Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 3 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (1 қисим. 3 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

Rafiqangiz

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Bizning bu olamdagi butun hayotimiz mobaynida ruhan ulg‘ayishimiz davom etadi. Biz ruhan ulg‘ayishga daqiqama–daqiqa, kunma–kun, yilma–yil tobora yaqinlashib boramiz.

Ko‘pgina munosabatlarda ruhiy mashqlar sport bilan shug‘ullanishni eslatadi. Agar siz mashq qilishni to‘xtatsangiz, yana qanchadir vaqt durustgina natijalar ko‘rsatishingiz mumkin, ammo kun kelib, siz jismoniy holatingizni yo‘qotganingizni tushunib qolasiz.

Jim Jorj

3. RUHAN ULG‘AYISH QAY TARZDA KECHADI

…Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni

yanada yaqinroq tanib–bilinglar.

2 Butrus. 3:18

Biz o‘zimiz xohlagan nimanidir qilishimiz qiyin kechmaydi, to‘g‘rimi? Biz uyni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanish yoki ishga borish uchun o‘zimizda xohish topmasligimiz mumkin, biroq odatda biz katta ko‘tarinkilik bilan sevimli mashg‘ulotlarga qo‘l uramiz va bundan kam bo‘lmagan xursandchilik bilan dam olish imkoniyatidan foydalanamiz. Shu bilan birgalikda, sevimli mashg‘ulotlar bizga foyda ham keltirishi mumkinligini anglashimiz ham muhim.

Men Vashington shtatida yashayman. Derazam ortida ertalabki soat beshdan ko‘plab baliqchilarni ko‘rish mumkin bo‘lgan yaqindagi ko‘lning manzarasi ochiladi. Ulardan ayrimlari butun kunni qosh qorayguncha qayiqlarida o‘tkazishadi. Ba’zi erkaklar baliq ovlash uchun goh–gohida kelishadi, boshqalarini esa ko‘lda har kuni ko‘raman, ammo hech qachon bu odamlarni o‘z oilalari bilan birgalikda ko‘rmaganman. Rostini aytsam, menda savol tug‘iladi: ularning oilaviy hayotlarida hammasi joyidamikan? Va umuman, ular turmush qurishganmi? Agar shunday bo‘lsa, hamisha ko‘lda kunlarini o‘tkazadigan bu oila boshliqlari o‘z xotinlariga ham hech vaqt ajratisharmikan? Xo‘sh, ularning bolalariga nima bo‘lyapti? Otalar ko‘pincha o‘zlarining o‘smir farzandlari bilan kelisha olmayotganlaridan shikoyat qilishadi. Men bu kabi shikoyatlarni eshitganimda, savolga botaman: ular o‘z bolalarini tushunishga, qanday yashayotganini bilishga va ular bilan umumiy til topishga urinishganmikan?

Men bu bilan go‘yo baliq ovi – nojo‘ya mashg‘ulot demoqchi emasman. Men faqatgina biz sevimli ishga yoki ko‘ngilxushliklarga berilib, Xudo zimmamizga yuklagan majburiyatlarni unutishga haqqimiz yo‘qligini eslatib o‘tmoqchiman, xolos. Bunday mashg‘ulotlar – xoh sport, baliq ovi, piyoda sayohat yoki boshqa nimadir bo‘lsin – unga bo‘lgan munosabatimizga ko‘ra foyda ham, ziyon ham keltirishi mumkin. Mening o‘zimga kelsak, yugurish bilan shug‘ullanaman. Band ekanligimga qaramay, yugurish uchun vaqt topishga erishaman. Men yugurishning inson sog‘ligi uchun qanchalik foydali ekanini bilaman va bu bilan shug‘ullanish menga juda yoqadi. Avval aytib o‘tganimdek, qalbimizga yoqqan mashg‘ulotni bajarishimiz oson, ammo nima bo‘lganda ham o‘z majburiyatlarimizga bepisand bo‘lmasligimiz, hayotimizdagi muhim ishlarni unutib qo‘ymasligimiz lozim.

Biz shu paytgacha boshqa imonlilar, ularning ruhiy hayoti va ruhiy intilishlari haqida gapirdik. Agar siz masihiy bo‘lsangiz, ruhan o‘sishga bo‘lgan tashnalik sizga xos bo‘lishi kerak. Shoh Dovud Xudoning irodasini bajarishga chanqoq bo‘lganidek, Jon Uesli ham buni butun qalbi bilan qo‘msagan. Men Xudo qalbimda qanday harakat qilganini va U qanday istaklarni yuragimga joylaganini sizlarga qisqacha aytib o‘tdim. Endi biz havoriy Pavlus va uni imon yo‘lidagi xizmatida nima harakatga keltirgani haqida gapiramiz. Hozir esa sizdan so‘ramoqchiman: sizning qalbingiz nimaga mushtoq? Ruhingiz nimaga intiladi? Umid qilamanki, shunday javob qaytarasiz: «Men Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istayman. Men ruhan ulg‘aymoqchiman. Men atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqchiman. Xudo meni qay tarzda ko‘rishni istasa, ana o‘shandek bo‘lmoqchiman. Biroq men nimadan boshlashim mumkin?»

Agar men javobingizni topgan bo‘lsam, bu ajoyib. Sizning orzu–istaklaringiz albatta amalga oshadi va siz o‘z yaqinlaringizga ijobiy ta’sir ko‘rsatasiz. Sa’y–harakatlaringizning ezgu hosilini ko‘rib, siz Xudoda bundanda ko‘proq ulg‘ayishni istaysiz.

Qanday qadamlar ruhan ulg‘ayishingizda yordam berishi mumkin? Keling, ana shu haqda gaplashib olaylik.

Ruhan o‘sishingizga yordam beradigan qadamlar

1. O‘z hayotingizni Iso Masihga butunlay bag‘ishlang. Siz Isoni qalbingizning Najotkori va hayotingizning Xudosi deb tan olganmisiz? Aytib o‘tganimdek, agar Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishga intilsangiz, bu siz qo‘yadigan eng birinchi qadamingizdir. Siz masihiy bo‘lganingizda, hayotingizga Muqaddas Ruh kirib, unda Xudoning xohishi bajo bo‘lishi uchun sizda harakat qilishni boshlaydi. Endi siz Masihning ilk shogirdlari kabi, Uning «Ortimdan yuringlar…» (Mk. 1:17) degan da’vatiga javob berishga tayyorsiz.

2. Gunoh bilan kurashing. Gunoh – Muqaddas Kitobdagi Xudoning amrlariga qarama–qarshi bo‘lgan har qanday fikr, so‘z va hatti–harakatdir. Gapimga ishonavering, gunoh hamisha ruhan ulg‘ayishga halaqit beradi. Gunoh Dovudga ko‘p qayg‘u–alam olib kelgan. Biz Muqaddas Kitobni o‘qiyotib, bu ulug‘ odamning xizmatda va oilaviy hayotida gunoh qanday halokatli oqibatlarni ergashtirib kelganini ko‘ramiz. Misol uchun, Dovudning Botsheva bilan qilgan gunohini olaylik. U Botshevaning o‘zidan homilador bo‘lib qolganini yashirish uchun, ayolning erini jang maydonida o‘lib ketishini uyushtiradi (qarang: 2 Shoh. 11). Dovud shundan so‘ng yil bo‘yi bu ikkala gunohini yashirib yurgan. Dovud o‘zi bilan o‘sha yil mobaynida nimalar kechganini yozgan. Hozir shu haqda o‘qiymiz:

Ey Egam, gunohimni bo‘ynimga olmay rad qilganimda, Tanam qoq suyak bo‘lib qolgandi. Kun bo‘yi oh–voh qilib chiqardim. Kecha–yu kunduz tarbiya berishdan to‘xtamading, Saraton issig‘idagiday madorim qurib qoldi. Endi oldingda gunohimni e’tirof etdim. Aybimni yashirmay, o‘zim aytdim: “Egam oldida itoatsizligimni bo‘ynimga olaman”.  Sen esa gunohimni kechirding (Zabur. 31:3–5).

Gunohning mevasi Dovudga katta azob–uqubatlar keltirdi: uning tanasi avvalgi kuchini yo‘qotdi, og‘riqdan ingraydigan bo‘ldi, ziyraklik va baquvvatlikdan judo bo‘ldi, dili xufton bo‘lib, butunlay tushkunlikka tushdi. Hayotining ruhiy tarafi esa gunoh oqibatida yanada og‘ir bo‘ldi. Dovud gunoh qilganini bilardi va buni Xudodan yashirib bo‘lmasligini ham tushunardi.

Siz bu haqda o‘qib, ehtimol, shunday o‘ylagandirsiz: «Albatta, men Dovud kabi og‘ir gunohlar qilgan emasman. Hech kimni o‘ldirmadim va hech kim bilan zino qilmadim. Mening gunohlarim juda kam. Ular hech kimga ziyon yetkazgani yo‘q».

Biroq Iso siz hattoki yaqin odamingizdan g‘azablansangiz ham, qalbingizda qotillik qilganingizni (qarang: Matto 5:22), va ayol haqidagi birgina shahvoniy xayol ham Xudo nazarida zino ekanligini (qarang: Matto 5:28 ) tushuntirgan holda, har qanday gunohning jiddiyligini ko‘rsatib o‘tgan.

Shu tariqa, gunoh og‘ir yoki yengil, oshkora yoki xufyona bo‘lmasin, odam gunoh qilayotganida hamisha muqaddas Xudoni haqorat qiladi, shu bois agar siz gunoh qilgan bo‘lsangiz, tavba qilib, gunohdan yuz o‘girishingiz lozim. Aziz birodar, mabodo siz gunoh qilib, buning uchun Xudoga tavba qilmagan bo‘lsangiz, bu holat Uning bilan o‘rtangizdagi munosabatlarga halaqit berib, ruhan ulg‘ayishingizga zarar yetkazadi. O‘z ortidan tavbani yetaklab kelmagan gunoh ham yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan munosabatlaringizga rahna soladi.

Men hayotingiz qanday o‘tayotgani haqida mulohaza yuritib ko‘rishingizga da’vat etaman. Ehtimol, xuddi Dovud kabi, siz ham qalbingizda o‘rnashib qolgan gunoh uchun tavba qilishingiz kerakdir. U Xudoning qalbiga mos erkak edi va shu bois o‘zining og‘ir gunohlariga tavba qildi. U o‘z qalbini Xudoga ochganida, Rabbiy mo‘‘jizaviy tarzda uni poklab, halovat in’om etdi. Ana shunda Dovud quvonchdan hayqirgan: «Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir!» (Zabur. 31:1).

Agar siz qalbingizning gunohdan forig‘ bo‘lishini istasangiz, agar siz aybdorlik hissidan ozodlikni anglashni istasangiz, o‘zingizni gunohlaringiz uchun Xudo oldida hamisha tavba qilishga o‘rgating. Shu bilan birgalikda, U tavba qilganlarga in’om etadigan kechirim uchun minnatdorchilik bildirishni ham unutmang, ana shunda kelgusida ham imonda ulg‘ayishingiz uchun yo‘llar ochiladi.

O‘zingizdagi ruhiy yalqovlikka barham bering. Men avval jamoatimizdagi erkaklar uchun Muqaddas Kitobni o‘rgatish shanba guruhining mashg‘ulotlarida ishtirok etganman. Mashg‘ulotlar ertalabki soat yettida boshlangani bois men uydan soat olti yarimda chiqib ketishim kerak edi. Har shanbada men jamoatga olib boradigan yo‘l yoqasidagi golf maydoni yonidan o‘tardim va har shanba tongida maydon to‘la o‘yinchilar bo‘lishardi. Bu erkaklarning hatti–harakatlaridan ular allaqachon buyon maydonda ekanliklari ko‘rinib turardi… Hoynahoy, ular bu yerga ertalabki soat oltidan kelishgan bo‘lsa kerak!

Muqaddas Kitob guruhimiz haqida aytsam, men har safar jamoatga kelganimda, odatda Xudoning Kalomini o‘rganish istagidagi bir necha erkakni uchratardim, xolos. Shunchalik ko‘p imon–e’tiqodsiz odamlarning golf o‘ynash uchun shanba kuni ertalabdan turganlarini va faqat ozgina masihiylargina bu paytda Xudoning Kalomini o‘rganish uchun jamoatga kelishga o‘zlarida kuch topganlarini anglash yoqimsiz kechardi. Shanba kuni ertalab golf o‘ynashning hech qanday yomon tarafi yo‘q. Men faqatgina agar siz Xudo bilan muloqot uchun vaqt topolmay, o‘z ko‘ngilxushliklaringizga butunlay berilib ketgan bo‘lsangiz, imonda ulg‘ayishingizni o‘zingiz to‘xtatib qo‘yishingizni aytmoqchiman.

Ha, Xudoga sodiq masihiy bo‘lish oson emas. Biz hamisha o‘z maqsadlarimizni tekshirib, qarorlarimizga qayta baho berib qo‘yishimiz lozim. Biz ushbu savollarga ochiq javob qaytarishimiz zarur: biz uchun betartib dunyo muhimroqmi yoki Xudo va Uning Kalomimi? Biz Muqaddas Kitobni o‘rganish uchun, imonda, sportda va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarimizda o‘sishimiz uchun vaqt ajratamizmi? Muqaddas Kitob guruhlaridagi mashg‘ulotlarimizni o‘zimiz uchun yoqimli deb bilamizmi

Men sizlarni ibodat orqali Xudoga yuzlanishga va Undan o‘z hayotingizda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishingizga yordam berishini, Unga manzur bo‘lganini tanlashini so‘rab, ibodat qilishga chorlayman. O‘z oldingizda Kalomni o‘rganayotgan boshqa erkaklar guruhida Xudo bilan muloqot o‘tkazish maqsadini qo‘ying. Diyonat yo‘lida mashq qilib, ruhiy kuchingizni oshiring. Bu sizga Xudo qalbidagi erkak bo‘lishingizga yordam beradi.

4. O‘zingiz uchun imonda ulg‘ayish yo‘lini tanlang. Ruhan ulg‘ayishingizga yordam beradigan ko‘plab ajoyib omillar bor. Siz ularning orasidan o‘zingizga to‘g‘ri keladiganini topib olasiz, albatta. Siz Muqaddas Kitobni mustaqil o‘rganish borasidagi biror–bir ko‘makdan boshlashingiz mumkin. Ushbu kitobning oxirida men sizlarga Muqaddas Kitobni o‘rganishda yordam beradigan bir qancha maslahatlarni keltirib o‘taman. Boshqa erkaklar maxsus dastur asosida Kalomni o‘rganadigan guruhlarga qo‘shilishingiz siz uchun foydali bo‘lardi. Bundan tashqari, sizda quyidagi imkoniyatlar bor…

  • sevimli cho‘poningiz audio va’zlarini va Muqaddas Kitob so‘zlarini tinglash;
  • o‘quv filmlarni tomosha qilish;
  • Muqaddas Kitobni va uning asoslarini, masihiylik hayotini o‘rganish kechki kurslariga qatnash;
  • Muqaddas Kalom oyatlarini yodlab olish;
  • yuqorida keltirilgan ruhiy mashg‘ulotlardan o‘zingizga mos keladiganlarini qo‘shib, imonda ulg‘ayishning maxsus dasturini ishlab chiqish.

Ammo Muqaddas Kitobni har vaqt o‘qish hammasidan ham muhimroq. Xudoning Kalomi siz uchun asosiy ruhiy ozuqa manbasi bo‘lmog‘i kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, besh foizdan kamroq masihiylar hech bo‘lmaganda bir marotaba Muqaddas Kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqishgan. Bu juda yomon! Agar siz har kuni Muqaddas Kitobni o‘qib turishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ysangiz, uni hech bo‘lmasa bir marta o‘qib chiqqan odamlar orasiga tushib qolishingiz tayin. Vaholanki, Muqaddas Kitobni to‘lig‘icha o‘qib chiqishingiz uchun kuniga besh–o‘n daqiqa sarflasangiz kifoya!

Aziz birodar, siz Muqaddas Kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga jazm qilishingiz lozim, negaki, bu qarorni siz uchun boshqa hech kim qabul qilolmaydi: cho‘poningiz ham, xotiningiz ham, do‘stlaringiz ham. Ushbu qarorga siz o‘zingiz kelishingiz kerak, unga esa mazkur kitobning muqaddimasida keltirilgan Muqaddas Kitobni yillik o‘qish rejasi asosida erishishingiz mumkin. Har kuni Muqaddas Kitobni o‘qish uchun o‘zingizga qat’iy va’da bering – bu sizga imonda ulg‘ayish yo‘lingizda yordam beradi. Shuningdek, do‘stlaringiz bilan birgalikda Xudo Kalomini o‘rganish borasida kelishib olishingiz mumkin, bu esa o‘z navbatida o‘z va’dangizga yanada mas’uliyat bilan yondashishingizga imkon beradi. Bundan tashqari, do‘stlar bilan imon mavzusida gaplashish siz uchun madad va kuch–quvvat manbaiga aylanadi.

5. Masih maktabida shogird bo‘ling. Agar siz ruhan ulg‘ayishni istasangiz, unda o‘qishingiz lozim va bu borada sizga tajribaliroq, imonda yetukroq masihiy yordam beradi. Bunday odam Xudo Kalomi haqiqatini anglashingizga va Masihda o‘sishingizga ko‘maklashadi, zero masihiylik murabbiyligining mohiyati ham ana shundan iborat.

Xudo qalbiga mos erkak bo‘lishni istagan kishi uchun unga o‘z maslahatlari, bilimlari, ko‘tarinki ruhiyati va shaxsiy ibrati bilan doimo yordam bera oladigan odamning bo‘lishi katta marhamatdir. Men o‘zimning masihiylik yo‘lim boshida ana shunday yordamga juda muhtoj bo‘lganman. O, qanchalik muhtoj bo‘lganman–a! O‘sha pallada men oilali bo‘lib, ikki nafar qizaloqlarim bor edi, ammo rostini aytganda, men nima qilish va qanday yashash haqida hech qanday tushunchaga ega emasdim, shu bois imonda o‘zimdan ko‘ra yetukroq bo‘lgan va meni o‘z qaramog‘iga oladigan odamni izlaganman. Yaxshi ustozni uzoq izlashimga to‘g‘ri kelmagani uchun Xudodan juda minnatdorman: jamoatimdagi bir qancha birodarlar Masihda ulg‘ayishim uchun menga yordam berishga rozi bo‘ldilar.

Hayotimning turli bosqichlarida menga ko‘plab yetuk masihiylar yordam berishdi. Ularning har biridan behad minnatdorman! Nihoyat o‘zlashtirib olgan tajriba va bilimlarimni yaqinlarimga o‘zim ham ulasha oladigan vaqt yetib keldi.

Muqaddas Kitob imonlilarni qunt bilan o‘qishga va vaqt o‘tgani sayin imon murabbiylari bo‘lishga da’vat etadi. Pavlus o‘zining yosh shogirdlaridan biriga shunday o‘rgatgan: «Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin» (2 Tim. 2:2).

Mazkur oyatni o‘qiyotganimda estafeta obrazi xayolimda gavdalanadi. Pavlus shogirdi Timo‘tiyni o‘zi o‘rganganlarini odamlarga yetkazish uchun “Xudo haqiqatining estafetasi”da ishtirok etishga chorlaydi. Ular o‘z navbatida keyingi avlod masihiylariga yetkazishi uchun masihiylikning bu estafetasini Xudoning boshqa sodiq odamlariga yetkazishlari lozim. Bu imon estafetasi yuzlab yillardan buyon davom etib kelmoqda, endi esa sening navbating kelgan! Aziz birodar, sen bu ulug‘ estafetani qabul qilib, uni Xudo haqiqatining boshqa kurashchilariga topshirishing shart. Inson nuqtai nazariga ko‘ra, “Xudo haqiqati estafetasi”ning muvaffaqiyati biz masofani qanchalik omadli bosib o‘tishimizga va uni keyingi ishtirokchilarga topshirishimizga bog‘liq. Kelinglar, zimmamizga yuklatilgan vazifani sharaf bilan bajaraylik!

6. Hayotingizni buyuk maqsadga – ruhiy yetuklikka erishishga bag‘ishlang. Bizning ruhan ulg‘ayishimiz olamdagi butun hayotimiz mobaynida davom etadi. Biz ruhan yetuklikka daqiqama–daqiqa, kunma–kun, yilma–yil tobora yaqinlashib boramiz. Ko‘pgina munosabatlarda ruhiyat mashqi sport bilan shug‘ullanishni eslatadi. Agar mashq qilmay qo‘ysangiz, yana qanchadir muddat durustgina natijalar ko‘rsatishingiz mumkin, ammo shunday kun keladiki, jismoniy holatingizni yo‘qotganingizni payqab qolasiz.

Ruhiy hayotda ham shunga o‘xshash holatlar yuz beradi (o‘ttiz yoshimda men bilan shunday bo‘lgan). Siz lozim bo‘lgan mashg‘ulotlarsiz, ya’ni Muqaddas Kitobni o‘qimay, murabbiydan saboq olishlarsiz va ibodat qilmasdan ruhan yetuklikka erishmoqqa umid qilarsiz; biroq shunday kun keladiki, yoqimsiz ruhiy holatda ekaningizni – gunoh bilan kurashishga va odilona yo‘l tutishga kuchingiz qolmaganini – to‘satdan payqab qolasiz. Buning sababi shuki, imonda ulg‘ayish uchun har kunlik va har soatlik aniq maqsadli sa’y harakatlar qilmagansiz. Yodingizda bo‘lsin: erishilgan darajada to‘xtab qolmasligingiz va o‘zingizni kechagi yutuqlar xotirasi bilan ulug‘lamasligingiz lozim. Siz o‘zingizni Xudoda muntazam o‘sib borishga tayyorlashingiz kerak.

Ruhan ulg‘ayishning marhamati

Ruhan ulg‘ayishga xizmat qiladigan qadamlar haqida o‘ylayotib, ehtimol, ularning aslo yengil emasligi haqidagi fikrlarga borarsiz. Darhaqiqat, imonda ulg‘ayish o‘z–o‘zidan ro‘y bermaydi. U bizdan qat’iy harakatlarni talab etadi, biroq u keltirgan marhamat hayratomuz va sarf etilgan kuch–shijoatimizga arziydi.

Mana, siz Xudoning qalbiga mos erkakka aylangach, siz oladigan marhamatlardan ayrimlari:

  • Xudo bilan munosabatingizni mustahkamlaysiz;
  • Masih bu olamda qanday yo‘l tutgan bo‘lsa, siz ham shunday yo‘l tutishga o‘rganasiz;
  • oilangizni donolik bilan boshqara olasiz;
  • siz vasvasa bilan kurashish uchun o‘zingizda ruhiy kuch borligini sezasiz;
  • siz boshqa erkaklar uchun ruhiy kuch–quvvat va yetuklik namunasi bo‘lasiz;
  • boshqa imonlilarga saboq berish uchun ruhiy kuch–quvvat va donolikka erishasiz.

Biz mazkur bobni maqsad va xohishlar haqidagi suhbatdan boshladik. Iqrorman: bu marhamatga ega bo‘lib, undan zavqlanishimiz mumkin ekanligi meni Xudoning inoyati ila Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish uchun undaydi! Men sizning qalbingizda ham ana shunday intilish qayd etilishi uchun ibodat qilaman.

Menga kerak bitta inson

Imon bilan ruhlangan,

Menga kerak bitta inson, –

Avlodining, zabonining

Gunohidan kechgum tamom

Samodan so‘z ochadigan

Menga kerak bitta inson, –

Muqaddas rashk o‘tin yoqqum,

Zulmat bosgan qalbda shu on

Kalomimni yoyadigan,

Menga kerak bitta inson, –

Hech qanday kuch buzmaydigan,

Tinchlik topgay Menda jahon.

Irodamni biladigan,

Menga kerak bitta inson,

Ma’bad qurib qarataman

Odamlarni O‘zim tomon.


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак