J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (27-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
27.Biroq jinsiy aloqa ajoyib-ku, nega u bilan mashg‘ul bo‘lish hamisha ham yaxshi va to‘g‘ri emas?
Ha albatta, jinsiy aloqa ajoyib. Axir u sevuvchi Xudo tomonidan bizga tuhfa qilingan.
Yoqubning maktubida (1:17) shunday deyilgan: “Har bir yaxshi va mukammal hadya samodan keladi. Bu hadyalarni osmondagi jamiki yoritqichlarni yoritgan Xudo beradi. Yoritqichlarning nuri paydo bo‘lib, g‘oyib bo‘ladi. Xudoning ezguligi esa yo‘qolmaydi. Zero, Xudo hech qachon o‘zgarmaydi”.
Xudo jinsiy aloqani yaratgan. Yaratguvchining maqsadi odamlarni bir-birlariga toabad bog‘laydigan yaqinlik va sevgini ifodalashning ajoyib usulini bizga tuhfa qilishdan iboratdir. Ammo bu har qanday jinsiy aloqaga taalluqli emas.
Voiz Kitobida (3:13) shunday ta’kidlanadi: “Xudo aytgani bo‘yicha hamma narsa o‘z vaqtida sodir bo‘ladi...” (kursiv meniki. - J. M.)
Demak, Xudo narsalarni qachon ajoyib qilar ekan? Zarur paytda, to‘g‘ri tanlangan vaqtda. Nikohdan tashqari jinsiy aloqa yoqimli bo‘lishi mumkin. U ikki kishini xuddi nikohdagi er-xotinlarni yaqinlashtirganidek, bir-birlariga yaqin qilishi mumkin. Ammo nikohdan tashqaridagi rohat uzoqqa cho‘zilmaydi.
Ibroniylarga Maktubda (11:25) gunoh lazzati “o‘tkinchi” deya atalgan. Nikohgacha yaqinlik quvonchi - vaqtinchalik, bir lahzalik va o‘tkinchidir. Shu bilan birgalikda Xudoning rejasidan chetlab o‘tib jinsiy aloqa qiladigan odamlar ko‘pincha o‘z qilmishlarining hosilini - tushkunlik, rad etilganlik hissi, nafrat, qalb beqarorligi, jinsiy xastaliklar, noxush homiladorlik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy oqibatlarni - yig‘ib olishlariga to‘g‘ri keladi,
Noqonuniy jinsiy aloqa keltirib chiqaradigan hissiy oqibatlarning aksariyat qismi sevgi nima ekanligi haqidagi noto‘g‘ri tushunchadan hosil bo‘ladi. Ayrim juftliklar shunday deyishadi: “Jinsiy aloqa ajoyib-ku, negaki u - bizning sevgimiz ifodasi”. Biroq yodingizda bo‘lsin, jinsiy faollik vaqtida miyangiz ajratib chiqaradigan dofamin uchun, xuddi oksitotsin va vazopressin kabi, sizning turmush qurgan-qurmaganligingizning farqi yo‘q186. Nikohdan tashqarida jinsiy aloqa qilganingizda, siz sevgi va gunoh o‘rtasidagi chegaralarni yuvib yuborasiz. Bosh miyadagi kimyoviy jarayonlar sevgi tuyg‘usini osongina qabul qilishi mumkin. Biroq his-tuyg‘ularingiz jinsiy aloqaga taalluqli to‘g‘ri qarorga kelishingiz uchun sizga yordam berolmaydi va sevgini his etish - bu sizni va juftingizni baxtli qiladigan yetuk munosabatlarga qadar ulg‘ayganingizni hali isbotlab berolmaydi.
Jinsiy aloqa ajoyib, lekin u bilan mashg‘ul bo‘lish doimo ham yaxshi va to‘g‘ri emas. Hammasining o‘z o‘rni va o‘z vaqti bor. Biz qoidalarni buzgan holda oxir-oqibat o‘z manfaatimiz uchun yaratilgan jinsiy yaqinlikni quvonch manbaidan uyat, nafrat va azob-uqubat manbaiga aylantiramiz.
Jinsiy aloqa hamisha ham ajoyib emasligi to‘g‘risida ko‘plab misollar bor. Bu o‘rinda xiyonat, oilalarning buzilishi, pornografiyaga bog‘lanib qolish, zo‘rlash, voyaga yetmaganlarning nomusiga tajovuz qilish va bolalarni sotish kabi holatlarni eslab ko‘raylik. Bu karaxt ahvolga soladigan misollar jinsiy aloqaning dahshatli bo‘lishi ham mumkinligini isbotlaydi. U jinsiy aloqada ishtirok etayotganlardan faqat bittasi o‘zini yaxshi his qilayotgani uchun yaxshi mashg‘ulot bo‘lib qolmaydi. Ilk qarashda chiroyli bo‘lib tuyulgan biror narsa jirkanch oqibatlarga ega bo‘lishi ham mumkin.
Shu haqda o‘ylab ko‘ring - ana shunda jinsiy aloqa qachon yaxshi, qachon esa yaxshi bo‘lmasligini o‘zingiz tushunib olasiz.
Nikohdan tashqari jinsiy aloqa sizni kasallanish, noqonuniy farzandlar tug‘ilishi xavfiga duchor qiladi, u o‘z juftingizga chinakamiga bog‘lanib qolish qobiliyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, vaqt o‘tishi bilan esa tushkunlik, beqarorlik va o‘z joniga qasd qilish fikriga yuqori moyillik keltirib chiqarishi mumkin. O‘zaro nikohdagi er-xotinlik munosabatlari hozirgina biz sanab o‘tgan oqibatlarsiz jinsiy rohatdan bahra olish erkinligini sizga beradi.
Jinsiy aloqa ajoyib - u shunchalik ajoyibki, alohida bir himoyaga loyiq, shunchalik ajoyibki, buning uchun kutsa arziydi.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.