J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (22-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
22.Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullanib, bokiralikni saqlab qolish mumkinmi?
So‘rovda ishtirok etgan faol jinsiy aloqada bo‘luvchi har to‘rtinchi o‘smir an’anaviy qovushishdan qochish maqsadida oral jinsiy aloqani sinab ko‘rishini aytgan158. Uning uchun bunday harakat - bokiralikdan ayrilmagan holda jinsiy yaqinlikdan zavqlanish usuli. Ammo rostdan ham shundaymikan? Bunday odamni bokira hisoblab bo‘larmikan?
21-savolga berilgan javobni eslaylik: jinsiy aloqa - tanada muvofiq reaksiya hosil qiladigan hirsiy asosdagi harakat. Oral yaqinlik tanangizga, miyangizga va munosabatlarga xuddi jinsiy aloqa kabi ta’sir qiladi. Demak, oral jinsiy aloqa - bu ham jinsiy aloqa.
U bilan mashg‘ul bo‘lgan holda bokira bo‘lib qolish mumkinmi? Rasman - ha, biroq faqat rasman, xolos. Yodingizda bo‘lsin, Xudo sizdan jisman bokiralikni saqlashingizni so‘ramaydi. U sizdan “nikoh to‘shagingizni toza saqlashingizni” so‘raydi.
Ibroniylarga Maktubda (13:4) aytilgan: “Nikohni hammangiz e’zozlanglar. Er-xotinlik munosabatini beg‘ubor saqlanglar...” 7-savolning javobini eslaylik: “toza” so‘zining eng yaxshi ta’riflaridan biri - bu “begona aralashmalarni qo‘shmagan”. Har safar, shuningdek, oral jinsiy aloqa vaqtida, sizning his-tuyg‘ularingiz kuchli ehtirosga to‘lganida miyangiz norepinefrin ishlab chiqaradi va bo‘lib o‘tgan voqea ongingizda muhrlanib qoladi159. Hohlaysizmi yoki yo‘qmi, ammo siz oral jinsiy aloqangiz haqidagi xotiralarni nikoh to‘shagingizga olib kirasiz, demak, nikoh to‘shagingizni tozalikda asrash va Xudoning amrlariga rioya etishga qodir bo‘lolmaysiz..
Men ushbu kitob ustida ishlayotganimda, jamoatning bir yoshgina xizmatchisi quyidagi voqeani menga aytib berdi: “Yaqinda xotinim opasi bilan har hafta qandaydir hayotiy masalalarni muhokama etishadigan ayollar guruhidagi saboqlar tugagach uyga qaytdi. Ana shu safar jinsiy aloqa mavzusi yuzaga qalqib chiqdi: Rafiqam menga aytdi: “Siz hatto tasavvur ham qilolmaysiz! Bu turmushga chiqqan, tag‘in baxtli oilali ayollarning ko‘pchiligi nikohgacha oral jinsiy aloqa qilishgan va endilikda mutaxassislardan maslahat olishga majbur bo‘lishmoqda, negaki ularning boshida o‘ralashib qolgan xotiralar, kimlarningdir siymolari hanuz qalblarini chuqur yaralamoqda”.
Siz jinsiy aloqaning bir muqobili sifatida oral jinsiy aloqa qilishga qaror etganingizda, bu haqdagi xotiralarning ongingizda muhrlanib qolishiga to‘sqinlik qilolmaysiz. Buning ustiga, navbatdagi savolga javobni o‘qiyotganda bunday qaror sizni halokatli yuqumli kasalliklardan himoya qilmasligini birgalikda aniqlab olamiz.
Xudo sizning faol jinsiy aloqada bo‘lgan holda, bokiralikni faqat rasman saqlab qolishingizni istamaydi. U nikoh to‘shagingizni xotiralardan va avvalgi har qanday jinsiy aloqalaringiz oqibatlaridan pokiza holda asrashingizni so‘raydi.
Efesliklarga Maktubda (5:3) quyidagicha aytilgan: “Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochko‘zlik hatto tilga ham olinmasin”. Siz jinsiy aloqaning ayrim ta’qiqlangan usullarini qo‘llamaslikni shart qilib, jinsiy harakatlarning bir qismi bilan shug‘ullanishingizga Xudo ijozat bermaydi. U sevganingiz bilan jinsiy erkaliklarni birinchi nikoh kechasigacha - va nikohdagi barcha qolgan kechalaringizda ham - kutishingizni istaydi. Uning maqsadi - sizni himoya qilish, o‘z juftingiz bilan to‘laqonli yaqinlikni his etish va jinsiy aloqadan yuqori darajada rohatlanishingiz uchun imkon berishdir.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































