J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (28-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
28.Agar gormonlarim junbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo‘lsachi? Nikohgacha kutish uchun sabrim yetadimi?
Bundan bir necha yillar muqaddam Sinsinnati Universiteti shaharchasida amerikalik seksolog, doktor Rut Vesteymer 1200 talabalar bilan suhbat qurdi. Uning suhbati mobaynida talabalardan biri so‘rab qoldi: “Doktor Rut, agar men ortiq chiday olmasam nima bo‘ladi?”
“Yigitcha, - javob qaytardi doktor Rut, - sizning kuta olishingiz haqidagi fikrning o‘zi tasavvurga sig‘maydi. Sizning hirsingiz buning uchun juda kuchlilik qiladi187”.
Doktor Rutning fikricha, nikohdan tashqarida bo‘ladigan jinsiy aloqadan qochib bo‘lmaydi. Bu ayol xuddi aks-sado kabi madaniyatimizda ildiz otgan fikrni takrorladi, ya’ni junbushga kelgan gormonlarni boshqarib bo‘lmaydi va yoshlarning hirsiy mayllari o‘ta kuchli bo‘lganligi bois ularni bo‘ysundirishning iloji yo‘q.
Keling, mana shu nuqtai nazar ustida mulohaza yuritaylik. Tasavvur qilaylik, yosh yigit doktor Rut kabi biror seksolog huzuriga kelib shunday deydi: “Doktor, tanlagan qizim menga juda yoqadi, men u bilan jinsiy aloqa qilmoqchiman, lekin u buni xohlamayapti”.
Doktor unga nima deb maslahat berishi mumkin? Ehtimol, shunga o‘xshash gaplarni aytsa kerak: “U bunga tayyor bo‘lgunicha kutib turing”. Boshqacha aytganda: “Sizning hirsingiz unchalik ham kuchli emas”.
Endi esa boshqacha bir ko‘rinishni tasavvur qiling. Yosh yigit seksolog oldiga kelib shunday deydi: “Doktor, mening gormonlarim butunlay junbushga kelgan; men tanlagan qizim bilan jinsiy aloqa qilmoqchiman, uning o‘zi ham shuni istayapti. Men nima qilishim kerak?”
Bunday vaziyatda shifokorning maslahati Sinsinnati Universitetida doktor Rut bergan maslahatning ayni o‘zini takrorlagan bo‘lardi: “Yigitcha, sizning kutishingiz mumkinligi haqidagi fikrning o‘zi tasavvurga sig‘maydi. Sizning hirsingiz buning uchun o‘ta kuchlilik qiladi”.
Doktor Rutning falsafasiga ko‘ra, biz - o‘zini boshqarishga layoqatsiz, his-tuyg‘ularga bo‘ysunadigan hayvonlarmiz, xolos. Agar bunday fikrlar to‘g‘ri bo‘lsa, nega dunyoda nomusga tegish uchun jazo qonunlari mavjud? Axir zo‘ravon o‘zidagi jo‘shqinlikni tiyishi mumkinmi? Axir uning hirsi o‘ta kuchli emasmi? Xo‘sh, bu borada oilali insonlar haqida nima deyish mumkin? Agar yigit to‘ygacha sabr qilishi mumkin bo‘lmasa, to‘ydan so‘ng “boshqa tarafga” og‘ishdan o‘zini tiyishiga umid qilsa bo‘ladimi?
Xo‘sh, tanlagan qizi u bilan yaqinlikka kirishishga rozi bo‘lgan yigit ortiq kutolmaydi, ammo tanlagan qizi u bilan jinsiy aloqa qilishga tayyor bo‘lmagan yigit bunga qodir deb aytmoqchi bo‘lyapsizmi? Nikohda bo‘lmagan erkak o‘zini boshqarishga mutlaqo qodir emas, biroq oilali erkak hatto - qonuniy xotinidan tashqari - boshqa ayol uning ishtiyoqini qo‘zg‘asa ham o‘zini qo‘lga olishi kerakmi? Siz bu o‘rinda hech qanday qarama-qarshilikni payqamayapsizmi? Xo‘sh, nikohgacha kutishning iloji bormi?
Yoshlarning o‘zlarini boshqara olmasliklari haqidagi tasavvur mantiqan noto‘g‘ri, negaki ular muhim bir holatni e’tibordan chetda qoldirishadi. Xudo bizga vijdon ovoziga amal qilgan holda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va shunga muvofiq harakat qilish qobiliyatini bergan.
Ha, sizning gormonlaringiz kuchli. Ha, kutish siz uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin yodingizda bo‘lsin: jinsiy aloqa qilish-qilmaslik - o‘zingizning tanlovingizdir. Siz hayvon emassiz, siz - Xudo bergan sevish, fikrlash, yaratish va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishdek qobiliyatlarga ega insonsiz.
“Time” jurnalida Lans Morrou yozgan maqolani bir o‘qib ko‘ring-a: “O‘smirlarning jinsiy aloqadan o‘zlarini tiyishlaridan ko‘ra ko‘cha itlarining qovushishni bas qilishlari haqiqatga yaqinroq. Ulardan buni kutish - aqlsizlik, qattiqqo‘llik va eskicha tushuncha. Bunday vaziyatda kattalar qo‘llashi mumkin bo‘lgan eng afzal chora - bu “hayvonlar”ga prezervativlar tarqatib, ularning tiyiqsiz ehtiroslari chot orasida jasorat ko‘rsatish uchun chorlashidan avval prezervativ kiyib olishlariga umid qilmoqlikdir188.
Aytingchi, kimdir qachonlardir shunday tarzda gapirishi sizni taajjubga solmaydimi? Axir o‘z istaklarinii va ehtiroslarini boshqarishga qodir bo‘lmagan hayvon emasligingizni isbotlash ajoyib emasmi?
Morrou mana shu maqolaning o‘zida iqror bo‘ladi: yoshlardan boshqacha bo‘lishini kutish kerak emas, ular har qanday holatda ham nikohgacha bo‘ladigan jinsiy aloqa bilan mashg‘ul bo‘lishadi, bu esa ulardan faxrlanish hissini bermaydi. U yozadi: “Zamonaviy tushuncha (mentalitet) asosida inson tabiatining shafqatsiz mavhum ifodasi yotibdi. Yoshlar bundan kutilayotgan natijalarni to‘ldirishga moyil. Hukumatning prezervativlarni tarqatish dasturiga homiylik qilayotganini nazarda tutsak, jamiyat rasman o‘smirlar qiyofasida qovushadigan itlarni ko‘rmoqda, deyish mumkin189”.
Bu dunyo sizdan o‘zingizni hayvon kabi tutishingizni kutishi mumkin. Jamiyat qandaydir darajagacha bunday harakatlarni hatto qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Biroq Xudo mutlaqo boshqa narsani kutadi. Buning sababi - Uning har birimizga bo‘lgan chuqur sevgisi va rahm-shafqatidir.
Titusga Maktubda (2:11-12) aytilgan: “Zero, Xudo butun insoniyatga najot yo‘lini ochib berib, O‘z inoyatini ko‘rsatdi. Bu inoyat orqali Xudo bizga shuni o‘rgatadiki, biz xudosiz hayotdan va orzu-ehtiroslardan voz kechishimiz kerak”.
Siz Xudoning inoyati ila nikohgacha jinsiy aloqa qilish istagiga asir bo‘lmasligingiz mumkin. Ko‘plab odamlar to‘ygacha sabr qilishgan. 2006 yilda kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yuqori kurslarda o‘qiydigan talabalarning 47 foizi, ularning o‘zlari iqror bo‘lishlaricha, bokiraliklarini saqlashgan190. Agar siz ularning qatorida bo‘lsangiz, balki o‘zingizni dunyodagi yagona bokira inson deya hisoblarsiz, ammo bu mutlaqo unaqa emas.
Butun dunyo bo‘ylab millionlab yoshlar nikohgacha jinsiy aloqada bo‘lmaslikka qaror qilishadi. Kimki bokiraligini yo‘qotmagan holda mehrob oldiga yetib borsa, ishonch bilan aytishim mumkinki, buning uchun olqishlasa arziydi.
O‘z kelajagingizni o‘tkinchi rohatga almashtirmang. Zamonaviy madaniyatga nikohgacha kutishning ilojsiz ekanligi haqidagi fikrni sizga singdirishiga izn bermang. Sizda hamisha tanlash imkoni bor. Xudoning rejasiga amal qiling, ana shunda bir umr lazzat oladigan ajoyib hosilni yetishtirgan bo‘lasiz.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































