J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (17-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
17.Axir homiladorlikka qarshi hapdorilarni qabul qilish jinsiy aloqa xavfsizligini ta’minlamaydimi?
1960 yillarda homiladorlikka qarshi hapdorilar sifatida tanilgan oral kontratseptivlar jinsiy aloqa inqilobining haqiqiy timsoli sifatida Amerikaning madaniyat manzarasini keskin o‘zgartirib yubordi Oradan 50 yildan ko‘proq vaqt o‘tganida esa, biz “erkin” jinsiy aloqa uydirma ekanligini bilib qoldik. Mittigina hapdorilardan boshlangan bu inqilob millionlab ayollarni tanlagan qarorlari oqibatidan asrab qololmadi.
Hapdorilar jinsiy a’zolar orqali o‘tadigan kasalliklardan sizni himoya qilmaydi. Ular tanangizning yuqumli kasallik o‘rnashib olgan qismiga aslo ta’sir ko‘rsatmaydi. 25 turdagi kengroq tarqalgan tanosil kasalliklari mavjud bo‘lib135, ular har yili 19 million amerikalikning sog‘ligini yemiradi136 va hapdorilar ularni zararlanishdan asrash uchun mutlaqo samarasiz. Shaxsan menga bunday jinsiy aloqa xavfsiz bo‘lib tuyulmaydi.
Xo‘sh, homiladorlik masalasida nima deyish mumkin? Homiladorlikka qarshi hapdorilarni ishlab chiqaradigan dori-darmon kompaniyalarining o‘zlari ham bu vositalarning samaradorligi yuz foiz emasligini tan olishadi. Hatto shifokorning ko‘rsatmasi asosida muntazam dori iste’mol qilsangiz ham, baribir homilador bo‘lib qolishingiz mumkin. Aslida ichiladigan kontratseptivni har kuni bir vaqtda qabul qilish lozim. Mabodo siz shunday qilmasangiz yoki hech bo‘lmasa qabul qilishda ikki soat kechiksangiz, sizdagi gormonlar shakli o‘zgaradi va ovulyatsiya yuz berishi mumkin; shunday ehtimol borki, organizm urug‘lantirishga qodir tuxum hujayralarini “qo‘yib” yuboradi. Shu bilan birgalikda yosh ayollar juda tez-tez homilador bo‘lib qolishadi, zero ularning jinsiy a’zolari hali mutlaqo sog‘lom bo‘ladi. Bir tadqiqotning aniqlashicha, ichiladigan kontratseptivlar balog‘atga o‘tish yoshidagi qizlarga 13 foiz holatlarda pand berib qo‘yadi137. Oddiyroq ifoda etaman: hapdori iste’mol qilib jinsiy aloqada bo‘ladigan har 100 qizdan 13 nafari o‘zlari kutmagan holda homilador bo‘lib qolishadi. Hapdorilar chindan ham rejasiz homiladorlikdan bir qadar himoya qiladi, ammo yuz foizlik kafolat berolmaydi.
Xulosa qilamiz. Hech qanday hapdorilar sizni quyidagilardan himoya qilishga qodir emas:
• hech bo‘lmasa bitta tanosil kasalligidan;
• qalb sinishidan;
• nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqa tufayli miyada kechgan o‘zgarishlardan;
• nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqa keltiradigan gunoh va uyat hissidan.
Kelli bu haqda o‘zi eshitgan gap-so‘zlardan ko‘proq tushunchaga ega. U nikohgacha jinsiy aloqa qilishga shoshilmagandi, ammo Tayler ismli yigiti bilan munosabatlari yanada jiddiy tus olganida, “variantlarni muhokama qilish” uchun o‘z shifokoriga murojaat qildi. Shifokor unga oral kontratseptiv qabul qilishi taklifini bildirdi va Kelli “har ehtimolga qarshi” rozi bo‘ldi. Kelli va Tayler baribir jinsiy aloqa qilishni boshladilar. Kellining ishonchi komil edi: homiladorlik yoki kasallik haqida tashvishlanmasa ham bo‘ladi. U “xavfsiz” jinsiy aloqa qilayapman, deb hisoblardi. Oradan uch oy o‘tib, Kelli tanosil kasalligi bo‘yicha ijobiy test natijasini oldi. Qiz hayron bo‘ldi, ruhi cho‘kdi va ayni paytda uyat olovida yondi. Oradan bir necha oy o‘tgach, bu ikkalasi ayrilishdi. Kelli qachonlardir o‘zini himoya qilish uchun hamma imkoniyatlardan foydalanganiga ishonardi, lekin hapdorilar Tayler bilan munosabatlarni uzgan qizni yuqumli kasalliklardan ham, azoblardan ham himoya qilolmadi. O‘shandan buyon bir yildan oshiq vaqt o‘tdi, biroq Kelli qalb yaralari qachon bitishi haqida o‘ziga savol beradi.
Prezervativlar sizni ta’qiqlangan jinsiy aloqaning ko‘pgina oqibatlaridan himoya qilolmaydi. Hech qanday xapdori buni uddalay olmaydi. Chinakam xavfsiz jinsiy aloqa bir umr o‘zlarini nikoh rishtalari bilan bog‘lagan ikki qarama-qarshi jins vakillari o‘rtasidagina bo‘lishi mumkin.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.