J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (23-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
23.Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
Millionlab o‘smirlar o‘tkir hissiyotlardan lazzatlanish uchun oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lishadi, ular bu bilan hirsiy buzuqchilik keltiradigan xavf-xatarlar o‘zlariga tahdid qilmaydi deya hisoblashadi. Bu juda jiddiy, kimdir uchun esa mash’um xato bo‘lib chiqadi.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yoshlar oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblashmaydi, shu bois o‘zlarining beboshliklari keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlardan aslo qo‘rqishmaydi160. Bir narsa to‘g‘ri: oral jinsiy aloqa vaqtida homilador bo‘lib qolinmaydi, lekin bu uni qovushishning xavfsiz muqobiliga aylantirishi dargumon.
Klinik tadqiqotlar oral jinsiy aloqaning gonoreya, sifilis, gerpes va OPV o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi 161. Bundan tashqari, siz mabodo turli vaqtda boshqa-boshqa kishilar bilan oral jinsiy aloqada bo‘lsangiz, tanosil kasalliklarini yuqtirib olish ehtimoli 250 foizga oshadi. Oral jinsiy aloqa jinsiy a’zolar orqali o‘tadigan ko‘plab yuqumli kasalliklarning katta xavf-xatarini o‘zida aks ettiradi, ular orasidagi birinchi raqamli xavf - OPV. “The New England Journal of Medicine” ma’lumotlariga ko‘ra, OPV kasalligi yuqtirish xavfi oltitadan ko‘proq kishilar bilan oral jinsiy aloqada bo‘lgan odamlarda to‘qqiz barobar yuqori bo‘ladi163. Bu haqda bilish nega bunchalik muhim? Negaki oral jinsiy aloqa orqali o‘tadigan OPV tomoq saratoni rivojlanishi ehtimolini 3200 foizga oshirib yuboradi164. Tadqiqotchilar oral jinsiy aloqaning ijtimoiy jihatdan qabul qilinishi va unga qiziqish ortib borayotganligi hamda butun dunyoda og‘iz bo‘shlig‘i saratoni xastaligining ko‘payib borayotganligi o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni qayd etishmoqda165.
1970 yillardayoq og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan kasallanganlarning deyarli 25 foizida papillomavirus borligi aniqlangan. 1990 yilda esa og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan kasallangan bemorlarning 57 foizida papillomavirus borligi qayd etilgan. 2000 yilda bu raqam 68 foizgacha ortib ketgan. 2007 yilda Qo‘shma Shtatlarda og‘iz bo‘shlig‘i saratoniga chalinish holatlarining 73 foizi OPV bilan bog‘liq166.
Achchiq haqiqatning ko‘ziga tik qaraylik: oral jinsiy aloqa sizni jiddiy kasalliklarga duchor bo‘lish xavfi ostida qoldiradi, shuningdek, o‘z ortidan ancha yirik ruhiy va qalb og‘riqlarini olib keladi. Oral jinsiy aloqa sizni jinsiy sherigingizga bog‘lab qo‘yadi. Munosabatlar uzilganida esa, siz bilan munosabatda bo‘lmagan odamga “tortadigan” og‘riq bilan o‘zingiz yolg‘iz qolasiz. Ko‘plab qizlar so‘rovda yozib qoldirishgan: oral jinsiy aloqa vaqtida o‘zlarini xuddi ulardan foydalanishayotgandek his qilishgan. Ular bunday jinsiy aloqaga faqatgina “o‘z yigitlarini xursand qilish” yoki “mashhur bo‘lish” maqsadida rozilik bildirishadi. Baxt ham, mashhurlik ham kelmaganida esa, qizlar gunoh, uyat, iztirob va nafrat bilan yolg‘iz qolishadi.
Oral jinsiy aloqa vaqtida homilador bo‘lib qolish mumkin emas, lekin bu uni jinsiy aloqaning xavfsiz muqobiliga aylantirib qo‘ymaydi. Siz tanosil kasalligiga chalinishingiz mumkin. Siz saraton bilan kasallanishingiz mumkin. Siz oxir-oqibat singan qalb bilan qolib ketishingiz mumkin.
Achchiq haqiqat shuki, oral jinsiy aloqaning oqibatlari, siz undan oladigan bir lahzalik rohatdan ko‘ra, salomatligingizga katta miqyosda xatarli va halokati ta’sir qiladi.
Men buning bahosini anglab, o‘zingizni bunday xatar ostiga qo‘ymaslikka qaror qilishingizni istayman.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































