Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji (Kichik Uillard F.Xarli) 0 bob

Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji - (Audiokitob) Kitob O'zbek tilida

Эркак эҳтиёжи, аёл эҳтиёжи (Кичик Уиллард Ф. Харли) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

 

Хiyonatdan himoyalangan nikoh munosabatlarini yaratish Kichik Uillard F. Xarli Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji. Kitob O'zbek tilida

                    

Mundarija

Nashrning 15 yilligi munosabati bilan suzboshi

Kirish

1. Nikohingiz xiyonatdan qanchalik ximoyalangan?

2. Nega Sevgi Bankingiz hech qachon yopilmaydi?

3. Mehribonlik namoyon etilishi

4. Jinsiy qoniqish

5. Suhbat

6. Birgalikdagi hordiq

7. Rostguylik va ochiqlik

8. Jozibador rafiqa

9. Moliyaviy madat

10. Honadon sarishtaligi

11. Ota-onalik burchlarining  bajarilishi

12. Zavq - shavq

13. Xiyonatga qanday bardosh berish mumkun?

14. Nomofiqlikdan jozibadorlikgacha


NASHRNING O‘N BESH YILLIGI MUNOSABATI BILAN

SO‘ZBOSHI

O‘n to‘qqiz yoshda ekanimda, kollejda men bilan birga tahsil olgan tanishim oilaviy hayotda qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytib, maslahatimni so‘radi. Mening maslahatim, afsuski, foydasiz bo‘lgan – ularning nikohlari ajrashish bilan yakunlandi. Xo‘sh, men nega yordam berolmadim? Qanday muammo do‘stimning nikohini muqarrar barbod bo‘lishga olib keldi?

1960 yilda men jamiyatda kamchilik odamlargina kutgan o‘zgarishni – amerikacha oilaning an’anaviy “uy guruhlari” (yacheyka) andazalari yakunlanishining boshlanishiga guvoh bo‘layotgandim. Mazkur fojeaning ko‘rinishlari keyingi yigirma yil mobaynida ko‘payib borgandi. Ajrashishlar darajasi 10 foizdan 50 foizgacha o‘sgan bo‘lib, yolg‘iz erkak va ayollar soni 6,5 foizdan 20 foizgacha ortgan. Garchi 1980 yilda ajrashishlar darajasi nihoyat 50 foiz atrofida qolgan bo‘lsada, yolg‘iz insonlar soni hozirgi kungacha ko‘payishda davom etmoqda. Hozir bu ko‘rsatgich 30 foizga yetib, ko‘tarilishda davom etmoqda, o‘zlarini yakka-yu yagona turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlash istagidagi odamlar soni esa tobora kamayib bormoqda.

Men o‘sha paytda do‘stimning omadsiz oilaviy hayoti keyinchalik “uy guruhlari” oilalarini qamrab olgan an’analarning bir bo‘lagi ekanligini bilmasdim. O‘ylashimcha, uning bebaxtligiga tajribasizligim sabab bo‘lgan – harqalay, qisman bo‘lsa ham. Men o‘zimni aybladim. Unga maslahat berishga urinib ko‘rmasligim kerak edi degan fikrga bordim. Menimcha, bu masalani mutaxassisga ishonib topshirgani ma’qul bo‘lardi.

Biroq keyingi bir necha yillar mobaynida ko‘plab er-xotinlar nikoh masalalari bo‘yicha menga murojaat qilishda davom etdilar, ayniqsa, psixologiya bo‘yicha, ijtimoiy fanlar bo‘yicha doktor darajasini olganimdan so‘ng murojaatlar soni ko‘payib ketdi. Zero psixologiya – oilaviy turmushning muammolarini tushunadi deya hisoblanardi. Men aynan shu bois odamlarga yordam berish uchun yetarlicha bilim olishga qaror qildim. Bu men uchun haqiqiy muammoga aylanib ketishini o‘ylamagan ekanman. Men o‘shanda, olimlar odamni Oyga uchirish uchun yetarlicha aqlli bo‘lsalar, kimningdir oilaviy hayotini saqlab qolishni ham aniq bilishlari kerak, deb o‘ylardim.

Men oilaviy shifo topish mavzusidagi kitoblarni o‘qidim, mazkur sohaning mutaxassislaridan ta’lim olib, Minnesotada shu yo‘nalishga ixtisoslashgan eng yaxshi klinikalarda ishladim. Ammo baribir insonlar nikohini asrab qolishga kuchim yetmasdi. Menga yordam so‘rab murojaat qilgan kishilarning deyarli barchasi o‘z nikohlarini xuddi o‘sha tanishimdek ajrashish bilan yakunlashdi.

Men mag‘lubiyatlarimni yengib o‘tishga urinib, o‘zim uchun juda muhim kashfiyot qildim. Qarang–a, er-xotinlarga yordam berishni uddalay olmagan faqat men emas ekanman. Klinikadagi deyarli barcha hamkasblarim muvaffaqiyatsizlikka uchragan ekanlar. Boshlig‘im bo‘lmish klinika direktori ham, shuningdek, men bilan birga ishlagan nikoh bo‘yicha boshqa maslahatchilar ham oilaviy juftliklarga yordam berishga ojizlik qilishibdi.

Ana shundan so‘ng menga ochilishi mumkin bo‘lgan barcha kashfiyotlardan eng hayratomuzi ro‘y berdi. Amerikadagi nikoh bo‘yicha mutaxassislaridan aksariyati ham oilaviy juftliklarga yordam berishni uddalay olishmagan ekan. O‘z mag‘lubiyatini tan olishga tayyor bo‘lgan kimnidir topish oson emasdi, ammo aniq mijozlarning hujjatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lganimda, o‘z yutug‘ini isbotlay oladigan yoki boshqalarga oilaviy hayotni muvaffaqiyat bilan qutqarishga o‘rgatadigan birorta ham terapevtni topolmadim.

Aslida men terapiyaning barcha usullari orasida oilaviy davolanishning samarasi eng quyi darajada ekanini aniqlab olgandim. Bir tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning deyarli 25 foizi nikoh bo‘yicha maslahatlar o‘zlariga biror–bir foyda bermaganini aytishgan, yanada ko‘prog‘i esa bunday maslahatlar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar berganini his etganlar. (Darvoqe, psixoterapiya tadqiqotlari haqidagi 1995 yilgacha bo‘lgan Iste’molchilik to‘g‘risidagi ma’lumotnomada oilaviy hayot yo‘nalishidagi terapiya hanuzgacha eng samarasiz ekanligi xabar qilingan.)

Ha, bu holatlar nikohni saqlab qolish uchun harakatlar boshlashga da’vat edi! Ajrashishlar darajasi haddan ziyod oshgan, hech kim bu bilan qanday kurashish kerakligini bilmasdi. Shu bois men o‘z oldimga javob topishni maqsad qilib qo‘ydim. Javobni esa kitoblar va ilmiy maqolalardan emas, balki ana shu masalalar bilan menga murojaat qilgan, ajrashish bo‘sag‘asida turgan er-xotinlar orasidan izladim.

Men maslahat berishni bas qilib, er-xotinlarning nega ajrashishga tayyor ekanliklari haqidagi izohlarini tinglay boshladim. Ular turmush qurishga ahd qilganlar–u, ammo yarim yo‘lda nimani yo‘qotib qo‘yishdi ekan? Men ulardan so‘radim: “Nima deb o‘ylaysizlar, nikohda yana birgalikda baxtli bo‘lishlaringiz uchun sizlarga nimalar kerak bo‘ladi?”

Men oilalarni qutqarib qolish mahoratini hali o‘rganib yetmaganimni bilardim, shu bois o‘zim maslahat bergan er-xotinlarga bunga layoqatsiz ekanimni ro‘yi–rost tan oldim. Va buni kerakli tarzda tushuntirdim ham. Hech qaysi juftlikdan sarf qilgan vaqtim uchun haq olgan emasman. Men psixologiyadan saboq berib tirikchiligim uchun pul topardim, ish vaqtimning qolgan qismini esa o‘z idoramda er-xotinlar bilan suhbat qurib o‘tkazardim. Garchi samarasiz bo‘lsada shu yo‘sinda to‘lovsiz maslahat berganim bois oilaviy hayotlarida muammolarni his etayotgan juftliklar qabul qilishim mumkin bo‘lganidan ko‘proq darajada oldimga kelishardi.

1975 yilda men va ko‘plab boshqa terapevtlar ham nikohni saqlab qolish uchun qilayotgan urinishlarimizda nega bunday qiyinchiliklarga duch kelayotganimizni tushunib qoldik. Biz baxtli nikohning omillari nimalarda ekanini anglamagan ekanmiz. Biz oilaviy hayotni barbod etadigan sabablarni izlash bilan chuqur band edik, shu bois baxtli nikohga nimalar asos bo‘layotganiga e’tibor qaratmasdik. Har doim xonamga er-xotinlar kelishganida, ular bir–birlaridan to‘xtovsiz arz qilishardi. Shu bois men ham aksariyat psixologlar kabi ularni o‘zaro muloqot qilishga, muammolarni imkon qadar samaraliroq hal etishga va bir–birlarini har qanday masalada haqorat qilmaslikka o‘rgata olsam, nikohlarini saqlab qolish mumkin deb o‘ylardim. Ammo qarangki, yechim bunga bog‘liq emas ekan.

Barcha juftliklarning aytishicha, ular bir–birlari bilan yaxshi til topishganlari, ixtiloflarni samarali bartaraf etganlari yoki janjal qilmaganlari uchungina turmush qurishmagan. Ular bir–birlarini beqiyos inson deya hisoblaganlari uchun nikohdan o‘tishgan – ular sevib qolishgan. Ammo mening qabulimga kelishgan paytlarida sevgi tuyg‘usini yo‘qotib bo‘lishgandi. Aslini olganda, endi ular bir–birlarida nafrat hissini uyg‘otishardi. Va o‘zaro muloqotlaridagi muammolarning, janjal va kelishmovchiliklarining asosiy sababi shunda ediki, ular sevgi tuyg‘usidan ayrilib qolishgandi.

Men ulardan so‘rardim: “Nikohda yana baxtli bo‘lishlaringiz uchun sizlarga nima kerak?” Ko‘pchilik juftliklar buning qandaydir iloji borligini hatto tasavvur qilisholmasdi. Ammo savolimni qayta–qayta berganimda, er-xotinlar o‘yga botishar va odatda bir xil javobni eshitardim: “Biz bir–birimizni yana sevib qolishimiz kerak”.

Albatta, o‘zaro tushunishning yo‘qligi, nizoli vaziyatlarni bartaraf etishga layoqatsizlik va janjal–to‘polonlar sevgi tuyg‘usining yo‘qolishiga ta’sir etadi. Biroq bu muammolar sevgining yo‘qolganidan ham darak beradi. Boshqacha aytganda, nikohni qutqarish uchun er-xotinlar o‘rtasidagi munosabatni yaxshilashimning o‘zi kifoya qilmasdi. Men ularga sevgini qaytarishni o‘rganib olishim kerak edi.

Men ana shunday xulosaga kelib, oilalarda yuzaga kelayotgan ratsional muammolar bilan emas, balki hissiy muammolar bilan faol shug‘ullanishni boshladim. Oilaviy terapiyadagi birinchi darajali vazifam nizolarni bartaraf etish emas, balki sevgini qaytarishga aylandi. Fikrimcha, agar odamlarga sevgi tuyg‘usini qaytara olsam, munosabatlar, nizo–ixtiloflarni hal etish katta muammolarni keltirib chiqarmasdi.

Psixolog sifatida bilardimki, yirik uyushmalar odamlarni eng avvalo hissiy reaksiyalarga moslashtirishadi. Xususan, biror–bir harakat o‘zining ta’sirchan hissiyotlari bilan birga takrorlansa, bu harakat o‘z–o‘zidan hissiyotlar keltirib chiqarishni boshlaydi. Deylik, sizga ko‘k rangni ko‘rsatib, elektr toki bilan azoblashsa–yu, qizil rangni ko‘rsatib yupanch ma’nosida yelkangizni silab qo‘yishsa, oxir–oqibat, ko‘k rang g‘azabingizni qo‘zg‘ashni boshlaydi, qizil rang esa sizni tinchlantiradi.

Men sevgi his–tuyg‘ulari qoidasini qo‘llagan holda, sevgi – nufuzli uyushmalarning aynan o‘zginasi degan nazariyani oldinga surdim. Agar kimnidir tez–tez ko‘rganimda o‘zimni yaxshi his qilsam, demak, uning birrov ko‘rinishi ham menda sevgining yoqimli his–tuyg‘ularini hosil qilishi uchun yetarli bo‘ladi.

Qarangki, mening tahlillarim to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Mening bir–birlarining baxti uchun imkon qadar barcha ishni qilish va turmush o‘rtog‘ini bebaxt qiladigan amallardan nari bo‘lish haqidagi maslahatimga ko‘ra, qabulimda bo‘lgan navbatdagi er-xotinlar o‘rtasida sevgi tuyg‘usi paydo bo‘ldi. Ularning nikohi saqlab qolindi.

Men o‘sha paytdan boshlab qaysi juftlikni ko‘rsam, er yoki xotinidan turmush o‘rtog‘i o‘zini baxtli his qilishi uchun uning nimalar qilishi mumkinligi haqida so‘rardim. Va bu har qanday masalada ularning asosiy majburiyati ekanligini qayd etardim. Albatta, hamma juftlik ham o‘zlarini nimalar baxtli qilishini aniq bilmasdi. Hamma turmush o‘rtog‘i ham buni bajarishga tayyor emasdi. Shu bois mening harakatlarimning barchasi yoppasiga muvaffaqiyat keltirgani yo‘q.

Ammo ushbu muammoga yondashuvimni takomillashtirib borganim sayin, er-xotinlar bir–birlarida sevgi tuyg‘usini uyg‘otish uchun umr yo‘ldoshidan nimani olishlari zarurligini tushuna boshladim. Men ulardan har biri nimaga muhtoj bo‘lsa, ana o‘shani yaratishlariga yordam berdim. Shuningdek, hattoki ularda bunday qilish uchun zarracha xohish bo‘lmasada, muayyan ehtiyojlarni qondirishga harakat qilishlari uchun ularni bunga yanada samarali tarzda yo‘naltirishni ham o‘rganib oldim.

Keyinchalik men deyarli har bir juftlik bir–birlarini tag‘in sevib qolishlari va shu tariqa nikohlarini saqlab qolishlariga yordam berishga muvaffaq bo‘ldim. Uslubim shunchalik muvaffaqiyatli chiqdiki, men psixologiyadan saboq berishni tashlab, to‘liq ish kunida maslahatlar berishga o‘tdim. Fahmlab olganingizdek, menga shunchalik ko‘p oilaviy juftliklar yordam so‘rab murojaat qilishardiki, barchasini ham qabul qilish imkoniyatiga ega emasdim.

Mazkur usulni qo‘llay boshlaganimdan o‘n yil o‘tgach, nihoyat o‘zimning “Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji: xiyonatdan himoyalangan er-xotinlik munosabatlarini o‘rnatish” nomli ilk kitobimda ana shular haqida yozdim. Kitobning birinchi nashri dunyo yuzini ko‘rganidan o‘n besh yil o‘tib, hozirda u millionlab nusxada chop etilgan va o‘n uch tilga tarjima qilingan. Ko‘pchilik odamlar uni nikoh haqidagi eng yaxshi kitob deb aytishadi. Ehtimol, shundaydir, harqalay mening bilishimcha, u barcha kitoblar orasida er-xotinlar uchun bir–birlariga qaytish va sevgini asrashning sinovdan o‘tgan va ishonchli rejasini taklif etadigan yagona kitob bo‘lib qolmoqda.

Ushbu kitob shu bois ham foydaliki, u nikohning poydevori – sevgi tuyg‘usining mohiyatini yoritib beradi. Baxtli oila o‘zaro muloqotda bo‘lishni va muammolarni bartaraf etishni eplay olish muhim, ammo bu eng asosiysi emas. Eng keraklisi sevgi tuyg‘usidir. Nikoh masalalariga oid butun faoliyatim mobaynida bir–birlarini sevuvchi er-xotinlar ajrashmoqchi ekanliklariga aslo guvoh bo‘lmaganman. Ammo muloqot qilish va muammolarni hal etishdek ajoyib layoqatga ega bo‘lgan holda, ajrashish yoqasida turgan ko‘plab juftliklarga maslahatlar berganman.

Meni noto‘g‘ri tushunmang – men nikohda muloqot ko‘nikmalarini takomillshtirish va muammolarni hal etish g‘oyalarini mutlaqo qo‘llab–quvvatlayman. Biroq bu ko‘nikmalar sevgi tuyg‘usini qo‘llab–quvvatlashga yordam bermasa, er-xotinlar o‘zlarini aldangan his qilib, ko‘p hollardan ajrashishni istab qolishadi.

Mazkur kitob sizni oilaviy hayotning eng muhim omillariga – sevib qolishga va bir–birlaringiz uchun sevimli bo‘lib qolishga o‘rgatadi. Men sizga va juftingizga kitobni birgalikda o‘qib chiqishlaringizni, anketalarni to‘ldirib, har bir bobning oxiridagi savollarga javob qaytarishingizni taklif etaman. Siz hattoki o‘qib chiqayotganingizda bir–birlaringizga ko‘rsatib borish uchun o‘zingiz uchun muhimroq satrlarni ikki xil rangli markerlar bilan ajratib chiqishingiz mumkin.

Men ayni bayram arafasida kelgusi yil bir–birlarini qo‘llab–quvvatlash borasida nima qilish kerakligini eslatib turishi uchun mazkur kitob ni o‘qib chiqadigan katta miqdordagi oilaviy juftliklardan maktublar olaman. Ha, kitob mutolaasiga bunday yondashuv yordam beradi. Ushbu kitob shaxsiy mutolaa uchun mo‘ljallangan, negaki unda juftliklar bir–birlarining eng muhim ehtiyojlarini qondirishni qay tarzda o‘rganib olishlari haqida yozilgan.

KIRISH

Nikohdagi ixtilofliklar ikkita sababga ko‘ra paydo bo‘ladi: (1) juftliklar bir–birlarini baxtli qilishga layoqatli emaslar yoki (2) juftliklar bir–birlarini bebaxt qilishadi. Er-xotinlar birinchi holatda umidsizlikka tushadilar, negaki ularning ehtiyojlari qondirilmaydi. Ikkinchi holatda esa ular bir–birlariga atayin azob berishadi. Kelishmovchilikning birinchi sababini men g‘amxo‘rlik qilishga layoqatsizlik, ikkinchi sababini esa himoyalanishga layoqatsizlik deb atayman.

Mazkur kitobda juftliklarning muhim hissiy ehtiyojlarini qondirishga layoqatsizlik mavzusi ochib beriladi. Bunday layoqatsizlikka bir–birini tushunmaslik ham ta’sir qiladi, negaki erkaklar va ayollar bir–birlarining ehtiyojlari muhimligi haqida baho berishlari juda qiyin bo‘ladi. Erkaklar o‘z nazarlarida muhim ko‘ringan ehtiyojlarni qondirishga urinishga moyil bo‘ladilar, ayollar ham xuddi shunday. Muammo shundaki, erkak va ayolning ehtiyoji aksariyat holda bir–biridan katta farq qiladi, biz esa zarur bo‘lmagan ehtiyojni qondirish uchun bekorga kuch sarflaymiz.

“To‘g‘ri” ehtiyojlar shunchalik muhimki, ular nikoh ichida qondirilmagan holatda, odamlarda nikohdan tashqarida ana shu ehtiyojlarni qondirish vasvasasi paydo bo‘ladi. Mening qabulimda bo‘lgan odamlarning aksariyati “boshqalarni inkor etish” haqidagi muqaddas ahdlarini buzish vasvasasiga berilganlar.

Ammo xiyonat xavfidan ehtiyot bo‘lish bilan birga, hissiy ehtiyojlarni qondirishga ham e’tiborsizlik qilmaslik kerak. Nikoh maxsus munosabatlarni talab qiladi. Zero umr yo‘ldoshiga ana shu muhim ehtiyojlardan ayrimlarini qondirish uchun alohida huquq beriladi. Bu ehtiyojlari qondirilmagan er yoki xotin adolatsizlik ichida yashashga majbur bo‘lishadi, negaki ularni ahloqan maqbul boshqa yo‘llar bilan qondirishning iloji yo‘q.

Mazkur kitob juftliklarga bu muhim ehtiyojlarni muvofiqlashtirish, bir–birlariga bu haqda ma’lum qilish va qondirishga o‘rganishlari uchun yordam beradi.

Nikohdagi nizolarning ikkinchi sababi – himoya qilishga layoqatsizlik – to‘plamga kiruvchi ikkinchi kitobning mavzusi bo‘lib, men uni shunday nomlaganman: “Sevgining qotili: romantik sevgini barbod qiladigan ko‘nikmalar bilan kurash”. Ehtiyojlari qondirilmagan juftliklar ko‘p hollarda beparvo va e’tiborsiz bo‘lib qolishadi. Bunday vaziyat yuzaga kelganida, oilaviy hayot o‘zida dahshatli va qayg‘uli ko‘rinishni aks ettiradi. Bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatsizlik ataylab yuzaga keltirilmaydi, ammo qoniqtirilmagan ehtiyojlarga nisbatan javob harakati atayin qilinadigan xiyonatgacha ortib boradi. Bu o‘z navbatida tez–tez chidab bo‘lmas azoblarga, oxir–oqibat esa ajrashishlarga olib boradi.

Juftliklarga nikohdagi ixtiloflarni bartaraf qilish uchun yordam berishga qaratilgan mening strategiyam nizolarning ikkala sababini – g‘amxo‘rlik qilishga va himoyalashga layoqatsizlikni – e’tiborga oladi. Ushbu kitob sizga to‘laqonli va ishonchli nikohni saqlab qolishingizga yordam beradi.

Ikkala kitobda taqdim etilgan mashg‘ulotlar men amaliy maslahatlarimda foydalanadigan anketalar asosida ishlab chiqilgan. Bu anketalardan aksariyati mazkur kitobda chop etilgan bo‘lsada, siz ularni mana bu ilovalarda to‘liq hajmda topishingiz mumkin: “Romantik sevgi tomon besh qadam: mustahkam oila qurish maqsadida “Sevgining qotili” va “Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobini o‘qiydiganlar uchun mashg‘ulotlar to‘plami”. Nikohdagi munosabatlarini yaxshilashga jiddiy kirishgan erlar va xotinlar uchun ushbu kitobda taqdim etilgan barcha mashg‘ulotlarni bajarish foydali bo‘ladi.

Baxtli nikoh mahoratni – siz butun umringiz mobaynida ardoqlashga va’da bergan insoningizga g‘amxo‘rlik qilish mahoratini – talab etadi. Ezgu niyatlarning o‘zi kamlik qiladi. Ushbu kitob o‘z turmush o‘rtog‘ingizga g‘amxo‘rlik qilishga sizni o‘rgatish maqsadida yozilgan. Siz barcha bu saboqlarni o‘zlashtirib olganingizdan so‘ng, turmush o‘rtog‘ingiz sizni beqiyos inson deya hisoblay boshlaydi, bu esa baxtli va omadli nikohning zaruriy bo‘lgan shartidir.


“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji” kitobi oila haqidagi eng yaxshi kitob sifatida reytingni takror va takror boshqarib kelmoqda, negaki bu kitob boshqa asarlardan farqli ravishda erlar va xotinlar nimaga ko‘proq muhtoj bo‘layotgan bo‘lsalar, aynan o‘shani bir–birlariga berishlariga ko‘maklashadi.

“Erkak ehtiyoji, ayol ehtiyoji”ni o‘qigan million nafardan ko‘p juftliklar oila o‘chog‘idagi alangani saqlab turishni o‘rganib oldilar va endi kitobni boshqa odamlarga ham tavsiya etishmoqda. Doktor Xarlining samarali maslahatlari va tajribalari sharofati bilan oilaviy hayotlarida ajoyib o‘zgarishlar yuz bergan insonlar safiga qo‘shiling. Siz baxtli nikohning faqat orzu bo‘libgina qolmay, balki haqiqiy hayotingizga aylanishini ko‘rasiz


Книга на Узбекском языке: Его нужды, Ее нужды (Уиллард Ф. Харли-мл.)

«Его нужды, Ее нужды» неизменно считается лучшей семейной книгой, потому что, в отличие от других произведений, эта книга призывает мужей и жен давать друг другу то, в чем они нуждаются больше всего.

Более миллиона пар, прочитавших «Потребность мужчины, потребность женщины», научились поддерживать пламя и теперь рекомендуют эту книгу другим. Присоединяйтесь к рядам людей, которые добились замечательных изменений в своей семейной жизни благодаря эффективным советам и опыту доктора Харли. Вы увидите, что счастливый брак станет не просто мечтой, а вашей реальностью.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак