J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (35-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
35.Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
Agar Muqaddas Kitob: “Qoidalarni buzmagan holda, mana shu chiziqqacha borishingiz mumkin” deb aniq belgilab berganida, poklikni asrash anchayin oson bo‘lishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Agar Xudo aniq chegaralarni o‘rnatganida, odamlar o‘zlarini qanday tutishni yaxshiroq biladigandek tuyulmayaptimi sizga?
Masala “shahvoniy” ishlarga borib taqalganida, qattiqqo‘l qoidalar yaxshi fikrdek tuyuladi, biroq men ular bizni vasvasalardan xalos qilishiga ishonmayman. Agar Xudo joiz bo‘lgan jinsiy yaqinlikni nojoiz jinsiy yaqinlikdan ayiradigan chiziq tortganida edi, odamlar to‘g‘ri o‘shanga qarab intilgan, so‘ngra esa uni biroz nariga surib qo‘ygan bo‘lishardi. Bizning insoniy tabiatimiz shunday - gunoh qilmoq va boshqaruvga qarshilik ko‘rsatmoq. Agar Muqaddas Kitob bizga qoidalar to‘plamini berganida edi, ko‘pchilik undan aylanib o‘tish yo‘llarini izlagan bo‘lishardi. Donishmand Xudo “nikohgacha bo‘ladigan qonunlar ro‘yxati”ni keltirib o‘tmagan. U O‘z Kalomida biz hamisha romantik munosabatlarimizga qo‘llashimiz mumkin bo‘lgan asosiy qoidalarni taqdim etgan holda, bundan-da yaxshiroq yo‘l tutdi.
Siz ularga poklik yo‘lidagi belgilar kabi munosabatda bo‘lishingiz mumkin. Agar uchrashuv paytida jismoniy yaqinlik bu qoidalarni saqlashimizga izn bersa - demak, sizning chegaralaringiz to‘g‘ri belgilab berilgan. Mabodo jismoniy yaqinlik bu qoidadan bittasini buzsa ham, biroz orqaga chekining va o‘rnatgan chegaralaringiz haqida yana bir bora jiddiy o‘ylab ko‘ring.
“Faqat...” qoidasi
Filippiliklarga Maktubda (4:8) aytilgan: “Endi esa, ey birodarlarim, fikr-zikringiz haqiqiy, sharafli, to‘g‘ri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda bo‘lsin. Ha, olqishga loyiq, a’lo narsalar haqida fikr yuritinglar”.
O‘zingizdan baxtsizlikka uchramaslik uchun qanchalik uzoqqa borishingiz haqida emas, balki olijanoblik va halollik haqida o‘ylashingiz uchun nimalar qilishingiz mumkinligi haqida so‘rang.
Siz o‘zingizni qo‘lga olishga hamda qanaqadir ulug‘ va olijanob ishlar haqida o‘ylashga qodirmisiz? Ehtimol. Siz quchoqlashgan holda toza xayollarga berilishingiz mumkinmi? Bo‘lishi mumkin. O‘pichlar haqida nima deysiz? Erkalash-chi? Oral jinsiy aloqa borasida fikringiz qanday? Albatta, shunday bir alohida qaytmas nuqta borki, aqlingiz barcha toza va olijanob xayollarni rad etadi hamda ko‘proq darajadagi jismoniy yaqinlashuvni chanqoqlik bilan istaydi. Xayollaringiz qandaydir gunoh sari o‘zgarganida buni o‘zingiz uchun chegara deb bilmang. Osmon Shohligiga yo‘nalishni yo‘qotmagan holda, qanchalik uzoqqa borishingiz mumkinligini avvaldan belgilab olsangiz yaxshi bo‘lardi. Darvoqe, bu ota-onangiz, yoshlar cho‘poni yoki o‘zingiz chindan ishonadigan birorta yoshi katta inson bilan muhokama etsa bo‘ladigan ajoyib mavzu.
“Hech qanday imo-ishoralar” qoidasi
Efesliklarga Maktubda (5:3) aytilgan: “Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochko‘zlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas”.
Xudoning Kalomi cheklovlar chegarasigacha borishni umuman taklif etmaydi. Aynan buning teskarisi: Kalomning bu joyi hirsiy gunohga hatto imo-ishora qilmaslikni tavsiya etadi.
Sevgan qizingiz bilan divanda soatlab ehtirosli o‘pishganingizda, bu zino qilishga ishorangiz bo‘lmaganmi? Yoki bir-birlaringizni uzoq quchoqlab, xayrlashayotganda esa har safar yanada ko‘proq yaqinlik qilishni istaysizmi? Yoki hatto kiyim tagida ham juftingizning intim joylariga tekkaningizda bunday istak kuchliroq bo‘ladimi? Jinsiy aloqaga imo-ishora qilgan holda, siz allaqachon haddan oshgan bo‘lasiz.
“Ehtiros olovini yoqmaslik” qoidasi
Agar sizning maqsadingiz - poklikni saqlash bo‘lsa, hech qachon boshqa bir odamda “oxiriga yetkazish” istagini yoqmaslik majburiyatini o‘z zimmangizga oling. Har doim o‘zingizdan so‘rang: “men o‘z harakatlarim orqali tanlagan insonimni yanada ko‘proq nimagadir tashna bo‘lishiga undamayapmanmi?”. Bu borada siz uchrashuv vaqtida nimalar (filmlar, video, seriallar) ko‘rishingiz, birgalikda nimalar qilishingiz, bir-birlaringizga qay tariqa teginishlaringiz... nazarda tutilmoqda Mutlaqo hamma narsa!
O‘z harakatlaringiz bilan do‘stingiz/dugonangizda ehtiros olovini yoqmang. Kimdir uchun xayrlashuv chog‘ida yonoqdan o‘pib olish umuman aybsiz bo‘lsa; kimnidir esa bu harakat his-tuyg‘ularini junbushga keltirishi va me’yordan “chiqarishi” mumkin.
Qayd etilgan barcha bu uchta qoidalar umumiy nimanidir birlashtiradi. “Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?” deb so‘rash o‘rniga, Muqaddas Kitob bizga ushbu tartibda savol berishga o‘rgatadi: “Xudoning in’omidan keyinchalik nikoh to‘shagida lazzatlanishim uchun, to‘ygacha nimalarni ortga surib qo‘ysam bo‘ladi?”
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































