Yalang‘och dalillar (Josh Makdauell) 12 bob

J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (12-savol) Kitob O'zbek tilida

Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб 

Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savolJ.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (Audiokitob) Kitob O'zbek tilida

 

Mundarija

Tashakkurnoma

Xo‘sh, boshlaymizmi?

1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?

2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?

3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?

4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?

5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?

6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?

7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?

8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?

 9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?

10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?

11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?

12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa

 xavfsiz emasmi?

13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?

14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna  orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?

15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?

16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?

17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?

 18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?

19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?

20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?

21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?

22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?

23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?

24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?

25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?

26.Ahir nikohgacha bo'ladigan  jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?

27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?

28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?

29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?

30.  Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?

31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his  qilishim mumkin?

32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?

33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?

34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?

35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?

36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?

37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?

38. Masturbatsiya bu durustmi?

39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?

 40. Qizlarga, Erin Devis

 41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan

42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma

43. Muhokama uchun savollar


12.Axir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa xavfsiz deb hisoblanmaydimi?

Bugungi avlodga prezervativdan foydalanish xavfsiz jinsiy aloqa bilan barobar ekanligi va xavfsiz jinsiy aloqa odamlarga jismoniy yaqinlikdan hech bir tavakkalsiz rohatlanishlariga imkon berishi haqidagi fikrlarni singdiradi. Ana shunaqa, sizga yolg‘on gapirishadi.

Bundan bir necha yillar muqaddam prezervativdan foydalanish tarafdorlari o‘z murojaatlariga yana bitta nozik tuzatish kiritishdi. Endi ular yoshlarga “xavfsiz” emas, balki “xavfsizroq” jinsiy aloqa haqida gapirishmoqda. Nega ularning ta’rifi bunday o‘zgarib qoldi? Negaki dalillar prezervativlarning umuman xavfsiz emasligidan dalolat bermoqda. Siz prezervativdan foydalangan holda, baribir tanosil kasalligini yuqtirishingiz mumkin. Siz prezervativdan foydalanib, baribir homilador bo‘lib qolishingiz mumkin. Va agarda Xudoning rejasiga nomuvofiq tarzda jinsiy aloqa qilsangiz, hech qanday prezervativ sizni mental va hissiy tuzoqlardan hech qachon himoya qilolmaydi.

Prezervativlar va tanosil kasalliklari

“Prezervativdan foydalanib, xavfsiz jinsiy aloqa qilish”ning iloji yo‘q, bu uydirma.

Eng yaxshi holatda - jinsiy aloqa “kamroq xavfli” bo‘ladi (OITS bo‘yicha mutaxassis, shifokor Robert Redfild bilan shaxsan o‘tkazgan suhbatimda ishlatilgan ibora). Prezervativlar haqiqatdan ham bir qancha tanosil kasalliklaridan himoya qiladi, aniqrog‘i, jinsiy aloqa orqali o‘tadigan beshta jiddiy kasallikdan toki yigirma beshtasigacha. Mutaxassislarning baho berishlaricha, ko‘proq OIV bilan kasallanish ehtimoli (85-87 foiz) kamayadi. Gonoreya va xlamidioz bilan kasallanish ehtimoli 50 foizga pasayadi89. Bu raqamlar sizni hayron qoldirishi mumkin, ammo “xavfsiz” jinsiy aloqa targ‘ibotchilari sizni jalb etayotgan bu qizg‘in o‘yinga nimani tikishingiz haqida o‘ylab ko‘ring. OIV-infeksiya bedavo dard, uning so‘nggi nuqtasi - o‘lim. Garchi har safar jinsiy aloqa qilganingizda prezervativdan foydalansangizda, agar juftingiz kasallangan bo‘lsa, siz ham 15 foiz imkoniyat bilan kasallanishingiz mumkin. Gonoreya yoki xlamidioz bilan kasallanish imkoni - aslida ikkitadan bitta holatda. Kelgusida bu yuqumli kasalliklar bepushtlikka ham olib boradi. Bu bilan kasallangan ko‘plab erkak va ayollar uning kichik alomatlarini payqamasliklari va bilmasdan o‘z kasalligini jinsiy aloqadagi juftiga yuqtirishi mumkin. Siz, har bir jinsiy aloqada prezervativdan foydalangan holda, baribir kasallikni yuqtirib olishingiz mumkin, demak, qachonlardir farzand ko‘rish xususiyatingizni bu o‘yin qartasida tikib yuborasiz.

Sizni OIV, gonoreya va xlamidioz xastaligidan bir qadar himoya qiladigan prezervativlar boshqa ko‘plab tanosil kasalliklaridan asrab qololmaydi. Bundoq o‘ylab qarasak, aksariyat hollarda ular kasallik yuqishini kamaytirmaydi, negaki ko‘pgina tanosil kasalliklarni viruslar keltirib chiqaradi, ular esa tananing prezervativ bilan himoya qilinmagan qismiga teginish orqali o‘tadi.

Bunga eng katta bir misol - papillomavirus. OPV - birinchi raqamli tanosil kasalligi. Hozirgi kunda faol jinsiy aloqada bo‘ladiganlarining 50 voizi OPV bilan kasallangan90. Kasallangan odam bilan jinsiy aloqada bo‘lish xavfi juda yuqori. Madomiki OPV - virus ekan, u namiq terida o‘rnashib oladi va osonlik bilan boshqalarga yuqadi.

“Xavfsizroq” jinsiy aloqa tarafdorlari yoshlarni “himoyalangan” yaqinlikda aloqada bo‘lishga da’vat etishmoqda. Biroq prezervativlar halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradigan tanosil kasalliklaridan sizni to‘liq himoya qilishga qodir emas. Endilikda prezervativlar bilan “xavfsiz” jinsiy aloqada bo‘lish aslo xavfsiz bo‘lmasligi biz uchun ma’lum. Aslida ayrim yuqumli kasalliklarni orttirib olish uchun hech qanday jinsiy aloqa talab etilmaydi.

Salomatlik milliy instituti (dunyodagi eng ilg‘or tibbiyot muassasalaridan biri) tasdiqlashicha, “qinga kiritilmay bo‘ladigan jinsiy aloqa” - yoki jinsiy teginishlar - “bokiralikni buzmagan holda yuqumli kasalliklarni (OPV va boshqa ko‘plab viruslarni) yuqtirishi mumkin”91. Teginishning o‘zi yetarli, xolos! Qanaqasiga? OPV va boshqa virusli tanosil kasalliklar terining namiq joylari prezervativ bilan qoplanmagan olat va qin atrofiga tegishi tufayli yuqadi. Agar siz prezervativdan foydalangan holda chindan ham xavfsiz jinsiy aloqa qilishni istasangiz, u sizning tanangizni xuddi gidrokostyum kabi to‘liq qoplashi lozim.

Mana nima uchun Salomatlik milliy instituti: “Prezervativlardan foydalanish OPV tarqalishi ko‘lamini pasaytirmaydi”92 deya uqtiradi. Biroq prezervativlar o‘ramida buni o‘qib bo‘lmaydi!

Siz prezervativdan foydalangan holda, baribir tanosil kasalligini yuqtirishingiz yoki homilador bo‘lib qolishingiz mumkin.

Tadqiqotlar ko‘rsatmoqda: kasal yuqtirgan kishi hattoki har safar jinsiy aloqa vaqtida prezervativdan foydalansa ham, u bilan aloqaga kirishadigan ayolning kasallik yuqtirib olish ehtimoli 37,8 foizni tashkil etadi93. Aslida bunday ehtimol yanada yuqori. Amerikadagi bir universitet xodimlari yaqinda OPV bilan kasallangan erkak va ayollar orasida so‘rov o‘tkazdi. O‘sha odamlardan, hech bo‘lmasa uch marotaba prezervativdan foydalanmay jinsiy aloqa qilgan 44 foizi o‘z juftiga ham kasallikni yuqtirgan94. (Mabodo ular OITS bilan kasallanishganida edi, prezervativlar kasallarning sonini to‘rt foizgacha tushirgan bo‘lardi - bu yaxshi xabardek qabul qilinadi, agar siz o‘zingiz kasallar qatorida bo‘lmasangiz, albatta.) Prezervativdan foydalanganlar orasidan esa kasallikni yuqtirganlar 42 foizni tashkil etadi, bu esa shuni bildiradi: prezervativlar kasallikka chalinish ehtimolini bor-yo‘g‘i ikki foizga tushirgan95, xolos. Nega bunchalik kam? Negaki prezervativ tananing virus tarqaladigan barcha qismlarini qoplay olmaydi.

Prezervativlar va homiladorlik

Demak, prezervativlar sizni tanosil kasalliklaridan to‘liq himoya qilolmaydi, ammo hech bo‘lmaganda noxush homiladorlik yuzaga kelish ehtimolini bartaraf qiladi, to‘g‘rimi? Yo‘q, to‘g‘ri emas.

O‘rtacha olib qaraganda, ayollar bir oyda sakkiz kun homilador bo‘lishlari mumkin. Bu bir yilda 96 kunga to‘g‘ri keladi. Hukumat prezervativ ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotlarining ishonchlilik darajasini tekshirib ko‘rishga majbur qilganida, ular shuni aniqlashdiki, prezervativdan foydalanuvchi 20 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan ayollarning har safar qovushganlarida homilador bo‘lib qolish ehtimoli 31 foizni tashkil etadi96. Oddiygina qilib aytamiz: prezervativdan foydalangan holda jinsiy aloqa qiladigan har o‘nta talabaning uchtasi kutilmagan homiladorlikka uchrashi mumkin.

Demak, ayollar bir oyda sakkiz kun yoki bir yilda 96 kun homilador bo‘lib qolishlari mumkin. Biroq tanosil kasalliklarini siz bir yilda 365 kun davomida orttirib olishingiz mumkin, bu o‘rinda erkaklar va ayollarning xavfga to‘qnashishlari bir xil darajada. Xo‘sh, agar prezervativ - bir yildagi 96 kunlardan birida - o‘sha 100 holatdan 31 holatida homiladorlikdan himoya qilmasa, yil mobaynida yuqadigan kasalliklardan necha foiz miqdorda himoya qila olmaydi? Sizni aldashganini hali ham sezmadingizmi?

Ochiq haqiqat

AQSh oziq-ovqat va tibbiy dori-darmonlar sifati bo‘yicha tozalik nazorati boshqarmasi prezervativlarni sertifikatsiyalashdan bosh tortayotganidan sizning xabaringiz bormi? Siz, nima uchun deb so‘rarsiz? Ularga nisbatan ishonchsizlik darajasi yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan har qanday me’yorlardan pastga tushgan. Boshqa davlat muassasalari, kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazlari shuni e’lon qiladiki, tanosil kasalligiga uchramaslikning yagona ishonchli usuli - o‘zini tiyishdir97. Shuningdek, yana bir usul - hech qanday yuqumli kasallikka chalinmagan monogamiya (bir nikohlilik) munosabatidagi turmush o‘rtoq bilan jinsiy aloqada bo‘lish. Men buni nikoh deya atayman.

Dunyo bizga xavfsiz jinsiy aloqa - bu ozodlikka yo‘l deya o‘rgatadi. Yagona muammo shundaki, u mutlaqo xavfsiz emas. Ayonki, “xavfsiz” va “xavfsizroq” jinsiy aloqa o‘rtasida yer va osmoncha farq bor. Prezervativlar faqatgina xavfsizlik ro‘yosini berishlari mumkin, aslida kasallanish ehtimolini deyarli kamaytirmaydi. Sizning tanangizni, ong va qalbingizni jinsiy aloqa ta’siridan himoya qiladigan prezervativ yoki homiladorlikka qarshi vositalar bozorda mavjud emas. Xudo O‘z rejasiga (jinsiy yaqinlik faqat er-xotin o‘rtasida bo‘lishiga) rioya qilishni tavsiya etib, bizlarning haqiqiy himoyada bo‘lishimizni istaydi. Faqat Uning rejalariga amal qilishgina sizga yuz foizlik xavfsizlikni kafolatlaydi.


Книга на Узбекском языке: - Голые факты  (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)

Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.

 

Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак