J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (8-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
8.Axir zamonaviy tibbiyot tanosil kasalligiga qarshi kurashishni o‘rganib olmaganmi?
Har holda, mening ko‘plab tinglovchilarim astoydil shunga ishonadilarki, jinsiy organlar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni hatto yuqqan holatida ham (ularning nazarida bu kamdan-kam yuz beradi) tibbiyot osongina bartaraf qiladi. Afsuski, bu aslo to‘g‘ri emas.
Agar 1960-yillarda shifokorlar ikkita asosiy tanosil kasalligini - sifilis va gonoreyani (ikkalasini ham ukol yordamida) davolagan bo‘lsalar, hozirgi kunda jinsiy aloqa orqali o‘tadigan 25 ta asosiy kasallik turlari aniqlangan27 va ulardan 19 tasi bedavodir28.
1960-yillarda faol jinsiy aloqada bo‘lgan har oltmishinchi o‘smir tanosil kasalligini yuqtirgan. 1970-yillarda - har qirq yettinchi o‘smir29. Hozirgi kunda faol jinsiy aloqadagi har to‘rtinchi o‘smir xastalikka chalinmoqda30.
Shifokorlarning tanosil balosiga qarshi vosita izlashlari va uning tarqalishini to‘xtatish uchun qilayotgan barcha harakatlariga qaramay, kasalliklar turi xuddi kasallanganlar miqdoridek kamayish o‘rniga uzluksiz o‘sib bormoqda. Bugungi kunda 70 million amerikalik jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kamida bitta kasallikka chalingan31. Ulardan taxminan 65 millionining tuzalishiga endi umid yo‘q32. Dunyo bo‘yicha har yili deyarli 330 million odam tanosil kasalligini yuqtiradi33.
Ayniqsa, yoshlar yuqumli kasalliklarga tez chalinishadi. Yosh qizlar o‘zlarining jinsiy aloqani boshlagan dastlabki ikki yilida hech bo‘lmaganda ham tanosil xastaligining ko‘proq tarqalgan ikki-uchta turi bilan kasallanishadi.
Bugungi kunda faol jinsiy aloqadagi har to‘rtinchi o‘smir xastalikka chalinmoqda. |
Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Amerikada jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklarni boshqalarga yuqtirishi mumkin bo‘lgan 19 million odam ro‘yxatga olinadi. Ayni vaqtda kasallarning yarmi 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir34.
Hozirgi kunda buzuq hayot kechirgan holda salomatlikni asrab qolishning deyarli iloji yo‘q. Nikohgacha jinsiy aloqani tanlaganingizda - eng yaxshi holatda ham - har to‘rttadan bitta aloqada kasal yuqtirib olish mumkin35. Bundagi natija esa har safar yangi juft paydo bo‘lganida ortib boraveradi.
Albatta, siz ushbu raqamlarga qarab o‘ylayotgandirsiz: “Agar faol jinsiy aloqadagi o‘smirlarning to‘rttadan faqat bittasi kasallangan bo‘lsa, demak, men hali bu kasallikka chalinishdan qutulib qolishim mumkin. Bundan tashqari, bu kabi barcha xastaliklar davolanadi, to‘g‘rimi?” Yo‘q, noto‘g‘ri! Ko‘pgina tanosil kasalliklari bedavodir, chunki ularni viruslar deb atashadi. Barcha virusli kasalliklarning davosi yo‘q, tanosil xastaligidan tortib oddiy shamollashgacha. Jinsiy a’zolar orqali o‘tadigan ayrim yuqumli kasalliklargina davolanishi mumkin, lekin bu uzoq davom etadigan va azobli jarayon; mana bir necha daqiqalik rohatning bahosi! Bundan tashqari, hattoki avval qutulish mumkin bo‘lgan kasalliklardan so‘nggi vaqtda shifo topish imkonsiz bo‘lib qolmoqda.
Yiliga oltmish milliard dollar - bizning salomatlikni saqlash tizimimiz jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklarni davolashga va tashxisiga ana shuncha mablag‘ sarflaydi36. Kasallanganlar soni juda yuqori va shifokorlar bu raqamlarni kamaytirish uchun tinim bilmay ishlamoqda. Darvoqe, yaqinda eng ko‘p tarqalgan tanosil kasalliklaridan biri - OPV, yoki odam papilloma virusiga qarshi vaksina o‘ylab topishdi. Ko‘pchilik bu muvaffaqiyatni “jinsiy a’zolar orqali yuqadigan kasalliklarga qarshi kurashda muhim qadam” deya hisoblashdi, biroq amalda kasallik yuqtirishdan himoya darajasi pastligicha qolmoqda. Eng avvalo, vaksina faqatgina ayollarga yordam beradi, erkaklar uchun vosita hali o‘ylab topilmagan. Shuningdek, bu vosita 70 foiz holatlarda samara bergan bo‘lib, uni yoshlikda qabul qilish kerak; kasallik yuqtirgan katta yoshdagi ayollarga vaksina yordam berolmaydi. Shu bilan birgalikda, u saraton shishini hosil qiladigan OPVning barcha turlarini davolay olmaydi. Qolaversa, vaksina qabul qilinganidan so‘ng uning qancha vaqt ta’sir qilishi hali noaniqligicha qolmoqda. Bu vosita yaratilganiga hali ko‘p bo‘lmadi va OPV aniqlangan o‘sha 70 foiz ayollar orasidan vaksina qo‘llanilganlariga bu qancha muddat yordam berishini bilish uchun yillar kerak bo‘ladi37. Har holda, uzoq vaqtlik himoya uchun imkoniyatlar unchalik ko‘p emas.
Shifokorlar jinsiy aloqa orqali o‘tadigan 25 ta asosiy kasalliklar turini aniqlashgan, ulardan 19 tasi bedavodir. |
Biroq kasalliklarni keltirib chiqarish bilan bir qatorda, uni yuqtirib qolishning boshqa halokatli oqibatlari ham bor. AQShdagi 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 100 ming ayollar tanosil kasalligini yuqtirganlari bois hech qachon farzand ko‘rolmaydilar38. Har yili deyarli 80 ming erkak OPV keltirib chiqargan saraton xastaligiga chalinishadi39. Har yili 17 mingdan ko‘proq amerikaliklar OITS tufayli vafot etishadi40.
Lekin baribir Xudo siz uchun o‘rnatgan himoya chegaralaridan chetlab o‘tib, jinsiy yaqinlikka kirishishga qaror qilsangiz, tanosil kasalliklariga chalinmaslik ehtimoli sizda juda kam. Bu ilm-fan bilan tasdiqlangan. Shifokorlar hamjamiyati ham, hukumat ham bu dalilni tan oladi. Darvoqe, yaqinda AQSh hukumati tanosil kasalliklarining oldini olish va tashxisi uchun 400 million dollar ajratdi41, shunday bo‘lsada, kasallanish o‘sishda davom etmoqda. Oddiy qilib aytganda, hukumat yoki shifokorlar bizni Xudo aniq-ravshan ogohlantirgan xatarlar oqibatidan asrab qololmaydi.
Xudoning jinsiy aloqaga daxldor qarorlari bizni noxush oqibatlardan asrash va yanada ko‘proq lazzat baxsh etish uchun berilganligi yodingizda bo‘lsin. Pok va beg‘ubor nikoh to‘shagida jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklarga chalinish ehtimoli qancha? Hech qancha. Bu eng maqbul variant, shunday emasmi?
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.