Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 5 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (1 қисим. 5 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

Rafiqangiz

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Teodor Ruzvelt aytgan: «Siz har qanday joyda va har qanday vaqtda Xudoga sajda qilishingiz mumkin. Biroq avval Unga muayyan joyda va muayyan vaqtda sajda qilishga o‘rganmagan bo‘lsangiz, hoynahoy, bu tarzda Xudoga yuzlanmasangiz kerak»1.

Shoh Dovud aytgan: «Egamizning uyiga boraylik”, deb menga aytganlarida shod bo‘ldim» (Zabur. 121:1).

5. XUDONING QALBIGA MOS ERKAK QANDAY BO‘LISHI KERAK (DAVOMI)

Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham

 Muqaddas Ruh boshchiligida, haqiqatni bilgan holda

sajda qilishlari lozim.

Yuhanno 4:24

Biz Xudoning qalbiga mos erkakni boshqa erkaklardan ajratib turadigan ajoyib ezguliklarni o‘zimizda qanday qilib rivojlantirishimiz mumkin? Bu savolni biz oldingi bobda ko‘rib chiqishni boshladik va eng avvalo, Xudoning qalbiga mos erkak ikkita fazilatga, ya’ni itoatli va ibodatgo‘y qalbga ega ekanini bilib oldik. Biroq Xudoga manzur erkaklarga xos bo‘lgan fe’l–atvorning boshqa ijobiy xususiyatlari ham bor. Mazkur bobda biz ana shu xususiyatlar haqida gaplashamiz.

Albatta, biz Xudoning qalbiga mos erkakning barcha fazilatlarini ko‘rib chiqa olmaymiz, ammo ular orasidan Xudoda ulg‘ayishimizga va ruhiy yetuklik sari yaqin borishimizda bizga ko‘proq yordam beradiganlarini atayin tanlab oldim.

Xudoga olqish bilan to‘lib–toshgan qalb

Sizning tasavvuringizdagi shoh Dovud qanaqa? Hoynahoy, u sizga haqiqiy erkak – jismonan o‘ta baquvvat va bukilmas irodali – ko‘rinishida namoyon bo‘lsa kerak. U sher va ayiqni o‘ldirgan. U pahlavonni mag‘lub etgan. U ko‘plab dushmanlarni yenggan jasur jangchi bo‘lgan. U “Dovud shahri” yaratilishiga asos solgan quruvchi bo‘lgan. U Qadimgi dunyoning eng buyuk shohlaridan biri. Shubhasizki, Dovud haqiqiy erkak, mashhur qo‘mondon va o‘z xalqining buyuk yo‘lboshchisi bo‘lgan.

Shu bilan birgalikda, Dovud Xudoning marhamatiga to‘lgan chuqur imonli inson bo‘lgan. U doimo Xudoni olqishlagan va Kalomda Dovud “Isroilning suyukli qo‘shiqchisi” deb atalgan (2 Shoh. 23:1). U o‘zi haqida shunday degandi: «Egamning Ruhi men orqali gapirdi, Tilimdan Uning kalomi to‘kildi» (2 Shoh. 23:2).

Dovud doimo ham to‘g‘ri yo‘l tutmagan, lekin uning qalbi hamisha Xudoni izlagan. U barcha yutuq va muvaffaqiyatlari uchun Xudodan minnatdor bo‘lishi kerakligini bilgan. Dovud kunlardan birida Xudo qarshisida ibodat qilib, Uni jo‘shqin olqishlari va navozishlari bilan ulug‘lagan: «Ey Egam Rabbiy! Men kim bo‘libman, xonadonim nima bo‘libdiki, Sen meni bu qadar ulug‘lading?!» (2 Shoh. 7:18). Dovud Xudoning o‘ziga ulug‘ iltifot ko‘rsatganini tushungan va uning zaboni Xudoni maqtamay turolmasdi.

Ammo bu hali hammasi emas! Dovudning og‘zidan chiqqan baland ruhli so‘zlarni o‘qiyotganda, Xudo sizni qanday marhamatlayotgani haqida o‘ylab ko‘ring. Agar sizning sevimli xotiningiz va farzandlaringiz bo‘lsa, agar siz qatnaydigan jamoat Xudoga ruhan va haqiqat bilan sajda qilsa, agar sizda doimiy ish va yaxshigina uyingiz bo‘lsa, demak, Xudoga minnatdorchilik bildirish uchun asosingiz bor. Biroq sizga nimadir yetishmasa ham, baribir Uni olqishlang: bu shunchaki siz uchun muhim. Har yerda hozir va sevuvchi Xudo sizni tushunadi va nimaga muhtoj ekaningizni biladi. U siz haqingizda g‘amxo‘rlik qilishga va’da bergan (qarang: Zabur. 22:1), shu bois dadillik bilan Uning donoligini maqtang! Dovud buni sizga o‘rgatishi mumkin. Mana, ilohiy bu erkak Xudoni qanday olqishlab, maqtagan:

Egamizga, adolating uchun shukur, deyman, Egamiz – Xudoyi Taologa hamdu sanolar kuylayman (Zabur 7:18).

Ey Egamizning taqvodorlari! Egamizga hamdu sano kuylanglar, Uning muqaddas nomini olqishlang (Zabur 29:5).

Sevinch ila Egamizga qo‘shiq kuylang, ey solihlar! Unga hamdu sano aytmoq pokdil insonlarga munosibdir (Zabur 32:1).

Har doim Egamni olqishlayman, Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi (Zabur 33:2).

Dovud bizga ajoyib ibrat ko‘rsatgan, to‘g‘rimi? U Xudoning qalbiga mos erkak Xudoga bo‘lgan sevgisini so‘zlar orqali namoyon etishdan uyalmasligini ko‘rsatgan. Dovud qayerda bo‘lmasin, Xudoga sajda qilgan va Uni olqishlagan. Dovudning qalbi maqtovga to‘la bo‘lgan, yuragi hamisha Xudoni izlagan va u tinimsiz ravishda O‘z Rabbiysini ulug‘lagan.

Siz ham shubhalarsiz va ikkilanishlarsiz Xudoni ulug‘lashingiz lozim. Ishxonada yoki uyda band bo‘lsangiz ham, mashina boshqarib ketayotgan bo‘lsangiz ham, oila davrasida dam olayotgan bo‘lsangiz ham Xudoni mudom olqishlash istagi qalbingizni tark etmasligi lozim (qarang: Ibroniylar. 13:15).

Ammo hayotda Xudoning huzurini hamisha his etish va Xudoga tinimsiz bo‘ysunish uchun nima qilish kerak? Mana, bu masalalarni hal etishda sizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.

Xudoning qudrati haqida mulohaza qiling. Hech bir kun yo‘qki, men havoriy Pavlusning Xudo qudrati haqida aytgan gaplarini eslamagan bo‘lsam: «Menga kuch–quvvat beradigan Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman» (Flp. 4:13). Siz jiddiy muammoga to‘qnash keldingizmi? Muhim bir qarorga kelishingiz kerakmi? Xotiningiz va bolalaringiz bilan munosabatlaringizda qiyinchiliklar bo‘lyaptimi? Rabbingiz har narsaga qodir ekanini eslang. Uni kuch–qudrati hamma uchun ochiq, zero U sizga yordam berishni va’da qilgan. Xudoning qudratiga umid qiling, minnatdorchilik bildiring va Rabbiyni olqishlang.

Zaburning madhiyalarini yodlab oling. Menga Zabur kitobining 117–bob 24–oyati juda yoqadi: «Egamiz yaratgan kundir bu, Bu kunda shod bo‘lib, sevinaylik!» Bu ajoyib so‘zlar meni ruhlantirib, qalbimga quvonch bag‘ishlaydi. Men har kunning boshlanishida ularni eslayman va yo‘limda uchraydigan kundalik mashaqqatlar hamda majburiyatlarni hal etishimga yordam beradigan kuchga meni qayta–qayta to‘ldirishadi. Siz ham ushbu oyatlarni qabul qilishga urinib ko‘ring, ana shunda so‘zlarimning haq ekaniga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz. Biz Kalomning kuchi bilan har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tib, Xudoni olqishlab, Unda tantana qilishimiz mumkin.

Xudoning va’dalariga tayaning. Olimlarning hisob–kitobiga ko‘ra, Muqaddas Kitobda uch yarim mingdan toki o‘ttiz minggacha Xudoning rejalarini topish mumkin ekan2. Men sizlarni ulardan hech bo‘lmasa bittasini (har qandayini) topishingizga da’vat etaman. Men kun mobaynida behisob ravishda Xudoning rejalariga murojaat qilaman. Ular orasidan mana bularni alohida ajratib ko‘rsatmoqchiman: «Rabbiyga olqishlar bo‘lsin, U har kuni og‘irligimizni ko‘taradi. Xudo bizning najotimizdir» (Zabur. 67:20). Aziz birodar, siz ana shu rejaga tayaning va Xudo sizni har qanday qiyinchiliklar yukidan xalos etganini ko‘rasiz. Siz ozodlikka ega bo‘lasiz, kuchga to‘lasiz va o‘zingizda ishonchni his etasiz.

Xudoning barakasiga umid qiling. Pavlus jasorat bilan aytgan: «Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi bilan Iso Masih orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi» (Flp. 4:19). Biz umid qiladigan Xudo qanchalik shavkatli va ulug‘dir! U bizning ehtiyojlarimizni qondirishga va’da beradi, negaki U har kuni va toabad yuboradigan mo‘l–ko‘l ezguligi uchun Uni olqishlash va ulug‘lashimizga barcha asoslarimiz bor!

Xudo siz bilan birga ekanligi yodingizda bo‘lsin. Dovud Xudo uning bilan hamisha birga ekanligini aslo unutmagan. U ulkan hurmat–izzat va hayrat bilan bu haqda gapirgan: «Sening Ruhingdan qochib, qayerga ham bora olaman?! Sening huzuringdan qayerga ham keta olaman?!» (Zabur. 138:7). Mazkur ritorik savolga Dovudning javobi mutlaqo ayon: «Hech qayoqqa!» Bir o‘ylab ko‘ring–a: siz qayoqqa bormang yoki yo‘lda nimaiki yuz bermasin, qayerda bo‘lib qolmang, Xudo boshidan oxirigacha siz bilan birga bo‘ladi.

Xudo hamisha biz bilan birga ekanligini anglab, qalbimizda halovat va taskinni his etishimiz mumkin. U doimo yaqinlarimiz bilan birga ekanligini anglash ham shunchalik quvonchli va taskinbaxshdir. Siz buning uchun Undan minnatdor bo‘lib, olqishlaysizmi? Dovud Xudoning hamisha o‘zi bilan birga ekanini tushungani bois, kunlardan birida shunday degandi: «Men doim Egamga ko‘z tikaman, U o‘ng tomonimda bo‘lgani uchun, Meni hech narsa qo‘zg‘ata olmas» (Zabur 15:8). Xudo hamisha siz bilan birga ekanligi yodingizda bo‘lsin. Siz Unga umid qilib va Uning nomini sharaflab, hayotda dadil qadamlar tashlaysiz.

Sizni asragani uchun Xudoni ulug‘lang. Dovuddan avval Isroilni boshqargan shoh Shoul bir necha bor uni o‘ldirishga uringan (garchi Dovud uning kuyovi bo‘lsa ham!), shu bois, Dovud yoshlik paytlaridayoq talaygina azob–uqubatlarni boshdan kechirib, o‘ta ehtiyotkor yashashga majbur bo‘lgan. Ba’zan qochib jon saqlashiga to‘g‘ri kelgan, negaki Shoul har qanday daqiqada unga hujum qilib, o‘ldirishi mumkin edi. Ammo barcha qiyinchiliklarga qaramay, Dovud aytgan: «Ey Egam! Hatto zulmat vodiysida yursam ham, xavf–xatardan qo‘rqmayman, axir, Sen men bilan birgasan…» (Zabur 22:4). Qachonki sizga qo‘rqinchli bo‘lganida, Xudo sizni O‘z qo‘llari bilan asrashini eslang va ana shunda qalbingiz Uning halovati bilan to‘ladi. Mabodo to‘satdan xavf–xatarga to‘qnash kelsangiz, Dovudning so‘zlarini eslang: “xavf–xatardan qo‘rqmayman, axir, Sen men bilan birgasan».

Aziz birodar, Xudo hamisha biz bilan birga ekanligini yodda tutgan holda, biz buyuk marhamatga ega bo‘lamiz. Xudoni kuch–quvvati, rejalari, maqsadlari, huzuri va himoyasi uchun ulug‘lab, biz har qanday hayotiy qiyinchiliklar va uqubatlarni yengib o‘tishimizga yordam beradigan ruhiyat va madad olamiz. Shunday buyuk marhamatni biz bilan muloqotda bo‘ladigan boshqalar ham olishadi. Xudoga bo‘lgan imonimiz qanchalik mustahkamligini va qandayin quvonchli ruhiyat qalbimizni to‘ldirayotganini ko‘rgan odamlar biz ishonadigan va sajda qiladigan Xudoni anglab yetishni istab qoladilar. Shu bois, Zabur kitobining 33:2 oyatini qalbingizga joylab oling: «...Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi». U hayotga bo‘lgan munosabatingizni tubdan o‘zgartiradi, buning ortidan esa atrofdagilarning sizga va Xudoga bo‘lgan munosabati ham o‘zgaradi.

Xudoga itoat bilan to‘lib–toshgan qalb

Biz shu paytgacha Xudoning qalbiga mos erkak ruhiy hayotining shaxsiy jihatlari haqida gapirdik. Bunday erkak Xudoga iltijo qiladi, Uni olqishlaydi va Unga sajda qiladi. U Muqaddas Kalomni o‘qib, undagi oyatlarni yod olib va Kalom haqiqatlarini mushohada etib, o‘z vaqtida minnatdorchilik bildirish va olqishlash uchun ulkan ruhiy kuchga ega bo‘ladi.

Ammo ruhiy hayotning yana bir tarafi – jamoaviylik ham bor. Jamoat tashkil topgan ilk kunlardan boshlab imonlilar Xudoga birgalikda sajda qilish uchun yig‘ilishgan. Ular Xudo Kalomini kuylashgan, o‘rganishgan va tirilgan Xudo bilan muloqotdan zavq olishgan. Ular sajda qilish uchun to‘planishgan kun Muqaddas Kitobda “haftaning birinchi kuni” va “yakshanba kuni” deb atalgan (qarang: Havoriylar 20:7; Vahiy 1:10).

Yakshanba kunining ahamiyati masihiy uchun juda katta va buning bir qancha sabablari bor. Do‘stim, Masters Seminariyasi o‘qituvchisi d–r Richard Meyxyu, bizni yakshanba xizmatlarida ishtirok etishga chaqirib turadi va bu haqda shunday deb yozadi: Yakshanba – bu haftaning yagona kuni bo‘lib, unda jamoatning barcha qavmi…

  • Buyuk Cho‘ponning ovozini eshitib, Uning muqaddas irodasini anglab olishlari;
  • Xudoga yakdillik bilan sajda qilishlari;
  • bir ovozdan Xudoni olqishlari;
  • yakdillik bilan Yaratguvchi va Xaloskor shon–shavkati uchun qurbonlik qilishari;
  • bir–birlari bilan samimiy muloqotda bo‘lishlari va yaqinlari bilan o‘z kechinmalarini baham ko‘rishlari;
  • bir–birlarini sevgiga va xayrli ishlarga undashlari (qarang: Ibroniylar. 10:24–25)3.

Agar biz Dovud kabi taqvodor yashashni istasak, butun qalbimiz bilan Xudoning uyiga intilishimiz kerak. Mana, Dovud Xudoga bo‘lgan itoatini va ma’badga bo‘lgan sevgisini qanday ifoda etgan:

Ey Egam, sevaman Sen maskan qilgan uyni, Ulug‘vorliging porlagan joyni (Zabur 25:8).

Bir narsani Egamdan so‘raganman, Ha, Undan istaganim bitta narsadir: Egamning uyida to abad yashay, Egamning jamolini ko‘ray, Ma’badda turib, Unga muntazir bo‘lay ( Zabur 26:4).

Biz jamoatga qatnashimiz zaruriyatining yana bir sababi shundan iboratki, xotiningiz va bolalaringiz ham ruhiy qo‘llab–quvvatlashga muhtojdirlar, shu bois siz ularni jamoatga borishlariga undashingiz lozim. Er, ota va ruhiy yetakchi sifatida siz bu masalada tashabbus ko‘rsatishingiz kerak. Siz Xudo oldida oilangiz a’zolarining ruhiy farovonligi uchun javobgarsiz, bu esa ko‘p jihatdan ularning Xudo xizmatida bo‘lishlariga bog‘liq.

Yakshanba xizmati siz hafta mobaynida qilgan barcha faoliyatingizning so‘nggi bosqichi bo‘lishi lozim. Siz oilangiz a’zolari bilan birgalikda jamoatdagi xizmat soatlari boshlanishini sabrsizlik bilan kutishingiz va Xudoga Uning xalqi bilan birgalikda Uning uyida sajda qilishga butun hafta mobaynida tayyorlanishingiz kerak.

Xizmatga tayyor qalb

Men bir necha oy muqaddam jamoat xizmatkori bo‘lgan bir imonli odam bilan tanishdim. Biz birgalikda restoranda tushlik qildik. Yangi tanishim ko‘tarinki kayfiyatda jamoatga keluvchilarga xizmat qilish unga qanchalik huzur bag‘ishlashini aytib berdi. U suhbat paytida o‘zini shunaqangi jo‘shqinlik bilan tutdiki, men hatto biroz noqulay ahvolga tushdim: restoran gavjum bo‘lib, hamma bizga e’tiborini qaratgandi, bu odam esa his–hayajonga to‘lib, Xudo va odamlarga xizmat qilish haqida gapiraverardi. U hafta mobaynida Masihdagi birodar va opa–singillarga har qanday yordam berish yo‘llarini doimo izlar va jamoatdagi xizmatini davom ettirish uchun har yakshanbani intiq kutardi.

Birinchi qaraganda bu odamning ishtiyoqi bitmas–tuganmasdek bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin aslida bunday emasdi. Bunday ko‘rinishning sababi – zamonaviy jamiyat vakilining oddiygina o‘ta xudbinligida. Bu odam aytgan xizmat yuzasidan rashk Masihga manzur, albatta. Bu muqaddas rashk. U – Xudoning qalbiga mos erkak fe’l atvorining yana bir xususiyatidir.

Biz o‘zimizning tanaviy (shuningdek, gunohkorona) tabiatimizga ko‘ra eng avvalo o‘zimizning shaxsiy ehtiyojlarimiz haqida g‘amxo‘rlik qilishga moyilmiz. Biz o‘zimizning ish va mashg‘ulotlarimiz uchun yetarlicha vaqt va kuch bo‘lishi uchun qayg‘uramiz, mabodo biroz kuch va vaqtimiz qolgudek bo‘lsa, yana kimgadir xizmat qilamiz... balki. Biroq siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishga intilsangiz, bu holda o‘zingizning vujudiy xohishlaringiz bilan kurashmog‘ingiz va atrofingizdagi odamlarga yordam berishga intilmog‘ingiz lozim.

Muqaddas Kitobdagi ko‘plab erkaklar qarshimizda buyuk xizmatchilar kabi gavdalanishadi. Xudo qadimgi Ahdda Ibrohimni “qulim” deb ataydi (qarang: Ibtido. 26:24). Kalom Yoshuani “Egamizning quli” deb nomlaydi (qarang: Yoshua. 24:29). Shuningdek, Xudo Dovudni ham “qulim” deb atagan (qarang: 2 Shoh. 7:5). Biz Yangi Ahdda Xudoga va yaqinlariga ko‘pdan–ko‘p xizmat qilgan odamlar eslatib o‘tilganini o‘qiymiz. Quddus jamoatida beva ayollarga bir qancha tpqvodor erkaklar xizmat qilish uchun tanlangan (qarang: Havoriylar. 6:1–6). Havoriy Pavlus o‘zini “Iso Masihning quli” deb atagan (qarang: Rim. 1:1).

Albatta, qurbonlik xizmatining yaqqol namunasini Iso Masih namoyon etgan. Biz aynan Xudoga va odamlarga xizmat qilishimizda Unga taqlid etishimiz shart. U O‘zi haqida shunday degan: «…Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod qilish uchun kelgan» (Matto. 20:28).

O‘z qalbingizda qurbonlik xizmatining ezguligini o‘stirgan holda, siz ko‘proq odamlarni – o‘z yaqinlaringizni, jamoatingiz qavmini, do‘stlaringiz va tanishlaringizni – sevib qolishni va ularga yaxshiroq xizmat qilishni istaysiz. Filippiliklarga maktubning 2–bob 3–8 oyatlarida Masih haqida nimalar yozilganini o‘qib, Xudoga va yaqinlaringizga xizmat qilish uchun o‘zingizda nimalarni o‘zgartirishingiz lozimligi haqida o‘ylab ko‘ring.

…Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast bo‘lmang, aksincha, kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan yuqori deb biling. Faqat o‘zingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlang. Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin. Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi; aksincha, U bu ulug‘vorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson bo‘lib tug‘ildi; O‘zini past tutdi. Itoatkor bo‘lib, hatto o‘limga, xochdagi o‘limga ham rozi bo‘ldi.

Biz keyingi ikkita bobda Xudo qalbidagi erkak fe’l–atvorining beshta xususiyatini, beshta yaxshi jihatini ko‘rib chiqdik. Albatta, ilohiy erkakning boshqa erkaklardan farq qiladigan ajoyib xususiyatlari bor, ammo asosiy fazilatlari – bu itoat, doimiy ibodat, hamd–sano, sajda qilish va xizmat qilishga tayyorbo‘lmoqlikdir. Men bu fazilatlarni alohida ajratib chiqdim, negaki biz keyingi boblarda ularning kundalik hayotda qanday namoyon bo‘lishi haqida gapiramiz. Hozir esa ibodat orqali Xudoga yuzlanamiz:

Rabbim, Sendan shuni so‘raymanki, atrofimdagilar barcha harakatlarimda Iso Masih shon–shuhratining yog‘dusini ko‘rsinlar. Mening hayotimda faoliyat ko‘rsat. Muruvvating bilan muhr bosib tanlaganlaring qatoriga meni ham qo‘shginki, bu muhrni ko‘rganlar Senga ergashishni istab qolsinlar. Menga yordam ber, ya’ni…

…Sening Kalomingni e’tirozsiz bajarishim uchun;

…muntazam ibodat qilishim uchun;

Seni mudom olqishlashim uchun;

Senga doimo sajda qilishim uchun;

…yaqinlarimga bajonidil xizmat qilishim uchun.


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак