J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (4-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
4.Siz “sevgi” so‘zi ostida nimani tushunasiz?
Ko‘plab yoshlar, yigitlar va qizlar ham, oshiq-ma’shuqlik jinsiy aloqaga kirishishning sababi ekanligiga ishonishadi. Garchi sevgi - inson harakatining qudratli harakatlantiruvchisi bo‘lsada, ko‘plar buning nima ekanligini xususida javob berishga qiynalishadi.
Har holda, butun insoniyat tarixida odamlar eng ko‘p gapirgan mavzu sevgi bo‘lib, uni olamda hech nimaga qiyoslab bo‘lmasligi haqida qo‘shiqlar kuylashgan. Filmlarda, musiqalarda, she’riyatda - har birida bu so‘zning o‘z o‘rni bor.
• “Sevgi - bu “kechir” deb gapirish kerak bo‘lmagan tuyg‘u”. “Sevgi tarixi” filmidan.
• “Sevgi - bu harakat”. “DC Talk” qo‘shig‘idagi so‘zlar
• “Sevgi - bu hayrat va telbaliksiz yashab bo‘lmaydigan hayot”. “Tanishing, Jo Blek” filmidan.
• “Sevgi - bu olov ichidagi do‘stlik”. “Barkamol erkak” filmidan.
Sevgini ko‘proq ommabop qo‘shiqlar yoki kinossenariylarga mos keladigan yorqin jumlalar bilan belgilashadi, biroq ular haqiqiy hayotda ish beradimi? Biz mabodo o‘z munosabatlarimizni va jinsiy aloqa bo‘yicha tajribalarimizni nazarda tutsak - sevgi nima ekanligi haqida tasavvurga ega bo‘lamizmi?
Sevgi - olamdagi mavjud eng qudratli kuch va ayni vaqtda uni tushunish juda qiyin bo‘lib tuyuladi. Sevgi nima ekanligini anglash - Xudoning rejasini va jinsiy aloqa yaratilishidan maqsad nima ekanligini anglash borasida jiddiy oldinga siljish demakdir. Oxir-oqibat, agar siz sevgi nima ekanligi haqidagi savolga javob berolmasangiz, uni uchratganingizni qanday tushunasiz? Sevimli ekanligingizni qanday bilasiz? Munosabatlaringiz va chinakam yaqinlikka asoslanganini qanday aniqlaysiz? Mabodo sevgi nima ekanligidan bexabar bo‘lsangiz, uni to‘shakda qay tarzda ifodalaysiz. Siz shunchaki buni uddalay olmaysiz.
Mazkur masalani tushunib yetmoq uchun, keling, dastlab sevgi aslida nima emasligini mushohada etib ko‘raylik.
Sevgi - hissiyot emas.
Bolalikda onangiz sizni savzavotlar yeyishga majbur qilishi mumkin, lekin ularning yeyish quvonchini berolmaydi (bu hissiyot). Men odamlardan sevgiga ta’rif berishlarini so‘raganimda, ular ko‘pincha shunday deyishadi: “Bu - hissiyot”. Biroq hissiyotlar bilan odamni boshqarib bo‘lmaydi-ku. Odamga muayyan bir harakatlarni amalga oshirishi yoki biror qarorga kelishi uchun buyruq berish mumkin, ammo tuyg‘ularni his etishiga buyruq berolmaysiz.
“Nahotki kimdir bizga sevishimizni kerakligini buyursa?” Ha, Xudo sevishga amr etadi.
Yuhanno Xushxabarida (13:34) shunday deyilgan: “Sizlarga yangi amr beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar”.
Jinsiy aloqa va sevgi - ikkalasi bir narsa emas. |
Efesliklarga Maktubda (5:25) yozilgan: “Ey erlar, Masih jamoatni yaxshi ko‘rib, O‘zini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi ko‘ringlar”.
Yaqqol ayonki, sevgi - hissiyot emas, balki doimiy qarordir. Biz ushbu qarorni qabul qilganimizda, hissiyotlarimiz o‘zgarishi mumkin, biroq sevgi erkin tarzda ifoda etiladi.
Sevgi - jinsiy aloqa emas
Zamonaviy madaniyatda “sevgi” va “jinsiy aloqa” so‘zlari amalda bir-birining o‘rnini bosadi; jinsiy aloqalarga kirishish hattoki sevgi mezoni va uning to‘g‘ri belgisi hisoblanadi. Shuningdek, o‘z navbatida bizga jinsiy aloqa bir-birini sevadigan odamlar o‘rtasidagi munosabatning ajralmas qismi ekanligini uqtiradi. Biroq Xudo bizga sevgining jinsiy aloqa bilan aslo bog‘liq bo‘lmagan ta’rifini bergan. Shubha qilmasligingiz mumkin: bu mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalardir.
Xo‘sh, nega ularni ko‘pincha chalkashtirib yuborishadi? Agar yodingizda bo‘lsa, uchinchi savolga javob berayotganimda, jinsiy yaqinlik vaqtida inson miyasi himoyalanganlik, ishonch va chuqur mayinlikni uyg‘otadigan oksitotsin - “quchoqlash gormoni”ni ishlab chiqarishini aytib o‘tgandim. Mana shu “tuyg‘u” pop-madaniyatning bizga jinsiy aloqa va sevgini “bitta idishda” sotishga urinishi bilan birga ko‘plab odamlarni jinsiy aloqa va sevgining bir qatorda turishi haqidagi fikrlarga olib boradi. Ammo sevgining hissiyot emasligini bilgan holda, biz hammasini, yumshoq qilib aytganda, sevgiga nisbatan dunyoviy ta’rifning nochor ekanligini tushuna olamiz. Demak, hech bir shubhasiz, jinsiy aloqa - sevgi emas.
Xudo jinsiy aloqani odamlar bir-birlari bilan asl yaqinlikdan bahra olishlari uchun yaratgan ekan, biz nikohdan tashqarida qovushishga qaror qilganimizda munosabatlarni aynan teskarisiga burib yuboramiz. Bu kabi shoshilib qolish holatida, tuyg‘ular jinsiy aloqani sevgi o‘rnida qabul qilishga undab, odamni aldashi mumkin, Bu holda Xudoning rejasiga ko‘ra erkak va ayol o‘rtasida sevgi hosil bo‘lishiga va masala jismoniy yaqinlikka borib taqalishidan avval bunga qay tarzda ishonch hosil qilish mumkin.
Biz o‘zimizning bir lahzalik ehtiyojimizni qondirishga va Xudoning rejasiga ziyon yetkazishga uringanimizda jinsiy aloqa qilamiz, ammo bu sevgi emas. Haqiqiy sevgi nikoh tuzilishini kutadi, ana shunda siz va juftingiz ham nikohdan tashqarida bo‘ladigan xatarlardan himoyalangan bo‘lasiz, kelajak esa sizga to‘laqonli yaqinlikdan lazzatlanish imkonini hadya etadi.
Xudoning sevgiga ta’rifi
Xudoning Kalomida sevgining aniq ta’rifi keltirilgan: Keling, bu so‘z uchraydigan bir qancha oyatlarni birgalikda o‘qib chiqaylik va siz hayotingiz mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborishini mumkin bo‘lgan tushunchaga kelasiz.
Matto Xushxabarida (22:39) Iso shunday deydi: “...O‘zgani o‘zingizni sevganday seving”.
Xo‘sh, biz o‘z yaqinlarimizni qanday sevishimiz kerak? Xuddi o‘zimizni sevganimiz kabi. Ushbu parchada o‘zini xudbinlarcha sevish haqida so‘z yuritilmayapti. O‘zimizga bo‘lgan sevgimiz o‘z ehtiyojlarimiz haqida doimo jon kuydirayotganimizni ifoda etadi. Shu tariqa, haqiqiy sevgi sevimli insonning ehtiyojlarini qonlirishni istaydi.
Efesliklarga Maktubda (5:28-29) buning mazmunini anglashimiz uchun yordamchi so‘zlar taklif etilgan. Unda quyidagicha yozilgan: “Erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O‘z xotinini sevgan erkak o‘zini sevgan bo‘ladi. Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham O‘z jamoatini shunday oziqlantirib, parvarish qiladi”.
O‘zimizga bo‘lgan sevgimiz nima bilan ifodalanadi? Biz nima bilan oziqlanib, o‘zimizni quvvatlantirsak, ana o‘sha narsalar uchun jon kuydiramiz. Muqaddas Kitob tushunchalari asosida o‘zimni sevgan holda, men jisman, ruhan, aqlan va ijtimoiy darajada o‘sishim uchun jon kuydiraman. Samimiy sevgan holda, men o‘zimning kamolga yetishim yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga urinaman. Xudoning Kalomida sevgining eng oddiy ta’rifini topamiz - “himoya qilish va g‘amxo‘rlik”. Haqiqiy sevgi hamisha, istisnosiz ravishda, sevimli inson uchun yaxshilik qilishni istaydi. Uning harakatlantiruvchi asosi hamisha bitta: “himoya qilish va g‘amxo‘rlik”.
Haqiqiy sevgining harakatlantiruvchi asosi hamisha bitta: “himoya qilish va g‘amxo‘rlik”. |
Jinsiy aloqa qay tarzda Xudoning sevgi formulasiga kirishi mumkin? Nikoh doirasida bu ajoyib usul juftingizning jismoniy va hissiy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Ammo nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa sizga ham, juftingizga ham xavf uyg‘otadi. Nikohdan tashqarida jinsiy aloqa qilishga qaror qilganingizda, siz o‘zingizni va o‘z yarmingiz bo‘lgan insonni kutilmagan homiladorlik, jinsiy a’zolar orqali o‘tadigan kasallik, aybdorlik hissi, ko‘ngil sinishi, umidlarning buzilishi kabi halokatli oqibatlarga duchor qilasiz.
Xudoning rejasi chegaralaridan chiqqanimizda, biz sevgi va jinsiy aloqa o‘rtasidagi farqni ajrata olmay qolamiz. Iltimos, sevgi ila “yurakda his etiladigan harorat”ni boshqa nimadir bilan adashtirmang va o‘z sevgisini boshqa insonga bildirishning eng afzal yo‘li - u bilan jinsiy aloqaga kirishish haqidagi yolg‘onga laqqa tushmang. Xudo nikohdagi jinsiy aloqani siz bilan bizning himoyalanishimiz uchun yaratgan. Yaqin insoningizning baxti, xavfsizligi, ruhan ulg‘ayishi va salomatligi xuddi o‘zingizning shahsiy ehtiyojlaringiz kabi o‘ta muhim bo‘lganida, ya’ni siz nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa keltirishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jarohatlardan juftingizni himoya qilishga tayyor bo‘lganingizdagina haqiqiy sevgini topganingizni bilib olasiz.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.