Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 7 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Rostguylik va ochiqlik) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


ROSTGO‘YLIK VA OCHIQLIK

Ayol eriga to‘liq ishonishi kerak

Doroti Frenkning sirli–sinoatli timsolidan xavotirga tushar va ayni vaqtda unga maftun bo‘lgandi: ayol avval hech qachon bunchalik ichki dunyosi yopiq odamni ko‘rmagandi, yigit esa ko‘pincha uning savollaridan o‘zini olib qochardi. Uchrashuv yakunlanay deb qolganida ayol undan qayoqqa bormoqchi ekanligini va nima bilan mashg‘ul bo‘lishni rejalashtirayotgani haqida so‘radi. Yigit ko‘z qisib qo‘ygancha ma’nodor jilmayib dedi: “Ertaga qo‘ng‘iroq qilaman”.

Frenkning o‘zini tutishi ancha g‘alati ko‘rinardi, lekin Doroti har kim shaxsiy hayotiga ega bo‘lishga haqli ekaniga o‘zini ishontirdi. Albatta, Frenk ayrim narsalarni pinhon tutishga haqli edi.

Rostini aytganda, Frenkning yashiradigan sirlari bor edi, xususan, u boshqa ayollar bilan yaqin munosabatda ekanini Doroti bilib qolishini istamagandi. Yigit savollarga tutilib qolganida, go‘yoki ishxonada yakunlashi kerak bo‘lgan qandaydir nomavjud loyihalar haqida gapirib, suhbatni soxta yo‘nalishga burib yuborishi uchun zo‘r berib harakat qilishisha to‘g‘ri kelardi. Aslida esa bu “loyihalar” boshqa ayollar bilan uchrashuvlardan iborat edi. Doroti uning yana kimdir bilan uchrashib yurganligini gumon qilgandi, ammo yigit shaxsiy hayotning daxlsiz ekanligi to‘g‘risidagi o‘z huquqini shu darajada ko‘pirtirib gapirardiki, ayol uning halolliga shubha qilib qolganida, har safar o‘zini aybdordek his qilardi.

Bundan tashqari, Doroti erkaklarda qadrlaydigan ko‘plab sifatlar Frenkda mavjud edi. U iltifotli va maftunkor. Doroti shunday baland bo‘yli ko‘rkam yigit bilan kechki bazmlarga borganida, boshqa ayollar ularga hasad bilan boqishardi. Boz ustiga, yigit yaxshigina daromadga ega bo‘lib, uning uchun pulni sira ayamasdi. Frenk undan o‘ziga turmushga chiqishini so‘raganida, ana shu barcha ijobiy jihatlar “Men shaxsiy xayotga haqliman” deb nomlangan salbiy jihatdan ustun keldi.

“Turmush qurganimizdan keyin, u menga hammasini aytib beradi”, – deb o‘ylardi Doroti.

Biroq to‘ydan so‘ng ham Frenkning hatti–harakatlari o‘zgarmadi. Aslida muammo yanada chuqurlashgandek edi, negaki ular birga yashay boshlaganlaridan so‘ng Frenk yanada yopiq odamga aylandi.

Qizig‘i shundaki, barcha bu “shaxsiy hayotga daxlsizlik” Frenkning boshqa ayol bilan uchrashuviga taalluqli emasdi. Yigit uylanishga qaror qilgan zahoti, “vazminroq bo‘lish” uchun boshqa qizlar bilan aloqasini yig‘ishtirdi. Ammo shunday bo‘lsada, u o‘zi xohlagan paytda uyga qaytish “huquq”ini o‘zida saqlab qoldi. Uning ish jadvali o‘zgaruvchan bo‘lgani bois, Doroti kamdan kam hollarda biror nimani oldindan rejalashtirishi mumkin edi. Frenk qo‘ng‘iroq qilar, lekin ko‘pincha shunday derdi: “Men kechroq boraman, ehtimol, soat olti yarimda – buni hozir aniq bilmayman”. Doroti tez orada o‘zini “kechki ovqatni tayyorlab tur” deb nomlanadigan tarkibning bir qismi ekanligini tushundi. Frenk nihoyat uyda paydo bo‘lganida, ayolini to‘ydan avval maftun etgan bor jozibasini yo‘qotgandek bo‘lib tuyulardi. Biror–bir masalani rejalashtirish haqida gap ketganda, u og‘iz juftlab qo‘yardi, xolos.

– Shanba kuni Morganlarni kechki ovqatga taklif etsam maylimi? – so‘raydi Doroti.

– Bilmadim, – bir xil javob qaytarardi Frenk, – o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi – bu haftada ishlarimiz ko‘p.

Doroti uchun hammasi – umidsizlikdan toki tushkunlikkacha – shu tariqa kechdi. Frenk unga sodiq edi, zero chindan ham xotinidan yashiradigan hech nima yo‘q. Ammo baribir faqat o‘ziga ma’lum sabab tufayli nima bilan shug‘ullangani va nimalar haqida o‘ylaganini aytishni istamadi.

– Bizning jamoatimiz cho‘poni unashuvimiz chog‘ida nikohda ikkita tana bir butun bo‘lishini aytgandi, – Doroti o‘z dugonasiga hasrat qildi. – Biroq Frenk men bilan kelishib yashashni istamas ekan, biz aslo bir butun bo‘lolmaymiz. Men cho‘ponimiz bilan gaplashib olish uchun ikkalamiz uning oldiga borishimizni so‘radim, lekin u bu haqda eshitishni ham istamayapti va o‘zimning borishimni ham ta’qiqlab qo‘ydi. Frenkning aytishicha, jamoatdagi odamlar barchasidan xabar topib, bizni noto‘g‘ri tushunishar emish.

Ishonchsizlik himoyalanganlik tuyg‘usini barbod qiladi

Agar Doroti va Frenk o‘zgarish vaqti kelganini anglab yetmasalar, tez orada noxushliklar yuzaga keladi. Agar Frenk o‘z chizig‘idan boraverishda davom etsa, rafiqasining Sevgi Bankidagi o‘z hisobini tobora kamaytirib boradi. Uning hisobi halokatli darajada past ko‘rsatgichga tushib ketganida, Doroti ishonch va himoyalanganlik tuyg‘usini uyg‘otadigan erkaklar uchun osongina o‘ljaga aylanadi.

Himoyalanganlik tuyg‘usi – bu ayollarning beshta asosiy ehtiyojlari orasidan o‘tadigan ajoyib tilla ipdir. Agar er xotini bilan halol va ochiq muloqotni qo‘llab–quvvatlamasa, u ayolining ishonchini yo‘qotadi va oxir–oqibat uning himoyalanganlik tuyg‘usini barbod qiladi.

Xotin o‘zini xavfsizlikda his qilishi uchun er unga o‘zining o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi barcha haqiqatlarni aytishi lozim. U nimalar qilgan? U nimalar haqida o‘ylab, hozir nima bilan mashg‘ul? Uning rejalari qanday? Agar ayol eri yo‘llayotgan ishoralarga ishona olmayotgan ( yoki Frenk bilan bo‘lgani kabi, er ishora qilishdan bosh tortgan) bo‘lsa, ayolda mustahkam munosabatlar qurish uchun mumkin bo‘lgan asoslar yo‘q. Xotin eriga moslashish o‘rniga doimiy beqarorlikni his etadi, eri bilan birga rivojlanish o‘rniga undan tobora yiroqlashib ketadi.

Eri aniq zaruriy ma’lumotlar bermagani uchun unga ishona olmaydigan xotinning gaplashib olish uchun imkoniyati ham yetishmaydi. Er va xotin o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvni izlash har qanday nikohning omadli bo‘lishini ta’minlaydigan hayotiy zarur unsurni yaratadi, biroq juftliklar rostgo‘yliksiz va ochiq munosabatlarsiz nimanidir hal etishlari yoki yagona fikrga kelishlari qiyin.

Deylik, xotin navbatdagi oilaviy dam olishni rejalashtirmoqchi bo‘ladi. Ayol eridan so‘raydi:

– Qayoqqa borishni istaysan: kempinggami yoki kurortga?

Er o‘zicha o‘ylaydi: “Bilaman, u jon–jon deb kurortga borgan bo‘lardi, mening esa kurortga toqatim yo‘q”. Biroq ovozini chiqarib aytadi:

– Bo‘pti, kurortga boramiz.

Va mana, ular kurortga ketishmoqda, er esa ikki hafta mobaynida qovog‘ini solgan holda, “zamonabop” bo‘lishlari uchun sarf qilishadigan o‘sha pullariga kemping uchun yaxshiroq aslaha–anjom sotib olishlari mumkin bo‘lgani haqida ming‘irlab yuradi.

Bu ko‘rinish komediya serialidagi epizodga o‘xshaydi. Bu kabi voqealar tomoshabinlarning hissiyotini qo‘zg‘atadi, negaki juda hayotiy bo‘lib tuyuladi. To‘g‘riso‘zlik va ochiqlik yetishmaydigan oilalarda “aktyor”larning luqma tashlashlari unchalik kulgili yangramaydi.

Turmush o‘rtog‘ingiz sizni boshqa birovdan ko‘ra yaxshiroq biladimi?

Men o‘z mijozlarimga halollik – omadli nikoh uchun zarur bo‘lgan eng muhim fazilatlardan biri ekanligini aytaman. Siz turmush qurgan bo‘lsangiz, bir–birlaringizga aniq imo–ishoralar yo‘llab, ularga aniq javoblarni olishingiz kerak.

Juftlikdan biri yoki ikkalasi ham boshqa tuyg‘uni his qilib, boshqa gapni aytishganida ulkan xatolikka yo‘l qo‘yishadi. Siz o‘z tuyg‘ularingizga muvofiq bo‘lmasangiz, sizning ikkinchi yarmingiz kayfiyatingizni payqay olmaydi. Erlar va xotinlar o‘z juftining qanday kayfiyatda ekanini aniqlash uchun ko‘pincha shunday jumladan foydalanishadi: “Qayoqdan kelyapsan?” Agar tayin biror joydan “kelayotganingizni” aytsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz o‘sha tarafga diqqatini qaratadi va vaziyatga qarab moslashadi. Agar siz chindan ham “yana boshqa qayoqdandir kelayotgan bo‘lsangiz”, turmush o‘rtog‘ingiz maqsadiga yetolmay qoladi va ikkalangizning ham kayfiyatingiz buziladi.

Mana oddiy misol, Xelen Garridan so‘rayapti:

– O‘zingni qanday his qilyapsan – yaxshiroqmi?

Garri javoban to‘ng‘illaydi:

– A–ha... ha, ha, ahvolim juda yaxshi.

– Unday bo‘lsa kinoga ketdik.

– Men kun bo‘yi tinmay ishlayman, oshqozonim og‘riyapti, endi esa hamma narsani tashlab, sen bilan kino ko‘rgani yugurib ketishimni xohlaysan–a!

Umr yo‘ldoshingiz qachon va qayerda sizning kechinmalaringiz haqida so‘raganida, hamisha rostini ayting. Er yoki xotinning hissiyotlarini (yoki izzat–nafsini) shikastlab qo‘yishdan qo‘rqish tufayli yolg‘on gapirish ahmoqlikning o‘zi. Turmush o‘rtog‘ingiz sizning eng yashirin fikrlaringizni bilishga haqli. U sizni dunyodagi boshqa hammadan – hatto ota–onangizdan ham yaxshiroq bilishi kerak.

“Sizni bilishi” so‘zlari sizning yaxshi va yomon fikrlaringizni, tushkunliklarni, muamolar va qo‘rquvni – xayolingizdagi barcha–barchasini bilish lozimligini anglatadi. Muqaddas Kitobda bu “ikkita tana bir butun bo‘ladi”deb ataladi, biz psixologlar esa buni “nikohdagi yaxshi muvofiqlikka erishish” deb nomlaganmiz.

Xotin o‘z eridan yolg‘on eshitganida, bu uning ichki sezgi mexanizmini ishdan chiqaradi. Misol uchun aytsak, Barri Barbaraning soch turmagi o‘ziga yoqishini aytib aldaydi. Va mana, oradan taxminan bir oy o‘tib, Barbara sochini qirqish, turmaklash va tekislash uchun oltmish dollar sarf qiladi. Ayol uyiga kelib deydi:

– Men sochimni turmakladim. Yoqyaptimi?

– E–e... Ha, azizam, ajoyib, juda ajoyib.

Barbara erining hayratga tushmaganini va hech nimani tushunmaganini sezadi. Aslida yigit Barbaraning soch turmagini umuman yoqtirmasdi. U xotinini xursand qilish uchun aytib qo‘ygandi, xolos. Ayol esa uning ovozidagi salbiy ohangni payqab, endi xursandchiligini umuman yo‘qotadi. Erning gapi boshqa, hissiyotlari boshqacha. Barbara bunday qarama–qarshilikdan hayron.

Erkak–yolg‘onchilarning uch toifasi

Men psixologik tajribalarim davomida insofsiz erlarning uchta asosiy toifasini aniqlaganman

1. “Tug‘ma” yolg‘onchi

U erta bolaligidan boshlab har qanday mayda–chuydalar haqida yolg‘on gapiradi. Bunday yolg‘onchi aslida uxlab qolgan bo‘lsada, mutolaa qilganini aytadi. U o‘tgan voqealar haqida o‘ydirmalar o‘ylab topadi va shunday mahorat bilan haqiqatni kamaytiradiki, birinchi qarashda yolg‘on deyarli sezilmaydi. Tug‘ma yolg‘onchini hech qiyinchiliksiz oddiy sinov orqali qo‘lga tushirish mumkin. Ammo ehtiyot bo‘ling. Uni yuzma–yuz qilishganida, xotirasi chatoq ekanligini aytib o‘zini oqlaydi. Doimo aldaydigan odam amalda hech qachon o‘zi haqidagi haqiqatni tan olmaydi.

Bunday yolg‘on oilani qattiq mayib qilib qo‘yadi. Bunday hatti–harakatlar uning qon–qoniga singib ketgani uchun o‘zgarishi amri mahol. Bu kabi ayrim erkaklar katta yoshga kirganlarida o‘zlarining avvalgi yolg‘onlari uchun muayyan aybdorlik tuyg‘usini his qilishadi, boshqalari esa umrlarining oxirigacha yolg‘onchi bo‘lib qolaverishadi.

2. “Muammodan qochish” uchun aldaydigan yolg‘onchi

U hamisha ham emas, faqat bosimni his etganida yoki jiddiy muammoga to‘qnash kelganida aldaydi.

Deylik, juftlik hafta boshida kelayotgan shanba oqshomida qayoqqadir borishni rejalashtirgan, biroq er ana shu pallada bolaga qarashib turishi uchun enagani chaqirish shartiga befarq bo‘lgan. Xotin shanba kuni ertalab so‘raydi:

– O, azizim, bolamizga bugun oqshomda qarashib turishi uchun Geylga qo‘ng‘iroq qildingmi?

– Men hammasini bajarib qo‘yganman, azizam, – javob beradi er va o‘yga botadi: “Mas’uliyatsizligim haqidagi ta’nalarni eshitishga toqatim yo‘q. Men Geylga keyinroq ham qo‘ng‘iroq qilib, hammasini hal qilishim mumkin”.

Biroq tong pallasi uy ishlari bilan o‘tib ketadi, kunduzi esa “quticha”dan sevimli jamoaning o‘yini ko‘rsatiladi va enagaga qo‘ng‘iroq qilish haqidagi fikr ancha ortga chekinadi. Oqshom tushadi, enagadan esa darak yo‘q.

– Nima gap o‘zi? – javob talab qiladi xotin.

– Men hammasi haqida kelishib qo‘yganman, – bezbetlarcha yolg‘on gapiradi er, – ehtimol, u unutib qo‘ygandir.

Xotin Geylning telefon raqamini teradi, biroq enaga unga qo‘ng‘iroq bo‘lmaganini aytadi. Xotin go‘shakni qo‘yib, eridan izoh talab qiladi.

– Tushunmayapman, – o‘zini oqlaydi yolg‘onchimiz. – Nega u aldayapti? Menimcha, biz endi uning xizmatlaridan boshqa foydalanmasligimiz kerak.

“Muammodan uzoqroq bo‘lish” uchun yolg‘on gapiradigan kishi va tug‘ma yolg‘onchi o‘rtasida qandaydir umumiylik bor. Ularning uydirmalari kamdan kam hollarda puxta o‘ylangan bo‘ladi, ko‘pincha beixtiyor va yomon rejalashtirilgan bo‘lib chiqadi. Bu odamlar odatda psixologlar tomonidan shaxsiyatning buzilishi deb ataydigan ko‘rinishdan aziyat chekishadi. Mabodo ularni yolg‘onlari ustida fosh qilsangiz, odatda hech vijdonlari qiynalmay haqiqatni kamaytirishga urinishadi. So‘ngra esa ular odamlar ularni “kechirishlari va unutishlari” uchun o‘zlarini ko‘pincha vijdon azobidan qiynalayotgandek qilib ko‘rsatishadi.

“Tug‘ma yolg‘onchi”dan farqli ravishda, noxushlikdan qochishga intiladigan yolg‘onchi oilada faqat bosimni sezgan paytidagina vaqti–vaqti bilan aldab turadi. Ba’zan xotini uni kuchli hayajon vaqtida g‘irromlik qilishidan xabardor etib, bunday yolg‘onchini to‘g‘ri gapirishga majbur etish mumkin. Agar uning hayotida zo‘riqish holatlari kamaysa, xotini ko‘proq darajadagi halol munosabatlarga umid qilishi mumkin.

3. Yolg‘onchi – “himoyachi”

Bu erkakning nazarida xotini haqiqatga bardosh bera olmaydigandek bo‘lib tuyuladi. Shu bois u xotinini “himoya qilish” uchun yolg‘on gapiradi.

Deylik, oila moliyaviy qiyinchilikka duch keldi, biroq bu haqda faqat er biladi, negaki chek daftari uning qo‘lida. Yolg‘onchi–“himoyachi” rafiqasini bundan xabardor qilmay, qarzga pul olishga qaror qilishi mumkin. “Nega bunday mayda–chuydalar uchun xotinimning uyqusini buzishim kerak, – mulohaza yuritadi u. – Bu muammo vaqtinchalik. Uni hal qilishni o‘zim bilaman–ku”.

U garchi o‘zini haddan ziyod zo‘riqishga yo‘liqtirgan bo‘lsada, hamma ishlar yaxshi ketayotganini aytib xotiniga yolg‘on gapirishda davom etadi. U o‘ta og‘ir urinishlar natijasida kreditni to‘laydi, lekin bularning bari xotini uchun noma’lum bo‘lib qolaveradi. Ushbu holatni yashirish erga qanchalik qimmatga tushganini bir tasavvur qiling–a.

Dastlabki ikkita toifadagi yolg‘onchilardan farqli ravishda, yolg‘onchi–“himoyachi” shaxsiyati buzilishidan deyarli azob chekmaydi. U hurmatini yo‘qotmaslik yoki xotinini hayratga solish uchun yolg‘on ishlatmaydi. Odatda uni o‘z yolg‘oni bezovta qiladi. Biroq u yolg‘oni shunga arzishini his qiladi, negaki xotinini har kunlik umidsizlik va mavhumlik tufayli kelib chiqadigan ortiqcha bezovtalikdan xalos etishni istaydi. U xotiniga himoya zarur ekanini anglaydi va chindan ham tahlikali kunlar kelganida, to‘liq xotirjamlik ko‘rinishini yaratib uni himoyalashga urinadi.

Biroq muammo shundaki, xotin erining qanday bosim ostida ekanidan bexabar bo‘lib qolaveradi. Erni hayotiy vaziyatlar jahldor yoki tushkun holga solib qo‘yganida, xotin nimalar bo‘layotganini tushunishga qiynaladi. Agar uning bu usuli o‘ziga qarshi chiqsa va o‘zi o‘ylaganidek yashirin qarzni tezda to‘lay olmasachi? Bu holda uning xotiniga ogohlantirishsiz, mutlaqo kutilmagan jiddiy muammo bilan yuzma–yuz to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi. Menda shunday mijoz ayollar bo‘lganki, ular toki uyi ostonasida sherif mol–mulkni musodara qilish haqidagi xabarnoma bilan paydo bo‘lmaganicha, erlari haqiqatni ulardan yashirib kelishgan. Yolg‘onchi–“himoyachi”ning o‘z yolg‘oni va dalillarni xaspo‘shlash orqali yaratadigan soxta himoyalanganlik tuyg‘usi soniyalar ichida yo‘qolib ketib, er-xotinlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli munosabatlarga amalda qayta to‘ldirib bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazishi mumkin.

Zararsiz kichkina yolg‘on qanday qilib Sevgi Bankini bo‘shatishi mumkin

O‘z–o‘zidan ayonki, agar moliyaviy halokat to‘g‘risidagi yolg‘on oilada fosh bo‘lib qolsa, er rafiqasining Sevgi Bankidagi o‘z hisobida turgan to‘rt birlikdan ayrilib qolishi mumkin. Biroq erning xotiniga nisbatan his–tuyg‘ulari va munosabatlaridagi “zararsiz kichkina yolg‘oni” erning Bankidagi xotiniga tegishli birliklarni ham kamaytirishi mumkin.

Deylik, xotin o‘zining ortiqcha vaznidan tashvishda. Erning bezovtaligi yanada ko‘proq, lekin u o‘zining dili qanchalik xira bo‘lganini xotiniga aytishni befoyda deb biladi. U buning o‘rniga xotinining ko‘rinishi go‘zal ekanini aytadi.

“Hm, – o‘ylaydi ayol, – ehtimol, ortiqcha ikki kilogram unchalik ham yomon emasdir”. Ayol shu bois vaznini kamaytirmaydi, balki oshirishda davom etadi. Er uning xunuk baqaloq qomatidan battar norozi bo‘ladi, ammo sukut saqlashni ma’qul ko‘radi. Endi erning Sevgi Bankidagi xotinning daromadi pasayib boradi. Har kuni ayolning hisobidan birliklar yechib olinaveradi, uning o‘zi esa toki erning toqati toq bo‘lib, xotiniga vazn yuzasidan zaharli e’tirozlar bildirilmaguncha, bu haqda tushunib yetmaydi. Buning oqibatida ayolning Sevgi Bankidagi erning hisobi katta yo‘qotishga uchraydi.

Xotinini “himoya qilish” uchun aldaydigan er ko‘pincha ashaddiy o‘zibilarmon bo‘ladi. Men mabodo xotinlari barcha haqiqatni bilib qolishganida, ularni tashlab ketishlariga shubha qilmaydigan ko‘plab erkaklarga uzoq yillar mobaynida maslahat berib kelganman. Bunday erkak o‘z xotinida haqiqatning ko‘ziga tik qarashga layoqatsiz jazavador ayolni ko‘radi. Umuman olganda, ko‘plab erkaklar barcha ayollar haqida shunday fikrlashga moyildirlar, negaki, bunday fikrlash erkaklarga o‘zlarining ustunligi tuyg‘usini beradi.

Erkak o‘z xotinini tashvishlardan himoyalash uchun yolg‘on gapirganida, bu bilan u ayolining o‘z ko‘nikmalarini qiyin nazorat qilishini va o‘z hatti–harakatlarini o‘zgartirishga layoqatsiz ekanini bildirayotgandek bo‘ladi. Bu tarzdagi mulohazalar ayol fe’l–atvoriga past baho berilganini – erkaklar o‘rtasida tarqalgan yana bir fikrlash tarzini – aks ettiradi. O‘z–o‘zidan tushunarliki, ayrim ayollar bu soxta tasavvurga muvofiq bo‘lishga intilishadi, negaki bu tasavvur ularning maqsadlariga xizmat qiladi. Ular shunday mulohaza qilishadi: “Agar men Garridan o‘zimga kerakli nimanidir olishim uchun vaqti–vaqti bilan himoyasiz ahmoq bo‘lib ko‘rinishim lozim bo‘lsa, nega shunday bo‘lmasligi kerak?”

Mana shu “nega shunday bo‘lmasligi kerak?” savoliga oddiygina javob bor. Ayol himoyasizlikdan chora izlaganida yoki boshqa hiyla–nayrang ishlatganida erining Sevgi Bankidagi o‘z hisobini oshirmaydi, balki asta–sekin muqarrar bo‘shatib boradi. Bunday hatti–harakat erning “himoyasiz ayol” haqidagi soxta tasavvurini mustahkamlaydi, ammo unga bo‘lgan hurmatini oshirmaydi.

Agar siz oz-ozdan – yoki ko‘proq darajada – xotiningiz bilan go‘yoki u o‘z his–tuyg‘ularini boshqarolmaydigan ayol kabi munosabatda bo‘lsangiz, bu taxminimiz amalga oshadi. Bu esa ayolni biroz aqldan ozdirishning qulay usuli.

Biroq er xotiniga haqiqatni aytganida, hissiy barqarorlik muhitini yaratadi. Xotini bilan hamisha rostgo‘y bo‘lgan erkak bunday holatdan chiqishi mumkinligini va o‘ta zarur bo‘lganida uning o‘zgarishini biladi. Haqiqat soxta tasavvur va illyuziyani yuvib tashlaydi. Hayot ko‘proq tushunarli va oqilona tus oladi, negaki ayol endi erining hatti–harakatlarini tushunadi. Ba’zan haqiqat achchiq bo‘lishi mumkin (er bunday holda haqiqatni mehribonlik bilan yetkazishga urinishi kerak), ammo bu holat ayolni aqldan ozdirmaydi. Aksincha, ayol vaziyat nazorat ostida ekanini his qiladi, negaki endi vaziyatni o‘zgartirish uchun nima qilish kerakligini biladi.

Er xotini o‘zini himoyalangan va sevimli his qilishi uchun unga “qutqarish” maqsadida yolg‘on gapirganida yaxshilik qilmagan bo‘lib chiqadi. Oxir–oqibat aynan teskarisi bo‘lib chiqadi. Er aslida qanday bo‘lsa, xotini qarshisida xuddi shunday holda ko‘rinishi kerak. Ayol ana o‘shanda moslashishi, kelishuvga yo‘l topishi va eriga yaqin bo‘lishi mumkin.

Nikohda maxfiylik uchun o‘rin bormi?

Ko‘pchilik mendan so‘raydi: “Xotinim bilan ochiq muloqotda bo‘lishim zarurligi haqida gapirganingizda, bu bilan shaxsiy hayotim daxlsizligiga bo‘lgan huquqimga tegib ketmayapsizmi?”

Agar bu odam shaxsiy hayotning daxlsizligi ostida o‘zi haqidagi nimanidir yashirishni nazarda tutayotgan bo‘lsa, men bunday tushuncha er va xotin o‘rtasida mavjud bo‘lishi kerak emasligi haqidagi fikrimda qat’iy qolaveraman. Ko‘pchilik – hamkasblarim ham, mijozlarim ham, – bu fikrga qo‘shilishavermaydi, biroq men o‘z hayotimda er-xotin ana shu qoidani buzganlaridan so‘ng buzilib ketgan ancha–muncha oilalarni ko‘rganman. Garchi turmush o‘rtog‘ingiz xatingizni o‘qish va sumkangizni kavlashga to‘liq haqli ekani haqidagi fikr sizni cho‘chitsa ham, bunday ochiqlik to‘laqonli sog‘lom oila uchun mutlaqo zarur ekanligiga ishonaman. Ijozat bersangiz, buning qanday amal qilishini sizlarga ko‘rsatib beraman.

Men “shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqimni himoya qilganimda”, xotinim uchun kamroq darajada “shaffof” bo‘laman. Joys – meni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilishi kerak bo‘lgan inson, men esa unga barcha ma’lumotlarni, xususan, kamchiliklarim haqida ham yetkazib turishim kerak. Men uning savollariga nafaqat haqqoniy javob berishim, balki “sukut saqlab aldash”dan qochishim va o‘zim bajonidil unga hammasini aytishga tayyor bo‘lishim lozim. Boshqacha aytganda, men imkon qadar barcha usullar bilan o‘zimni u bilan baham ko‘rishim shart.

Biz Joys bilan oilaviy turmushimiz mobaynida mutloq rostgo‘ylikka ehtiyoj sezganimizda, bir–birimizga beradigan kichkina ishorani ishlab chiqdik. Biz ba’zan bir–birimizning jig‘imizga tegishni yoqtiramiz, ammo boshqa birimiz “qayerda ekanligini” aniq bilish zarur bo‘ladigan vaziyatlar bo‘lib turadi. Bizda ana shunday ehtiyoj tug‘ilganida, shunchaki deymiz: “Tilingdan ilintiraman”. Men bu jumlani Joysdan eshitganimda, uning tantiqlik qilmayotganini yoki yalinmayotganini bilaman.

Har bir juftlik o‘zi uchun ana shu kabi ishorani ishlab chiqishi zarur. Agar turmush o‘rtog‘ingizni gapidan ilintirib olishga ishonchingiz bo‘lmasa, nikohdagi hayot oqsaydi va vaqt o‘tib qoqilgancha noxushlik sari qulaydi. Men oilada muammoga to‘qnash kelgan juftliklarga maslahat berayotganimda, ularning bir–birlariga nisbatan to‘liq rostgo‘y ekanliklari kamdan kam ma’lum bo‘ladi. Shu bois men odatda er bilan ham, xotini bilan ham alohida gaplashaman, ayniqsa muloqotimizning boshida. Biz xonada yolg‘iz qolganimizda, o‘sha odamning menga osonroq ishonishi uchun kamida ikkita sabab bor: (1) u kimgadir haqiqatni aytishni ich–ichidan xohlaydi va (2) mijozlar men ular uchun sarflaydigan vaqtimga qarab pul to‘lashadi va men muammoni iloji boricha tezroq tushunishimni istashadi.

Juftlikdan har biri hammasini ro‘yi rost aytib berishganida, men ko‘pincha ularning bir–birlari haqidagi tasavvurlaridan ko‘ra ikkalasi haqida ham ko‘proq tasavvurga ega bo‘laman. Ular yillar mobaynida har biri o‘z atrofida hosil qilgan tutunli pardasi ichida ko‘r–ko‘rona izg‘ib yurishadi. Ular men bilan gaplashganlarida, bu tutun pardasiga bo‘lgan zaruriyatlari yo‘qoladi. Ana shunda muammo yoki masalaning mohiyati oydinlashadi.

Hammamizda o‘z muammolarimiz bor

Odamlar haqida yanada tiniqroq tasavvurga ega bo‘lish uchun men bir o‘ta muhim vositadan foydalanaman. Bu S.R.Xettauy va J.K.MakKinli tomonidan ishlab chiqilgan va Minnesoti oliygohi tomonidan chop etilgan Shaxsiyatni Ko‘pyoqlama Tekshirish Testi (ShKTT) hisoblanadi. U o‘zida psixologlar ko‘p yillardan buyon foydalanib kelayotgan bir qolipdagi shaxsiy testni o‘zida aks ettiradi. ShKTT insonning moyilligini muayyan xususiyatlarga barqarorlashtirishga yordam beradigan bir qator “daraja”larga joylaydi. Bu darajalardan hech qaysidagi yuqori qaydlar sizda muammo borligini isbotlamaydi, ammo bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi. Psixolog mutaxassis muammolar borligini isbotlashi yoki rad etishi uchun boshqa ma’lumotlarni ham olishi kerak. Misol uchun, 1 raqamli daraja bo‘yicha eng yuqori ballni ko‘rsatgan odam ipoxondriyaga (o‘zini kasal deb vahimaga tushish va shuning natijasidagi asabiy umidsizlik holatiga) moyil. Mening o‘zimda ham 1 raqamli daraja bo‘yicha ko‘rsatgichlarim yuqori, biroq meni xotirjam va hordiq olayotgan paytimda ko‘rib qolsangiz, ipoxondriyaga moyilligimni payqashingiz amri mahol. Men qachonki bosim ostida bo‘lganimda, mendagi “ipoxondriya” namoyon bo‘ladi, negaki men ko‘plab odamlar kabi bunga o‘xshash vaziyatlarda shikoyat qilishni va sog‘ligim haqida ko‘proq gapirishni boshlayman. Menga o‘zim kasallanib qolgandek bo‘lib tuyulganida yoki hissiy bosimni sezganimda qanday vahimaga tushishimni Joys eslatib turishni yoqtiradi. U haq. Odatda men o‘zimni yaxshi tutaman, ammo ruhiy zo‘riqish holatida muammolarim yuzaga qalqib chiqadi. Oilaviy hayot uchun bu “zo‘riqish qoidasi”ning ahamiyati yaqqol ayon. ShKTT (0–9) darajasi bo‘yicha aniqlangan asosiy xususiyatlar orasida qisqacha qilib quyidagilar keltirilgan:

  1. Odamovi, uyatchan, odamlarning katta davrasidan qochish odatini aniqlaydi.
  2. O‘z sog‘ligidan xavotirlanish va o‘lim qo‘rquvi, jiddiy kasalliklar yoki og‘ir xastaliklarga aylanishi mumkin bo‘lgan yengil alomatlar darajasini aniqlaydi.
  3. Tushkunlik, umidsizlik tuyg‘usini va pessimizmga moyillikni aniqlaydi.
  4. His–tuyg‘ularni yashirishga urinishni, hozirgi his–tuyg‘ularingizdan kelib chiqqan holda o‘zingiz va boshqa odamlar bilan nopok munosabatda bo‘lishga moyillikni aniqlaydi.
  5. Jamiyatga begonalik tuyg‘usini, hukumat bilan nifoq chiqarishga va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida boshqalar bilan kelishmaslikka moyillikni aniqlaydi.
  6. Erkaklik va ayollik xususiyatlarini, boshqalarning ehtiyojlariga sezgirlik va g‘amxo‘rlik qilishga tayyorgarlikni aniqlaydi.
  7. Yaqin munosabatlarga nisbatan his–tuyg‘ularni, boshqalarni mukammal inson sifatida ulug‘lash va odamlarga avvaldan (ham salbiy, ham ijobiy ma’noda) baho berishga moyillikni aniqlaydi.
  8. Xavotirga tushish yoki qo‘rquv darajasini, qat’iyatsizlikka, perfeksionizmga yoki ich–ichida aybdorlikni yig‘ib borishga moyillikni aniqlaydi.
  9. O‘z–o‘zidan qoniqmaslikni, adashishga va zo‘riqish holatlarida ishonchsiz bo‘lishga moyillikni aniqlaydi.
  10. Faollik yoki jo‘shqinlik darajasini, ta’sirchanlikka va haddan ziyod ko‘p ishlarga moyillikni aniqlaydi.

Men bu yerga testni kiritganim sababi, oila qurgan ikkita inson muammoni hal etishga uringanlarida mashaqqatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ana shunday fe’l–atvorga ega bo‘lishlari mumkin. Agar ular ixtilofni muvaffaqiyatli tarzda hal qilmoqchi bo‘lsalar, bir–birlaridagi tarang vaziyatlarda yuzaga keladigan hissiy zaifliklarini bilishlari zarur. Nohalollik ana shunday zaifliklardan biridir.

Agar men hozirgina tasvirlagan ShKTT asosida qarasak, №3 va 4 darajalar odamda halollik va ochiqlik masalasida muammolar borligini ko‘rsatadi. Mabodo erda yuqori ko‘rsatkich to‘rtinchi daraja bo‘lsa, bu holat anchayin jiddiy. Xo‘sh, bu holda xotinidan nimani kutish kerak? Ayol, hoynahoy, erining faqat o‘z manfaatlari ustida jon kuydirayotganini ko‘radi, eri bilan kelishib olishi qiyin, er esa arzimagan mayda–chuydalar sababli darrov jahllanib ketadi. Boz ustiga, uning yolg‘onlari va chala–yarim haqiqatlari o‘zining ashaddiy xudbinlikka moyilligini yuzaga chiqaradi. Ayol uning fe’l–atvorini shunday tasvirlashi mumkin: “Erim haqiqatni aytishdan ko‘ra hammasini o‘zi bilganidek qilishni muhim deb hisoblaydi”.

O‘z–o‘zidan ayonki, agar erda to‘rtinchi daraja bo‘yicha, xotinda esa oltinchi daraja bo‘yicha haddan ziyod hissiyotga berilishga moyillik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa, odatda buning oqibati nikohdagi o‘zaro kelishmovchiliklar bo‘ladi. Ayni bir vaqtda ayol o‘zining xafagarchilik hissiyotlari bilan kurashmog‘i lozim bo‘lsa, er o‘zining nohalollik, ashaddiy xudbinlik va qaysarlikka moyilligini bosishga o‘rganishi kerak.

Bularning hammasi shu zahotiyoq mahalliy psixolog oldiga yugurib borgancha, ShKTT dan o‘tish zarurligini anglatadimi? Mening fikrlarim taxminiy, biroq bu testning natijalari sizga juda foydali bo‘lishi mumkin. Siz o‘z fe’l–atvoringizni o‘zgartirish uchun ko‘p narsalar qilolmasligingiz mumkin, biroq turmush o‘rtog‘ingizning fe’l–atvoriga moslashishni o‘rganib olsangiz ajab emas. ShKTT kabi testlar har birimizning fe’l–atvorimizda o‘ziga xos tantiqlik, zaiflik va ehtimoliy muammolarga nisbatan rag‘bat borligini “isbotlab beradi”, xolos. Mana shuning uchun ham bizlar bir–birimizga imkon qadar ochiq va rostgo‘y bo‘lishimiz zarur. Hattoki umr yo‘ldoshingiz to‘rtinchi daraja bo‘yicha yuqori ball olgan bo‘lsada, vahimaga tushmang. Yaxshisi turmush o‘rtog‘ingizdagi ojizlikning mohiyatini chuqurroq anglab, uning o‘rnini to‘ldirishni o‘rganing.

O‘zaro halollik qanday qilib oilani saqlab qolishi mumkin?

Oilaviy hayotda halollik va ochiqlik yetishmaganida nima bo‘ladi? Nohallikning eng tuban ko‘rinishi – xiyonat qilishga nima sababchi bo‘ladi? O‘z umr yo‘ldoshi bilan to‘liq ochiqlik yordam beradimi yoki munosabatlarni muqarrar halokatga olib boradimi? Mening o‘zimda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgan. Mening maslahatimda bo‘lgan erkak, misol uchun, nikohdan tashqaridagi ko‘plab ishqiy munosabatlari haqida gapirib qoladi. U bularning hech biri haqida xotiniga aytmagan, ammo har biri uchun “ juda–juda uyaladi”.

Men unga ruhiyatini sog‘lomlashtirish jarayonida barchasiga xotini oldida iqror bo‘lishini taklif etaman. Er xavotir va tashvish bilan shunday qiladi, ayolning reaksiyasini esa oldindan ham aytish mumkin: g‘azab, bezovtalik va oxir–oqibat tushkunlik. Biroq ayol vaqt o‘tib karaxtlik holati va og‘riqni yengib o‘tadi. Keyin esa – ehtimol, hayotlarida ilk bora – ularning nikohlari o‘zaro halollik asosida barpo bo‘lishni boshlashi mumkin.

Juftliklar xiyonatni yengib o‘tishga urinayotganlarida, men ularni bir–birlariga butunlay samimiy bo‘lishga o‘rgataman. Ular o‘zlarining hech qanday fikrlarini va his–tuyg‘ularini yashirmasliklari kerak. Faqat mutloq ochiqlik sharofati bilan halol munosabatlar paydo bo‘lishi mumkin. Mabodo juftliklar qaysidir pallada o‘z hurmatlariga dog‘ tushirib qo‘ysalar, bu faqatgina munosabatlarni qayta tiklash jarayonining buzilishiga olib keladi.

Hoynahoy, siz beparvo erning xotini oldida o‘z gunohlariga iqror bo‘lishi hamisha ham to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi haqidagi savolni bersangiz kerak. Mening amaliyotimda hech qachon xiyonatkor turmush o‘rtog‘ining iqrorligi ajrashish uchun birinchi darajali sabab bo‘lmagan. Ayrim juftliklar bir–birlari bilan oxir–oqibat ochiqchasiga gaplashib olganlari uchun emas, balki yashirib kelingan xiyonat tufayli bir–birlari bilan ajrashib ketishadi. Aksincha, ko‘pincha aldangan er yoki xotin xiyonat tufayli kechirgan birinchi karaxtlikdan so‘ng o‘zlariga kelib, oiladagi mavjud muammolarni hal etish usullarini topishni va amalda qo‘llashni istab qolishadi. Ko‘p narsalar er-xotin tomonidan ta’minlanadigan tuzatilish holatlariga bog‘liq. Psixolog er va xotin o‘rtasida xiyonat oshkor bo‘lganidan so‘ng mavjud muammolarni hal qilish usullarini ikkalasi birgalikda muhokama qiladigan muhitni yaratib berishi lozim.

Xiyonat oshkor bo‘lgan zahotiyoq men juftliklarga vaziyatni tiniq baholashlariga yordam berish uchun alohida e’tiborimni qarataman. Ular o‘zlariga mustahkam va bir umrlik oilaviy hayotni yaratish uchun yagona imkoniyat beradigan zaruriy poklanish jarayonidan o‘tishadi. Men endi ularga o‘zaro ishonchni tiklashlari uchun tavsiya berishim kerak.

Ko‘plab yolg‘onlar gapirgan er bunga iqror bo‘layotganini ta’kidlab, gunohkorligini isbotlaganini aytishi mumkin. Ehtimol, u rafiqasining shu zahotiyoq unga yana ishona boshlashiga umid qilar. Ammo shu o‘rinda men aksincha ekanligini uqtiraman. Siz xuddi chiroqni yoqqandek darrovgina ishonchga erisha olmaysiz. Odam ishonchni o‘zining ishonchli ekanligini isbotlaydigan behisob vaziyatlar orqali yaratadi. Deylik, er xiyonatiga iqror bo‘lganidan so‘ng xotini bo‘lib o‘tayotgan barcha voqealarni osongina tekshirib turishi uchun har kuni nimalar bo‘layotgani haqida unga xabar berib turishini qat’iy tavsiya qilaman.

Men aldoqchi erkakka xotini uning har bir kuni qanday o‘tayotganidan xabardor bo‘lib turishi uchun unga kunlik jadvalining bir nusxasini tayyorlab berishini taklif etaman. Mabodo kunlik reja o‘zgaradigan bo‘lsa, er xotinini bu haqda xabardor qilish uchun imkon darajasidagi barcha ishlarni qilishi lozim. Ayol erining aynan o‘sha yerda ekanini bilishi uchun eri jadvalda ko‘rsatgan bir qancha joylarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Odatda juftliklar bunday jarayonni er ham, xotin ham hech qanday noqulaylik sezmasliklari uchun tashkil etishadi.

Erlar bunday jadval tuzishga to‘g‘ri kelgani uchun menga ko‘pincha ta’na qilishadi. Ular aksariyat hollarda buning legalizm ekaniga, qoidaning bolalar o‘yiniga xos ekanligini aytishadi: “Barcha bu tekshiruvlar xotinimning baribir menga ishonmayotganini isbotlaydi, xolos”.

Ammo hamma gap ham ana shunda: ayol chindan ham ishonmaydi.

Men javob o‘rnida batartib odam odatda o‘zining kunlik jadvalini rejalashtirishi haqida ta’kidlab o‘taman. Xo‘sh, nega endi u xotini bilan o‘z kunlik jadvalini baham ko‘rmasligi kerak? Agar ularning o‘zaro munosabatlarida ishonch borasidagi yaqqol muammolar yo‘q ekan, xotin eriga kunlik ish paytida qo‘ng‘iroq qilishdan tortinmasligi lozim.

Men qisqacha tasvirlagan bu jarayon ba’zan yillar mobaynida davom etadi. Xotin doimiy tekshiruvlar davomida erining halol ekanligiga ishonch hosil qiladi. Faqat va faqat ana o‘shandagina ayol erini nazorat qilishga hojat qolmaydigan darajada unga ko‘proq ishona boshlashi mumkin.

Har qanday oddiy ayol ochiqlik va rostgo‘ylik tuyg‘usini saqlashi uchun eri bilan kunduzi ham, kechasi ham muloqot qilib turish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik ayollar bunday afzallikka erlarini muhim yig‘ilishlardan yoki ishdan boshqacha tarzda chalg‘itish sifatida qarab, undan foydalanishmaydi. Ammo baribir xotin xohlagan paytda eriga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligini bilishi va bu qo‘ng‘iroqlar bilan eriga ishonishini tasdiqlayotganiga ishonishi lozim. Men o‘zimning “Sevgi qotillari” kitobimda halol munosabatlarni qay tarzda yaratish haqida batafsil yozganman. Bu haqda ko‘proq bilib olishlaringiz uchun “Nohalollik” bobini o‘qib chiqishingizni maslahat beraman.

Men yigirma besh yillik psixologik amaliyotim mobaynida biror marta ham mukammal nikohni ko‘rmadim. Har bir er yoki xotinda u yoki bu xildagi kamchilik va zaifliklar bor: tushkunlikka tushishga moyillik, o‘ziga past baho berish, tarang vaziyatlarda bosim ostida taslim bo‘lishga moyillik, mas’uliyatsizlik, ipoxondriyaga moyillik, his–tuyg‘ularga haddan ziyod berilish yoki perfeksionizm. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Ammo birorta ham oila ikkita narsaga – rostgo‘ylik va o‘zaro qo‘llab–quvatlashning mavjud bo‘lmasligiga bardosh berishga qodir emas.

Nikoh ichida rostgo‘ylik va o‘zaro qo‘llab–quvvatlash bo‘lganida, er-xotinlar bir–birlari bilan barchasini baham ko‘rishga va birgalikda yaratishga tayyor bo‘lishadi. Ular uchun o‘z tuyg‘ularini yashirishga yoki “shaxsiy hayotlari daxlsizligi”ni himoya qilishga hojat qolmaydi. Er ham, xotin ham o‘z juftini “asrash uchun” yolg‘on gapirishni yoki haqiqatni yashirishni istamaydi. Siz o‘z oilangizni o‘zaro ishonch asosida qurganingizda, barcha ichki kechinmalaringiz va his–tuyg‘ularingizni o‘zingiz tanlagan umr yo‘ldoshingiz bilan baham ko‘rishdan quvonishni istab qolasiz.

Uillard Xarlining Beshinchi qonuni shunday deydi:

Rostgo‘ylik – nikohning eng yaxshi kafolatidir.

Men bob yakunida ayol eriga ishonishga ehtiyoj sezishini yana bir bora ta’kidlab o‘tmoqchiman. Erkak o‘zining damduzligi, ichimdagi top deydigan bo‘lishi yoki hatto nohalolligi ortidan qanday ustunliklarga ega bo‘lmasin, u bularning bariga xotinining xavfsizligi va ayolining oilaviy hayotdagi munosabatlardan qoniqish olishi hisobiga erishadi. Er xotini uchun butunlay tushunarli bo‘lishi lozim; ayol erining nima haqda o‘ylayotganini bilishi uchun ularning fikrlari hamjihat bo‘lishi kerak. Ayol eriga shu darajada ishona olsagina, u erini yanada qattiqroq sevishi mumkin.

Erkak uchun savollar:

  1. O‘n ballik ko‘rsatkich bo‘yicha xotiningiz bilan qanchalik rostgo‘y ekaningizni baholang (o‘n ball mutloq halollikni bildiradi). (Xotiningiz bu ko‘rsatkich bo‘yicha sizga qanday baho berishi mumkin?)
  2. Siz uchun xotiningiz bilan qaysi jabhalarda mutloq rostgo‘y va ochiq bo‘lishingiz qiyinroq? Nima uchun qiyin? Xotiningizga nozik mavzularda ochiqchasiga gapirganingizda, u o‘z his–tuyg‘ularini qanday boshqaradi?
  3. Siz oilaviy hayotda aslo sir bo‘lmasligi kerakligi, ya’ni er ham, xotin ham o‘z juftidan hech nimani yashirishi shart emasligi haqidagi fikrga qo‘shilasizmi? Nega bu fikrga qo‘shilishingiz yoki qo‘shilmasligingiz haqidagi xulosalaringizni qog‘ozga tushirishga harakat qiling.

Ayol uchun savollar:

  1. Sizning boshqarish va bo‘ysunishga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojingizda eringizga ishonishingiz qanchalik muhim? Bu nikohdagi beshta asosiy ehtiyojlardan biri ekanligi haqidagi fikrga qo‘shilasizmi? Buning nega shunday ekanligini yoki bunga boshqacha fikringizni izohlang.
  2. Eringiz sizni himoya qilish uchun qachondir sizni aldaganmi? Agar shunday bo‘lsa, o‘sha paytda o‘zingizni qanday his qilgansiz?
  3. Qaysi jabhalarda, agar shundaylari bor bo‘lsa, eringiz siz bilan yanada ochiqroq va rostgo‘y bo‘lishini istaysiz?

Er-xotin uchun mulohazalar:

  1. Bir–birlaringiz uchun muvofiq keladigan javoblarni birgalikda muhokama qiling. Bu nikohda qanchalik halol va ochiq ekanligingizni bilib olishlaringiz uchun yaxshigina tekshiruv bo‘ladi.
  2. Agar siz hanuzgacha “tilingdan ilintiraman” kabi ishoralarni o‘ylab topmagan bo‘lsangiz, hozir buni ishlab chiqishning ayni fursati emasmi? Mutloq rostgo‘ylikni kutayotganingizni bir–biringizga tushunib olishlaringiz uchun siz nimalar degan bo‘lardingiz?
  3. Shaxsiyatni Ko‘pyoqlama Tekshirish Testining barcha o‘nta darajasidan o‘ting. Siz tarang vaziyatlarda birortangiz nimagadir moyil ekanini ko‘ryapsizmi? Birgalikda bu testdan o‘tish qanchalik foydali ekanligini muhokama qiling. Siz ortiqcha qiyinchiliksiz taxminan yetmish besh dollar evaziga sizni ushbu testdan o‘tkazadigan psixologni topishingiz mumkin.
  4. Birgalikda “Sevgining qotillari” kitobining “Nohalollik” sarlavhali oltinchi bobini o‘qing. Sizningcha, nikohingizda rostgo‘ylikning qaysi toifasi mukammal bo‘lishga ko‘proq muhtoj?

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак