Yalang‘och dalillar (Josh Makdauell) 37 bob

J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (37-savol) Kitob O'zbek tilida

Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savolJ.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (Audiokitob) Kitob O'zbek tilida

 

Mundarija

Tashakkurnoma

Xo‘sh, boshlaymizmi?

1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?

2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?

3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?

4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?

5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?

6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?

7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?

8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?

 9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?

10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?

11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?

12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa

 xavfsiz emasmi?

13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?

14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna  orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?

15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?

16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?

17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?

 18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?

19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?

20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?

21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?

22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?

23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?

24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?

25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?

26.Ahir nikohgacha bo'ladigan  jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?

27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?

28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?

29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?

30.  Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?

31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his  qilishim mumkin?

32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?

33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?

34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?

35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?

36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?

37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?

38. Masturbatsiya bu durustmi?

39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?

40. Qizlarga, Erin Devis

41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan

42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma

43. Muhokama uchun savollar


37.Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta’sir qiladi?

Bu haqda gapirishdan avval, pornografiya nima ekanligini tushunib olishimiz zarur. Lug‘at pornografiyani “hirsiy hissiyotlarni qo‘zg‘ashga qaratilgan ehtirosli harakatlar (tasvir yoki satrlar tarzida)”deya ta’riflaydi201. Ushbu mavzu yuzasidan so‘z yuritilganida, ko‘pchilik odamlar darhol X reytingiga ega veb-saytlar yoki yalang‘och odamlarning suratlari tushirilgan “ochiq” jurnallar haqida o‘ylashadi, - ha, bu pornografiya. Biroq, lug‘at maqolasiga ko‘ra, biz ehtirosni qo‘zg‘atadigan hirsiy sahnalarga ega teleshou yoki filmlarni tomosha qilganimizda, jurnal yoki reklama lavhalarida bizdagi ehtirosni uyg‘otish maqsadida  tushirilgan fotosuratlarni ko‘rganimizda va hatto jinsiy aloqaga oid jozibador voqealar bayon etilgan kitoblarni o‘qiyotganimizda uning ta’siriga berilamiz.

Pornografiya bizning madaniyatimizda haddan ziyod keng tarqalgan. Agar bilishni istasangiz, butun boshli bu sanoatning budjeti 13,3 milliard dollarni tashkil etadi202. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 40 million katta yoshdagi odamlar muntazam ravishda pornosaytlardan foydalanishadi. Bu doimiy ravishda beysbol tomosha qiladiganlar sonidan o‘n barobar ortiq203. Internetda eng kami bilan 40 ming pornosaytlar ro‘yxatga olingan204. Butunjahon tarmog‘iga turli tartibdagi barcha kirishlarning 60 foizdan ortig‘i jinsiy aloqa mavzusiga bog‘liq205 va u Internetdan foydalanuvchilarning so‘rovi orasida birinchi o‘rinni egallaydi206 , bundan ko‘rinib turibdiki, pornografiyaning ta’siri juda keng tarqalgan.

Foydalanuvchilar orasida ayollarning, shuningdek, o‘smirlarning soni tobora ortmoqda. 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning o‘rtacha 70 foizi har oyda qandaydir pornografik veb-saytlarga kirishadi. Internet orqali ilk bora pornoroliklarni ko‘radigan o‘smirlarning o‘rtacha yoshi - 11 yosh207. Bunga qo‘shimcha tarzda, oddiy bir o‘smir har kuni o‘rtacha uch soat, asosan jinsiy aloqa mavzusi ko‘proq darajada yuqori bo‘lgan “o‘ta qizg‘in” pallada, shanba oqshomida televizor ko‘radi208. Ayollarga kelsak, ular pornografiyaga bog‘liqlikdan qiynaladigan odamlarning 35 foizini tashkil etadi209.

Pornografiya amerikaliklarning deyarli eng sevimli vaqt o‘tkazishga aylangan bir davrda yashayotganingizda, undan hech bir zarar yo‘q ekanligini haqidagi vasvasalarga beixtiyor berilasiz. Siz o‘zingizga shunday deyishingiz mumkin: “Bundan hech kimga yomon bo‘lmaydi”, yoki: “Men buni hazil tariqasida ko‘raman, xolos”, yoki: “Keyinchalik bunaqalarni ko‘rishni bas qilaman, albatta”. Bilasizmi, ko‘pchilik yoshlar pornografiyani faqt to‘ygacha ko‘rib, keyin o‘z hayotlarida jinsiy aloqaga kirishishgach, bularning hammasini unutib yuborishlarini aytib o‘zlarini oqlashadi. Ammo hayotda hammasi bunday silliq ketmaydi.

Biz 7-savolning javobida jinsiy aloqaga doir tajribalar miyangizga qay tarzda ta’sir qilishini tadqiq etganimiz yodingizdami? Pornografiya hirsni qo‘zg‘ash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Siz filmlardagi ochiq sahnalarni yoki jinsiy aloqaga oid suratlarni onlayn ko‘rganingizda, hayotda juftingiz bilan intim yaqinlikka kirganingizda bo‘lgani kabi, bu holatda ham miyangizda neyrokimyoviy jarayonlar yuz beradi.  Sizning organizmingiz katta miqdorda dofamin-baxt gormonini qabul qiladi, miyaga sizni tanlagan insoningiz bilan birlashtiradigan, hatto u tasavvuringizda bo‘lsa ham, oksitotsin va vazopressin oqimi qo‘yiladi.

Xudoning rejasiga ko‘ra, sizni turmush o‘rtog‘ingiz “qo‘zg‘atishi” lozim. Pornografik qo‘zg‘atuvchi tasavvurlardan foydalangan holda, siz ularga bog‘lanib qolasiz. Hatto siz hayotda ko‘plab juftlar bilan jinsiy aloqa qilmasangiz ham, miyangiz sizning shunday aloqalar qilayotganingizga ishonadi. Shuningdek, pornografiya bu tasavvurlarni miya hujayralarida muhrlab qo‘yadigan xotira gormoni, norepinefrin hosil bo‘lishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida hissiyotlarga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Oqibatda ular sizni nikoh to‘shagida ham tinch qo‘yishmaydi. Boshqacha aytganda, miyaning pornografiyaga reaksiyasi turmush o‘rtog‘ingiz bilan chinakamiga yaqinlashish qobiliyatingizga ziyon yetkazishi mumkin.

Pornografiya tomoshasi dofamin miqdorini katta miqdorda ishlab chiqargani bois, u qandaydir qiziqarli va jozibador bo‘lib qabul qilinishni boshlaydi. To‘ydan so‘ng esa siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan chindan ham qalin aloqalar o‘rnatmoqchi bo‘lganingizda, qachondir pornografiya ta’siriga tushgan miyangiz o‘zi ehtiyoj sezadigan o‘sha neyrokimyoviy jarayonlarga erishish uchun ehtirosni qo‘zg‘aydigan tasavvurlarni ko‘proq talab qiladigan bo‘ladi.

Pornografiyani ko‘rish tomoshabinning jinsiy yaqinlik borasidagi tasavvurlarini buzib yuborishi isbotlangan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, pornografiya odamlarga shunday tushunchalarni singdiradi, ya’ni...

• butun umrlik majburiyatlarga o‘zini bog‘lamagan holda, jinsiy aloqadan ko‘proq rohat olish mumkin.

• xiyonat - odatiy hol; juftliklar bir-birlaridan sadoqat kutishmaydi.

• hirsiy ishtiyoqni so‘ndirish - salomatlik uchun zararli.

• bolalar - shaxsiy hayotdagi yuk, to‘sqinlik210.

Boshqa tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, pornografiyani muntazam tomosha qilish hirsiy tajovuzning ortishiga olib boradi211. Televizor orqali ochiq ko‘rinishdagi sahnalarni (ba’zan buni “yopishib olmaydigan porno” deb aytishadi) ko‘proq ko‘radigan o‘smirlar bunday ta’sirga yo‘liqmagan boshqalardan ko‘ra, kelgusi yilda ikki barobar ortiq ehtimol bilan jinsiy aloqaga kirishadilar. O‘sha tadqiqotlar bo‘salar, erkalashlar va 12-17 yoshli bolalar o‘rtasidagi oral jinsiy aloqa, umuman, barcha hirsiy faolliklar va  jinsiy aloqaga oid lavhalarni alohida tartibda ko‘rish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘sib borayotganini qayd etishgan. Ushbu mavzuni tadqiq etadigan mutaxassislar shunday xulosaga kelishganki, pornografiya, hatto u “yopishib olmaydigan” shaklda bo‘lsa ham, jismoniy yaqinlik aslida kundalik hayotda ko‘proq muhim ekanligi haqidagi tasavvurni uyg‘otadi va yoshlarni jinsiy aloqani sinab ko‘rishga undaydi212.

Yana takrorlaymiz: pornografiya sizning qarashlaringizni, jinsiy aloqaga oid qadriyatlaringizni albatta buzib yuboradi; pornografiyaga yuzlanish hirsiy tajovuzlar va turli “tajribalar”ning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Pornografiya sanoati yaratadigan jismoniy yaqinlik tasavvuri haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va Xudoning rejalariga mos tushmaydi. Ahloqiy beboshlik, er-xotin o‘rtasidagi xiyonat, shahvoniy buzuqlik va “oqibatsiz” jinsiy aloqa o‘ziga xos tarzda targ‘ib etiladi. Inson pornografiya ta’siri ostida qarama-qarshi jins vakili bilan jurnal yoki monitor orqali ko‘rgan lavhalar tasavvuridan kelib chiqib, aslida haqiqiy hayotda bunday bo‘lmasligini tushunmagan holda, munosabatlar o‘rnatishga kirishadi.

Ehtimol, pornografiyaning eng vayronkor oqibati jinsiy aloqani oddiygina jismoniy o‘zaro yaqinlik holatiga tushirib, hissiy va ruhiy jihatlarini bekor qilishidan iboratdir. Biz siz bilan yodimizga olaylik: Xudo jinsiy aloqani er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro aloqani uzoq yillar davomida mustahkamlash uchun yaratgan. Ammo jurnaldagi ishlov berilgan suratlar orqali yaqin bo‘lish mumkinmi? Yoki kompyuter ekranidagi fotosuratlar bilanmi? Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas.

Pornografiya jinsiy aloqani oddiy jismoniy o‘zaro harakat darajasiga pasaytiradi.

Tadqiqotlardan birida o‘smirlarga 20 banddan iborat ro‘yxat berilgan bo‘lib, ular o‘z fikrlaridan kelib chiqqan holda, oltita muhimroq bandlarni tanlashlarini so‘rashdi. Birinchi raqamli tanlov (67 foiz uchun) qarama-qarshi jins vakili bilan yaqin, chuqur munosabatlarni o‘z ichiga olgan.  Aksariyat hollarda jinsiy aloqa bu ro‘yxatning oxiridan o‘rin olgan213.

Biz jinsiy aloqa borasida Xudoning rejasiga amal qilganimizda, mukofot tariqasida uzoq yillar davom etadigan haqiqiy chuqur munosabatlarni qabul qilamiz. Pornografiya esa bizga shunchaki jinsiy aloqani taklif etadi - bu axir sizning hayotiy ustunliklarga oid ro‘yxatingizdagi eng oxirgi band, xolos.

 


Книга на Узбекском языке: - Голые факты  (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)

Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.

 

Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак