J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (Qizlarga Erin Devisdan) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
Qizlarga Erin Devisdan
Dilbar qizlar,
men Josh bilan birgalikda mazkur kitob ustida ishlayotib, sizlar haqingizda ko‘p o‘yladim. Siz qachondir bu kitobni qo‘lingizga olishingizni va jiddiy tanlovingizning og‘irligi qalbingizni ezishini bilardim.
Hozirgi kunda o‘zini pok saqlashga qaror qilish juda qiyin. Qayoqqa qaramagin, atrofimizni o‘rab olgan madaniyat to‘ygacha kutish eski urf-odat bo‘lganligi, jinsiy aloqa - siz chanqoqlik bilan kutayotgan yaqinlikka erishishning yagona yo‘li ekanligi haqida go‘yoki jar soladi. Men bu yolg‘ondan juda nafratlanaman! Biroq bundan ham jirkanchlisi shuki, siz kuta olishga nomunosib ekanligingizni ongingizga singdirishadi.
Agar men birgina haqiqatga ko‘zingizni ochsam, u shundan iborat bo‘lardi: siz allaqachon nihoyatda sevimlisiz.
Yeremiyo payg‘ambarning Kitobida (31:3) yozilgan: “Egamiz qadimda Isroilga zohir bo‘lib, shunday degan edi: seni mangu sevgi bilan sevdim, senga sodiq bo‘lib keldim”. Zakariyo payg‘ambar kitobida (qarang: 2:8) Xudo sizni “Mening ko‘z qorachig‘im” deya ataydi Sulaymonning Qo‘shiqlar Kitobida U sizni “sevimli” deya atagan. Xudo Zaburda (44:12) shuni ta’kidlaydi: “Jamolingga shoh maftun bo‘lgandir ...”.
Xudo siz uchun azaldan kurashgan. Iso sizning U bilan abadiylikda birga bo‘lishingiz uchun samodan tushib kelib jonini berdi.
U sizdan Xudoga qalbingizni berishingizni so‘raydi va hech qachon sizni tashlab qo‘ymaslikka, unutmaslikka va’da beradi.
Ehtimol, men sizlarga aytmoqchi bo‘lganlarimni tasdiqlaydigan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgandir, ammo men bunday tadqiqotlarsiz ham yaxshi bilaman, axir men o‘zim ham qiz bola bo‘lganman. Qizlar o‘z qalblarining tubida yashirin bo‘lgan sevgini his qilish uchun yaqinlikka barvaqt kirishadilar. O‘z yigiti bilan jinsiy aloqa qilish vasvasasi o‘zini o‘zi aldash tufayli yuzaga keladi, go‘yo jinsiy yaqinlik sizlarni chinakamiga birlashtiradigandek va tanlagan kishingizga uzoq yillar bog‘lab qo‘yadigandek tuyuladi. Ehtimol, kimdir sizdan hayratga tushishini isbotlash uchun yigitingiz bilan ko‘proq xoli qolib, o‘zingizni “tarqatish”ni boshlab yuborgandirsiz. Gapimga quloq soling: Borliq hukmdori sizga allaqachon shunday bir sevgini singdirganki, bunaqasini sizga birorta ham erkak tuhfa etolmaydi.
Siz kutishga munosibsiz, negaki siz - shohlar Shohining aziz qizalog‘isiz. Jinsiy aloqa ham kutishga munosib, negaki butun hayotini sizga bag‘ishlagan inson bilan ishonchli munosabatlarda bundan to‘liq rohatlanishingiz mumkin, bu kabi munosabatlarni esa faqatgina qonuniy nikohda topasiz.
Sizlardan ayrimlaringiz to‘ygacha o‘zini saqlashga tayyor, ammo yolg‘iz kurashish sizga qiyin kechadi. Ishonch bilan aytishga ruxsat bering, siz - bu borada yagona emassiz. Men siz kabi minglab qizlar bilan gaplashganman, ular to‘ygacha kutishga tayyor. Ha aytgandek, men ham kutganman. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqan holda aytishim mumkin: turmush o‘rtog‘im bilan birinchi kechani o‘tkazish uchun vujudimni ham, qalbimni ham asraganimdan juda xursandman! O‘n yillik nikohimiz mobaynida biz bahramand bo‘layotgan yaqinlik Xudo avvaldan belgilab qo‘ygan kutish muddatida men his qilgan yolg‘izlik va xavotirlarimning har bir lahzasini ortig‘i bilan qoplamoqda.
O‘zini pok saqlash mumkin. Dilrabo qizlar, er-xotinlik yaqinligi, xuddi o‘zingiz munosib bo‘lgandek, sizning kutishlaringizga, umidlaringizga arziydi.
Do‘stona tuyg‘ular bilan, Erin.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.