Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 7 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 7 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Oilaviy baxtning o‘nta siri

Bir–biringiz bilan muloqot qiling.

O‘zaro “men seni sevaman” deb ayting.

Bir–biringizga qo‘l tekizing.

Bir–biringizda ehtiros uyg‘oting.

O‘zaro sabrli bo‘ling.

Bir–biringizga ishoning.

Bir–biringizga yaxshilik qiling.

Bir–biringizni qadrlang.

Bir–biringizdan minnatdor bo‘ling.

Bir–biringizni tushunib, hamfikr bo‘ling1.

Kennet Kilinski

7. RAFIQANGIZNI SEVING (DAVOMI)

Xotin topgan baxt topib,

Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi.

Hikmatlar 18:23

Men avvalgi bobda rafiqalarimizga sevgini qanday namoyon etish haqida gapirib o‘tishga va’da bergandim. Biz uni faqat so‘z bilan sevmasligimizni yaqqol tushunishi uchun nimalar qilishimiz kerak? Aslida esa hech nimani o‘ylab topishimizga hojat yo‘q: o‘z vaqtida sevgimizni shu tarzda namoyon etganimiz tanlaganimiz qalbini eritgan va unda javob sevgisini uyg‘otgandi. Bo‘lajak rafiqangizga sevgingizni qay tariqa bildirganingizni eslang va nikohdagi sevgi haqida yana nimalarnidir bilib olishga tayyorlaning. Hozir men turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlashga yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlarni aytaman.

Rafiqangizning yaqin do‘sti bo‘ling

Hayotda har birimizning ham yaqin do‘stimiz bor. Maktabda yuqori sinfda o‘qiyotganimda bir qancha qalin do‘stlarim bo‘lgan. Biz hamma ishni birgalikda qilardik. Bizlar bir–birimizga o‘zaro munosabatlarimizni saqlab qolishga va’da bergandik, ammo vaqt o‘tib do‘stligimiz rishtalari zaiflashdi. Va nihoyat, do‘stligimiz ham yakuniga yetdi. Mutlaqo ayonki, do‘stlik yaqin munosabatlarsiz, o‘zaro aloqalarsiz nobud bo‘ladi. “Ayriliq sevgini faqat mustahkamlaydi” iborasi barcha vaziyatlarga ham to‘g‘ri kelavermaydi.

Men hozir sizlarni bo‘lajak rafiqangiz ning ko‘nglini ovlab yurgan damlaringizga xayolan qaytarmoqchiman. Siz uning yaqin do‘sti bo‘lishga uringanmisiz? Ishonamanki, uringansiz. Hoynahoy, agar u siz bilan emas, boshqa odamlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazganida hasad o‘tida yongandirsiz. U bilan birga bo‘lish va xursandchilik qilish sizga yoqqanmi? Bizning Elizabet bilan munosabatlarimizda ham shunday bo‘lgan: qachonlardir biz yaqin do‘stlar bo‘lganmiz.

Barcha sevishganlarga muloqotning musaffo quvonchi hech qachon tugamaydigandek bo‘lib tuyuladi, ammo sevishganlar er–xotin bo‘ladigan vaqt keladi va avvalgi quvonch esa qayoqqadir ketib qoladi. Nega shunday? Bu savolga javobni oddiy formula yordamida ifoda etish mumkin:

vaqt + yaqin tanishuv + g‘amxo‘rlik + majburiyatlar =

tuyg‘ular o‘tkirligining kamayishi

Boshqacha aytganda, kundalik tashvishlar, er–xotinlik majburiyatlari ular munosabatining o‘rtasida to‘siqqa aylanib, er va xotinni bir–birlaridan yiroqlashtiradi.

Biroq boy berilgan quvonchni qanday qilib tiklash mumkin? O‘sha yorqin, baxtiyor kunlarni eslab ko‘ring. Xo‘sh, o‘zingiz va sevganingiz xursand bo‘lishingiz uchun nima qilgan bo‘lardingiz? Bu haqdagi fikr–xotiralaringizni qog‘ozga tushiring va so‘ngra yana xuddi shunday yo‘l tutishga qaror qiling, zero bu olamdagi barcha o‘zaro aloqalar ichida rafiqangiz bilan do‘stlik – sizdagi eng qimmatbaho munosabatlardir.

Birgalikda ko‘proq vaqt o‘tkazing

Siz bo‘lajak rafiqangizning ko‘nglini ovlab yurganingizda, hoynahoy, u bilan doimo birga bo‘lishni istagan bo‘lsangiz kerak. Hozirda hayotingizning har bir lahzasini birga o‘tkazishni istaysizmi? Eh, qalbingizda avvalgi his–tuyg‘ular qolmaganmi? Lekin nima uchun? Siz xotiningizga shunchalik o‘rganib qolganingizdan, uni aslida shunday bo‘lishi kerakdek qabul qilyapsizmi? Siz u bilan ish, golf o‘yini, baliq ovi ki do‘stlaringiz bilan futbol o‘yiniga borishingiz haqida gaplashasizmi?

Hoynahoy, har kunlik tashvishlar bois ko‘pincha birga bo‘lmasangiz kerak. Balki ertalab ishga ketish oldidan u bilan bir soatdan kamroq, oqshom esa holdan toydiruvchi ish kunidan so‘ng ikki yoki uch soat birgalikda vaqt o‘tkazarsiz, xolos.

Ammo, menimcha, faqat ikkalangiz birgalikda o‘tkazadigan vaqtingiz bundan ham kam. U kechki ovqat tayyorlashi va keyin idish–tovoqlarni yuvishi, bolalar bilan shug‘ullanishi, ularni uxlatishi kerak. Sizda xotiningiz bilan o‘zaro muloqot uchun juda kam vaqtingiz qoladi.

Ammo siz bularning baridan ko‘ra qimmatbaho vaqtingizni boshqa nimalargadir sarflashni afzal ko‘rsangiz, jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz. Siz bu harakatingiz bilan xotiningizga go‘yo shunday degandek bo‘lasiz: «Menda sendan ham muhimroq yana nimalardir bor».

Siz, albatta, rafiqangizni sevasiz va shubham yo‘qki, uni Masih O‘z Jamoatini sevganidek skvasiz. Rafiqangiz – Xudoning qimmatbaho in’omi. Muqaddas Kitobda aynan shunday yozilgan: «Xotin topgan baxt topib, Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi» (Hikmatlar 18:22). Agar siz yaxshi xotin topgan bo‘lsangiz, demak, xazina topibsiz! Bu ayol – Xudoning sizga bergan marhamatining belgisidir va men sizdan faqat shuni so‘rayman: har oqshom xotiningiz bilan gaplashib olish uchun, undan kun qanday o‘tgani va qanaqa natijalar berganini so‘rab olish uchun bir necha daqiqa vaqt toping. Bu ikkalangizga ham katta marhamat in’om etadi!

Rafiqangizni uchrashuvga taklif eting

Siz turmush o‘rtog‘ingizni sevishingizni aytyapsiz–a. So‘zingizning ilk isbotlaridan biri – u bilan chin yurakdan gaplashib olish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni bag‘ishlashga tayyor ekanligingiz. Ammo nega bu borada yanada oldinga intilmaslik kerak ekan? Nega uni xuddi o‘tmishning ajib damlari bo‘lgani kabi uchrashuvga taklif etmaslik kerak? Nega u bilan birgalikda tushlik qilib bo‘lmas ekan? Nega ikkalangizga ham... yoki unga huzur bag‘ishlaydigan qandaydir mashg‘ulot bilan birgalikda shug‘ullanib bo‘lmas ekan. Misol uchun, xotiningiz bilan birgalikda do‘konlarga boring (ux!). Rafiqangizni haftasida hech bo‘lmasa bir marotaba uchrashuvga chaqiring. Mehmonlar uyingizda bo‘lishganida yoki ikkalangizni birgalikda mehmonga taklif etishganlarida buni o‘zaro uchrashuvingiz deb hisoblamang. Hech kim va hech nima – bolalar ham, mehmonlar ham, ish ham, boshqa biror narsa ham – sizni rafiqangizga sevgi izhor etish imkoningizdan mahrum qilmasin!

Bir tasavvur qiling: agar har hafta xotiningizni uchrashuvga taklif etadigan bo‘lsangiz, o‘n besh yillik birgalikdagi hayotingiz mobaynida boshqalardan xoli yetti yuz sakson marotaba uchrashar ekansizlar – yetti yuz sakson marta hech kim sizlarga sevgingizni izhor etishingizga xalal bermaydigan vaziyatda bo‘lasizlar. Siz bunday uchrashuvlar munosabatlaringizni chuqurlashtirishi va mustahkamlashi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Biz Elizabet ikkalamizga bunday uchrashuvlar juda yordam beradi. Va har safar ham qimmat restoranlarga borishning hojati yo‘q. Biz ko‘p yillar davomida oddiygina kafelarda o‘tirib, bir chashka qahva ustida samimiy suhbat quramiz, bir–birimizni tinglaymiz, orzularga berilamiz va shunchaki dam olamiz.

Men ancha yillar avval qatnagan bir jamoatda yaqindagina cho‘ponlar konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada oldimga boshqa shaharlik bir cho‘pon keldi. U men bilan nima haqdadir suhbatlashmoqchi edi, biroq suhbatimiz uchun vaqt ajratmoqchi bo‘lganim o‘sha yagona oqshomda cho‘pon o‘zi qo‘nim topgan xonadondagi er–xotinning bolalariga qarab turishi kerak bo‘libdi. Ular bir–birlari bilan uchrashib olish uchun cho‘pondan shu haqda iltimos qilishgan ekan. Bu juftlikning va cho‘ponning mazkur uchrashuvga qanchalik ahamiyat berishgani meni zavqli hayratga to‘ldirdi. Biz cho‘pon bilan uchrashib, suhbatlasha olmadik, ammo bundan afsuslanmayman. Ishonchim komil: o‘shanda er–xotinlarning uchrashib olishlari anchayin muhimroq edi.

Aziz birodar, rafiqangizni uchrashuvga taklif eting! Bu uchrashuvni keyingi haftaga qoldirmang. Bu sizga ham, rafiqangizga ham katta marhamat olib keladi!

Rafiqangizni e’tiboringiz bilan qurshab oling

Inson ongi – mo‘‘jizaning o‘zi! U bir vaqtning o‘zida minglab vazifalarni bajarishi mumkin! Bu ba’zan sizga foyda keltiradi, ba’zida esa yo‘q. Misol uchun, xotiningiz siz bilan gaplashayotganida sizning boshqa boshqa birov yoki boshqa narsalar haqida o‘ylashingiz yaxshi emas! Rafiqangiz sizga o‘z qalbini ochadi, sizning xayolingiz esa undan uzoq–uzoq qayerdadir kezib yuradi. Ayol buni payqamay qolishi mumkin emas. Biz, erkaklar, o‘zimizni juda aqlli deb bilamiz. Bizning o‘zimizga qachon rozilik ishorasini berishni yoki “ha–ha, albatta” deyishni biladigandek tuyuladi, biroq rafiqalarimiz bizning xayolimiz boshqa joyda ekanligini hamisha payqab olishadi!

Siz rafiqangizning yonida bo‘lganingizda, ayniqsa u bilan xoli qolganingizda uni e’tiboringiz bilan qurshab olishingiz lozim: bu paytda nafaqat sizning jismoniy ishtirokingiz,balki butun diqqat–e’tiboringiz ham unga qatalishi muhim. Buning uchun diqqatni jamlash zarur. Shaxsan o‘zim bunga tez o‘rgana olmaganman. Kommivoyajerlik faoliyatim har bir mijozga e’tibor qaratishni taqozo etadi, rafiqa esa, o‘z–o‘zidan ayonki, har qanday mijozdan muhimroq! Turmush o‘rtog‘ingiz bilan tanho qolganingizda, uni e’tiborga burkashni o‘rganing, ana shunda yuzaga kelgan natijaga har qanday kommivoyajer ham havas qiladi!

Rafiqangizni tinglashni o‘rganing

Hozir esa bo‘lajak rafiqangizni ko‘nglini ovlab yurgan damlaringizga xayolan yana qaytishingizni so‘rayman. O‘shanda uning har bitta so‘zini ilg‘ab olgansiz–a. O‘shanda siz diqqat bilan tinglagansiz. Nega? Negaki uning ko‘nglini chog‘ qilishni istagansiz. Sizni dunyodagi eng yaxshi erkak deb bilishini xohlagansiz. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi o‘zi? Nahotki sizni xuddi shunday erkak dkb hisoblashini boshqa istamay qolgan bo‘lgansiz? Xotiningiz bilan xoli qolganingizda qimmatbaho daqiqalardan foydalanib, uni diqqat bilan tinglang. Bundan u behad xursand bo‘ladi. Ayniqsa, turmush o‘rtog‘ingizni uchrashuvga taklif etganingizda, uning so‘zlarini alohida e’tibor bilan tinglang.

Er ham, xotin ham bir–birlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishlari va yakdillikka erishishlari juda muhim. Kimdir o‘z fikrini mana bunday ifoda etgandi: «Nikohning mohiyati muloqot va o‘zaro tushunishdan iborat. Aytish mumkinki, samimiy muloqot va o‘zaro teran tushunchalar rishtalarini bog‘laydigan er–xotinlar chinakamiga baxtlidirlar».

Tan olishim joizki, men doimo ham rafiqamni diqqat bilan tinglamaganman. Ko‘pincha ish–tashvishlarim ko‘pligini ro‘kach qilib, uni tinglamaslikni o‘zimga ravo ko‘rganman. Ehtimol, siz ham ba’zan xotiningizning gaplarini eshitmaslik uchun shu kabi bahonalar toparsiz. Men o‘zim bunga o‘rganishim kerak edi. Vaqt o‘tib men bu san’atni o‘rgandim, endi esa sizlar bilan bir qancha foydali maslahatlarni baham ko‘rmoqchiman. Ishonamanki, ular rafiqangiz bilan munosabatlaringizda yordam beradi.

  • Xotiningizni tinglayotib, unga sevgingizni namoyon etayotganingizni anglab oling. Siz bu bilan uning o‘zingiz uchun qanchalik qadrli ekanini ko‘rsatasiz.
  • Ishdan uyga qaytayotganda, kunning barcha tashvishlarini bir chetga surib, rafiqangiz bilan muloqot qilishga o‘zingizni tayyorlang. Unga qanday savollar berishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Bunday tayyorgarlik unga e’tibor qaratishingizga yordam beradi.
  • O‘z keysingizni ishxonada qoldiring (agar buning iloji bo‘lmasa, bir muddatga bo‘lsa–da uni mashinangizda qoldiring). Bu o‘z–o‘zidan ish haqidagi fikrlaringizni chetga surib, xotiningiz bilan muloqotga sizni tayyorlaydi.
  • Xotiningizdan kunni qanday o‘tkazganini so‘rang. Agar bir finjon qahva ustida suhbat qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
  • Xotiningizni sizga murojaat qilganida boshqa barcha ishlaringizni qo‘ya turing. Uning ko‘ziga qarab, diqqat bilan tinglang, axir siz boshqa odamlar bilan shunday gaplashasiz–ku.
  • Suhbat mobaynida xotiningizga savollar bering. Bu uning fikrlarini kuzatib borishingizga yordam beradi.
  • Sizni eshitmaganlari qanchalik yoqimsiz bo‘lganini eslang. Siz xotiningizni tinglamaganingizda, u ham ana shunday ahvolga tushadi.

O‘z sadoqatingizni nikoh ahdi bilan mustahkamlang

Men mazkur bobda turmush o‘rtog‘ini so‘z bilan emas, balki amalda sevish nimani anglatishi haqida so‘zlayman. Men rafiqangizga sevgingizni namoyon etishga yordam beradigan to‘rtta maslahat berdim. Biroq bu maqsad yo‘lida yana bir muhim qadam bor.

Rafiqangiz bilan uchrashuv tashkil etganingizda, qulay fursat topib, unga nikoh ahdingizga sodiqligingizni ko‘rsatmoqchi ekaningizni ayting. Siz nikoh qasamyodining mana bu so‘zlarini yozib olib, sevgilingizga o‘qib berishingiz mumkin:

Men, (ismingiz), seni (rafiqangizning ismi) rafiqam deb

qabul qilaman hamda boylik va kambag‘allikda ham, quvonch va qayg‘uda ham, xastalik va salomatlikda ham, toki o‘lim bizni ajratmagunicha senga sevimli va vafodor er bo‘lish uchun Xudo oldida javobgarlik bilan ont ichaman.

Xotiningizdan nikoh uzugini so‘rang. So‘ngra nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni tasliqlab, barmog‘iga shu uzukni yana taqib qo‘ying. Siz quyidagi so‘zlarni ham qo‘shimcha qilishingiz mumkin:

Men bizning o‘zgarmas ishonch va abadiy sevgimizning belgisi hamda kafolati sifatida senga mana shu uzukni sovg‘a qilaman.

Barcha bu maslahatlar va takliflar rafiqangizga sevgingizni namoyon etishga yordam berishga qaratilgan. Uni do‘stingiz kabi qadrlashingizni ayting. U bilan birga bo‘lish sizga yoqishini ayting. Uni uchrashuvga taklif eting. Nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni va bu ahdni hayotda amalga oshiringizni ayting. Xudoning inoyatiga umid qilgan holda unga bergan va’dangizga bir umr sodiq qolishingizni ayting. Turmush o‘rtog‘ingizga har tomonlama sevgini namoyon eting!

Ehtimol, quyidagi she’r xotiningizga sevgi haqida gapirishingizga va imkon qadar tez–tez shunday qilishingizga ilhomlantirsa ajabmas.

Unga sevgi haqida aytgin

Hayotingda ko‘p tashvish, mehnat

Lekin bitta quvonch bor, albat, –

Yaratguvchi rafiqa bergan!

Unga sevgi haqida aytgin!

Qachonlardir sen bo‘lib shodon

Uni qo‘lda ko‘tarding mudom,

Nahot barin unutib qo‘yding?

Unga sevgi haqida aytgin!

Kunlar, yillar o‘tsa ham ammo,

Uning husni so‘lmaydi aslo,

Zabonida yangrayli isming.

Unga sevgi haqida aytgin!

Tegishlisan unga sen abad,

U – seniki, sen uchun faqat.

Ana shunday bu hayot yo‘ling.

Unga sevgi haqida aytgin!

Yomonlikdan uni asragin,

Aslo tushkun, ma’yus bo‘lmasin,

Jannat axir u bilan umring.

Unga sevgi haqida aytgin!


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак