Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 9 боб) Китоб Ўзбек тилида
Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
I qism. Xudoni izlang
01. Qalbingiz nimani istaydi?
02. Imonda ulg‘ayishni istang.
03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?
04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?
05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)
II qism. Xudoning xohishini bajaring.
06. Rafiqangizni seving
07. Rafiqangizni seving (Davomi)
08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.
Farzandlaringiz
09. Farzandlaringizni seving
10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.
Mehnatingiz
11. G‘ayrat bilan mehnat qiling
12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.
13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)
Jamoatingiz
14. Jamoatingizni seving
15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling
Masih haqidagi guvohligingiz
16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating
17. Ko‘priklar o‘rnating
III qism. Xudoning rejasi
18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.
19. «Sodiq odamlarga yetkazing»
Xotima
Oilangizning ruhiy farovonligi qalbingizning holatiga bog‘liq. Agar u Xudo oldida nohaq bo‘lsa, bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan har qanday yondashuv besamar bo‘ladi. Ruhiy hayotingiz qanday bo‘lsa, bolalaringizni ham xuddi shunday tarbiya qilasiz.
Jim Jorj
9. FARZANDLARINGIZNI SEVING
Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang.
Ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stiring.
Ef. 6:4
Mazkur bob ustidagi ishlarim mobaynida o‘z arxivimdan «Newsweek» jurnalidagi “Qadrli otalar, o‘z bolalaringizni qutqaring” sarlavhali maqolani topib oldim. Texaslik ruhshunos Kristofer Bekorn bu maqolasida qayg‘uli dalillar ustida mulohaza yuritadi: ma’lumotlarga ko‘ra, yosh qonunbuzarlarning aksariyat qismini – bosqinchilik, qurol va giyohvand moddalar sotish bo‘yicha jinoiy guruh a’zolari, – o‘smirlar tashkil etishadi. Muallif “ularning otalari qayerda?” savoliga shunday javob qaytaradi: «Ularni yo‘q deb aniq aytishim mumkin. Ular maktab ota–onalar yig‘ilishlarida va fortepiano konsertlarida ishtirok etishmaydi. Ular yakshanba maktablaridagi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi. Siz ularni pediatr xonasida bemor bolasini ko‘targan holda ko‘rmaysiz...»
Janob Bekorn so‘ngra navbatdagi savolni beradi:
Xo‘sh, agar bizdagi bu beparvo otalar o‘z farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazganlarida nima bo‘lardi?.. Bu kelgusida mamlakatimizdagi ajrashishlar soniga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lardi. Ming afsuski, ko‘plab o‘smirlar haqiqiy erkak bo‘lish nima ekanligini bilmaydi. Bu ham yetmagandek, ko‘plab qizlar haqiqiy erkak o‘zini qanday tutishi kerakligidan bexabar. Bular barchasining sababi shuki, ular erkak va ayol o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarning namunasini ko‘rishmagan.
Ruhshunos o‘z maqolasida tashvishli xulosaga keladi: uning fikricha, Amerikada bugungi kunda haqiqiy otalar yo‘q.
Ha, agar Iso Masih bizning qalbimizda yashamas ekan, hoynahoy, biz janob Bekorn aytgan otalardek o‘zimizni tutayotgan bo‘lsak kerak. Biz kun bo‘yi golf o‘yini maydonchasida bo‘lishimiz, ertalabdan kechgacha kegelbanda yo‘qolib qolishimiz, tongdan tungacha baliq ovi bilan mashg‘ul bo‘lishimiz yoki ishxonada kecha–yu kunduz qolib ketishimiz mumkin. O‘rtacha olganda, har qanday amerikalik singari har kuni olti soatdan ziyod televizordan ko‘z uzmay o‘tira olamiz. Bir so‘z bilan aytganda, agar bizga Muqaddas Kalom nimaga chorlayotganini tushunmasak, xohlagan yerda bo‘lishimiz mumkin, ammo faqatgina farzandlarimiz yonida emas.
O‘z qarashlaringizga asosan harakat qiling
Xayriyatki, Xudo O‘zining Kalomida imonli er va otalar bu majburiyatlarni qanday bajarishlari kerakligini ko‘rsatib bergan. Efesliklarga maktubning 5–bobida qanday amrlar asosida xotinlarimiz bilan munosabatlar o‘rnatishimiz zarurligi qayd etilgan. O‘sha maktubning 6–bobida esa bolalarimizni qanday tarbiyalashimiz kerakligi haqida aytiladi. Mana, unda nimalar deyilgan:
Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stiring (qarang: Ef. 6:4).
Oddiy bir ma’lumot: havoriy Pavlus bu maktubni kichik Osiyodagi Efes shahrida yashovchi kam sonli masihiylar guruhiga yo‘llagan. Ushbu shaharda imonlilarni vasvasa va hoyu–havasga soladigan ko‘plab joylar bor edi (darvoqe, men yashayotgan shaharda ham shu ahvol). Pavlus Xudoning madadi bilan bu majusiy shaharda jamoat tuzadi va uch yil mobaynida imon keltirgan efesliklarga saboq beradi. U oradan bir necha yillar o‘tgach, bu odamlarga maktub yozib, masihiylar hayotiga va ularning yaqinlari bilan munosabatlariga xavfli ta’sir ko‘rsatadigan gunohkor dunyo bilan qanday kurashish kerakligi yuzasidan qo‘shimcha maslahatlar beradi.
Pavlus efesliklarga maktubining birinchi qismida ularning ishonchi nimaga qaratilganini eslatib o‘tadi: u masihiylik e’tiqodining muhim haqiqatlarini ulug‘ladi va mohiyatini ochib berdi. Havoriy maktubning ikkinchi qismida o‘z o‘quvchilariga bu haqiqatlarga muvofiq qanday harakat qilish kerakligini tushuntiradi. Pavlus aytadi «…o‘tinib so‘rayman: Xudo sizlarni O‘ziga da’vat qilganini yoddan chiqarmay, shu da’vatga munosib tarzda yashanglar» (Ef. 4:1). Pavlusning so‘zlari mazmunan shunday: «Masihdagi sevimli birodarlar va opa–singillar, Xudo haqidagi men ulug‘lagan haqiqatni qabul qiling, shu haqiqatlarga muvofiq yashab, ularni oilaviy hayotingizda qo‘llang». Pavlus efesliklarni odamning hatti–harakati – hamisha uning qarashlarini aks ettirishiga ishontiradi.
Farzandlar tarbiyasi – er–xotinlarning umumiy ishi
Aziz birodar, havoriy Pavlusning da’vati sizga yo‘llangan. Biz Xudoning Kalomiga qanchalik samimiy ishonsak va uni qanchalik bajonidil ado etsak, bu butun hayotimizga va albatta, xotin va bolalarimiz bilan munosabatlarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xudo bizga da’vat etadi: «Ey erlar, ...xotinlaringizni... yaxshi ko‘ringlar» (Ef. 5:25). Ushbu da’vatga qanchalik g‘ayirlik bilan javob qaytarishimiz bolalar tarbiyasida qanchalik muvaffaqiyatga erishganimizga bog‘lik. Nega? Negaki bolalar tarbiyasi – er–xotinlarning umumiy ishi. Bu fikrni izohlab o‘tishimga izn bering.
Agar siz xotiningizni sevib, g‘amxo‘rlik qilsangiz, u oilaviy hayotda baxtli bo‘ladi. Bu esa unga farzandlarga ko‘proq e’tibor qaratishiga imkon yaratadi. Farzandlar hayotida ona alohida muhim o‘rin tutadi, shu bois u o‘zini oilaviy hayotda baxtli his qilishi o‘ta muhim. Shu tariqa, agar siz rafiqangizni sevsangiz, bu bilan farzandlaringizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lasiz.
Biroq bu so‘zlar sizning farzandlaringiz oldidagi burchingizni to‘la bajarib qo‘yganingizni anglatmaydi. Xudo bizga farzandlarimizni “Xudoda o‘qib–o‘rganish” bilan tarbiyalashimizni amr etadi. Agar siz xotiningizni sevsangiz, u bu majburiyatlarni bajarishda sizga mamnuniyat bilan yordam beradi. Qachonki siz bolalarni tarbiyalash – er va xotinning umumiy ishi ekanini anglasangiz bu vazifani bajarishingiz anchayin oson bo‘ladi, shu bois unutmang, farzandlar tarbiyasidagi muvaffaqiyatning omillaridan biri – xotiningizga bo‘lgan sevgingizdir. Men hozirning o‘zida Xudoga ibodat ila murojaat qilib, bolalaringizning onasi – rafiqangiz uchun Unga minnatdorchilik bildirishga chorlayman. U nafaqat sizning ibodatingizga, balki har taraflama qo‘llab–quvvatlash va madadingizga munosib. Shoh Sulaymon sizga shunday so‘zlar bilan murojaat qiladi: «…doim uning sevgisi bilan qanoatlangin» (Hikmatlar 5:19).
O‘z qalbingizni sinovdan o‘tkazing
Ushbu kitob insonning qalbi, Xudoga sevgi va Uning bizga, erkaklarga sevgi ila bergan amrlari haqida so‘z yuritadi. Biz farzandlar tarbiyasi haqida mulohaza yuritganimizda, eng avvalo o‘z qalbimizni anglashimiz lozim.
Sizning qalbingiz
Insonning qalbi unga hayot yo‘lini ko‘rsatadi. Inson qalbini uning hayotining markazi deyishadi, vaholanki, bizni Xudo yaratgan ekan, U qalbimizda nima borligini biladi. Mana, Iso qalbning inson hayotidagi ahamiyati va ichki, ruhiy hayotdagi aloqalari haqida nimalar degan:
Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. Odamning dili nimaga to‘lib–toshsa, o‘sha tiliga chiqadi (Luqo 6:45).
Men shoh Dovud haqida gapirganimda, Xudoning qalbiga mos erkak – Xudoni butun qalbi bilan sevadigan va Uning yo‘liga amal qilishga mushtoq ekanligini qayd etgandim. Bunday odam butun qalbi bilan Xudoga sodiq va barcha o‘y–fikrlarini Unga qaratgan. Iso aytgan:
Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving. Bu birinchi va eng buyuk amr. Ikkinchisi esa shunga o‘xshashdir: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” (Matto 22:37–39)
Agar siz Xudoni sevsangiz, bu atrofdagilarga bo‘lgan munosabatingizda aks etishi tayin. Agar siz Xudoni sevsangiz, o‘z yaqinlaringizni ham sevasiz. Biroq sizning yaqinlaringiz kimlar o‘zi? Albatta, xotin va bolalaringiz! Agar siz imonli odam bo‘lib, Xudoda yashayotgan bo‘lsangiz, demak, rafiqangiz va farzandlaringiz marhamatlangan ekanlar.
Mening sobiq talabam Denis Uilson ruhiy hayot kechirayotgan erning xotini va bolalariga bo‘lgan ta’siri haqida yozadi:
Xudo ta’limoti va pand–nasihatlari asosida bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash uchun eng avvalo butun qalb bilan Xudoni izlash kerak. Garchi hech qachon Otaning da’vatini bajarishda mukammallikka erisha olmasakda, Xudoni anglab ulg‘ayishga bo‘lgan samimiy istagimiz, Unga bo‘lgan sevgimiz va Uning irodasini bajarish yo‘lidagi qizg‘in intilishlarimiz butun oilaga ulkan marhamat olib keladi.
Takrorlayman: qalbingizni sinovdan o‘tkazing. Oilangizning ruhiy farovonligi qalbingizning holatiga bog‘liq. Agar u Xudo oldida noto‘g‘ri bo‘lsa, bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan har qanday yondashuv besamar bo‘ladi. Ruhiy hayotingiz qanday bo‘lsa, farzandlaringizni ham ana shunday tarbiyalaysiz.
Bolalaringiz qalbi
Xudo bilan munosabatlaringiz sizning hatti–harakatlaringizga ta’sir qilgani kabi, farzandlaringizning hatti–harakatlari ham ularning Xudo bilan munosabatlari qanchalik teran ekanligiga bog‘liq. Shu bois ularning qalbini sinab ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi. Aynan shundan bolalaringizning ruhiy farovonligi borasidagi g‘amxo‘rligingiz boshlanadi. Tedd Tripp ushbu fikrni ancha keng yoritib beradi:
Bola tarbiyasi – uning qalbi uchun cho‘pon bo‘lmoq demakdir. Siz bolaning hatti–harakatlari va qalbining holati o‘rtasida aloqa o‘rnatishni o‘rganishingiz lozim. Siz bolangiz nima bilan yashayotgani, uni nima tashvishga solayotganini bilishingiz shart. Bir so‘z bilan aytganda, siz nafaqat uning xatolarini ko‘rsatishni bilishingiz, balki uni o‘zingizga jalb qilib, ijobiy ta’sir ham ko‘rsatishingiz lozim. U nimaga intilib, qalbi nimadan oziqlanayotgan bo‘lsa, hammasi ham uning uchun xayrli emasligini tushunishiga yordam bering. Siz bolangizga Masih xochini ko‘rishi va undan ko‘z uzmay qarashi uchun yordam berishingiz zarur.
Haqiqat shundan iborat: harakat qalbdan boshlanadi, shu bois har qanday pand–nasihat, saboq va jazoni – umuman, “tarbiya” tushunchasidagi barchasini, – qalb holati bilan bog‘lash lozim. Tarbiyachining asosiy vazifasi – bola qalbi uchun cho‘pon bo‘lmoqlikdir.
Bu so‘zlar yodingizda bo‘lsin: «tarbiyachining asosiy vazifasi – bola qalbi uchun cho‘pon bo‘lmoqlikdir». Farzandlaringizni sizga Xudo in’om etgan. Siz ularning qalbini asrash va ehtiyotlash uchun da’vat etilgansiz. Xudo ular qalbiga Uning sevgisini singdirishimizni va Uni anglash uchun intilishlariga jalb etishimizni buyuradi.
Farzandlaringizga Xudoga bo‘lgan sevgini singdiring
Kelinglar, Xudo Eski Ahd orqali bolalarni tarbiyalashimiz uchun bizga bergan satrlarga murojaat qilaylik. Xudo isroilliklarni misrliklar qulligidan ozod qilib, ularga orzu qilingan Yerga borishlarini buyurdi, lekin avvalo Xudo xalqni Kan’on yurtiga boshlab borishidan avval, O‘zi tanlaganlariga muhim pand–nasihat berdi. Xudo isroilliklarga butun qalblari bilan Unga sodiq bo‘lishlarini va Xudoga bo‘lgan sevgini bolalariga yetkazishlarini buyurdi:
Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar. Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar. Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar. Uyda o‘tirganda ham, yo‘lda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar (Qonunlar 6:5–7)
Ko‘ryapsizmi, ota–onalarning Xudo oldida majburiyatlari qanchalik ulkan bo‘lgan? Otalar va onalar eng avvalo Xudoni butun qalb bilan sevishni va bu sevgini bolalariga singdirishni mas’uliyat deb hisoblaganlar. Har qanday vaziyatda va har qanday vaziyatda ota–onalar bolalarini Xudoni sevishga o‘rgatishlari lozim bo‘lgan. Aziz birodar, Xudo bizni ham shunday mas’uliyatga ega deb hisoblaydi. Biz Xudoni sevish va Unga bo‘lgan sevgini bolalarimizga singdirishimiz kerak.
Aytishlaricha, e’tiborsiz qoldirilgan ong dahshatomuz nimagadir aylanadi, lekin yanada qo‘rqinchlisi qalbning beparvo qolishidir. Men yaqinda bu haqiqatning qanchalik achchiqligini his etdim. Oldimga uzoq tanaffusdan so‘ng yana jamoatga qatnay boshlagan bir ayol kelgandi. U chuqur afsus bilan qizalog‘i hali yosh bo‘lganida, jamoatga borishni qattiq istaganini, biroq endi ulg‘aygach, bu haqda uylashni ham istamayotganini aytdi. Qizcha onasidan uni jamoatga olib borishini so‘raganida, u bolasiga shunday quvonch berishni istamagan. Endi esa ona jamoatga qatnayotgan bo‘lsada, qizi Xudo haqida eshitishni ham istamayapti.
Puritanlar bola tarbiyasida Xudoning saboqlari muhimligini chuqur anglashgan va hatti–harakatlarimiz farzandlarimizga qanday ta’sir qilishini yaxshi tushunishgan:
Siz farzandlaringizga buyuk marhamat ko‘rsatish yoki ularga katta ziyon keltirish imkoniga egasiz. Siz ularni Xudoni anglash va najot topish sari olib borishingiz mumkin, bu albatta ularning qirol va hukmdor bo‘lib yetishishlariga yordam berishingizdan ko‘ra yaxshiroqdir. Biroq siz ularning qalbini ehtiyot qilmasangiz, agar ularni imonsiz, qo‘pol, nopok va gunohkor qilib o‘stirsangiz, inson qalbining dushmani bo‘lmish shaytonga topshirgan bo‘lasiz. Siz uning qalbini sotasiz. Siz ularning shaytonning malaylariga aylantirasiz, siz ularni yo‘ldan urib, poymol qiladigan va kelgusi hayotlarida azoblaydigan iblis qo‘liga topshirgan bo‘lasiz5.
Mabodo bunday ogohlantirish bolalaringizni ruhiy tarbiyalash borasida jiddiy yondashuvga sizni unday olmasa, Isoning so‘zlarini tinglang:
Menga ishongan shu kichiklarning birontasini yo‘ldan ozdirgan odamning holiga voy. Bunday qilgandan ko‘ra, o‘sha odamning bo‘yniga tegirmon toshini osib, dengiz tubiga cho‘ktirilgani o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lar edi. Odamlarni yo‘ldan ozdiradigan vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar albatta keladi, lekin vasvasaga sababchi bo‘lgan odamning holiga voy! (Matto 18:6–7).
Farzandlaringizga qay tariqa ta’sir o‘tkazish mumkin
Ehtimol, mazkur bobdagi ma’lumotlarni qabul qilish anchayin murakkabdir, biroq uni durustgina o‘zlashtirib olishingiz juda muhim, zero gap bolalaringizning tarbiyasi haqida, ularning bu olamdagi va abadiy hayotlari haqida bormoqda. Umid qilamanki, siz Xudo va farzandlaringiz oldidagi javobgarlikning jiddiyligini anglab yetdingiz. Mana, bolalaringizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Ushbu maslahatlarga amal qilish sizdan ko‘p narsalarni talab etadi, ammo siz o‘z da’vatingizga sodiq bo‘lsangiz, ulkan mukofotga musharraf bo‘lasiz.
Rafiqangizni seving. Xudoning rejasiga ko‘ra, farzandni ota ham, ona ham tarbiyalashi kerak, ammo tarbiyadagi eng asosiylaridan biri – erning xotiniga bo‘lgan samimiy sevgisidir.
Butun oilangiz bilan jamoatga qatnang. Ehtimol, ayni vaqtda ruhiy hayotingizda barchasi Xudo talab etayotgan tarzda amalga oshmayotgandir. Butun oilangiz bilan jamoatga qatnashni boshlang – bu sizga yaqinlaringiz uchun chinakamiga ruhiy yetakchi bo‘lishingizga yordam beradi.
Ruhan ulg‘aying. O‘tgan boblarda berilgan va keyingi boblarda beriladigan barcha savollarga javob bitta jumlada mujassam bo‘ladi: «ruhiy barkamollikka erishish». Xudoning qalbiga mos erkak doimo va har taraflama ruhan ulg‘ayishga bo‘lgan tashnalik bilan harakat qiladi. U hamisha ana shu maqsadi sari intiladi va erishganlari bilan qanoatlanib qolmaydi.
Farzandlaringizga ko‘proq vaqtingizni bag‘ishlang. Men sizlarni nega bunga da’vat etayotganim mutlaqo ayon: har qanday munosabatlar vaqt o‘tib rivojlanadi va teranlashadi.
Masihga taqlid qiling. Ruhan ulg‘ayganingiz sari oila boshlig‘i sifatida o‘zingizni yanada faolroq namoyon etishga urinasiz. Farzandlaringizga aytishingiz mumkin: «Men Masihdan o‘rnak olganim kabi, sizlar ham mendan o‘rnak olinglar» (1 Kor. 11:1). Hech nima otaning Xudoga manzur bo‘ladigan namunasi kabi bolalarni pok va muqaddas bo‘lishga ilhomlantirmaydi.
Aziz birodar, men buning barchasini siz eplay olishingizga ishonishingizni istayman. Rafiqangizni seving. Butun oilangiz bilan jamoatga qatnang. Ruhan ulg‘aying. Bolalaringizga ko‘proq vaqtingizni bag‘ishlang. Masihga taqlid qiling. Boshqacha aytganda: hayotga masihiylik haqiqatini singdiring. Siz ota sifatida farzandlaringizga g‘amxo‘rlik qilishga qodirsiz, zero bugungi kunda ham ularning moddiy farovonligi uchun ko‘p tomonlama qurbonliq qilyapsiz. Siz ularning bilim olishlari uchun pul asrab qo‘yasiz va sport seksiyalaridagi mashg‘ulotlari uchun to‘laysiz – ular hayotda nimaga ehtiyojmand bo‘lsalar, mablag‘ingizni shunga sarflaysiz. Endi esa ularning ruhiy farovonligi uchun qaror qabul qilishingiz va buning uchun ham yana shuncha, balki ko‘proqdir, qurbonlik qilishingiz lozim. Farzandlaringizning ravnaqi uchun bor imkoniyatingizdan foydalaning. Bu masalani orqaga surmang. Ruhiy olamda aziz farzandlaringiz qalbi uchun kurash bormoqda. Bunda o‘zingiz ham ishtirok eting, ularni Xudoga olib boring.
Bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘nta amr
- Bolalarga Xudo Kalomini o‘rgating. (Qarang: Qonunlar 6:4–9).
- Ularga nima yaxshi, nima yomonligini ayting. (Qarang: 3 Shohlar. 1:6).
- Yodingizda bo‘lsin: bolalar – Xudoning in’omi. (Qarang: Zabur. 126:3).
- Ularni diyonat yo‘liga boshlang. (Qarang: Hikmatlar 22:6).
- Ularni jazolang. (Qarang: Hikmatlar. 29:17).
- Ularni gunohlari va xatolariga qaramay seving. (Qarang: Luqo. 15:11–32).
- Ularni g‘azablantirmang (Qarang: Ef. 6:4)
- O‘z munosib harakatingiz bilan ularning hurmatiga sazovor bo‘ling. (Qarang: 1 Tim. 3:4)
- Ularning moddiy farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qiling. (Qarang: 1 Tim. 5:8)
- Ularga Xudoga bo‘lgan ishonchni singdiring. (Qarang: 2 Tim. 1:5)
Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)
В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.
Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.
…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22