J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (21-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
21.Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
2003 yilda Kayzer Oilaviy fondi va “Seventeen” jurnali o‘tkazgan milliy so‘rovlar seriyasida aniqlanishicha, 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning teng yarmi oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblashadi153. Shuningdek, kollej talabalarining 60 foizi ham oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqadan farqlashmaydi154. Ehtimol, aynan shu bois 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan amerikalik o‘smirlarning yarmidan ko‘proq qismi oral jinsiy aloqani sinab ko‘rishadi, mabodo 18 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni oladigan bo‘lsak, bu raqamlar 70 foizgacha ortadi155.
Oral jinsiy aloqa ijtimoiy me’yorlarga ko‘proq mos keladigan holatga aylandi: bu bilan yoshlarning 50 foizdan toki 70 foizgacha mashg‘ul bo‘lishadi156. Balki bu ommaviy ko‘rinishning sabablaridan biri oral jinsiy aloqa - haqiqiy jinsiy aloqa emasligiga bo‘lgan ommaviy ishonch bilan mustahkamlangan bo‘lishi mumkin. Tasavvur qiling-a, ayrim talabalar hattoki oral jinsiy aloqa - ularning “o‘zlarini toza saqlash usuli” ekanligini so‘rovlarda yozib qoldirishgan. Ya’ni bokiralikni yo‘qotmagan holda yaqinlik va jinsiy aloqadan rohatlanishni rad etmaslik usuli ekan bu. Biroq oral jinsiy aloqada ishtirok etgan kishi jinsiy taraflama toza bo‘lib qoladimi? Oddiy qilib aytamiz: oral jinsiy aloqa - haqiqatdan ham jinsiy aloqami? O‘zingiz lug‘atga qarang - ana shunda hammasini tushunasiz.
Lug‘at “jinsiy aloqa”ni “hirsga asoslangan ko‘rinish yoki harakat” deya belgilaydi157. Oral jinsiy aloqani sinab ko‘rayotgan yoshlar sonining sezilarli darajada ortishi buning bir hodisa ekanligini bildiradi, albatta. Biz biror harakatning hirsiy asosda ekanligini qanday aniqlab olamiz? O‘zingizdan so‘rab ko‘ring: jinsiy a’zolarni qo‘zg‘atish ehtirosning uyg‘onishiga sabab bo‘ladimi? Javob ma’lum: ha.
Demak, tana oral jinsiy aloqaga xuddi jinsiy aloqaga bo‘lganidek munosabat bildiradi. Mos keladigan gormonlar ajralib chiqadi. Jinsiy a’zolar ta’sirlanadi. Miya kimyoviy vositalar oqimiga o‘ralib, odam superelimi kabi ishlaydi va juftliklar orasidagi aloqani mustahkamlaydi. Dofaminli portlash sizni ko‘proq tashnalikka, yoqimli hissiyotlarni takrorlashning chanqoq ishtiyoqlariga undaydi. Sizning tanangiz ishonadi, bu - jinsiy aloqa. Sizning miyangiz ishonadi, bu - jinsiy aloqa. Sizning qalbingiz ishonadi, bu - jinsiy aloqa. Oral jinsiy aloqa - bu ham jinsiy aloqa.
Ayonki, qinga tiqish - jinsiy aloqa bilan shug‘ullanishning yagona usuli emas. Umuman olganda, men hirsiy deb ta’riflash mumkin bo‘lgan to‘rt xil yaqinlikni farqladim:
1. Oral jinsiy aloqa (og‘iz - jinsiy a’zo)
2. Manual qo‘zg‘ash (qo‘llar - jinsiy a’zo)
3. Jinsiy a’zolar aloqasi (jinsiy a’zo - jinsiy a’zo).
4. Ichkariga kiritish
Barcha bu to‘rt xil hirsiy harakatlar tanada jismoniy va kimyoviy reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Barcha bu to‘rt xil hirsiy harakatlar juftliklar orasida aloqa o‘rnatadi va sizni jinsiy a’zolar orqali o‘tadigan kasalliklarni yuqtirish xavfi ostida qoldiradi. Ushbu harakatlardan birortasida ishtirok etadigan odam faol jinsiy aloqa qiluvchi hisoblanadi.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девиc)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.