Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 17 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 17 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Aytishlaricha, Angliyadagi Bristol shahridan bo‘lgan xizmatchi Jorj Myullerning beshta yaqin do‘sti bo‘lgan ekan. U bir paytlar do‘stlari najot topishi uchun ibodat qilishni boshlabdi. Oradan besh yil o‘tgach, do‘stlaridan biri Masihga imon keltiribdi. Yana besh yildan so‘ng yana ikkitasi. Shunday keyin o‘n besh yil o‘tgach, to‘rtinchi do‘sti ham masihiy bo‘libdi. Jorj Myuller so‘ngi nafasigacha beshinchi do‘sti uchun ibodat qilibdi. Janob Myullerning vafotidan bir necha oy o‘tgach, o‘sha odam ham Masihga imon keltiribdi. Ha, halol odamning ibodati ko‘p bora kuchayishi mumkin.

17. KO‘PRIKLAR O‘RNATING

Qo‘rquvga tobe bo‘lmanglar, balki butun qalbingiz bilan Rabbimiz Iso Masihning hokimiyatiga bo‘ysuninglar. Masihga bo‘lgan umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar

1 Butrus 3:15

Ko‘plab erkak–masihiylar odamlarga o‘z imonlari haqida gapirib berish oson emasligini aytishadi – ular Xushxabarni baham ko‘rish uchun Kalom va ilohiyotshunoslikdan yetarlicha bilimga ega emas ekanlar, shu bois Iso Masih haqida guvohlik berish imkoniyatini tez–tez qo‘ldan boy berib qo‘yadilar.

Darhaqiqat, masihiylik qadriyatlarini e’lon qilish uchun yaxshi tayyorlangan bo‘lish kerak: muayyan bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lish zarur, ammo buning uchun ilohiyotshunos bo‘lish shart emas. Agar odamlar sizni eshitishga tayyor bo‘lsalar, qalbingizni o‘zgartirib yuborgan va hozirda siz uchun muhim bo‘lgan haqiqatlarni aytishingizning o‘zi kifoya.

Masih haqidagi shaxsiy guvohlikni qanday baham ko‘rish mumkin?

Namuna

Siz qachondan buyon masihiy bo‘lganingizni bilmayman, ammocho‘poningiz va boshqa masihiylar “imonning shaxsiy guvohligi” gapirganlarini bir necha bora eshitgan bo‘lsangiz kerak. Imonning shaxsiy guvohligi – bu sizning qanday qilib masihiy bo‘lganingiz haqidagi hikoyadir. Imon guvohligi qanchalik oddiy baham ko‘rilishini ko‘rsatish uchun Mark bayon etgan Xushxabarning 5:1–20 oyatlariga murojaat qila qolaylik. Unda Isoning jin chalgan odamni qanday qilib davolagani hikoya qilinadi. Jinlar o‘sha odamga dahshatli azoblar bergan. Isoning unga rahmi kelib, undagi jinlarga shu yaqin atrofda yurgan cho‘chqalarga kirishini buyurdi. Cho‘chqalar podasi tik qiyalikdan ko‘lga yopirilib, cho‘kib ketadi.

 Men shifo topgan odamning kechinmalari va hatti–harakatlariga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu bechora jinlardan qutulib, qanchalik yengil tortganini tasavvur qilish mumkin. U hech o‘ylab o‘tirmay Isodan U bilan birga qolishiga ijozat so‘radi. Iso unga mana bunday javob qaytarmadi–ku: «Albatta, qolaver. Menda ilohiyotshunoslikni o‘rganasan. Bir–ikki yil Mening shogirdlarim orasida bo‘lib, Men haqimda guvohlik berishni o‘rganasan». Yo‘q, Iso bu odamga shunday dedi: «Uyingga bor. Men – Rabbing sen uchun nimalar qilganimni, qanday rahm–shafqat ko‘rsatganimni o‘z yaqinlaringga gapirib ber» (Mk. 5:19). Mohiyatan, U bu odamga o‘z yaqinlari oldiga qaytib borib, ular bilan imon guvohligini baham ko‘rishini buyurdi! Hali tajribali imonli bo‘lmagan bu odam uni Iso qanday qutqargani haqida guvohlik berishga tayyor edi.

Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? Muqaddas Kitobda aytilganki, shifo topgan odam «Iso unga qanchalar muruvvat ko‘rsatganini Dekapolis hududida e’lon qila boshladi. Hamma hayratga tushardi» (Mk. 5:20).

Bu odam hayotining o‘zgarishi qanday samara berdi? Fikrimcha, biz bu haqda Mark bayon etgan Xushxabarining 7:31–8:9 oyatlari orqali bilishimiz mumkin. Bu hikoya Iso Isroil chegarasidan tashqarida joylashgan va majusiylar yashaydigan hudud – Dekapolisda o‘tkazgan kunlari haqida ma’lumot beradi. Iso avval bu chekka hududlarda bo‘lmagandi va bu yerda taniqli emasdi, ammo shunisi hayron qoldiradiki, U bu yerga kelganida, Uni katta aholi – ayollar va bolalarni hisobga olmaganda ham, to‘rt mingga yaqin kishi kutib oldi. Ular Isoni ko‘rishni va Uning Kalomini eshitishni juda istashardi!

Xo‘sh, bu odamlar qayoqdan kelib qolishdi? Shaxsan men Mark bayon etgan Xushxabarning 5–bobida hikoya qilingan odam Isoning unga buyurganlarini aniq bajarganiga ishonchim komil. U o‘zining hamyurtlariga Iso tomonidan qanday marhamat topganini aytib berganiga ishonaman. Ishonamanki, u o‘zining yaqinlari, do‘stlari va tanishlari bilan imon haqidagi guvohligini shunchaki baham ko‘rgan va bu ularda Isoni ko‘rish hamda Uning Kalomini eshitish istagini uyg‘otgan.

Imonda shaxsiy guvohlikni tarkibi

Aziz birodar, qo‘lingizda Xushxabarning qudratli quroli turibdi: bu Iso sizning hayotingizda nimalarni amalga oshirganidan dalolat beradi. Men nega bu haqda gapiryapman? Negaki, imonning shaxsiy guvohligi – bu sizning va faqat sizning Iso Masihni anglash yo‘lidagi tajribangizdir va hech kim buni inkor qilolmaydi. Nimaiki aytadigan bo‘lsangiz, barini o‘zingiz boshdan kechirganingiz uchun tinglovchilar sizni katta tushuncha bilan tinglaydilar.

Imondagi guvohligingizni uch qismga bo‘lish mumkin:

  • Birinchi qism. Men Iso Masihga imon keltirguncha qanday yashaganman?
  • Ikkinchi qism. Men qay tarzda Iso Masihga yuzlandim?
  • Uchinchi qism. Iso Masihga yuzlanganimdan so‘ng hayotim qanchalik o‘zgardi?

Endi esa xayolan o‘tmishga, hali masihiy bo‘lmagan davringizga qayting. Qanday vaziyat Iso Masihni o‘z Rabbingiz va Xaloskoringiz deb tan olishga undadi? Masihiy bo‘lganingizdan so‘ng siz o‘zingizda (balki boshqa odamlar ham) qanday o‘zgarishlar bo‘lganini kuzatyapsiz? Yuqorida keltirilgan rejadan foydalangan holda, imondagi o‘z guvohligingizni qisqacha yozib qo‘yishga harakat qiling.

Siz bu yozuvlaringiz bilan qurollangan holda, havoriy Butrusning maktublaridan birida biz topgan buyruqni bajarishga tayyor bo‘ling: «...Masihga bo‘lgan umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar...» (1 Butrus 3:15). Xudoga O‘z O‘g‘lida siz bilan muloqot qilish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildiring va mana shu haftada biror kishi bilan Xushxabarni – umidingiz manbaini baham ko‘rishingizga imkoniyat berishini so‘rang.

Ko‘priklar o‘rnating

O‘zga mamlakat hukumati a’zolaridan biri o‘g‘lini Amerika Masihiy kollejiga o‘qishga yuboribdi. Bu yigit masihiy bo‘lmagan ekan. Talabalar esa o‘zlaridan kimga bu yigit bilan Xushxabarni baham ko‘rishi imkoni berilishiga qiziqib qolishibdi. Bu talabalar kengashining raisi bo‘larmikan? Yoki kursning eng yaxshi sportchisimi? Balki kollej kapellanidir?

Chet ellik talaba chindan ham Masihga imon keltirdi, ammo Xudo kimni O‘zining xabarchisi etib tanlaganini bilgach, hamma juda hayratda edi. Bu Tom ismli oddiygina yigit edi. Tomni talabalar orasidan biror–bir jahati bilan ajralib turadi yoki Xushxabar yoyishda alohida qobiliyatga ega deb hech kim aytolmasdi. Keyinchalik Tomdan bu qanday sodir bo‘lganini so‘rashganida shunday degan: «Men shunchaki uning qalbi va o‘zimning qalbim o‘rtasida ko‘prik qurdim, xolos, so‘ngra esa shu ko‘prikdan Iso o‘tdi».

Atrofingizdagi odamlar uchun “yaqin” bo‘lish, do‘stona munosabat, ko‘priklar qurishni eplay olish – Mana, odamlarga Xushxabarni yetkazadigan tarkibiy qismlar. Masih haqida guvohlik berishingiz uchun cho‘pon yoki ilohiyotshunos bo‘lishingiz shart emas, ammo Xushxabarni muvaffaqiyatli yoyish uchun xuddi Tom va o‘sha chet ellik talaba bilan bo‘lganidek, atrofdagilarning ishonchini qozoqmoq zarur.

Ammo biz o‘z qalbimiz va boshqa odamlarning qalbi o‘rtasidagi ko‘priklarni – ularga Iso Masih haqidagi xabarni yetkazishimizga yordam beradigan ko‘priklarni qanday qurishimiz mumkin? Mana, ushbu xayrli ishda sizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.

Sizga e’lon qilingan haqiqatlar bilan yashang. Agar siz Muqaddas Kitob haqiqatlariga muvofiq yashashga intilsangiz, hamkasblaringiz va tanishlaringiz sizda Xudo harakat qilayotganini payqashadi. Hayotingizda bu fazilatlar shu kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, ya’ni bu…

  • hayotsevarlik;
  • odamlarga nisbatan samimiy munosabat;
  • ahloqiy poklik;
  • so‘zdagi taqvodorlik;
  • mehnatdagi tirishqoqlik;
  • jamoat hayotida faol ishtirok etish;
  • oilaviy hayotdagi poklik;
  • bolalar bilan muvaffaqiyatli munosabat;
  • o‘z xonadonini boshqarish mahorati.

Nomasihiy odamlar haqida ibodat qiling. Najot – Xudoning ishi, bizning vazifamiz esa – Xushxabarni yoyish. Shuningdek, ibodat qilish ham bizning vazifamizga kiradi. Biz ko‘priklar o‘rnatishga da’vat etilganmiz, xususan, shu ko‘prikdan Xudo odamlarning qalbiga o‘tishi uchun ibodat qilish ham bizning vazifamiz. Shu bois quyidagilar haqida qunt bilan muntazam ravishda ibodat qiling:

  • yaqinlaringiz, hamkasb va qo‘shnilaringiz baxtli–saodatli bo‘lishi uchun;
  • Xudo imondagi guvohligingizga «yo‘l ochib berishi» uchun (qarang: Kol. 4:3);
  • Xudo Xushxabarni yoyishda sizga donolik berishi uchun (qarang: 5–6 oyatlar);
  • Xudo qo‘rquvni yengib, sizga dadillik berishi uchun (qarang: Ef. 6:19).

O‘zingiz yaxshilik qiladigan odamning qiziqish va ko‘ngilxushliklarini baham ko‘rishga tayyor bo‘ling. Odam bilan o‘zaro do‘stlik o‘rnatishning eng yaxshi usullaridan biri – uning nimalarga qiziqishini bilib, u bilan birgalikda baham ko‘rmoqlikdir. Aytishlaricha, bir masihiy atirgul o‘stiradigan qo‘shnisi bilan do‘stlashish uchungina o‘zi ham atirgullar yetishtirishga qaror qilibdi. Voqeani boshidan oxirigacha aytib o‘tirmayman – o‘sha qo‘shni hozir ham atirgullar parvarishi bilan shug‘ullanadi, lekin shu bilan birgalikda masihiy ham bo‘lgan!

Zamonaviy hayotni Muqaddas Kitob haqiqatlari bilan taqqoslang. Insoniyat tarixida hali hech qachon bizning zamonamizdek tahlikali va voqealarga boy davrlar bo‘lmagan. Odamlar har kuni turlicha qiyinchiliklarga to‘qnash keladilar – har qanday gazetani o‘qib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Biroq odamlar bu mashaqqatlarni yengib o‘tishga yordam berishga va ularni tashvishga solayotgan savollarga javob berishga Xudoning qodir ekanini bilishlari lozim. O‘zingiz Xushxabar tarqatayotgan yaqinlaringizga Muqaddas Kitobda olamda yuz berayotgan turli voqealarga yoki zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan muammolar aytib o‘tilganini tushuntirish imkonini izlang. Shu tariqa, ular Muqaddas Kitob hayotga to‘g‘ridan–to‘g‘ri aloqador ekanini tushunib olishadi.

Yaqinlaringizga samimiy qiziqish bildiring. Inson tabiatan anchayin xudbin. Odamlar yaqinlariga nisbatan o‘zlari haqida ko‘proq qayg‘urishadi, ammo boshqalarga Xushxabar eltayotgan kishi ularga samimiy qiziqishini ko‘rsatishi lozim. Xizmat qilayotgan kishilaringizning ismlarini eslab qoling. Ularni tug‘ilgan kunlarida va boshqa yodga olinadigan sanalarida unutib qo‘ymang. Qiziqish va ko‘ngilxushliklarini baham ko‘ring. Atrofdagilarga, ayniqsa hamkasblaringizga ularning siz uchun qadrli eanligini ko‘rsatishga bor kuchingiz bilan intiling. Ana shunda ular sizni do‘st deb bilishadi va hoynahoy, imon–e’tiqodingiz bilan ham qiziqib qolishadi.

Nomasihiy odamlar bilan tanishing. Bizning jamoatda Masihga imon keltirmaganlar juda kam bo‘lsa kerak. Albatta, jamoatga vaqti–vaqti bilan ko‘chadan odamlar kelishadi, ayrimlarni Xudoning uyiga do‘stlari va tanishlari olib kelishadi, ammo ko‘p hollarda imonda bo‘lmagan odamlar bilan tanishuv jamoatdan tashqarida yuz beradi: hali Masihni anglamagan odamlar siz bilan qo‘shni bo‘lib yashashadi, birga ta’lim olishadi, siz ularni beysbol maydonchasida yoki boshqa sport maydonida uchratishingiz mumkin. Ular bilan tanishib, munosabatlaringizni mustahkamlang. Bu sizning shubhali joylarga borishingiz kerakligini bildirmaydi, – shunchaki o‘zingiz tez–tez bo‘lib turadigan joylardagi odamlar bilan tanishib oling.

O‘zingiz yoqtiradigan mashg‘ulotlarga imonda bo‘lmagan odamlarni ham jalb eting. Siz Xushxabar tarqatayotgan odamlaringizning qiziqish va ko‘ngilxushliklarini baham ko‘ribgina qolmay, ularni o‘zingiz yoqtirgan faoliyatga jalb etishingiz ham mumkin. Siz golf o‘ynashni yoqtirasizmi? Xo‘sh, nega endi taqvodor bo‘lmagan tanishlaringizni yaqindagi golf maydonida o‘ynash uchun taklif qilmaysiz? Sport o‘yinlari yoki boshqa birgalikdagi mashg‘ulotlar davomida imonda bo‘lmagan tanishlaringiz qanday inson ekaningizni va qanaqa masihiy ekaningizni yaqindan bilib olishlari mumkin.

