J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (1-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
1.Sabr-toqat va pokdomonlik - ikkovi bir narsami yoki yo‘q?
Masihiylik e’tiqodidagi kishilarning jinsiy aloqaga munosabatlarida sabr-toqat go‘yo bir jangovor chaqiriqqa aylanib qolgandek, hattoki dunyoviy dasturlar xavfsiz jinsiy aloqani targ‘ib etishda bu so‘zni bir “variant”sifatida ishlata boshlashgan. Xo‘sh, mabodo aniq ta’rif beradigan bo‘lsak, sabr-toqat nima o‘zi? Va u jinsiy aloqa masalasida Xudoning rejasiga qanday muvofiq keladi?
Sabr qilish - bu nimadandir o‘zini tiyish demakdir. Misol uchun, u yoki bu taomlarni iste’mol qilishdan, muayyan biror joyga yoki ziyofatlarga borishdan sabr qilish mumkin. Sabr-toqatni yoqlaydigan odamlar masala jinsiy aloqa tarbiyasiga borib taqalganida, yoshlarning “yo‘q”deyishlarini taklif etadilar.
Hayron bo‘lishingiz mumkin, lekin sabr-toqatni faqat masihiylargina talab qilishmaydi. Garvard “Haqiqiy sevgi inqilobi” talabalar guruhi a’zolari o‘z guruhidagilarni falsafiy, biologik va ijtimoiy sabablarga ko‘ra jinsiy aloqadan voz kechishga da’vat etishadi4. Bizning federal hukumatimiz har yili sabr-toqatni yagona to‘g‘ri qaror sifatida targ‘ib qilish uchun millionlab dollar sarflaydi5. Hatto Amerika oilani rejalashtirish federatsiyasi ham kutilmagan homiladorlikni va jinsiy aloqa orqali o‘tadigan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun sabr-toqat borasidagi ko‘plab g‘oyalarni oldinga suradi6.
Dunyo jinsiy aloqada sabr qilishning ko‘plab sabablarini tan oladi, biroq Xudo bizni aslo ularga da’vat etmaydi. U bizga poklikni, beg‘uborlikni taklif qiladi.
Men har yili tinglovchilarimga bitta savolni beraman, ammo qanchali qayg‘uli bo‘lmasin, haligacha hech kim beg‘uborlik nima ekanini aniq tushuntirib berolmagan. Tasavvur qilyapsizmi? Hech bir odam. Hatto cho‘ponlar orasidan ham. Beg‘uborlik - bu Muqaddas Kitobdagi eng ajoyib tushunchalardan biri va hech kim bu nimani anglatishidan xabardor emasga o‘xshaydi.
Lekin men bu masalani siz to‘g‘ri tushunishingizni istayman, negaki beg‘uborlik - ko‘plar o‘ylagan narsa emas. Bu sizning jinsiy aloqa haqidagi tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradi.
Pok, beg‘ubor bo‘lish degani, - shunga tayyormisiz? - “ilk rejaga muvofiq yashash”ni anglatadi.
Qaysi bir jabhani olmaylik - mabodo siz Xudo belgilagan tartibda yashasangiz, poksiz. Agar siz Xudo xohlaganidek hayot kechirmasangiz - gunohkorsiz.
Beg‘uborlik - bu “Xudo maqsadiga muvofiq hayot kechirish” demakdir. |
Sabr-toqat - bu ko‘nikma va hatto o‘z asosida jinsiy aloqadan voz kechishga bo‘lgan qonun yoki qoida bo‘lishi mumkin. Beg‘uborlik esa - bu ezgulik. Bu jinsiy aloqaga kirishishdan shunchaki voz kechishgina emas, balki o‘z hayotimizda Xudoning rejasiga sadoqat hamdir. Poklik - jinsiy aloqadan voz kechishni, ammo bu bilan Xudo yaratgan va sevgiga asoslangan iikoh davrida shug‘ullanishni nazarda tutadi.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.