bu voqealar yuz berishidan ancha avval nikohimizda hammasi ham durust bo‘lmagan, shekilli. Bilaman, men e’tibor berishga urinmagan nimalardir bor, bu masalada nohaq bo‘lganman. Men bu haqda sen bilan va psixolog bilan gaplashib olishim kerak edi. Men bilan bir kishining oldiga borishga yo‘q demaysanmi?

Eleyn dastlab nima deb javob berishni bilmadi. Nahotki Aleks haq bo‘lsa? Ehtimol, bu masalada uning ham aybi bordir. Qolaversa, Aleksning o‘zi psixolog bilan maslahatlashib olmoqchi bo‘lyapti.

– Mayli, – nihoyat javob qaytardi ayol. – Urinib ko‘rsak bo‘ladi.

Oradan bir hafta o‘tmay, Aleks yotoqxonadan uyiga qaytib keldi. U Garriyet bilan bir martagina qisqa gaplashdi, xolos: yigit uni hamon sevishini, lekin ajrasha olmasligini – hech bo‘lmasa, hozircha, – bildirdi.

Aleks maslahat chog‘ida ularning oilasida nimadir boshqacha ekanligini his qilganini va Eleyndan ranjib yurganini tushuntirishga urindi.

– Aleks, – dedi psixolog, – siz o‘z nazaringizda nimalar to‘g‘ri bo‘lmaganini mukammal ifodalab berishingiz kerak. Aniqroq gapiring.

Aleks aniq gapirishga o‘tib, Eleynning jinsiy aloqaga befarqligi, uning ishlari bilan qiziqmasligi va sevimli tadbirlarida birga ishtirok etishni xohlamasligi haqida psixologni xabardor qildi. So‘ngra u xotini – garchi Eleyn biror ishga joylashish uchun hech qachon uydan chiqmagan bo‘lsada – uy–ro‘zg‘or muammolaridan tinimsiz arz qilishini izohlab o‘tdi.

Eleyn bularning barini eshitib, o‘ylay boshladi: ehtimol, muammolar sababining katta qismi uning o‘zi emasdir–a.

Maslahatchi so‘ngra Aleksga diqqat bilan tikilib, undan bir savoliga mutlaqo ochiq javob berishini so‘radi: “Siz hali ham Garriyetni sevasizmi?”

– Ha, sevaman, – dedi Aleks uyat va ehtiyotsizlik tuyg‘ulari qorishib ketgan ohangda. U Garriyet bilan yana munosabatlarini tiklaganlari va Jeykning uyida hamon tushlik chog‘lari uchrashib turishlari haqida aytishga urinmadi. Maslahatchi esa buni qiziqib so‘ramadi.

Aleks keyingi oylarda maslahatga borib, bu orada ayyorona tarzda Garriyet bilan ham ishqiy munosabatlarni davom ettirdi. U Eleynni ham, maslahatchini ham go‘yo xotiniga sodiq bo‘lmoqchi ekaniga ishonishlariga majbur qilib laqillatib yurdi. U endi Garriyet bilan bo‘ladigan ko‘plab uchrashuvlarida yanada ehtiyotkor bo‘lib qolgandi.

Sevgi uchburchagi doimo yechilmaydigan masalami?

Aleks, Eleyn va Garriyet sevgi uchburchagiga tushib qolganga o‘xshashadi va buning qanday yuz berganini tushunish qiyin emas. Aleks va Eleyn turmush qurishganida ularning Sevgi Banklaridagi mablag‘lari juda yuqori ko‘rsatgichda edi. Biroq umidlar oqlanmagani, ehtiyojlar qondirilmagani sababli Aleks uning hissiy ehtiyojlarini qondira olgan boshqa ayolning qurboniga aylandi. Garriyet bilan qilingan birinchi tushlikdan so‘ng bu ayolning Sevgi Bankidagi Aleksning mablag‘i shiddat bilan ko‘payishni boshladi. Ishqiy aloqalar rivojlanib borgani sayin Aleks bir ayolning o‘rniga birato‘la ikkita ayolni sevib qoldi. Endi u go‘yo qafas ichida tiqilib qolgandek edi – unga bu ikkala ayol ham hayot kabi muhim edi. Ulardan har biri yigitning boshqasi qondirmagan hissiy ehtiyojini qanoatlantirib turgandi.

Xo‘sh, endi Aleks va Eleyn (Garriyet ham) nima qilishlari kerak? Psixologik ish faoliyatimning dastlabki yillarida Aleks kabi erkaklar meni osongina ahmoq qilishlari mumkin edi, biroq Aleks va Eleyn kabi juftliklarga yordam berishga intilganim bois, tez orada bitta alohida xususiyatni farqlab oldim. Bevafo turmush o‘rtoq o‘z o‘ynashidan shunchaki voz kechib ketolmaydi. Men turlicha usul va yondashuvlarni qo‘lladim, ammo birortasi ham foyda bermadi. Men yo‘ldan ozgan juftliklarni hammasini obdon o‘ylab ko‘rishlari uchun yolg‘iz qolishlari mumkin bo‘lgan joylarga yubordim; ularni qo‘llab–quvvatlash va ahloqiy madad berishlari uchun imkon qadar jamoat cho‘ponlarini taklif etdim. Men, yangicha muhit Aleks kabi erkaklarning o‘zini tutishlarini o‘zgartiradi, degan faraz asosida harakat qildim. Ammo bu tajribalarim mening farazlarim noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi.

Nihoyat, men tasodifan ichkilikbozlikni davolashda qo‘llaniladigan “o‘zini butunlay tiyish” nuqtai nazariga keldim. Mabodo Aleks va Eleyn bugun oldimga kelishganida, men Aleksga Garriyet bilan uchrashishini qat’iy ta’qiqlagan bo‘lardim. Shartnomaning o‘ziga tegishli qismiga amal qilishining kafolati sifatida Aleksdan Eleynga sutkaning har bir soniyasida qayerda bo‘lishinining aniq jadvalini taqdim etishini talab qilardim. Agar Aleks taajjubga tushib, “bu to‘g‘ri emas” yoki “bu nohaqlik” deydigan bo‘lsa, javobim oddiy: “Bilaman, bu bolalar gapidek va nohaqlikdek bo‘lib eshitiladi, ammo sizlarda o‘ta jiddiy muammo yuzaga kelgan. Siz Garriyet bilan boshqa ko‘rishmayotganingizni aytyapsiz. Demak, agar rost gapirayotgan bo‘lsangiz, Eleyn xohlagan paytda siz bilan bog‘lanishiga ishonishi uchun unga o‘z jadvalingizni berib qo‘yish og‘irlik qilmaydi. Bundan tashqari, siz unga vaqti–vaqti bilan qo‘ng‘iroq qilib turishingiz kerak, shunchaki qayerda ekaningizni bildirib turish uchun, albatta”.

Nahotki kun mobaynidagi tekshiruv qoidasi chindan ham ish bersa? Sizni ishontirib aytamanki, Aleksga shunchaki ishonib qo‘ygandan ko‘ra bu qoida yaxshiroq samara beradi. Tan olish kerakki, Aleksga o‘xshagan odamlar uchun bunday tekshiruv tizimida bitta jiddiy kamchilik bor. Ayol eriga shunday kuzatuvni tashkillashtirganida, er esa vaqti–vaqti bilan xotiniga qo‘ng‘iroq qilib turishga to‘g‘ri kelganida erning Sevgi Bankida xotinning mablag‘i shiddat bilan ko‘paymaydi. Aslida bunday harakat avval boshdanoq erning Sevgi Bankidagi ayolning mablag‘i kamayishiga olib boradi, negaki er ranj–alam va g‘azab to‘yg‘ularini his etadi.

Ko‘rinib turibdiki, biz Aleksni go‘yo uning tepasiga nazoratchi o‘rnatib qo‘ygandek ahvolga tushirgandan ko‘ra ortiqroq nimadir qilishimiz kerak. Bevafo turmush o‘rtoq bunday vaziyatda og‘ir tushkunlikka tushadi. U oilasini asrab qolishga urinadi, lekin o‘zini o‘ta bebaxt his qiladi. Endi u Garriyetdan – juda sevadigan va uning ayrim o‘ta muhim hissiy ehtiyojlarini qondirgan ayoldan ajratib qo‘yilganida hamda uni muntazam nazorat qilib turganlarida, o‘zini tuzoqqa tushib qolgandek his qiladi.

4 QADAM: Bir–biringizning ehtiyojlaringizni qondirishni boshlang

Xiyonat oqibatlarini yengib o‘tishga oid dasturimning to‘rtinchi bosqichi boshi berk burchakdan chiqib ketish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Eleyn endi shu paytgacha erining Garriyet qondirib kelgan ehtiyojlarini qanoatlantirishni o‘rganib olishi kerak. Men Aleksning xiyonat qilganini juda yaxshi anglab turibman, biroq Eleyn qaysi qondirilmagan ehtiyojlar erini ranjitib qo‘yganini tushunib yetishi shart.

Mabodo hammasi yaxshi kechsa, Eleyn Aleks bilan ko‘proq jinsiy aloqa qilib turadi va uning ayrim sevimli mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Eng yaxshisi, ayol erining qanday mehnat bilan pul topayotganini yaxshiroq tushunishi uchun kompyuterlar va dasturlashlar haqidagi kitoblarni o‘qishi, “qo‘shimcha” sifatida esa uni ko‘proq qo‘llab–quvvatlay boshlashi va uning kam daromad qilayotgani yoki uy–ro‘zg‘or ishlarida yetarlicha yordam bermayotganidan shikoyat qilavermasligi lozim.

Bularning bari ko‘plab haftalar va oylarni talab qilishi mumkin. Hoynahoy, Aleks Eleynga nisbatan mehribonlik ko‘rsatmagani bois ayol u bilan jinsiy aloqa qilmay qo‘ygan. Bundan tashqari, Aleksga Eleyn bilan muloqot qilish bo‘yicha bir qancha mashg‘ulotlar o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Uning kompyuter olamiga bo‘lgan qiziqishiga Eleynning befarqligini muhokama qilish o‘rniga, Aleks ayolining qiziqishlari va his–tuyg‘ulari haqida uning o‘zi bilan gaplashishni o‘rgansa yaxshi bo‘lardi. Eleyn Aleksning Garriyet bilan o‘rtalaridagi bo‘lgan kabi muloqotga chuqur ehtiyojmand bo‘lgan.

Ko‘rinib turibdiki, Eleynning rostgo‘ylik va ochiqlikka bo‘lgan asosiy ayollik ehtiyoji uzoq vaqtlardan buyon qondirilmagan. Aleks ayolining ishonchini qozonish uchun rosa ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi, ammo buni uddalash mumkin.

Agar men Aleks va Eleynga maslahat berganimda, Eleynning uzun va o‘nqir–cho‘nqir yo‘llardan ketganiga alohida e’tibor qaratgan bo‘lardim. Mohiyatan, dastlab bu ayol o‘z intilishlari uchun katta mukofot kutishi kerak emas. Eleyn o‘z hatti–harakatlaridagi barcha o‘zgarishlar natijasida Aleksning shu zahotiyoq ko‘proq sevadigan, g‘amxo‘r va vafodor erga aylanib qolishidan umid qilmasin. Aslida, men aytib o‘tganimdek, Aleksning bunga nisbatan ilk reaksiyasi tushkunlikka tushish bo‘ladi. Agar u o‘z fikrlarini ochiq tasvirlab berganida, Eleynga Garriyet haqida juda ko‘p o‘ylashini aytgan bo‘lardi. Qaysidir pallada Aleks Eleynni hatto aldashi mumkin. Aleks Garriyet bilan yana uchrashish uchun uydan bildirmay chiqib ketish vasvasasiga yo‘liqadi.

Eleyn Aleksning ehtiyojini qanchalik yaxshi qondirmasin, yigit yana qanchadir vaqt Garriyetdan ko‘ngil uzolmaydi. Aleks va Eleyn bir–birlarining beshta asosiy ehtiyojlarini qondirishni boshlab, o‘z oilalarini qayta tuzishlari mumkin. Ular o‘zlarining sevgi olovini yana yoqishlari mumkin, biroq barcha harakatlari Aleks va Garriyet o‘rtasidagi sevgi alangasini butkul o‘chirolmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Bu alanga gurillab yonmasligi, ammo hech qachon butunlay o‘chib ham qolmasligi mumkin. Xuddi ichkilikboz umrining oxirigacha spirtli ichimliklarga qaram bo‘lsada, shishani olish uchun qo‘l uzatishga botinmagani kabi, Aleks ham butun umr Garriyetga qalban bog‘lanib qoladi, negaki u bilan yana uchrashishi endi mumkin emas.

Men bevafo erkakning xotiniga uning erida o‘z ma’shuqasiga nisbatan iliq tuyg‘ular hamisha saqlanib qolishini aytganimda, odatda umidsizlikka tushib qoladi.

– Nega bo‘lmasa men u bilan yashayverishim kerak? – odatiy savol shunday bo‘ladi.

– Negaki siz uni sevasiz va barcha bu dahshatlarni yengib o‘tishni istaysiz, – javob beraman men. – Sizga buni eshitish yoqmaganidek, uni aytish o‘zimga ham yoqmaydi, lekin men bunday vaziyatlarga tez–tez to‘qnash kelganman. Siz eringizning ko‘nglida boshqa ayol saqlanib qolishiga ko‘nikishingiz lozim. Ammo bu holat ikkalangiz o‘rtangizda yanada mustahkam sevgi paydo bo‘lmaydi degani emas.

Men er-xotin yarashib olishganlaridan so‘ng ayolning o‘z xushtoridan voz kechishidan ko‘ra erkakning o‘z ma’shuqasidan butunlay yuz o‘girib ketishi qiyinroq ekanini payqadim. Buning sabablari menga tugal ma’lum emas. Hoynahoy, ayolga bir vaqtning o‘zida ikkita erkakni sevishi noqulay bo‘lsa kerak, ayni vaqtda esa erkaklar ko‘plab ayollar bilan munosabatda bo‘lishga osonroq moslashib olishadi. O‘tgan davrlar mobaynida ko‘p nikohli tizimda yashagan erkaklarning talaygina xotinlari bo‘lgan, lekin aksariyat jamiyatlarda ayollarga bu ta’qiqlangan. Jamiyatshunoslar fikricha, bunday huquqiy tengsizlik moliyaviy sabablarga ega (erkaklar ko‘plab xotinlarni boqishi mumkin, ayollar esa odatda erkaklarni boqish imkoniyatiga ega emas), biroq bunga his–tuyg‘ular ham sabab bo‘lishi mumkin – erkaklar bir necha xotinga ega bo‘lishni yoqtirishadi, ayollar esa bir qancha erkaklari bo‘lishini xush ko‘rishmaydi.

Erkak o‘z xotinining ehtiyojlarini qondirishni o‘rganib, uni xushtordan ajratib olganidan so‘ng hech nimadan tashvish tortmasa ham bo‘ladi. Mening maslahatchi sifatidagi ish tajribam shuni ko‘rsatdiki, bevafo xotin eriga butunlay qaytib, o‘z ehtiyojlaridan qoniqish olganida, sobiq xushtor uni endi o‘ziga jalb etolmaydi.

Biroq bevafo erlar jiddiy muammo tug‘dirishadi. Men erlarning o‘z xotinlari bilan yana ajoyib munosabatlar o‘rnatganini, ammo besh–olti yillik oilaviy baxtli hayotdan so‘ng yana ma’shuqalariga oldiga qaytganlarini kuzatganman. Men ulardan nega bu hol yuz berayotganini so‘raganimda, ular ma’shuqalarini nihoyatda sog‘inishganini va hali ham sevishlarini doimo aytishadi. Ular ayni vaqtda xotinlarini ham samimiy sevishlarini va tashlab ketishni xayollariga ham keltirmasliklarini ta’kidlashadi.

Men bunday erkakning haqiqatni gapirayotganiga ishonaman. U umidsiz yopishib qolgan va ma’shuqasidan uzoqroq bo‘lib, xotiniga sadoqatini saqlab qolish uchun har qanday yordamga muhtoj. Men nikohdan tashqarida ishqiy munosabatda bo‘lgan erkaklarga har uch oy yoki yarim yilda muntazam oldimga kelib, vaziyat qanday kechayotganligi, o‘z sobiq mahbubalaridan uzoqroq yurishni qanchalik uddalayotganlari haqida shunchaki gaplashib turishlari kerakligini tez–tez tavsiya qilib turaman. Erkak ma’shuqasidan bir umrga voz kechishi majbur. U mahbubasi bilan muayyan bir joyda ishlamasligi kerak, balki boshqa shahar yoki shtatga ko‘chib ketgani ma’qulroq bo‘lar. Biroq hatto bu kabi cheklanishlar bo‘lsada, baribir unda ma’shuqasining yonida bo‘lishga kuchli ishtiyoq saqlanib qoladi.

Nikohingiz har qachongidan ko‘ra mustahkam bo‘ladi

Sizlar bir–biringizning eng muhim ehtiyojlaringizni qondirishni o‘rganib olganlaringizda, o‘zaro sevgingiz va nikohingiz har qachongidan ko‘ra mustahkam bo‘ladi. O‘z turmush o‘rtog‘ining xiyonatidan xabardor bo‘lgan odamning o‘ziga beradigan bahosiga – ko‘tarishi mumkin bo‘lgan darajada – qattiq zarba uriladi. Shuningdek, bu zarba erning ham, xotinning ham his–tuyg‘ulari “amerikancha balandliklar”ga ko‘tarilib qoladigan doimiy kurashni boshlab beradi. Ammo ular eng yomon vaziyatni boshdan o‘tkazib, bir–birlarini har qachongidan ham ortiqroq sevishlarini tushunib qolishadi. Aslida ko‘plab juftliklar agar xiyonat ularni amaliy harakatlar qilishga undamaganida o‘zaro munosabatlari bu qadar yaxshilanib ketmagan bo‘lishini tan olishadi. Xiyonat jarohat yetkazadigan turtki beradi va oxir–oqibat juftliklarni bir–birlarining asosiy ehtiyojlariga e’tibor qaratishlariga majburlaydi. Siz bu asosiy ehtiyojlarni qondirishni boshlashingiz bilan, nikohingiz doimo qanday bo‘lishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, shu holatga tushadi.

Deyarli har safar juftliklar men ularga tayinlagan dasturga qat’iy amal qilganlarida, ularning munosabatlari avvalgidan ko‘ra ancha yaxshilanadi. Odamlar menga o‘z turmush o‘rtog‘i xiyonat qilganidan so‘ng uni yana sevib qolmasliklari yoki aslo ishonch bildirmasliklari haqida aytib qolishadi. Men buning haqiqat emasligini bilaman. Munosabatlarni tiklash katta kuch va vaqtni talab etadi, ammo buni uddalash mumkin!


“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак