Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 2 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (1 қисим. 2 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

Rafiqangiz

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Qaynoq sahroda faqat suv chanqoqni qondirgani kabi, Xudoning Kalomi ham qalbimizni to‘ydirishi mumkin. Faqat ugina sinov damlarida bizga kuch–quvvat, tiniq aql berishi va barcha murakkabliklarga qaramay, hayotimizni to‘g‘ri tartibga solishi mumkin.

Jim Jorj

2. RUHAN ULG‘AYISHNI ISTANG

Kiyik irmoq suvlarini tusaganday,

ey Xudo, jonim Seni shunday tusaydi!

Jonim tashna Xudoga, barhayot Xudoga…

Zabur. 41:2–3

Bir vaqtlar yoz faslida jamoatning xizmatchilar guruhi bilan Avstraliyaga borgandim. Safarimizdan ko‘zlangan maqsad mahalliy cho‘ponlar o‘rtasida bir qator konferensiyalar o‘tkazish edi. Birinchi konferensiya mamlakat shimolidagi hayratomuz go‘zal shahar Brisbenda o‘tkazildi. Brisben subtropik mintaqada joylashgan bo‘lib, ko‘chalarda palmalar, qishloqlarga olib boradigan yo‘l bo‘yidagi maydonlarda esa ananaslar o‘stiriladi.

Brisbenda bo‘lganimda, Katta Marjon qoyalar haqidagi hikoyalarni eshitdim. Yer sharining har qaysi burchagidagi mohir g‘avvoslar va suv ostida suzadigan oddiy havaskorlar ham sizga bu marjon qoyalarni yuvib turadigan billurdek toza ko‘kimtir suvlar haqida gapirib beradi. Bu mashhur tizmalar Brisbenning shimolidan toki Avstraliyaning shimoliy–sharqiy sohillari bo‘ylab taxminan 1260 mil masofaga cho‘zilgan. Tizmaning eni o‘ndan toki to‘qson milgacha. Shunisi hayron qolarliki, ulkan marjon qoyalari ummon tagida yashovchi mayda jonivorlar – marjon poliplarining hayotiy faoliyatlari natijasida paydo bo‘lgan. Bu jonivorlar yirik to‘dalarga bo‘linib, yuzlab yillar mobaynida ajoyib inshootlar qurishadi. Mazkur inshootlarning alohida qismlari yuzlab fut chuqurliklarda joylashgan.

Katta Marjon tizmalari tirik mavjudotga o‘xshamaydi, biroq olimlar uning o‘z hayoti bilan yashayotganini ta’kidlashadi. Marjon poliplari yashaydi va o‘lishadi, tizmalar esa o‘sishda davom etadi. Aql bovar qilmaydi, ammo bu bor gap!

Ruhan ulg‘ayish uchun zaruriy kuch–qudratning asosiy manbai

Muqaddas Kitob ham menda ana shunday hayrat uyg‘otadi. Tashqi ko‘rinishidan u boshqa kitoblardan aslo farq qilmaydi. Uning sahifalari eng oddiy kitob va hatto gazetalar yoki teledasturlarning sahifalariga o‘xshaydi. Ammo baribir Muqaddas Kitob boshqa nashriy satrlardan tubdan ajralib turadi: u jonli va haqiqiy! Biroq nega? Biz bu savolga javobni Muqaddas Kitobning o‘zi haqida bergan guvohliklaridan topamiz.

1–guvohlik. Muqaddas Kitob o‘zi haqida Xudo Kalomi haqida gapirayotgandek so‘z yuritadiki («Muqaddas Bitiklarning hammasi ilohiy ilhom bilan yozilgan»), bu uni Xudoni anglash yo‘lidagi asosiy manbaga aylantiradi. Muqaddas Kitob «ta’lim va tanbeh berish, xatolarni tuzatish va solihlik yo‘lida tarbiya berish uchun foydalidir» (2 Tim. 3:16).

2–guvohlik. Muqaddas Kitob o‘zi haqida haqiqat manbai kabi gapiradi va hech qachon bu gaplariga asos izlamaydi. Agar Muqaddas Kitob – bizga Xudoning murojaati bo‘lsa (qarang: 1–guvohlik), bu holda uning haqiqiyligiga shubhalanish uchun sabab yo‘q deb aytishimiz mumkin. Aynan shunga ishonchi komil bo‘lgan zabur xonishchisi: «Egamizning qonuni mukammaldir…» (Zabur. 18:8) deb aytgan, shu bois Muqaddas Kitob bizga hamisha to‘g‘ri yo‘nalish berib, haqiqat yo‘liga boshlashiga ishonishimiz mumkin.

3–guvohlik. Muqaddas Kitob o‘zini jonli Kitob deb ataydi. Kitobda bu haqda shunday deyilgan: «…Xudoning kalomi jonli va ta’sirli…» Bu nima degani? Kitob «har qanday dudama qilichdan o‘tkirroqdir. U jon bilan ruhni, bo‘g‘inlar bilan ilikni ajratgudek suqilib kiradi. Xudoning kalomi xayolu yurakning niyatlarini fosh etadi» (Ibroniylar. 4:12).

Fikrimcha, biz bu guvohliklarni tinglashimiz lozim. Muqaddas Kitobda hayot va uning turli jihatlari haqida aytilgan so‘zlar biz uchun juda muhim. Shu bois ozgina bo‘lsada uni o‘qib–o‘rganishga qiziqish bildirishimiz kerak. Muqaddas Kitobni o‘qish hayotimizni o‘zgartiradi. U bizning fikrlashimiz tarziga va harakatlarimizga ta’sir qiladi. Muqaddas Kitobni o‘qish nutqimizni boyitadi. Boshqa hech qanday kitob bizga Muqaddas Kitob kabi ta’sir qilmaydi. Juda ko‘plab turli mavzulardagi foydali va zarur kitoblar bor, biroq faqat Muqaddas Kitobgina ichki olamimizni, qalbimizni va ruhimizni doimiylikka tubdan o‘zgartiradi.

Yana muhimi shuki, Muqaddas Kitob – Xudoning O‘zi aytgan Kalom, mabodo siz chindan ham Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, bu holda aynan shu Kitobdan o‘zingizni qiziqtiradigan savollarga javob topishingiz mumkin. Axir shunday emasmi? Xudo Uning bizga bo‘lgan sevgisini bilishimiz uchun Muqaddas Kitobni bergan va unda bizning haqiqiy, demak, Unga nisbatan to‘lib–toshgan chuqur mazmunli munosabatlarimiz qanday bo‘lishini ochib bergan. Xudo bizga Muqaddas Kitob bilan birgalikda barcha jabhada muvaffaqiyatlarga erishish uchun hayotni qanday qurish borasidagi bilimlarni bergan. U O‘z Kalomida bizni omadli, umrimizni muzaffar qiladigan hayotiy afzalliklarni ko‘rsatib o‘tgan. Agar siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, bu afzalliklar nimadan iboratligini bilib olishga urinasiz. Buning uchun siz Muqaddas Kitobni o‘qishingiz lozim.

«Rivojlanish omili»

Agar bola biror sababga ko‘ra rivojlanmay qolsa, bu uning ota–onasi uchun fojeaga aylanadi. Imonda ulg‘aymay qolgan masihiy ham o‘zida ana shunday ma’yus ko‘rinishni aks ettiradi. Xudo bizning nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham rivojlanishimizni istaydi. Muqaddas Kitobda imondagi ulg‘ayish Masihda yashashning tabiiy natijasi ekanligi aytilgan. Boz ustiga, shunday da’vat ham keltirilgan “O‘z hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar» (2 Butrus. 3:18). Ibroniylarga maktub muallifining yana bir masalada ham ishonchi komil edi: uning o‘quvchilari vaqt o‘tib, odamlarni Xudo Kalomi haqiqatlariga o‘rgatadigan darajadagi ruhiy kamolotga erishadilar. Biroq o‘quvchilari hali imonda ulg‘aymaganlari bois o‘z maktubi orqali ularga ta’na qilishlariga to‘g‘ri kelgan (qarang: Ibroniylar. 5:12). Masih huzurida bo‘lganlarning ruhiy o‘sishi tabiiy ravishda kechmog‘i lozim.

Ruhan o‘sishga bo‘lgan tashnalik

Nafaqaga chiqishimdan bir necha yil oldin Kaliforniya shtatining Moxava sahrolaridagi harbiy mashg‘ulotlarda tibbiy bo‘lim tarkibida bo‘lganman. Yigirma yil mobaynida AQSh qo‘shinlarida zahirada turganim bois bu ikki haftalik mashg‘ulotlar qiyin o‘tishini yaxshi bilardim. Mening qismimning vazifasi zaruriy vaziyatlarda tank bo‘linmalaridan biridagi harbiylarga tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat edi. Mashg‘ulotlar avgust oyida o‘tdi, issiqqa esa chidab bo‘lmasdi. Men doimo kuchli tashnalikni his etardim – tinimsiz ravishda suv ichgim, ichgim, ichgim kelaverardi!

Aziz birodar, men bu mashg‘ulotlarda qanchalik kuchli chanqagam bo‘lsam, xuddi shundayin, biz ham Xudoning Kalomiga ana shunday tashnalikni his etishimiz lozim. Inson tanasi suvsiz yashay olmaydi. Xuddi shu kabi ruhimiz ham “tiriklik suvi” Xudo Kalomisiz yashashi mumkin emas. Zaburchi bu haqda shunday deydi:

Kiyik irmoq suvlarini tusaganday,

Ey Xudo, jonim Seni shunday tusaydi!

Jonim tashna Xudoga, barhayot Xudoga…

(Zabur. 41:2–3)

Siz ham Xudo bilan muloqotga va Uning Kalomiga shunchalik chanqoqmisiz? Jazirama sahroda faqat suvgina tashnalikni qondirgani kabi, faqat Xudoning Kalomigina ruhimizni to‘ydirishi mumkin. Faqat ugina sinov damlarida bizga kuch bag‘ishlashi, hayotimizning barcha murakkabliklarida vaziyatimiz o‘nglanishi uchun yordam va tiniq aql berishi mumkin.

Xudo bizni imonda ulg‘ayishga chorlagan holda, O‘zining qo‘llab–quvvatlashidan bebahra qoldirmasligini anglash naqadar quvonchli. Har bir imonlida yashaydigan ilohiy ruh unga ruhiy jihatdan ulg‘ayish va unga moslashish tashnaligini beradi. Iso Ruh hamisha bizning Ustozimiz va Yordamchimiz bo‘lishiga va’da bergan (qarang: Yuhanno 14:16–17, 26).

Shu tariqa, Xudo bizga Masihni, Muqaddas Kitobni va Muqaddas Ruhni in’om etib, ruhan o‘sishimiz uchun zarur bo‘lgan barcha inoyatlarni bergan. Ammo siz ham ularga mushtoqmisiz? Siz Xudo va Uning Kalomi bilan muloqotda ko‘proq vaqt o‘tkazib, bu tashnalikni qondirishingiz mumkin. Men ushbu Muqaddas Kitobni o‘qish Xudo bilan muloqot va Uning Kalomini anglash chanqoqligini sizda yanada oshirishi uchun ibodat qilaman.

Ruhan ulg‘ayishim haqidagi guvohligim

Men bolaning jismoniy rivojlanishidagi to‘xtalish uning o‘zi va ota–onasi uchun fojeaga aylanishini aytgandim. Masihiyning imonda ulg‘ayishidagi to‘xtalish ham ana shunday qayg‘ulidir. Menga kelsak, bolalik va o‘smirlik yillarimda jamoatga qatnaganman, ammo ruhiy hayotim shu bilan yakun topgan, shu bois ruhan balog‘atga yetmagan holda chekka bir hududdan kelib kollejga o‘qishga kirganimda, ahloqan yuz tuban ketish xavfi bilan yuzma–yuz keldim. O‘sha yillari men Masih masalidagi darbadar o‘g‘ilning o‘zginasi edim, ya’ni u...

...bor narsasini yig‘ishtirib, uzoq bir mamlakatga ketibdi. U yerda shaloq yashab, mol–dunyosini ko‘kka sovuribdi… <…> ...Nihoyat yigit aqlini yig‘ib olib, o‘ziga o‘zi debdi: ...Endi otamning oldiga borib, unga shunday deb aytaman: Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. Endi sizning o‘g‘lingiz deb atalishga loyiq emasman… (Luqo 15:13, 17–19)

Men ham daydi o‘g‘il kabi “aqlimni yig‘ib olib” ruhiy chanqoqlikdan nobud bo‘layotganimni angladim (o‘shanda yoshim o‘ttiz atrofida edi). Men ham xuddi u kabi nigohimni osmonga qaratib, o‘z Samoviy Otamga qaytdim. Va xuddi daydi o‘g‘liga “rahmi kelgan” ota singari (qarang: Luqo 15:20), Samoviy Ota O‘z buyuk rahm–shafqati bilan menga rahmi keldi va qabul qildi. Zero U o‘zining halokatli ahvolini anglab, Unga murojaat qilgan har kimga ham shunday munosabatda bo‘ladi.

Men ko‘p yillar “uzoq bir mamlakat”da yashaganimni va bu yillar behuda o‘tganini tushunardim. Biroq men Xudo Kalomini anglashga va ruhan ulg‘ayishga chanqoq edim, shu bois Muqaddas Kitobni Ibtido Kitobining 1–bobi 1–oyatidan o‘qishni boshladim. Men o‘sha paytgacha Muqaddas Kitobni biror marta ham boshidan oxirigacha o‘qib chiqmagandim.

Gunohning halokatli oqibatlari tufayli mening ruhim “qurib qoldi” va ruhiy ma’noda men Masih oldiga kelgan majruh odamlarga o‘xshab qoldim. O‘z tanalarining u yoki bu hayotiy vazifalarini tiklashga yordam beradigan sog‘lomlashtirish dasturlari bilan shug‘ullanuvchi erkak va ayollarga o‘xshab, men ham yo‘qotgan kuchlarimni qaytarishga yordam beradigan ruhiy mashqlar o‘tkazishni boshladim. Men bu borada nafaqat yo‘qotganlarimni qaytardim – Xudoning inoyati menga yangi kuchga to‘plashimga yordam berdi. Men Samoviy Otamning mehriga ehtiyojmand bo‘lib qoldim, negaki barbod bo‘lgan qalbim ana shuni istardi.

Xo‘sh, sizchi? Mening hikoyamda sizning hayotingizni eslatib yuboradigan biror nimani topdingizmi? Siz ham “uzoq bir mamlakat”da yashaganmisiz yoki hali ham o‘sha joyda yashayapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, umid qilamanki, bu kabi “sog‘lomlashtirish dasturi”dan o‘tish, boshqacha aytganda, sizga ruhiy kuchingizni oshirish va ayni vaqtda Xudoda ulg‘ayishingizda yordam beradigan ruhiy mashqlarni bajarish qanchalik muhimligini tushunasiz. Xudo shuni istaydi. Xo‘sh, o‘zingizchi?

Ruhiy ulg‘ayishning ijobiy ta’siri

Ruhiy ulg‘ayish hayotimizning barcha jabhalarida namoyon bo‘ladi, bu esa ajoyib! Biz barkamol masihiylarga aylana borib, nafaqat Xudoga manzur bo‘lamiz, balki atrofdagilarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatamiz. Har birimiz masihiy, turmush o‘rtog‘i, ota yoki birorta firmaning xodimi sifatida ko‘plab odamlar bilan uchrashamiz, agar biz ruhan ulg‘aysak, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatishimiz mumkin.

Hozir esa men sizga bir qancha muhim savollar bermoqchiman.

Siz kuchli va ruhan yetuk masihiy bo‘lishni istaysizmi? Bu holda hayotingizda eng muhimi Xudo bilan yaqin muloqotda bo‘lishga intilishni birinchi o‘ringa qo‘yish uchun harakat qiling.

Siz yaxshi turmush o‘rtog‘i bo‘lishni istaysizmi? Bu holda Xudoning Kalomida va ibodatida bo‘lib, U bilan ko‘proq muloqot qilishga intiling. U sizga bu muhim da’vat – sevimli va g‘amxo‘r turmush o‘rtog‘i bo‘lish vazifasini muvaffaqiyatli bajarishingiz uchun barcha zarur bilimlarni beradi.

Siz yaxshi ota bo‘lishni istaysizmi? Bu holda Xudo sizni O‘z do‘sti deb atashini anglab yeting. Siz ham Xudoga do‘st bo‘ling. Samoviy Ota va Do‘st bilan yaqin muloqot farzandlaringizni Xudoning shon–shuhrati ila tarbiyalashingiz uchun sizga donolik beradi.

Siz atrofdagilarga nisbatan g‘amxo‘r bo‘lishni istaysizmi? Bu holda Xudo bilan munosabatlaringizni mustahkamlang. Xudoning Ruhi sizda harakat qiladi va Xudoga hamkasblaringizni, do‘stlaringizni, tanish va yaqinlaringizni olib kelishingizga yordam beradi.

Siz Xudoni sharaflab, odamlarga foyda keltirgan holda yashashni istaysizmi? Shaxsan men shunday hayotni istayman va siz ham shuni xohlashingizga ishonaman. Xohishlarimiz amalga oshmog‘i uchun Xudoga har taraflama va har bir masalada tayanishimiz lozim. Butun qalbingiz bilan ruhan o‘smog‘ingiz uchun Unga ibodat orqali murojaat qiling.

Ruhiy ulg‘ayishning yaqqol namunasi

Siz, hoynahoy, Jon Uesli kim ekanini bilsangiz kerak. XVIII asrda yashagan bu ilohiy erkak ukasi Charlz bilan bilan birgalikda metodistlar jamoatiga asos solgan. Uesli hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, zero u o‘zini butunlay Xudoning xizmatiga va Uning Kalomini targ‘ib etishga bag‘ishlagan. Muqaddas Kalomga o‘zini qizg‘in bag‘ishlagan Ueslini “bitta kitob” – Muqaddas Kitob –“ odami” tariqasida bilishgan. U ruhan kamol topishni istagani uchun Kalomning ilohiy so‘zlarini qalbi va ruhiyati bilan qabul qilgan. Xudoning Kalomi uning vujudi va qoniga singib kirgan.

Jon Uesli Xudo bilan tuzgan sadoqat belgisi sifatida har yili o‘zi yozgan ibodat so‘zlarini shogirdlari bilan birga o‘qigan. Metodikachilar uning so‘zlari bilan o‘zlarining ruhiy o‘sishga bo‘lgan tashnaliklarini ifoda etadilar, mabodo siz ham ular kabi buni istasangiz, mazkur ibodatning satrlarini yodlab olishingiz mumkin:

O marhamatli Iso, men muqaddas amrlarga amal qilib yashashim uchun Sen menga ularni berding. Men qarshingda bosh egib, Sen beradigan azob va og‘irlikni qabul qilaman. Men barcha amrlaringni muqaddas, adolatli va xayrli deb qabul qilaman hamda tantanali ravishda ularni barcha o‘y–fikrlarim, so‘zlarim va harakatlarim o‘lchovi deya e’lon qilaman. O‘z hayotimda har taraflama Sening irodangga bo‘ysunishga va zimmamdagi hech nimani e’tibordan chetda qoldirmaslikka va’da beraman1.

Agar siz Xudoning inoyatidan umid qilib Xudoning qalbiga mos erkak singari yashashga va ruhan ulg‘ayishga qaror qilgan bo‘lsangiz, bu holda Xudo amrlarining barchasini astoydil va g‘ayrat bilan bajaradigan masihiyga aylanasiz.


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак