Muqaddas Kitob




Chiqish

1. Isroil o‘g‘illarining ismlari quyidagichadir, ular Yoqub bilan birga oilalarini olib, Misrga ketgan edilar:
2. Ruben, Shimo‘n, Levi, Yahudo,
3. Issaxor, Zabulun, Benyamin,
4. Dan, Naftali, Gad, Osher.
5. O‘shanda Yoqubning avlodi hammasi bo‘lib yetmish kishidan iborat edi. Uning o‘g‘li Yusuf bu paytda Misrda yashardi.
6. Vaqti–soati yetib, Yusuf, uning aka–ukalari va o‘sha avlodning hammasi olamdan o‘tib ketdi.
7. Isroil nasli esa barakali bo‘lib, borgan sari ko‘payib boraverdi. Misr yurti ular bilan to‘lib– toshdi.
8. O‘sha paytda Misr taxtiga yangi fir’avn o‘tirdi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa bilmasdi.
9. U o‘z xalqiga shunday dedi: — Qaranglar, Isroil xalqi bizga qaraganda ko‘payib, kuchayib ketdi.
10. Qani, bir yo‘lini topib, ularni ko‘payib ketishdan to‘xtataylik. Bo‘lmasa, urush bo‘lib qolganda, ular dushmanlarimizga qo‘shilib, bizga qarshi urush qiladilar. Keyin yurtimizdan qochib ketadilar.
11. Shunday qilib, Misrliklar nazoratchilar tayinlab, Isroil xalqini og‘ir ishlarga majbur qildilar, tinka–madorini quritdilar. Isroil xalqi fir’avn uchun Pitom va Ramzes degan ombor shaharlarni qurib berdi.
12. Lekin Misrliklar Isroil xalqiga qanchalik zulm o‘tkazsalar ham, Isroil xalqi yana ham ko‘payib yurt bo‘ylab yoyilib borardi. Misrliklar bu ahvoldan qo‘rquvga tushib qoldilar.
13. Ular Isroil xalqini zo‘rlik bilan ayovsiz qul qilib, har turli dala ishlariga, loydan g‘isht quyishga majburladilar.
14. Misrliklar ularga shafqat qilmadilar.
15. Shifro va Puvo degan ibroniy doyalari bor edi. Misr fir’avni ularga shunday farmon berdi:
16. — Ibroniy ayollari ko‘zi yoriyotgan paytda doyalik qilayotganingizda, yaxshilab e’tibor bering: chaqaloq o‘g‘il bo‘lsa, o‘ldiringlar, qiz bo‘lsa, yashayversin.
17. Ikkala doya Xudodan qo‘rqardi. Shuning uchun Misr fir’avnining farmoniga itoat etmasdan, o‘g‘il bolalarni o‘ldirmadilar.
18. Misr fir’avni doyalarni chaqirib so‘radi: — Nimaga bunaqa qilyapsizlar? Nimaga o‘g‘il bolalarni tirik qoldiryapsizlar?
19. — Ibroniy ayollari Misrlik ayollarga o‘xshamaydilar, — deb javob berishdi doyalar. — Ular juda baquvvat, shuning uchun biz bormasimizdan oldin tug‘ib qo‘yyaptilar.
20. Shuning uchun Xudo doyalarga marhamat qildi. Isroil xalqi ko‘payib, yana ham kuchayaverdi.
21. Doyalar Xudodan qo‘rqqanlari uchun, Xudo ularni oilali qildi.
22. Shundan keyin fir’avn o‘z xalqiga: “Ibroniylarda tug‘ilgan har bir o‘g‘il bola Nil daryosiga uloqtirilsin, qiz bolalar esa yashayversin”, deb farmon berdi.
1. O‘sha paytda Levi naslidan bir yigit bilan qiz oila qurdilar.
2. Keyinchalik ayol homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Ayol chaqaloqning chiroyliligini ko‘rib, uni uch oy yashirib yurdi.
3. Lekin ayol chaqaloqni ortiq yashirib yurolmasligiga ko‘zi yetgach, qamish savat oldi. Suv kirmasin, deb savatni qora saqich bilan suvadi. Keyin savatning ichiga chaqaloqni solib, savatni daryo bo‘yidagi qamishzor orasiga qo‘yib ketdi.
4. Chaqaloqning opasi esa: “Uning taqdiri nima bo‘larkin”, deb uzoqdan kuzatib turdi.
5. Shu paytda fir’avnning qizi daryo bo‘yiga cho‘milgani kelib qoldi. Kanizaklari esa daryo bo‘yida yurishardi. Fir’avnning qizi birdan qamishzor orasidagi savatni ko‘rib qoldi–da, cho‘risiga: “Savatni olib kel!” deb buyurdi.
6. Fir’avnning qizi savatni ochib qarasaki, bir chaqaloq yig‘lab yotgan ekan. “Bu ibroniy bolalaridan biri”, dedi u. Chaqaloqqa rahmi keldi.
7. Chaqaloqning opasi shu paytda fir’avnning qizi oldiga kelib, undan so‘radi: — Borib, ibroniy ayollaridan birortasini chaqirib kelaymi? U enagalik qilib, sizga chaqaloqni boqib berardi.
8. — Mayli, bor, — dedi fir’avnning qizi. Qizcha borib, chaqaloqning onasini chaqirib keldi.
9. Fir’avnning qizi ayolga: — Mana bu chaqaloqni olib bor, menga boqib ber, — dedi. — Qilgan xizmating uchun haqini to‘layman. Shunday qilib, ayol chaqaloqni olib ketdi va o‘zi parvarish qildi.
10. Bola katta bo‘lgach, ayol uni fir’avnning qiziga olib keldi. Fir’avnning qizi bolani o‘ziga o‘g‘il qilib oldi. “Uni suvdan chiqarib olganman”, deb ismini Muso qo‘ydi.
11. Muso ulg‘aygandan keyin, bir kuni qabiladoshlarini ko‘rgani bordi. U qabiladoshlari qilayotgan og‘ir mehnatni ko‘rib yurgan edi. Bir Misrlik odam ibroniylardan — qabiladoshlaridan bittasini urayotganini ko‘rib qoldi.
12. Muso atrofga ko‘z tashladi. Hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, Misrlik odamni o‘ldirib, qumga ko‘mib qo‘ydi.
13. Keyingi kuni Muso yana o‘sha yerga borganda, ikkita ibroniyning bir–biri bilan janjallashayotgani ustidan chiqib qoldi. Muso nohaqlik qilgan odamdan: “Nimaga birodaringni uryapsan?” deb so‘radi.
14. Shunda haligi odam: — Kim seni bizga hukmdor, hakam qilib qo‘ydi? Misrlikni o‘ldirganingday, meni ham o‘ldirmoqchimisan? — dedi. O‘sha zahoti Muso: “Bu ish oshkor bo‘lib qolganga o‘xshaydi”, deb o‘ylab qo‘rqib ketdi.
15. Keyin fir’avn ham bu voqeani eshitib, Musoni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Lekin Muso fir’avndan qochib Midiyon yurtiga ketdi. U Midiyonga kelib, quduq yonida o‘tirdi.
16. Midiyon yurti ruhoniysining yettita qizi bor edi. Qizlar otasining qo‘y–echkilarini sug‘orish uchun oxurlarga suv to‘ldirgani kelib qoldilar.
17. Ammo bir nechta cho‘pon kelib, qizlarni haydab yubordi. Shunda Muso qizlarni himoya qildi, ularning qo‘ylarini sug‘orishga ham yordamlashdi.
18. Keyin qizlar otalari Yatroning yoniga qaytib keldilar. — Nimaga bugun erta qaytib keldingizlar? — deb so‘radi Yatro qizlaridan.
19. — Misrlik bir odam bizni cho‘ponlardan himoya qildi, — deb javob berishdi qizlar. — Buning ustiga, bizning o‘rnimizga suv tortib, qo‘ylarimizni ham sug‘ordi.
20. — Qayerda o‘sha odam? — deb so‘radi Yatro qizlaridan. — Nimaga u odamni qoldirib keldingizlar? Boringlar, uni chaqirib kelinglar, biz bilan birga ovqatlansin.
21. Shunday qilib, Muso Yatronikida yashashga rozi bo‘ldi. Yatro esa Musoni qizi Zippuraga uylantirib qo‘ydi.
22. Zippura Musoga o‘g‘il tug‘ib berdi. Muso: “Men begona yurtda musofir bo‘lgan edim”, deb o‘g‘lining ismini Gershom qo‘ydi.
23. Yillar o‘tdi. Bu orada Misr fir’avni olamdan o‘tib ketdi. Isroil xalqi hamon qullikda azob chekar, madad so‘rab faryod qilardi. Ularning faryodi Xudoga yetib bordi.
24. Xudo Isroil xalqining ohu nolalarini eshitdi. Ibrohim, Is’hoq, Yoqub bilan ahd qilib bergan va’dasi[10] Uning yodida edi.
25. Xullas, Xudo Isroil xalqining ahvolini ko‘rib, ularga achindi.
1. Musoning qaynatasi — Midiyon yurtining ruhoniysi bo‘lgan Yatro edi. Muso uning qo‘y– echkilarini boqib yurardi. U qo‘y–echkilarni sahroning g‘arb tomoniga haydab, Xudoning muqaddas tog‘i Sinayga borib qoldi.
2. Birdan butadagi alangada Egamizning farishtasi Musoga zohir bo‘ldi. Muso hayron bo‘ldi: buta yonardi–yu, ammo yonib tugamasdi.
3. Muso: “Juda g‘alati–ku, borib, bir qaray–chi, buta nimaga yonib tugamayapti ekan”, deb o‘yladi.
4. Muso yaqinroq bordi, Egamiz uning kelayotganini ko‘rib, butaning orasidan: “Muso! Muso!” deb chaqirdi. — Labbay, shu yerdaman, — deb javob berdi Muso.
5. — Endi bu yog‘iga kelma! Oyog‘ingdagi chorig‘ingni yech! — dedi Xudo. — Sen turgan joy muqaddas yerdir.
6. Men ota–bobolaring — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosiman. Muso Xudoga qarashdan qo‘rqib, darrov yuzini berkitib oldi.
7. Keyin Egamiz yana aytdi: — Imoning komil bo‘lsin: xalqimning Misrda chekkan azoblarini ko‘rdim, madad so‘rab nazoratchilar zulmi dastidan qilgan faryodlarini eshitdim. Ha, xalqimning chekkan hamma azoblarini bilaman.
8. Shuning uchun Men xalqimni Misrliklarning zulmidan qutqargani keldim. Men ularni Misrdan olib chiqib, keng, unumdor, sut va asal oqib yotgan yurtga olib borgani keldim. Bu yerda Kan’on, Xet, Amor, Pariz, Xiv va Yobus xalqlari yashaydi.
9. Xalqimning faryodi Menga yetib keldi. Misrliklar xalqimga qanchalik zulm o‘tkazayotganini ko‘rib turibman.
10. Qani, bo‘l, seni hozir Misr fir’avni huzuriga yuboraman. Xalqim Isroilni Misrdan sen olib chiqasan.
11. Shunda Muso Xudoga: — Men kim bo‘libmanki, fir’avnning huzuriga borib Isroil xalqini Misrdan olib chiqsam?! — deb javob berdi.
12. Xudo esa shunday dedi: — Men sen bilan bo‘laman. Isroil xalqini Misrdan olib chiqqaningdan keyin, shu toqqa kelib, Menga sajda qilasizlar. Seni Men yuborganimning isboti shu bo‘ladi.
13. Ammo Muso Xudoga quyidagicha javob berdi: — Isroil xalqi oldiga borib: “Sizlarning oldingizga ota–bobolaringizning Xudosi meni yubordi”, deb aytsam, ular “Kim U?” deb so‘raydilar–ku! O‘shanda men nima deb javob beraman?
14. — Men har doim bor bo‘lgan Xudoman, — deb javob berdi U. — Xalqim Isroilga: “Meni sizlarning oldingizga yuborgan — Men Borman”, deb aytasan.
15. Isroil xalqiga yana: “Meni sizlarning oldingizga ota–bobolaringiz — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Egamiz yubordi”, deb ayt. Mening nomim to abad shunday bo‘lsin. Unvonimni kelgusi avlodlar shunday deb aytsin.
16. Xudo yana Musoga aytdi: — Endi bor, xalqim Isroilning oqsoqollarini to‘plab, ularga: “Ota–bobolaringiz — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Egangiz menga zohir bo‘ldi”, deb ayt. Ularga shu gapimni yetkaz: “Imoningiz komil bo‘lsin: Misrliklar sizlarga qanday zulm o‘tkazayotganini Men ko‘rib, kuzatib turibman.
17. Endi va’da berib aytamanki, sizlarni Misrda chekayotgan azob–uqubatlaringizdan xalos qilaman. Sizlarni Kan’on, Xet, Amor, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga, sut va asal oqib yotgan yurtga boshlab olib boraman.”
18. Isroil oqsoqollari senga quloq solishadi. Keyin Misr fir’avni huzuriga ular bilan sen ham birga bor. Fir’avnga shunday denglar: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz O‘zini bizga zohir qildi. Endi bizga ijozat ber, sahroda uch kun yo‘l yurib borib, Egamiz Xudogaqurbonliklar keltiraylik.”
19. Ammo kuchli bir qo‘l majburlamasa, Misr fir’avni sizlarning ketishingizga ijozat bermasligini bilaman.
20. O‘shanda Men qo‘limni ko‘tarib, Misrliklarni uraman. Ularning orasida har xil ajoyibotlar bilan Misrni uraman. O‘shandan keyingina fir’avn sizlarning ketishingizga ijozat beradi.
21. Men shunday qilamanki, xalqimga — sizlarga Misrliklar iltifot ko‘rsatadilar. Sizlar ketayotganlaringizda bo‘sh qo‘l bilan chiqib ketmaysizlar.
22. Isroil xalqidan har bir ayol Misrlik qo‘shnisidan yoki qo‘shnisining uyida istiqomat qilayotgan Misrlik ayoldan oltin va kumush taqinchoqlar, kiyim–kechaklar so‘rab oladi. O‘g‘illaringizni, qizlaringizni taqinchoqlaru kiyim–kechaklar bilan yasantirasizlar. Shunday qilib, Misrliklarning boyliklarini olib ketasizlar.
1. Shunda Muso: — Isroil xalqi gapimga quloq solmasdan: “Egamiz senga zohir bo‘lmagan”, deb menga ishonmasa, unda nima qilaman? — deb so‘radi.
2. — Qo‘lingdagi nima? — deb so‘radi Egamiz. — Tayoq, — deb javob berdi Muso.
3. — Tayoqni yerga tashla! — deb amr qildi Egamiz. Muso tayoqni yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi. Muso darrov ilondan o‘zini olib qochdi.
4. Egamiz yana Musoga: — Qo‘lingni uzatib, ilonning dumidan ushla! — deb amr berdi. Muso qo‘lini uzatib, ilonning dumidan ushlagan edi, shu zahoti ilon Musoning qo‘lida yana tayoqqa aylanib qoldi.
5. Shu mo‘jizani ko‘rsatasan! — deb amr berdi Egamiz, — toki Mening xalqim ota–bobolari — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Men senga zohir bo‘lganimga ishonsinlar.
6. So‘ngra Egamiz yana: — Qo‘lingni qo‘yningga tiq! — deb amr berdi. Muso qo‘lini qo‘yniga tiqib, chiqargan edi, qo‘liga yara toshib, qorday oppoq bo‘lib qoldi.
7. — Qo‘lingni yana qo‘yningga tiq! — deb amr berdi Egamiz. Muso qo‘lini yana qo‘yniga tiqib chiqargan edi, qo‘li tanasining qolgan qismi singari, asl holiga qaytdi.
8. — Agar senga ishonmasalar yoki ko‘rsatgan birinchi mo‘jizangga e’tibor bermasalar, ikkinchi mo‘jizaga ishonadilar, — dedi Egamiz.
9. — Gapingga quloq solmay, ikkala mo‘jizaga ham ishonmasalar, Nil daryosi suvidan olib, quruq yerga to‘k. Daryodan olib yerga to‘kkan suving qonga aylanadi.
10. — Yo, Rabbiy! — dedi Muso. — Men, quling, ilgari ham, hozir — sen bilan gaplasha boshlaganimdan buyon ham yaxshi gapira olmayman. Axir, mening tilim chuchuk, sekin gapiraman.
11. Shunda Egamiz: — Insonga til ato qilgan kim? — dedi. — Insonni kim soqov, kar, ko‘radigan yoki ko‘r qilib yaratadi? Men, Egangiz, emasmi?!
12. Endi bor! Gaplashganingda, Men sen bilan birga bo‘laman. Nimani gapirishingni Men senga o‘rgatib turaman.
13. — Yo, Rabbiy! — dedi Muso. — Iltijo qilaman: Mening o‘rnimga boshqasini yubora qolgin.
14. Shundan keyin Egamiz Musodan qattiq g‘azablanib dedi: — Akang Horun bor–ku! U ham Levi naslidan. Bilaman, u gapga chechan. Ana, o‘zi ham senga peshvoz kelyapti. Akang seni ko‘rib xursand bo‘ladi.
15. -
16. Horun sening o‘rningga xalq bilan gaplashadi. Horun nima deyishi lozimligini sen aytasan. Sen u uchun Xudoga — Menga o‘xshagan bo‘lasan. Sizlar gapirganingizda, Men ikkovingiz bilan birga bo‘laman. Har ikkovingizga Men nima qilishingizni aytib turaman.
17. Mana bu tayog‘ingni qo‘lingga ol, bu mo‘jizalarni tayoq orqali ko‘rsatasan.
18. Muso qaynatasi Yatroning oldiga qaytib kelib, unga dedi: — Ijozat bering, Misrdagi qabiladoshlarimning yoniga qaytay. Borib bilay–chi, ular haliyam tirikmikan. — Eson–omon bor, — deb Yatro u bilan xayrlashdi.
19. Muso hamon Midiyonda yashar ekan, Egamiz unga: — Misrga qayt, sening joningni olmoqchi bo‘lganlarning hammasi olamdan o‘tib ketdi, — degan edi.
20. Shunday qilib, Muso xotini bilan o‘g‘illarini eshakka mindirdi. Xudo, ol, deb tayinlagan tayoqni qo‘liga olib, Misrga boradigan yo‘lga chiqdi.
21. Egamiz Musoga yana shularni eslatdi: — Misrga borganingda, Men bergan qudrat bilan sen fir’avnning ko‘zi oldida hamma ajoyibotlarni ko‘rsat. Men esa uning yuragini tosh qilib qo‘yaman. U xalqimning ketishiga ijozat bermaydi.
22. Keyin sen fir’avnga Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: — Isroil Mening to‘ng‘ich o‘g‘limdir.
23. Ijozat ber, o‘g‘lim borib, Menga sajda qilsin, deb senga aytgan edim. Ammo sen unga ketishga ijozat bermading. Shuning uchun endi sening to‘ng‘ich o‘g‘lingni nobud qilaman.”
24. Muso va uning oilasi tunni o‘tkazgani yo‘lda to‘xtadilar. Shu paytda Egamiz Musoga duch keldi–da, sal bo‘lmasa uni o‘ldiray dedi.
25. Shu zahoti xotini Zippura tosh pichoq olib, o‘g‘lini sunnat qildi. Sunnat terisini Musoning oyoqlariga tekkizib: “Seni men uchun shu sunnat qoni himoya qildi”, dedi.
26. Shunda Egamiz Musoning hayotini saqladi. Zippura Musoga: “Sen shu sunnat qoni orqali himoya qilinding”, dedi.
27. So‘ngra Egamiz Horunga: — Musoni kutib olgani sahroga bor! — deb amr berdi. Shunday qilib, Horun Musoni kutib olgani Xudoning muqaddas tog‘iga ketdi. Horun Musoni topgach, u bilan quyuq salomlashdi.
28. Muso Egamizning unga aytgan hamma gaplarini Horunga gapirib berdi. Bajarishi kerak bo‘lgan hamma mo‘jizalar haqida ham Horunga so‘zlab berdi.
29. Shunday qilib, Muso bilan Horun Misrga borishgach, Isroilning hamma oqsoqollarini to‘pladilar.
30. Horun Egamizning Musoga aytgan hamma gaplarini oqsoqollarga so‘zlab berdi. Ularning ko‘zi oldida mo‘jizalarni ko‘rsatdi.
31. Oqsoqollar eshitib ko‘rganlariga ishondilar. Egamiz o‘z xalqini kuzatib turganini, ular chekkan azoblarni ko‘rganini eshitib, Unga ta’zim etib, sajda qildilar.
1. Shundan keyin Muso bilan Horun fir’avn huzuriga borib, unga shunday dedilar: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Xalqimga ijozat ber, ular sahro ichkarisiga borib, Menga atab bayram nishonlashsin.”
2. Fir’avn esa: — Egangiz kim o‘zi?! Uning so‘ziga kirib Men Isroil xalqini qo‘yib yuboraymi?! — dedi. — Egangizni tanimayman, Isroil xalqining ketishiga esa ijozat bermayman.
3. Shunda Muso bilan Horun: — Ibroniylarning Xudosi bizga O‘zini zohir qildi, — deb javob berishdi. — Ijozat ber, sahroda uch kun yo‘l yurib borib, Egamiz Xudogaqurbonliklar keltiraylik. Aks holda, U bizni yo o‘latga mubtalo qiladi, yoki qilichning damiga ro‘para qilib jazolaydi.
4. Lekin Misr fir’avni: — Ey, Muso! Ey, Horun! Nimaga xalqni ishdan qoldiryapsizlar?! — dedi. — Boringlar, ishlaringizni qilinglar!
5. Qaranglar, bu yerda qancha qarollar bor–a! Sizlar bo‘lsa, ularni chalg‘itib, ishdan qo‘ymoqchisizlar!
6. O‘sha kuni fir’avn Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilarga va Isroil xalqidan bo‘lgan ishboshilarga shunday farmon berdi:
7. “Isroil xalqiga g‘isht quygani endi oldingiday somon bermanglar. O‘zlari yurib somon yig‘ishsin.
8. Oldin qancha g‘isht quyishgan bo‘lsa, bundan keyin ham shuncha g‘isht quyishga majbur qilinglar. G‘isht quyish miqdorini hech ham kamaytirmanglar. Ular dangasa xalq. Shuning uchun, ijozat bering, borib, Xudoyimizga qurbonliklar keltiraylik, deb nola qilishyapti.
9. Ularni shunaqangi ishlatinglarki, ish bilan qattiq band bo‘lib, behuda gaplarga quloq solishmasin.”
10. Shunday qilib, Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilar bilan Isroil xalqidan bo‘lgan ishboshilar borib, Isroil xalqiga aytdilar: — Fir’avn shunday demoqda: “Sizlarga endi somon bermayman.
11. Borib, qayerdan bo‘lsa ham o‘zlaringiz somon topinglar, lekin quyayotgan g‘ishtingizning hajmi aslo kamaymaydi.”
12. Isroil xalqi somon o‘rniga xas–cho‘p yig‘ish uchun butun Misr yurti bo‘ylab tarqalib ketdi.
13. Nazoratchilar esa ularni siquvga olar edilar. “Kundalik ishlaringizni somon berilgan kunlardagiday kamaytirmasdan bajaringlar”, deb aytardilar.
14. Fir’avnning nazoratchilari o‘zlari xizmatga tayinlagan Isroil xalqi ishboshilarini kaltaklab: “Nimaga kecha ham, bugun ham, oldingiday, belgilangan miqdordagi g‘ishtni quymayapsizlar?” deb talab qilardilar.
15. Shundan so‘ng Isroil xalqi ishboshilari fir’avn huzuriga borib, faryod qildilar: — Nimaga biz, qullaringizga, bunday muomala qilyapsiz?
16. Bizga somon berishmaydi–yu, “G‘isht quyinglar!” deb buyruq qilishadi. Biz kaltak ostida qoldik–ku! Aybdor esa sizning odamlaringiz.
17. Fir’avn esa: — Dangasasizlar, dangasa! — deya javob berdi. — Shuning uchun: “Ijozat ber, borib, Egamizga qurbonliklar keltiraylik”, deyaverasizlar.
18. Boringlar, ishlanglar! Sizlarga somon berilmaydi. Lekin belgilangan miqdordagi g‘ishtni quyasizlar.
19. Shunda Isroil xalqining ishboshilari: “Kunda belgilangan g‘isht miqdorini kamaytirmasdan quyasizlar!” degan gapni eshitib, qiyin ahvolda qolganlarini tushundilar.
20. Ular fir’avn huzuridan chiqishlari bilan, Muso bilan Horunga duch kelishdi. Ikkovi ularni kutib turgan edi.
21. Isroil xalqi ishboshilari: — Sizlar bizni fir’avnga, uning a’yonlariga yomon ko‘rsatib qo‘ydingizlar, — deyishdi. — Bizni o‘ldirishiga sabab topib berdingiz. Egamiz qilmishlaringizni ko‘rib, jazongizni bersin!
22. Shundan keyin Muso ularning oldidan ketib, Egamizga iltijo qildi: — Yo, Rabbiy! Nimaga bu xalqni shunchalik kulfatga qo‘yding? Nimaga meni yubording?
23. Fir’avnga Sening xabaringni olib kelishim bilanoq, u xalqingga battar vahshiylik qila boshladi. Sen esa O‘zingning xalqingni ozod qilmading.
1. Shundan so‘ng Egamiz Musoga aytdi: — Fir’avnni nima qilishimni endi ko‘rasan. U qudratli kuchimni ko‘rgandan keyin, xalqim ketishiga ijozat beribgina qolmaydi, hatto xalqimni o‘z yurtidan quvlab yuboradi.
2. Xudo Musoga yana dedi: — Men Egangizman.
3. — Ibrohimga, Is’hoqqa va Yoqubga Men Qodir Xudo bo‘lib O‘zimni zohir qildim. Ammo ularga Men, ularning Egasi, deb tanilmagan edim.
4. Ular Kan’on yurtida musofir bo‘lib yashagan edilar. O‘sha yurtni sizlarga beraman, deb ular bilan ahd qildim.
5. Misrliklar qul qilgan Isroil xalqining faryodini aniq eshitdim. Men o‘sha ahdimni yodimda tutaman.
6. Shunday qilib, bu to‘g‘rida Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Men Egangizman. Men sizlarni Misrliklarning zulmidan ozod qilaman, qullikdan olib chiqaman. Qudratli kuchim va hukmning buyuk ishlari bilan sizlarni qullikdan ozod qilaman.
7. Men sizlarni O‘zimning xalqim qilaman, Men sizlarning Xudoyingiz bo‘laman. Sizlarni Misrliklarning zulmidan xalos qilgan Egangiz Xudo Men ekanligimni o‘shanda bilib olasizlar.
8. Men Ibrohimga, Is’hoqqa va Yoqubga ont ichib, beraman, degan yurtga sizlarni olib boraman. O‘sha yurtni sizlarga mulk qilib beraman. Men Egangizman.”
9. Muso bu gaplarni Isroil xalqiga aytgan edi, ammo xalq uning gaplariga quloq solmadi. Chunki xalq og‘ir zulm ostida qolib, ruhan tushkunlikka tushgan edi.
10. Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi:
11. — Misr fir’avni huzuriga borib ayt: Isroil xalqi Misrdan chiqib ketishiga ijozat bersin.
12. — Gapimga Isroil xalqi quloq solmadi–yu, fir’avn quloq solarmidi?! — dedi Muso. — Qolaversa, yaxshi gapira olmayman–ku!
13. Ammo Egamiz Muso bilan Horunga amr qildi: “Misr fir’avni oldiga qaytib boringlar. Isroil xalqi Misrdan ketishiga ijozat bering, deb talab qilinglar.”
14. Ba’zi Isroil qabilalarining urug‘boshilari quyidagilardir: Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben nasliga Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi kiradi. Ularning nasli Ruben urug‘lari edi.
15. Shimo‘nning nasliga Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo‘xar va Kan’onlik ayoldan tug‘ilgan o‘g‘li Shovul kiradi. Ularning nasli Shimo‘n urug‘lari edi.
16. Levi nasliga Gershon, Qohot va Marori kiradi. Levi 137 yil yashadi. Bu nasldan kelib chiqqan urug‘lar quyidagilardir:
17. Gershonning nasliga Lubnax va Shimax kiradi, ularning har biri urug‘boshilardir.
18. Qohotning nasliga Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol kiradi. Qohot 133 yil yashadi.
19. Marorining nasliga Maxli va Mushi kiradi. Yuqoridagi ro‘yxat Levi nasli va ularning urug‘larinikidir.
20. Imrom o‘zining ammasi Yo‘xavadga uylandi. Imrom xotinidan Horun va Musoni ko‘rdi. Imrom 137 yil yashadi.
21. Izxorning nasli Ko‘rax, Nafax va Zixridir.
22. Uziyolning nasli Mishail, Elzafan va Sitridir.
23. Horun Elishbaga uylandi. U Ominadovning qizi, Naxsho‘nning singlisidir. Horun xotinidan Nadov, Abihu, Elazar va Itamarni ko‘rdi.
24. Ko‘raxning nasli Aser, Elqana va Abuasafdir. Ularning nasli Ko‘rax urug‘lariga asos soldi.
25. Horunning o‘g‘li Elazar Futiyolning qizlaridan biriga uylandi. Elazar xotinidan Finxazni ko‘rdi. Urug‘lari bo‘yicha Levi qabilasining urug‘boshilari ana shulardir.
26. Yuqorida aytib o‘tilgan Horun va Musoga Egamiz: “Isroilning har bir oilasi va qabilasini Misrdan olib chiqinglar!” deb amr berdi.
27. Ular: “Isroil xalqini ozod qiling”, deb Misr fir’avniga buyruq berdilar.
28. Shunday qilib, Egamiz Muso bilan Misrda gaplashganda,
29. unga: “Men Egangizman, senga aytganlarimning hammasini Misr fir’avniga yetkaz!” deb amr bergan edi.
30. Muso esa Egamizning oldida: “Men yaxshi gapira olmayman–ku! Fir’avn mening gapimga quloq solmaydi!” degan edi.
1. Egamiz Musoga aytdi: — Qarab tur, akang Horunni sening o‘rningga gapiradigan qilaman. Seni fir’avnning ko‘zi oldida Xudo singari — Menday qilib qo‘yaman. Horun sening payg‘ambaring bo‘lib, gaplaringni fir’avnga yetkazadi.
2. Men senga aytgan hamma amrlarni akangga ayt. Isroil xalqi Misrdan chiqib ketishi uchun ijozat ber, deb Horun fir’avnga aytadi.
3. Lekin Men alomatu mo‘jizalarimni Misr yurtida ko‘rsatay, deb fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘yaman.
4. Fir’avn sizlarning gapingizga quloq solmaydi. O‘shanda Men Misrga qarshi qo‘l ko‘tarib, unga ko‘p kulfatlar keltiraman. Keyin hukmning qudratli ishlari bilan Isroil oilalarini va qabilalarini olib chiqaman.
5. Misrga qarshi qo‘l ko‘tarib, Isroil xalqini Misrliklarning orasidan olib chiqqanimda, Egangiz Men ekanligimni Misr xalqi bilib oladi.
6. Muso bilan Horun Egamizning amriga binoan ish tutdilar.
7. Ular fir’avn bilan gaplashganlarida, Muso sakson yoshda, Horun sakson uch yoshda edi.
8. Egamiz Muso bilan Horunga gapirdi:
9. — Fir’avn sizlarga: “Birorta ajoyibot ko‘rsatinglar–chi”, deb aytsa, Horunga buyur, tayoqni olib, fir’avnning oldiga tashlasin. Tayoq ilonga aylanib qoladi.
10. Shunday qilib, Muso bilan Horun fir’avn huzuriga bordilar. Egamiz amr etganday ish tutdilar: Horun tayog‘ini fir’avn va uning a’yonlari oldiga tashlagan edi, tayoq o‘sha zahoti ilonga aylanib qoldi.
11. Shunda fir’avn ham o‘zining sehrgarlarini — donishmandlarini va folbinlarini chaqirdi. Misr sehrgarlari sehr–jodularini ishlatib, o‘shanaqa mo‘jiza ko‘rsatdilar.
12. Har biri tayog‘ini yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi. Horunning iloni Misr sehrgarlarining ilonlarini yutib yubordi.
13. Egamiz aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Muso bilan Horunning gapiga quloq solmadi.
14. Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi: “Baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, xalqimning ketishiga ijozat berishni istamayapti.
15. Ertaga ertalab fir’avnning oldiga bor. U daryoga boradi. Sen uni daryo bo‘yida kutib tur. Ilonga aylangan tayog‘ing qo‘lingda bo‘lsin.
16. Fir’avnga shunday deb ayt: — Ibroniylarning Xudosi — Egamiz meni sening huzuringga shu gapni aytgani yubordi. Egamizning gapi shunday: “Mening xalqimga ijozat ber, ular sahroga borib, Menga sajda qilishsin.” Sen hamon Egamizning gapiga quloq solmayapsan.
17. Egamiz shunday aytmoqda: “Isroil xalqining Egasi Men ekanligimni endi bilib olasan.” Qo‘limdagi mana bu tayoqni Nil daryosining suviga urganimda, suv qonga aylanadi.
18. Daryodagi baliqlar nobud bo‘ladi. Daryo sasib ketadi. Misr xalqi daryo suvini icholmaydi.”
19. So‘ngra Egamiz Musoga shunday dedi: — Horunga ayt, tayoqni qo‘liga olib, Misr suvlari tomonga — Misrdagi daryolar, anhorlar, ko‘llar, hamma suv havzalari tomonga uzatsin. Misrdagi hamma joylarda suv qonga aylanadi, hatto butun Misr yurtidagi yog‘och va tosh idishlardagi suvlar ham qonga aylanadi.
20. Shunday qilib, Muso bilan Horun Egamiz amr etganday qilishdi: Horun fir’avn va uning a’yonlari ko‘zi oldida tayog‘ini ko‘tarib daryo suviga urgan edi, shu zahoti daryo suvi qonga aylanib qoldi.
21. Daryodagi baliqlar nobud bo‘lib, daryo suvi sasib ketdi. Misr xalqi daryo suvini icholmay qoldi. Misrning hamma yeri qonga to‘lib ketdi.
22. Misr sehrgarlari ham sehr–jodularini ishlatib, xuddi o‘shanday qildilar. Egamiz aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Muso bilan Horunning gapiga quloq solmadi.
23. Bo‘lib o‘tgan mo‘jizadan fir’avnning yuragi qilt etmasdan, saroyiga qaytdi.
24. Daryo suvini ichib bo‘lmagani sababli, Misr xalqi ichimlik suvi topish uchun daryo yaqinida quduqlar kovlay boshladilar.
25. Egamiz Nil daryosi suviga urgandan keyin yetti kun davomida suv qon bo‘lib oqaverdi.
1. Egamiz Musoga yana aytdi: — Fir’avnning huzuriga borib, Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
2. Agar sen xalqimga ijozat berishdan bo‘yin tovlasang, butun yurtingga qurbaqa yuborib shikast yetkazaman.
3. Daryo qurbaqalar bilan to‘lib–toshadi. Qurbaqalar daryodan chiqib, sening saroyingga, yotoqxonangga, to‘shagingga, a’yonlaringu xalqingning uylariga, tandirlariga va xamir tog‘oralariga ham kirib oladi.
4. Qurbaqalar sening, Misr xalqining va barcha a’yonlaringning ustilarida sakrab yuradi.”
5. Egamiz Musoga yana gapirdi: — Horunga ayt, u qo‘lidagi tayog‘ini daryolar, anhorlar, ko‘llar tomonga uzatib, qurbaqalarni chiqarsin. Misr yurtini qurbaqalar bosib ketsin.
6. Horun tayog‘ini Misr suvlari tomonga uzatdi. O‘sha zahoti qurbaqalar chiqib, Misrni bosib ketdi.
7. Misrlik sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan Misr yurtiga qurbaqalar chiqardilar.
8. Shunda fir’avn Muso bilan Horunni chaqirib aytdi: — Egangizga: “Fir’avnni va uning xalqini O‘zing qurbaqalardan xalos qilgin”, deb ibodat qilinglar. Shundan keyin Isroil xalqiga ketgani ijozat beraman, toki ular borib Egangizga qurbonliklar keltirsin.
9. Shunda Muso fir’avnga dedi: — Xo‘p, vaqtini o‘zing tayinla. Qurbaqalar sizlardan, xonadonlaringizdan yo‘qolsin, faqat Nil daryosida qolsin, deb sen, a’yonlaring va xalqing uchun qachon ibodat qilay?
10. — Ertaga, — dedi fir’avn. — Bo‘pti, sen aytganday bo‘ladi! — deb javob berdi Muso. — O‘shanda Egamiz Xudoga o‘xshagan xudo yo‘qligini bilib olasan.
11. Qurbaqalar sendan, a’yonlaringdan, xalqingdan va xonadonlaringizdan yo‘qoladi. Faqat Nilda qoladi, xolos.
12. Shunday qilib, Muso bilan Horun fir’avn huzuridan chiqdilar. Fir’avn boshiga keltirgan qurbaqa ofatini yo‘q qilgin, deb Muso Egamizga iltijo qildi.
13. Egamiz Musoning iltijosini eshitdi, uylardagi, hovlilardagi va dalalardagi qurbaqalar o‘ldi.
14. Qurbaqalarning o‘ligini uyum–uyum qildilar. Misr yurtini qo‘lansa hid tutib ketdi.
15. Lekin fir’avn Misr yurti qurbaqadan xalos bo‘lganini ko‘rgach, Egamiz aytganday, yuragini tosh qilib, Muso bilan Horunning gapiga quloq solmadi.
16. Egamiz Musoga gapirishda davom etdi: — Horunga buyur, u tayog‘ini uzatib, yerning changiga ursin. Shunda yerdagi chang burgaga aylanib, butun Misrni qoplaydi.
17. Ular Egamizning aytganini qildilar: Horun qo‘lidagi tayog‘ini uzatib, yerning changiga urgan edi, insonlar bilan hayvonlarning ustiga burga yopirildi. Butun Misr yerining changi burgaga aylandi.
18. Odamlarni, hayvonlarni burga bosib ketdi. Sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan changni burgaga aylantirmoqchi bo‘ldilar, lekin uddasidan chiqolmadilar.
19. Ular fir’avnga: “Bu Xudoning ishi”, deyishdi. Lekin Egamiz aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Muso bilan Horunning aytganlariga quloq solmadi.
20. Egamiz Musoga yana gapirdi: — Ertaga saharda o‘rningdan tur. Fir’avn daryoga borayotganda, uning oldiga borgin–da, Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
21. Agar xalqimni qo‘yib yubormasang, Men o‘zingning, a’yonlaringning, xalqingning ustiga so‘nalar galasini yuborib jazolayman. Misrliklarning uylari, ular yashayotgan yer so‘naga to‘lib–toshadi.
22. Lekin o‘sha kuni O‘z xalqim yashayotgan Go‘shen yerlarini ajratib qo‘yaman. U yerda so‘na bo‘lmaydi. Men, Egangiz, bu yurtda bor ekanligimni bilib olinglar, deb shuni qilaman.
23. Men O‘z xalqim bilan sening xalqingni ayirib qo‘yaman. Bu mo‘jiza ertaga yuz beradi.”
24. Egamiz aytganini qildi: fir’avnning saroyiga, a’yonlarining uylariga gala–gala so‘na yubordi. Butun Misr yurti so‘na oqibatida xarob bo‘ldi.
25. Shundan so‘ng fir’avn Muso bilan Horunni chaqirib: “Boringlar, shu yurt ichida Xudoyingizga qurbonliklar keltiraveringlar”, deb aytdi.
26. — Bunaqa qilsak, to‘g‘ri bo‘lmaydi, — deb javob berdi Muso. — Egamiz Xudoga hayvonlarni qurbonlik qilsak, Misrliklar buni jirkanch deb hisoblaydilar. Misrliklar qabih deb hisoblagan ishni yana ularning ko‘z oldida qilsak, bizni toshbo‘ron qilmaydilarmi?!
27. Egamiz Xudo, bizga amr etganday, Unga qurbonliklar keltirgani sahroda uch kun yo‘l yurib borishimiz kerak.
28. — Mayli, ijozat beraman, — dedi fir’avn. — Sahroga borib, Egangiz Xudoga qurbonliklar keltiringlar. Lekin uzoqqa ketmaysizlar. Endi sen hoziroq men uchun ibodat qil.
29. — Huzuringdan chiqishim bilanoq Egamizga: “Ertaga so‘nalar fir’avndan, a’yonlaridan, xalqidan daf bo‘lsin”, deb ibodat qilaman, — dedi Muso. — Lekin xalq Egamizga qurbonliklar keltirgani ketayotganda, bizni aldama, ijozat bermay qo‘yma.
30. Muso fir’avn huzuridan chiqib, Egamizga ibodat qildi.
31. Egamiz Musoning ibodatini eshitdi. Fir’avndan, uning a’yonlaridan, Misr xalqidan so‘nalarni daf qildi. Birorta ham so‘na qolmadi.
32. Lekin fir’avn bu safar ham yuragini tosh qilib, xalqqa ketishga ijozat bermadi.
1. Shundan keyin Egamiz Musoga yana gapirdi: — Fir’avnning huzuriga borib, unga Mening shu gapimni yetkaz: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz, Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin, deb aytmoqda.
2. Agar ijozat bermay, Isroil xalqini ushlab turaversang,
3. chorvangni — otlaringni, eshaklaringni, tuyalaringni, mol–qo‘ylaringni Egamiz o‘z qudrati bilan urib, og‘ir o‘lat kasali yuboradi.
4. Egamiz Isroil xalqi bilan Misrliklarning chorvasini ayirib qo‘yadi. Isroil xalqining chorvasidan birortasiyam nobud bo‘lmaydi.
5. Egamiz vaqtini ham belgilab, aytganlarim ertaga bu yurtda bajo bo‘ladi, deb aytdi.”
6. Ertasi kuni Egamiz aytganlarini qildi: Misrliklarning chorvasi qirilib ketdi. Isroil xalqining chorvasidan esa birortasini ham nobud qilmadi.
7. Fir’avn odam yuborib bildiki, Isroil xalqining chorvasidan birortasiyam nobud bo‘lmabdi. Lekin baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
8. Shundan keyin Egamiz Muso bilan Horunga yana aytdi: — O‘choqdan bir oz kul olinglar. Muso kulni fir’avnning ko‘zi oldida osmonga sochsin.
9. Shunda kul changga aylanib, butun Misrni chang qoplaydi. Kul butun yurtdagi insonlarning, hayvonlarning tanasiga yallig‘langan chipqon chiqaradi.
10. Shunday qilib, Muso bilan Horun o‘choqdan kul olib, fir’avn huzuriga bordilar. Muso kulni osmonga sochgan edi, kul odamlarda va hayvonlarda yallig‘langan chipqon paydo qildi.
11. Sehrgarlar ham Musoning oldida chipqon og‘rig‘iga chidab turolmadilar. Chunki barcha Misrliklar kabi, sehrgarlarga ham chipqon chiqqan edi.
12. Ammo Egamiz fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘ydi. U Musoga aytganday, Muso bilan Horunning gapiga fir’avn quloq solmadi.
13. Egamiz Musoga yana dedi: — Sahar payti tur. Fir’avnning huzuriga borib, unga Mening shu gapimni yetkaz: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
14. Agar ijozat bermasang, bu dunyoda Menga o‘xshagan xudo yo‘qligini bilib olasan, deb Men o‘zingning, a’yonlaringning, xalqingning ustiga juda og‘ir falokatlarni yuboraman.
15. Haqiqatan, Men senga qarshi qo‘l ko‘tarib, o‘zing va xalqingni o‘latga duchor qilib, yer yuzidan qirib yuborgan bo‘lardim.
16. Ammo senga qudratimni ko‘rsatay, butun olamga shuhratimni yoyay, deb yashamog‘ingga izn berdim.
17. Sen xalqimning ketishiga ijozat bermay, ularga qarshilik qilyapsan.
18. Bilib qo‘y, Men ertaga shu vaqtda shunaqangi do‘l yog‘diramanki, Misr yurti paydo bo‘lgandan buyon bunaqa do‘lni ko‘rmagan.
19. Endi, chorvamni va ochiq joylardagi bor mol–mulkimni pana joylarga yig‘inglar, deb farmon ber. Do‘l yoqqanda, uyda bo‘lmay, dalada qolgan hamma odamlaru hayvonlar nobud bo‘ladi.”
20. Fir’avnning a’yonlaridan ba’zilari Egamizning so‘zlaridan qo‘rqib, qullarini va chorvasini darrov uylariga olib keldilar.
21. Egamizning so‘zlarini mensimaganlar esa qullari bilan chorvasini ochiq joyda qoldirdilar.
22. Egamiz Musoga: — Qo‘lingni osmonga uzat! — dedi. — Misrning hamma joyiga, odamlarning, hayvonlarning, daladagi jamiki ekinlarning ustiga do‘l yog‘adi.
23. Muso tayog‘ini osmonga to‘g‘ri ko‘targan edi, Egamiz momaqaldiroq va do‘l paydo qildi, yerga yashin tushdi. Shunday qilib, Egamiz Misr yurtiga do‘l yubordi.
24. Natijada g‘oyat kuchli do‘l yog‘ib, uzoq vaqt yashin chaqnadi. Misr paydo bo‘lgandan beri bunaqangi do‘lni ko‘rmagan edi.
25. Do‘l Misrda ochiq joylardagi hamma narsani — insondan tortib hayvonlaru ekin–tikinlargacha nobud qildi. Daraxtlarni yer bilan yakson qildi.
26. Faqat Isroil xalqi yashayotgan Go‘shen yerlariga do‘l yog‘madi.
27. Fir’avn shundan so‘ng Muso bilan Horunni chaqirtirib kelib shunday dedi: — Bu safar men aybdorman. Egangiz haq, men bilan xalqim esa nohaqmiz.
28. Bu momaqaldiroq bilan do‘lga ortiq bardosh berolmaymiz. Iltimos, Egangizdan so‘rang, bularni to‘xtatsin. Xalqingiz ketishiga ijozat beraman. Sizlar endi Misrda ortiq qolmaysizlar.Bu momaqaldiroq bilan do‘lga ortiq bardosh berolmaymiz. Iltimos, Egangizdan so‘rang, bularni to‘xtatsin. Xalqingiz ketishiga ijozat beraman. Sizlar endi Misrda ortiq qolmaysizlar.
29. — Shahardan chiqishim bilanoq qo‘llarimni Egamizga cho‘zib iltijo qilaman, — dedi Muso. — Momaqaldiroq to‘xtaydi, do‘l ham yog‘maydi. O‘shanda butun olam Egamizniki ekanini bilasan.
30. Lekin shunisi menga ma’lumki, o‘zing, a’yonlaring hali ham Parvardigor Egamizdan qo‘rqmaysizlar.
31. Bu paytda arpa boshoqlagan, zig‘irpoya gullab qolgandi. Zig‘irpoya va arpa payhon bo‘ldi.
32. Biroq bug‘doy kechki bo‘lgani uchun zarar ko‘rmadi.
33. Muso fir’avn huzuridan chiqib, shahardan tashqariga bordi. U qo‘llarini Egamizga tomon uzatgan edi, momaqaldiroq va do‘l to‘xtadi, yomg‘ir ham tindi.
34. Yomg‘ir tinib, do‘l va momaqaldiroq to‘xtaganini fir’avn ko‘rdi–yu, yana gunohga qo‘l urdi. O‘zi ham, a’yonlari ham yuragini tosh qilib oldilar.
35. Egamiz Muso orqali aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
1. Egamiz Musoga amr berdi: — Fir’avnning huzuriga bor! Men, mo‘jizalarimni ularning orasida ko‘rsatay, deb fir’avnni va uning a’yonlari yuragini tosh qilib qo‘ydim. Misrliklarni masxara qildim, ularga mo‘jizalar ko‘rsatdim.
2. Endi sizlar bolalaringizga, nabiralaringizga bularni aytib berasizlar, deb shu ishlarni qildim. Ana shunda Egangiz Men ekanligimni hammalaringiz bilib olasizlar.
3. Muso bilan Horun fir’avnning huzuriga borib unga Egamizning shu gapini yetkazdilar: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: — Sen qachongacha Menga itoat etmay yurasan?! Xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin.
4. Agar xalqimning ketishiga ijozat bermasang, Men ertaga yurtingga chigirtkalar yuboraman.
5. Chigirtkalar yer yuzini shunaqangi qoplaydiki, yer tamomila ko‘rinmay qoladi. Do‘ldan omon qolgan hosilingizni, dalada o‘sgan jamiki daraxtlaringizni chigirtkalar yeb bitiradi.
6. Saroying, a’yonlaringning uylari, hamma Misrliklarning xonadonlari chigirtkaga to‘lib ketadi. Ota–bobolaring yer yuzida paydo bo‘lgandan buyon bunaqasini ko‘rmagan.” Shundan keyin Muso fir’avnning huzuridan burilib chiqib ketdi.
7. Shunda a’yonlar fir’avnga: — Bu odam bizga tuzoq bo‘lsa ham, qachongacha indamaysiz?! — dedilar. — Ijozat bering o‘shalarga! Ketaverishsin. Egasi Xudoga sajda qilishsin. Ko‘rmayapsizmi, Misr xarob bo‘ldi–ku!
8. Shundan so‘ng Muso bilan Horunni fir’avn huzuriga chaqirtirib keldi. Fir’avn ikkoviga dedi: — Mayli boringlar, Egangiz Xudoga sajda qilinglar. Ammo sizlardan kimlar boradi?
9. — Yoshu qari — hammamiz birga ketamiz, — deb javob berdi Muso. — O‘g‘illarimizni, qizlarimizni, mol–qo‘ylarimizni ham olib ketamiz. Egamizga atab bayram nishonlashimiz kerak.
10. Fir’avn qarshilik qildi: — Agar xotinlaringiz va bolalaringiz bilan ketishlaringizga ijozat bersam, Egangiz albatta sizlar bilan bo‘ladi! Niyatingiz yomonligi ochiq ko‘rinib turibdi.
11. Yo‘q, ularga aslo javob bermayman! Egangizga sajda qilgani borishni istayotgan sizlar emasmi?! Juda yaxshi. Faqat erkaklarni olinglar–u, ketaveringlar. Shunda Muso bilan Horunni fir’avnning huzuridan haydadilar.
12. Egamiz Musoga: — Qo‘lingni Misr uzra uzat! — deb amr berdi. — Misr yurtiga chigirtka yog‘ilsin. Chigirtkalar bu yurtdagi hamma o‘simliklarni, do‘ldan omon qolgan hamma ekin–tikinni yeb bitirsin.
13. Muso tayog‘ini Misr uzra uzatgan edi, Egamiz bu yurtga sharqdan shamol estirdi. Bir kecha– kunduz shamol esdi. Sharqdan esgan shamol ertalabgacha chigirtkalarni olib keldi.
14. Butun Misr yurtiga chigirtka yopirildi. Misrning hamma joyini chigirtka bosib ketdi. Chigirtkalar shunchalik uyulib ketdiki, ilgari bunaqasi bo‘lmagan edi, bundan keyin ham bo‘lmaydi.
15. Yer yuzini chigirtka bosib ketganidan, yer qop–qora bo‘lib qoldi. Jamiki ekin–tikinni, do‘ldan omon qolgan daraxtlardagi meva–chevalarni chigirtka yeb bitirdi. Misrdagi biror daraxtda, biror o‘simlikda yashil barg qolmadi.
16. Fir’avn zudlik bilan Muso bilan Horunni chaqirtirib, ularga aytdi: — Egangiz Xudoga va o‘zlaringizga qarshi gunoh qildim.
17. O‘tinaman, bir martagina gunohimdan o‘tib, Egangiz Xudoga iltijo qilinglar. Bu halokatli ofatni mendan daf qilsin.
18. Muso fir’avnning huzuridan chiqib, Egamizga ibodat qildi.
19. Egamiz g‘arbdan juda kuchli shamol estirdi. Shamol chigirtkalarni Qizil dengizga uchirib olib ketdi. Misr yurtida bironta ham chigirtka qolmadi.
20. Lekin Egamiz fir’avnning yuragini yana tosh qilib qo‘ydi va fir’avn Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
21. Egamiz Musoga: — Qo‘lingni osmonga uzat! — deb amr berdi. — Misrni qo‘rqinchli zulmat qoplaydi.
22. Muso qo‘lini osmonga uzatdi. Shundan keyin Misr uch kun davomida zim–ziyo zulmat ichida qoldi,
23. birov birovni ko‘ra olmadi. Natijada hech kim biron joyga yurib bora olmadi. Isroil xalqi yashayotgan yer esa yorug‘ edi.
24. Fir’avn yana Musoni chaqirtirib, unga: — Boringlar, Egangizga sajda qilaveringlar, — dedi. — Bola–chaqalaringizni olib ketaveringlar. Ammo mol–qo‘ylaringizni qoldirib ketasizlar.
25. — Bo‘lmaydi! — dedi Muso. — Chorvamizni ham olib ketishimizga ijozat berishing kerak. Biz Egamiz Xudogaqurbonliklar va kuydiriladigan qurbonliklar keltiramiz.
26. Hamma chorvamizni o‘zimiz bilan olib ketamiz, orqada bironta ham tuyoq qolmasligi kerak. Egamiz Xudoga sajda qilganimizda, qurbonliklarni shu mol– qo‘ylarimizdan olamiz. U yerga bormagunimizcha, Egamizga nimani qurbonlik qilishimizni bilmaymiz–ku!
27. Shunday qilib, Egamiz yana fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘ydi. Fir’avn o‘jarlik qilib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
28. Oxiri fir’avn Musoga: — Yo‘qol bu yerdan! — deb baqirdi. — Ehtiyot bo‘l, bundan keyin zinhor ko‘zimga ko‘rinma! Ko‘zimga ko‘ringan zahoti o‘lasan!
29. — Sen aytganingday bo‘lsin! — dedi Muso. — Bundan keyin ko‘zingga ko‘rinmayin!
1. Egamiz Musoga aytgandi: “Men fir’avnning boshiga ham, Misr yurtiga ham yana bitta falokat yuboraman, o‘shandan keyingina bu yerdan ketishingizga u sizlarga ijozat beradi. Bu yurtdan o‘zi sizlarni hatto haydab chiqaradi.
2. Endi Isroil xalqiga ayt: hamma erkagu ayol Misrlik qo‘shnisidan oltin, kumush taqinchoqlar so‘rab olsin.”
3. Egamiz Misrliklarni shunday qildiki, ular Isroil xalqiga iltifot ko‘rsatdilar. Musoni ham Misr yurtida, fir’avnning a’yonlari, Misr xalqi ko‘z oldida g‘oyat ulug‘ qilgan edi.
4. Shunda Muso fir’avnga dedi: — Egamiz shunday aytmoqda: “Tun yarmida Misr bo‘ylab yuraman.
5. Shunda Misrdagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘illar — taxtda o‘tirgan fir’avnning to‘ng‘ichidan tortib, qo‘l tegirmonida o‘tirib ishlayotgan cho‘ri xotinning to‘ng‘ich o‘g‘ligacha nobud bo‘ladi. Hatto chorvaning birinchi erkak bolasigacha nobud bo‘ladi.
6. Butun Misr bo‘ylab qattiq faryod ko‘tariladi. Bunaqa voqea ilgari bo‘lmagan, bundan keyin ham bo‘lmaydi.
7. Isroil xalqidan esa birorta odamga, yoki birorta hayvonga hatto it hurib qo‘ymaydi. O‘shanda Men, Egangiz, Isroil xalqini Misr xalqidan ayirganimni bilib olasizlar.”
8. O‘shanda a’yonlaring hammasi kelib, menga ikki bukilib ta’zim qiladi. Menga: “Sen ham, senga ergashgan xalqing ham ketinglar”, deb yolvorasizlar. Men o‘shandan keyin ketaman. Muso g‘azab bilan fir’avnning huzuridan chiqib ketdi.
9. Egamiz Musoga shunday degan edi: “Misrda Mening ajoyibotlarim ko‘payishi uchun, fir’avn sizlarning gapingizga quloq solmaydi.”
10. Muso bilan Horun fir’avnning oldida hamma ajoyibotlarni ko‘rsatib bo‘ldilar. Lekin Egamiz fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘ydi. Fir’avn o‘z yurtidan Isroil xalqining ketishiga ijozat bermadi.
1. Muso bilan Horun Misrda yashar ekanlar, Egamiz ularga quyidagi ko‘rsatmalarni berdi:
2. “Bu oy sizlar uchun ilk oy, yilning birinchi oyi bo‘ladi.
3. Isroil xalqining butun jamoasiga yetkazinglar: shu oyning o‘ninchi kuni oila boshliqlari bitta qo‘zi yoki uloqcha tanlaydi. Buni xonadondagilar tanovul qiladi.
4. Bitta jonliq bir oilaga ko‘plik qiladigan bo‘lsa, oila a’zolarining soni va bir odam tanovul qiladigan go‘sht miqdori hisoblab chiqiladi. So‘ngra o‘sha oila jonliq go‘shtini yonidagi qo‘shnisi bilan bo‘lishadi.
5. Nuqsonsiz, bir yashar erkak jonliqni tanlab olinglar.
6. Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurungacha qo‘zilarni alohida saqlanglar. So‘ngra Isroil xalqi jamoasining har bir xonadoni o‘zining qo‘zisini so‘yishi lozim.
7. So‘ng ular qurbonlikning qonidan olib, qurbonlik go‘shti tanovul qilinadigan uy eshigi kesakisining yonlariga va tepasiga surtishsin.
8. O‘sha kuni kechqurun go‘shtni olovda pishirib tanovul qilishsin. Go‘shtni xamirturushsiz non va taxir o‘tlar qo‘shib tanovul qilishsin.
9. Qurbonlik go‘shtining suvda qaynatilganini yoki xomini tanovul qilishmasin. Kalla–tuyoqlariyu ichak– chovoqlarini olovda pishirib yeyishsin.
10. Go‘shtdan ertalabgacha qolmasin. Agar ortib qolsa, ertalabga qoldirmay olovda kuydiringlar.
11. Go‘shtni tanovul qilayotganingizda, shay turinglar. Chorig‘ingiz oyog‘ingizda, tayog‘ingiz qo‘lingizda bo‘lsin, tez–tez yenglar. Men, Egangizga, bag‘ishlangan Fisih qurbonligi shudir.
12. O‘sha tunda Men Misrning bu boshidan narigi chetigacha o‘tib, insonlarning har bir to‘ng‘ich o‘g‘illarini ham, chorvaning birinchi erkak bolasini ham o‘ldiraman. Men, Egangiz, Misrning hamma xudolariga qarshi hukmni ijro etaman.
13. Eshiklaringizning romiga surtilgan qon yashayotgan uylaringizni belgilaydi. Qonni ko‘rib, sizlarni chetlab o‘taman. Men Misrni jazolaganimda, o‘lat ofatidan sizlar omon qolasizlar.
14. Bu kunni sizlar to abad esda tutishlaringiz lozim. Har yili bu kunni Men, Egangizga, atalgan bayram qilib nishonlanglar. Bu bayram avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lib qolsin.
15. O‘sha yetti kun davomida xamirturushsiz non tanovul qilinglar. Birinchi kuniyoq uylaringizdagi xamirturushni yo‘qotinglar. Kimki yetti kun davomida xamirturush qo‘shilgan non tanovul qilsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.
16. Bayramning birinchi kuni ham, yettinchi kuni ham butun xalq muqaddas yig‘inga kelishi lozim. Shu kunlari, ovqat tayyorlashdan tashqari, hech qanday ish qilmanglar.
17. Xamirturushsiz non bayramini har yili nishonlaysizlar, chunki aynan o‘sha kuni Men sizlarning oilalaringizni va qabilalaringizni Misrdan olib chiqqanman. Bu bayram avlodlaringiz osha nishonlanib, doimiy qonun– qoida bo‘lib qolsin.
18. Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurundan boshlab shu oyning yigirma birinchi kuni kechqurungacha xamirturushsiz non tanovul qilinglar.
19. Uylaringizda o‘sha yetti kun davomida aslo xamirturush bo‘lmasin. Kimki xamirturush qo‘shilgan non tanovul qilsa, u asli Isroil naslidanmi, musofirmi, baribir, Isroil xalqining jamoasidan yo‘q qilinadi.
20. Xamirturush qo‘shilgan nonni hech tanovul qilmanglar. Qayerda yashasangizlar ham, xamirturushsiz non tanovul qilinglar.”
21. Shundan keyin Muso Isroilning hamma oqsoqollarini chaqirtirib, ularga shunday dedi: — Har bir xonadonga shunday deb aytinglar: “Oilangiz uchun bittadan qo‘zi yoki uloqcha tanlab olib, Fisih ziyofatiga qurbonlik qilinglar.
22. Keyin issop o‘tidan bir tutam olib, qurbonlikdan yig‘ilgan qon idishiga botiringlar. Qonni uylaringiz eshigi kesakisining yonlariga va tepasiga surtinglar. Tonggacha birortangiz uyingizdan chiqmanglar.
23. Chunki Egamiz Misr yurti bo‘ylab o‘tib, Misrliklarning to‘ng‘ich o‘g‘illarini uradi. U eshiklaringizning kesakisidagi qonni ko‘rib, uylaringizni chetlab o‘tib ketadi. Azroil uylaringizga kirib, sizlarning to‘ng‘ich o‘g‘illaringizni nobud qilishiga Egamiz yo‘l qo‘ymaydi.
24. O‘zlaringiz ham, avlodlaringiz ham bu rasm–rusumlarga to abad rioya qilishlaringiz lozim.
25. Egamiz sizlarga beraman, deb va’da qilgan yurtga kirganlaringizdan keyin ham, bu udumni nishonlayveringlar.
26. Bolalaringiz sizlardan: — Bu udumning ma’nosi nima? — deb so‘raganlarida, shunday javob beringlar:
27. — Bu Egamizga bag‘ishlangan Fisih qurbonligidir. Egamiz Misrliklarning to‘ng‘ich o‘g‘illarini halok qilganda, Misrdagi Isroil xalqining uylarini chetlab o‘tib ketdi. Shunday qilib, bizning xonadonlarimizni omon saqlab qoldi.” Shunda Isroil oqsoqollari egilib, sajda qildi.
28. So‘ngra ular borib, Muso bilan Horunga Egamiz bergan amr bo‘yicha ish tutdilar.
29. Egamiz yarim kechasi Misrliklarning jamiki to‘ng‘ichlarini — taxtda o‘tirgan fir’avnning to‘ng‘ich o‘g‘lidan tortib zindonda yotgan asirning to‘ng‘ich o‘g‘ligacha o‘ldirdi. Hamma chorvaning birinchi erkak bolasini ham nobud qildi.
30. O‘sha kecha fir’avn, uning hamma a’yonlari va butun Misr xalqi uyg‘onib ketdi. Butun Misrni qattiq dod–faryod tutdi. Odam nobud bo‘lmagan birorta xonadon yo‘q edi.
31. O‘sha tundayoq fir’avn Muso bilan Horunni chaqirtirib aytdi: — O‘zlaringiz ham, Isroil xalqingiz ham yo‘qolinglar! Mening yurtimdan chiqib ketinglar! O‘zlaringiz aytganingizday, borib Egangizga sajda qilaveringlar.
32. Mol–qo‘ylaringizni ham olib ketinglar. Ammo ketayotganingizda, meni duo qilinglar.
33. “Isroil xalqi yurtimizdan tezroq chiqib ketsin, agar chiqib ketmasa, hammamiz o‘lib ketamiz”, deb Misrliklar ularni qistovga oldilar.
34. Shunday qilib, Isroil xalqi kiyim–kechaklariga o‘ralgan xamirturush qo‘shilmagan xamir to‘la tog‘oralarini olib, yelkalariga ortishdi.
35. Isroil xalqi Musoning aytganini qilib, Misrliklardan oltin va kumush taqinchoqlar, kiyim–kechaklar so‘rab olishdi.
36. Egamiz Misrliklarni shunday qildiki, ular Isroil xalqiga iltifot ko‘rsatdilar. Isroil xalqi nima so‘rasa, ular berdilar. Shu yo‘l bilan Isroil xalqi, g‘olib lashkarday, Misrliklarning boyliklarini olib ketdi.
37. Isroil xalqi Ramzesdan Suxo‘tga qarab yayov yo‘lga chiqdi. Ular 600.000 tacha erkak bo‘lib, ayollar va bolalar bu hisobga kirmasdi.
38. Son–sanoqsiz begona xalqlar, ko‘plab mol– qo‘ylar ham ular bilan birga ketdi.
39. Isroil xalqi Misrdan olib chiqqan xamirturushsiz xamirdan patir non yopdilar. Ular Misrdan shunchalik tez chiqib ketdilarki, yo‘lga yegulik tayyorlagani vaqt topolmagandilar.
40. Isroil xalqi Misrda 430 yil yashadi.
41. 430 yilning oxirgi kuni Egamiz xalqining hamma oilalari va qabilalari Misrdan ketdi.
42. “Bu kun O‘z xalqimni Misrdan olib chiqaman”, deb Egamiz o‘sha tunni ajratib qo‘ygan edi. Isroil xalqi ham avlodlar osha o‘sha tunni ajratib, Egamizga atashlari lozim.
43. Keyin Egamiz Muso bilan Horunga aytdi: “Sizlar rioya qilishingiz lozim bo‘lgan Fisih ziyofatining qonun–qoidalari quyidagichadir: Isroil xalqiga qondosh bo‘lmagan odam Fisih taomidan tanovul qilmaydi.
44. Lekin sotib olgan qullaringiz sunnat qilingandan keyin Fisih taomidan tanovul qilsa bo‘ladi.
45. Musofirlar va mardikorlar ham bu taomdan tanovul qilishmaydi.
46. Taomlar qaysi uyda tayyorlangan bo‘lsa, hammasi o‘sha uyda tanovul qilinishi lozim. Tashqariga taom olib chiqilmaydi. Fisih ziyofatiga atab qurbonlik qilingan birorta ham hayvonning suyagi sindirilmaydi.
47. Isroil xalqining butun jamoasi Fisih ziyofatini nishonlaydi.
48. Yonlaringizdagi biror musofir Men, Egangizga, bag‘ishlangan Fisih ziyofatini nishonlamoqchi bo‘lsa, oldin uning xonadonidagi hamma erkaklar sunnat qilinishi lozim. Shundan keyingina Isroil xalqiga qondosh bo‘lgan odamlardan biriday, Isroil jamoasiga qo‘shilib, Fisih ziyofatini nishonlaydi. Sunnat qilinmaganlarning hech qaysisi Fisih taomidan tanovul qilishi mumkin emas.
49. Shu yerning tub aholisi uchun ham, oralaringizda yashayotgan musofir uchun ham qonun o‘shadir.”
50. Egamizning Muso va Horun orqali bergan qonun–qoidalarini Isroil xalqi bajardilar.
51. Shunday qilib, o‘sha kuniyoq Egamiz Isroil oilalarini va qabilalarini Misrdan olib chiqdi.
1. Egamiz Musoga yana gapirdi:
2. — Hamma to‘ng‘ichlarni Menga bag‘ishlanglar. Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari va hayvonlarining birinchi erkak bolasi Menikidir.
3. Shundan so‘ng Muso xalqqa shunday dedi: “Sizlar qul bo‘lgan yurt Misrdan chiqqan bugungi kuningizni eslaringizdan chiqarmanglar. Egamiz qudrati bilan sizlarni u yerdan olib chiqdi. Shuning uchun sizlar xamirturush qo‘shilgan nonni yemanglar.
4. Bugun Abib oyida sizlar bu yurtdan chiqib ketyapsizlar.
5. Egamiz sizlarni Kan’on, Xet, Amor, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga olib boradi. Egamiz bu yerlarni ota–bobolaringizga, beraman, deb ont ichgan. Egamiz sizlarni sut va asal oqib yotgan o‘sha yurtga olib borgandan keyin, Abib oyida quyidagicha udumni o‘tkazinglar:
6. yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Yettinchi kuni Egamizga atab bayram qilinglar.
7. Shu paytlarda uyingizda yoki yurtingizning biron joyida xamirturushli non yoki xamirturush bo‘lmasin.
8. Har yili bayram kunlari davomida nima uchun bayramni nishonlayotganingizni bolalaringizga tushuntirishingiz lozim. Ularga: — Biz Misrdan chiqayotganimizda, Egamiz bizga qilganlari sababidan bu bayramni nishonlayapmiz, — deb ayting.
9. Bu bayram qo‘lingizda bir alomat, peshanangizda bir xotiraga o‘xshagan bo‘ladi. Egamiz sizlarni Misrdan O‘z qudrati bilan olib chiqqanini bu bayram eslatib turadi. Egamizning ta’limotini bolalaringizga o‘rgatishingiz uchun bayramni nishonlanglar.
10. Sizlar belgilangan vaqtda yillar osha ushbu qonun–qoidaga rioya qilib boringlar.
11. Egamiz o‘zlaringizga va ota–bobolaringizga ont ichib va’da bergan Kan’on xalqlarining yurtiga sizlarni olib keladi. O‘sha yurtni sizlarga beradi. Shundan keyin
12. to‘ng‘ich o‘g‘illaringizni, hamma chorvangizning birinchi erkak bolasini Unga beringlar. Bularning hammasi Egamiznikidir.
13. Birinchi tug‘ilgan erkak eshak ham Egamizdan bir qo‘zi yoki uloqchani atash evaziga sotib olinadi. Agar eshakni qaytarib sotib olmaslikka qaror qilsangiz, eshakning bo‘ynini sindirib o‘ldirishingiz kerak. Sizlar Egamizdan hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim.
14. Kelajakda farzandlaringiz sizdan: — Bu udumning ma’nosi nima? — deb so‘rashganda shunday javob beringlar: — Egamiz bizni Misrdagi qullikdan qudratli qo‘li bilan olib chiqqan.
15. Fir’avn o‘jarlik qilib, ketishimiz uchun bizga ijozat bermaganda, Egamiz Misr yurtidagi hamma to‘ng‘ichlarni — odamlarning to‘ng‘ichidan tortib, hayvonlarning birinchi erkak bolasigacha o‘ldirgan. Mana shuning uchun ham hayvonlarning birinchi erkak bolasini Egamizga qurbonlik qilamiz. To‘ng‘ich o‘g‘illarimizni esa qaytarib sotib olamiz.
16. Bu yillik bayram qo‘lingizdagi yoki peshanangizdagi bir belgiday bo‘lib qoladi. Egamiz bizni qudratli qo‘li bilan Misrdan olib chiqqanini shu bayram sizlarga eslatib turadi.”
17. Fir’avn Isroil xalqiga ijozat bergandan keyin, Filist xalqining yurti orqali o‘tadigan yo‘l Kan’onga to‘ppa–to‘g‘ri bo‘lsa ham, Xudo xalqni bu yerdan boshlab ketmadi. “Xalq urushga duch kelib qolsa, Misrga qaytib ketishga qaror qilib qolishi mumkin”, deb o‘yladi Xudo.
18. Xudo xalqni Qizil dengizga sahro bo‘ylab aylanma yo‘l orqali olib ketdi. Isroil xalqi Misrdan guruhlarga bo‘lingan holda chiqdi.
19. Muso Yusufning suyaklarini o‘zi bilan oldi. Yusuf Isroil urug‘lariga qasam ichdirib: “Xudo sizlarning oldingizga kelganda, sizlar mening suyaklarimni bu yerdan olib ketinglar”, degan edi.
20. Isroil xalqi Suxo‘tdan chiqqandan keyin, sahro etagidagi Etxamda qarorgoh qurdi.
21. Egamiz kunduzi ustun shaklidagi bulut ichida, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida ularning oldida yurib, yo‘llarini yoritib yo‘l ko‘rsatib bordi. Shu tariqa U Isroil xalqini hamma vaqt — kunduzi ham, kechasi ham boshlab bora oldi.
22. Kunduzi bulut ustuni, kechasi alanga ustuni xalqning oldidan bir dam nari ketmadi.
1. Egamiz Etxamda Musoga shunday dedi:
2. — Isroil xalqiga: “Migdol bilan dengiz o‘rtasidagi Piy–Xaxiro‘t yaqiniga qaytib boringlar”, deb ayt. U yerda Baal–Zafo‘n qarshisidagi Qizil dengiz sohili bo‘ylab chodir tikishsin.
3. O‘shanda fir’avn: “Isroil xalqi yurtda adashib qolibdi, sahro ularning ketishiga xalaqit beryapti”, deb o‘ylaydi.
4. Fir’avn sizlarni ta’qib qilsin, deb Men uning yuragini tosh qilib qo‘yaman. Fir’avn va uning lashkari ustidan g‘alaba qilaman. Shu orqali shuhratga erishaman. Ana o‘shanda Egangiz Men ekanligimni Misr xalqi bilib oladi. Isroil xalqi Egamiz aytganday qildi.
5. Fir’avnga: “Isroil xalqi qochib ketibdi”, deb xabar yetkazishdi. Fir’avn va a’yonlarining Isroil xalqi to‘g‘risidagi niyatlari o‘zgardi: “Nima qilib qo‘ydik–a? Isroil xalqiga ketishga ijozat berib, qullarimizdan ayrilib qolibmiz–ku!” deyishdi.
6. Fir’avn jang aravalarini tayyorlatdi, lashkarlarini yoniga oldi.
7. U Misrdagi hamma jang aravasini, shu bilan birga, olti yuzta sara jang aravasini ham yo‘lga otlantirdi. Har bir jang aravasining lashkarboshisi bor edi.
8. Egamiz Misr fir’avnining yuragini tosh qilib qo‘ydi. Fir’avn Isroil xalqining ortidan quvdi. Isroil xalqi shaxdam qadam bilan Misrdan chiqib ketayotgan edi.
9. Misrliklar — fir’avnning hamma otlari, aravakashlar va jang aravalari, lashkarlari bilan Isroil xalqining ortidan tushdi. Dengiz qirg‘og‘ida Baal–Zafo‘n qarshisida — Piy–Xaxiro‘t yaqinida Isroil xalqiga yetib oldilar. Isroil xalqi bu yerda qarorgoh qurgan edi.
10. Fir’avn tobora yaqinlashib kelardi. Isroil xalqi orqalariga qarab Misrliklar quvib kelayotganini ko‘rdilar–u, sarosimaga tushib qoldilar. Ular Egamizga iltijo qilib, madad so‘radilar.
11. Keyin Musoga aytdilar: — Bizni sahroga o‘ldirgani olib kelgan ekansan–da. Misrda biz uchun qabriston yetarli emasmidi?! Bizni Misrdan olib chiqib, nima qilib qo‘yding–a?!
12. Misrda ekanligimizda shunga o‘xshash yomon hodisalar yuz berishini aytmaganmidik?! Biz: “Misrliklarga qul bo‘lib xizmat qilib yuraveraylik, sahroda o‘lib ketganimizdan ko‘ra, ularga xizmat qilganimiz yaxshi”, deb aytgan edik–ku!
13. Ammo Muso: — Qo‘rqmanglar! — dedi. — Joyingizda to‘xtab, qarab turinglar. Hozir ko‘rasizlar, Egamiz sizlarni qanday qilib qutqarar ekan. Hozir qarshingizda turgan Misrliklarni qaytib ko‘rmaysizlar.
14. Xotirjam bo‘linglar, Egamiz sizlar uchun jang qiladi.
15. Shu payt Egamiz Musoga gapirdi: — Nimaga menga iltijo qilib, madad so‘rayapsan? Isroil xalqiga ayt, oldinga qarab ketaversin.
16. Tayog‘ingni ko‘tarib, qo‘lingni dengiz ustiga uzat, suvni ikki tomonga ayir. Shunda Isroil xalqi quruq yer ustida yurib, dengizdan o‘tadi.
17. Misrliklar sizlarning ortingizdan dengizga borsin, deb Men ularning yuragini tosh qilib qo‘yaman. Fir’avn, uning lashkarlari, aravakashlari va jang aravalari ustidan g‘alaba qilib shuhratga erishaman.
18. Men ularni yer bilan yakson qilganimda Egangiz Men ekanligimni Misr xalqi bilib oladi.
19. Isroil xalqi oldida borayotgan Xudoning farishtasi joyini o‘zgartirib, ularning orqasiga o‘tdi. Isroil xalqining oldidagi bulut ustuni ham joyini o‘zgartirdi. Bulut ustuni orqaga o‘tib,
20. Misr lashkari bilan Isroil xalqi o‘rtasida turib qoldi. Bulut ustuni Misrliklar turgan tomonni zimiston va bulutli, Isroil xalqi turgan tomonni esa yop–yorug‘ qilib turdi. Shuning uchun Misr lashkari tun bo‘yi Isroil xalqiga yaqin kela olmadi.
21. Muso qo‘lini dengiz tomonga uzatdi. Shundan keyin tun bo‘yi Egamiz sharqdan kuchli shamol estirib, dengizni ikki tomonga ayirdi, dengizni quruq yerga aylantirdi. Suv ikki tomonga surildi.
22. Shundan keyin Isroil xalqi dengizdagi quruq yerdan yurib o‘ta boshladi. Suv Isroil xalqining o‘ng tomonida ham, chap tomonida ham devor bo‘lib turardi.
23. Misrliklar Isroil xalqining ortidan quvdi. Fir’avnning hamma otlari, aravakashlari va jang aravalari dengizning o‘rtasiga tushdi.
24. Tong payti Egamiz alanga va bulut ustunidan Misr lashkariga qarab, ularni sarosimaga soldi.
25. Jang aravalarining g‘ildiraklari botib qoldi. Natijada Misrliklar aravalarini zo‘rg‘a tortib ketdilar. Shunda Misrliklar: “Bu yerdan qochib qolaylik! Isroil xalqi uchun ularning Egasi jang qilyapti! U bizga qarshi!” — deb shovqin soldilar.
26. Keyin Egamiz Musoga: — Qo‘lingni dengizga uzat! — deb amr berdi. — Suv Misrliklarning, ularning aravakashlari va jang aravalari ustiga qaytsin!
27. Muso qo‘lini dengizga uzatdi. Tong payti dengiz suvi asl holiga qaytdi. Misrliklar suvdan qutulmoqchi bo‘lib qochayotgan edi, Egamiz ularni dengizning o‘rtasiga silkib otdi.
28. Suv asl holiga qaytdi. Fir’avnning aravakashlarini va jang aravalarini, Isroil xalqini ortidan quvib, dengiz o‘rtasiga tushgan hamma Misr lashkarini g‘arq qildi. Ulardan birortasi ham tirik qolmadi.
29. Isroil xalqi esa dengiz o‘rtasida quruq yerdan yurib o‘tdi. Suv o‘ng tomonda ham, chap tomonda ham Isroil xalqiga devor bo‘lib turardi.
30. Shunday qilib, Egamiz o‘sha kuni Isroil xalqini Misrliklarning qo‘lidan qutqardi. Isroil xalqi dengiz qirg‘og‘ida Misrliklarning jasadlarini ko‘rdi.
31. Egamiz buyuk qudrati bilan Misrliklarni mag‘lub qilganini Isroil xalqi ko‘rgach, Undan qo‘rqadigan bo‘ldilar. Ular Egamizga va Uning quli Musoga ishondilar.
1. Shundan keyin Muso va Isroil xalqi Egamizga quyidagi qo‘shiqni kuyladi: “Egamizni madh etib kuylayman. U buyuk g‘alaba keltirdi. Otlarni, aravakashlarni dengizga uloqtirdi.
2. Egamiz mening kuch–qudratimdir. U mening qutqaruvchimdir. U mening Xudoyimdir, men Uni olqishlayman, Otamning Xudosidir, men Uni ulug‘layman.
3. Ha, U jangchidir, U Egamizdir.
4. Fir’avnning lashkarini, jang aravalarini Egamiz dengizga uloqtirdi. Uning sara lashkarboshilarini Qizil dengizga cho‘ktirdi.
5. Dengiz qa’ri ularni ko‘mdi. Ular tosh singari, tubsizlikka tushib ketdilar.
6. Ey, Egamiz, Sening o‘ng qo‘ling qudrati bilan qo‘rqinchlidir. Ey, Egamiz, Sening o‘ng qo‘ling dushmanni rosa ezdi.
7. Sen buyuk g‘alabang bilan dushmanlaringni yiqitding. Sen ularga g‘azabingni sochgan eding, G‘azabing ularni xas–cho‘p singari yondirib tashladi.
8. Qahrli nafasingdan suv bir joyga yig‘ilib, Devor kabi tik turib qoldi, Dengizning qa’ri qattiq yer bo‘lib qoldi.
9. Shunda dushman gerdayib aytdi: “Orqalaridan tushaman, quvib yetaman. O‘ljani baham ko‘raman. Bulardan ko‘nglim qoniqadi. Qilichimni yalang‘ochlab, ularni yana qul qilaman.”
10. Qahrli nafasingdan dengiz ularni ko‘mib yubordi. Ular bahaybat suvda qo‘rg‘oshinday g‘arq bo‘ldilar.
11. Xudolar orasida Senga o‘xshagani bormi, ey, Egamiz?! Kim Senga o‘xshar?! Muqaddasliging bilan ulug‘vorsan Sen, Qo‘rqinchli ishlaring bilan hamdu sanoga ilhomlantirursen, Sen ajoyibotlar ko‘rsatursen.