Yaqinlaringizga foyda keltiradigan tadbirlar tashkil eting. Xushxabar tarqatishning ajoyib usullaridan biri – bolalar uchun tadbirlar tashkil etish. Bu tadbirlar ilmiy yoki ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, siz bolangiz yoki imonda bo‘lmagan tanishlaringizning farzandlari o‘ynaydigan sport jamoasining murabbiyligi vazifasini o‘z zimmangizga olishingiz mumkin. Siz bu vazifada o‘zingizni nafaqat inson, balki masihiy sifatida ham ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, siz o‘z hududingizning u yoki bu xayriya tashkilotida ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishingiz mumkin. Bunday tashkilotlar jiddiy va vijdonli odamlarning yordamiga juda muhtoj bo‘lishadi. Siz hududingizdagi muhtojlarga yordam ko‘rsatibgiga qolmay, ularga Masih haqida guvohlik ham berishingiz mumkin.

Va nihoyat, siz davlat xizmatiga o‘tsangiz ham bo‘ladi (albatta, undagi faoliyat sizdan ko‘proq sa’y–harakatni talab etadi). Davlat xizmatchisi hamisha fuqarolarning ko‘z o‘ngida bo‘ladi va bunday vaziyat unga – agar u masihiy bo‘lsa – atrofdagilarga taqvodorlik va boshqa ruhiy fazilatlarni namoyon etish imkonini beradi. Davlat xizmatida bo‘lgan odam o‘z holatidan e’tiqodini targ‘ib qilishda foydalanmasligi kerak, ammo u o‘z zimmasiga yuklangan vazifani Masihning izdoshiga xos tarzda ado etsa, uni ishi Najotkor haqida har qanday so‘zlardan ko‘ra ko‘proq tushuncha beradi. Yaqinlaringizning farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qiling va ishlaringiz masihiylik e’tiqodi tayanadigan o‘sha haqiqatlardan guvohlik bersin.

O‘z umidingiz haqida hisob bering

Men o‘z vaqtida ilohiyotshunoslikdan ta’lim olgan Talbot seminariyasida (Kaliforniyaning janubi) ishga joylash bo‘yicha mas’ul vazifani egallaganimdan so‘ng, mendan Chigakodagi talabalar hayotiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etishimni so‘rashdi. Ma’ruzachilar orasida mamlakatdagi mashhur seminariyalardan birida ilohiyotshunoslik bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis ham bor edi. Uni tinglab tezda tushundimki, u Masih hayoti haqida zarracha ham tasavvurga ega emas ekan, shu bois tanaffuslardan birida bu “olim erkak” ning yonida o‘tirib, Xushxabar va najot haqida suhbat boshladim. Men unga Masihga kimki imon keltirmasa, to abad mahkum bo‘lishini – Xudodan ayrilishini tushuntirishga urindim. Men hech qachon bu odamning javobini unutolmayman: «Xo‘sh, unda Afrikaning yovvoyi qabilalari bilan nima bo‘ladi?»

Uning savoli o‘z imoni haqida ochiq gapirishga jur’at etolmaydigan masihiylarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin edi. Ular hamsuhbatlariga qandaydir murakkab masala yuzasidan javob berolmay qolishdan qo‘rqishadi. Ammo bunday vaziyatda ehtimollik unchalik katta emas, negaki Xushxabar yetkazuvchi imonda bo‘lmagan tinglovchisidan eshitishi mumkin bo‘lgan barcha savollar eng asosiy masalalarga boshlaydi. Tasavvur qiling–a, bu ma’lumotli erkak menga birinchi raqamli savolni berdi!

Sizda imonda bo‘lmagan odam bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilganidan so‘ng, tabiiyki, u sizning imoningiz haqida savollar berishni boshlashi mumkin. Siz ulardan qaysi biriga javob bermay qolishingiz mumkinligidan qo‘rqmasligingiz kerak. Savollar – bu yaxshi. Agar hamsuhbatingiz imoningizga qiziqish bildirib, savollar bersa, bu ajoyib. Masih haqidagi guvohlik – bu monolog emas, hamisha dialog. Xushxabar aytish – bu faqat gapirish emas, balki odamlarni eshitish hamdir. Bu ularni tashvishga solib, bezovta qilayotgan muammolarni tushunish demakdir. Shuningdek, bu Muqaddas Kalomga tayangan holda, hamsuhbatning savollariga javob berish zarurligini ham anglatadi.

Biz, masihiylar, o‘zimiz xizmat qilayotgan kishilarga rahm–shafqat ko‘rsatishimiz, ularning savollarini oldindan payqab, Muqaddas Kitobdan javoblar topishimiz kerak. Aytib o‘tganimdek, bu kabi barcha savollar (imonda bo‘lmaganlar oldinga surishi mumkin bo‘lgan e’tirozlar) eng muhim masalalarga olib borishi mumkin. Men quyida ushbu savol va e’tirozlarni keltirib o‘taman. Ularning har biridan so‘ng Muqaddas Kitobdan xulosa qilishingizga yordam beradigan, mohiyatan hamsuhbatingizga javob beradigan satrlarni keltiraman. Umid qilamanki, siz odamlar bilan shunday suhbat qurasizki, bu kabi (e’tiroz tarzida qabul qilishlari mumkin bo‘lgan) savollarni berayotganingizda, ular noqulaylikni his etishmaydi.

Xushxabarchi to‘qnash keladigan yettita asosiy savollar

  1. Xushxabar haqida hech qachon eshitmagan yovvoyi qabilalar bilan nima bo‘ladi? (Javob: Zabur 18:2; Rim. 1:18–20)
  2. Xudoga tomon Iso Masihga bo‘lgan imondan boshqa biror yo‘l bormi? (Javob: Yuhanno 14:6)
  3. Nega begunohlar azoblanishmoqda? (Javob: Rim. 5:12)
  4. Mo‘‘jizalar bo‘lishi mumkinmi, agar “ha” bo‘lsa, ularni qanday izohlash mumkin? (Javob: Yuhanno 1:1 va 14 oyatlar; 3:2)
  5. Muqaddas Kitobda xatolar ko‘p, shunday emasmi? (Javob: 2 Tim. 3:16; Ibr. 1:1–2; 2 Butrus 1:20–21)
  6. Masihiycha ruhiy tajriba deb atalganlarning bari chuqur psixologik ko‘rinish, shundaymi? (Javob: Havoriylar faoliyati 9-bob ( Pavlusning murojaati); Rim. 5:8–10)
  7. Men o‘z yaxshiliklarim tufayli jannatga tusha olmasligim rostmi? (Javob: Gal. 2:16; Tit. 3:5; Yoqub 2:10)1

Odamlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsating

Aziz birodar, men Masihni hozircha bilmagan odamlar bilan do‘st bo‘lishingiz, o‘zaro munosabatlar qurishingiz, ko‘priklar o‘rnatishni boshlashingiz uchun ibodat qilaman. Agar siz chindan ham odamlarga “yaqin” bo‘lsangiz, bu holda «...umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar» (1 Butrus 3:15). Kimki Masihga sizning guvohligingizda so‘zi va amali bilan kelsa, abadiy mukofotni oladi, negaki Osmon Shohligining ahliga aylanadi. Odamlarga samimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsating. Ularga Masih sevgisini namoyon eting. Ularni chin qalbingizdan seving!

Nahotki hech kimning ishi bo‘lmasa?

Yirik gazetaning tahririyatiga qo‘shni jamoatlardan birining cho‘poni kelibdi. U tahririyatning boshliqlaridan biri bilan gaplashish uchun kelgan ekan. Cho‘pon ketishidan avval o‘sha odamga shunday so‘zlar bilan murojaat qilibdi: «Aziz birodarim, men sizni masihiy bo‘lishga da’vat etaman!»

Tahririyat xodimi biror so‘z aytmay, deraza oldiga kelib, bir necha daqiqa ko‘chaga qarab turibdi. Cho‘pon o‘ylabdiki, uni gaplari bilan xafa qilib qo‘ydi. Nihoyat bu odam ruhoniyga o‘girilibdi – uning ko‘zlari jiqqa yosh ekan. U mehmonning qo‘lidan tutib aytibdi: «Men haqimda g‘amxo‘rlik qilganingiz uchun rahmat. Butun hayotim mobaynida hech kim – yaqinlarim ham, hamkasblarim ham – hech qachon yuragimga e’tibor qaratmagan. Men bilan hech kimning ishi yo‘q deb o‘ylardim!»


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак