J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (30-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
30.Jinsiy mazmundagi o‘z fotosuratlarini yuborish - bu noto‘g‘rimi?
So‘nggi paytlarda o‘smirlar bir-birlariga o‘zlarining ochiq mazmundagi suratlarini tobora ko‘proq yuborishmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShdagi barcha o‘smirlarning eng kamida 20 foizi o‘zlarining yalang‘och yoki yarim yalang‘och ko‘rinishdagi suratlarini yuborishgan191. Aksariyat o‘smirlar jinsiy mazmundagi yozishmalarni yuqori texnologiyali tannozlik deb hisoblashadi, bundan ortiq emas. “Bu shunchaki beozor vaqtichog‘lik, - mulohaza qilishadi ular. - Men kimgadir yomonlik qilyapmanmi?” Ammo bu to‘g‘ri emas. Ko‘pgina yoshlar bunday o‘zaro yozishmalarni (boshqa har qanday hirsiy faollik kabi) xuddi kredit kartochkalari kabi qabul qilishadi: “Hozir lazzatlanib ol, to‘lovini keyin qilasan”. Biroq kimningdir jinsiy fotosuratlarini qabul qilsangiz yoki jo‘natsangiz, ishonavering: buning uchun to‘lov qilishingizga to‘g‘ri keladi va siz aziyat chekasiz.
Bunday suratlarni yuborishning ko‘proq ko‘rinishdagi oqibatlaridan biri - oshkora tahqirlanishdir. So‘rovlar natijasiga ko‘ra, aksariyat yoshlar ochiq ko‘rinishdagi suratlarni olgach, yana kimlargadir ham ko‘rsatishadi192. Albatta, siz suratingizni yuborayotganda ularni faqat o‘z yigitingiz ko‘rishiga umid qilgansiz, lekin aslida bunga ishonch juda kam. Qachonlardir yuborilgan tasvirni yo‘q qilib yuborish mumkin emasligini hisobga olgan holda, halokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni yodda tutish muhim.
Ko‘plab o‘smirlar ochiq mazmundagi yozishmalar mutlaqo qonuniy deb o‘ylashadi. Ammo bunday emas. Aslida butun mamlakat bo‘ylab barcha ko‘rishi mumkin tarzda joylashtirilgan jinsiy mazmundagi xat va fotosuratlarni o‘zaro almashtirganlari uchun yoshlarga jiddiy ayblovlar qo‘yiladi193.
2007 yilda ikkita o‘n yoshli qizlarning o‘zlari qo‘l telefoniga tushirgan suratlari ularning roziligisiz Internetda paydo bo‘lganidan so‘ng, ikkalasini bolalar pornografiyasida va shahvoniylikni oshkora namoyish etishda ayblashdi. Qizlar o‘zlarini oqlash uchun bu harakatlarining noqonuniy ekanligini bilmasliklarini aytishganida, okrug prokurori shunday dedi: “Ma’lumki, qonunni bilmaslik hech kimni javobgarlikdan ozod qilmaydi194”.
Keyingi bir necha yil mobaynida ko‘pgina o‘smirlar telefon orqali jinsiy tasvirlarni yuborishgani va olishgani uchun sud tartib-qoidalariga ko‘ra jinsiy tajovuzkorlar sifatida nazorat ostiga olingan. Pensilvaniyadagi o‘rta maktabda o‘qiydigan uchta bola o‘zlarining ochiq ko‘rinishdagi suratlarini Internetdagi bitta guruhga a’zo bo‘lgan o‘zlarining jinsiga mansub to‘rt kishiga yuborishgan. Bu yettitasi ham bolalar pornografiyasi bo‘yicha aybni va “jinsiy aloqa borasidagi jinoyatchilar” tamg‘asini doimiylikka olishdi195.
Jinsiy suratlarni olish-yuborish - aslo beozor vaqtichog‘lik emas, balki jinoyat ishidir. Qonun nazarida hirsiy ko‘rinishdagi fotosuratlarni yuborish pornografiyani barpo etish bilan tenglashtiriladi, ularni tarqatishga esa pornografik mahsulotlarni sotish deya baho beriladi. O‘zining jinsiy mazmundagi suratlarini yuborganlari uchun sudga topshirilgan yoshlar sudlanganlari bois hech qachon sharmandalik tamg‘asini yuvib tashlolmaydi. Ular turmush qurganlarida farzandlari bilan maktabga, futbol o‘yiniga borolmaydi yoki boshqa oilalarni kechki ovqat uchun mehmondorchilikka chaqirolmaydi, negaki ular - jinsiy aloqa borasidagi jinoyatchilar. Oqibatlar bir umr ular bilan birga qoladi - bu hammasi jinsiy mazmundagi yozishmalar uchun, xolos.
Ochiq ko‘rinishdagi suratlarni yuborish nafaqat qonunga zid, balki halokatli hamdir. 2009 yilda floridalik talaba qiz qo‘l telefoniga tushirgan suratlari o‘zi bexabar holda internetga qo‘yilganidan so‘ng, o‘zini osib qo‘ydi196. “Beozor vaqtichog‘lik”? Ammo buning oqibatida odamlar jabrlanishadi.
Ehtimol, bu eng kichik misollardir, biroq ular ochiq ko‘rinishdagi suratlarni olish-jo‘natish, ikkala tarafda ishtirok etayotganlarni ham halokatli oqibatlarga olib borishining aniq tasvirini namoyon etadi Siz hattoki sudning qora kursisida o‘tirmasangiz ham, yuborayotgan tasvirlaringiz xohlagan paytda Internetda ochiq namoyishga qo‘yilishi va unda doimiy qolishi mumkin. Ularni kelajakda sizga ish beradigan odam, ota-onangiz, bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz yoki farzandlaringiz ko‘rib qolishi mumkin. Oqibatda kimdir albatta jabr ko‘radi.
Zaburda (100:3) shunday deyilgan: “Hech qanday yovuzlikka yo‘l qo‘ymayman...”. Albatta, yechingan ayol yoki erkak qandaydir “ehtiyojsiz” emas, ammo Xudo bizdan o‘z tanamizni yalang‘och qilishni toki nikohgacha kutib turishimizni so‘raydi. Hamma narsaning o‘z o‘rni va o‘z vaqti bor, butunlay ochiqlikning esa qo‘l telefonlari yoki Internetga hech qanday aloqasi yo‘q. Shaxsiy hayotingizga taalluqli Xudoning andazalari yotoqxonada ro‘y beradigan bilan cheklanib qolmaydi. Jinsiy ko‘rinishdagi suratlarni yuborish shuning uchun ham noto‘g‘riki, siz o‘z tanangiz sirlarini turmush o‘rtog‘ingizga emas, balki boshqa birovga ochgan bo‘lasiz.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