12. Sen o‘ng qo‘lingni uzatgan eding, G‘animlarni yer yutdi.
13. O‘zing qutqargan o‘sha xalqni Sen sodiq sevging bilan olib borasan. Muqaddas makoningga qudrating bilan ularni yetaklab borasan.
14. Xalqlar eshitib buni, titrashadi: Filist xalqi vahimaga tushib qoladi.
15. Edom urug‘boshilari qo‘rquvga tushadi–ku, Mo‘ab beklarini titroq bosadi–ku! Kan’ondagi xalqlar umidsizlikka tushadi–ku!
16. Ularni qo‘rquv va dahshat qamrab olar. Ey, Egamiz, Sening xalqing o‘tib ketguncha, O‘zing ega bo‘lgan bu xalq o‘tib ketguncha, Ular bilaging kuchi oldida toshday qotib qoladi.
17. Xalqingni O‘z tog‘ingga olib kelasan, Ularni joylashtirasan uying uchun tanlagan yerga, ey, Egamiz! Qo‘llaring o‘rnatgan muqaddas maskaningga Olib kirib joylashtirasan, ey, Rabbiy!
18. Egamiz abadulabad shoh bo‘lib hukmronlik qiladi.”
19. Fir’avnning otlari, aravakashlari va jang aravalari dengiz o‘rtasiga tushdi. Shunda Egamiz ularning ustiga dengiz suvlarini qaytarib olib keldi. Isroil xalqi esa dengiz o‘rtasidagi quruq yerdan o‘tib ketdi. Shu bois Muso va xalq qo‘shiq kuyladi.
20. Horunning singlisi payg‘ambar Maryam childirmani qo‘liga oldi. Hamma ayollar unga ergashib, childirmalarini qo‘llariga olib, o‘ynadilar.
21. Maryam quyidagi naqoratni kuylab, ularga boshchilik qildi: “Egamizni madh etib kuylang. U buyuk g‘alaba keltirdi. Otlarni, aravakashlarni dengizga uloqtirdi.”
22. Muso Isroil xalqini Qizil dengizdan boshlab chiqqandan keyin, ular Sur sahrosiga bordilar. Ular sahroda uch kun yursalar ham, suv topa olmadilar.
23. Undan keyin Maroga bordilar. Ammo Maroning suvi taxir bo‘lgani uchun icholmadilar. Shuning uchun ham u yerga Maro, deb nom berilgan edi.
24. Xalq esa: “Endi nima ichamiz?” deb Musoga ming‘irlab nolidi.
25. Muso esa Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz Musoga bir cho‘pni ko‘rsatdi. Muso cho‘pni olib suvga tashlagan edi, suv ichishga yaroqli bo‘lib qoldi. Shunday qilib, o‘sha yerda Egamiz Isroil xalqini sinadi. Egamiz ularga yashash qonun–qoidasini berdi.
26. U Isroil xalqiga shunday dedi: “Agar Men, Egangiz Xudoga, hushyor bo‘lib quloq solsangiz, Mening oldimda to‘g‘ri ishlar qilsangiz, amrlarimga itoat etsangiz, hamma qonunlarimga rioya qilsangiz, o‘shanda Men Misrliklarni duchor qilgan xastaliklarning birortasiga ham sizlarni duchor qilmayman. Sizlarga shifo beradigan Egangiz Menman.”
27. Shundan so‘ng Isroil xalqi Ilimga keldi. U yerda o‘n ikkita buloq, yetmishta palma daraxti bor edi. Ular buloq bo‘yida qarorgoh qurdilar.
1. Isroil xalqining butun jamoasi Ilimdan chiqib jo‘nadi. Ular Misrdan chiqqanlaridan keyin bir oy o‘tgach, Ilim bilan Sinay oralig‘idagi Sin sahrosiga yetib keldilar.
2. Ular sahroda turar ekanlar, hammalari ming‘irlab Muso bilan Horundan nolishdi:
3. “Qaniydi Egamiz bizni Misrda o‘ldirib qo‘ya qolganda edi! Biz Misrda go‘sht solingan qozon boshida o‘tirardik, to‘ygunimizcha non yerdik. Sizlar esa, butun jamoa ochlikdan o‘lib ketsin, deb bizni sahroga olib keldingiz.”
4. Shunda Egamiz Musoga: — Nonni sizlarga osmondan yog‘diraman! — dedi. — Xalq har kuni chiqib, kunda kerak bo‘ladigan nonini yig‘ishtirib oladi. Shu yo‘l bilan bu xalqni sinayman. Ular Mening ko‘rsatmalarimga rioya qiladilarmi, yoki yo‘qmi, ko‘raman.
5. Har haftaning oltinchi kuni esa kunda to‘plaganlariga qaraganda ikki hissa ko‘p non yig‘ishtirib olib, tayyorlab qo‘yadilar.
6. Muso bilan Horun jamiki Isroil xalqiga shunday deb aytdilar:
7. — Sizlar ming‘irlab Egamizdan noligan edingiz, U eshitdi.
8. Endi U kechqurun sizlarga go‘sht beradi. Ertaga ertalab mo‘l qilib non beradi. Egamizning buyuk qudratini shunda ko‘rasizlar. Sizlarni Misrdan olib chiqqan Egamiz ekanini bilib olasizlar. Ammo biz kim bo‘libmizki, ming‘irlab bizdan noliysizlar?! Biz bor–yo‘g‘i Egamizning xabarchilarimiz, xolos. Bizdan noliganlaringizda, sizlar haqiqatan Egamizdan noligan bo‘lasizlar.
9. Shundan so‘ng Muso Horunga: — Isroil xalqining butun jamoasiga ayt. Egamizning huzuriga kelsin, — dedi. — Egamiz ularning ming‘irlab noliganini eshitdi.
10. Horun Isroil xalqining butun jamoasiga shu gaplarni aytib bo‘lishi bilanoq, xalq sahroga qaradi. Shu payt Egamiz ulug‘vorligini bulut ichida zohir qildi.
11. Keyin Egamiz Musoga gapirdi:
12. — Men Isroil xalqining ming‘irlab noliganini eshitdim. Ularga shu gaplarni yetkaz: “Oqshom go‘sht yeysizlar, ertalab esa to‘yguningizcha non yeysizlar. O‘shanda Egangiz Xudo Men ekanligimni bilib olasizlar.”
13. Shu kuni oqshomda bedanalar uchib kelib, qarorgohni bosib ketdi. Ertasiga ertalab qarorgoh atrofiga shudring tushdi.
14. Shudring ko‘tarilgach, yer yuzi laylak qor uchquniga o‘xshash, qirovsimon bir narsa bilan qoplandi.
15. Isroil xalqi bu narsani ko‘rganda, nima ekanini bilolmasdan: “Bu nima?” deb bir–birlaridan so‘rayverdilar. — Tanovul qilishlaringiz uchun Egamiz sizlarga bergan non shudir, — dedi Muso Isroil xalqiga.
16. — Egamiz shunday amr bergan: “Har bir xonadon o‘zi yeydigan nonni olsin. Xonadondagi har bir jon uchun bir omirdan yig‘ishtirib olsin.”
17. Isroil xalqi Egamiz amr etganday qildi. Birov ko‘proq, birov ozroq yig‘ishtirib oldi.
18. Har bir odam uchun omir bilan o‘lchaganlarida, ko‘p yig‘ishtirganlardan hech narsa ortib qolmadi, oz yig‘ishtirganlar uchun esa yetarli bo‘ldi. Har bir xonadon keraklisini oldi.
19. Muso yana xalqqa: “Hech kim bu mannadan ertalabgacha qoldirmasin”, — dedi.
20. Ammo ba’zilar Musoning gapiga quloq solmay, ertalabgacha qoldirgan edilar, qoldirgan mannaga qurt tushib, sasiy boshladi. Shunda Muso o‘sha odamlardan g‘azablandi.
21. Mannani har bir xonadon har kuni ertalab ehtiyojiga yarashasini to‘plab olardi. Quyosh yerni qizdirgandan keyin esa, yerda qolgani erib ketardi.
22. Oltinchi kuni esa mannani ikki hissa — jon boshi uchun ikki omirdan yig‘ib oldilar. Jamoa oqsoqollari bu to‘g‘rida Musoga xabar berganlarida,
23. Muso ularga aytdi: — Ertaga Shabbat kuni bo‘lgani uchun oltinchi kuni ikki barobar yig‘ishtirib olgani Egamiz xalqqa amr bergan. Shabbat kuni hamma ishlardan tinib, Egamizga atab ajratilgan kundir. Shuning uchun yopadiganingizni bugun yopib olinglar, qaynatadiganingizni bugun qaynatib olinglar. Ortganini saqlab, ertagacha qoldiringlar.
24. Shunday qilib, Muso buyurganday, ortganini ertasiga qoldirgan edilar, qolgani na sasidi, na qurtladi.
25. — Bugungi mannangiz shudir, — dedi Muso. — Chunki bugun Egamizga atalgan Shabbat kunidir. Bugun yerda hech narsa bo‘lmaydi.
26. Olti kun manna yig‘ishtirib olasizlar. Ammo yettinchi kun — Shabbat kuni aslo manna topib bo‘lmaydi.
27. Yettinchi kuni ham ba’zilar manna yig‘ishtirgani tashqariga chiqdilar, lekin topolmadilar.
28. Shunda Egamiz Musoga: — Qachongacha Mening amrlarimga va ko‘rsatmalarimga itoat etmay yurasizlar?! — dedi.
29. — Men, Egangiz, yettinchi kunni — Shabbatni dam olish kuni qilib, sizlarga berganimni anglab yetmaysizlarmi?! Mana, sizlarga ikki kunga yetarli mannani oltinchi kuni beryapman. Yettinchi kuni har kim uyida bo‘lib, dam olishi lozim.
30. Shunday qilib, xalq yettinchi kuni ishlamadi.
31. Isroil xalqi bu yegulikka manna, deb nom qo‘ydilar. U kashnich urug‘i kabi, rangi oqish, mazasi asal qo‘shilgan chalpakka o‘xshardi. Muso Isroil xalqiga aytdi:
32. — Egamiz shunday amr bergan: “Bir omir mannani kelgusi avlodlar uchun saqlab qo‘yinglar, toki Men sizlarni Misrdan olib chiqqanimdan keyin sahroda o‘zlaringizga yedirgan nonni ular ko‘rsinlar.” Shundan keyin Muso Horunga aytdi:
33. — Bir idish olib, ichiga bir omir manna solgin–da, Egamizning huzuriga qo‘y, toki kelgusi avlodlarga saqlanib qolsin.
34. Egamiz Musoga amr etganday, Horun, mannani saqlab qo‘yamiz, deb uni ahd sandig‘ining oldiga qo‘ydi.
35. Isroil xalqi keyingi qirq yil davomida — Kan’on yurtiga yetib borib o‘rnashgunlaricha, manna tanovul qildilar.
36. (Mannani o‘lchash uchun foydalanilgan idish omir, deb aytilgan. Bu idish taxminan to‘rt kosaning hajmiga to‘g‘ri kelgan.)
1. Isroil xalqining butun jamoasi har doim Egamizning amriga rioya qilib, bir joydan boshqa joyga ko‘chib, Sin sahrosidan ketdi. Rafidimda qarorgoh qurgan edi, lekin u yerda Isroil xalqi uchun ichgani suv yo‘q ekan.
2. Ular Musoga: “Bizga ichgani suv ber”, deb nolidilar. Shunda Muso: — Nimaga menga noliyapsizlar?! — dedi. — Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!
3. Lekin xalq chanqagan edi. “Nimaga bizni Misrdan olib chiqding?! O‘zimizni, bolalarimizni, chorvamizni suvsizlikdan o‘ldirish uchun olib chikqan ekansan–da?!” deb Musoga ming‘irlab nolidi.
4. — Bu xalqni nima qilay? — deb iltijo qildi Muso Egamizga. — Yana bir ozdan keyin ular meni toshbo‘ron qilishadi–ku!
5. — Isroil oqsoqollaridan ba’zilarini yoningga olib, xalqning oldida bor! — deb amr berdi Egamiz Musoga. — Nil daryosiga urgan tayog‘ingni ham o‘zing bilan ol.
6. Men sening oldingda — Sinay tog‘idagi qoyaning tepasida turaman. Sen tayoqni qoyaga ur, qoyadan suv otilib chiqadi. Keyin xalq ichadi. Muso Isroil oqsoqollarining ko‘zi oldida Egamiz aytganday qildi.
7. Shunday qilib, Muso o‘sha joyga Massax va Mariva, deb nom berdi. Isroil xalqi u yerda Muso bilan janjal qilgan, “Egamiz biz uchun g‘amxo‘rlik qiladimi, yo‘qmi?” deb Uni sinagan edi.
8. Omolek xalqi Rafidimga kelib, Isroil xalqiga urush ochdilar.
9. Shunda Muso Yoshuaga: — Odamlardan tanlab olgin–da, borib, Omoleklarga qarshi urushga chiq! — dedi. — Ertaga men tepalikning ustida bo‘laman. Xudo, ol, deb tayinlagan tayoq qo‘limda bo‘ladi.
10. Yoshua Muso buyurganday qilib Omoleklar bilan jang qilgani bordi. Muso, Horun va Xur tepalikning ustiga chiqishdi.
11. Muso qo‘llarini ko‘targanda, Isroil xalqi g‘olib kelar, tushirganda esa Omoleklar g‘olib kelardi.
12. Oxiri Musoning qo‘llari toliqdi. Shunda Horun bilan Xur Musoga tosh keltirib qo‘yib berdilar. Muso tosh ustiga o‘tirdi. Keyin Musoning qo‘llarini bir tomondan Horun, bir tomondan Xur yuqoriga ko‘tarib turdi. Quyosh botguncha, Musoning qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib turaverdilar.
13. Shunday qilib, Yoshua Omoleklarni yengib, qilichdan o‘tkazdi.
14. Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi: — Bu g‘alabani xotira qilib, yozib qo‘y, mening quyidagi va’damni ham kirit: “Men Omoleklarning nomini yer yuzidan o‘chiraman.” Keyin buni ovoz chiqarib Yoshuaga o‘qib ber.
15. Muso bir qurbongoh qurdirib, bu qurbongohga: “Egam bayrog‘imdir”, deb nom berdi.
16. “Omoleklar Egamizning taxtiga qarshi qo‘llarini ko‘tarishga jur’at qilganlari uchun, Egamiz doimo ularga qarshi urushda bo‘ladi”, dedi.
1. Midiyon yurtining ruhoniysi Yatro Musoning qaynatasi edi. Xudo Musoga va O‘z xalqi Isroilga hamma qilganlarini, Egamiz Isroil xalqini Misrdan qanday qilib olib chiqqanini u eshitdi.
2. Muso xotinini otasi yoniga jo‘natib yuborganda, Yatro Musoning xotini Zippura bilan
3. ikkala o‘g‘lini yoniga olgan edi. Muso: “Men begona yurtda musofir bo‘lgan edim”, deb to‘ng‘ich o‘g‘liga Gershom, deb ism qo‘ygan edi.
4. So‘ngra: “Ota– bobolarimning Xudosi menga madad berdi, meni fir’avnning qilichidan qutqardi”, deb ikkinchi o‘g‘liga Eliazar, deb ism qo‘ygandi.
5. Qaynatasi Musoning xotini va o‘g‘illarini Xudoning muqaddas tog‘i etagiga — sahroda Muso tikkan chodirga boshlab keldi.
6. Yatro Musoga: “Men, qaynatang Yatro, xotining va ikkala o‘g‘ling bilan birga sening yoningga boryapmiz”, deb xabar berdi.
7. Muso qaynatasini kutib olgani chiqdi va unga ta’zim qilib, o‘pdi. Ikkovlari bir– biridan hol–ahvol so‘rab, chodirga kirishdi.
8. Egamiz Isroil xalqi uchun fir’avnni va Misr xalqini nimalar qilganini, Isroil xalqi yo‘lda chekkan azob–uqubatlarni, Egamiz ularni qanday qutqarganini Muso qaynatasiga aytib berdi.
9. Egamiz Isroil xalqiga qilgan yaxshiliklari uchun, ularni Misrliklarning qo‘lidan qutqargani uchun Yatro sevinib, shunday dedi:
10. — Sizlarni Misrliklarning va fir’avnning qo‘lidan qutqargan Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Isroil xalqini Misrliklarning zulmidan U qutqardi.
11. Egamiz boshqa hamma xudolardan ulug‘ ekanini endi bilaman. Egamiz o‘z xalqini takabbur Misrliklarning qo‘lidan xalos qildi.
12. Co‘ngra Musoning qaynatasi Yatro Xudoga kuydiriladigan qurbonlik va boshqa qurbonliklar keltirdi. Horun va barcha Isroil oqsoqollari Musoning qaynatasi bilan Egamizning huzurida muqaddas taom yegani kelishdi.
13. Ertasi kuni Muso hukm kursisiga o‘tirib, xalqning janjallarini ajrim qila boshladi. Xalq Musoning atrofida ertalabdan kechgacha tik turdi.
14. Qaynatasi Musoning xalq uchun qilayotgan hamma ishlarini ko‘rgach, aytdi: — Nimaga shuncha ishni bir o‘zing qilyapsan? Odamlar sendan yordam so‘rash uchun kun bo‘yi tik turishdi.
15. Shunda Muso qaynatasiga aytdi: — Xalq Xudoning hukmini bilish uchun mening oldimga kelishadi.
16. Qachon bir janjalli ish bo‘lsa ham mening oldimga kelishadi. Men esa ikkala tomon o‘rtasida qaror chiqarib, Xudoning qonun– qoidalarini ularga aytaman.
17. — Bu yo‘l yaxshi emas, — dedi qaynatasi Musoga.
18. — Ham o‘zingni, ham yoningdagi xalqni qiynayapsan. Bu ish juda og‘ir yuk, bir o‘zing bajara olmaysan.
19. Gapimga quloq sol, senga bir maslahat berayin. Xudo senga yor bo‘lsin. Xudoning huzurida xalq uchun sen vositachi bo‘lishing kerak. Xalqning bahs–munozaralarini Xudoga sen yetkazishing lozim.
20. Xudoning qarorini xalqqa sen ayt, Xudoning qonun– qoidalarini o‘rgat, ular qanday qilib to‘g‘ri hayot kechirishlari kerakligini ko‘rsat.
21. Ammo bularga qo‘shimcha qilib, sen Xudodan qo‘rqqan, diyonatli, tamadan nafratlanadigan, layoqatli odamlarni tanlab ol. Ularni xalq tepasiga mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi qilib tayinla.
22. Bu odamlar hamma haq masalalar ustidan qaror qilib, xalqqa xizmat qilishsin. Juda muhim yoki juda qiyin masalalarni esa senga olib kelishlari mumkin. Kichikroq ishlarni o‘zlari ko‘rib chiqaversin. Ular sen uchun ishni osonroq qilib, og‘irlikni ko‘tarishda senga yordam beradilar.
23. Agar Xudo shu maslahatlarimni yuragingga solsa, sen tazyiqlarga bardosh bera olasan. Hamma tinchgina o‘z joyiga ketadi.
24. Muso qaynatasining gapiga quloq soldi. U nima aytgan bo‘lsa, hammasini qildi.
25. Isroil xalqi orasidan layoqatli odamlarni tanlab oldi. O‘sha odamlarni mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi qilib tayinladi.
26. Ular hamma masalalarni adolatli hal qilardilar. Qiyin masalalarni Musoga olib kelishar, kichikroq ishlarni esa o‘zlari qarab chiqishardi.
27. Shundan keyin Muso qaynatasiga ijozat berdi. Yatro o‘z yurtiga qaytib ketdi.
1. Isroil xalqi Rafidimdan ketdi. Misrdan chiqqandan keyin uchinchi oyning birinchi kuni ular Sinay sahrosiga yetib keldilar.
2. Ular Sinay tog‘i etagida qarorgoh qurdilar.
3. Muso toqqa — Xudoning huzuriga chiqdi. Egamiz tog‘dan uni chaqirib, shunday dedi: — Yoqub nasliga — Isroil xalqiga shunday deb ayt:
4. “Men, Egangiz, Misrliklarni nima qilganimni ko‘rgansizlar. Burgut o‘z bolalarini qanotlari ustida ko‘tarib keltirganday, Men sizlarni ko‘tarib, huzurimga olib kelganimni ham ko‘rgansizlar.
5. Endi Mening amrlarimga chin dildan itoat etsangiz, ahdimga rioya qilsangiz, sizlar Mening xalqim, boshqa xalqlar orasida xazinam bo‘lasizlar. Butun yer Menikidir,
6. ammo sizlar Men, Egangizga, xizmat qiladigan ruhoniylar shohligi, muqaddas bir xalq bo‘lasizlar.” Isroil xalqiga sen yetkazadigan xabar shudir.
7. Muso kelib, xalq oqsoqollarini chaqirdi. Egamiz unga, ayt, deb amr etgan hamma gaplarni aytdi.
8. Jamiki xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deb javob berdi. Muso xalqning javobini Egamizga qaytarib olib keldi.
9. Egamiz Musoga: — Men sening oldingga qalin bulut ichida kelaman, — dedi, — toki Men senga gapirayotganimni xalq eshitsin. Shunda xalq senga har doim ishonadi. Muso xalqning gapini Egamizga aytganda,
10. Egamiz dedi: — Bor, bugun va ertaga xalq poklansin, kiyimlarini yuvsin.
11. Shunday qilib, ertadan keyingi kunga tayyor bo‘lishsin. O‘sha kuni Men, Egangiz, Sinay tog‘iga tushaman. Jamiki xalq Meni o‘sha yerda ko‘radi.
12. Tog‘ atrofiga chegara qilib qo‘y, toki xalq chegarani bosib o‘tmasin. Xalqqa ayt: “Toqqa chiqmanglar, tog‘ning yaqiniga ham bora ko‘rmanglar. Agar birortasi toqqa qadam qo‘ysa, o‘shaning jazosi o‘limdir.
13. O‘sha odamga qo‘l tekkizilmasdan, toshbo‘ron qilib yoki o‘q otib o‘ldiriladi. Hayvon bo‘ladimi yoki inson bo‘ladimi, o‘limga hukm qilinadi.” Burg‘u ovozi qattiq chalingandan keyin esa xalq toqqa chiqsa bo‘ladi.
14. Shunday qilib, Muso tog‘dan xalqning yoniga tushdi, xalq poklandi, kiyimlarini yuvdi.
15. Keyin u xalqqa: — Uchinchi kunga tayyor bo‘linglar, xotinlaringizga yaqinlashmanglar, — deb aytdi.
16. Uchinchi kuni ertalab momaqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqdi. Tog‘ning ustini qalin bulut qopladi. Burg‘u ovozi juda qattiq chalindi. Qarorgohdagi jamiki xalqni titroq bosdi.
17. Muso xalqni Xudo bilan uchrashtirgani qarorgohdan olib chiqdi. Xalq tog‘ning etagida turdi.
18. Keyin Egamiz Sinay tog‘iga — tog‘ cho‘qqisiga tushdi. Egamiz Sinay tog‘iga alanga ichida tushib kelgani uchun, butun tog‘ tutayotgan edi. Tog‘ qattiq silkinganda, tandirdan tutun chiqqani singari, tog‘dan ham tutun chiqayotgan edi.
19. Burg‘u ovozi qattiqroq chiqqani sari, Muso ham gapirardi. Xudo unga momaqaldiroq orasidan turib javob berardi.
20. Egamiz Musoni tog‘ cho‘qqisiga chaqirdi. Muso u yerga chiqdi.
21. Keyin Egamiz Musoga aytdi: — Pastga tush, xalqni ogohlantir, ular chegarani bosib o‘tishmasin. Ular Men, Egangizni, ko‘rgani kelmasliklari lozim, shunday qilganlar nobud bo‘ladi.
22. Hatto doimo Mening yaqinimga keladigan ruhoniylar ham o‘zlarini poklashlari lozim. Aks holda, Men ularni qirib tashlayman.
23. Shunda Muso Egamizga aytdi: — Xalq Sinay tog‘iga chiqmaydi. O‘zing: “Tog‘ atrofiga chegara qo‘y, bu tog‘ni muqaddas saqla”, deb meni ogohlantirgan eding.
24. Egamiz unga: — Bor, pastga tush! — dedi. — O‘zing bilan birga Horunni olib kel. Ammo ruhoniylar yoki xalq, toqqa chiqamiz, deb chegarani oyoq osti qilishmasin. Aks holda, ularni Men oyoq osti qilaman.
25. Shunday qilib, Muso xalqning yoniga tushdi. Egamizning aytganlarini ularga gapirib berdi.
1. Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi:
2. “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman.
3. Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.
4. O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo‘lgan biror narsaning shaklini yasamang.
5. O‘sha xudolar yoki butlarga sajda qilmang, xizmat qilmang. Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman. Mendan nafratlanadiganlarni jazolayman, ularning gunohlari oqibatlarini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.
6. Lekin Meni sevib, amrlarimga rioya qiladiganlarning ming–ming avlodlariga sodiq sevgimni ko‘rsataman.
7. Men, Egangiz Xudoning ismini suiiste’mol qilmang. Kim Mening ismimni suiiste’mol qilsa, o‘shani jazosiz qoldirmayman.
8. Shabbat kuninimuqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring.
9. Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor.
10. Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. O‘sha kuni o‘zlaringiz, o‘g‘illaringiz yoki qizlaringiz, qullaringiz yoxud cho‘rilaringiz, hayvonlaringiz, shahringizdagi musofirlar hech qanday ish qilmang.
11. Men, Egangiz, olti kun davomida osmonu yerni, dengizni va bulardagi hamma mavjudotni yaratdim. Yettinchi kuni esa dam oldim. Shuning uchun Men, Egangiz, Shabbat kunini muborak qilib, muqaddas, deb boshqa kunlardan ajratdim.
12. Ota–onangizni hurmat qiling. O‘shanda Men, Egangiz Xudo, sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq bo‘ladi.
13. Qotillik qilmang.
14. Zino qilmang.
15. O‘g‘irlik qilmang.
16. Qo‘shningizga qarshi yolg‘on guvohlik bermang.
17. Qo‘shningizning uyiga ko‘z olaytirmang. Qo‘shningizning xotini, quli yoki cho‘risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang.”
18. Butun xalq chaqmoqni va tog‘ning tutunini ko‘rdi, momaqaldiroq tovushini va burg‘uning baland ovozini eshitdi. Xalq qo‘rqqanidan titrab, uzoqroqqa borib turdi.
19. Xalq Musoga aytdi: — Bizga o‘zingiz gapiring, biz eshitaylik. Xudo bizga gapirmasin, tag‘in o‘lib ketmaylik.
20. — Qo‘rqmanglar! — dedi Muso xalqqa. — Xudo faqat sizlarni sinash uchun, Mendan qo‘rqib, endi gunoh qilmasin, deb kelgan.
21. Ammo xalq uzoq masofada turaverdi. Muso Xudo turgan qalin bulutga yaqin bordi.
22. So‘ngra Egamiz Musoga aytdi: — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Men sizlarga osmondan gapirganimga o‘zlaringiz guvoh bo‘ldingiz.
23. Mening yonimga qo‘yish uchun hech qanday xudolar yasamanglar. O‘zlaringiz uchun kumush yoki oltindan xudolar yasamanglar.
24. Men O‘zimni sizlarga eslatadigan hamma joyda qurbongoh quringlar. Men kelib, sizlarga marhamat qilaman. Tuproqdan oddiy qurbongoh yasab, qo‘ylaringizdan, echkilaringizdan, mollaringizdan Menga kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklari keltiringlar.
25. Agarda Menga atab toshdan qurbongoh yasasangiz, uni yo‘nilgan toshdan qilmanglar. Toshga teshani tekkizganlaringizda, tosh harom bo‘ladi.
26. Menga atalgan qurbongohga zinapoya orqali chiqmanglar, aks holda, zinapoyadan chiqayotganingizda, ochiq joylaringiz ko‘rinib qoladi.”
1. Egamiz yana Musoga aytdi: “Sen ularga yetkazadigan qonun–qoidalar mana shulardir:
2. Ibroniy erkagini qul qilib sotib olsangiz, u sizlarga olti yil xizmat qilsin. Yettinchi yili esa u ozod bo‘lsin, qarzi yo‘q, deb hisoblansin.
3. Uni sotib olganingizda, bo‘ydoq bo‘lsa, bo‘ydoqligicha chiqib ketsin. Agar u uylangan bo‘lsa, xotini ham u bilan birga ketsin.
4. Agar xo‘jayini o‘sha qulni uylantirib qo‘ygan va xotini farzand ko‘rgan bo‘lsa, xotini va bolalari xo‘jayinnikida qolib, bir o‘zi chiqib ketsin.
5. Lekin qul:— Men xo‘jayinimni, xotinimni va bolalarimni yaxshi ko‘raman, ozod bo‘lib chiqib ketmayman, — deb aytsa,
6. xo‘jayini uni hakamlar huzuriga olib kelsin. Xo‘jayin uning qulog‘ini eshikka yoki eshik romiga qo‘yib bigiz bilan teshsin. O‘shanda bu odam umrining oxirigacha xo‘jayiniga qul bo‘lib qoladi.
7. Biror odam o‘z qizini cho‘rilikka sotsa, u qiz, erkaklar singari, olti yil tugamaguncha ozod bo‘lmaydi.
8. Agar qiz birortasiga sotilsa–yu, o‘sha odam unga uylanishni niyat qilgan bo‘lsa, ammo u qizni yoqtirmay qolsa, qiz otasiga qaytarib sotilsin. Xo‘jayin qizni begonalarga sotishi mumkin emas. Aks holda, kelishuvni bekor qilishga olib kelgan bo‘lardi. Xo‘jayin qizni sotib olganda, o‘rtada kelishuv bo‘lgan.
9. Bordi–yu, qizni o‘g‘liga cho‘ri qilib sotib olib bergan bo‘lsa, unga qiziday muomala qilsin.
10. Agar xo‘jayin cho‘riga uylanib, so‘ngra boshqa xotinga uylangan bo‘lsa, cho‘rini oziq–ovqat yoki kiyim–kechakdan, yo xotini sifatida u bilan yotishdan mahrum qilmasin.
11. Agar o‘sha odam ana shu uchta yo‘lni cho‘riga qilmasa, cho‘ri qarz bo‘lmasdan, pul to‘lamay ketaversin.
12. Birortasi boshqasini urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odamning jazosi o‘limdir.
13. Lekin birortasi qasddan qilmay, Men, Xudoyingiz, shunga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam, u qochib boradigan joyni Men tayinlayman.
14. Bordi–yu, birortasi birodarini hiyla bilan qasddan o‘ldirsa, jonini saqlash uchun Menga atalgan qurbongohga qochib borsa, uni qurbongohdan olib chiqib o‘limga hukm qilish lozim.
15. O‘z otasi yoki onasiga qo‘l ko‘targanning jazosi o‘limdir.
16. Kimki birortasini o‘g‘irlab, o‘g‘irlagan odamni sotib yuborsa, yoki hali ham ushlab turgan bo‘lsa, o‘shaning jazosi o‘limdir.
17. Kimki otasini yoki onasini xo‘rlasa, o‘sha odamning jazosi o‘limdir.
18. Ikki kishi janjallashib, biri ikkinchisini tosh yoki musht bilan ursa–yu, u o‘lmay, to‘shakka yotib qolsa,
19. lekin u o‘rnidan turib, tayoq bilan uydan chiqa olsa, urgan odam javobgar bo‘lmasin. Faqat jarohatlangan odamga yo‘qotgan vaqti, davolanishi uchun pul to‘lasin.
20. Birortasi o‘z qulini yoki cho‘risini tayoq bilan urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odam uning qo‘lidan o‘lsa, urgan odam jazolanishi lozim.
21. Lekin xo‘jayin qul yoki cho‘rini ursa–yu, u bir–ikki kundan keyin o‘lsa, xo‘jayin jazolanmasin. O‘z mulkidan ayrilgani unga yetarli jazodir.
22. Urishayotgan odamlar homilador ayolni turtib yuborsalar, ayol chala tug‘ib qo‘ysa–yu, boshqa ziyon yetmasa, ziyon yetkazgan odam o‘sha ayolning eri talab qilgan va hakamlar belgilagan miqdordagi zararni to‘lashi lozim.
23. Agar boshqa zarar yetgan bo‘lsa, jon evaziga jon,
24. ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish, qo‘l evaziga qo‘l, oyoq evaziga oyoq,
25. kuyuk evaziga kuyuk, yara evaziga yara, lat yeyish evaziga lat yeyish bilan javob bersin.
26. Kimki qul yoki cho‘risining ko‘ziga urib ko‘r qilib qo‘ysa, ko‘zi evaziga uni ozodlikka chiqarsin.
27. Quli yoki cho‘risining tishini sindirsa ham, uni tishi evaziga ozodlikka chiqarsin.
28. Agar erkak yoki ayolni buqa suzib o‘ldirsa, buqa toshbo‘ron qilib o‘ldirilsin. Go‘shti esa tanovul qilinmasin. Lekin buqaning egasi aybdor hisoblanmasin.
29. Biroq buqa ilgari ham suzong‘ich bo‘lsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan bo‘lsa, buqa biror erkak yoki ayolni suzib o‘ldirsa, buqa toshbo‘ron qilib o‘ldirilsin. Buqaning egasiga jazo ham o‘limdir.
30. Ammo buqa egasiga o‘z hayotini saqlab qolishi uchun pul to‘lagani ijozat berilsa, u talab qilingan mablag‘ni to‘lashi lozim.
31. O‘g‘il bolani suzsa ham, qiz bolani suzsa ham, shu qonun amal qilsin.
32. Agar buqa qul yoki cho‘rini suzsa, uning xo‘jayiniga buqa egasi o‘ttiz bo‘lak kumush to‘lasin. Buqa esa toshbo‘ron qilinsin.
33. Birortasi chuqur kovlab, ustini yopib qo‘ymasa yoki yopilgan chuqurning ustini ochib qo‘ysa–yu, o‘sha chuqurga mol yoki eshak tushib ketsa,
34. chuqurning egasi o‘lgan hayvonning egasiga tovon to‘lasin. Hayvonning jasadi esa chuqur egasiniki bo‘lsin.
35. Agar birortasining buqasi boshqasining buqasini suzib o‘ldirib qo‘ysa, tirik buqani sotib, pulini teng bo‘lishsin. O‘lgan buqani ham teng bo‘lishsin.
36. Ammo buqa ilgari ham suzong‘ich bo‘lsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan bo‘lsa, buqa evaziga buqa bilan tovon to‘lashi kerak. O‘lgan buqani esa o‘ziga olsin.
1. Birortasi mol yoki qo‘yni o‘g‘irlab, so‘ysa yoki sotsa, o‘g‘ri molning evaziga beshta mol, qo‘yning evaziga to‘rtta qo‘y to‘lasin.
2. O‘g‘irlangan hayvonni o‘g‘ri qaytarishi kerak bo‘lsa–yu, lekin o‘g‘ri tovon to‘lay olmasa, u o‘g‘irlagan hayvon evaziga qul qilib sotilsin.
3. -
4. O‘g‘irlangan hayvon tiriklayin o‘g‘rining qo‘lida topilsa, topilgan hayvon mol bo‘ladimi yo eshak yoki qo‘y bo‘ladimi, ikki baravar qilib tovon to‘lasin. Birortasi kechasi devor teshayotgan o‘g‘rini ko‘rib qolib, o‘g‘rini urib o‘ldirib qo‘ysa, o‘g‘rini o‘ldirgan odam aybdor emas. Agar o‘g‘irlik kunduzi sodir bo‘lsa, qon to‘kkan odam aybdor bo‘ladi.
5. Agar birortasi birovning dalasiga yoki uzumzoriga chorvasini o‘tlatgani qo‘yib yuborsa, chorva ekinzorni yoki uzumzorni payhon qilsa, chorva egasi o‘zining dalasidan yoki uzumzoridan yaxshi hosilini dalaning egasiga qaytarib berishi lozim.
6. Agar birortasi olov yoqsa, olov changalzor bo‘ylab birovning dalasiga o‘tib, o‘sayotgan donni yoki o‘rib, bog‘lab qo‘yilgan g‘allani yondirib yuborsa, olov yoqqan odam hamma zararni qoplashi lozim.
7. Birortasi pulini yoki buyumini qo‘shnisiga saqlash uchun bersa, ammo shular qo‘shnisining uyidan o‘g‘irlanib, o‘g‘ri topilsa, o‘g‘ri ikki baravar qilib to‘lashi kerak.
8. O‘g‘ri topilmasa, uy egasi hakamlar huzuriga kelib: — Qo‘shnimning mulkiga qo‘limni tekkizmaganman, — deb qasam ichsin.
9. Kimdir yo‘qotib qo‘ygan biror buyumi, moli, eshagi, qo‘yi, kiyimi to‘g‘risida qo‘shnisi bilan janjallashib qolsa, bu meniki, deb da’vo qilsa, ikkovi ham, ajrim qilamiz, deb hakamlar huzuriga borsin. Hakamlar aybdor deb topgan odam buyum egasiga ikki baravar tovon to‘lashi kerak.
10. Birortasi qo‘shnisiga eshagini yo molini yoki qo‘yini yoxud boshqa hayvonini qarab turgani bersa–yu, o‘sha hayvon o‘lib qolsa, yoki shikastlansa, yoki o‘g‘irlab olib ketilgan bo‘lsa, lekin guvoh bo‘lmasa,
11. olgan odam hayvon egasiga shunday qasam ichsin: — Xudo haqi, sening mulkingga qo‘limni tekkizmaganman. Hayvon egasi qasamga ishonsin, qo‘shnisi tovon to‘lamasin.
12. Ammo olgan odamnikidan o‘sha hayvon o‘g‘irlangan bo‘lsa, u hayvon egasiga tovon to‘lashi lozim.
13. Agarda hayvonni biror yirtqich tilka–pora qilgan bo‘lsa, dalil qilib burdalarini ko‘rsatsin. Burdalangan bo‘laklari uchun u tovon to‘lamaydi.
14. Birortasi boshqasining hayvonini so‘rab olgan bo‘lsa–yu, hayvon shikastlansa yoki o‘lsa, lekin o‘sha paytda egasi hayvonning oldida bo‘lmasa, so‘rab olgan odam hayvon uchun tovon to‘lasin.
15. Agar o‘shanda egasi o‘z hayvoni yonida bo‘lsa, tovon to‘lamasin. Agar hayvon yollab olingan bo‘lsa, yollangan bahosi to‘lansin.
16. Kimki voyaga yetgan va unashtirilmagan qizni zo‘rlab, u bilan yotsa, o‘sha odam u qiz uchun qalin bersin, o‘sha qizga uylansin.
17. Agar otasi qizni o‘sha odamga berishga rozi bo‘lmasa, o‘sha odam voyaga yetgan qizlarga beriladigan miqdordagi pulni qizning oilasiga to‘lasin.
18. Jodugarlarni tirik qoldirmanglar.
19. Hayvon bilan jinsiy aloqa qilgan odamning jazosi o‘limdir.
20. Faqat Men, Egangizdan, boshqa xudolarga qurbonlik keltirgan odamni o‘limga hukm qilinglar.
21. Musofirni ezib, unga zulm o‘tkazmanglar. O‘zlaringiz ham Misrda musofir bo‘lgan edingizlar.
22. Bevalarga va yetimlarga jabr qilmanglar.
23. Agar shunday qilsangiz, ular Menga yolvoradilar. Men ularning nolalarini eshitaman.
24. Men qattiq g‘azablanib, erkaklaringizga qirg‘in keltiraman. Oqibatda xotinlaringiz beva, bolalaringiz yetim bo‘lib qoladi.
25. Mening xalqimdan birorta kambag‘alga qarz bersangiz, qarz beruvchi sifatida uni siquvga olmanglar, undan foiz talab qilmanglar.
26. Agar qo‘shningizning to‘nini garovga olgan bo‘lsangiz, kun botmasdan oldin to‘nini qaytarib bering.
27. O‘sha to‘n qo‘shningizning bittayu bitta yopinchig‘idir. Bo‘lmasa, qo‘shningiz nimani yopinib uxlaydi?! U Menga yolvorganda, eshitaman. Men rahmdilman.
28. Meni, Xudoyingizni, xo‘rlamanglar, oqsoqollaringizdan birontasini ham qarg‘amanglar.
29. Xirmoningizning hosilidan, zaytun moyi va sharobdan Menga nazr qilishni kechiktirmanglar. To‘ng‘ich o‘g‘illaringizni Menga bag‘ishlanglar.
30. Mol va qo‘y– echkilaringizning birinchi erkak bolasini ham Menga bag‘ishlanglar. Ular yetti kun onasi bilan bo‘lsin, sakkizinchi kuni esa ularni Menga nazr qilinglar.
31. Sizlar Mening muqaddas xalqim bo‘linglar. Dalada yirtqich tilka–pora qilgan hayvonning go‘shtini o‘zlaringiz yemanglar, itlarga beringlar.
1. Yolg‘on xabarlar tarqatmanglar. Yolg‘on guvohlik berish orqali fosiq odamlarga qo‘shilmanglar.
2. Ko‘pchilik noto‘g‘ri ish qilganda yoki ular adolatdan chetga chiqib guvohlik berganlarida, ularga ergashmanglar.
3. Kambag‘alni hukm qilayotganda ham kambag‘al, deb uning tarafini olmang.
4. Agar dushmaningizning yo‘qolib qolgan ho‘kizini yoki eshagini topib olsangiz, egasiga olib borib bering.
5. Dushmaningizning eshagi yuk og‘irligidan yiqilib qolsa, siz uni ko‘rgan bo‘lsangiz, dushmaningizni tashlab ketmang. Unga yordam bering.
6. Hukmda kambag‘alga qarshi adolatdan ko‘z yummang.
7. Tuhmatchilardan uzoq turinglar, aybsiz, to‘g‘ri odamni o‘limga hukm qilmanglar. Men bunday ish qilgan aybdorlarni hukmda oqlamayman.
8. Pora olmanglar. Pora tufayli ko‘zi ochiqlarning ko‘zini yog‘ bosadi. Pora har doim to‘g‘ri odamlarning ishiga zarar yetkazadi.
9. Musofirga zulm qilmanglar. O‘zlaringiz Misrda musofir bo‘lgan edingizlar, shu bois musofirning ahvolini bilasizlar.
10. Olti yil dalangizga urug‘ sepib, hosilini yig‘ishtirib oling.
11. Yettinchi yili esa yeringizni bo‘sh qoldiring, dam bering. Xalqingiz orasidagi kambag‘allar yeringizdan o‘sib chiqadigan hosildan biron yegulik topib yesin. Ulardan qolganini esa dasht hayvonlari yesin. Uzumzoringizni va zaytunzoringizni ham shunday qilinglar.
12. Olti kun ish qilinglar, yettinchi kun esa ishlamanglar, toki ho‘kizlaringiz, eshaklaringiz ham ishdan tinsin, qullaringiz, musofirlar ham orom olsin.
13. Men sizlarga bergan amrlarimga rioya qilinglar. Boshqa xudolarning nomlarini hech qachon gapirmanglar. Boshqa xudolarning nomlarini hatto tilga olmanglar.
14. Menga atab yilda uch marta bayram qilinglar:
15. Abib oyining belgilangan vaqtida xamirturushsiz non bayramini nishonlanglar. Sizlar o‘sha oyda Misrdan chiqqansizlar. Men sizlarga amr etganimday, yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim.
16. Bug‘doy o‘rimini yig‘ishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urug‘ning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini nishonlanglar. Kuzda daladagi hamma hosilingizni yig‘ishtirib bo‘lganingizda, Chayla bayramini nishonlanglar.
17. Hamma erkaklar har yili shu uchala bayramda Men, Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin.
18. Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qo‘shilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Qilingan qurbonlikning yog‘ini ertalabga qoldirmay kuydiringlar.
19. Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar. Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar.
20. Sizlarni yo‘lda muhofaza etsin, sizlarni Men tayyorlagan yerga olib borsin, deb oldingizda farishtani yuboryapman.
21. Men unda zohir bo‘lganim uchun, unga e’tibor qilinglar, uning so‘zlariga quloq solinglar. Unga o‘jarlik qilmanglar, aks holda u o‘jarligingizni kechirmaydi.
22. Agar farishtamning aytganlariga diqqat bilan quloq solsangiz, Mening amrlarimga itoat etsangiz, dushmanlaringizga dushman, raqibingizga raqib bo‘laman.
23. Farishtam oldingizda borib, sizlarni Amor, Xet, Pariz, Kan’on, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga boshlab boradi. Men o‘sha xalqlarni yo‘q qilaman.
24. Ularning xudolariga sajda qilmanglar, xizmat qilmanglar. Bu xalqlarning odatlariga taqlid qilmanglar. Ularning xudolarini yo‘q qilinglar, butsimon toshlarini sindirib tashlanglar.
25. Faqat Men, Egangiz Xudogagina, xizmat qilinglar. Shunda Men osh–suvingizni barakali qilaman, orangizdan xastaliklarni yo‘q qilaman.
26. Yurtingizda homilasi tushib qolgan yoki befarzand ayol bo‘lmaydi. Men umringizni uzoq qilaman.
27. Sizlarga qarshi bo‘lgan xalqlarni Mendan qo‘rqadigan qilaman. Sizlarga qarshi jang qiladigan xalqlarni sarosimaga solaman. Dushmanlaringizning hammasini oldingizdan qochiraman.
28. Men Xiv, Kan’on va Xet xalqlarini vahimaga solib, arilar galasi singari oldingizdan quvaman.
29. Men bir yil ichidayoq ularni oldingizdan haydamayman. Bo‘lmasa, o‘sha yurt bo‘m–bo‘sh bo‘lib qoladi. Dasht hayvonlari sizlardan ko‘payib ketadi.
30. Sizlar ko‘payib, o‘sha yurtni butunlay egallab olguningizcha, u yerdagi xalqlarni oz–ozdan oldingizdan haydayman.
31. Chegaralaringizni Qizil dengizdan O‘rta yer dengizigacha, sahrodan Furot daryosigacha kengaytiraman. Sizlarni shu yurtning xalqlaridan qudratli qilaman. Sizlar ularni oldingizdan quvasizlar.
32. Ularning o‘zlari bilan ham, xudolari bilan ham ahd qilmanglar.
33. U xalqlar sizning yurtingizda yashamasin. Bo‘lmasa ular sizni o‘zlarining xudolariga sajda qildirib, Menga qarshi gunohga boshlaydi. Bu yo‘l bilan sizlarni tuzog‘iga ilintirib oladi.”
1. Shundan keyin Egamiz Musoga dedi: — Sen Horunni va uning ikki o‘g‘li Nadov bilan Abihuni, Isroilning yetmishta oqsoqolini Mening huzurimga olib kelinglar. Keyin uzoqdan sajda qilinglar.
2. Menga faqat sen yaqin kelgin, boshqa hech kim yaqin kelmasin. Xalq esa sizlar bilan birga chiqmasin.
3. Muso kelib, Egamizning hamma amrlarini, hamma qonun–qoidalarini xalqqa aytib berdi. Xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deya javob berdi.
4. Muso Egamizning hamma amrlarini va qonun–qoidalarini yozdi. So‘ng ertasi kuni tongda turib, tog‘ etagiga qurbongoh qurdi. O‘n ikki Isroil qabilasining miqdoriga ko‘ra, o‘n ikkita tosh o‘rnatdi.
5. Muso Isroil xalqi orasidan yosh yigitlarni qurbonliklar keltirgani yubordi. Ular Egamizga kuydiriladigan qurbonliklar qilishdi. Buqalarni tinchlik qurbonliklari qilishdi.
6. Muso qonning yarmini tog‘oraga quydi, qolgan yarmini esa qurbongohga sepdi.
7. So‘ngra u Ahd kitobini olib, xalqqa ovoz chiqarib o‘qib berdi. Shunda xalq: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz, Unga itoat qilamiz”, — dedi.
8. Muso tog‘oradagi qonni oldi–da, xalqqa sepib: “Ana shu so‘zlarga muvofiq, shu qon Egamiz sizlar bilan qilgan ahdni tasdiqlaydi”, — dedi.
9. Shundan keyin Muso, Horun, Nadov, Abihu va Isroilning yetmishta oqsoqoli toqqa chiqishib,
10. u yerda Isroil xalqining Xudosini ko‘rdilar: Uning oyoqlari ostida zangori yoqutdan qilingan koshin polga o‘xshash bir narsa bor edi. U osmon kabi havorang yaltiroq edi.
11. Isroil xalqining bu yo‘lboshchilari Xudoni ko‘rgan bo‘lsalar–da, Xudo ularni o‘ldirmadi. Ular o‘sha yerda qurbonlik go‘shtini tanovul qildilar.
12. Keyin Egamiz Musoga aytdi: — Toqqa Mening oldimga chiqib, shu yerda tur. Men senga amr va qonunlar yozilgan ikkita tosh lavhani beraman. Bu amr va qonunlarni xalq o‘rgansin, deb yozdim.
13. Muso bilan uning shogirdi Yoshua otlanishdi. Muso Xudoning muqaddas tog‘iga ketayotib,
14. oqsoqollarga aytdi: — Yonlaringizga qaytib kelgunimizcha shu yerda — qarorgohda kutib turinglar. Horun bilan Xur sizlarning yoningizda qoladi. Kimning ishi bo‘lsa, ularga murojaat etsin.
15. Muso toqqa chiqqanda, tog‘ni bulut qopladi.
16. Egamiz ulug‘vorligini zohir qilib, Sinay tog‘iga tushdi. Olti kun davomida bulut tog‘ni qoplab turdi. Yettinchi kuni Egamiz bulut orasidan Musoni chaqirdi.
17. Egamizning ulug‘vorligi tog‘ cho‘qqisida lovullayotgan alanga kabi Isroil xalqi ko‘zi o‘ngida zohir bo‘lib turardi.
18. Muso bulut orasida yurib, tog‘ cho‘qqisiga chiqdi. Muso tog‘da qirq kechayu qirq kunduz qoldi.
1. Egamiz Sinay tog‘ida Musoga dedi:
2. “Isroil xalqiga, Egamizganazr qilinglar, deb ayt. Menga chin ko‘ngildan nazr qilgan odamning nazrini qabul qil.
3. Quyidagilar sen ulardan qabul qilib oladigan nazrlardir: oltin, kumush, bronza,
4. ko‘k, safsar, qirmizi rangli ip, mayin zig‘ir matosi, echki juni,
5. qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisi, yumshoq teri, akas yog‘ochi,
6. moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushbo‘y hidli tutatqi uchun ziravorlar,
7. efodga taqiladigan aqiq va ko‘krakpechga taqiladigan boshqa qimmatbaho toshlar.
8. Isroil xalqi Men uchun muqaddas maskan barpo qilishsin, toki Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilayin.
9. Bu Muqaddas chodirni va uning hamma jihozlarini Men senga ko‘rsatadigan namunaga muvofiq yasat.
10. Akas yog‘ochidan sandiq yasat. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak bo‘lsin.
11. Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplat. Aylanasiga oltin gulchambar qildir.
12. Sandiq uchun eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasatib, to‘rtala oyog‘iga mahkamlat: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida bo‘lsin.
13. Keyin akas yog‘ochidan xodalar yasatib, xodalarni oltin bilan qoplat.
14. Xodalarni sandiqning ikkala tomonidagi halqadan o‘tkaz, toki xodalar yordamida sandiqni ko‘tarib yurishsin.
15. Xodalar sandiqning halqalaridan ayirib olinmasin, doimo tursin.
16. Men senga beradigan ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani sandiqqa solib qo‘y.
17. Toza oltindan sandiqning qopqog‘ini yasat. Bu qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak bo‘lsin.
18. Shu bilan birga, oltindan ikkita karub yasat: ikkala karubni ham qopqoqning ikki chetiga zarb urib yasat.
19. Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida bo‘lib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qilsin.
20. Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib tursin. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan bo‘lsin.
21. Qopqoqni sandiqning ustiga qo‘y. Men senga beradigan ikkita tosh lavhani sandiqqa sol.
22. Ahd sandig‘i ustida Men sen bilan uchrashaman. Karublar o‘rtasidagi gunohdan poklash joyi tepasidan Men senga gapirib, Isroil xalqi uchun hamma amrlarimni senga beraman.
23. Akas yog‘ochidan xontaxta yasat. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak bo‘lsin.
24. Xontaxtani toza oltin bilan qoplatib, chetlariga aylantirib oltin gulchambar yasat.
25. Yana xontaxtaning atrofi bo‘ylab to‘rt enli qilib oltin bilan qoplangan taxta qildirib, uni xontaxta oyoqlariga mahkamlat. Oltin gulchambarni xontaxtaning aylanasi bo‘ylab taxta ustiga qildir.
26. Yana to‘rtta oltin halqa yasatib, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — to‘rtala burchagidagi to‘rtala oyog‘iga o‘rnashtir.
27. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat.
28. Bu yog‘ochlarni halqalardan o‘tkazib, xontaxtani ko‘tarib yurish uchun foydalan.
29. Xontaxtaga qo‘yiladigan lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun ko‘za va kosalar yasat. Bu buyumlarni toza oltindan yasat.
30. Mening huzurimdagi xontaxtada doim muqaddas nonlar tursin.
31. Toza, zarb qilingan oltindan chiroqpoya yasat. Butun chiroqpoya va uning bezaklari bir butun qilib yasalsin. Chiroqpoyaning tagligi, tanasi, kurtakli gulga o‘xshash shakldagi piyolalari bo‘lsin.
32. Yana chiroqpoyaning tanasidan oltita shoxcha chiqarilsin: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarilsin.
33. Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi uchta piyola bo‘lsin.
34. Chiroqpoyaning tanasida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi to‘rtta piyola bo‘lsin.
35. Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib tursin.
36. Chiroqpoya, shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib zarb qilingan toza oltinning yaxlit bo‘lagidan yasalishi lozim.
37. Chiroqpoyaga yettita moychiroq yasatib, unga hammasini o‘rnashtir, toki moychiroqlar chiroqpoyaning old tomonini yoritib tursin.
38. Moychiroqlarga qarab turish uchun toza oltindan qisqichlar va patnislar yasat.
39. Chiroqpoyani va bu buyumlarni ikki pud toza oltindan yasashsin.
40. Ehtiyot bo‘l, o‘sha hamma buyumlarni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatgan namunaga muvofiq yasat.
1. Endi Muqaddas chodirning o‘ziga kelsak, uning ichki qavatini qildir. U mayin zig‘ir matosidan tikilgan o‘nta choyshabdan iborat bo‘lsin. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlatib, bu choyshablarni bezattir.
2. Har bir choyshabning bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak bo‘lsin. Hamma choyshablarning o‘lchovi bir xil bo‘lsin.
3. Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir– biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir.
4. Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga ko‘k matodan qilingan elliktadan halqa tiktir.
5. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga ro‘parama–ro‘para bo‘lsin.
6. Keyin oltindan ellikta ilgak yasattir, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda chodirning ichki qavati bir butun bo‘ladi.
7. Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan o‘n bitta choyshab tiktir.
8. Har bitta choyshabning bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak bo‘lsin. O‘n bitta choyshabning hammasi bir o‘lchovda bo‘lsin.
9. Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir– biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir.
10. Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga ko‘k matodan qilingan elliktadan halqa tiktir.
11. Keyin bronzadan ellikta ilgak yasat, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda chodirning qoplamasi bir butun bo‘ladi. Chodir ustiga qoplamani tashlaganlaringizda, chodirga kiraverishning yuqorisida oltinchisini uzunasi bo‘ylab ikki bukla.
12. Qoplamaning bo‘yidan qolgan ikki tirsagi chodirning orqasida yerga yoyiladi.
13. Qoplamaning eni oxiridagi qo‘shimcha bir tirsak chodirning ikki yonboshida yerga osilib turadi va uni butunlay qoplaydi.
14. Bu qoplama ustiga qo‘yish uchun qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan qoplama, so‘ng yumshoq teridan tashqi qoplama qildir.
15. Akas yog‘ochidan Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar yasat.
16. Har bir romning bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak bo‘lsin.
17. Har bir romning ostida bir–biriga parallel bo‘lgan ikkita tirgak yasat.
18. Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasat.
19. Bu romlar ostiga qo‘yish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildir, toki har bir tirgak ostida bitta taglik bo‘lsin.
20. Chodirning shimol tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasat.
21. Har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan — qirqta kumush taglik yasat.
22. Chodirning orqadagi — g‘arb tomonidagi devor uchun oltita rom,
23. chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasat.
24. Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtir. Bitta burchak hosil qilish uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtir. Bu har ikkala burchak shu yo‘l bilan hosil qilinadi.
25. Shunday qilib, har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan — o‘n oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor qilinadi.
26. Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yog‘ochidan beshta tamba,
27. shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — g‘arb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasat.
28. Romlarning yarmigacha o‘rnashtirilgan o‘rtadagi tambalar chodirning boshidan oxirigacha cho‘ziladi.
29. Romlarni oltin bilan qoplatib, tambalarni ushlab tursin, deb oltin halqalarni romlarga birlashtir, tambalarni ham oltin bilan qoplat.
30. Chodirni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatgan namuna bo‘yicha o‘rnashtir.
31. Mayin zig‘ir matosidan tikilgan ichki pardani qildir. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlatib, bu pardani bezattir.
32. Akas yog‘ochidan to‘rtta ustun yasat. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Kumush taglikka ustunlarni bittadan o‘rnashtir va ichki pardani ustundagi ilgaklarga osdir.
33. Ichki parda chodir shipidagi ilgaklar ostida osilib tursin. Ahd sandig‘i ichki pardaning orqasiga olib kirilsin. Ichki parda Muqaddas xonaniEng muqaddas xonadan ajratib turadi.
34. Sandiqning qopqog‘i Eng muqaddas xonaga olib kirilsin, uni ahd sandig‘i ustiga qo‘ydir.
35. Xontaxtani chodirning shimol tomoniga — ichki pardaning tashqarisiga qo‘ydir. Chiroqpoyani esa chodirning janub tomoniga — ichki pardaning tashqarisidagi xontaxtaning ro‘parasiga o‘rnat.
36. Chodirga kirish joyi uchun mayin zig‘ir matosidan tikilgan parda qildir. Uni ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tiktirib bezattir.
37. Akas yog‘ochidan beshta ustun yasat, toki pardani ushlab tursin. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Eritilgan bronzadan ustunlar ostiga qo‘yish uchun beshta taglik yasat.
1. Akas yog‘ochidan to‘rtburchak qilib qurbongoh yasat. Qurbongohning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, bo‘yi uch tirsak bo‘lsin.
2. Qurbongohning to‘rtala burchagiga o‘zidan yo‘nib chiqarilgan shox yasat. Qurbongoh va uning shoxlarini bronza bilan qoplat.
3. Qurbongohdagi kulni to‘kkani qozonlar, kuraklar, tog‘orachalar, sanchqilar, olovkuraklar yasat. Hamma buyumlarni bronzadan qildir.
4. Qurbongohga bronzadan panjara yasat. Panjaraning to‘rtala burchagiga to‘rtta bronza halqa yasat.
5. Panjarani qurbongohning ichiga — o‘rnatilgan bo‘rtiqning ostida o‘rnat, yarmigacha yetib borsin.
6. Yana qurbongoh uchun akas yog‘ochidan xodalar yasatib, xodalarni bronza bilan qoplat.
7. Qurbongohni ko‘tarib yurish uchun qurbongohning ikkala yonidagi halqalardan xodalarni o‘tkaz.
8. Qurbongohning chetlariga taxta qoqtirib, ichini bo‘sh qoldir. Qurbongohni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatganimday qilib yasattir.
9. So‘ngra Muqaddas chodirning hovlisini o‘rab tursin, deb pardadan to‘siq qildir: to‘sib turadigan pardalarni mayin zig‘ir matosidan qildir. Hovlining janub tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi yuz tirsak bo‘lsin.
10. O‘sha to‘siqda bronzadan qilingan yigirmata taglikka o‘rnatilgan yigirmata ustun bo‘lsin. Shu yerdagi pardalarni ushlab turish uchun ustunlarga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat.
11. Hovlining shimol tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ham yuz tirsak, uning yigirmata ustuni va bronzadan qilingan tagligi ham bo‘lsin. Uning pardalarini ushlab turish uchun ustunlariga ham kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat.
12. Hovlining g‘arb tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ellik tirsak, uning o‘nta ustuni va tagligi bo‘lsin.
13. Hovlining sharq tomoni ellik tirsak kenglikda bo‘lsin.
14. -
15. Hovliga kirish joyi shu yer bo‘ladi. Kirishning o‘ng va chap tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi o‘n besh tirsakdan, har ikki tomonda uchtadan ustun va tagliklar bo‘lsin.
16. Hovliga kirish joyiga uzunligi yigirma tirsak bo‘lgan parda qildir. Uni mayin zig‘ir matosidan qildirib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tiktirib bezattir. Bu pardani to‘rtta taglikka o‘rnatilgan to‘rtta ustun tirab turadi.
17. Hovlining atrofidagi hamma ustunlarning kumushdan qilingan ilgaklari va halqalari, bronzadan qilingan tagliklari bo‘lsin.
18. Hovlining uzunligi yuz tirsak, eni ellik tirsak[155] bo‘lsin. To‘sib turadigan pardalar mayin zig‘ir matosidan qilinib, bo‘yi besh tirsak bo‘lsin. Tagliklar bronzadan bo‘lsin.
19. Muqaddas chodirning boshqa barcha zarur ashyolari, chodirni va pardadan qilingan to‘siqni ushlab turadigan qoziq ham bronzadan qilinsin.
20. Sen Isroil xalqiga buyruq ber: chiroqpoya uchun eng sifatli zaytun moyini ular senga olib kelib turishsin, toki moychiroqlar har doim tun bo‘yi yonib tursin.
21. MoychiroqlarUchrashuv chodiridaahd sandig‘i oldida osilib turadigan ichki pardaning tashqarisida bo‘lsin. Horun va uning o‘g‘illari, har kuni oqshomdan ertalabgacha Egamizning huzurida moychiroqlar yonib tursin, deb moychiroqlardan xabar olib turishsin. Bu qonun–qoidaga Isroil xalqi avlodlar osha doimo itoat qilib borsin.
1. Isroil xalqi orasidan akang Horunni va u bilan birga uning o‘g‘illarini yoningga chaqir. Horun ham, uning o‘g‘illari Nadov, Abihu, Elazar, Itamar ham ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishsin.
2. Akang Horunni hurmatli va ko‘rkam qilish uchun unga muqaddas ruhoniylik liboslarini tayyorlat.
3. Men qobiliyat ato qilgan hamma mohir ustalarga ayt. Ular Horunga quyidagi ruhoniylik liboslarini tikishsin:
4. ko‘krakpech, efod, rido, naqshli ko‘ylak, salla va belbog‘. Horun Menga xizmat qilganda, bu liboslar uni muqaddas qilib boshqalardan ajratib turadi. Horun o‘g‘illari kiyishlari uchun ularga muqaddas liboslar tiktir, toki ular ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilganlarida, bu liboslarni kiyishsin.
5. Ular bu liboslarni mayin zig‘ir matosidan tikib, ko‘k, safsar, qirmizi iplar va oltin bilan bezatishsin.
6. Efodni mayin zig‘ir matosidan yasatib, ko‘k, safsar, qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldir.
7. U bir– biriga ikkita yelka bog‘ichi bilan bog‘langan old va orqa qismlardan iborat bo‘lsin.
8. Kamar yasatib, uni efodga bog‘lat. Kamarni ham mayin zig‘ir matosidan qildir. Unga ko‘k, safsar, qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldir.
9. Keyin ikkita aqiq tosh olib, usta qimmatbaho toshga muhr o‘yadiganday, bu toshlarga Isroil o‘g‘illarining ismini o‘yib yozdir.
10. Bitta toshga Isroil o‘g‘illaridan oltitasining ismini, ikkinchi toshga qolgan oltitasining ismini yoshi bo‘yicha yozdir.
11. Yozilgan toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalar ichiga qo‘ydirib,
12. efodning yelka bog‘ichlariga o‘rnashtir. Horun Men, Egangizning huzuriga kirganda, Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turish uchun ikkala yelkasida bu toshlarni olib yuradi.
13. Yana ikkita naqshli, oltin uya va
14. toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjir yasat. Bu ikkala zanjirning bir uchi uyaga mahkamlanadi.
15. Oliy ruhoniy uchun ko‘krakpech yasat. U hukm qilayotganda, Xudoning xohishini bilish uchun foydalanadi. Ko‘krakpechni, efod singari, mayin zig‘ir matosidan yasatib, ko‘k, safsar va qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldir.
16. Ko‘krakpechni to‘rtburchak xalta shaklida, ikki buklangan, bo‘yi bir qarich, eniga ham bir qarich qilib yasat.
17. Ko‘krakpechga to‘rt qator toshni to‘g‘ri qilib terdir: qizil yoqut, xrizolit va zumrad toshlarni birinchi qatorga terdir.
18. Ikkinchi qatorga firuza, zangori yoqut va olmosni terdir.
19. Uchinchi qatorga lojuvard, agat va ametist toshlarni terdir.
20. To‘rtinchi qatorga topaz, aqiq va yashma toshlarni terdir. Hamma toshlar oltindan qilingan naqshli uyalarga o‘rnashtirilsin.
21. Bu o‘n ikki tosh Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turadi. Muhr o‘yganday qilib, Isroilning o‘n ikki o‘g‘lidan har birining ismini bu toshlarning har biriga o‘yib yozdir.
22. -
23. Ikkita oltin halqa yasatib, ko‘krakpechning ikkala ustki burchaklariga mahkamlat. Toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjirni ol.
24. Ikkala zanjirning bir uchini ko‘krakpechdagi halqalarga bog‘lat,
25. ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamlat. Uyalarni efodning old tomonidagi yelka bog‘ichlariga o‘rnashtir.
26. -
27. Yana oltindan to‘rtta halqa yasat. Ikkitasini ko‘krakpechning ostki burchaklariga — efodga yaqin bo‘lgan ichki qirg‘og‘iga mahkamlat. Ikkitasini efodning old tomoniga, ikkala yelka bog‘ichining pastiga — naqshli kamar ustidagi joyga mahkamlat.
28. Ko‘krakpech efodning naqshli kamari ustida bo‘lsin, efoddan osilib turmasin, deb ko‘krakpech halqalari yordamida efodning halqalariga ko‘k bog‘ich bilan mahkamlanadi.
29. Horun har safar Muqaddas xonaga kirganda ko‘krakpechdagi o‘n ikki Isroil qabilasining ismini yuragi tepasida ko‘tarib yuradi. Shunday qilib, Horun Men, Egangizning huzurida bo‘lganda, ko‘krakpech doimo eslatib turadigan vazifani bajaradi.
30. Urim va Tummimni ko‘krakpech xaltasining ichiga sol, toki Horun Mening huzurimga kirganda, xalqim uchun Mening xohishimni bilgani foydalaniladigan o‘sha narsalarni doimo yuragi tepasida ko‘tarib yursin.
31. Efodning ridosini ko‘k ipdan to‘qilgan matodan tikdir.
32. Ridoning o‘rtasidan bosh sig‘adigan teshik qildir. Rido yirtilib ketmasligi uchun teshikning qirg‘og‘ini to‘qit.
33. Rido etagining uchiga aylanasi bo‘ylab anor shaklini va qo‘ng‘iroqchalarni birin–ketin qilib bittama–bitta ostirib chiq.
34. Anor shaklini ko‘k, safsar, qirmizi ipdan qildir. Oltin qo‘ng‘iroqchalarni anor shakli oralariga ostir.
35. Horun o‘ldirilmasligi uchun Men, Egangizning huzurida oliy ruhoniy bo‘lib, xizmat qilganda, u shu ridoni kiyishi kerak. U Muqaddas xonaga kirganda va u yerda bo‘lganda, ridoning qo‘ng‘iroqchalari chalinadi, Horun xavf–xatardan yiroq bo‘ladi.
36. Keyin toza oltindan lavha yasat. Lavhaning yuzasiga muhr o‘yganday qilib, “Egamizga bag‘ishlangan”, deb o‘yib yozdir.
37. Lavhani ko‘k bog‘ich bilan sallaning old tomoniga mahkamlat.
38. Isroil xalqining ehsonlari Menga qabul bo‘lishi uchun, Horun doimo o‘z ruhoniylik vazifasini bajarganda, lavhani peshanasida olib yursin. Isroil xalqi nazr qilganda, Horunning nazrlarga oid gunohni yuvish vazifasining ramzi shu lavha bo‘ladi.
39. Horunning ko‘ylagini va sallasini mayin zig‘ir matosidan qildir, ko‘ylagiga naqsh soldir. Belbog‘ini chiroyli, naqshli matodan yasat.
40. Horunning o‘g‘illarini hurmatli va ko‘rkam qilish uchun ularga ko‘ylaklar, belbog‘lar, peshanabog‘lar tiktir.
41. Akang Horun va uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishlari uchun ularni bag‘ishla: bu liboslarni ularga kiygizib, moy surt, ularni ruhoniy qilib tayinla.
42. Tananing ochiq joylari ko‘rinib qolmasin, deb yana ularga zig‘ir matosidan ishtonlar tiktir. Kiyimlar ularning belidan sonigacha yopib tursin.
43. Horun va uning o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki Muqaddas xonada xizmat qilish uchun qurbongohga yaqinlashganlarida, shu ichki kiyimlarni kiyib olsin. Shunda Horun va uning o‘g‘illari ochiq joylarini berkitmagani uchun aybdor bo‘lib o‘ldirilmaydi. Horun va uning nasliga doimiy qonun–qoida ana shudir.
1. Horun bilan uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qiladilar. Shuning uchun ularni Menga bag‘ishlab, quyidagicha marosim o‘tkaz. Nuqsonsiz bitta buqani va ikkita qo‘chqor qo‘yni ol.
2. Sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nonlarni, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nonlarni va zaytunmoyi surtilgan xamirturushsiz chalpaklarni ham pishirtir.
3. Shundan keyin nonlarni savatga solib, buqa va ikkala qo‘chqor bilan birga Menga nazr qilib olib kel.
4. Horun bilan o‘g‘illarini Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kel. Hammalarini suv bilan yuv.
5. So‘ngra ruhoniylik liboslarini ol. Horunga ko‘ylakni va ridoni, efodni, ko‘krakpechni kiygiz. Efodning mahorat bilan naqsh solingan kamarini Horunga bog‘la.
6. Keyin Horunning boshiga sallani kiygizib, sallaning ustiga oltin lavhani — uni boshqalardan ajratib turadigan muqaddaslik ramzini o‘rnashtir.
7. Keyin Horunning boshiga sallani kiygizib, sallaning ustiga oltin lavhani — uni boshqalardan ajratib turadigan muqaddaslik ramzini o‘rnashtir.So‘ngra muqaddas qiladigan moyni olib, uning boshiga surt va uni Mening xizmatimga bag‘ishla.
8. Horunning o‘g‘illarini olib kelib, ularga ko‘ylakni kiygizib,
9. boshlariga peshanabog‘ bog‘la. Horun bilan o‘g‘illariga yana belbog‘ bog‘la. Doimiy qonun–qoida bo‘yicha ruhoniylik ularniki bo‘ladi. So‘ng Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinla.
10. Buqani Uchrashuv chodiri oldiga olib kel. Horun bilan o‘g‘illari esa buqaning boshiga qo‘llarini qo‘yishgach,
11. Uchrashuv chodiriga kiraverishda Men, Egangizning huzurida buqani so‘y.
12. Buqaning qonidan olib, barmog‘ing bilan qurbongohning shoxlariga qonni surt. Ortgan qonning hammasini esa qurbongohning yoniga to‘k.
13. Ichak–chovoqlarini qoplab turgan hamma yog‘larini, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larini olib, qurbongohda kuydir.
14. Buqaning go‘shtini, terisini, chiqindilarini qarorgohdan tashqariga olib chiqib kuydir. Bu gunoh qurbonligidir.
15. So‘ngra qo‘chqor qo‘yning bittasini olib kel. Horun bilan o‘g‘illari qo‘chqorning boshiga qo‘llarini qo‘yishgach,
16. qo‘chqorni so‘yib, qonidan olgin–da, qurbongohning to‘rtta yon tomoniga sep.
17. Qo‘chqorning tanasini bo‘laklab, ichak–chovoqlarini, oyoqlarini yuv. Qo‘chqorning bu a’zolarini bo‘laklangan tanasi va kallasi ustiga qo‘yib,
18. qo‘chqorni qurbongohda kuydir. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
19. Keyin ikkinchi qo‘chqor qo‘yni olib kel. Horun bilan o‘g‘illari qo‘llarini qo‘chqorning boshiga qo‘ygach,
20. qo‘chqorni so‘yib, qonini ol. So‘ngra Horun bilan o‘g‘illarining o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga, o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga qon surt. So‘ngra qurbongohning to‘rtta yon tomoniga qon sep.
21. Keyin qurbongohdagi qondan, muqaddas qiladigan moydan olib, Horun bilan o‘g‘illariga, hammalarining ruhoniylik liboslariga sep. Shunday qilib, Horun bilan o‘g‘illari, hammalarining liboslari muqaddas bo‘ladi.
22. Bu qo‘chqor Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladi. Shuning uchun qo‘chqor qo‘yning o‘ng sonini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan hamma yog‘larini, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larni ol.
23. Yana Men, Egangizning huzuridagi savatdan sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nondan bittasini, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nondan bittasini va zaytun moyi surtilgan xamirturushsiz chalpakdan bittasini ol.
24. Bularning hammasini Horunning va uning o‘g‘illarining qo‘llariga qo‘y. Bularni ular Men, Egangizga, bag‘ishlaganlarini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tarishsin.
25. So‘ngra bu hamma nazrlarni ularning qo‘llaridan olib, qurbongohda birinchi kuydiriladigan qo‘chqor bilan kuydir. Olovda kuydirilgan bu nazrlardan ham Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
26. So‘ngra ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladigan o‘sha ikkinchi qo‘chqorning to‘shini olib, Men, Egangizga, bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tar. Bunisi sening ulushing bo‘ladi.
27. Horun va uning o‘g‘illari Mening huzurimda ruhoniylikka tayinlanish marosimida qo‘chqorning yuqoriga ko‘tariladigan qismlari — to‘shi va soni muqaddas, deb qaraladi.
28. Kelgusida Isroil xalqi Men, Egangizga, tinchlik qurbonliklari qilganlarida, bu qismlar Horun va uning o‘g‘illariga doimiy ulush qilib berilsin.
29. Horunning muqaddas ruhoniylik liboslari o‘zidan keyin uning nasllariniki bo‘lsin. Horunning nasllariga shu liboslarda moy surtilib, shu liboslarda ular oliy ruhoniylikka tayinlanadilar.
30. Horunning o‘rniga oliy ruhoniy bo‘lib, Muqaddas xonada xizmat qilish uchun Uchrashuv chodiriga kiradigan o‘g‘li bu liboslarni yetti kun kiyib yursin.
31. Endi ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan qo‘chqor qo‘yning go‘shtini olib, muqaddas joyda qaynat.
32. Horun bilan o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kiraverishda qo‘chqor go‘shtidan va savatdagi nonlardan tanovul qilishsin.
33. Faqat ular bu go‘shtdan va nondan tanovul qila oladilar. Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash va bag‘ishlash marosimida ularni gunohdan poklash uchun o‘sha non va go‘shtdan foydalaniladi. Bu go‘sht va non muqaddas bo‘lgani uchun, ruhoniy bo‘lmagan odamlar bulardan tanovul qila olmaydi.
34. Agar ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan go‘shtdan va nonlar nazridan ertalabgacha qolsa, qolganlarini olovda kuydir. Bular muqaddas bo‘lgani uchun tanovul qilish mumkin emas.
35. Men senga amr etganimday, yetti kun davomida har kuni Horun va uning o‘g‘illari uchun ruhoniylikka tayinlanish marosimini takrorla.
36. Ularni gunohlaridan poklash uchun har kuni buqa qurbonlik qil. Qurbongohni poklash uchun marosim o‘tkaz. Qurbongohga moydan surtib, muqaddas qil.
37. Yetti kun davomida har kuni shunday qil. Ana shunda qurbongoh g‘oyat muqaddas bo‘ladi. Birontasi yoki biron narsa qurbongohga tegib ketganda ham, u muqaddas bo‘ladi.
38. Har kuni ikkita bir yoshli qo‘zini qurbongohda qurbonlik qilib kuydir.
39. Bitta qo‘zini ertalab, ikkinchisini kechqurun qurbonlik qil.
40. Har bir qo‘ziga qo‘shib, ikki kosa toza zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni don nazri qilib keltir.
41. Shu bilan birga, ikki kosa sharob nazrini ham keltir. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
42. Quydiriladigan bu ikki qurbonlik Men, Egangizning huzurida, Uchrashuv chodiriga kiraverishda avlodlar osha qilinsin. O‘sha yerda Men sen bilan uchrashib, gaplashaman.
43. Uchrashuv chodirida Men zohir bo‘lib, Isroil xalqi bilan uchrashaman, ulug‘vorligimdan bu joy muqaddas bo‘ladi.
44. Men Uchrashuv chodirini va qurbongohni muqaddas qilaman. Horun bilan o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishlari uchun ularni ham muqaddas qilaman.
45. Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman, ularning Xudosi bo‘laman.
46. Shunda Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilay, deb ularni Misr yurtidan olib chiqqan Egasi Xudo Men ekanligimni ular bilib oladilar. Men ularning Egasi Xudoman.
1. Tutatqi tutatish uchun akas yog‘ochidan qurbongoh yasat.
2. Qurbongoh to‘rtburchak, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak bo‘lsin. Qurbongohning shoxlari o‘zidan yo‘nib chiqarilsin.
3. Qurbongohning ustini, yon atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qoplat, aylanasi bo‘ylab oltindan gulchambar yasat.
4. -
5. Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa o‘rnashtir. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, qurbongohni ko‘tarib yurishda foydalan.
6. Tutatqi qurbongohiniahd sandig‘ining qopqog‘i oldida osilib turadigan ichki pardaning tashqarisiga qo‘ydir. Bu joy — sen bilan Men uchrashadigan joyning tashqarisida.
7. Horun har kuni ertalab o‘sha chiroqlardan xabar olganda bu qurbongohda xushbo‘y hidli tutatqi tutatsin.
8. U kechqurun chiroqlardan xabar olganda ham tutatqi tutatsin. Bu tutatqi nazrlari sizlarning avlodlaringiz osha Men, Egangizning huzurida har kuni tutatilishi lozim.
9. Bu qurbongohda faqat muqaddas tutatqini tutatinglar. Qurbongohda kuydiriladigan qurbonlik yoki don nazri qilmanglar, sharob nazri ham qilmanglar.
10. Horun bir yilda bir marta qurbongoh uchun poklash marosimini o‘tkazsin. Buning uchun gunoh qurbonligining qonidan qurbongohning to‘rtala shohiga surtib, qurbongohni poklasin. Bu marosim har yili avlodlar osha qilinishi lozim. Bu qurbongoh Men, Egangizga, bag‘ishlangan g‘oyat muqaddas qurbongohdir.”
11. So‘ngra Egamiz Musoga yana gapirdi:
12. “Isroilda katta bo‘lgan odamlarni sanaganingda, har bir odam sanoq paytida Men, Egangizga, himoya qiladigan to‘lov to‘lasin. Shunda sen ularni sanaganingda, ularga kulfat keltirmayman.
13. -
14. Yigirma va undan yuqori yoshdagi sanoqqa kiradigan har bir odam 1,25 misqol kumushdan Men, Egangizga, nazr qilishi lozim.
15. Ular o‘zlarini Mening hukmimdan himoya qiladigan nazrni qilganlarida, boy odam o‘shandan ko‘p bermasin, kambag‘al ham o‘shandan oz bermasin.
16. Bag‘ishlangan bu kumushni Uchrashuv chodirini yasash uchun sarf qil. Men, Egangizning huzurida bu kumush Isroil xalqiga hukmimdan himoya qiladigan nazr berilganini eslatib turadi.”
17. Egamiz Musoga yana gapirdi:
18. “Yuvinish uchun bronzadan qo‘lyuvgich yasat. Qo‘lyuvgichning tagligi ham bronzadan bo‘lsin. Qo‘lyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga o‘rnatib, unga suv quy.
19. Horun bilan uning o‘g‘illari qo‘lyuvgichdagi suv bilan qo‘llarini va oyoqlarini yuvishsin.
20. Ular Uchrashuv chodiriga kirayotganlarida, suvda yuvinishsin. Shunda ular nobud bo‘lmaydi. Yoki ular ruhoniy bo‘lib, qurbongohda kuydirgani nazrlar olib kelib Men, Egangizga, xizmat qilganlarida,
21. qo‘l–oyoqlarini suvda yuvishsin. Shunda ham ular nobud bo‘lmaydi. Bu Horun va uning nasllari uchun avlodlari osha saqlab olib o‘tish uchun doimiy qonundir.”
22. Egamiz Musoga yana aytdi:
23. “Quyidagi eng yaxshi xushbo‘y hidli ziravorlardan ol: 1250 misqol suyuq mirra, 625 misqol dolchin, 625 misqol qamish
24. va 1250 misqol kassiya. Sakkiz kosa zaytun moyi olib,
25. usta odam xushbo‘y hidli moy qilish uchun ziravorlarni moy bilan aralashtirsin. Bu muqaddas qiladigan moydir.
26. Bu moyni Uchrashuv chodiriga, ahd sandig‘iga,
27. xontaxtaga va xontaxtaning hamma buyumlariga, chiroqpoyaga va uning hamma buyumlariga, tutatqi qurbongohiga,
28. qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga, qo‘lyuvgichga va uning tagligiga surt.
29. Shu tariqa bu narsalarni Menga bag‘ishla. Shunda ular g‘oyat muqaddas bo‘ladi. Birontasi yoki biron narsa ularga tekkanda, muqaddas bo‘ladi.
30. So‘ng Horun bilan o‘g‘illariga bu moydan surtib, ularni bag‘ishla, toki ular ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishsin.
31. Isroil xalqiga esa Mening shu gapimni yetkaz: — Muqaddas qiladigan moy sizlarning butun avlodlaringiz osha Menga bag‘ishlansin.
32. Bu moy ruhoniy bo‘lmagan odamning tanasiga surtilmasligi kerak. Shu tarkibdagi moy aralashmasini sizlar tayyorlamanglar. Chunki bu moy muqaddasdir, sizlar buni muqaddas, deb qarashingiz lozim.
33. Kimki bunga o‘xshash hidli moyni tayyorlasa yoki bu moydan ruhoniy bo‘lmagan odam ustiga surtsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.”
34. Egamiz yana Musoga gapirdi: “Quyidagi xushbo‘y hidli ziravorlarni olib, ularni aralashtir: yelimdan qilingan ziravor, moluska qobig‘idan qilingan ziravor, xilvon.
35. So‘ngra usta odam toza xushbo‘y tutatqidan, xushbo‘y hidli aralashmadan bir o‘lchovda olsin. Ularni tuz bilan aralashtirib, toza, muqaddas bo‘ladigan tutatqi qilsin.
36. Bu tutatqidan bir qismini olib, mayda qilib tuy va Men sen bilan uchrashadigan Uchrashuv chodiridagi ahd sandig‘i oldiga qo‘y. Bu tutatqini sizlar g‘oyat muqaddas deb bilishingiz lozim.
37. O‘sha tarkibdagi tutatqi aralashmasini o‘zlaringiz uchun qilmanglar. Buni Men, Egangizga, bag‘ishlangan muqaddas tutatqi, deb qara.
38. Kimki tutatgani o‘zicha shunga o‘xshagan tutatqi qilsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.”
1. Egamiz Musoga yana gapirdi:
2. “Ana, Men Yahudo qabilasidan Urining o‘g‘li, Xurning nabirasi Bazalilni tanladim.
3. Men uni Ruhim bilan to‘ldirib, hunarmandchilikning hamma turi bo‘yicha mohir, idrokli qildim, qobiliyat ato qildim.
4. U ajoyib badiiy bezaklar qilishga, bezaklarga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga,
5. qimmatbaho toshlarni o‘yib ishlov berib jihozlashga, yog‘och o‘ymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatlidir.
6. Dan qabilasidan Oxisamax o‘g‘li Oxoliyovni unga yordamchi qilib tanladim. Men hamma hunarmandlarga lozim darajada qobiliyat ato qilganman. Men senga amr bergan quyidagi ashyolarni ular yasaydilar va tikadilar:
7. Uchrashuv chodirini, ahd sandig‘i va sandiqning qopqog‘ini, chodirning boshqa hamma jihozlari
8. — xontaxta, xontaxtaning buyumlari, toza oltindan chiroqpoya va chiroqpoyaning hamma buyumlarini, tutatqi qurbongohini,
9. qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh va qurbongohning hamma buyumlarini, qo‘lyuvgich va qo‘lyuvgichning tagligini,
10. ruhoniy Horun uchun ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslarni, uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, xizmat qilganlarida kiyadigan liboslarni,
11. muqaddas qiladigan moy va Muqaddas xona uchun xushbo‘y hidli tutatqini. Men senga qanday amr etgan bo‘lsam, ular xuddi shunday qilib bajarishsin.”
12. So‘ngra Egamiz Musoga aytdi:
13. — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Menga bag‘ishlangan Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar. Shabbat kuni — Men bilan Isroil xalqi o‘rtasidagi ahdning avlodlaringiz osha davom etadigan alomati. Shu orqali Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Sizlarni Men muqaddas qilib boshqalardan ajrataman.
14. Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar, bu kunni muqaddas deb bilinglar. Kimki bu kunni izzat qilmasa, o‘sha odamning jazosi o‘lim. Kimki o‘sha kuni ishlasa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.
15. Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun — Shabbat kuni esa hamma ishlardan tinib, Men, Egangizga, atab ajratilgan kundir. Shabbat kuni ishlaganning jazosi o‘limdir.
16. Isroil xalqi avlodlar osha Shabbat qonun–qoidalariga itoat etish orqali bu kunga rioya qilib yurishlari lozim.
17. Bu sen bilan Mening o‘rtamizdagi ahdning doimiy alomatidir, Men, Egangiz, olti kun davomida yer va osmonni yaratib, yettinchi kuni tinib, orom olganimni doimo eslatib turadi.”
18. Shunday qilib, Xudo Sinay tog‘ida Muso bilan gapini tugatib, ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani Musoga berdi. Bularni Xudoning O‘zi yozgan edi.
1. Muso tog‘da uzoq qolib ketdi. Xalq Musoning tog‘dan qaytib tushavermaganini ko‘rgach, Horunning yoniga yig‘ilishib, unga aytishdi: — Qani, bizga yo‘l ko‘rsatib boradigan xudo yasab ber. Bizni Misrdan olib chiqqan o‘sha odamga — Musoga nima bo‘lganini bilolmayapmiz.
2. Shunda Horun odamlarga: — Xotiningizning, o‘g‘lingizning, qizingizning quloqlaridagi oltin sirg‘alarni yechib olib, menga keltiringlar, — dedi.
3. Shundan keyin jamiki xalq quloqlaridagi oltin sirg‘alarni yechib, Horunga olib keldi.
4. Horun oltin sirg‘alarni ulardan olib, eritdi. U buqa yasadi, asbobdan foydalanib, oltin bilan qopladi. Keyin odamlar aytdilar: — Ey, Isroil! Mana bizni Misrdan olib chiqqan xudoyimiz!
5. Horun buni ko‘rgach, oltin buqaning oldiga qurbongoh qurdi. Keyin: “Ertaga Egangizga bag‘ishlangan bayram bo‘ladi”, deb e’lon qildi.
6. Ertasi kuni xalq saharda turib, kuydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini keltirdi. O‘tirib yeb–ichishgandan keyin ko‘ngilxushlik qilishdi.
7. Shunda Egamiz Musoga aytdi: — Hoziroq tush! O‘zing Misrdan olib chiqqan xalqing yo‘ldan ozdi.
8. Ular Men amr etgan yo‘ldan darrov og‘di. O‘zlariga buqaning tasvirini yasab, unga sajda qilib, qurbonliklar keltirib: “Ey, Isroil! Mana bizni Misrdan olib chiqqan xudoyimiz!” — dedilar.
9. Egamiz Musoga yana gapirdi: — O‘sha xalqning naqadar o‘jarligini ko‘rib turibman.
10. Endi Meni to‘xtataman, deb ovora bo‘lma, bu xalqqa shunaqangi g‘azabimni sochamanki, ularni qirib tashlayman. Ey, Muso, ularning o‘rniga sendan buyuk xalq yarataman.
11. Shunda Muso Egasi Xudoga: — Ey, Egam! Axir, bu xalqni buyuk kuch– qudrating bilan Misrdan O‘zing olib chiqqansan– ku! — deb yolvordi. — O‘z xalqingga O‘zing g‘azabingni sochmagin!
12. Misrliklar: “Egasi ularni yomon niyat bilan — tog‘larda o‘ldirish uchun, yer yuzidan qirib tashlash uchun bu yerdan olib chiqqan ekan”, deb aytishmasin! Qo‘ygin, bu niyatingdan qaytgin, g‘azabingni sochib, O‘z xalqingni qirib tashlamagin.
13. O‘z qullaring Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga aytganlaringni yodingda tutgin. Sen ularga: “Sizlarning naslingizni osmondagi yulduzlar singari ko‘paytiraman, Men va’da qilgan hamma yerni naslingizga beraman, ular o‘sha yurtga to abad egalik qiladi”, deb O‘z noming bilan ont ichgan eding–ku!
14. Shunday qilib, Egamiz niyatini o‘zgartirib, aytgan kulfatlarni O‘z xalqining boshiga keltirmaydigan bo‘ldi.
15. Muso qo‘lida ahdning amr va qonunlari — ikkala tomoniga ham yozuv bitilgan ikkita tosh lavhani olib, tog‘dan qaytib tushdi.
16. Lavhalar Xudoning ijodi bo‘lib, lavhalardagi yozuvni Xudo o‘yib bitgan edi.
17. Yoshua xalqning shovqin– suronini eshitib, Musoga: “Qarorgohda urush shovqin–suroni eshitilyapti”, deb aytdi.
18. Shunda Muso dedi: — Bu g‘oliblarning hayqirig‘i emas, mag‘lublarning faryodi ham emas, Eshitganim — ishratparastlar qo‘shig‘i.
19. Muso qarorgohga yaqinlashib, buqani, odamlarning ko‘ngilxushligini ko‘rdi. Shunda u g‘azablanib, tog‘ etagida qo‘lidagi lavhalarni uloqtirgan edi, lavhalar chilparchin bo‘ldi.
20. Muso Isroil xalqi yasagan buqani olib, olovda yoqdi. Uni ezib, kukun qildi–da, suvga sochdi. Suvni Isroil xalqiga ichirdi.
21. Muso Horunga: — Bu xalq senga nima qilgan ediki, ularni og‘ir gunohga botiribsan? — dedi.
22. — G‘azablanmang, hazratim, — dedi Horun unga. — Bu xalqning yomonlik qilishga moyilligini bilasiz–ku!
23. Ular menga: “Bizga yo‘l ko‘rsatib boradigan xudo yasab ber, bizni Misrdan olib chiqqan o‘sha odamga — Musoga nima bo‘lganini bilolmayapmiz”, deb aytishdi.
24. Men esa ularga: “Kimning oltin sirg‘alari bo‘lsa, ularni menga olib kelinglar”, degan edim, ular oltin sirg‘alarini olib, menga keltirdilar. Oltinlarni olovga tashlaganimda, olov ichidan mana shu buqa kelib chiqdi.
25. Muso ko‘rdiki, Horun xalqni nazorat qilmay, dushmanlari oldida o‘zlarini masxara qilishlariga yo‘l qo‘yib bergan edi.
26. Muso qarorgoh kiraverishiga kelib: — Kim Egamiz tomonda bo‘lsa, mening yonimga kelsin! — deb buyurdi. Levi qabilasi odamlari uning yoniga to‘plandi.
27. Muso ularga dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Har biringiz qilichingizni yoningizga oling. Qarorgohning bu chetidan narigi chetigacha borib qaytib, har biringiz birodaringizni, qo‘shningizni, yaqin qarindoshingizni o‘ldiring.”
28. Levi qabilasi odamlari Musoning buyrug‘ini bajo qildi. Shu kuni Isroil xalqidan taxminan uch mingta odam halok bo‘ldi.
29. Muso Levi qabilasi odamlariga: — Bugun Egam sizlarga marhamat qilib, sizlarni o‘zining xizmatiga tayinladi, — dedi. — Hatto o‘g‘illaringizni, aka–ukalaringizni o‘ldirishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham, sizlar Unga itoat etdingiz.
30. Ertasi kuni Muso xalqqa dedi: — Sizlar og‘ir gunoh qildingizlar. Endi men toqqa Egamizning oldiga chiqaman, balki sizlarni gunohlaringizdan poklarman.
31. Muso Egamizning oldiga qaytib borib, shunday dedi: — Evoh! Bu xalq og‘ir gunoh qilibdi: o‘zlariga oltindan xudo yasabdi.
32. Ammo endi, ularning gunohini kechirgin, deb Senga iltijo qilaman. Agar kechirmasang, O‘zing yozgan kitobdan mening nomimni o‘chirib tashlagin.
33. Shunda Egamiz Musoga aytdi: — Kim Menga qarshi gunoh qilgan bo‘lsa, o‘shaning nomini O‘zimning kitobimdan o‘chirib tashlayman.
34. Endi bor, bu xalqni Men senga aytgan joyga boshla. Mening farishtam sendan oldinda boradi. Shunga qaramay, O‘zim belgilagan kunda Men ularni qilgan gunohi uchun jazolayman.
35. Shunday qilib, Egamiz ularning boshiga kulfat yubordi, chunki Isroil xalqi Horunga, buqa yasab ber, deb talab qilgan edilar. Horun ularning talabini bajargan.
1. Keyin Egamiz Musoga aytdi: — Qani, sen ham, Misrdan o‘zing olib chiqqan xalqing ham bu joydan ketinglar. Ota–bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga Men: “Sizlarning naslingizga beraman”, deb qasam ichgan yurtga ketinglar.
2. Sendan oldinda farishtani yuborib, Kan’on, Amor, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini haydayman.
3. Sut va asal oqib yotgan o‘sha yurtga boringlar. Ammo Men sizlar bilan bormayman, chunki sizlar o‘jar xalqsiz. Sizlar bilan borsam, sizlarni yo‘lda halok qilib tashlashim mumkin.
4. -
5. Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Sizlar o‘jar xalqsiz. Agar Men bir lahza sizlar bilan borsam, sizlarni qirib tashlashim mumkin. Endi zeb–ziynatlaringizni yechib qo‘yinglar. Men sizlarni nima qilishim to‘g‘risida bir qarorga kelaman.” Xalq bu vahimali gapni eshitgach, dod solib yig‘ladi. Hech kim zeb–ziynatlarini taqmadi.
6. Shunday qilib, Isroil xalqi Sinay tog‘ida zeb– ziynatlarini yechib qo‘ydi. O‘shandan keyin ular zeb–ziynatlarini boshqa taqmadilar.
7. Muso bir chodirni qarorgohning tashqarisiga — qarorgohdan uzoqroqqa olib borib o‘rnatdi. U bu chodirga, Uchrashuv chodiri, deb nom berdi. Egamizdan maslahat so‘ramoqchi bo‘lgan har bir odam o‘sha yerga kelardi.
8. Muso chodirga chiqib borganda, butun xalq turib, o‘z chodiriga kiraverishda chiqib turardi. Muso chodirga kirib ketguncha, hamma tik turganicha uning orqasidan qarab turardi.
9. Muso chodirga kirib, Egamiz Muso bilan gaplashganda, ustun shaklidagi bulut pastga tushib, chodirga kiraverishda turardi.
10. Butun xalq chodirga kiraverishda turgan bulut ustunini ko‘rib, o‘z chodiriga kiraverishda muk tushib ta’zim qilardi.
11. Birortasi do‘sti bilan gaplashganday, Egamiz ham Muso bilan yuzma–yuz gaplashardi. Keyin Muso qarorgohga qaytib kelar, uning yosh yordamchisi Nun o‘g‘li Yoshua esa chodirni tark etmasdi.
12. Shundan keyin Muso Egamizga aytdi: — Sen: “Bu xalqni boshlab olib ket”, deb menga amr berding–u, lekin biz bilan kimni yuborishingni aytmading. Yana: “Men seni tanladim, sen haqiqatan Mendan marhamat topgansan”, degan eding.
13. Agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman: menga yo‘llaringni ko‘rsatgin. Sendan marhamat topib yurishim uchun, Seni bilayin. Bu xalq O‘zingning xalqing ekanini yodingda tutgin.
14. Egamiz Musoga aytdi: — Men sizlar bilan boraman. Men sizlarga tinchlik ato qilaman.
15. Muso esa Egamizga aytdi: — Agar Sen biz bilan bormaydigan bo‘lsang, bizni bu yerdan olib chiqmagin.
16. Bo‘lmasa, men ham, xalqing ham Sendan marhamat topganimiz qanday bilinadi? Sen biz bilan birga borganingdan emasmi?! Shu orqali men ham, Sening xalqing ham yer yuzidagi hamma xalqdan farq qilamiz.
17. Shunda Egamiz Musoga aytdi: — Sen nimani so‘ragan bo‘lsang, Men shuni qilaman. Chunki sen Mendan marhamat topgansan. Men seni tanladim.
18. — Iltijo qilaman: menga ulug‘vorligingni zohir qilgin, — dedi Muso.
19. — Men O‘zimni senga ma’lum qilaman. Men sening oldingdan o‘tib, butun ezguligimni senga zohir qilaman, — dedi Egamiz Musoga. — Marhamat qiladiganimga marhamat qilaman, shafqat qiladiganimga shafqat qilaman.
20. Lekin Mening yuzimni ko‘ra olmaysan. Meni ko‘rgan odam tirik qolmaydi.
21. Menga yaqin joyda qoya bor. O‘sha qoyaning ustida tur!
22. Men o‘tayotib ulug‘vorligimni zohir qilganimda, seni qoyaning yoriq joyiga qo‘yaman. O‘tib ketgunimcha seni qo‘lim bilan to‘sib turaman.
23. Keyin qo‘limni olaman. Sen Meni orqamdan ko‘rasan. Yuzimni esa ko‘rmaysan.
1. Egamiz Musoga amr berdi: — Oldingilariga o‘xshagan ikkita tosh lavha kes. Sen sindirgan oldingi lavhalardagi so‘zlarni Men o‘sha lavhalarga yozaman.
2. Ertalabga tayyor bo‘l, Sinay tog‘iga chiqib, tog‘ cho‘qqisida Meni kutib olishga hozir bo‘lib tur.
3. Lekin sen bilan birga hech kim chiqmasin. Tog‘ning biror joyida hech kim bo‘lmasin. Hatto tog‘ning yaqinida mol– qo‘ylar ham boqilmasin.
4. Egamiz amr etganday, Muso oldingilariga o‘xshagan ikkita tosh lavhani kesdi. Ertasiga saharda turib, qo‘liga ikkala tosh lavhani olib, Sinay tog‘iga chiqdi.
5. Egamiz bulut ichida tushib keldi. Muso bilan birga turib, O‘zini Musoga ma’lum qildi.
6. Musoning oldidan o‘tib, baland ovoz bilan gapirdi: — Men Egangman! Men Egangman! Rahmdil va inoyatli, jahli tez chiqmaydigan Xudoman, sodiq sevgim mo‘ldir.
7. Ming–ming avlodlarga sodiq sevgimni ko‘rsataveraman. Fosiqlikni, isyonni va gunohlarni kechiraman. Lekin aybdorlarni aslo jazosiz qoldirmayman. Men ularni jazolab, ularning gunohlari oqibatini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.
8. O‘sha zahoti Muso ikki bukilib ta’zim qilib, sajda qildi.
9. So‘ngra: — Yo, Rabbiy! — dedi. — Agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman, Sen biz bilan borgin. Bu xalq o‘jar bo‘lsa ham, fosiqligimizni va gunohlarimizni kechirgin, bizni O‘zingning xalqing qilib qabul et.
10. Egamiz aytdi: “Men endi Isroil xalqi bilan ahd tuzaman. Butun xalqing ko‘zi oldida ajoyibotlar ko‘rsataman. Bunaqa ajoyibotlar yer yuzida yoki bironta xalq orasida bo‘lmagan. Men, Egangizning sizlarga ko‘rsatadigan dahshatli ishini sen bilan birga bo‘lgan butun xalq ko‘radi.
11. Men sizlarga bugun beradigan amrlarga itoat qilinglar. Men sizlarning oldingizdan Amor, Kan’on, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini quvaman.
12. Ehtiyot bo‘linglar, sizlar kiradigan yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Bo‘lmasa, sizlarni tuzog‘iga ilintirib oladi.
13. Sizlar esa ularning qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini maydalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni kesib tashlanglar.
14. Boshqa xudolarga sajda qilmanglar. Men, Egangizning nomi Rashkchi: Men sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman.
15. O‘sha yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Ular o‘z xudolari ortidan hirs bilan ergashadilar. Ular bilan sulh tuzsangiz, o‘z xudolariga qurbonliklar keltirayotganlarida sizlarni ham o‘zlariga qo‘shilishga taklif qiladilar. Sizlar ular bilan borib, qurbonliklaridan tanovul qilasiz.
16. Keyin ularning qizlarini o‘g‘illaringizga olib berasizlar. Ular o‘z xudolariga hirs bilan sajda qilganda, o‘g‘illaringizni ham o‘sha xudolarga hirs qo‘yishga boshlaydilar.
17. O‘zlaringizga xudolar tasvirlarini yasamanglar.
18. Xamirturushsiz non bayramini har yili nishonlanglar. Men sizlarga amr etganimday, Abib oyining belgilangan vaqtida yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Sizlar Abib oyida Misrdan chiqqansizlar.
19. To‘ng‘ich o‘g‘illaringiz, hamma chorvangizning — mol–qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan erkak bolasi Meniki.
20. Birinchi tug‘ilgan erkak eshak Egamizdan bir qo‘zi yoki uloqcha evaziga sotib olinadi. Agar eshakni qaytarib sotib olmaslikka qaror qilsangiz, eshakning bo‘ynini sindirib o‘ldirishingiz kerak. Sizlar Egamizdan hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim. Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim.
21. Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa ish qilmanglar. Hatto ekin–tikin paytida va o‘rim paytida ham dam olinglar.
22. Har yili bug‘doy o‘rimini yig‘ishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urug‘ning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini nishonlanglar. Kuzda Chayla bayramini nishonlanglar.
23. Hamma erkaklaringiz har yili uchala bayramda Isroil xalqining Xudosi, Men, Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin.
24. Sizlarning yeringizdan xalqlarni quvaman, chegaralaringizni kengaytiraman. Har yili uch marta Men, Egangiz Xudoga, sajda qilishga kelganingizda, sizlarning mulkingiz bo‘lgan yerni hech kim bosib olmaydi.
25. Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qo‘shilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Fisih ziyofati qurbonligi go‘shtini ertalabgacha qoldirmanglar.
26. Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar. Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar.”
27. Keyin Egamiz Musoga: — Bu so‘zlarni yozib ol! — deb amr qildi. — Shu so‘zlarga binoan Men sen bilan hamda Isroil xalqi bilan ahd tuzaman.
28. Muso o‘sha yerda Egamizning huzurida yemay–ichmay, qirq kechayu qirq kunduz bo‘ldi. Egamiz ikkita tosh lavhaga ahd so‘zlarini — o‘nta amrni yozdi.
29. Xudo Muso bilan gaplashgani uchun, u qo‘lida ikkita lavhani olib tog‘dan tushayotganda, yuzlaridan nur sochilayotgan edi. Musoning o‘zi buni bilmasdi.
30. Horun ham, jamiki Isroil xalqi ham Musoni ko‘rib, uning yuzidan nur yog‘ilib turgani uchun birortasi unga yaqin kelishga qo‘rqardi.
31. Muso Horunni va barcha jamoa oqsoqollarini chaqirdi, ular Musoning oldiga kelishdi. Muso ular bilan gaplashgandan keyin,
32. jamiki Isroil xalqi unga yaqinroq keldi. Muso Sinay tog‘ida Egamiz bergan amrlarni bajarishni xalqqa buyurdi.
33. Muso ular bilan gaplashib bo‘lgandan keyin, yuziga yopinchiq yopib oldi.
34. Muso Egamizga gapirish uchun Uning huzuriga borganda, yuzini yopib olardi. U chiqib, Egamiz, ayt, deb aytgan hamma amrni Isroil xalqiga yetkazardi. Shunda Isroil xalqi
35. Musoning yuzi hamon nur sochib turganini ko‘rardi. So‘ngra Muso keyingi safar Egamiz bilan gaplashish uchun borgungacha yopinchiqni olib qo‘yardi.
1. So‘ngra Muso Isroil xalqining butun jamoasini to‘plab, ularga gapirdi: — Sizlarga Egamizning amri shunday:
2. “Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun — Shabbat kuni esa hamma ishlardan tinib, Egamizga atab ajratilgan kundir. Kimki Shabbat kuni ishlasa, o‘sha odamning jazosi o‘lim.
3. Shabbat kuni bironta maskaningizda ham olov yoqmanglar.”
4. Keyin Muso Isroil xalqining butun jamoasiga aytdi: — Egamiz sizlarga quyidagilarni amr etdi:
5. “Men, Egangizga, chin ko‘ngildan nazr qiladigan odam nazrini olib kelsin. Xalq Menga quyidagilarni nazr qilsin: oltin, kumush, bronza,
6. ko‘k, safsar, qirmizi rangli ip, mayin zig‘ir matosi, echki juni,
7. qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisi, yumshoq teri, akas yog‘ochi,
8. moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushbo‘y hidli tutatqi uchun ziravorlar,
9. efod va ko‘krakpechga taqiladigan aqiq hamda boshqa qimmatbaho toshlar.
10. Oralaringizdan mohir ustalar kelib, Men, Egangiz, amr qilgan Muqaddas chodirni yasasin. Chodir quyidagi ashyolardan iborat bo‘lsin:
11. chodirning ichki qavati, uning yopinchiqlari, ilgaklari, romlari, tambalari, ustunlari va tagliklari,
12. sandiq, uning xodalari, qopqog‘i va sandiqni to‘sib turadigan ichki parda,
13. xontaxta, uning xodalari, hamma buyumlari va unga qo‘yiladigan muqaddas nonlar,
14. yorug‘ bo‘lishi uchun chiroqpoya, uning buyumlari, moychiroqlari va moychiroqlar uchun zaytun moyi,
15. tutatqi qurbongohi va uning xodalari, muqaddas qiladigan moy va xushbo‘y hidli tutatqi, Muqaddas chodirga kiraverishdagi parda,
16. qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh, uning bronza panjarasi, xodalari va hamma buyumlari, qo‘lyuvgich va uning tagligi,
17. hovlini to‘sib turadigan pardalar, ustunlari, tagliklari va hovliga kiraverishdagi parda,
18. Muqaddas chodir bilan hovli uchun qoziqlar va arqonlar,
19. Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyish uchun ruhoniylarga ajoyib qilib tikilgan liboslar — ruhoniy Horun va uning o‘g‘illari uchun muqaddas liboslar.”
20. Shunday qilib, Isroil xalqining butun jamoasi Musoning yonidan qaytib ketdi.
21. Yuragi zavq– shavqqa to‘lgan har bir odam borib, Uchrashuv chodirini va chodirda doimiy xizmatlarda foydalaniladigan ashyolarni qilish uchun, muqaddas ruhoniylik liboslarini tikish uchun Egamizga nazrlar olib kelishdi.
22. Shunday qilib, hamma yuragi zavq–shavqqa to‘la erkagu ayol har turli oltin taqinchoqlarni — jig‘a, sirg‘a, uzuk, marjonlarni olib kelishdi.
23. Kimda ko‘k, safsar va qirmizi rangli ip, mayin zig‘ir matosi, echki juni, qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisi, yumshoq teri bo‘lsa, olib keldi.
24. Kim kumush yoki bronzani Egamizga nazr qilishga qodir bo‘lsa, uni olib kelib, Egamizga nazr qildi. Kimda akas yog‘ochi bo‘lsa, chodirni va uning ashyolarini tayyorlashda foydalangani olib keldi.
25. Ip yigirishga mohir ayollar o‘z qo‘llari bilan yigirgan ko‘k, safsar va qirmizi rangli ipni va mayin zig‘irdan yigirilgan ipni nazr qilib olib kelishdi.
26. Echki junidan ip yigirishga mohir ayollar yuragi zavq–shavqqa to‘lib, echki junidan ip yigirib olib keldilar.
27. Oqsoqollar efod va ko‘krakpechga taqish uchun aqiq va boshqa qimmatbaho toshlar,
28. shuningdek, moychiroqlar, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushbo‘y hidli tutatqi uchun ziravorlar va zaytun moyi olib kelishdi.
29. Isroil xalqining yuragi zavq–shavqqa to‘la erkagu ayoli Muso orqali Egamiz amr etgan hamma ishni bajargani Egamizga ko‘ngildan chiqarib nazrlar olib kelishdi.
30. Keyin Muso Isroil xalqiga aytdi: “Ana, Egamiz Yahudo qabilasidan Urining o‘g‘li, Xurning nabirasi Bazalilni tanladi.
31. Egamiz uni O‘z Ruhi bilan to‘ldirib, hunarmandchilikning hamma turi bo‘yicha mohir, idrokli qildi, qobiliyat ato qildi.
32. U ajoyib badiiy bezaklar qilishga va bularga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga,
33. qimmatbaho toshlarni o‘yib ishlov berib jihozlashga, yog‘och o‘ymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatli qildi.
34. Egamiz Bazalilga va Dan qabilasidan Oxisamaxning o‘g‘li Oxoliyovga o‘z mahoratini boshqalarga o‘rgatish iqtidorini ato qildi.
35. Bu odamlar har qanday ishni bajara olsin, deb Egamiz ularga mahorat ato qildi. Ular har qanday ashyodan har turli buyumlar qilishga qodirdir. Ular ijod qilib, buyumlar yasay oladilar, to‘qishni biladilar, ko‘k, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zig‘ir matosiga naqsh solishni biladilar. Ular har turli ishlarni bajarishga mohir hunarmanddir.
1. Bazalil, Oxoliyov va boshqa hamma iqtidorli ustalar Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarsinlar. Muqaddas chodir yasashda talab qilingan har qanday xizmatni bajarishlari uchun Egamiz ularga mahorat va qobiliyat ato qilgan.”
2. Muso Bazalilni, Oxoliyovni va Egamiz qobiliyat ato qilgan hamma iqtidorli ustalarni, yuragi zavq–shavqqa to‘lgan odamlarni chaqirdi.
3. Muqaddas chodirni yasash uchun Isroil xalqi olib kelgan hamma nazrlarni Muso ustalarga berdi. Bulardan tashqari, xalq har kuni ertalab Musoga ko‘ngildan chiqarib nazrlar olib kelishardi.
4. Ishlarni bajarayotgan hamma ustalar yumushlarini qoldirib,
5. Musoning oldiga kelib aytishdi: — Egamiz bizga amr etgan ishlar uchun xalq yetarlisidan ortiq olib kelyapti.
6. Shunda Muso: “Bironta erkak, ayol endi Muqaddas chodir uchun nazr olib kelmasin”, deb buyruq berdi. Uning buyrug‘i qarorgoh bo‘ylab e’lon qilindi. Shundan keyin xalq nazr olib kelishni to‘xtatdi.
7. Xalqning olib kelgan nazrlari ishning hammasini bajarishga yetib, hatto ortib ham qolar edi.
8. Ishlayotganlar orasidagi eng mohir odamlar Muqaddas chodirni yasadilar: Mohir tikuvchilar Bazalilning ko‘rsatmasi bilan chodirning ichki qavatini qildilar. U mayin zig‘ir matosidan tikilgan o‘nta choyshabdan iborat bo‘ldi. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlab bu choyshablarni bezadilar.
9. Har bir choyshabning bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak edi. Hamma choyshablarning o‘lchovi bir xil edi.
10. Ular choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan beshtasini ham shunday qildilar.
11. -
12. Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga ko‘k matodan qilingan elliktadan halqa tikdilar. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir– biriga ro‘parama–ro‘para edi.
13. Keyin oltindan ellikta ilgak yasadilar, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga uladilar. Shunda chodirning ichki qavati bir butun bo‘ldi.
14. Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan o‘n bitta choyshab tikdilar.
15. Har bitta choyshabning bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak edi. O‘n bitta choyshabning hammasi bir o‘lchovda edi.
16. Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan oltitasini ham shunday qildilar.
17. Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga elliktadan halqa tikdilar.
18. Keyin, chodirning qoplamasi bir butun bo‘lsin, deb ikkala choyshabni birlashtirish uchun bronzadan ellikta ilgak yasadilar.
19. Bu qoplama ustiga qo‘yish uchun qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan qoplama, so‘ng yumshoq teridan tashqi qoplama qildilar.
20. Akas yog‘ochidan Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar yasadilar.
21. Har bir romning bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak edi.
22. Har bir romning ostida bir–biriga parallel bo‘lgan ikkita tirgak yasadilar.
23. Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasadilar.
24. Bu romlar ostiga qo‘yish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildilar, har bir tirgak ostida bitta taglik bo‘ldi.
25. Chodirning shimol tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasadilar.
26. Har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan — qirqta kumush taglik yasadilar.
27. Chodirning orqadagi — g‘arb tomonidagi devor uchun oltita rom,
28. chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasadilar.
29. Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtirdilar. Bitta burchak hosil qilishi uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtirdilar. Har ikkala burchak shu yo‘l bilan hosil qilindi.
30. Shunday qilib, o‘n oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor qilindi, har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan taglik qilindi.
31. Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yog‘ochidan beshta tamba,
32. shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — g‘arb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasadilar.
33. Romlarning yarmigacha o‘rnashtirilgan o‘rtadagi tambalar chodirning boshidan oxirigacha cho‘zildi.
34. Romlarni oltin bilan qoplab, tambalarni ushlab tursin, deb oltin halqalarni romlarga birlashtirdilar, tambalarni ham oltin bilan qopladilar.
35. Mayin zig‘ir matosidan tikilgan ichki pardani qildilar. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlatib, bu pardani bezatdilar.
36. Ichki parda ushlab turilishi uchun akas yog‘ochidan to‘rtta ustun yasadilar. Ustunlarga oltin qoplab, ularga oltin ilgaklarni mahkamladilar. Ustunlar uchun eritilgan kumushdan to‘rtta taglik yasadilar.
37. Chodirga kirish joyi uchun mayin zig‘ir matosidan tikilgan parda qildilar. Uni ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tikib bezatdilar.
38. Bu parda ushlab turilishi uchun beshta ustun yasadilar. Ustunlarning tepasini va halqalarini oltin bilan qopladilar. Ustunlarning beshta tagligini esa bronzadan qildilar.
1. Bazalilning ko‘rsatmasi bilan akas yog‘ochidan sandiq yasadilar. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak edi.
2. Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplab, aylanasi bo‘ylab oltin gulchambar qildilar.
3. Sandiq uchun eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasab, to‘rtala oyog‘iga mahkamladilar: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida edi.
4. Keyin akas yog‘ochidan xodalar yasab, xodalarni oltin bilan qopladilar.
5. Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan sandiqni ko‘tarib yurish uchun xodalarni o‘tkazdilar.
6. Toza oltindan sandiqning qopqog‘ini yasadilar. Bu qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak edi.
7. Shu bilan birga, oltindan ikkita karub yasadilar: ikkala karubni ham qopqoqning ikki chetiga zarb urib yasadilar.
8. Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida bo‘lib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qildi.
9. Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan edi.
10. Akas yog‘ochidan xontaxta yasadilar. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak edi.
11. Xontaxtani toza oltin bilan qoplab, chetlariga aylantirib oltin gulchambar yasadilar.
12. Yana xontaxtaning aylanasi bo‘ylab to‘rt enli qilib oltin bilan qoplangan taxta qilib, uni xontaxta oyoqlariga mahkamladilar. Oltin gulchambarni xontaxtaning aylanasi bo‘ylab taxta ustiga qildilar.
13. -
14. 15Yana eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasab, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — to‘rtala burchagidagi to‘rtala oyog‘iga o‘rnashtirdilar.
15. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, xontaxtani ko‘tarib yurish uchun foydalanilar edi.
16. Xontaxtaga qo‘yiladigan buyumlarni — lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun kosa va ko‘zalarni toza oltindan yasadilar.
17. Toza, zarb qilingan oltindan chiroqpoya yasadilar. Butun chiroqpoyani va uning bezaklarini bir butun qilib yasadilar. Chiroqpoyaning tagligi, tanasi, kurtakli gulga o‘xshash shakldagi piyolalari bor edi.
18. Yana chiroqpoyaning tanasidan oltita shoxcha chiqarildi: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarildi.
19. Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi uchta piyola bor edi.
20. Chiroqpoyaning tanasida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi to‘rtta piyola bor edi.
21. Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib turardi.
22. Chiroqpoyani shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib zarb qilingan toza oltinning yaxlit bo‘lagidan yasadilar.
23. Chiroqpoyaga yettita moychiroq yasadilar. Moychiroqlarga qarab turishda foydalangani toza oltindan qisqichlar va patnislar yasadilar.
24. Chiroqpoya bilan uning hamma buyumlarini ikki pud toza oltindan yasadilar.
25. Akas yog‘ochidan tutatqi qurbongohi yasadilar. Qurbongoh to‘rtburchak bo‘lib, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak edi. Qurbongohning shoxlari o‘zidan yo‘nib chiqarildi.
26. Qurbongohning ustini, yon atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qopladilar, aylanasi bo‘ylab oltindan gulchambar yasadilar.
27. Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa o‘rnashtirdilar.
28. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, qurbongohni ko‘tarib yurish uchun foydalanilar edi.
29. Usta odam muqaddas qiladigan moy va toza, xushbo‘y hidli tutatqi tayyorladi.
1. Akas yog‘ochidan to‘rtburchak qilib kuydiriladigan qurbonlik uchun qurbongoh yasadilar. Qurbongohning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, bo‘yi uch tirsak edi.
2. Qurbongohning to‘rtala burchagiga o‘zidan yo‘nib chiqarilgan shox yasadilar. Qurbongoh va uning shoxlarini bronza bilan qopladilar.
3. Qurbongohning hamma buyumlari — qozonlarni, kuraklarni, tog‘orachalarni, sanchqilarni va olovkuraklarni bronzadan yasadilar.
4. Qurbongohga bronzadan panjara yasadilar. Panjarani qurbongohning ichiga — o‘rnatilgan bo‘rtiqning ostida o‘rnatdilar, yarmigacha yetib bordi.
5. Bronza panjaraning to‘rtala burchagiga xodalarni o‘tkazish uchun eritilgan bronzadan to‘rtta halqa yasadilar.
6. Akas yog‘ochidan xodalar yasab, xodalarni bronza bilan qopladilar.
7. Qurbongohni xodalar yordamida ko‘tarib yurish uchun qurbongoh yonlaridagi halqalarga xodalarni o‘tkazib qo‘ydilar. Qurbongohning chetlariga taxta qoqib, ichini bo‘sh qoldirdilar.
8. Uchrashuv chodiriga kiraverishda xizmat qilgan ayollar hadya qilgan bronza oynalardan ular bronza qo‘lyuvgichni va uning tagligini yasadilar.
9. So‘ngra Muqaddas chodirning hovlisini o‘rab tursin, deb pardadan to‘siq qildilar: to‘sib turadigan pardalarni mayin zig‘ir matosidan qildilar. Hovlining janub tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi yuz tirsak edi.
10. O‘sha to‘siqda yigirmata bronzadan qilingan taglikka yigirmata ustun o‘rnatilgan edi. Shu yerdagi pardalarni ushlab turish uchun ustunlarga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar.
11. Hovlining shimol tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ham yuz tirsak, uning yigirmata ustuni va bronzadan qilingan tagligi bor edi. Uning pardalarini ushlab turish uchun ustunlariga ham kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar.
12. Hovlining g‘arb tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ellik tirsak, uning o‘nta ustuni va tagligi bor edi. Uning pardalarini ushlab turish uchun ustunlariga ham kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar.
13. Hovlining sharq tomoni ellik tirsak kenglikda edi.
14. -
15. Hovlining kirish joyi shu yer edi. Kirishning o‘ng va chap tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi o‘n besh tirsakdan, har ikki tomonda uchtadan ustun va tagliklar bor edi.
16. Hovlining hamma tomonidagi to‘sib turadigan pardalarni mayin zig‘ir matosidan qildilar,
17. ustunlarning tagligini bronzadan, ilgaklari va halqalarini kumushdan qildilar. Ustunlarning tepasini kumush bilan qopladilar. Hovlining hamma ustunlarida kumush halqalar bor edi.
18. Hovliga kirish joyi uchun parda qildilar. Uni mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tikib bezatdilar. Bu pardaning eni yigirma tirsak, bo‘yi hovlining to‘sib turadigan pardalari kabi, besh tirsak edi.
19. Bu pardani to‘rtta taglikka o‘rnatilgan to‘rtta ustun tirab turdi. Ustunlarning tagligini bronzadan, ilgaklari va halqalarini kumushdan qildilar. Ustunlarning tepasini kumush bilan qopladilar.
20. Muqaddas chodirni va pardadan qilingan to‘siqni ushlab turadigan barcha qoziqni ham bronzadan qildilar.
21. Egamizning Musoga bergan amriga ko‘ra, Yahudo qabilasidan Urining o‘g‘li, Xurning nabirasi Bazalil hamma ishlarni bajarib bo‘ldi.
22. -
23. Dan qabilasidan bo‘lgan Oxisamax o‘g‘li Oxoliyov uning yonida bo‘ldi. U hunarmand bo‘lib, ijod qilar, buyumlar yasay olardi, ko‘k, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zig‘ir matosiga naqsh solishni bilardi. Musoning ixtiyoridagi ruhoniy Horunning o‘g‘li Itamar nazorati ostida Levi qabilasi ishda foydalanilgan oltin, kumush va bronzaning hisobini olib borgan edi. Muqaddas ahd chodirini yasashda ishlatilgan oltin, kumush va bronza hisobi quyidagicha edi:
24. Chodir yasalishiga sarf qilingan oltinning jami 62,5 pud edi. Xalq Egamizganazr qilgan oltinning hisobi shuncha edi.
25. Sanab chiqilgan xalqdan yig‘ilgan kumushning jami hisoblab chiqilganda, 211 pud bo‘ldi.
26. Bu miqdor hisoblab chiqilgan yigirma va undan yuqori yoshdagi 603.550 odamning har biriga 1,25 misqoldan to‘g‘ri kelardi.
27. 210 pud kumush eritilib, chodirning romlari va ichki pardani ushlab turadigan ustunlar uchun 100 ta taglik qilishga ishlatildi, har bir taglik uchun 2,1 pud kumush sarf qilindi.
28. Qolgan 1 pud kumush hovli atrofidagi ustunlar uchun ilgaklar va halqalar yasashga, ustunlarning tepasini qoplashga ishlatildi.
29. Xalq Egamizga nazr qilgan bronzaning miqdori 151 pud edi.
30. -
31. Quyidagi ashyolarni yasashda o‘sha bronza ishlatildi: Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi ustunlar uchun tagliklarni, bronza qurbongoh bilan uning bronza panjarasini, uning hamma buyumlarini, hovlining atrofidagi pardalarni ushlab turadigan ustunlar uchun tagliklarni, hovliga kiraverishdagi parda uchun tagliklarni, Muqaddas chodir bilan atrofdagi pardadan qilingan to‘siqni ushlab turadigan barcha qoziqni.
1. Ular ko‘k, safsar va qirmizi ipdan Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyish uchun ruhoniylarga liboslarni ajoyib qilib tikdilar. Horunga muqaddas ruhoniylik liboslari tikishdi. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
2. Ular efodni mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan va oltindan qilingan ipdan unga naqsh soldilar.
3. Oltinni yupqa qilib yoyib, ingichka–ingichka qilib kesib, oltin ip qilishdi. Ular mahoratlarini ishga solib ko‘k, safsar, qirmizi ipdan naqsh solingan mayin zig‘ir matosini bu oltin ip bilan bezatdilar.
4. Efodning old va orqa qismlarini bir–biriga bog‘lash uchun ikkita yelka bog‘ichini qilib, ularni old va orqa qismlarining ustki chetiga tikdilar.
5. Kamar yasab, uni efodga bog‘ladilar. Kamarni ham mayin zig‘ir matosidan qildilar. Unga ko‘k, safsar, qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
6. Keyin muhr o‘yganday qilib, Isroil o‘g‘illarining ismini ikkita aqiq toshga o‘yib yozdilar. Yozilgan toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalar ichiga qo‘yib,
7. Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turish uchun efodning yelka bog‘ichlariga o‘rnashtirdilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
8. Ular ko‘krakpechni yasadilar. Ko‘krakpechni, efod singari, mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan va oltindan qilingan ipdan unga mahorat bilan naqsh soldilar.
9. Ko‘krakpechni to‘rtburchak xalta shaklida, ikki buklangan, bo‘yi bir qarich, eniga ham bir qarich qilib yasadilar.
10. Ko‘krakpechga to‘rt qator toshni to‘g‘ri qilib terdilar: qizil yoqut, xrizolit va zumrad toshlarni birinchi qatorga terdilar.
11. Ikkinchi qatorga firuza, zangori yoqut va olmosni terdilar.
12. Uchinchi qatorga lojuvard, agat va ametist toshlarni terdilar.
13. To‘rtinchi qatorga topaz, aqiq va yashma toshlarni terdilar. Hamma toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalarga o‘rnashtirdilar.
14. Bu o‘n ikki tosh Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turardi. Muhr o‘yganday qilib, Isroilning o‘n ikki o‘g‘lidan har birining ismini bu toshlarning har biriga o‘yib yozdilar.
15. Ular ko‘krakpechni efodga bog‘lash uchun toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjir yasadilar.
16. Yana naqshli ikkita oltin uya va ikkita oltin halqa yasab, ikkala halqani ko‘krakpechning ustki burchaklariga mahkamladilar.
17. Ikkala oltin zanjirning bir uchini ko‘krakpechdagi halqalarga bog‘lab,
18. ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamladilar. Uyalarni efodning old tomonidagi yelka bog‘ichlariga o‘rnashtirdilar.
19. -
20. Yana oltindan to‘rtta halqa yasadilar. Ikkitasini ko‘krakpechning ostki burchaklariga — efodga yaqin bo‘lgan ichki qirg‘og‘iga mahkamladilar. Ikkitasini efodning old tomoniga, ikkala yelka bog‘ichining pastiga — naqshli kamar ustidagi joyga mahkamladilar.
21. Ko‘krakpech efodning naqshli kamari ustida bo‘lsin, efoddan osilib turmasin, deb ko‘krakpechni halqalari yordamida efodning halqalariga ko‘k bog‘ich bilan mahkamladilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
22. Efodning ridosini ko‘k ipdan to‘qilgan matodan qildilar.
23. Ridoning o‘rtasidan bosh sig‘adigan teshik qildilar. Rido yirtilib ketmasligi uchun teshikning qirg‘og‘ini to‘qidilar.
24. Rido etagining uchiga aylanasi bo‘ylab anor shaklini va qo‘ng‘iroqchalarni birin–ketin qilib bittama–bitta osib chiqdilar. Anor shakli yigirilgan ko‘k, safsar, qirmizi ipdan qilingan edi.
25. Qo‘ng‘iroqchalar toza oltindan qilingan bo‘lib, anor shakli oralariga osilgan edi.
26. Horun oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilganda, u shu ridoni kiyishi kerak edi. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
27. Horun bilan uning o‘g‘illariga mayin zig‘ir matosidan ko‘ylaklarni,
28. sallani, peshanabog‘larni va ishtonlarni qildilar.
29. Belbog‘ini mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tikib bezatdilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
30. Toza oltindan lavhani — muqaddaslik ramzini yasadilar. Lavhaning yuzasiga muhr o‘yganday, “Egamizga bag‘ishlangan”, deb o‘yib yozdilar.
31. Lavhani sallaga mahkamlash uchun ko‘k bog‘ichni lavhaga bog‘lab qo‘ydilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
32. Shunday qilib, Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodir yasalishiga oid hamma ishlar nihoyasiga yetdi. Isroil xalqi hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
33. Keyin Musoning oldiga quyidagilardan iborat Muqaddas chodirni olib keldilar: chodirning ichki qavatini va uning hamma qismlarini — ilgaklarini, romlarini tambalarini, ustunlari va tagliklarini,
34. qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan yopinchiqni, yumshoq teridan yopinchiq va Eng muqaddas xonani to‘sib turadigan ichki pardani,
35. ahd sandig‘ini, uning xodalari va qopqog‘ini,
36. xontaxtani, uning hamma buyumlarini va unga qo‘yiladigan muqaddas nonlarni,
37. toza oltindan qilingan chiroqpoya, unga o‘rnatilgan moychiroqlarni, uning hamma buyumlarini va moychiroqlar uchun zaytun moyini,
38. oltin tutatqi qurbongohini, muqaddas qiladigan moy va xushbo‘y hidli tutatqini, chodirga kiraverishdagi pardani,
39. bronza qurbongohni, uning bronza panjarasini, xodalari va hamma buyumlarini, qo‘lyuvgichni va uning tagligini,
40. hovlini to‘sib turadigan pardalarni, ustunlarini, tagliklarini va hovliga kiraverishdagi pardani, chodir va hovli uchun qoziqlarni, arqonlarni, Muqaddas chodir — Uchrashuv chodirida foydalanadigan hamma ashyolarni,
41. Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyish uchun ruhoniylarga ajoyib qilib tikilgan liboslar — ruhoniy Horun va uning o‘g‘illari uchun muqaddas liboslarni.
42. Xullas, Isroil xalqi hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
43. Muso qilingan hamma ishlarni ko‘zdan kechirdi, Isroil xalqi bu ishlarni Egamizning amri bo‘yicha qilganlarini ko‘rib, Muso ularni duo qildi.
1. Egamiz Musoga aytdi:
2. “Birinchi oyning birinchi kuni Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni o‘rnattir.
3. So‘ng ahd sandig‘i chodirga olib kirilsin, sandiqniichki parda bilan to‘sdir.
4. Keyin xontaxta olib kirilsin. Xontaxtaga tegishli ashyolarni uning ustiga joylashtir. Chiroqpoya ham olib kirilsin, chiroqpoyaga moychiroqlarni o‘rnashtir.
5. Oltin tutatqi qurbongohini ahd sandig‘i oldiga qo‘ydir. Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdir.
6. Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda o‘rnashtir.
7. Qo‘lyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga o‘rnashtirib, ichiga suv quydir.
8. Chodir va qurbongohning atrofiga pardadan qilingan to‘siqni o‘rnashtirib, hovliga kiraverishdagi pardani osdir.
9. Keyin muqaddas qiladigan moyni olib, chodirga va uning hamma ashyolariga surtib chiqib, Menga bag‘ishla. Shunda chodir muqaddas bo‘ladi.
10. Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga ham moy surtib, Menga bag‘ishla. Shunda qurbongoh g‘oyat muqaddas bo‘ladi.
11. Qo‘lyuvgichga va uning tagligiga ham moy surtib, Menga bag‘ishla.
12. Horun bilan o‘g‘illarini Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kel. Hammalarini suv bilan yuv.
13. So‘ng Horun ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishi uchun bag‘ishla: unga muqaddas ruhoniylik liboslarini kiygizib, moy surt.
14. Shundan keyin Horunning o‘g‘illarini ham olib kelib, ularga ko‘ylak kiygiz.
15. Otasiga moy surtganingday, ularga ham moy surt, toki ular ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishsin. Horun va uning o‘g‘illariga moy surtish bilan ularning o‘zlari ham, nasllari ham avlodlar osha Menga ruhoniy bo‘lib, xizmat qilishlari uchun sen ularga ijozat bergan bo‘lasan.”
16. Muso Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarib bo‘ldi.
17. Ikkinchi yilning birinchi oyida, oyning birinchi kuni
18. Muso Muqaddas chodirni o‘rnattirdi: u hamma tagliklarni joyiga qo‘ydirdi, romlarni o‘rnashtirib, tambalarni joylashtirdi, ustunlarni o‘rnashtirdi.
19. So‘ngra chodirni tutib turadigan romlar ustiga choyshablar va qoplamalarni tashlatdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
20. Keyin ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani olib, sandiqqa solib qo‘ydi. Xodalarni sandiq halqasidan o‘tkazgach, sandiqning qopqog‘ini sandiq ustiga o‘rnashtirdi.
21. Sandiqni Muqaddas chodirga olib kirdi. Ichki pardani osib, ahd sandig‘ini to‘sdirib qo‘ydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
22. Uchrashuv chodiriga — chodirning shimol tomoniga, ichki pardaning tashqarisiga xontaxtani qo‘ydirdi.
23. Xontaxta ustiga — Egamizning huzuriga muqaddas nonlarni qo‘ydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
24. Uchrashuv chodiriga — xontaxtaning ro‘parasiga, chodirning janub tomoniga chiroqpoyani qo‘ydirdi.
25. Egamizning huzuriga — chiroqpoyaga moychiroqlarni o‘rnashtirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
26. Uchrashuv chodiridagi ichki pardaning tashqarisiga oltin tutatqi qurbongohini qo‘ydirdi.
27. Qurbongohda xushbo‘y hidli tutatqi tutattirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
28. Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdirdi.
29. Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni o‘rnashtirdi. So‘ng qurbonlik bilan don nazri keltirib, qurbongohda kuydirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
30. Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga qo‘lyuvgichni o‘rnashtirib, yuvinish uchun ichiga suv quydirdi.
31. Muso, Horun va Horunning o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki qurbongohda nazrlarni kuydirganlarida, qo‘lyuvgichdagi suv bilan oyoq–qo‘llarini yuvishardi.
32. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
33. So‘ngra Muso chodir bilan qurbongohning atrofiga pardadan qilingan to‘siqni o‘rnashtirib, hovliga kiraverishda pardani osdirdi. Shunday qilib, Muso ishini tugatdi.
34. Keyin Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni bulut qopladi,
35. Egamiz ulug‘vorligi bilan zohir bo‘lib chodirni to‘ldirdi. Shuning uchun Muso chodirga kira olmadi.
36. Chodirdan bulut ko‘tarilganda, Isroil xalqi har bir to‘xtagan joyidan yo‘lga chiqib sayohatini davom ettirardi.
37. Bulut ko‘tarilmasdan, to bulut ko‘tariladigan kun kelmaguncha, ular yo‘lga chiqishmasdi.
38. Shunday qilib, Isroil xalqi butun sayohatlari davomida kunduzi Muqaddas chodir ustida Egamiz zohir bo‘ladigan bulutni, kechasi chodir tepasidagi bulut ichida yonayotgan alangani ko‘rardilar.

► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак