Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 8 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 8 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Masihiy oilalarga qarshi yovuzlik kuchlari bosh ko‘tarmoqda. Masihiycha nikohlar xavfli shiddat bilan buzilmoqda. Masihiy oilalardagi bolalar yetarli darajada diniy tarbiya va ahloqiy ibrat olishmayapti. Men oilaning ruhiy yetakchilariga aylanishlari kerak bo‘lgan, ammo Xudo ularning zimmasiga topshirgan vazifani bajarishdan bo‘yin tovlayotgan otalar va erlar bunday qayg‘uli holatning asosiy aybdorlari ekaniga ishonaman.

Jim Jorj

8. RAFIQANGIZNI O‘Z ORTINGIZDAN BOSHLANG

Ikkovi ham Xudo oldida solih bo‘lib,

Egamizning amru farmonlariga bekamu–ko‘st rioya qilishardi.

Luqo 1:6

Biz Elizabet bilan xizmatimiz doirasida masihiylikning ko‘plab taraflariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazish uchun mamlakatimizning turli burchaklarida bo‘lganmiz. Seminarlarimizda qatnashgan turmushga chiqqan masihiy ayollar ko‘pincha erlarining oilada ruhiy yetakchi bo‘lishni istamayotganlaridan arz qilishadi. Bu ayollar katta noqulaylikni his etishadi, negaki ularga erlarining o‘z zimmalaridagi da’vatni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ular o‘z erlarini ruhiy rivojlanishda ancha ortda qoldirayotganlari bois, xotini bilan bellashishdan umid uzib qo‘yadigan erlari bariga qo‘l siltab yuborishlaridan qo‘rqishadi. Oqibatda xotinlar ham ruhan o‘sishni istamay qoladilar. Shu tariqa, mabodo er rafiqasi va yaqinlarini o‘z ortidan ergashtirmasa, bu butun oilaga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

«Dushman biz tomon kelmoqda...»

Men ko‘pincha karikatura gazetalarida va’zlar va seminarlar yuzasidan chop etilgan illyustratsiyalarni ko‘rib qolaman. Karikaturadagi sevimli qahramonlarimdan birining ismi Pogo. Uning tog‘ cho‘qqisida kichkina yog‘och qilich bilan tasvirlangan surati menga juda yoqadi. Odam samoni ko‘rsatib gapirmoqda: «Dushman biz tomon kelmoqda... va bu dushman – bizning o‘zimiz!»

Aziz birodar, biz – erkaklar, erlar, otalar, – juda tez–tez o‘zimiz uchun eng xavfli dushmanlarga aylanib qolamiz. Men nega bu fikrdaman? Negaki, masihiy oilaga qarshi yovuzlik kuchi bosh ko‘tarmoqda. Masihiy oilalar xavfli shiddat bilan buzilmoqda. Masihiy oilalardagi bolalar yetarli darajada ruhiy tarbiya va ahloqiy ibrat olishmayapti. Men oilaning ruhiy yetakchilari bo‘lishlari kerak bo‘lgan, ammo Xudo ular zimmasiga topshirgan vazifani bajarishdan bo‘yin tovlayotgan otalar va erlar bunday qayg‘uli holatning asosiy aybdorlari ekaniga ishonaman.

Biroq mavjud vaziyatni o‘zgartirishga hech qachon kech emas. Biz bunday xavfli ko‘rinishga qarshi kurashni boshlashimiz mumkin. Buning uchun bor–yo‘g‘i Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni va o‘z oilangizga yordam berishni ixtiyor etib, Xudoning shon–shavkati va oilangizning manfaati uchun o‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘lsangiz bas. Bu – eng muhimi!

Men sizning ana shunday erkak bo‘lishingiz va ushbu kitob xotiningiz o‘ta ehtiyoj sezayotgan ruhiy yetakchiga aylanishingiz uchun ibodat qilaman. Shaxsan o‘zim bu borada masihiylik yo‘limning boshida orzu qilganlarimning barisiga erishdim deb ayta olmayman. Men ruhiy yetakchi sifatida hamon ruhan ulg‘ayishda davom etyapman. Xo‘sh, siz o‘zingizga yo‘llangan da’vatni qabul qilishga tayyormisiz. Umid qilamanki, tayyorsiz.

Bu sizga yoqadimi–yo‘qmi, ammo uylangan bo‘lsangiz, Xudo oilangizning ruhiy farovonligi uchun sizga er va otalik majburiyatlarini topshirgan. Sizning Xudoda qanchalik muvaffaqiyatli o‘sishingiz xotiningiz va bolalaringizning ruhan ulg‘ayishlariga bog‘liq. Ishonavering, bu shunday! Biroq yanada muhimi shuki, biz Xudo oldida yaqinlarimizning ruhiy farovonliigi uchun ham javobgarmiz.

Ammo oiladagi ruhiy boshqaruvga nisbatan yanada mas’uliyatli munosabat nimani anglatadi?

Xotiningizni ruhan ulg‘ayishga ilhomlantiring

Xotiningizni ruhan ulg‘ayishga ilhomlantirishning eng yaxshi usuli – o‘zingizning ruhan barkamollikka intilishingizdir. Avval aytib o‘tganimdek, oilaning ruhiy hayotiga siz ohang berasiz.

Ayrim turmushga chiqqan ayollar erlari oiladagi ruhiy boshqaruvda tashabbusni ko‘rsatmagunlaricha, ruhan ulg‘ayish yo‘lida hech qanday qadam qo‘ymaydilar. Ayrim ayollar esa erlarining ruhiy ulg‘ayishda orqada qolayotganlarini ko‘rib, ularning o‘zlariga yetib olishlariga imkon berish uchun “to‘xtalishadi”. Ikkala holatda ham ayolning ruhan ulg‘ayishi erining nomuvofiq hatti–harakatlari bois sekinlashadi. Ehtimol, bu kabi holatlar sizning oilangizda ham sodir bo‘layotgandir? Aziz birodar, agar chindan ham rafiqangizni o‘z ortingizdan ergashtirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zgarishingiz zarur!

Men bir kuni Muqaddas Kitobni o‘qib turganimda, o‘z ruhiy holatim haqida jiddiy fikrlashga undagan parchaga e’tiborimni qaratdim:

Yahudiya shohi Hirod davrida Zakariyo degan bir ruhoniy bor edi. U ruhoniy Abiyo urug‘idan kelib chiqqandi, xotini Elisabet ham ruhoniylar naslidan edi. Ikkalasi ham Xudo oldida solih bo‘lib, Egamizning amru farmonlariga bekamu–ko‘st rioya qilishardi (Luqo 1:5–6; kursiv meniki. – J. J.).

Oradan yillar o‘tib, ana shu Zakariyo va Elisabet Iso Masihni cho‘mdirgan Yahyo Cho‘mdiruvchining ota–onasi bo‘lishadi. Xudo alohida xizmatni amalga oshirishi belgilangan Go‘dakning ota–onasi o‘zgacha bir insonlar bo‘lishini istagan. Mazkur oyatlarni o‘qib, men o‘zimga saboq chiqarib oldim: Xudo meni ham, xotinimni ham ruhan ulg‘ayishga chorlamoqda. Xudoning marhamati nafaqat bizning oilamizga, balki xizmatimizga ham kelishi uchun biz ikkalamiz ham ruhan ulg‘ayishimiz kerak.

Biz, erkaklar, bu haqiqatni anglab, uni hayotga singdirishga kirishganimizda, har birimiz rafiqamizning ruhan ulg‘ayishida ko‘mak bera olishimiz mumkin. Bunday yordam dastlab juda oddiy tuyuladi: siz va xotiningiz ertalablari Muqaddas Kitobni alohida–alohida o‘qishingiz, oqshomlari esa o‘qiganlaringizni mushohada qilsangiz bo‘ladi. Shuningdek, Muqaddas Kalomni birgalikda o‘rganishlaringiz ham mumkin. Er–xotinlar o‘z ruhiy hayotlarida Muqaddas Kitobni o‘rganishlari bo‘yicha ko‘plab ajoyib qo‘llanmalar bor, shu bois “menda zarur qo‘llanma yo‘q” jumlasi bilan oqlanib bo‘lmaydi. Biz, erkaklar, oilamizning ruhan ulg‘ayishida ko‘proq tashabbus ko‘rsatishimiz lozim.

Rafiqangizning ruhan ulg‘ayishini osonlashtirish uchun uning ruhiy mashg‘ulotlarida doimo ham bevosita ishtirok etishning hojati yo‘q. Ba’zan unga qo‘llab–quvvatlash va madad so‘zlari bilan murojaat qilishning o‘zi kifoya. Xotinim Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlariga ayollarni tayyorlayotganida, unga o‘qib–o‘rgatishga urinmayman. Men faqatgina uni qo‘llab–quvvatlashim, maslahatlar berishim, yaxshi so‘zlar bilan ruhlantirishim mumkin. Bunday vaziyatda mening ruhiy yetakchi sifatidagi o‘rnim aynan shundan iborat.

Men sizlarni tag‘in nikoh kuningizni yana bir bora eslab ko‘rishga da’vat etaman. O‘shanda siz tanlagan turmush o‘rtog‘ingizga uning haqida g‘amxo‘rlik qilishingizni aytgansiz. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondirishni o‘z ichiga oladi, negaki siz uning ruhan o‘sishiga har taraflama yordam bermog‘ingiz shart. Va albatta, bu yo‘ldagi ilk qadam – Xudodan o‘zingizning katta intilish bilan o‘sishingizda yordam berishini so‘rashdir. So‘ngra xotiningizdan, uning nazarida qay tariqa, yordam berishingiz mumkinligi haqida so‘rang.

Rafiqangizni ehtiyot qiling

Kelinglar, biz tag‘in Efesliklarga maktubning 5–bobiga murojaat qilaylik va oilada ruhiy boshqaruvning yana bir jihati – rafiqani ehtiyot qilish haqida mushohada yuritaylik. Pavlus 26–27–oyatlarda Masihning O‘z jamoatiga bo‘lgan sevgisi haqida yozadi.

... suv va Xudoning kalomi orqali poklab, muqaddas qilish niyatida... Jamoatni O‘z huzuriga keltirganda, jamoat har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan xoli bo‘lib, ulug‘vor, muqaddas va benuqson bo‘lishi uchun Masih O‘z jonini ayamadi.

Iso Masih O‘z jamoatining “har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan xoli” tarzda namoyon bo‘lishini xohlaydi. U jamoatining muqaddas va benuqson bo‘lishini istaydi, shu bois uni mudom ehtiyot qiladi. U jamoatining pokligi haqida qayg‘uradi. Bu siymo bizni o‘z rafiqamizni ruhan asrash nima ekanligiga o‘rgatadi: biz uni gunohkor dunyoning halokatli ta’siridan asrashimiz lozim.

Siz o‘z xotiningizni ehtiyot qilasizmi? Yoki o‘z ishlaringiz bilan o‘ta band bo‘lganingiz bois xonadoningizda va uning hayotida nimalar bo‘layotganini sezmayapsizmi?

Adan bog‘ida ilon Momo Havoning oldiga sudralib borganida, Odam Ato o‘zini ana shunday tutgandek bo‘lib tuyuladi (qarang: Ibtido. 3:1–5). Xo‘sh, shayton Momo Havoni vasvasaga solib, Xudoning donoligini hamda Xudoning Odam Atoga va Momo Havoga bo‘lgan sevgisini shubha ostiga qo‘yganida, Odam Ato qayerda edi? Nega Odam Ato xotinini himoya qilib, Xudoni oqlash uchun biror so‘z aytmadi? Biz Muqaddas Kitobda bu savollarga javob topmaymiz, lekin mabodo Odam Ato xotinining yonida bo‘lganida, barchasi bu qadar fojeali tus olmasmidi!?

Endi esa xayolan yana o‘zingizning nikoh kuningizga qayting. Hoynahoy, Xudo oldida sizlarni nikoh ahdi bilan bog‘layotgan cho‘pon xotiningizni gunohkor dunyoning ta’siridan asrashga javobgar ekaningiz haqida aytgan bo‘lsa kerak. Bu javobgarlik o‘ta muhim! Mana, sizga bu mas’uliyatni ado etishingizda yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlar (afsuski, men bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘ygachgina, bu haqiqatlarning adolatli ekaniga ishonch hosil qildim):

  • Xudo rafiqangizni pokiza va benuqsonlikda asrashi uchun har kuni ibodat qiling. Siz har tongda Xudo bilan tanho muloqotingiz chog‘ida Undan shu haqda so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, bu haqda yo‘l–yo‘lakay ishga ketayotib ham so‘rasangiz bo‘ladi.
  • Xotiningiz o‘z ishxonasidagi ruhiy munosabatlarni sog‘lom hisoblaydimi–yo‘qmi, shu haqda gaplashing (ikkalangiz ham har qanday yangi ishga joylashishda bu vaziyatlarni inobatga oling).
  • Uning televizordan nimalar ko‘rayotganini e’tiborga oling (Odam Atoni eslang – balki u xotiniga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim bo‘lgandir).
  • Uning ruhiy hayotiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan odamlardan xotiningizni ehtiyot qiling (bu hatto qarindoshlar yoki tanish–bilishlardan kimdir bo‘lishi mumkin).

Ehtimol, siz bu maslahatlarni o‘qib, xayolga tolgandirsiz: «Bularning barchasi xotinimga emas, balki qizimga taalluqli!» Ha, bu maslahatlar unga ham foydali bo‘lishi mumkin. Siz haqsiz: qizingizning pokligi haqida siz qayg‘urishingiz kerak, negaki, agar siz uni yaxshi ko‘rsangiz va yaxshilik istasangiz, uning nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga, qayoqqa va kim bilan borayotganiga e’tiborli bo‘lishingiz zarur. Ammo shu bilan birgalikda, xotiningiz ham sizning g‘amxo‘rligingiz va himoyangizga muhtoj ekanini unutmang. Garchi rafiqangiz katta yoshli inson bo‘lsada, uni asrash va uning ruhiy–hissiy farog‘ati haqida g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyatidan o‘zingizni chetga tortishga haqqingiz yo‘q. Qaysi xotin erining bunday g‘amxo‘rligidan minnatdor bo‘lmaydi deysiz?

Rafiqangizni ortingizdan boshlab borayotganda, unga sevgini namoyon eting

Ehtimol, rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlab borayotgan mahal, unga o‘z sevgingizni ko‘rsatishingiz sizga oson tuyulmasa kerak. Balki, agar uni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlab qo‘ygan bo‘lsangiz, demak, sevganingiz bois shunday qilgansiz–a (o‘zim ham avval shunday deb o‘ylagandim!). Ehtimol, sevgi jismoniy yaqinlikda namoyon bo‘ladi deb hisoblarsiz (o‘zim ham avval bunday vaziyatni ko‘rganman!). Darhaqiqat, bu holatlarning bari er–xotinlik sevgisining namoyon bo‘lishi, ammo Muqaddas Kitobga xos xos, haqiqiy masihona sevgi tana va qalb sevgisidan ko‘ra anchayin ulkandir. Bu aslida mohiyatan ruhiy sevgidir.

Mabodo siz xotiningizni o‘z ortingizdan ergashtirgan holda unga sevgingizni namoyon etishni istasangiz, eng avvalo oddiy bir haqiqatni tushunib olishingiz lozim: boshlash uchun hech qachon kech emas! Maktab yillaridagi bir holat yodimga tushyapti. Men boshqa bolalar bilan birgalikda yengil atletika estafetasida ishtirok etgandim. Birinchi bosqichdan so‘ng bizning jamoamiz autsayderlar qatoriga tushib qoldi, vaziyatni o‘nglash uchun esa hech qanday imkon yo‘q edi. Biz kurashni to‘xtatib, o‘yindan chiqishimiz mumkin edi, ammo bunday qilmadik. Barcha ishtirokchilar vaziyatni o‘nglash uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi va natijada biz estafetani sharaf bilan yakunladik. Bu holat er o‘z ortidan rafiqasini boshlab borish da’vatiga qanday yondashmog‘i kerakligini menga eslatib turadi: Xudo buning uchun sizdan bor kuchingizni ishlatishga da’vat etadi. Hech qachon kurashdan to‘xtamang! Hech qachon taslim bo‘lmang! “O‘yindan chiqib ketish”ni xayolingizga keltirmang! Xudo va sizning rafiqangiz “eng yaxshi natijalar”ni ko‘rsatishingiz uchun munosibdirlar!

Hozir esa xotiningizni o‘z ortingizdan boshlab borayotib, unga sevgi namoyon etishingizga yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlar.

Xudoda ulg‘aying. Mazkur da’vat kitobimning sahifalarida bir necha bor yangragan, ammo uni yana bir bora takrorlasak arziydi. Sizning rafiqangizga bo‘lgan sevgingiz Xudoda ulg‘aygan paytingizda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Rafiqangiz Xudo sizning qalbingizda o‘t yoqishi va uni ruhan ulg‘ayishga bo‘lgan tashnalik bilan to‘ldirishi uchun ibodat qiladimi? Mana, har qanday oilali erkak ruhan ulg‘ayish yo‘lida qo‘llashi mumkin bo‘lgan bir necha oddiy qadamlar:

  • Muqaddas Kitobni har kuni o‘qing (ushbu kitob so‘ngida keltirilgan Muqaddas Kitobni yillik o‘qish rejasidan foydalanishingiz mumkin). Yodingizda bo‘lsin, Muqaddas Kitob oddiy kitob emas va uning haqiqatlari sizni va oilaviy hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Shunchaki Muqaddas Kitobni o‘qishni boshlang!
  • Yaxshi bir ruhiy ustoz toping. «Temir temirni o‘tkirlaydi, inson esa do‘stini» (Hikmatlar 27:17).
  • Sizga ruhan salbiy ta’sir ko‘rsatadigan odamlar bilan muloqot qilmang. «Lekin adashmanglar, axir, “yomon ulfatlar yaxshi ahloqni buzadi”, deyishadi–ku» (1Kor. 15:33).
  • Vasvasaga soladigan vaziyatlarga tushib qolmaslikka harakat qiling. «...yoshlik ehtiroslaridan qoch» (2Tim. 2:22).
  • Vujudingizni tiying. «…bashariy tabiatingizning ehtiroslarini qondirishni hatto xayolingizga ham keltirmanglar» (Rim. 13:14).

Xudoda ulg‘ayishda rafiqangizga yo‘l–yo‘riq ko‘rsating. Rafiqangizga jamoatdagi Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlariga qatnashishini maslahat bering. U bu mashg‘ulotlarda yangicha nimalarni o‘rganib olayotgani bilan qiziqing. Xotiningizning haqiqiy ruhiy ustozi bo‘lishingiz uchun Muqaddas Kitobni shaxsan o‘rgatishingiz shart emas – shunchaki to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishiga yordam bering va uning muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘ling.

Xotiningiz bilan birgalikda ibodat qiling. Bundan bir necha yillar muqaddam oilaviy hayotlarida qiyinchiliklarga uchragan er–xotin menga maslahat so‘rab murojaat qilishdi. Biz ularni tashvishlantirayotgan masalalarni muhokama qildik, so‘ngra esa men erdan ibodat qilib, bu ishni Xudoga havola etishini so‘radim. U ibodat qilishni yakunlaganida, uning xotini yig‘layotganini ko‘rdim. Undan nega yig‘lagani haqida so‘raganimda shunday javob berdi: «Turmush qurganimizga ham mana o‘n yil bo‘ldi, ammo faqat bugun birgalikda ibodat qildik». Men sizning oilaviy hayotingizda bunday bo‘lmasligiga juda umid qilaman. Aziz birodar, tashabbus ko‘rsating: rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlab, u bilan birgalikda va uning uchun ibodat qiling.

Xotiningizga tushunib yondashing. Muqaddas Kitobda xotin «zaif jins» deb atalgan. Xudo bizga shunday deydi: «Ey erlar, sizlar ham, Egamiz haqi–hurmati, xotinlaringizga e’tiborli bo‘linglar, ular zaif jinsdan ekanligini hisobga olinglar. Ular ham abadiy hayot inoyatidan bahramand bo‘lganlari uchun ularni hurmat qilinglar. Aks holda, ibodatlaringiz ijobat bo‘lmaydi» (1Butrus 3:7). Bir ilohiyotchi “zaif” so‘zining ma’nosini shunday izohlaydi: «Er va xotin Masihdagi Xudo oldida tengdirlar. Ruhiy munosabatlarda xotin erga nisbatan quyiroq darajani egallamaydi (qarang: Gal. 3:28), ammo u erkakka nisbatan jismonan zaifroq, shu bois erkak uni himoya qilib, qo‘llab–quvvatlashiga va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishiga muhtoj».

Rafiqangizning sizga nisbatan jismonan zaifligi unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Bu holat u sizning himoyangiz va g‘amxo‘rligingizga muhtoj ekanligidan dalolat beradi, xolos. Shu bois, siz siz uni kattaroq jismoniy harakatlar talab etiladigan barcha ishlardan ozod etmog‘ingiz lozim.

Siz ishlab topgan pullaringizni uyga keltirib, oila boshlig‘i sifatidagi majburiyatimni bajardim deb o‘ylashingiz mumkin (o‘zim ham avval shunday fikrda bo‘lganman). Oxir–oqibat, bu axir xotiningizni barcha zarur narsalar bilan ta’minlash degani–ku! Xo‘sh, ehtimol, xotiningizning anchagina pand–nasihatlaridan so‘ng uyda biror yumushni bajararsiz? Shunday bo‘lsa ham, boshqa barcha yumushlarni – uyda va hovlida tartib–tozalikni saqlash, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ota–onalar bilan muloqot, mashinani yuvish, xarid qilishni – xotiningizga zimmasiga yuklashga moyil bo‘lsangiz kerak. Siz ayni paytda uning ham ishlab kelishini e’tiborga olasizmi–yo‘qmi?

Endi esa biroz arifmetika bilan shug‘ullanaylik. Deylik, siz haftasida besh yoki olti kun ishlaysiz. Ish kuningiz sakkiz soatlik va har kuni yo‘lda bir soat vaqtingizni sarflaysiz. Xo‘sh, rafiqangizning ish kuni qanaqa – u ham sakkiz soatlikmi? Biroq uyda uning tag‘in xotin, ona, oshpaz, hamshira, farrosh, bog‘bon, yordamchi ishchi, ma’mur va hakamlik vazifalarini ham bajarishiga to‘g‘ri keladimi? Agar shunday bo‘lsa, u kamida ikkita ishda ishlar ekan! Aytganlaridek, «dam olish kunlarisiz kecha–yu–kunduz ishlaymiz». Sizga bu ochiqchasiga alg‘ov–dalg‘ov bo‘lgandek tuyulmayaptimi ?

Siz xotiningiz tortib borayotgan yukni yengillashtira olmaysizmi? Bu borada ham men sizga bir qancha maslahatlar berishim mumkin:

  • Rafiqangiz bilan kun tartibini muhokama qiling. Ayrim muammolarni vaqtni aql bilan taqsimlash asosida hal eting.
  • Xonadoningizga ko‘proq mas’uliyatli ekaningizni ko‘rsating (bu maslahat ikkalangiz ham ishlaydigan vaziyatga yanada mos tushadi). Yodingizda bo‘lsin: siz xotiningiz bilan – yagona jamoasiz. Sizning uyingizga bor narsalari bilan teng ravishda haqlisiz, shu bois uydagi yumushlarni ham o‘zaro bo‘lib olishingiz kerak.
  • Xotiningizni santexniklar, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish stansiyasi xodimlari va boshqa ustalar bilan kelishib olish zaruriyatidan xalos eting.
  • Barcha moliyaviy masalalarda birgalikda qaror chiqaring. Ayrim oilalarda pulni faqat erkak taqsimlasa, boshqasida aksincha, faqat xotini mas’ul. Bu ikkala holat ham – og‘ir holat. Ammo harqalay, oxir–oqibat oilani moddiy ta’minlash va uni aql bilan sarf qilish erkakning zimmasida ekanini inkor etmasangiz kerak deb o‘ylayman (qarang: 1 Tim. 5:8). Umuman olganda, er–xotinlar oilaviy hayotning barcha jabhasida bir–birlariga yordam berishlari lozim, xususan, moliyaviy masalada ham. Siz bu jabhada o‘z vazifangizni aniq belgilab olishingiz va hamisha birgalikda tegishli qarorlar qabul qilishingiz joiz.
  • Farzandlaringizning hayotida faol ishtirok eting. Xotiningizga bolalaringiz parvarishida har taraflama yordam bering. Har oqshom ularni uxlatishingizdan avval, bolalarga mo‘ljallangan Muqaddas Kitobni o‘qib bering. Muqaddas Kitob oyatlarini yodlab olishlariga ko‘maklashing.
  • Rafiqangizga hurmat ko‘rsating. Siz ibodat qilishingizda to‘sqinlik bo‘lmasligini istaysizmi? Bu holda xotiningizga yetarlicha e’tibor ko‘rsatib, hurmatingizni namoyon eting (qarang: 1Butrus. 3:7). Bu olamda turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘ra hurmatingizga munosibroq inson yo‘q.

Xudo sizda va rafiqangizda qanchalik ulug‘ va mo‘‘jizaviy ishlarni amalga oshirishni istaydi! Ammo Xudo faoliyatining ulug‘vorligi sizni cho‘chitmay qo‘ya qolsin. , Ilohiy mukammallikka erishish uchun eng avvalo ushbu haqiqatga qat’iy amal qilish zarur:

Ey erlar, ... xotinlaringizni yaxshi ko‘ringlar (Ef. 5:25)

Siz xotiningizga g‘amxo‘rlik qilishni va uni himoya qilishni o‘rganib olganingizda, chinakamiga sevuvchi er bo‘lib yetishasiz. Axir ertalab uyg‘ongach: «Men bugun xotinimni sevmayman» deydigan er ham bormikan–a. Ammo amalda u ko‘pincha aynan shunday o‘ylayotgandek bo‘lib tuyuladi. Sevgining yetishmasligi hattoki unga nisbatan turlicha loqayd munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Xotiningizga beparvo bo‘lishingizga yo‘l qo‘ymang. Rafiqangizni sevish haqidagi Xudoning amrini shunday bajaring–ki, siz va rafiqangiz to‘g‘risida Kalomning quyidagi so‘zlari bilan aytish mumkin bo‘lsin:

Ikkovi ham Xudo oldida solih bo‘lib, Egamizning amru farmonlariga bekamu ko‘st rioya qilishardi (Luqo 1:6).


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак