J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (25-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
25.Axir dastlab birga yashab ko‘rish yaxshi emasmi?
1950 yillarda har o‘nta ayoldan to‘qqiztasi avval birga yashab ko‘rmasdan o‘z juftilariga turmushga chiqishgan. 1990 yillarga kelib endi har uchinchi juftlik nikohdan o‘tishdan avval birgalikda yashashgan. Bugungi kunda turmush qurayotganlarning yarmidan ko‘proq qismi birgalikda yashab ko‘rishadi172.
1980 yildan boshlab bu kabi juftliklar 1000 foiz oshgan173. Ammo birgalikda yashab ko‘rish ijtimoiy jabhada qabul qilinarli bo‘lsada, bu yaxshi variant ekanligini bildirmaydi, bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar teskarisini ko‘rsatmoqda.
Birga yashab ko‘rish, “ular uzoq va baxtli hayot kechirishdi” seriyasidagi xotimaga juda kam hollarda olib keladi. Bunday juftliklarning qirq foizi nikohgacha ajralib ketishadi174. Dastlab birga yashab, so‘ng baribir turmush qurgan juftliklar orasidagi ajralishlar, tuygacha birga yashamagan er-xotinlar o‘rtasidagi ajralishlar sonidan ikki barobar ko‘proq ekanligi kuzatilmoqda175.
Dunyoviy nuqtai nazarga ko‘ra, birga yashab ko‘rish yaxshi fikrdek tuyuladi. Bu juftliklarning birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazishlariga imkon beradi. Bu ikkita xonadon xo‘jaligini boshqarishdan ham ancha tejamli. Aksariyat juftliklar birga yashab ko‘rishni qandaydir “test-drayv” deya hisoblashadi, ya’ni bunda ularning munosabatlari nikoh talab qiladigan o‘zaro bir-birlariga to‘liq bag‘ishlovsiz har kunlik hayotiy muammolarga qanchalik bardosh berishini aniqlash mumkin bo‘larkan. Ular shunday mulohaza qilishadi: “Agar to‘g‘ri kelmasa, biz har qachon mol-mulklarni bo‘lishmay va holdan toydiradigan sharmandali ajrashish xarajatlarisiz xohlagan tarafimizga ketib qolishimiz mumkin”. Biroq tadqiqotlar buning teskarisini ko‘rsatmoqda.
Zamonaviy madaniyat bizga nikoh - er-xotinlarning har qanday erkinligi bo‘g‘iladigan qamoqxonaning deyarli o‘zginasi, o‘ta qattiqqo‘l institut ekanligini uqtirishi mumkin. Ammo, agar ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, aslida turmush qurgan insonlar nikohsiz birga yashayotganlarga nisbatan o‘z hayotlaridan ko‘proq zavq olishadi. Dalillarning o‘ziga murojaat qilamiz.
1. Nikohdagi kishilar jinsiy aloqa bilan tez-tez mashg‘ul bo‘lishadi.
• 48 foiz erlar jinsiy aloqa ularni hissiy jihatdan nihoyatda qoniqtirishini, 50 foizi esa jinsiy aloqani jismonan yoqimli ekanligini aytishgan176.
• Nikohdan o‘tmasdan birga yashab ko‘radigan erkaklar orasida bu raqamlar nisbati shunday: 37 va 39 foiz177.
2. Nikohdagi odamlar uzoqroq yashashadi178
• Turmush qurmagan erkaklarda oilali erkaklarga nisbatan o‘lim holati nisbatan yuqori.
• Bo‘ydoqlik holati erkak hayotini o‘rtacha o‘n yilga qisqartiradi.
3. Oilali odamlar boyroq yashashadi179
• 2009 yilda er-xotinlarning o‘rtacha oylik daromadi 58410 dollarni tashkil etgan.
• Bo‘ydoq erkakda bu raqam 31399 dollargacha pastga tushadi.
• Turmushga chiqmagan ayolda bu 14843 dollarni tashkil etgan.
4. Nikohdagi odamlarning bolalari yaxshiroq yashashadi180
|
Birinchi nikoh kechasida jinsiy aloqa borasida g‘o‘r, munosabatlar masalasida esa mohir bo‘lganingiz afzal. |
• Birgalikda yashab ko‘rish paytida 25 foiz ayollar homilador bo‘lishadi, lekin ularning bolalari qonuniy nikohda tug‘ilgan bolalarga nisbatan kamroq ta’minlangan.
• Nikohdagi ota-onadan tug‘ilgan bolalar odatda ko‘proq muvaffaqiyatga erishishadi va ular orasida maktabni tashlab ketish holatlari kamroq uchraydi (13 foiz 29 foizga qarshi).
• Nikohdagi ota-onalarning bolalari ko‘proq darajada oliy ma’lumot olishadi.
• Nikohdagi ota-onalarning bolalari o‘rtasida yigirma yoshdan oshgach ishsiz qolish holatlari kamroq uchraydi.
Nikohning ustunligi tushunarli. Bundan tashqari, birga yashab ko‘radigan juftliklar ko‘plab muammolarga to‘qnash kelishadi. Misol uchun, ular munosabatlar o‘rnatishda tez-tez qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuningdek, qarama-qarshi orzu-umidlar zamirida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Erkaklar odatda birga yashab ko‘rishni mana shu ayolga o‘zini bag‘ishlashni xohlab qolish-qolmaslikni aniqlash yo‘lidagi birinchi qadam deya hisoblashadi, ayollar esa ayni vaqtda birga yashab ko‘rishni majburiyatlar sari birinchi qadam sifatida baholashadi. Juftliklar kelgusi hayotlari qanday bo‘lishi haqidagi tasavvurga ega bo‘lish uchun birga yashab ko‘rishga qaror qilishadi, ammo ularning bu vaziyatida haqiqiy nikohni ushlab turadigan asosiy tayanch, ya’ni er-xotinlik hayotida noyob bo‘lgan o‘zaro mas’uliyat yetishmaydi. Faqat bir-biriga o‘zini bag‘ishlovning ana shu darajasigina juftliklarga birgalikdagi hayotlarida sinovlarga dosh berishlari uchun zamin yaratadi.
Odamlar nikohdan o‘tayotganda, bir-birlariga aytishadi: “Men seni sevaman. Men hamisha yoningda bo‘laman. Men senga o‘z hayotimni bag‘ishlayman”.
Nikohsiz birga yashab ko‘radigan juftliklar bildirishadi: “Sen menga yoqasan. Qani ko‘ramiz, men seni sevib qolarmikanman?” yoki: “Men seni sevaman. Ko‘ramiz, sevgimiz birgalikdagi hayot bosimiga bardosh berarmikan?”
Birga yashab ko‘radiganlar hamisha o‘zlari uchun “har ehtimolga qarshi” tuynuk qoldirishadi va ularning deyarli yarmi o‘sha tuynukdan sirg‘alib chiqib ketishadi va munosabatlarni bir umrga uzishadi. Mas’uliyatning yo‘qligi mustahkam munosabatlar qurishga yordam bermaydi. Bunday holatlarda nikohdagi er-xotinlarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam beradigan bir-birlariga o‘zlarini bag‘ishlov darajasiga ko‘tarilishning iloji yo‘q.
Mustahkam munosabatlarni o‘rnatishga aslo yordam bermagan holda, birgalikda yashab ko‘radiganlar jinsiy yaqinlik masalasida mablubiyatli ahvolda qoladilar. Juftliklar o‘zlarining jinsiy aloqada o‘zaro mos ekanliklariga ishonch hosil qilish uchun ko‘pincha birgalikda yashashga qaror qilishadi. Biroq haqiqat shundan iboratki, bu o‘rinda hech qanday bir alohida ayyorlik yo‘q. Erkak va ayol tanasi avval boshdan “qo‘shilish” uchun yaratilgan. Bu qayg‘uli, ammo haqiqat: siz bir umr birga yashash mas’uliyatini o‘z zimmangizga olmay turib jinsiy aloqa lazzatidan tatib ko‘rganingizda, sizni o‘zaro bog‘lagan ehtiroslarni behuda “chayqatib” yuborasiz.
“Medical Aspects of Human Sexulity” maqolasida shunday deyilgan: “Ko‘pchilik o‘zlarining hirsiy ishtiyoqlari “uzoq va baxtli hayot”ga olib borishiga umid qilib, o‘z “orzu”lariga uylanishadi... So‘ngra esa yaxshi jinsiy aloqa yaxshi munosabatlarga olib bormasligini, ammo yomon munosabatlar yomon jinsiy aloqaga osongina olib borishi ma’lum bo‘lib qoladi181”.
Masala yaqinlik qilishga borib taqalganida, deyarli barcha holatlarda inson tabiatining o‘zi har tomonlama faoliyatga kirishadi. Jinsiy jabhadagi qiyinchiliklar tajribaning yetishmasligi yoki o‘zaro jinsiy aloqaning maqbul tushmaganligida emas. Agar muammolar yuzaga kelsa, bu eng avvalo munosabatlarga, fe’l-atvorning nomukammalligida, ishonch, hurmat va mas’uliyatning yetishmasligi bilan bog‘liq.
Birinchi nikoh kechasida jinsiy aloqada borasidagi tajribangiz sizga eng oxirida asqatib qolishi mumkin, xolos.
Jinsiy aloqa bir-birlariga o‘zlariga bag‘ishlagan juftlik intim yaqinlikka kirishganlarida yuqori darajada rohat bag‘ishlaydi.
Agar sizda kimdir bilan “nimadir o‘xshab qolsa” - siz keyinchalik shu “qahramonlik”ni nikoh to‘shagida ham takrorlay olishingizga ishonasizmi? Umid qilmang, bu ish bermaydi. Kimki to‘ygacha jinsiy aloqa qiladigan bo‘lsa, bu jabhada ikkovi bir butun bo‘lib o‘rganish va ulg‘ayishdek noyob imkoniyatdan o‘zini va o‘zining yarmi bo‘lmish juftini ayirib, bo‘lg‘usi nikohidan o‘g‘irlagan bo‘ladi.
Nikoh o‘zining barcha afzalliklari bilan “pishitish sinovi”ga muhtoj ekanligi haqida sizga yolg‘on aytishadi, bu gaplarga ishonmang. Agar siz chindan ham er-xotinlik yaqinlashuvidan yuqori darajada lazzat olishni istasangiz, birinchi nikoh kechasigacha jinsiy aloqa borasida tajribasiz bo‘lib qolishni, ammo munosabatlarda mahorat cho‘qqisiga ko‘tarilishni o‘z oldingizga maqsad qilib oling.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































