Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 5 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Suhbat) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


MULOQOT

Erining gaplashib turishi xotin uchun zarur

Jil va Garri uchrashganlarida, bir–birlari bilan tinimsiz suhbat qilishardi. Ular yuzma–yuz uchrasha olmagan kunlarda qo‘ng‘iroq qilishar va uzoq gaplashib qolishardi – ba’zan suhbatlari bir soatdan yoki undan ham ko‘pga cho‘zilib ketardi. Ular rasman uchrashishni kamdan kam reja qilishardi, negaki eng muhimi bir–birlarini ko‘rib, suhbatlashish edi. Ba’zan ular suhbatga shunchalik berilib ketishardiki, oqshomga nimani rejalashtirganlari yodlaridan chiqib ketardi.

To‘ydan so‘ng Jil va Garrining muloqotlari keskin kamayib ketdi. Ikkalasida ham vaqtlarining katta qismini egallaydigan bir talay ishlar topildi. Ular uchun qachondir o‘tirib gaplashishga imkon bo‘lganida, Jil Garrida suhbat qilish uchun mavzu tobora kamayib borayotganini payqadi. Yigit ishdan qaytib kelgach, boshi bilan gazeta o‘qishga sho‘ng‘ir, televizor ko‘rar va barvaqt uxlagani yotardi. Bu holat Garrining Jilga umuman qiziqmay qo‘yganini yoki qandaydir bosim ostida qolganini anglatmasdi. U bor–yo‘g‘i ishxonadagi og‘ir mehnat kunidan so‘ng dam olishni xohlardi, xolos.

– Azizim, – dedi bir kuni Jil, – sen bilan suhbatlarimizni juda sog‘ndim. Xuddi avvalgidek ko‘proq gaplashib o‘tirishni xohlayman.

– Ha, – javob berdi Garri, – bu menga ham yoqadi. Xo‘sh, nimalar haqida gaplashmoqchi eding?

Bu oxirgi jumla Jilning Sevgi Bankidagi erning hisobini ko‘paytirmadi. Ayol biror so‘z aytmay, o‘yga botdi: “Agar sen o‘zing bu savolga javobni bilmasang, demak, chindan ham gaplashadigan hech nima yo‘q ekan”.

Jil shundan so‘ng nega hammasi bunchalik o‘zgarib ketgani haqida o‘ylay boshladi. Garri hozir ham o‘zi xohlagan paytda gapdon bo‘lishi mumkin – misol uchun, birorta o‘yinda muxlislar bilan birga bo‘lganida. Go‘yo er o‘zining sukut saqlashini xotini uchun asrab qo‘yadiganga o‘xshaydi. Ayol bundan qanday qilib xafa bo‘lmasin axir?.

Garri va Jil yoshlari teng bo‘lgan yon qo‘shnilari Tom va Key bilan tez–tez birgalikda vaqt o‘tkazishadi. Jil suhbatlari davomida Tomning tez–tez unga murojaat qilishini qayd etib qo‘ydi. Hoynahoy, Tom uchun suhbatga mavzu topish unchalik qiyin emasga o‘xshaydi.

Oradan qanchadir vaqt o‘tgach, Jil butun hafta mobaynidagi eng oliy damlar Tom va Key bilan o‘tkazgan muloqot onlari bo‘layotganini his qildi. Ayol o‘zining bor fikr–o‘ylari bilan o‘rtoqlashadigan damlarni orziqib kutardi. Tom hamisha diqqat bilan tinglar va suhbatni ajoyib tarzda qo‘llab–quvvatlashni bilardi. Ular biror–bir davra ichida bo‘lib qolganlarida – masalan, oqshom ziyofatlarida, – Tom doimo uni o‘z suhbatdoshini sifatida tanlardi. U jamoat xizmatlarida Jilning yonidan joy olar va ikkalasiga ham qiziqarli bo‘lgan maxsus tadbirlarga taklif etardi. Ular yaxshi do‘stlarga aylanishdi va albatta, Jilning Sevgi Bankida Tom salmoqli “daromad” to‘pladi.

Vaqt o‘tib ularning do‘stligi mustahkamlandi va Jil o‘zi uchun bu munosabatlar oddiy do‘stlikdan yuqoriroq darajaga ko‘tarilganini angladi. Nihoyat, ayol jur’atsiz ohangda Tomga o‘zining bog‘lanib qolayotganiga iqror bo‘ldi.

– Jil, – javob berdi Tom, – meni seni deyarli birinchi ko‘rganimdayoq sevib qolgandim.

Bir necha hafta oralig‘ida Jil va Tom o‘rtasida jiddiy ishqiy munosabatlar bog‘landi.

Jil keskin burilish yasadi: ayolning ehtiyojlarini to‘ygacha Garri ajoyib tarzda qondirgan bo‘lsa, endi buning uchun uning hayotida Tom paydo bo‘lgandi. Qandaydir noma’lum sababga ko‘ra Garri to‘ydan keyin suhbat chog‘ida e’tiborsiz bo‘lib qoldi. Jil bularning barchasi haqida mulohaza yuritardi: “Afsus, men Garri bilan shunday suhbat qilolmayman. Axir avval biz ko‘p gaplashar edik–ku. Hozir nimalar yuz berdi?”

Erim nega men bilan gaplashmaydi?

Erkaklar mendan gohida so‘rab turishadi: “Nega xotinim men bilan suhbatlashmaydi?”, ammo men xotinlardan tez–tez shunday savolni eshitaman: “Erim nega men bilan gaplashmaydi?” Hoynahoy, erkaklar o‘z xotinlari bilan muloqot qilishga xotin erining suhbatiga mushtoq bo‘lganchalik katta ehtiyoj sezishmaydi. Xotinlar esa suhbatlashishdan rosa mamnun bo‘lishadi. Ko‘plab ayollar bir–birlari bilan telefon orqali soatlab gaplashadilar, erkaklar esa shunchaki “laqillashish” va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun goh–gohida qo‘ng‘iroq qilib qo‘yishadi. O‘z shaxsiy ishlari haqida gaplashib olish uchun uyushtiriladigan uchrashuvlar, tushliklar va boshqa tadbirlar ayollarga ulkan huzur bag‘ishlaydi. Erkaklar yig‘ilishganlarida esa odatda amaliy mavzularni muhokama qilishadi, misol uchun, avtomobilni ta’mirlash, baliqlari eng ko‘p bo‘lgan joylar yoki biror–bir sport turida kimning yetakchilik qilayotgani haqida. Bundan tashqari, ular bir–birlariga hazil va latifalar aytishni xush ko‘rishadi. Biroq ular o‘z shaxsiy ishlari va his–tuyg‘ulari haqida gapirishga moyillik bildirishmaydi.

Biroq nega bu holda erkaklar ayollar bilan uchrashuv chog‘ida yengil til topib ketishadi? Ma’lum sabablardan biri shuki, ular o‘zlari haqida yaxshi taassurot qoldirishni istashadi, – ayollar ham shuni istashadi, albatta. Uchrashuvlar va ko‘ngil ovlashlar davrida ikkalasi ham hazilkashlik mahoratlarini, aqlli ekanliklarini, jozibadorliklarini va shunga o‘xshash sifatlarini zo‘r berib namoyon etishadi. Ikkalasi ham bir–birlariga nimalar yoqishi–yoqmasligini aniqlab olish harakatida bo‘lishadi. Erkak ko‘pincha ayolga nisbatan o‘ta qiziqish bildiradi. U ayolning hayotdagi hamma narsalarga bo‘lgan tuyg‘ularini bilishni va uning muammolari haqida eshitishni istaydi; u ayolni nima baxtli va mamnun qilishini bilgisi keladi.

Erkak ayolning nimalarga qiziqishini bilishga ham intiladi. U ayolni o‘ziga maftun etishni o‘rganishni istaydi. Ayolning telefon orqali gaplashishni xush ko‘rishini tushungan erkak uchrashish imkoni bo‘lmaganda o‘z vaqtida va muntazam ravishda unga qo‘ng‘iroq qiladi. Bu bilan erkak ayolni qanchalik kuchli sevishini va u haqda o‘ylashini ko‘rsatgan bo‘ladi.

Ayollar muloqot qilishni qanchalik yoqtirishmasin, ularga butun oqshom faqat o‘zlarining muammolari va yutuqlari haqida gapiradigan erkaklar yoqmaydi. Men hududimizdagi ayrim tanishtiruv klublari xizmatidan foydalanadigan bir qancha ayollarga maslahatlar berib turaman. Tanishtiruv xizmatlariga murojaatdan so‘ng ko‘pincha shunday so‘zlarni eshitaman: “Bu yigit juda mijg‘ov ekan. U faqat o‘zi haqida gapirishni biladi”.

Bu shundan dalolat beradiki, ayolning ehtiyojini qondiradigan suhbat uning o‘tkazgan kuniga, u bilan uchrashib qolgan odamlarga va – eng asosiysi – uning bu haqdagi his–tuyg‘ulariga qaratilgan bo‘lishi lozim. Ayol so‘z orqali bildiriladigan e’tiborni istaydi, biroq u xuddi shunday e’tiborni eriga ko‘rsatishga ham tayyor bo‘ladi. Ba’zan erining o‘zi haqida, nimalar qilgani haqida eshitganida ham yuragida qoniqish tuyg‘usini his etadi.

Eng muhimi shuki, ayol yonida (o‘z nazarida) uni chuqur sevadigan va u haqda g‘amxo‘rlik qiladigan erkak bo‘lishni istaydi. U shunday g‘amxo‘rlikni his etganida, o‘zi bilan gaplashayotgan erkakka yaqinlik tuyg‘usini sezadi. Ayolning ong va ruhiyatida suhbat mehribonlik namoyon etilishi bilan qo‘shilib ketgani bois u boshqa bir inson bilan yakdilligini his qiladi. U bu odam bilan bog‘liqlik tuyg‘usini o‘ziga mehr–iltifot ko‘rsatilib, suhbatlar davom etayotgan kunlar mobaynida his qilib turadi.

Mabodo er xizmat yuzasidan tez–tez shahardan chiqib turishiga to‘g‘ri kelsa, telefon muloqotni va yaqinlik tuyg‘usini asrab turishga yordam berishi mumkin. Agar u safardan qaytib kelgunicha har oqshom uyiga qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa ham, er safarga ketishidan avvalgi munosabatni tiklash uchun xotiniga ikki kun muhlat kerak bo‘ladigan holatlar uchraydi. Erlari safarda ko‘p bo‘ladigan xotinlar menga turmush o‘rtoqlari qaytib kelganidan so‘ng yana moslashib olishlari qiyin kechishini aytishadi. Ulardan biri shunday degandi: “Faqat bir yoki ikki kundan so‘ng erim bilan qovushish uchun yetarlicha yaqinlikni his etaman”.

Mening maslahatimda bo‘ladigan ko‘plab juftliklarning muammolari – hoynahoy, bu muammolarning aksariyati, – u yoki bu holatda ish bilan bog‘liq. Maxsus safarlarni talab etadigan xizmat lavozimlari, masalan, savdo–sotiq, boshqaruv, havo yo‘llari va hokazolar, asta–sekin nikohlarni buzib boradi. Agar juftlikdan birortasi hamma vaqt kelib–ketib turaversa, ikkinchisiga – agar buning iloji bo‘lsa – yakdillik tuyg‘usini saqlab qolish qiyin bo‘ladi. Agar er ham, xotin ham doimo safarda yursalar, qalb rishtalarini asrab qolish ikki barobar murakkablashib ketadi.

Muloqot vaqt talab etadi

Agar er xotinining o‘zi bilan yaqinlik hissiga ehtiyojini qondirmoqchi bo‘lsa, u buning uchun yetarlicha vaqt va e’tiborini qaratadi. Men erkak mijozlarimga xotinlari uchun har hafta to‘liq uning o‘ziga o‘n besh soat vaqt ajratishlarini maslahat beraman. Ko‘plab erkaklar menga xuddi telbaga qaragandek qarashadi yoki shunchaki kulib aytishadi: “Demak, menga bir sutkada o‘ttiz olti soat vaqt kerak bo‘lar ekan”. Odatda ko‘rinishimni o‘zgartirmay, ulardan ko‘ngil ovlab yurgan paytlarida bo‘lajak rafiqalariga qancha vaqt ajratishganini so‘rayman. O‘z ma’shuqasiga haftasiga kamida o‘ttiz olti soat vaqt ajratmaydigan har qanday bo‘ydoq tez orada uni yo‘qotib qo‘yishidan jiddiy xavfsirashiga to‘g‘ri keladi.

Xo‘sh, ko‘ngil ovlash davridagi oddiy uchrashuvlarda nimalar bo‘ladi? Juftlik birgalikda bo‘lishlari uchun asos yaratadigan biror mashg‘ulot topadi. Odatda bu raketbol o‘yini (tennisning bir turi – tarj.izohi) kabi qandaydir birgalikdagi ko‘ngilxushlik yoki kinoteatr yoxud restoranga borish bo‘ladi. Biroq mashg‘ulot eng asosiysi emas. Asosiysi, ular birga bo‘lishni va bir–birlariga o‘z e’tiborlarini qaratishni nihoyatda istashadi. Aksariyat uchrashuvlar mehribonlik namoyon etilishini va bir–birlari bilan muloqotni o‘zida aks ettiradi.

Sevishganlar birgalikda vaqt o‘tkazganlarida, ular oldida hamisha ham o‘zlari doimo anglab yetavermaydigan ikkita asosiy maqsad turadi. Ular (1) bir–birlarini yaxshiroq bilib olishgava (2) bir–birlariga qanchalik kuchli yoqishlari haqidagi tushunchani bermoqchi bo‘lishadi.

Xo‘sh, nega endi to‘ydan so‘ng bu maqsadlar yo‘qolib ketishi kerak?

O‘z nikohlarini baxtli qilishni istagan erkaklar bu vazifa va maqsadni butun umrlari mobaynida bajarib boradilar. Eng asosiysi, ular ayollar uchun uchrashuv vaqtlarini ajratishlari kerak. Mana, men o‘zim tavsiya qilayotgan o‘n besh soatni qayoqdan olyapman. Juftlik bu davr ichiga boshqa tadbirlarni ham qo‘shishi mumkin, ammo asosiy mashg‘ulot suhbat – do‘stlarsiz yoki bolalarsiz yakkama–yakka o‘zaro muloqot – bo‘lishi kerak.

Juftliklar birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazmay qo‘ysalar, ayollar odatda o‘zlariga o‘ta yoqimli va zarur bo‘lgan yaqinlik hissini yo‘qotib qo‘yadilar, Sevgi Banki esa mablag‘idan ayrila boshlaydi. Men o‘z mijoz–ayollarimdan jinsiy aloqadan yetarlicha yaqinlik va rohat olishlari uchun erlari bilan qancha vaqtni birga o‘tkazishlari kerakligi to‘g‘risida so‘rab olgach, haftasiga o‘n besh soat zarurligi haqidagi xulosaga kelganman.

Agar siz mana bu savolga qat’iy javob bera olsangiz, jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish o‘n besh soatlik maqsadning bir qismi sifatida baholanishi mumkin: “Bu mashg‘ulotimiz bir–birimizga asosiy ahamiyat qaratish uchun diqqatimizni jamlashga imkon beradimi?” Kinoteatrda uch soatlik filmni tomosha qilish ushbu mezonga to‘g‘ri kelmaydi. Sizlar tomosha vaqtida o‘zaro mehr–iltifot ko‘rsatishingiz mumkin, ammo aksariyat holatlarda faqat bir–biringizga e’tibor qaratganingizni ro‘yi–rost aytolmaysiz.

Birgalikdagi sayr, restoranga borish, sokin ko‘lda qayiqda suzish, golf o‘ynash, plyajda quyoshda toblanish – tabiatda yuz beradigan hodisalarning barchasi, – muloqot qilish uchun qulayroq. O‘zaro suhbatlashishni qiyinlashtiradigan zo‘r e’tiborni talab etuvchi har qanday ko‘ngilxushlik tadbirlari yoki haddan ziyod jismoniy mashg‘ulotlar bu hisobga kirmaydi.

Biroq mashinada birgalikda ketayotganda suhbat qilsangizlar, bu vaqt o‘n besh soatlik davrga kirishi mumkin. Agar siz farzandlaringizga yoki boshqa nimalargadir chalg‘ib qolmasangiz, birgalikda ovqatlanish vaqti ham ana shu davrga taalluqli.

Ayollar guldasta va shirinliklar had etiladigan davr mobaynida erkaklarni suhbat va mehribonlik namoyon etganlari bois sevib qolishadi. Agar juftlik ularni birlashtirgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishda davom etsalar, nikohlari mustahkam bo‘lish ehtimoli katta. Insonlar oila qurishganida, ulardan har biri bir–birlariga nikohgacha qanday mehribonlik va e’tibor ko‘rsatgan bo‘lsalar, endi ham xuddi shunday davom etishini umid qilishga haqlidir.

Afsuski, ko‘pchilik juftliklarga – aftidan, aksariyatiga, – ulardan birining yoki ikkalasining ham hatti–harakati yoxud munosabati tantanali nikoh qasamyodi o‘qilgan zahotiyoq keskin o‘zgarganidan so‘ng keng tarqalgan andazani qo‘llaydilar. Albatta, bu andazani mutlaqo aniq deb bo‘lmaydi, negaki vaziyat o‘zgarishidan avval odatda bir qancha oylar va hattoki yillar o‘tadi – biroq holat baribir o‘zgaradi. Nima uchun? Negaki odamlar nikohdan o‘tishayotganida bir–birlariga vaqt ajratishga va’da berishmaydi. O‘zimiz buni bilamiz, ammo barchamiz turmush o‘rtog‘imizni ma’lum bir andaza bo‘yicha qabul qilishga moyilmiz. To‘ydan so‘ng yuzaga keladigan uy–ro‘zg‘or tashvishlari bizni ko‘pincha sarosimaga solib qo‘yadi va sevish uchun va’da bergan insonimiz haqida g‘amxo‘rlik qilishga vaqt topolmay qolamiz.

“Men turmush o‘rtog‘imni ma’lum andaza bo‘yicha qabul qilaman” deb atalmish sindrom bizga ko‘ngil ovlash davridagi “qoyilmaqom suhbatlar” oilada nega orzularning barbod qiladigan va tushkunlik keltiradigan jo‘n muloqotga aylanishini tushuntirib beradi. Har bir er va xotin mana nimalar haqida o‘ylashlari kerak: “Turmush o‘rtog‘im men bilan oila qurganining sababi, uchrashuvlarimiz chog‘ida men qilgan barcha yoqimli holatlar butun umr davom etadi deb o‘ylagan. Men kelishuvimizning ana shu shartlarini bajaryapmanmi?”

Ko‘pchilik odamlar nikoh qurayotganlarida uchrashuv davrlarini qandaydir g‘aroyib davr deya hisoblashmaydi va to‘ydan so‘ng barchasi yomon ahvolga tushib qolishi haqida o‘ylamaydilar. Ularga uchrashuv chog‘ida yuz bergan kechinmalar yoqib qolgan bo‘lib, endi bundan umr bo‘yi lazzat olib yashash uchungina turmush qurishadi.

Albatta, to‘ydan so‘ng vaziyat o‘zgarishi mumkin. Joys bilan nikohimizning ilk yillarida tarang moliyaviy vaziyat paydo bo‘lgan. Men saboq olishni davom ettirgan holda, xotin va bolalarimni boqishim kerak edi. Joys bolalar bilan uyda o‘tirar, har bir dollarni hisob–kitob qilib yashardik. Men norozi bo‘lib o‘zimga savol berardim: “Joysga uning uchun sarf qilishi mumkin bo‘lgan pullarim muhimmi yoki men bilan o‘tkazadigan vaqtimi?” Agar men vaziyatni unga shu yo‘sinda taqdim etsam, hoynahoy, u pulni tanlagan bo‘lardi, negaki biz to‘lovlarimizni amalga oshirib, oilani ta’minlashimiz kerak edi. Bu ko‘pchilik ayollarning asosiy ehtiyojlaridan biri bo‘lib, biz uni to‘qqizinchi bobda batafsil ko‘rib chiqamiz. Xayriyatki, biz moliyaviy qiyinchiliklarning o‘rtamizga g‘ov bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadik. Men keyingi yillardagi psixologik tajribalarim mobaynida bitta haqiqatni anglab yetdim: pul yoki xizmat mavqei oilani saqlash uchun xizmat qilishi kerak, buning aksi bo‘lmasin. Men boylik yig‘ish uchun o‘zaro munosabatlaridan voz kechib, buzilib ketgan ko‘plab nikohlarni ko‘rganman. Ular oxir–oqibat nikohlarini qurbon qilib moddiy boylikka ega bo‘lishgan.

Moddiy boylik ortidan amerikacha buyuk quvlashmachoq “omad zinapoyasi”dan yuqoriga ko‘tarilgani sayin u har qanday oilaning ashaddiy dushmaniga aylanib bormoqda. Sizning nikohingizda nima birinchi o‘rinda turishi kerak: erkak va ayol o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarmi yoki yashash darajasimi? Biz hammamiz bu savolga “to‘g‘ri” javob berishni bilamiz, ammo ko‘pchilik juftliklar baribir “ aravani otning oldiga qo‘yishadi”. Ular yashash darajasini o‘z munosabatlaridan ustun qo‘yib, xato fikrlashadi: “Agar biz rivojlanib ketsak, baxtli bo‘lamiz”. Ko‘pincha buning qarama–qarshisi bo‘lib chiqadi. Ular “hayotning yuqori darajasi”ga erishadilar, ammo buning uchun dahshatli to‘lov qilishadi.

Biz Joys bilan birgalikda ko‘proq vaqt o‘tkazishga qaror qilganimiz bois hayot tarzimizda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi kerak edi. Men buyumlarga faqat moliyaviy nuqtai nazardan baho berish qanchalik noto‘g‘ri ekanini ilgari ko‘rganman, ammo har doimgidek to‘lovlarni amalga oshirib turishim kerak bo‘lgan. Bu biz uchun yashash darajamizning pasayishini bildirardi.

Ishxonada qo‘shimcha ikki soatlab ishlaydigan yoki chetda pul ishlab topadigan kishilar, nikohlari barbod bo‘lgani haqidagi shahodatnomani imzolashlari yoki hech bo‘lmaganda nikohlarini kasallikka mubtalo qilishlari mumkin. Ular o‘zaro munosabatlari yashash darajalarining eng muhim qismi ekanini tushunishlari zarur.

Suhbat nega bunchalik muhim

Biz erkak va ayollarning o‘nta asosiy ehtiyojlarini ko‘rib borganimiz sayin ularning barchasi bir–biriga qalin bog‘liq ekanini payqay boshlaysiz. Ana shu sababga ko‘ra, agar siz turmush o‘rtog‘ingizning biror ehtiyojini qondirmasangiz, bu uning boshqa ehtiyojlarini qondirish layoqatingizga ta’sir qilishi mumkin. Misol uchun, tasavvur qiling, siz juftingizni jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yoki og‘zaki muloqotsiz mehribonlik ko‘rsatishga zo‘r berib urinyapsiz. Er ham, xotin ham ehtiyoj sezadigan sevgini va chuqur jismoniy aloqalar muhitini muloqotsiz saqlab qolishning imkoni yo‘q.

Ayrim odamlar er-xotinlikning asosiy ehtiyojlarini alohida–alohida tarzda qondirish mumkin deb xato o‘ylashadi. Agar er xotini bilan gaplashishni istamasa, xavotirli hech nima yo‘q, ayol bu holatda shunchaki muloqot uchun o‘ziga boshqa sherikni topib oladi. Dastlab muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni boshqa odamga topshirgan holda, jinsiy aloqa masalasida eriga sodiq qolish maqbul holatdek bo‘lib tuyuladi. Ammo muammo shundaki, eri bilan shaxsiy munosabatlarida tuzadigan hissiy aloqalarini yo‘qotib, beixtiyor o‘z nikohini barbod qiladi. Ayol qalbining tub–tubida agar erkak bilan birga bo‘lishni istasa, uning o‘zi bilan gaplashishi kerakligini biladi.

– Jorj, gaplashib olaylik.

– Nima to‘g‘rida gaplashmoqchi bo‘lyapsan?

Jorjning bunday beg‘ubor savolini o‘z erlaridan eshitgan ko‘plab ayollar g‘azabga to‘lishlari mumkin, negaki bu bilan erkak suhbat ayolning muhim ehtiyojini qondirishidan bexabar. Agar ular o‘rtasida shunday bir muloqot bo‘lganida, erkak kishiga Merining noroziligini tushunish ancha yengil bo‘lishi mumkin:

– Meri, kel, sevgi lazzatidan bahramand bo‘laylik.

– Nimalar deyapsan, Jorj? Axir biz farzandli bo‘lishga tayyormizmi?

Biz Jorjning jinsiy aloqa qilish haqidagi taklifiga Merining javobini eshitganimizda, garchi ko‘pchilik juftliklar orasida bunday muloqotlar tez–tez uchrab tursada, gaplashib olish haqidagi taklifga Jorjning reaksiyasi ayolga qanchalik bema’ni tuyulganini yaxshiroq tushunishimiz mumkin. Nega? Menimcha, buning sababi shuki, juftlikdan bittasi boshqasining muloqotga bo‘lgan ehtiyojga qanday qarashini tushunib yetmayapti.

Jorj o‘z tabiatiga ko‘ra jinsiy aloqani yoqtirgani kabi, Meri ham o‘z tabiatiga ko‘ra suhbatlashishga mushtoqlik sezadi. Ko‘pchilik ayollarda bo‘lgani kabi, bu ehtiyoj ayolda Jorjga nisbatan romantik tuyg‘ularni his qilishiga yordam beradi, negaki ayol hayotida yuz berayotgan barcha holatlarni eri bilan baham ko‘rishi mumkin. Muloqot tufayli yaratiladigan muhit ayolga baxtni his etishiga ta’sir qiladi. Rafiqasi bilan gaplashish uchun vaqt ajratadigan erkak uning qalbiga ko‘rinmas yo‘l topadi.

Jorj muloqotga asosan maqsad sifatida emas, balki maqsadga erishish uchun vosita sifatida qaraydi. Agar u o‘zining bankdagi hisobida qay tarzda qarzdorlik oshib ketganini aniqlashni xohlasa, bu haqda Meri bilan gaplashib olishiga shubha qilmasangiz ham bo‘lar, biroq u oxirgi marta borganida bank xizmatchisi unga qanchalik iltifot ko‘rsatganini ayoli bilan muhokama qilishi dargumon. Ayollar ham suhbat amaliy ahamiyatga ega ekanligini tushunishadi, lekin odamlar bilan gaplashish ularga yoqishini kimgadir tushuntirib berishlari qiyin bo‘ladi.

Suhbat ayolning hissiy ehtiyojlarini chindan ham qondirish bilan bir vaqtda o‘zaro munosabatlarni yaratish borasidagi boshqa maqsadlarga xizmat qiladi. Muloqot juftliklarga (1) bir–birlarining ehtiyojlari haqida xabar berishlariga va (2) bu ehtiyojlarni qanday qondirishni bilib olishlariga yordam beradi. Agar er va xotin suhbat mobaynida o‘z ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zaro baham ko‘rsalar, ularning munosabatlari yanada uyg‘unlashadi. Bunday suhbatni boshlash uchun turmush o‘rtog‘ingiz nimalarni o‘ylab, nimalarni his qilayotganini so‘rang. Biror oqshom mana bunday savolni berishingiz mumkin: “Bugun kayfiyatingni nima ko‘tardi? Seni bugun nima xafa qildi?” So‘ngra esa o‘z juftingizga bugun kayfiyatingiz ko‘tarilishiga va dilingiz og‘rishiga nimalar sabab bo‘lganini aytib bering.

Sizlar bir–biringiz bilan ana shu kabi ma’lumotlarni o‘zaro baham ko‘rganingizda, umr yo‘ldoshingizning olamida nimalar yuz berayotganini bilishingiz yoki ikkalangizga ham ta’sir qiladigan vaziyatga uning reaksiyasini yaxshiroq tushunib olishingiz mumkin. Agar biror–bir harakatim xotinimga salbiy ta’sir qilsa, kelgusida bunga yo‘l qo‘ymaslik va endilikda unga yoqimli nimadir qilishim uchun bu haqda bilishim kerak.Va aksincha: agar men hammasini to‘g‘ri bajarsam, xuddi shu tarzda yoki hatto bundanda yaxshiroq yo‘sinda davom etishim uchun, bu haqda ham bilishim zarur. Juftliklar buning ustida juda uzoq yoki haddan ziyod qattiq ishlay olishmaydi, negaki hatto eng xayrli maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan hatti–harakatlar ham, mabodo bir–biringiz bilan bu kabi muloqotlarni davom ettirmasangiz, teskari natijalarga olib kelishi mumkin.

Bir–birlaridan uzoqlashishdan qanday qutulish mumkin?

Mabodo juftliklar yaxshi munosabatni saqlay olishmasa, qay tarzda o‘zgarishlari va bir–birlaridan uzoqlashib ketishlari mumkinligiga shaxsan guvohlik beraman. Biz Joys bilan turmush qurganimizda, men endigina kollejni tugatgandim, u esa ikkinchi kursni. Ikki oylik oilaviy hayotdan so‘ng Joys kollejni tugatmaslikka qaror qildi va to‘liq ish kunida kotiba bo‘lib ishlay boshladi. Men magistraturada ikki yilik saboqni yakunlaganimdan so‘ng birinchi farzandimiz tug‘ildi va Joys o‘zini butunlay uy ishlariga bag‘ishladi. Magistraturada yana uch yil ta’lim olib, ijtimoiy fanlar doktori darajasini olganimda biz ikki farzandli bo‘lgandik.

Joys musiqaga qiziqib, o‘zining musiqiy qobiliyatlarini rivojlantira boshladi, kasbiy yuksalishlarim esa o‘sha paytlarda meni psixologiyaga boshlab keldi. Ayolim taniqli xonandaga aylandi, “gospel” (masihiycha diniy qo‘shiq – tarj.izohi) uslubida yakkaxon konsert albomlarinii chiqardi, shuningdek, suxandon bo‘lib ishladi. Men psixologiyadan dars berdim, tadqiqotlar o‘tkazib, xususiy ravishda amaliy maslahatlar berishni boshladim.

Men tez orada bizda suhbat uchun mavzu deyarli qolmaganini payqadim. Men unga o‘z ishlarim haqida gapirib berishga uringanimda, rafiqam meni rosa o‘n soniya diqqat bilan tinglar va so‘ngra o‘zi haqida gapirishga tushardi. Joys o‘zining yangi muammolarini tasvirlaganida, men ham uni taxminan shuncha vaqt eshitardim. Sevgi Banki mablag‘ini yo‘qota boshladi. Ayolimning manfaati doirasi mening manfaatlarimdan kuchli farq qilardi. Vaziyat diagramma ko‘rinishida 1–suratda aks etgan holatda edi.

 

Biz qarshimizda hazilakam muammo turmaganini tushunib, uni bizga chap berib ketishidan avvalroq bartaraf etishga qaror qildik. Bizning munosabatlarimiz kasbiy yutuqlarimizdan ko‘ra ancha muhim edi. Biz tushib qolgan vaziyatni 2–suratda tasvirlangani kabi kechiktirmay to‘g‘rilashimiz zarur edi.

 

Biz ikkalamiz ham bir–birimizning hayotimiz bilan ko‘proq qiziqishga imkon qadar harakat qildik. Men musiqaga qiziqib qolganim va Joysning konsertlaridan miriqib rohatlanganim uchun uning konsertga va tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rishiga yordam berishni xohladim. O‘z navbatida, Joys badiiy mahoratini ishga solib, mening dizayner intererim bo‘ldi. U klinikadagi mening barcha ish joylarimni bezab, binomizda men o‘tkazadigan seminarlar va tantanali marosimlarda ma’muriy ishlarni bajardi.

Biz manfaatlarimizning muvofiq doirasida bir–birimizga xizmat qilishni o‘rgandik. Bu bizning yakkaxon hukmronlikka ega bo‘lib, nima qilish kerakligini bir–birimizga o‘rgatishni yoki so‘ralmagan maslahatlarni berish degani emas. Biz yangi vaziyatlarda qiziqishlarimiz doirasi tez–tez muvofiq kelayotganini payqab qoldik. Mening manfaatlarimdan qaysi biridir ayolim uchun qorong‘ilikka burkangan sirligicha qolgan bo‘lsa, aksincha holat ham xuddi shunday edi. Biroq endilikda o‘zaro baham ko‘radigan bir qancha umumiy qiziqishlarimiz paydo bo‘ldi. Bizga romantik uchrashuvlarimiz chog‘ida o‘rtamizda bo‘lgan birdamlik tuyg‘usi qaytib keldi. Sevgi Bankimizdagi hisobimiz yana ko‘paya boshladi.

Bir–birimizning ishlarimiz bilan ko‘proq qiziqib ko‘rish uchun o‘z shaxsiy qiziqishlarimiz doirasini qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Bunday tarzdagi kelishuv o‘zaro uyg‘un munosabatlarni yaratish uchun kattagina ahamiyat kasb etdi.

Asosiy holatlarni jamlaymiz:

  1. Mening o‘z qiziqishlarim doirasi bor, turmush o‘rtog‘imda esa – o‘zining. Agar qiziqishlarimiz o‘zaro bog‘lanmasa, biz faqatgina bir–birimizdan yana uzoqlashib ketishimiz mumkin.
  2. Bir sutkada faqat muayyan miqdordagi soatlar bo‘lgani uchun tanlashimga to‘g‘ri keladi: men ikkalamizga ham qiziq bo‘lgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishim yoki faqat o‘zimga yoqadigani bilan mashg‘ul bo‘lishim kerak. Agar faqat o‘zimga yoqadiganini tanlasam, bir–birimizdan uzoqlashamiz; agar ikkalamizga ham yoqadiganini tanlasam, biz yaqinlashamiz.
  3. Men o‘z qiziqishlarimni umr yo‘ldoshim bilan baham ko‘rishni boshlasam, bizda muloqot uchun ko‘proq mavzu paydo bo‘ladi. Muloqot yengil va qiziqarliroq tus oladi. Men ayolimning suhbatga bo‘lgan ehtiyojini tobora kamroq kuch sarflab qondirishim mumkin. Muloqot tabiiy va erkin ravishda kechadi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlar hattoki o‘ta oddiy eshitiladi, ammo shunisi hayron qoldiradiki, ko‘pchilik juftliklar bu haqda hanuz bilishmaydi, shekilli. Juftliklar buning o‘rniga ommabop psixologiya yo‘nalishidagi kitoblar mualliflari yoki tok–shouda to‘rtinchi yoki beshinchi marta turmush qurgan tasodifiy mehmonlar taklif etadigan bo‘lmag‘ur maslahatlarga amal qilishadi. Bunday qalbaki “maslahatchilar” erlar va xotinlarni “o‘z hududlarini saqlash” va bir–birlaridan mustaqil bo‘lib olish uchun turli xil manfaatlarni o‘zlariga tanlab olishga da’vat etishadi. Ular agarda sizlar bir–birlaringiz bilan haddan ziyod muloqot qilsangiz va o‘ta kuchli darajada bog‘lanib qolsangiz, o‘z “men”ingizni va shaxsiyatingizni yo‘qotishingiz haqidagi fikrni singdirishga urinishadi.

Men buni hozirgi kunimizda tarqalgan eng halokatli fikrlardan biri deb hisoblayman. Agar har biringizda faqat o‘z qiziqishlaringiz bo‘lsa, sizlarda qanday qilib suhbat uchun umumiy mavzu bo‘lishi mumkin? Qiziqishlarni baham ko‘rishning yana bir afzallik jihati shundaki, juftliklar bir–birlaridan alohida vaziyatda nimalar qilganliklari haqida bir–birlariga gapirib berayotganlarida suhbat uchun mavzu yanada ko‘payadi. Bu shunday bo‘lsa qaniydi – bu meni katta miqdordagi maslahatchilik ishlarimdan qutqargan bo‘lardi. Biroq mening tajribam ko‘rsatishicha, agar juftliklarning qiziqish doiralari farq qilsa, ularning bir–birlaridan uzoqlashish ehtimoli shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Men er va xotin har bir soniyada birga bo‘lib, hamma ishni birgalikda qilishlari kerak deb aytmayapman, lekin ishonchim komilki, agar ular yaxshiroq muloqotni xohlasalar, har bir oilada ikkalasi uchun ham umumiy qiziqishlar bo‘lishi kerak. Er va xotinning qiziqishlari bir–biridan kuchli farq qiladigan oilalar buzilib ketmasligi mumkin, ammo men bunday vaziyatda gullab–yashnab ketishga erishgan oilalarni kamdan kam uchratganman.

Bo‘pti, siz nikohdagi umumiy qiziqishlaringizni rivojlantirish yo‘li bilan uyg‘unlikka erishish uchun imkon qadar hamma ishni qilish hamda his–tuyg‘ular va reaksiyani tushunish uchun sizga nimalar yoqishi–yoqmasligi haqida bir–biringizga gapirish uchun suhbatlashishga vaqt ajratishga rozi bo‘ldingiz deylik. Bu maqsadlarning barchasi yaxshi, biroq qarshingizda hamon avvalgidek suhbatingizni ijobiy va foydali qilish vazifasi turibdi. Ko‘plab juftliklar, ehtimol, o‘tmishda salbiy yoki kamchil muloqot qilganlari tufayli bir uyum his–tuyg‘ular va komplekslar bilan kurashishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lishlari mumkin.

Xo‘sh, “yaxshi muloqot” tushunchasiga nimalar kiradi? Erlar va xotinlar ikkalasiga ham yoqimli bo‘ladigan suhbat qilishni qanday o‘rganishlari mumkin? Ular bir–birlarining Sevgi Bankidagi o‘z hisoblarini bo‘shatishni emas, balki to‘ldirish lozimligini qanday o‘rganib olishadi?

Er-xotinlar o‘rtasidagi muloqot mavzusiga bag‘ishlangan behisob kitoblar mavjud bo‘lib, mazkur bobning hajmi barcha mavjud bo‘lgan mavzularni va saboqlarni yoritib berolmaydi. Ammo baribir men quyida suhbatda nimalardan nari bo‘lish va nimalarga intilish kerakligi haqidagi bir qancha maslahatlarni taqdim etaman. Men er-xotinlarga maslahat berayotganimda, bu mavzular takror va takror yuzaga qalqib chiqayotganini ko‘raman.

Yaxshi suhbatning dushmanlari

Keling, dastlab bir–biringizning Sevgi Bankingizdan hisobingizdagi sevgi birliklarini yechib oladigan salbiylikni, ya’ni yaxshi suhbatning dushmanini ko‘rib chiqaylik.

№1 dushman: Turmush o‘rtog‘ining hisobidan o‘z xohishiga erishish uchun suhbatdan foydalanish

Er va xotin bir–birlaridan nimanidir iltimos qilishsa, buning hech qanday aybli tarafi yo‘q. Biroq sizning iltimoslaringiz talabga aylanganida, haddingizdan oshgan bo‘lasiz va Sevgi Bankidagi “daromad”ingiz kamayishiga yo‘l ochib berasiz.

Siz har safar talab qilayotib, turmush o‘rtog‘ingiz bu talabingizni bajarayotganida o‘zini umuman qanday his qilishi sizga ahamiyatsiz ekanini aytgandek bo‘lasiz. Siz uchun faqat o‘z istagingizga erishish muhim. Albatta, umr yo‘ldoshingiz sizning istagingizni bajarishi to‘g‘ri va adolatli ekani haqidagi o‘nlab sabablarni keltirishingiz mumkin. Ammo aslida siz o‘z maqsadingizga erishishni xohlayapsiz, bu hatto turmush o‘rtog‘ingizga ziyon keltirgan taqdirda ham.

Biroq talab umr yo‘ldoshingizning sizga bo‘lgan sevgisini shunchaki o‘ldirib qo‘yganidan ortiqroq ishni qiladi. Shuningdek, bu holat oradan vaqt o‘tib turmush o‘rtog‘ingiz sizning xohishingizni bajarish ehtimolini ham kamaytiradi. Hattoki bir safar er yoki xotiningizni o‘z talabingizni bajarishga majbur qilsangiz ham, ishonavering, u keyingi gal sizning zarbangizga zarba bilan javob qaytarishga hozirlanib turadi. Sizning talabingiz natijasida to‘qnashuv yuzaga kelishi deyarli aniq – bu safar bo‘lmasa ham, keyingi gal. Talab nafaqat yaxshi suhbatning dushmani, balki oilada siz muhtoj bo‘lgan va hatto o‘zingiz olishga munosib bo‘lgan nimanidir qo‘lga kiritishning ahmoqona usulidir.

№2 dushman: Bir–birini jazolash uchun suhbatdan foydalanish

Turmush o‘rtog‘ining so‘z bilan jazolashi uning Sevgi Bankidagi hisobidagi katta yo‘qotishga sababchi bo‘ladi. Bu ongli ravishda yoki hissiy tarzda haqoratlashdan aslo kam bo‘lmagan holda, hatto jismoniy zo‘ravonlikdan ham ko‘proq zarar yetkazadi.

Men juftliklar bir–birlarini xafa qilish uchun atayin ravishda og‘riq qo‘zg‘ovchi jumlalarni o‘ylab topgan holatlarni bilaman. Er yoki xotin bunday jumlani aytgan zahoti, dahanaki tortishuvlar boshlanib, ikkalasi ham o‘zlarini nazorat qilolmay qolishadi va xayollariga kelishi mumkin bo‘lgan barcha haqoratlarni bir–birlariga ag‘darishadi.

Boshqa aksariyat insoniy o‘zaro munosabatlarda odatda bunday hol yuz bermaydi. Ammo oilaviy hayotda bundan qochib qutulib bo‘lmaydi; vaqt o‘tgan sayin dahanaki janglar tufayli yetkazilgan eski xafagarchiliklar nikohda birga yashayotgan insonlarni bir–birlaridan nafratlanishga majbur qiladi.

Agar siz g‘azab yoki xafagarchilikni his qilayotgan bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingizga orzu–maqsadlaringizni tasvirlab, o‘z his–tuyg‘ularingizni bildiring. Lekin yodingizda bo‘lsin: hech qachon so‘z bilan jazolashdan foydalanmang. Bu holat turmush o‘rtog‘ingiz kelajakda sizning ehtiyojlaringizni qondirishni istamay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

№3 dushman: O‘z fikrlarini majburan o‘tkazish uchun suhbatdan foydalanish

Faqat ayrim suhbatlargina kimdir sizga o‘z fikrini o‘tkazishga urinishidan ko‘proq darajada jahllantirishi mumkin. Bunday odam o‘zingiz qaror qabul qilishga haqli ekaningiz bahosini o‘ziga qabul qilishga qodir emas. Agar umr yo‘ldoshingiz his–tuyg‘ularingizni tushunishini xohlasangiz, ularni qandaydir tarzda ifoda etish kerak. Ammo sizning tuyg‘ularingizning tushunilishi turmush o‘rtog‘ingiz o‘z shaxsiy qarashlari yoki fikrlaridan voz kechishini talab etmasligi lozim.

Hech qachon er yoki xotiningizni o‘z fikringizga ko‘ndirishga majbur qilmang. Mabodo siz kelisha olmasangiz, uning fikrini hurmat qilishni o‘rganing va bu fikrining boshlang‘ich sabablarini yaxshiroq tushunishga intiling. Oxir–oqibat bu kabi hurmat Sevgi Bankidan birliklar yo‘qolishini xavfini tug‘dirmay, o‘z nuqtai nazaringizni aytish uchun katta imkoniyat beradi.

№4 dushman: O‘tmishdagi yoki hozirgi vaqtdagi xatolarga to‘xtalish

Ko‘pchilik odamlar oilada yoki undan tashqarida ta’na–malomatlardan, tanqid va e’tirozlardan xafa bo‘lishadi. Agar boshqalar bizga xatolarimizni ko‘rsatishsa, ko‘pincha o‘z omadsizligimizni oqlashga yoki aybni kimgadir ag‘darishga urinamiz.

Aksincha, bizga qadrli bo‘lgan inson o‘zining biror–bir ehtiyoji qondirishini iltimos qilsa, biz odatda, yordam berishdan xursand bo‘lamiz. Toki bizni tanqid qilmagunlaricha, biz boshqalarning hatti–harakatlarimizdagi o‘zgarishlarga ko‘nikishlariga bajonidil yordam berishimiz mumkin.

Xatolarni isbotlash oson emas. Bir kishiga xato bo‘lib tuyulgan nimadir boshqa odamning nuqtai nazarida to‘g‘ri bo‘lib tuyulishi mumkin. Aksincha holatda, biz boshqa odamning ehtiyojlarini qoniqtirmay qolishimizni osonroq tushunamiz. Agar xotinim Joys menga jahlim chiqayotganini aytsa, men bu gapni to‘g‘ri ma’noda qabul qilishim kerak. Vaholanki oxir–oqibat uning his–tuyg‘ularini uning o‘zidan boshqa hech kim yaxshiroq muhokama qilolmaydi. U bunday e’tiroz bildirganida, bu uning meni tanqid qilishga majbur ekanini bildirmaydi – aksincha, ayolim bu bilan mening harakatlarim uning his–tuyg‘ulariga qanday ta’sir qilayotganini ko‘rsatmoqda. Mening unga g‘amxo‘rlik qilishim – bu talab emas, balki in’om. Agar uning his–tuyg‘ulari menga ahamiyatsiz bo‘lmasa, men uning ehtiyojlari qondirilishi uchun o‘zimni qanday tutishim kerakligini o‘rganishimga u yordam berishi kerak. Biroq ayolim mening hatti–harakatlarimda ana shunday o‘zgarishlarni talab etsa, demak, u mening g‘amxo‘rligim va saxiyligimni faqat majburiyatimdek qabul qiladi va men bu holatda himoyalanishni istab qolaman.

Shu tariqa, Uillard Xarlining Nikoh haqidagi Uchinchi Qonuni shuni bildiradi:

Sevadigan er-xotinlar

o‘zaro sevgi ila suhbat qilishadi

Yaxshi suhbatning do‘stlari

Endi esa Sevgi Bankidagi hisobingizda sizga sevgi birliklarini qo‘shishi mumkin bo‘lgan yaxshi suhbatning do‘stlarini ko‘rib chiqaylik.

№1 do‘st: Qiziqishni namoyon etish -

sevimli mavzularda o‘zaro suhbatlashish uchun

Men juftliklarga maslahat berish amaliyotim mobaynida hatto eng tund odamlar ham muayyan bir mavzular muhokamasida gapga tushib ketganlarini kuzatganman. Ayollar odatda jimgina yuradigan erlari yaxshi do‘stlar davrasiga tushib qolishganida o‘z qobiqlaridan chiqishlarini payqashlari mumkin.

Men bir marotaba ajrashmoqchi bo‘lgan juftlikka maslahat bergandim. Ajrashish sababi – xotin erining sukut saqlab yurishiga aslo ko‘nika olmayotgan ekan. Xonamda men bilan yolg‘iz qolganida bu erkak shunchalik gapga tushib ketdiki, to‘xtatish amrimahol edi. Biroq xotini xonaga kirib kelganida, u jim bo‘lib qoldi. Qizishlarning muayyan doirasi haqida gap boshlanganda, erkakda yana gapirish istagi paydo bo‘ldi. Biz bu mavzuga to‘xtalganimiz zahoti, u suhbatni turli xil boshqa mavzularda ham davom ettirdi.

Ko‘pchilik odamlar uchun muloqotni “motorni qizdiradigan” mavzular orqali boshlash kerak bo‘ladi. Suhbat boshlanganidan so‘ng ular boshqa qiziqarli mavzularga o‘tishlari va mamnuniyat bilan muloqotni qo‘llab–quvvatlab turishlari mumkin.

№2 do‘st: Suhbatning teng kechishi

Men yuqorida keltirib o‘tgan holatda er va xotindan ulardan har biri qancha vaqt gapirishini baholashlarini so‘radim – xotin o‘n daqiqalik suhbat mobaynida eriga taxminan besh daqiqani berishi berishi kerak edi. Ayol dastlab erining bu vaqt ichida hech nima demasligini kutgandi. Biroq ular erning qiziqarli mavzusidan gap ochganlari zahoti, erkak suhbatning o‘ziga tegishli qismini oson uddalab qo‘ydi. Xotindan bu suhbatni muvozanatga keltirish va erga muloqot chog‘ida teng miqdorda vaqt berishini so‘ragunimcha, eri gapirayotganda ayol gapni tez–tez bo‘lib turayotgandi.

Muloqot davomida turmush o‘rtog‘ining ham gapirib turishiga imkon bermaydigan odam unda yoqimsiz odatni – sukut saqlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Agar siz yaxshi muloqotni istasangiz, o‘z navbatida, boshqalarning ham gapirishiga imkon bering. Turmush o‘rtog‘ingiz so‘zni boshlashi uchun balki ikki–uch soniya kifoya qilishi mumkin, lekin siz unga kerak bo‘lganicha vaqt bering. Shuningdek, umr yo‘ldoshingiz o‘z fikrini izohlab bo‘lmagunicha, uni kutib turish kerakligini unutmang.

№3 do‘st: Suhbatdan foydalanish -

ma’lumotni xabar qilish, qabul qilish va umr yo‘ldoshini tushunish uchun

Er-xotinlar o‘rtasidagi suhbatni boshlashning eng qimmatli usullaridan biri – hissiy yaqinlikni yaratishdir. Siz muloqot uchun tanlaydigan mavzu munosabatlaringizning yaqinligiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.

Agar sizning munosabatlaringiz yuzaki bo‘lsa, hoynahoy, bir–biringizga moslashishga o‘rganishingiz uchun yordam beradigan suhbatlardan qochayotganga o‘xshaysiz. Siz bir–biringizga atayin soxta ma’lumotlar berishingiz mumkin. Siz ma’lumot olishga xalaqit berishingiz mumkin. Siz turmush o‘rtog‘ingiz uchun tushunarli inson bo‘lishdan qo‘rqishingiz mumkin. Bu oddiygina zaifliklar bir–biringizning ehtiyojlaringizga moslashishga jiddiy va halokatga darajadagi imkonsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Agar nikohingiz to‘laqonli bo‘lishini istasangiz, ma’lumotlarni xabar qilish va qabul qilish, umr yo‘ldoshingizni tushunish uchun muloqot qilishga muayyan vaqt ajratishingiz lozim.

Bir–biringizni o‘z qiziqishlaringiz doirasiga kiritishga harakat qilib, o‘z ko‘ngil ochar o‘yinlaringiz va mashg‘ulotlaringiz haqida bildiring. Har kunlik mashg‘ulotlaringiz va kelgusi rejalaringiz haqida taqvim yuritib, bu haqda bir–biringizga ma’lum qiling. Hayotingizni o‘z turmush o‘rtog‘ingizdan yashirmang.

Bir–biringizni o‘zgartirishga urinmagan holda, his–tuyg‘ularingiz va fikrlaringizni o‘rtoqlashing. Sizlar hech qanday o‘zgarishlarni aslo kutmasdan, bir–biringizdan ko‘p narsalarni o‘rganishingiz mumkin. Agar siz turmush o‘rtog‘ingizning his–tuyg‘ulari va fikrlarini tanqid qilsangiz yoki masxara ostiga qo‘ysangiz, kelajakda bularni ifoda etishi unga og‘ir bo‘ladi. Buning o‘rniga bir–biringizni ko‘proq ochiq va hissiyotli bo‘lishga, hurmat va e’tibor ko‘rsatishga rag‘batlantiring.

Bir–biringizning hayotiy asoslaringizni– sizlarni nimalar quvontirib, nimalar qayg‘uga solishini – tushunishni o‘rganing. Bir–biringizda ijobiy tuyg‘ular uyg‘otib, salbiy hislardan qochish uchun har biringizda “issiq” va “sovuq” tugmachalar qayerda joylashganini aniqlang. Turmush o‘rtog‘i haqida g‘amxo‘rlik qilishning eng ajoyib usullaridan biri – o‘z hatti–harakatingizni shunday o‘zgartiringki, bu o‘zgarishlar umr yo‘ldoshingizni tashvishlardan qutqarib, unga quvonch olib kelsin.

№4 do‘st: Bir–biriga bo‘lgan alohida e’tibor

Er uchun xotinini qattiq jahllantiradigan eng oddiy usullardan biri – futbol o‘yini tomoshasi vaqtida suhbat qilishdir. Ayol erining faqat unga e’tibor bermayotganidan jahli chiqadi. Erni bu paytda ko‘proq futbol qiziqtiradi.

Xotinga zarur bo‘lgan muloqot erning unga nisbatan alohida diqqat–e’tiborini talab etadi. Men ushbu bobda aytib o‘tganimdek, juftliklar faqat bir–birlariga e’tibor qaratish uchun haftasiga o‘n besh soat vaqtlarini ajratishni tavsiya qilaman. Ana shu paytda futbol tomosha qilmang!

Erkak va ayollar o‘rtasidagi muloqot uchun foydali maslahatlar

Erkak g‘amxo‘r turmush o‘rtog‘i sifatida xotini bilan suhbat qilganida, ayolga o‘z qalbidagi eng ardoqli his–tuyg‘ularini baham ko‘rishiga imkon beradi. Erkak suhbat chog‘ida uning ko‘plab ehtiyojlarini qondirishni o‘rganadi. Ammo suhbatning o‘zi ham nikohdagi ayolning muhim ehtiyojlaridan qondiradi: ayol erining u bilan muloqot qilishini istaydi, xolos.

Men ushbu bobni o‘z rafiqangizga suhbat yordamida qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatishingiz mumkinligi haqidagi ro‘yxat bilan yakunlayman. Biz ularning barchasini ko‘rib chiqqandik: endi ularni amalga kiritish vaqti keldi.

  1. Avval uchrashib yurganlaringizda hammasi qanday bo‘lganini eslang. Siz ikkalangiz ham bir–biringizga shunday qiziqishni namoyon etishingiz va muloqot chog‘ida – ayniqsa o‘z tuyg‘ularingiz haqida – aytishlaringiz kerak.
  2. Ayol o‘z tashvishlari va qiziqishlari haqida kim (ayolning fikricha) uni chindan sevsa va u haqda g‘amxo‘rlik qilsa, o‘sha bilan suhbatlashishga chuqur ehtiyoj sezadi.
  3. Erkaklar, agar ish sizlarni surunkasiga bir necha kunlab uyga borishingizga imkon bermasa, ish joyingizni o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘ring. Agar siz bunday qilolmasangiz, uyga qaytganingizda xotiningiz sizning yoningizda o‘zini qulay his qilishi uchun, oilangizda yaqinlik hissini tiklash usullarini toping. ( Agar xotin xizmat safarlarida ko‘proq yursa, unga ham shu qoidani qo‘llaymiz.)
  4. Bir–biringizga alohida e’tibor ko‘rsatish uchun turmush o‘rtog‘ingiz bilan tanholikda haftasiga o‘n besh soat vaqt o‘tkazish qoidasini qo‘llang. Ushbu vaqtning katta qismini erkin, ammo mazmunli suhbat bilan o‘tkazing.
  5. Aksariyat ayollar o‘zlariga muloyim munosabat ko‘rsatadigan va suhbat uchun vaqtini ayamaydigan erkaklarni sevib qolishlari yodingizda bo‘lsin. Ular bu ehtiyojlarini qondirishda davom etadigan erkaklarni sevishdan to‘xtamaydilar.
  6. Moddiy farovonlik muloqotga tegishli bo‘lgan vaqtning o‘rnini bosmaydi. Agar tanho qolib gaplashish uchun vaqtingiz bo‘lmasa, demak, o‘zingizga kerak bo‘ladiganlarini joy–joyiga qo‘ymabsiz.
  7. Hech qachon suhbatdan jazo tariqasida (xo‘rlash, haqorat qilish, qarg‘ish yoki achchiq tanbehlar) foydalanmang. Muloqot quruq gap–so‘zlar emas, balki amaliy tarzda bo‘lishi kerak.
  8. Hech qachon turmush o‘rtog‘ingizni o‘z fikringizga rozi qilishga majburlaydigan suhbat o‘tkazmang. Umr yo‘ldoshingizning his–tuyg‘ulari va fikrlarini hurmat qiling, ayniqsa, ular siznikidan farq qilganida.
  9. Hech qachon bir–biringizning o‘tgan xatolaringizni eslatadigan suhbat qilmang. Shuningdek, hozirgi xatolarga o‘ralashib qolmang.
  10. Bir–biringiz bilan suhbatlashish uchun har qanday mavzuga qiziqish bildiring.
  11. Muloqotlaringizda muvozanatni saqlashni o‘rganing. Bir–biringizni gapingizni bo‘lmaslikka va turmush o‘rtog‘ingiz gapirib olishi uchun teng miqdorda vaqt berishga harakat qiling.
  12. Bir–biringizni tushunish, ma’lumotni xabar qilish va qabul qilish uchun suhbatdan foydalaning.

Siz xotiningizning suhbatga bo‘lgan ehtiyojini qondirganingizda, bir–biringizni yaqqolroq tushunishni boshlaysiz va bir–biringizning ehtiyojingizni qondirish uchun nimalar talab qilinishini bilib olasiz. Bu o‘z navbatida, romantik sevgi his–tuyg‘ularini hosil qilib, bir–biringizning Sevgi Bankingizdagi hisobni to‘ldirishingiz uchun imkon beradi. Muloqot mahorati – bu zaruriyat, agar bir–biringiz uchun eng kerakli inson bo‘lishni istasangiz, albatta.

Erkak uchun savollar:

  1. Rafiqam bilan suhbatlashish uchun vaqt ajratamanmi? Birgalikda o‘tkazadigan vaqtimiz o‘n besh soatga yaqinlashadimi? Nimanidir o‘zgartirish kerakmi?
  2. Men xotinimning qiziqishlarini baham ko‘ramanmi? Qanday qilib to‘g‘ri yo‘lga tushishim mumkin?
  3. Ish meni xotinimdan chalg‘itib qo‘ymayaptimi? Qay tarzda o‘zgarishim mumkin?

Ayol uchun savollar:

  1. Romantik uchrashuvlarimiz davridagi nimalardir menga yetishmayaptimi? Biz hozir ham xuddi avvalgidek muloqot qilyapmizmi?
  2. Men suhbatimizga xalaqit beradigan nimadir qilyapmanmi? Mening ishim xizmat safarlari bilan bog‘liqmi? Men haddan ziyod ko‘p gapirmayapmanmi? Bunday vaziyatni to‘g‘rilash uchun nimalar qilishim mumkin?
  3. Men o‘zimning qaysi qiziqishlarimni erim bilan baham ko‘ryapman? Biz nima haqda gaplashyapmiz? Qiziqishlarimizning biz baham ko‘rishimiz zarur bo‘lgan yana qandaydir taraflari bormi?

Er-xotin uchun mulohazalar:

  1. Bizning qiziqishlarimiz doirasi bir–biridan butunlay farq qiladimi yoki qaysidir taraflama mos tushadimi? Agar mos tushsa, bizning o‘zaro manfaatlarimiz qanday bo‘ladi? Biz bu haqda yetarlicha gaplashib olyapmizmi?
  2. Haftasiga o‘n besh soatni bir–birimiz bilan chinakamiga muloqot qilib o‘tkazishga harakat qilish uchun o‘z jadvalimizni qanday qilib qayta tuzib chiqish mumkin?
  3. Biz oiladagi muloqotni yaxshilash uchun mazkur bobda keltirilgan qaysi foydali maslahatlarni qo‘llashimiz mumkin?

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак