Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 12 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Zavq - shavq) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


ZAVQ-SHAVQ

Erkak uchun ayolning u bilan faxrlanishi zarur

– O, Charlz, rahmat senga! – Luizaning ko‘zlari baxtdan porladi. – Qanday ajoyib surat! Menga hech kim o‘z san’at asarlarini hadya etmagandi. Sen juda iqtidorlisan.

– Bu borada biror narsa bilmayman, Luiza. Men hali ko‘p narsalarni o‘rganishim kerak.

– Sen o‘zingni qadrlamayapsan, azizim. Senda hammasi qoyilmaqom chiqyapti. Men tasviriy san’atni ancha yaxshi tushunaman. Sen hamisha o‘ta jon kuydirib ishlaysan. Sen buyuk musavvirsan va men sen bilan faxrlanaman.

Charlz va Luizaning o‘rtasidagi uchrashuvlar paytida bunday suhbatlar tez–tez bo‘lib turardi. Ayol doimo uni ko‘klarga ko‘tarar, yigitga esa bu juda yoqardi. Uni hech kim avval bunday maqtamagandi.

To‘ydan so‘ng Luizaning mulohazalari asta–sekin o‘zgara boshladi. Reklama yo‘nalishidagi dizaynerlik faoliyatidan mamnun Charlz o‘z mavqeining ortishiga o‘ta befarq bo‘lib qolgandek tuyular, bunday holat esa Luizani qoniqtirmasdi. Ayol erining mashhur rassom bo‘lishini istardi. U erining o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga urinmayotganini his etganida, tobora kamroq maqtaydigan bo‘ldi va nihoyat, umuman olqishlamay qo‘ydi.

Ayni paytda esa Charlz studiyada Linda bilan hamkorlikda ko‘proq ishlayotgandi. Bu qiz grafika va kompozitsiya qismlari borasida iqtidorli bo‘lib, ular birgalikda bir qancha muvaffaqiyatli ko‘rgazmalar tashkil etishdi. Bir kuni tushlik chog‘ida Charlz unga ko‘nglidagi gaplarni aytdi.

– Bilasanmi, Linda, xotinim haq ekan. Men rassomlik yo‘nalishida rivojlanish uchun yetarlicha harakat qilmayapman. O‘ta yalqovman.

– Yalqov?! – hayron bo‘ldi Linda. – Xotining qanday qilib bu gaplarni aytishi mumkin? Nima, u buning naqadar qiyin ish ekanligini bilmaydimi? Men axir sening yoshingda sen kabi yutuqlarga erishgan birorta ham rassomni bilmayman. Xotining bularning bari nimalarga arzishini shunchaki tushunmaydi. Bundan tashqari, men shu paytgacha tanigan erkaklar orasida eng yoqimtoylaridan birisan. Ayoling sen kabi insonning xotini bo‘lgani uchun o‘zini baxtiyor deb bilishi kerak.

Charlz zo‘rg‘a javob topdi.

– Rahmat, Linda, – nihoyat so‘zga og‘iz juftladi yigit. – Sen juda iltifotlisan.

– Bu shunchaki iltifot emas. Men chindan ham shu fikrdaman.

Charlz kun bo‘yi uning maqtovlaridan zavqlanib yurdi. Nihoyat kimdir uni kelajakda biror–bir darajaga erishishi mumkin bo‘lgani uchun emas, hozirgi holatida baholadi. Ko‘ngilda turfa xil hissiyotlar jo‘sh urishi uchun kimningdir orzulariga muvofiq kelish yoqimli edi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Charlz va Linda oshiq–ma’shuqlarga aylanishdi. Kompaniyaning prezidenti bu haqda xabar topgach, Charlz va Luizaga mening oldimga maslahat uchun borishlari kerakligini aytgan. Luiza endi eriga nisbatan his qilayotgan zavq–shavqini ifoda etishni o‘rgandi va bundan ortig‘iga erishmog‘ini talab qilmaydigan bo‘ldi.

Erkaklar nega zavq-shavqga muhtoj?

Men Luizaga o‘rgatgan qoidalarimdan biri shuki, aksariyat erkaklarga samimiy zavq–shavq bildirilishi ular uchun ulkan rag‘bat hisoblanadi. Ayol erkakka uning qoyilmaqom ekanini aytganida, bu uni navbatdagi jasoratlar sari ruhlantiradi. Erkakka uning yangi majburiyatlarni hal etishga qodirligi va mahoratini hozirgi darajasidan ko‘ra yanada mukammallashtirish taqdim etilyapti. Bunday ruhlanish unga hayotida kutib turgan majburiyatlarga tayyorlanishiga yordam beradi.

Zavq-shavq faqat asosni yaratibgina qolmay, erning muvaffaqiyatlarini mukofotlash uchun ham xizmat qiladi. Xotini unga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirsa, bu unga xizmat haqi olganidan ko‘ra ko‘proq quvonch bag‘ishlaydi. Ayol erini o‘z orzusidagi erkak bo‘lishi uchun emas, balki qanday bo‘lsa, shundayligicha qadrlashi kerak.

Zavq-shavq o‘zlariga o‘ta beqaror baho beradigan ayrim erkaklarning ham o‘zlariga ishonishlariga yordam beradi. Bunday erkaklar ruhiy madadsiz ko‘pincha ishkal jihatlari bilan himoyalanishga o‘tib olishadi. Psixolog bilan maslahatlashib olishdan ko‘pincha voz kechishadi, negaki ularni kimdir tanqid qilishini istashmaydi. Aksariyat hollarda mening oldimga go‘yo “xotinlarining hissiy muammolarini hal etishga yordam” berish bahonasi ostida kelishadi.

Tanqid erkaklarni himoyaga o‘tishga majburlasa, zavq-shavq ularga quvvat va rag‘bat beradi. Erkak rafiqasi uning eng ashaddiy muxlisi bo‘lishidan umid qiladi va bunga ehtiyoj sezadi. Ayolning qo‘llab–quvvatlashi unga ishonch bag‘ishlaydi va odatda, rafiqasining madadi bilan erkak ancha katta yutuqlarga erishishi mumkin.

Odamning o‘ziga baho berishi oilada shakllanadi

Odamning o‘ziga past baho berishi erta bolalik davrida, oilada boshlanadi va men o‘z mijozlarimga ana shu muammoni yengib o‘tishlariga yordam beraman. O‘zi haqida yomon fikrda bo‘ladigan kishiga ko‘pincha do‘stlari yoki qarindoshlari uning omadsiz ekanidan shikoyat qilishadi va bu odam boshqalar ham uni tanqid qilishda davom etishlarini kutadi. Xususan, ota–onasi undan qay tarzda ayb izlashgan bo‘lsa, o‘sha odam xotini ham shunday qilishini, uning xato va omadsizliklarini eslatishda davom etishini kutadi.

Men bunday vaziyatlarda shaxsiyatlariga beradigan salbiy baholarini rad etishlariga, o‘zlarini yutuq va muvaffaqiyatlarini ko‘radigan do‘stlar va qarindoshlari bilan qurshab olishlariga da’vat etaman. Bunday o‘zgarishlar mo‘‘jiza yaratadigan holatlar kam uchramaydi va bir necha haftaning o‘zidayoq ularning o‘zlariga beradigan baholari ancha ortadi. Doimiy kamsitish va tanqidlar sizning aqliy salomatligingiz uchun xavfli. Sizni qo‘llab–quvvatlaydigan va ruhlantiradigan odamlar sizdagi haqiqiy imkoniyat va iste’dodingizni yuzaga chiqarishadi.

Men o‘z hayotimda buvim meni maqtagan paytlarda zavq-shavqning qudratli samarasini sezganman. Hali yosh bola ekanimda, u mening daho ekanimni va butun olamda men kabi iqtidor egasi yo‘qligini aytardi. Garchi bu qaysidir darajadagi noto‘g‘ri ishonch bolalar bog‘chasida bolalar bilan munosabatimda ayrim muammolarni keltirib chiqargan bo‘lsada, buvimning bunday zavq-shavqi mening qalbimga ishonch urug‘larini qadagandi.

Yuqori sinfda o‘qib yurgan paytimda bir psixolog menga berilgan baholar va test natijalarimga ko‘ra mening kollejda hech qachon muvaffaqiyatli o‘qiy olmasligimni xulosa qilib, yaxshisi, malakali ishchi bo‘lishim haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishimni aytgandi. Ammo buvim bunday deb o‘ylamagani uchun men baribir kollejga o‘qishga kirdim, bu yerda o‘sha psixolog taxmin qilganidan ancha katta muvaffaqiyatlarga erishdim va doktorlik darajasini olish uchun ta’lim olish dasturida davom etdim. Agar buvimning menga bildirgan zavq-shavqi bo‘lmaganda, psixologning fikriga qo‘shilishim va menga oliy ta’lim bergan barcha–barchasiga erisha olmagan bo‘lardim.

Siz shunday matalni eshitgandirsiz: “Har qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi”. Men bunga o‘zgarish kiritib, Uillard Xarlining Oltinchi Xulosasini e’lon qilaman:

Har qanday erkak ortida zavq–shavqqa to‘lgan xotin turishi kerak

Bu fikrni buyuk erkaklarning tarixi isbotlab turibdi, barcha erkaklarning hayoti esa shuni ko‘rsatmoqda: ayol erkakka qoyil qolganida, erkak bundan ruhlanib ketadi. Erkaklar muayyan darajada o‘z xotinlaridan bunday ruhiy madad uchun minnatdorchilik tuyg‘ularini his etishadi, negaki ayol yordamisiz erkakning o‘ziga ishonchi – muvaffaqiyatning asosiy manbasi – darz ketadi va asta–sekin yo‘qolib ketadi.

Haqiqiy zavq–shavqni qanday ko‘rsatish mumkin?

Turmush o‘rtog‘ingizni so‘zlar uyumiga ko‘mib tashlashingizdan avval men sizlarni ogohlantirmoqchiman. Hech qachon o‘zingizni go‘yoki qoyil qolayotgandek qilib ko‘rsatmang. Umr yo‘ldoshingizga tilyog‘malik qilish orqali foyda o‘rniga ko‘proq ziyon keltirasiz. Buning qandaydir samarasi bo‘lishi uchun, maqtov his–tuyg‘ularingizni aniq aks ettirishi lozim. Misol uchun, buvim mening juda aqqli ekanimni aytgan va uning o‘zi bunga ishongani uchun ana shu ishonch menga ham o‘tgan.

Men ko‘plab xotinlardan o‘zlari haqida shunday deyishlarini eshitaman: “Bularning hammasi yaxshi va ajoyib, doktor Xarli, ammo er hamisha jahlingizni chiqarib tursa nima qilish kerak? Agar u doimo hamma narsani barbod qilsachi? Men bunday odamdan qanday qilib zavqlanishim mumkin?”

Bu muhim savollar puxta o‘ylangan javoblarni talab etadi.

Zavq–shavqni ifoda etishni o‘rganish uchun birinchi qadam uni his etishni o‘rganishdan boshlanadi. Agar bunga erishsangiz, aga shunga muvofiq hissiyotlarni ifoda etishingiz mumkin.

Zavq–shavq tuyg‘ularini hosil qilish rejasi

Sizga haqiqiy zavq–shavq tuyg‘ularini ifoda etishingiz uchun reja zarur. Bu esa hech qanday so‘zlar o‘yini, hech qanday soxtalik bo‘lmasligini, faqat haqiqiy, samimiy tuyg‘ular bo‘lishini lozimligini anglatadi.

Siz Sevgi Bankining qanday ishlashini va er-xotinning bir–birlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish mahorati sevgi his–tuyg‘ularini hosil qilishini ko‘rdingiz. Xo‘sh, ayolda hurmat tuyg‘ularini hosil qilish jarayoni ham xuddi shu tarzda kechadi. Er o‘z rafiqasining beshta asosiy ehtiyojlarini qondirishni o‘rganib borgani sayin, u bunga tabiiy va butun qalbini qamrab olgan hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Va aksincha, agar erkak bu ehtiyojlarni qondirmasa, ayol o‘zidan talab etiladigan samimiy zavq–shavq tuyg‘usini ifoda etolmaydi. O‘z navbatida, ayolning maqtovi eri uning asosiy ehtiyojlarini qondirish layoqatiga bog‘liq.

Ana shu kuzatuvlarga asosan, bizning rejamiz ayolga ushbu ehtiyojlardan qoniqish olishiga yordam berishi lozim.

1 QADAM: Zavq–shavqni qo‘zg‘aydigan va barbod qiladigan fe’l–atvorni aniqlab oling

Xotin ikkita ro‘yxat tuzishi kerak: u birinchisiga erining zavq–shavq uyg‘otadigan fazilatlarini yozishi, ikkinchisiga esa ularni barbod qiladigan salbiy jihatlarni kiritib qo‘yishi shart. Ayol ikkala ro‘yxatga ham ayollarning biz yuqorida aytib o‘tgan beshta asosiy toifalardagi sifatlarini guruhlarga bo‘lib chiqsin. Agar biror–bir sifat hech qaysi toifaga to‘g‘ri kelmasa, ayol bu ehtiyojini imkon qadar aniqroq tasvirlashga harakat qilishi kerak.

Biz namuna tariqasida Reychel eri Jonni baholagan ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz.

Meni zavqlantiradigan sifatlar

Zavq–shavqimni barbod qiladigan sifatlar

MEHRIBONLIK

1.

Biz birga ekanimizda, u mening qo‘limdan ushlaydi.

 

 

2.

Ishdan qaytib kelganida bag‘riga bosadi.

 

 

3.

Kutilmagan quvonchlar baxsh etish uchun menga otkritka va gullar yuboradi.

 

 

MULOQOT

4.

Kunni qanday o‘tkazganini va men qay tarzda o‘tkazganim haqida suhbat qiladi.

1.

Men xafa bo‘lgan paytlarda erim ishga boshi bilan sho‘ng‘iydi va men bilan gaplashmaydi.

5.

Mening har kunlik ishlarim bilan qiziqadi va men bilan birga muhokama qiladi.

 

 

MOLIYAVIY QO‘LLAB–QUVVATLASH

6.

Meni va bolalarimni ta’minlash uchun yaxshigina pul topadi.

 

 

ROSTGO‘YLIK VA OCHIQLIK

7.

Hamisha qayerda bo‘lganini menga aytadi va zaruriyat bo‘lib qolganida qo‘ng‘iroq qilishim uchun telefon raqamlarini qoldiradi.

2.

U nimadandir bezovta bo‘lsa ham buni yashiradi, hatto dili g‘ashligi sezilib turganda ham.

OTA–ONALIK BURCHLARINING BAJARILISHI

 

 

3.

U men bilan va bolalari bilan oilasi tariqasida yetarlicha vaqt ajratmaydi.

 

 

4.

U bolalarni tartib-intizomga o‘rgatmaydi, farzandlar tarbiyasini butunlay mening zimmamga yuklab qo‘yadi.

 

 

5.

U bolalarning nima bilan shug‘ullanayotganiga hech qachon qiziqish bildirmaydi va ota–onalar yig‘ilishlariga aslo bormaydi.

Ushbu namunadan ko‘rinib turibdiki, xotini undan to‘la–to‘kis zavqlanishi uchun Jon xotini undan istayotgan otalik vazifasini bajarishiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni boshlashi kerak. Muloqotdagi qiyinchiliklar Jonning oilaga o‘zini yetarlicha bag‘ishlamayotgani bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi mumkin: Reychel erining bolalarga qiziqishi yo‘qligidan ranjiydi, er esa bu haqda gapirishni istamaydi. Zero er bir qancha vazifalarga bog‘lanib qolgani bois bolalar bilan shug‘ullanishga vaqti yo‘q va bu haqdagi suhbatlar aslo yordam berolmasligi haqidagi xulosaga kelgan. Reychelning undan kutayogan otalik vazifasiga bo‘lgan ehtiyojini qondira olgandagina, muloqot bilan bog‘liq muammolari hal bo‘lishi mumkin.

2 QADAM: O‘zaro foydali almashuv

Ba’zan er-xotinlik muammolarini bir–birlariga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatini mukammallashtirish orqali hal etish osonroq kechadi. Agar siz o‘zgarishi shart bo‘lgan yagona odam faqat o‘zingiz emasligini, turmush o‘rtog‘ingiz ham o‘zini tuzatadigan ayrim choralarni qabul qilishi kerakligini bilsangiz, ancha xotirjam bo‘lasiz. Shu bois amaliy nuqtai nazardan umr yo‘ldoshingizni o‘zgarishlarga ancha muvaffaqiyatli ravishda yo‘naltirishingiz mumkin, agar o‘zingiz ham ba’zi o‘zgarishlar qilishga tayyor bo‘lsangiz, albatta. Bundan tashqari, u sizning ro‘yxatingizni o‘qiganida, o‘zini himoya qilishga o‘tib olishiga tayyor turing. Siz sabr–toqat tuyg‘usi bilan sizga yoqmoqchi bo‘layotgan erkakka bu uning qo‘lidan kelishini isbotlashingiz mumkin. Unda uning qo‘rquvini inkor eting.

Sizlar birinchi qadamni yakunlagan holda, o‘zingizning zaif va kuchli tomonlaringizni yozib oling hamda birortangiz fe’l–atvoridagi zavq–shavq tuyg‘usini yo‘q qiladigan xususiyatlar bilan kurashish uchun o‘zaro kelishib olinglar. Almashuv mukammal ko‘rinishda ro‘yxatingizdagi barcha bandlarni qamrab olgan bo‘lishi lozim.

Bundan bir necha yil muqaddam Ben va Sharlotta menga maslahat so‘rab murojaat qilishganida, ularga ana shu kabi ro‘yxat tuzishlariga yordam bergandim. Ularning oilaviy hayotlaridagi muammo shu zahotiyoq aniq bo‘lib qoldi. Sharlotta erining qilmishlari bayonini, ya’ni o‘zining eriga bo‘lgan hurmatini barbod qilgan holatlar keltirilgan yigirma to‘rt sahifali ro‘yxatni menga berdi. Erning ro‘yxatida esa bitta band bor edi, xolos: ayol uni yetarlicha ruhlantirmagandi. Sharlotta uning ehtiyojlarini qondirish uchun haddan ziyod harakat qildi, Ben esa hatto ayolining ehtiyojini qondirishga urinmadi. Uning ana shu xatosi bois Sharlotta eridan zavqlana olmasdi. Bu vaziyatni o‘ta yomonlashtirib qo‘ydi, negaki bu o‘rinda hech qanday o‘zaro almashuv haqida gap ham bo‘lmagandi. Oxir–oqibat, men Benga xotinidan ayrilib qolishi mumkinligini aytganimda, unda nimalarnidir yaxshilash uchun rag‘bat paydo bo‘ldi. Ben yil mobaynida ayolining arzlarini qanoatlantirmagunicha, birin–ketin ularning ustida ishladi. Er vazifasini qoyilmaqom uddalab qo‘yganida, ayolida zavqlanish tuyg‘usi gullab–yashnadi. Va nihoyat, Ben xotini undan faxrlanayotganini menga ma’lum qildi.

Agar siz Ben va Sharlotta tushgan vaziyatda bo‘lib qolsangiz, o‘zaro foydali almashuvning iloji bo‘lmaydi, negaki siz shundoq ham eringizning ehtiyojlarini qondirib boryapsiz, bu holda uni faqat maqtab qo‘yishingiz mumkinligini tushuntiring. Mabodo eringiz siz bilan ana shu kelishuv asosida hamkorlik qilishga rozi bo‘lmasa, demak, sizga eringizni qotib qolgan o‘rnidan qo‘zg‘atishingiz uchun mukammal yordam kerak bo‘ladi.

Siz almashuvni yo‘lga qo‘ysangiz (agar buning iloji topilgan bo‘lsa) va umr yo‘ldoshingizning arzlariga javob qaytarishga tayyor bo‘lganingizda, navbatdagi bosqichga o‘tasiz.

3 QADAM: Fe’l–atvor xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin emas. Ko‘nikmalarni o‘zgartirish mumkin

Endi esa siz boshqa odamlar haqidagi, xususan, umr yo‘ldoshingiz haqidagi fikrlaringiz tarzini o‘zgartirishingiz zarur. Biz odamlarni xususiyatlari va sifatlariga qarab toifalashga moyilmiz. Kimdir yoqimtoy, kimdir yoqimsiz, boshqa kimdir aqlli yoki ahmoq. Psixolog–bixeviorist (hatti–harakatlar xususiyati bo‘yicha mutaxassis) fe’l–atvorga tegishli xususiyatlar bilan ish ko‘rishni istamaydi. U ko‘nikmalar bilan ishlashni afzal ko‘radi. U deydi: “Men sizni yoqimtoy bo‘lishga o‘rgata olmayman, negaki yoqimtoylik – bu ko‘nikma emas, balki xususiyatdir. Biroq men sizlarni ko‘proq kulishga va odamlarni kamroq tanqid qilishga o‘rgatishim mumkin, negaki ular ko‘nikmalardir, ko‘nikmalarni esa biz o‘zgartira olamiz. Bu sizga ma’qulmi?”

Agar siz bixevioristga xushbichim bo‘lishni istayotganingizni aytsangiz, u shunday javob beradi: “Men sizni xushbichim bo‘lishga o‘rgata olmayman, negaki bu gavda tuzilishi, ammo men sizni kamroq ovqatlanishga o‘rgatishim mumkin, zero ovqat iste’mol qilish – bu odat”.

Bu, siz fe’l–atvor xususiyatlarini unutib qo‘ymasligingiz lozimligini va diqqatingizni ko‘nikmalarga yo‘naltirsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz hatti–harakatlarini o‘zgartira olishingiz mumkin, degani, xolos. Biz o‘z umr yo‘ldoshimizdan shikoyat qiladigan holatlar tez–tez bo‘lib turadi, negaki biz ularning ko‘nikmalariga emas, balki fe’l–atvoridagi xususiyatlarga qaraymiz. Shu bilan birgalikda, biz odatda aynan ko‘nikmalarni nazarda tutamiz, ularni esa har holda o‘zgartirish mumkin. Shu bois ko‘nikmalar nuqtai nazaridan shikoyatlarni bildirib qo‘yish masalani hal etishning oddiygina yechimi hisoblanadi – ana shunda ikkalangizda ham o‘zingiz qadrlaydigan narsalar bo‘ladi.

Deylik, turmush o‘rtog‘ingiz oilaga katta qiziqish namoyon etishini istaysiz. Eringiz o‘zlashtirib olishi kerak bo‘lgan aniq ko‘nikmalar ro‘yxatini tuzing:

  • Ota–onalar yig‘ilishiga borish.
  • Har hafta oilaviy tadbirlarda ishtirok etgan holda birgalikda o‘n besh soat vaqt o‘tkazish.
  • Bolalarga uxlashlari oldidan kitob o‘qib berish.

Endi eringiz ushbu ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olish, amalda qo‘llash va ulardan o‘zgarishlar mezoni sifatida foydalanish maqsadida intiladi. Eringiz hatti–harakatlaridagi o‘zgarishlarni uning o‘zi ham, siz ham payqaysiz.

Ammo hushyor bo‘ling: eringiz biror–bir ko‘nikmani o‘zlashtirib olganida, uning munosabati yangi hatti–harakatlari bilan muvofiq kelmasligi mumkin. U o‘zgarishlar natijasida o‘zini “noqulay” his qilishi mumkin. Ammo aksariyat hollarda u ko‘nikmalarni lozim darajada o‘zlashtirib olganida, uning munosabati yangi ko‘nikmalarga muvofiq ravishda qayta shakllanishni boshlaydi va siz o‘zingiz eng ko‘proq istagan maqsadingizga erishasiz.

Endi esa, keling, psixolog–bixeviorist bu yangi ko‘nikmalarni qay tarzda o‘zlashtirib olishga yordam berishini ko‘rib chiqaylik.

4 QADAM: Yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish

Ko‘pchilik bixevioristlar odamlarga bu yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishlariga yordam berish uchun mana shu oddiy va oson usuldan foydalanishadi:

  1. O‘zingiz o‘zlashtirib olishni istagan ko‘nikmani aniqlashtiring.
  2. Bu ko‘nikmani o‘zlashtirish rejasini ishlab chiqing.
  3. Ushbu rejaga amal qiling.
  4. Hatti–harakatingiz o‘zgarganini tushunish uchun rejaning samaradorligini baholang.

Bu usulni Jon va Reychel qanday qo‘llaganlarini ko‘rib chiqaylik. Ular ro‘yxat tuzganlarida, Reychel Jonning bolalar tarbiyasiga befarq ekanligini va bu holat uning eridan zavqlanishini barbod qilganini aytgandi. Reychel jiddiy o‘ylab ko‘rib, “bolalar nima bilan shug‘ullanishlariga e’tibor qaratish” xususiyatini “bolalar bilan birgalikda ularning tadbirlarida ishtirok etib, haftasida o‘n besh soat vaqtni o‘tkazish” ko‘nikmasini bilan almashtirdi. Jon ayolining bu taklifini qabul qildi.

Jon va Reychel ko‘nikmalarni aniqlashtirib olib, ularni o‘zlashtirib olishlariga yordam beradigan rejani ishlab chiqishdi. Ular mazkur reja uch qismdan iborat bo‘lishiga qaror qildilar:

  1. Ular shanba kuni oqshomda bolalaridan bu hafta nimani rejalashtirganlari haqida so‘rashadi.
  2. Ota har bir farzandiga o‘zi yordam berishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotni tanlaydi.
  3. Ota bu mashg‘ulotlar uchun besh soat vaqt ajratadi.

Rejaning har bir bandi yangi ko‘nikmalarni hosil qiluvchi asoslarni va eski odatlarga qaytishga to‘sqinlik qiladigan ogohlantiruvchi choralarni o‘zida aks ettirishi kerak. Jon va Reychel “Dushanba oqshomidagi futbol”ni birgalikda ko‘rishlari, er esa buning evaziga so‘ngra bolalari bilan haftasida besh soat vaqtni hamjihatlikda o‘tkazishi haqida kelishib oldilar. Agar er bu shartni buzsa, xotin hafta mobaynida televizordan hech qanday sport dasturlarini umuman tomosha qilmaydigan bo‘ldi.

Odamlar ko‘nikmalarni o‘zlashtirmasliklarining yagona sababi shuki, ular bunga ko‘pincha yetarlicha vaqt ajratishmaydi. Jon va Reychel o‘z rejalarini besh oy mobaynida – avgust oyidan dekabr oyigacha – qo‘llashni kelishib olishdi.

Ular bolalariga o‘z rejalarini bildirib, darhol amalda qo‘llashni boshlab yubordilar. Jon ketma–ket sakkiz hafta davomida bolalari bilan birga vaqt o‘tkazdi. U to‘qqizinchi haftada bu masofadan yiroqlashdi. Jonda buning asosli sabablari bor edi: u kasal bo‘lib qoldi va o‘z ishini bajarishga ulgurmadi; u kirish eshigini ta’mirlashi kerak edi; boz ustiga, Reychelning singlisi ularning uyida ikki kun mehmon bo‘lib turdi. Barcha bu asosli sabablarga qaramay, u keyingi haftalar mobaynida televizordan futbol tomosha qilolmadi va Reychelning ham tomosha qilib o‘tirishiga to‘g‘ri kelmadi.

Dasturning qolgan qismlari esa reja bo‘yicha davom etdi va dekabr oxiriga kelib ular o‘z rejalarining samaradorligiga ishonch hosil qilish uchun Jonning yangi ko‘nikmasini baholab ko‘rdilar. Ko‘rsatgichlar durust edi. Endi Jon haftasida besh soat vaqtini bolalari bilan turli tadbirlarda birga o‘tkazibgina qolmay, farzandlari uchun o‘zi yanada foydaliroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi mashg‘ulotlarni rejalashtira boshladi. Unga “Dushanba oqshomidagi futbol”ni tomosha qilgandan ko‘ra, bolalari bilan birgalikda vaqt o‘tkazish ko‘proq yoqardi.

Muvaffaqiyatsizliklarga tayyorlaning

Men juftliklar bilan yangi ko‘nikmalarni shakllantirish ustida ishlayotganimda, ularni birinchi urinish natija bermay qolishi mumkinligi haqida ogohlantirib qo‘yaman. Ehtimol, juftlik maqsadga erishishdan – yangi ko‘nikmani o‘zlashtirib olishdan avval dastlabki rejani qayta ko‘rib chiqishlariga to‘g‘ri kelar. Albatta, agar muammoni osonlik bilan hal etish mumkin bo‘lganida, ularga mening malakali yordamim kerak ham bo‘lmasdi. Ayrim muammolar hatto mutaxassislar uchun ham murakkab bo‘lib tuyuladi, ammo oxir–oqibat odatda ularni birgalikda bartaraf etishimiz mumkin bo‘ladi.

Sizlar bir–birlaringizning ko‘nikmalaringizni yaxshi tarafga o‘zgartirishga urinayotganingizda sabr–toqat va umid–ishonch tuyg‘ulariga ega bo‘lishingiz lozim. Agar hattoki kichkinagina siljish ham oilaviy hayotingizni yaxshilashini payqasangiz, zavq–shavq tuyg‘usi sizda ortib borayotganini his qilishni boshlaysiz.

Men undan zavqlanishni boshlaganimda, nima qilishim kerak?

Yaxshisi, bu haqda uning o‘ziga ayting! Ammo bu aniq–tiniq javobimiz hamisha ham ko‘rinib turgani kabi oddiy emas. Sizning faxr va zavq–shavq tuyg‘ularini his qilib turganingiz unga hozircha bu haqda bildirganingizni anglatmaydi. Ehtimol, siz hali eringizga qoyil qolayotganingizni uning o‘ziga aytishni o‘rganib olmagandirsiz. O‘zingizni boshqa ishlarga qanday o‘rgatgan bo‘lsangiz, maqtov so‘zlarini aytishni ham xuddi shu tarzda o‘rganib oling. Va tag‘in takrorlayman, hech qanday yolg‘on yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni aytmaslik kerakligini unutib qo‘ymang. Samimiy tuyg‘ularingizni ifoda eting. Bu dastlab beo‘xshov bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin ko‘nikmalarni shakllantirib borganingiz sayin maqtovlar tabiiy va o‘z–o‘zidan kelib chiqadi. Siz ana shunda o‘z maqsadingizga – eringiz hamisha sizdan kutgan samimiy zavq–shavq tuyg‘usiga – erishasiz.

Ayollar ba’zan o‘z zavq–shavq tuyg‘usini juda barvaqt ifoda etib qo‘yishdan cho‘chishadi, negaki er o‘zi uchun ko‘nikmaga aylanmagan yangi hatti–harakatlarini shakllantirish ustida izlanmay qo‘yishi mumkin. Men bunday ayollarga ozgina zavqlanish tuyg‘usini sezsalar ham, erlarini maqtay boshlashlarini maslahat beraman – ular erlarining o‘zgarishlari natijasida taqdirlanishlari uchun emas (buning uchun boshqa usullarni ham topish mumkin), balki shunchaki o‘z samimiy tuyg‘ularini ifoda etish uchun shunday qilishlari lozim.

Erkak uni qadrlashlariga chindan ham muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. U o‘zini maqtashlaridan yayrab ketadi. Xotinga xiyonati sababli mendan maslahat so‘rab keladigan ko‘plab erkaklar ma’shuqalarining iliq bahor shabadasiga monand maqtovlarini xotinlarining Arktika sovug‘idek tanqidlari bilan taqqoslashadi. Xo‘sh, bunga bardosh berib bo‘larmikan? Eringizni nikohdagi hayotdan tashqarida qo‘llab–quvvatlashni izlashiga majburlamang – unga sizning madadingiz zarur. Bu ayyorlik yo‘liga o‘tib, sizni aqldan ozdirgudek darajada nimalardandir zavqlanishingiz haqida gapirishingiz kerakligini anglatmaydi, ammo birgalikda zavq–shavq tuyg‘usini hosil qiladigan usullardan foydalangan holda bir–birlaringizning ehtiyojlaringizni qondirish uchun harakat qiling. Unga qancha kerak bo‘lsa, siz uni shuncha ulug‘lashingiz kerak. Eringiz sizning ehtiyojlaringizni qondirishi uchun undagi o‘zgarishlar sizga qanchalik yoqayotganini aytib, mehribonlik va sabr–toqat bilan uni rag‘batlantiring.

Ayol uchun savollar:

  1. Eringizga o‘z zavq–shavqingizni ifoda etishda qandaydir o‘ziga xos muammolaringiz paydo bo‘lganmi? U sizdan qachondir kamroq tanqid qilishingizni so‘raganmi yoki “o‘zining marhamatini sanashga”ga chorlaganmi?
  2. Sizga zavqlanish tuyg‘usini rivojlantirishingiz yoki o‘z maqtovingizni shunchaki ifoda etishni o‘rganish zarurmi?
  3. O‘z eringizda siz ko‘rishni istagan o‘zgarishlar ro‘yxatini tuzing. So‘ngra esa ko‘nikmalar sifatida ko‘rishni xohlagan xususiyatlarni belgilab qo‘ying. Endi ro‘yxatni muhim va ahamiyatsiz o‘zgarishlarga ajratib chiqing. Mabodo eringizda bu muhim o‘zgarishlarni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, sizningcha, u juda muhtoj bo‘layotgan maqtovlarni unga ifoda etishingiz mumkinmi?

Erkak uchun savollar:

  1. Sizni maqtashlariga bo‘lgan kuchli ehtiyojni his qilganmisiz? Ayrim erkaklar hech qachon bu haqda o‘ylab ko‘rishmaydi, shuningdek, o‘zlariga nima zarur ekani haqida mulohaza qilishmaydi. Xotiningiz sizni maqtashiga chuqur ehtiyoj sezayotganingizni hayotingizdagi qanday holatlar ko‘rsatishi mumkin?
  2. Siz qay tarzda xotiningizga maqtovga bo‘lgan ehtiyojingizni ma’lum qilishga uringansiz? U bunga qanday munosabat bildirgan?
  3. Mazkur bobda taqdim etilgan reja haqida qanday fikrdasiz? Bu reja nikohingizga ko‘proq mos kelishi uchun uni qay tarzda o‘zgartirishingiz mumkin?
  4. Xotiningizda o‘zingiz ko‘rishni istagan o‘zgarishlar ro‘yxatini tuzing. So‘ngra esa ko‘nikmalar sifatida ko‘rishni xohlagan xususiyatlarni belgilang. Endi esa ro‘yxatni muhim va ahamiyatsiz o‘zgarishlarga ajratib chiqing. Agar xotiningiz siz xohlaganingizdek o‘zgarsa, u o‘zingizdagi ayrim jihatlarni o‘zgartirishingizni taklif etishiga tayyormisiz?

Er-xotin uchun fikr–mulohazalar:

  1. O‘zingiz o‘rganib qolgan ko‘nikmalarni o‘zgartirish rejasini ishlab chiqing. Bu rejalar uchun vaqtinchalik muddat o‘rnating va samaradorligini tekshirib ko‘rish uchun ularni qayta baholashni rejalashtiring.
  2. Bir–birlaringizga nisbatan tanqidiy munosabatlaringizdagi kamchiliklarni muhokama eting. O‘zaro tanqidga berilmagan holda, o‘zgarish qilishlaringiz uchun bir–biringizni qay tarzda rag‘batlantirishingiz mumkin?

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак