J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (6-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
6.Insonning asosiy jinsiy a’zosi qayerda joylashgan?
Sizning asosiy jinsiy a’zongiz cho‘milish kiyimi ichida joylashmagan. Eng yuqori darajadagi jismoniy rohat oyoqlar o‘rtasida emas, balki quloqlar orasida joylashgan. Masala jinsiy aloqaga borib taqalganida, haqiqiy mo‘‘jiza aynan miyangizda yuz beradi.
Sizga tezkor neyrobiologiya kursini o‘tashga izn bering. Uch fut og‘irlikdagi miyangiz o‘n milliard neyronlarni, 100 milliard yordamchi hujayralarni va 100 trillion aksonlarni - hujayralarni neyronlar bilan birlashtiruvchi bo‘g‘inlarni o‘zida saqlaydi15. Har soniyada bir million yangi aloqalar yuzaga keladi16. Inson miyasi borliqdagi eng murakkab birikma. Bu ayyorona tizimning ichi katak va aloqalardan iborat bo‘lib, eng ajoyib ehtirosli jarayonlarga ega. Axir siz “orgazm” so‘zini eshitgan bo‘lsangiz kerak? U jismoniy yaqinlikdan lazzat olishning yorqin hislarini tasvirlaydi. Olimlar orgazm vaqtida lazzat beruvchi kimyoviy moddalarni ko‘proq qabul qilgan miyaning jonlanishini qayd etishgan. Miya bu paytda tananing barcha organlariga muayyan ravishda buyruq bergan holda, o‘z signallarini yuboradi. Orqa miyaga turtki beradigan asab hujayralari ishlamasa orgazm hosil bo‘lmaydi. Xullas, jinsiy aloqaga aloqador hamma narsaga aynan miya buyruq beradi.
Biroq har bir miya ham jinsiy aloqadan yuqori darajada rohat olishga moslashmagan. 100 trillion aksonlar hali yodingizda turibdimi? Aksonlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda xuddi yalang‘och sim kabi ochiq bo‘ladi, o‘smirlarda esa miyelin deya ataluvchi moddalarning “himoya qobig‘i” bilan qoplanadi. Miyelin qobig‘i keyingi yigirma yil mobaynida shakllanib boradi. U xuddi simlarning muhofazasi kabi vazifani bajaradi - miyadan asablarga elektr to‘lqinlarini tez va samarali o‘tishiga imkon beradi17. Endigina qobiq qoplanayotgan asablarning bir qismi pubertat yoshda his-tuyg‘u, sog‘lom fikr va o‘zini boshqarish xususiyatlarini o‘zaro bog‘laydi. Ya’ni sizning miyangiz tez qabul qilishga dasturlangan, ammo shu bilan birgalikda toki siz yigirma yoshdan oshmaguningizcha hirsiy maylga taalluqli bir xil qarorlar qabul qiladi.
Neyrobiologlar o‘smirlik yoshida ham miyaning boshqa qismlari hali ulg‘ayish jarayonida bo‘lishini aniqladilar. Miyadagi bunday bo‘limlardan biri sog‘lom qarorlar qabul qilish va ko‘tarilib ketadigan hissiyotlarni nazorat qilish uchun javob beradi. U “prefrontal po‘stloq” deya ataladi18.
Biz tug‘ilganimizda harakatlarimizni miyaning tubida joylashgan limbik tizim boshqaradi va eng avvalo faqat his-tuyg‘ularimiz uchun javobgar hisoblanadi. Biz uning ta’siri ostida qaror qilganimizda, yaxshini yomondan ajratishga qodir bo‘lolmaymiz, biz faqat hissiyotlarimizga tayanamiz.
Yoshimiz ulg‘aygan sayin qarorlar qabul qiluvchi nazorat markazimiz limbik tizimdan endilikda bosh miyaning old qismida joylashgan va ahloqiy qarorlarimiz uchun javobgar bo‘lgan prefrontal po‘stloqqa o‘tadi. Agar limbik tizim ishtaha, istaklar va tez hojat uchun javob bersa, prefrontal po‘stloq faqatgina mantiqiy qarorlarni, keyin yuzaga keladigan oqibatlarining tahlili bilan birgalikda, qabul qilishga qodir. Shunday deyish mumkin: agar limbik tizim yovvoyi sher bo‘lsa, prefrontal po‘stloq - bu sherlarni tajribali bo‘ysundiruvchidir. Sher hamisha och, o‘ljani qo‘lga kiritish uchun nimalar xatarli bo‘lishi unga baribir. O‘rgatuvchi “qamchi va shirin kulcha” tizimidan foydalangan holda uning yirtqichlarcha ishtahasini bo‘ysundiradi.
Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, o‘smirlar sherga o‘xshashadi. Bu yoshda prefrontal po‘stloq “uxlab rulni boshqaradi”, limbik tizim esa hamma yoqda avjiga chiqadi. Aslini olganda, bir boshqaruv tizimidan boshqasiga o‘tish ko‘pincha taxminan yigirma besh yoshda yakunlanadi. Biologik nuqtai nazardan, oddiy o‘smirning prefrontal po‘stlog‘i hali “boshliq kursisiga o‘tirish”ga19 tayyor emas, biroq rivojlanishning ana shu darajasida o‘smirlar o‘z hayotlariga keyinchalik ta’sir ko‘rsatadigan jinsiy aloqaga taalluqli qarorlarni qabul qilishga urinishadi.
“Journal of Youth and Adolescence” ilmiy nashriyotining yaqinda o‘tkazgan so‘rovlariga ko‘ra, 60 foizdan ko‘proq yoshlar 17-18 yoshlarida jinsiy aloqaga kirishishgan20. Miya esa ayni pallada buning ehtimoliy oqibatlari haqida tahliliy qaror qabul qilishga qodir emas. Balki shu bois so‘rovda ishtirok etgan faol jinsiy aloqa qiluvchilarning uchdan ikki qismi shoshilganlaridan afsusda ekanliklarini bildirishgan21.
Garchi o‘smirlar jisman jinsiy aloqaga tayyor bo‘lsalarda, ularning asosiy jinsiy a’zosi - miya - yuqori darajada lazzat olish uchun yetarli ulg‘aymagan.
Keling, jinsiy aloqaning vazifasi yuzasidan uchinchi savolga taalluqli javobga qaytaylik. Yodimizda bo‘lsa, Xudo jinsiy aloqani bizning lazzatlanishimiz va boshqa insonlar bilan yaqin bo‘lishimiz uchun yaratgan. Bu ikkita maqsad biologiya jabhaga emas, balki ong jabhasiga taalluqli. Xudoning rejasi bo‘yicha, jinsiy aloqadan keladigan asosiy quvonchni ong qabul qiladi.
Sizning asosiy jinsiy organingizni cho‘milish kiyimi berkitmaydi. |
Boshqacha aytganda, miya uchun hozircha prezervativlar o‘ylab topilmagan. Men aytmoqchimanki, siz yaqinlikdan barcha ma’noda - aqlan, hissiy va jisman - yuqori darajada yorqin lazzat olishga qodir bo‘ladigan munosabatlarga kirishmaguningizcha, faqat Xudogina sizning asosiy jinsiy a’zongizni himoya qilishi mumkin.
Xudoning Kalomi bizga yaxshi maslahat beradi: “Bu dunyoga moslashmanglar, fikr-zikringizni yangilab, tubdan o‘zgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan bo‘lasiz, ya’ni nima yaxshi, Xudoga manzur va mukammal ekanligini bila oladigan bo‘lasiz” (Rimliklar 12:2).
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.