Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha) Kitob O'zbek tilida
Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish
Mundarija
Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi
Kirish
1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?
2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?
3. Mehribonlik namoyon etilishi
4. Jinsiy qoniqish
5. Suhbat
6. Birgalikdagi hordiq
7. Rostguylik va ochiqlik
8. Jozibador rafiqa
9. Moliyaviy madat
10. Honadon sarishtaligi
11. Ota-onalik burchlarining bajarilishi
12. Zavq - shavq
13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?
14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha
NOMUVOFIQLIKDAN JOZIBADORLIKKACHA
Biz kitobimiz yakunida ikkita muhim so‘zni qisqacha o‘rganib qo‘yishimiz zarur, ular: nomuvofiqlik va jozibadorlik.
Mazkur so‘zlarning tafsifida ushbu kitobda bayon etilganlarni oilaviy hayotga qo‘llash va tushunish kaliti bor. Amerika merosi Lug‘atiga (Amerisan Heritage Dictionary) ko‘ra, nomuvofiqlik “bir–biriga to‘g‘ri kelmaydigan, murosasiz” ma’nolarini anglatadi. Jozibadorlik so‘zi esa “juda istarasi issiq” ma’nosiga ega.
Er va xotin bir–birlari bilan kelisha olishmasa, ularni nomuvofiq deb aytish mumkin. Biroq ularni qachonlardir bir–birlari uchun jozibador bo‘lishgan deb ham aytish mumkin. Ular bir–birlarida jozibadorlikni topganlari uchun bir umrlik nikoh majburiyatini o‘z zimmalariga olganlar. Dastlab bir–birlari uchun jozibador bo‘lgan juftliklar o‘zaro ehtiyojlarni qondirmay qo‘yishganida muvofiq bo‘lmay qolishadi. Boshqa uchinchi kishi bu ehtiyojlarni qondirishni taklif etganida esa nikohdan tashqaridagi ishqiy aloqalar boshlanadi. Endi o‘sha xushtor yoki ma’shuqa “jozibador”ga aylanadi.
Ammo jazmanga bu unvonni berish juda ham to‘g‘ri emas. Jazman kamdan kam hollarda “butunlay jozibador” bo‘ladi. Nikohdan tashqaridagi aksariyat ishqiy munosabatlarda o‘ynash bevafo turmush o‘rtoqning faqatgina ayrim – odatda bitta yoki ikkita – asosiy ehtiyojlarini qondiradi, xolos. Aldangan turmush o‘rtoq esa avvalgidek uch yoki to‘rtta asosiy ehtiyojlarini qondirishda davom etadi. Men bevafo turmush o‘rtoq xiyonat to‘riga ilinib qolganida, ikkala kishiga ham – uyda o‘tirgan juftiga ham, jazmaniga ham kuchli ehtiyoj sezishini takror va takror ko‘rsatib o‘tishga urinaman. Ulardan birortasini yo‘qotishga toqat qilib bo‘lmaydigandek tuyuladi.
Mening ba’zi mijozlarim vaziyatga ko‘nikib, ulardan birini tanlashning uddasidan chiqishgan. Kimdir turmush o‘rtog‘ini tanlaydi, kimdir esa xushtorini yoki ma’shuqasini. Ular har qanday holatda ham aybdorlik va uyat tuyg‘usini emas, balki azob va alam tuyg‘usini his etishni boshlaydilar. Ular o‘zlarini ruhan tushkunlikda his qilishadi va shu kayfiyatda yurishadi, negaki ular tashlab ketgan kishilar avval qaysidir ehtiyojlarini qondirib kelishgandi, endi esa ana shunday qoniqishdan bebahra qoldilar.
Misol uchun, xiyonatkor er xotinining oldiga qaytishga qaror qilganida, o‘z oilasi uchun katta qurbonlik qilganligini kamdan kam his qiladi. Aksariyat holatlarda u jinsiy qoniqishdan voz kechishga majbur, ehtimol, hayotida ilk bora bunday qoniqishni olgan bo‘lsa ham. “To‘g‘ri yo‘l tutganligi” haqidagi har qanday yoqimli tuyg‘u nikohdan tashqari aloqalari tufayli olgan azoblarini yoki ranj–alamlarni bosishga kuchsizlik qilib qoladi.
Agar bu bevafo er ma’shuqasini tanlasa, o‘zini sevgan va unga g‘amxo‘rlik qilgan xotinini tashlab ketgani uchun gunoh va uyat tuyg‘ulari bilan yashashga majbur. Mabodo ularning farzandlari bo‘lsa, aybdorlik va uyat hissi ko‘p bora ortadi. Televizion tok–shoular va ommaviy psixologiya bo‘yicha kitoblar ajrashish bolalarga go‘yo shikast bermay qo‘yishi haqidagi yolg‘onlarni tarqatishadi. Ayrim istisno holatlarda ajrashish ikkita yomonlikdan – misol uchun, juftlikdan birortasi ichkilikboz yoki ruhiy kasalligi tufayli farzandiga (turmush o‘rtog‘iga) shafqatsiz munosabatda bo‘lish – kamroq yomon bo‘lganini tanlash bo‘lishi mumkin, ammo juda ko‘p hollarda ota–onaning ajrashib ketishi bolalarga salbiy ta’sir o‘tkazganini kuzatganman. Bundan boshqacha o‘ylash nafaqat ahmoqlik, balki shafqatsizlik hamdir.
O‘z tajribamga asosan aytishim mumkinki, g‘ayrinikohiy aloqalar to‘riga ilingan turmush o‘rtoq o‘z jufti bilan o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etib, oilaviy hayotini qayta tiklamoqchi bo‘lganida o‘z kechinmalarini osongina yengib o‘tadi. Oilaviy hayotlarini yaxshilash o‘rniga undan voz kechgan mijozlarim bas kelib bo‘lmaydigan aybdorlik hissini boshdan kechiradilar va nikohda baxtli bo‘lishni o‘rganish imkonini boy berib qo‘yishadi. Ulardan ko‘pchiligi oradan yillar o‘tib endi yangi oilaviy turmushlarida o‘z xushtorlari yoki ma’shuqalari bilan yuzaga kelgan o‘sha muammolar bilan oldimga kelishadi. Ular bu muammoni hal etishgach, bu qoidalarni birinchi nikohlari uchun ham qo‘llash mumkin bo‘lganligini tushunib yetishadi.
Nomuvofiqlikka qarshi dori: bir–birining muhim hissiy ehtiyojlarini muntazam qondirib borish
Nomuvofiqlikka qarshi eng tez ta’sir qiladigan dori va jozibador bo‘lish uchun eng to‘g‘ri usul – juftlik bir–birining muhim hissiy ehtiyojlarini qondirishidir. Baxtli juftliklar bu qoidadan xabardor va ular o‘z nikohlariga yuqori ustunlik berishgan. Bunday juftliklar harakat qilibgina qolmay, balki bu harakatlarni zarur bo‘lgan joyda amalga oshirishadi.
Men ushbu qoidaning amaliy harakatlarini turlicha vaziyatlarda ko‘rdim. Misol uchun, bir vaqtlar Tvin Sitiz tumanida tanishuvlar byurosini boshqarganman. Tanishuvlar byurosi umumiy qizishlari bo‘lgan odamlarga yordam berish va bir–birlarini topishlari maqsadida tashkil etilgandi. Men mazkur byuroni ochganimdan so‘ng juda jiddiy muammoni payqadim. Ariza bergan odamlar (ular besh yuzga yaqin edi) o‘zining ikkinchi yarmi bilan shunchaki uchrashmoqchi bo‘lgan kishilar sonidan ko‘proq bo‘lishi kerak edi. Ularning deyarli barchasi boshqasining ehtiyojini qondirishni bilmasdi. Shunday bo‘lsada, ulardan har biri o‘zining ehtiyojini qondirib, g‘amxo‘rlik qilishni biladigan boshqa odamni zo‘r berib izlardi. Ular faqat o‘zlariga xudbin va his–tuyg‘usiz odamlar duch kelishi haqida shikoyat qilishardi. Va albatta, ular o‘z xudbinliklarini va boshqalarga befarq ekanliklarini payqashmasdi.
Men shu bois tanishuvlar byurosini yangidan tashkil etdim. Mijozlarimga o‘zlari uchun juft tanlashda yordam berish o‘rniga endi ularni tanlashlari uchun munosib bo‘ladigan odamlarga aylanishlariga yordam berishni boshladim, bu borada ularni qarama–qarshi jins vakillari uchun jozibador qiladigan ko‘nikma va boshqa sifatlarini rivojlantirishga ahamiyat qaratdim.
Tanishuvlar byuromning ayrim mijozlari yangicha mohiyat bilan qiziqib qolib, boshqa odamlarning ehtiyojlarini qondirishni o‘rganish uchun zaruriy hatti–harakatlar qilishdi. Bu erkak va ayollarning hayotida tanishuv byurosi hayratomuz o‘zgarishlar qildi. Umuman aytganda, ular o‘zlarini kimgadir taqdim etish uchun tanishuv byurosining yordami endi kerak emasligini tushunib yetishdi. Ular qayerda bo‘lishmasin, yana o‘zlashtirib olgan qobiliyatlari bu odamlarni qarama–qarshi jins vakillari uchun yoqimli qilib qo‘ydi. Byuromning ko‘plab mijozlari ikki yilning oralig‘ida oilaviy hayot qurishga erishdilar.
Ishonchim komilki, ajrashishlarning yuqori darajada ekaniga sabablardan biri – jamiyatimiz odamlarni boshqalarning, ayniqsa umr yo‘ldoshlarining ehtiyojlarini qondirishga o‘rgatmaydi. Nikoh – bu oxir–oqibat hamma kiradigan oddiygina umumiy institut emas, negaki inson “sevib qoladi hamda uzoq va baxtli yashaydi”. Biz toki nikohga qarama–qarshi jins vakilining ehtiyojini qondirish layoqatini talab etadigan murakkab o‘zaro munosabatlar tariqasida qarashni boshlamas ekanmiz, ajrashishlar haqidagi tashvishli ma’lumotlarni kuzatishda davom etaveramiz.
Bolalarni erta yoshligidan boshlab oilaviy turmush qurganlarida o‘zlari to‘qnash keladigan orzu–havaslarni va ehtiyojlarni qondirishga o‘rgatish lozim. Biz juftliklarning qanday qiyinchilik bilan oilani saqlab qolishayotganiga yoki nikohdan tashqarida ishqiy aloqalarga berilib ketishiga xotirjam qarab turishimiz mumkin emas.
Mazkur kitob ko‘p taraflama odamlar “bebaxt” nikoh deb ataydigan, xiyonat va ajrashish bilan yakunlanadigan nikohlar mavzusini yoritadi. Men xiyonatdan qanday qochish va uni yengib o‘tish borasida maslahatlar berishga intildim. Biroq siz oddiy va baxtli oilada juftliklarni jozibador qiladigan bu maslahatlardan amalda foydalanishingiz mumkin. Xayriyatki, siz “jozibador” bo‘lishni orzu qilish bilan cheklanib qolishingiz shart emas, umid qilamanki, aynan shunday bo‘ladi, agar siz o‘zingizga yaxshi shampun, dezodorant yoki atirni tanlay olsangiz, albatta. Keling, qanday qilib jozibador inson bo‘lish haqida qisqacha tushuncha olaylik.
Beqiyos erkak
Har qanday er beshta asosiy hissiy ehtiyojlarni qondirib, rafiqasi uchun beqiyos bo‘lishi mumkin.
- Mehribonlik ko‘rsatish. Er so‘zlar, otkritkalar, gullar, sovg‘alar va oddiy takalluflar bilan rafiqasini sevishini bildiradi. U xotiniga bo‘lgan sevgisini aniq va muntazam ifoda etadigan mehribonlik muhitini yaratgan holda uni kun mobaynida ko‘p bora quchoqlab o‘padi.
- Muloqot. U har kuni xotini bilan gaplashish uchun vaqt ajratadi. Ular hayotlaridagi turli voqealar, bolalari, his–tuyg‘ulari yoki rejalari haqida suhbat qilishlari mumkin. Ular nima haqda gaplashishmasin, ayol muloqotdan zavq oladi, negaki bu suhbat hech qachon yuzaki bo‘lmaydi, balki ma’lumotlar almashinadigan va amaliy bo‘ladi. Ayol xohlaganicha eri bilan suhbatlashadi, er esa bajonidil javob beradi. Er “shunchaki gaplashib qo‘yish” uchungina o‘ta band bo‘lmaydi.
- Rostgo‘ylik va ochiqlik. Er kelgusida o‘ziga noqulaylik keltirishi mumkin bo‘lgan biror nimani tashlab o‘tmasdan, xotiniga hamma narsani aytib beradi. U rafiqasi bilan o‘zining ijobiy va salbiy hissiyotlarini baham ko‘radi, o‘tgan voqealarni, har kunlik ishlarini va kelgusi rejalarini tasvirlab beradi. U xotinini hech qachon yolg‘on tasavvurlar bilan qoldirmaydi va o‘z fikrlari, tuyg‘ulari, maqsadlari va hatti–harakatlari haqida rostini aytadi.
- Moliyaviy qo‘llab– quvvatlash. Er oilasini turar joy, oziq–ovqat va kiyim–kechak bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Agar oilani eng zaruriy narsalar bilan ta’minlash uchun daromadi yetarli bo‘lmasa, u bu muammoni daromadini oshirish maqsadida kasbiy malakasini oshirish orqali hal etadi. U xotini va bolalari bilan o‘tkazadigan vaqtini qo‘shimcha ishlashga sarflamaydi, lekin haftasiga qirq besh soatdan ishlab zaruriy qo‘llab–quvvatlashni ta’minlashga qodir bo‘ladi. Garchi u xotinini xizmat mavqei yuksalishiga rag‘batlantirsada, oila xarajatlarini qoplash uchun uning maoshiga ko‘z tutmaydi.
- Otalik majburiyatlarining bajarilishi. U farzandlarining ahloqan rivojlanishi va ta’lim olishi uchun yetarlicha vaqt hamda kuch sarflaydi. U bolalariga kitob o‘qib beradi, sport bilan shug‘ullantiradi va tez–tez turli tadbirlarga olib boradi. U adabiy asarlar o‘qiydi va tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida xotini bilan birgalikda bolalarni rivojlantirish mavzusiga oid ma’ruzalarni tinglash uchun boradi. Ular o‘zaro kelishib olmagunlaricha tarbiya usullaridan ko‘zlangan maqsadlarni muhokama qilishadi. Er xotini ma’qullamagan hech qanday jazo choralarini qo‘llamaydi. U o‘zining bolalarga g‘amxo‘rlik qilishi ayoli uchun juda muhim ekanligini tan oladi.
Xotin erida beshta fazilatlarning barchasini ko‘rganida, er uning uchun beqiyos erkakka aylanadi. Biroq ehtiyot bo‘ling: mabodo er beshta fazilatdan faqat to‘rttasini namoyon etsa, xotin avvalgidek bo‘shliqni his etadi hamda qat’iy va muntazam ravishda bu bo‘shliqning to‘ldirilishini talab etadi. Masala beshta asosiy ehtiyojlarni qondirishga borib taqalganida, 800 ball yig‘ish kamlik qiladi. Har bir er 1000 ball to‘plashga intilishi kerak.
Jozibador ayol
Ayol erining beshta eng muhim ehtiyojlarini qondirganida, uning uchun jozibador xotinga aylanadi.
- Jinsiy aloqadan qoniqish. Xotin erining ehtiyojini qondirib, uning uchun ajoyib to‘shakdoshga aylanadi. Ayol o‘ziga nima ko‘proq lazzat bag‘ishlashini anglash va tushunish uchun o‘z shahvoniy reaksiyasini o‘rganib chiqadi. So‘ngra bu ma’lumotlarni eri bilan baham ko‘radi va ular jinsiy munosabatlarda bir–birlariga doimo huzur–halovat baxsh etishni birgalikda o‘rganadilar.
- Birgalikdagi hordiq. Xotin erining sevimli mashg‘ulotlari bilan qiziqa boshlaydi va ularga imkon qadar chuqurroq kirishib ketishga intiladi. Agar ayol bu mashg‘ulotlardan lazzatlana olmasa, erini ikkalasiga ham yoqadigan boshqa mashg‘ulotlar topishga ilhomlantiradi. Ayol ko‘ngilxushliklarda erining savimli sherigiga aylanadi, er esa xotinini hordiqning eng quvonchli damlariga oshno etadi.
- Jismoniy ko‘rkamlik. Ayol o‘zining qaddi–qomatini parhezlar va mashqlar yordamida nazorat qilib boradi, shuningdek, soch turmagi, makiyaj qiladi va eri tomonidan chiroyli va did bilan tanlangan deb baholangan kiyimlar kiyadi. Ular yolg‘iz o‘zlari bo‘lishganida xotin erini o‘ziga maftun etadi va er boshqalar nazarida shunday xotini borligidan faxrlanadi.
- Xonadon sarishtaligi. Xotin eriga hayot bosimlaridan boshpana bo‘lib xizmat qiladigan oilaviy muhit yaratadi. U xo‘jalik yumushlarini shunchalik saranjom–sarishta qilib bajaradiki, eri vaqtni xonadonda oilasi bilan o‘tkazishni istaydi.
- Zavq-shavq. Xotini erini boshqa har kimdan ko‘ra ko‘proq tushunadi va qadrlaydi. U erining iqtidori va yutuqlari haqida eslatib turadi va o‘ziga ishonchini saqlab qolishiga yordam beradi. U erini tanqid qilmaydi. Ayol majburlikdan emas, balki o‘ziga turmush o‘rtog‘i qilib tanlagan erkakka bo‘lgan chuqur hurmati bois undan faxrlanadi.
Erkak ana shu barcha beshta fazilatlarni o‘zida mujassam etgan ayolni uchratganida, uni jozibador deb biladi. Ammo erkaklar qanchalik ehtiyot bo‘lishi zarur bo‘lsa, ayollar ham ehtiyotkorlikni unutmasliklari lozim. Agar xotin erining beshta hissiy ehtiyojlardan faqat to‘rttasini qondiradigan bo‘lsa, er muammolar manbaiga aylanishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqni his qilishi mumkin. Xotin xuddi eri kabi asosiy ehtiyojlarni qondirishning 1000 ballik ko‘rsatkichiga intilishi lozim. Agar siz ulardan uch yoki to‘rttasini qondirish bilan qanoatlanib qolsangiz, o‘z eringiz uchun jozibador bo‘lolmaysiz.
O‘zining va turmush o‘rtog‘ining eng muhim hissiy ehtiyojlarini aniqlash.
Ehtimol, hozirgi yakuniy pallada ham men ushbu kitobda bayon etgan hissy ehtiyojlar siz uchun yoki turmush o‘rtog‘ingiz uchun eng muhimlari ekaniga hali ham ishonch hosil qilmagandirsiz.
Ochig‘ini aytganda, men to‘la ishonch bilan bu ehtiyojlardan qaysi biri sizga yoki turmush o‘rtog‘ingizga tegishli ekanini ayta olmayman. Shu bois buni mustaqil aniqlashingiz uchun sizlarga imkon beraman.
Men A ilovasida o‘nta hissiy ehtiyojlarning har biriga qisqacha ta’rif berdim. Navbatdagi B ilovasida siz to‘ldirishingiz mumkin bo‘lgan “Hissiy ehtiyojlar” anketasini topasiz. Bu anketa o‘nta asosiy ehtiyojlardan qaysi biri siz va turmush o‘rtog‘ingiz uchun muhimroq ekanini aniqlab olishingizga yordam beradi.
Sizdagi qog‘ozda javoblar uchun ko‘proq joy qolishi uchun “Hissiy ehtiyojlar” anketasini ko‘chirgich qog‘oz yordamida kattalatishingiz mumkin. Mazkur anketadan ikkita nusxa qilishingiz lozim – o‘zingiz va turmush o‘rtog‘ingiz uchun. Ularni to‘ldirishdan avval barcha o‘nta hissiy ehtiyojlar bilan tanishib chiqishingiz uchun A Ilovasini o‘qib chiqishni unutmang.
“Hissiy ehtiyojlar” anketasining so‘nggi sahifasida siz barcha o‘nta ehtiyojlarni ularning o‘zingiz uchun muhimligiga qarab qo‘yib chiqishingiz mumkin. Bunday toifalash turmush o‘rtog‘ingizga sizning ehtiyojlaringizni e’tiborga olishiga yordam beradi. Agar siz bu ehtiyojlarni to‘g‘ri baholab chiqsangiz, umr yo‘ldoshingiz sizni baxtli qilish uchun qaysi jabhalarga alohida ahamiyat qaratishi kerakligini biladi.
Faqat qondirilmagan ehtiyojlarni yuqori qatorlarda joylashtirish vasvasasiga berilmang. Ehtimol, eng muhim hissiy ehtiyojlaringizdan ayrimlari qondirilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu ro‘yxatdan turmush o‘rtog‘ingizning e’tiborini tortish uchun foydalanmang – undan o‘z ehtiyojingizni aniq bayon etish uchun foydalaning. Yodingizda bo‘lsin, qondirilganida sizga ko‘proq quvonch keltiradigan, qondirilmaganida esa ko‘proq qayg‘uga soladigan ehtiyojlarni siz ro‘yxat boshida keltirib o‘tishingiz lozim.
Men butun kitob mobaynida garchi erkaklar va ayollar bu o‘nta asosiy ehtiyojlarning aksariyatini baham ko‘rishsalarda, ularda bu ehtiyojlarga bo‘lgan ustunlik odatda qarama–qarshi ekanligini gapirib keldim. Erkaklar ro‘yxat boshida qo‘ygan beshta ehtiyojni ayollar oxirida joylashtirishadi, ayollar uchun muhimroq bo‘lgan beshta ehtiyojni esa erkaklar hammasidan kamroq qadrlashadi. Siz turmush o‘rtog‘ingiz uchun ehtiyojlaringizning ustunlik jihatlarini aniq tartibda joylashtirib chiqsangiz, u kuch–quvvatini va diqqat–e’tiborini siz uchun ko‘proq foyda keltiradigan taraflarga yo‘naltirishi mumkin.
Sevishish tuyg‘usi bilan barcha hissiyotlar ham tenglasha olmaydi. Ammo ko‘pchilik juftliklar sevgi doimiy ozuqa va g‘amxo‘rlik talab etishini tushunishmaydi. Men buni qanday ta’minlash va tobora yaxshilanib borishi mumkin bo‘lgan oilani qanday qurish yuzasidan sizlarga ayrim ko‘rsatmalar berishga harakat qildim. Yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun qattiq mehnat va istak zarur, ammo ularni o‘zlashtirib olganingizda, hayotdagi eng qimmali saboqlardan biriga ega bo‘lasiz.
Siz va turmush o‘rtog‘ingiz o‘z ehtiyojlaringizni qanday hal etayotganingiz haqida bir–birlaringizni xabardor qilib turish uchun ushbu anketaning nusxasini to‘ldirishlaringiz lozim. Umid qilamanki, muloqotlar orqali yaxshiroq o‘rnatiladigan o‘zaro tushunchalar sharofati bilan nikohingiz uzoq va baxtli bo‘ladi.
“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.
“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz
Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)
«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.
Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.