J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (Muhokama uchun savollar) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
Muhokama uchun savollar
1-5 savollar
1. Agar poklik - “Xudoning rejasiga binoan yashash” bo‘lsa, siz unga intilayapsizmi va unga qanday erishmoqchisiz? Bir qancha usullarni sanab o‘ting. Hayotingizning qaysi jabhalarida o‘z harakatlaringiz Xudoning rejasiga muvofiq kelishi uchun uni tahlil qilib turishingiz zarur?
2. Jumlani yakunlang: agar sabr-toqat qoida bo‘lsa, poklik - bu ___________________ Ular o‘rtasidagi farqni anglash poklikka bo‘lgan munosabatingizni qanday o‘zgartirdi?
3. Sulaymonning Qo‘shiqlar Kitobidan 1-bobni o‘qing. Ushbu ta’sirchan va romantik sanolarni o‘qiyotganda, nimalarni his qilyapsiz? (Misol uchun: noqulaylik, qiziqish, hayajon). Nima deb o‘ylaysiz, ikki sevishgan o‘rtasidagi bu jinsiy suhbat Xudoning Kalomidan o‘rin olgan?
4. Mana bu savolga qanday javob bergan bo‘lardingiz: “Xudoning mehribon ekanligi rostmi?”
5. Avvalgi savolga javobingiz hatti-harakatingizga qanday ta’sir qiladi? Jinsiy aloqa va romantik munosabatlarga taalluqli qarorlaringizning o‘ziga xosligi nimadan iborat?
6 Biz uchinchi savolga javob bergan holda, jinsiy aloqa yaratilishidan ko‘zlangan uchta muayyan maqsadni aytib o‘tdik: tug‘ilishlarning davom etishi, birlik va hordiq, kuchni tiklash. Bu maqsadlarni muhimligi bo‘yicha tartib bilan joylashtiring. Javobingizni izohlang.
7. Agar chinakam sevgi sevimli insoniga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, uning manfaatlarini himoya qilgan holda yaxshilik izlasa, siz o‘z hayotingizda chin sevgining qanday namunalarini keltirishingiz mumkin? Boshqacha aytganda, kim sizga haqiqiy sevgining ilohiy namunasini ko‘rsatgan?
8. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizning manfaatlarini himoya qilishingiz va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishingiz mumkin bo‘lgan uchta usulni sanab o‘ting.
9. Iso qanday uchta noyob usul bilan O‘z sevgisini sizga namoyon etgan?
10. Qonunlar Kitobida (10:13) Xudoning amrlari bizning foydamiz uchun berilgani aytilgan. Xudoning Yangi Ahdda ko‘rsatib o‘tilgan uchta amrini sanab bering. Har bir amrni qo‘yidagi jumla bilan yakunlang:
Bu amr menga yaxshilik maqsadida berilgan, negaki uning bajarilishi <...> ni anglatadi.
6-19 savollar
1 Jinsiy aloqadan ko‘proq rohat olishimizga miyamiz javobgar ekanligini ilm-fan isbotlagan. Boshqacha aytganda, aslida jinsiy aloqa - aqliy faoliyat. Xo‘sh, zamonaviy madaniyat jinsiy aloqa haqida aytadiganlarni bu qanday inkor etadi?
2. Nima deb o‘ylaysiz, Xudo miyamizni nega shunday yaratgan, ya’ni yigirma yoshdan kichik bo‘lganimizda biz barcha oqibatlarini anglagan holda muhim qarorlar qabul qilishga qodir emasmiz?
3. Norepinefrin - har qanday yuqori hissiyotli va chuqur ta’sir qiladigan harakatni xotiraga aniq-ravshan muhrlab qo‘yadigan gormon. Boshingizda shu tariqa “o‘ralashib” qolgan biror voqeani aytib bering. Nima deb o‘ylaysiz, nega shu voqea paytida sizning organizmingizda norepinefrin ajralib chiqqan?
4. Hozirgi kunda jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklar juda keng tarqalganini bilganingizda, nimani his qildingiz?
5. 9-savolga javobni o‘qishingizdan avval, jinsiy aloqa orqali yuqadigan, nisbatan kengroq tarqalgan kasallik - odam papilloma virusi haqida qanday ma’lumotlardan xabaringiz bor edi? Ushbu bobda taqdim etilgan ma’lumotlar tanosil kasalliklariga chalinish xavfiga nisbatan munosabatingizni to‘liq o‘zgartirdimi?
6. Yoshlar o‘rtasida bu kasallik tarqalishining oldini olishga yordam berish uchun katta yoshli odamlar tanosil kasalliklar mavzusini qay tarzda muhokama etishlari kerak?
7. “Xavfsiz” jinsiy aloqa bo‘lmasligini tushunganingizda, nimani his qildingiz?
8. Prezervativlar va hapdorilar jinsiy aloqa orqali o‘tadigan yuqumli kasalliklardan oz miqdorda yoki umuman himoya qilmasligini bilganingizda, bundan keyin nikohdan tashqari jinsiy aloqa qilmaslikni istadingizmi? Nima uchun “ha” yoki nima uchun “yo‘q”?
9. 13-savolning oxirida keladigan ikkita “ssenariy”ni qayta o‘qib chiqing. Bu voqealarda tasvirlangan birorta vaziyatga tushib qolganingizda, qanday harakat qilgan bo‘lardingiz? Hozirgi hirsiy harakatingiz bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz hayotida muqarrar aks etishi, shaxsiy hayotingizga taalluqli qarorlar qabul qilishingizga ta’sir qilishi mumkinligi haqida qanday fikrdasiz?
10. Tengdoshlaringiz o‘rtasida jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklarga odatiy munosabatni siz qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? (Misol uchun: bezovtalik, befarqlik, qo‘pollik, hazil-mutoyiba).
20-24 savollar
1. Nima deb o‘ylaysiz, nega nikohgacha bo‘ladigan jiinsiy aloqa va tushkunlik/o‘z joniga qasd qilish o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bor?
2. Shaxsiy hayotingizda bor bo‘lgan qaysidir gunoh haqida o‘ylab ko‘ring (hirsiy yoki yana boshqa biror gunoh haqida). Oxir-oqibat, o‘sha gunoh tufayli o‘zingizni qanday his qilgansiz?
3. Quyidagi jumlani, barchasini sanab chiqqan holda, o‘z bilganlaringiz darajasida yakunlab chiqing:
Nikohdan tashqari jinsiy aloqa quyidagi his-tuyg‘ularga sabab bo‘ladi: ...
Nikohdagi jinsiy aloqa quyidagi his-tuyg‘ularga sabab bo‘ladi: ...
4. O‘qiganlaringizdan kelib chiqqan holda, siz jinsiy aloqaga qanday ta’rif bergan bo‘lardingiz? Shaxsiy jinsiy aloqalaringiz bilan bir qatorda, mazkur ta’rifga qanday harakatlarni qo‘shgan bo‘lardingiz?
5. Nima deb o‘ylaysiz, nega yoshlar ko‘pgina xildagi hirsiy harakatlarni, jumladan oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblamaslikka tobora moyil bo‘lishmoqda?
6. Mutaxassislar maslahatiga muhtojlik sezgan dugonalari haqida eriga gapirib bergan ayolning hikoyasini eslang; uning dugonalari qachondir oral jinsiy aloqa qilishganini unuta olishmay qiynalishgan. Sizga endilikda jinsiy aloqaning inson ongiga ta’siri ma’lum ekanligiga tayangan holda, aytingchi, nega bu ayollar shuncha yillik nikohdagi hayotlaridan so‘ng ham oral jinsiy aloqaning hissiy oqibatlariga to‘qnash kelishdi?
7. Jumlani yakunlang: zamonaviy madaniyat faqatgina jinsiy aloqa haqiqiy jinsiy yaqinlik ekanligini ta’kidlaydi, biroq, Xudoning andazalariga asosan, jinsiy aloqa - bu...
8. Siz shaxsan qanday vaziyatlarda yolg‘on bilan, ya’ni rasman “bokiralikni saqlagan holda” jinsiy faollikda “hech qanday noboplik yo‘q” degan soxta tushunchaga to‘qnash kelgansiz? (Misol uchun: do‘stlar bilan suhbatda, muayyan bir seriallar, filmlarni tomosha qilayotganda va h.k.z.)
9. O‘zingizning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz haqida o‘ylayotganda, u siz uchun bokiraligini asrashiga umid qilasizmi? Qaysi darajagacha?
10. Oral jinsiy aloqadagi qanday xavf-xatarlar sizni ko‘proq taajjubga solgan?
25-31 savollar
1. Sizning fikringizcha, nikohgacha jinsiy aloqa qilishga shoshilgan qanday odam buning uchun eng katta to‘lov qiladi?
2. Sizningcha, mabodo Xudoning poklik andazalari zamonaviy madaniyatda istisno sifatida emas, balki to‘liq qabul qilinganida, jamiyat butunlay o‘zgarib ketgan bo‘larmidi?
3. 26-savolga javob berayotganda, biz sizga birinchi nikoh kechasida jinsiy aloqa yuzasidan tajribasiz, ammo munosabatlar masalasida mutaxassis bo‘lishingizni taklif etgandik.
Jinsiy aloqada tajribasizlik shunchaki faqat to‘ygacha jinsiy aloqadan o‘zini tiyishni bildiradi, xolos. Ammo munosabatlarda mutaxassis bo‘lish uchun nimalar zarur?
4. Sizning fikringizcha, qaysi uchta muhim ehtiyojlar romantik munosabatlarda qondirilishi kerak? Qanday sharoitlarda bu ehtiyojlar to‘liq qondirilishi mumkin - nikohdan o‘tmay birga yashab turishdami yoki qonuniy nikohdami? Javobingizni izohlang.
5. Nega bir nikohli er-xotinlar eng yaxshi jinsiy aloqani boshdan kechirishadi?
6. Zamonaviy madaniyat sizni o‘z hirsiy jo‘shqinligini boshqarolmaydigan hayvon o‘rnida qabul qilishini bilganingizda, nimalarni his qildingiz?
7. 25- va 26-savollarga berilgan javoblarga ko‘ra, nikohning noyob afzalligi nimalardan iborat? Ulardan qaysi biri shaxsan sizni o‘ziga ko‘proq jalb etadi?
8. Muqaddas Kalomdagi aynan qaysi oyatlar nikohgacha jinsiy aloqa qilishdan o‘zingizni asrash qaroringizni o‘zgartirmaslikka yordam beradi, hatto gormonlar yoki his-tuyg‘ular “miyaga urib”, juda og‘ir qarorlar qabul qilishga olib borsa ham?
9. Nima deb o‘ylaysiz, nega bir daqiqalik ehtiros tufayli bokiraligini yo‘qotgan ko‘plab imonli yoshlar betartib jinsiy aloqaning sirpanchiq yo‘llarida yana va yana toyib ketishmoqda?
10. Jinsiy ko‘rinishdagi fotosuratlarni yuborgani uchun sud ta’qibiga duch kelgan o‘smirlar haqidagi voqeaga siz qanday munosabat bildirdingiz? Nima deb o‘ylaysiz, bunday harakatlarni bartaraf qilish uchun bu yetarlicha samarali uslubmi? Agar javobingiz “ha!” bo‘lsa, nima uchun? Agar javobingiz “yo‘q!” bo‘lsa, nima uchun?
32-36 savollar
1. Xudoning kechirimini his qilgan vaziyatingizni eslang va tasvirlab bering. Siz o‘shanda nimani his qildingiz?
2. Butun qalbi bilan Xudoning kechirim tuhfasiga ishonishni va uni qabul qilishni istayotgan do‘stingizga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
3. Nima deb o‘ylaysiz, gunohlarimizni, shu jumladan hirsiy gunohlarimizni butunlay kechirish uchun Xudo bergan va’dani qabul qilish nega bunchalik og‘ir?
4. Korinfliklarga Birinchi maktubni (13:4-7) o‘qing. Endi esa parchaning boshiga qayting va “sevgi” so‘zi o‘rniga o‘z ismingizni qo‘ying. Tavsif qanchalik aniq chiqdi? O‘qib chiqqaningizdan so‘ng, chin sevgini o‘rganib oldingizmi?
5. Chin sevgini his qilgan munosabatlaringizni (romantik bo‘lishi shart emas) yozib chiqing. Sizni rostdan ham sevishlarini qanday tushunish mumkin?
6. Siz qanday vaziyatlarda Xudoning irodasini to‘g‘ri tushunishga ishonmayotganingizni his qilasiz? 34-savolga javobni o‘qib chiqqaningiz asosida, ushbu jabhalarda Xudoning xohishini tushunish uchun qanday qadamlar sizga yordam berishi mumkin?
7. O‘z harakatlaringiz uchun o‘zingizga beradigan hisobdorlik tartibini yozib chiqing. Boshqacha aytganda, poklikka sadoqatni asrashingizda kim sizga yordam beradi?
8. Bu kitobni o‘qib bo‘lganingizdan so‘ng, poklikda saqlanish uchun o‘zingizga qanday muayyan chegaralar o‘rnatdingiz?
9. Romantik munosabatlarga shoshmaslik - yoshlarning jinsiy aloqa tozaligini asrashlari uchun juda yaxshi usul. Shundan kelib chiqqan holda, qaysi yoshda uchrashuvlarga borishni boshlagan ma’qul?
10. Ota-onangiz jinsiy aloqa pokligini asrashingiz uchun sizga qanday yordam berishlari mumkin?
37-39 savollar
1. Biz 37-savolga javob berayotganda, pornografiyani “hirsni qo‘zg‘ashga qaratilgan ehtirosli harakatlar (tasvir yoki bayon tarzida) ta’rifi” deya aniqladik. OAVning qaysi yo‘nalishlari bu ta’rifga mos tushadi?
2. Siz qachonlardir pornografiya ta’siri ostiga tushganmisiz? Siz ko‘rgan narsangizda pornografiyani darhol payqadingizmi yoki baribir, “bunda hech qanday noboplik yo‘q” degan qarorga keldingizmi?
3. Nima deb o‘ylaysiz, nega ayollar va o‘smirlar tez-tez pornografiyaga murojaat qilishadi? U nimasi bilan Internetdan yangi foydalanuvchilarni o‘ziga jalb etadi?
4. Pornografiya oqibatlari yuzasidan 37-savolga berilgan qaysi javoblar sizni ko‘proq hayajonga soldi? Nima uchun?
5. Ushbu jumlalardagi bo‘sh qolgan joylarni to‘ldiring: pornografiyani ko‘rish ______________ jinsiy aloqaga olib boradi, nikohgacha sabr qilish esa ______________ jinsiy aloqaga sabab bo‘ladi.
6. Nima deb o‘ylaysiz, nega masturbatsiya gunohi bilan kurashadigan yoshlar deyarli hamisha buning uchun uyat hissini boshdan kechirishadi?
7. Nima deb o‘ylaysiz, Matto Xushxabarida (5:28) Iso nega shahvoniy nafsni nikohdagi xiyonatga taqqoslaydi? U qanday fikrni bizga yetkazmoqchi?
8. Biz qachonki o‘z gunohimizni tan olganimizda (tavba qilganimizda), bu o‘sha gunohlar tufayli bizga yetgan jarohatlardan tuzalishimizga qanday yordam beradi?
9. Jinsiy aloqa borasida pok saqlanishingiz uchun, o‘zingizdan qaysi vasvasa manbalarini “ajratib” tashlashingiz zarur?
10. Iso Masihning qurbonligi evaziga gunohdan forig‘ bo‘lish mumkinligini bilganingizda, nimani his qildingiz?
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопрос ы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































