Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 15 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 15 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Kichikroq ishdan boshlang: qo‘lingizdan keladigan ishni qiling va nimani qilishingiz kerakligini topib olmaguningizcha, imkoningiz yetgan barcha ishni qiling! Topganingiz esa, hoynahoy, sizning ruhiy in’omingiz bo‘lib chiqadi.

Jim Jorj

15. JAMOATINGIZGA XIZMAT QILING

Umumiy manfaat uchun Muqaddas Ruh har kimda o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi.

1Kor. 12:7

Xudoning qalbiga mos erkak o‘z jamoatiga xizmat qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarni topishi mumkin. Mana, jamoatda o‘z o‘rningizni topishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar (men ularni bitta kitobdan topib oldim):

Agar sizda telefon bo‘lsa...

qo‘ng‘iroq qilasiz.

Agar sizda ruchka bo‘lsa...

yozasiz.

Agar sizda xohish bo‘lsa...

harakat qilasiz.

Agar sizda pul bo‘lsa...

xayriya qilasiz.

Agar sizda ovoz bo‘lsa...

kuylaysiz.

Agar ehtiyoj sezsangiz...

ibodat qilasiz.

Agar Xudoni sevsangiz...

Uni olqishlaysiz.

Agar sizda ruhiy in’om bo‘lsa...

xizmat qilasiz.

Bu o‘rinda g‘ayritabiiy hech narsa haqida gapirilmayapti, to‘g‘rimi? Ammo baribir ana shu fikr–mulohazalarga rioya qilib yashasangix, birodarlaringiz va opa–singillaringizga katta foyda keltirgan bo‘lasiz.

Hozir esa ana shu fikrlarning eng so‘ngisi haqida gaplashmoqchiman: «Agar sizda ruhiy in’om bo‘lsa ... xizmat qilasiz».

Ruhiy in’om haqida

Jamoat va imonli odamning da’vati haqida gapirganimizda, ruhiy in’omlar haqida eslamaslikning iloji yo‘q. Ruhiy in’om – imonli odamga Masih Tanasi – Jamoat uchun Muqaddas Ruh orqali berilgan ruhiy qobiliyat. Xudo biz o‘zimizda ruhiy in’omlarni payqab olishimizni, ularni rivojlantirib, bu bilan Xudo jamoatining boshqa a’zolariga xizmat qilishimizni istaydi.

Muqaddas Kitobda ruhiy in’omlar haqida nima deyilgan?

Men sizlarni Muqaddas Kitobni ochib, ruhiy in’om haqidaga uchta eng muhim oyatlarni o‘qishga da’vat etaman – bu Rimliklarga maktub 12:4–8, Korinfliklarga birinchi maktub 12:1–31 va Butrusning birinchi maktubi 4:10–11. Ularda ruhiy in’omlar haqidagi asosiy haqiqatlar bayon etilgan:

  • Pavlusning maktublarida ruhiy in’omlar haqidagi ta’limot muhim o‘rinni egallaydi (qarang: 1 Kor. 12:1);
  • ruhiy in’omlar Muqaddas Ruhdan keladi (qarang: 11–oyat);
  • ruhiy in’omlar – bu tabiiy qobiliyatlar emas (qarang: 15–27 oyatlar);
  • ruhiy in’omlar orasida katta–kichiklari yo‘q (qarang: 15–27 oyatlar);
  • barcha in’omlar bizga Jamoat manfaati uchun berilgan (qarang: 11; 1 oyatlar, Butrus 4:10).

Xudo sizga Masihdagi birodarlarimiz va opa–singillarimiz manfaati uchun ruhiy in’omlar ulashadi

Biz «masofadan turib» ruhiy in’omlar bilan xizmat qilolmaymiz va bu in’omlarimizni boshqa kimgadir berolmaymiz. Bizning in’omlarimiz boshqalarga foyda keltirishi uchun Masihdagi birodar va opa–singillarimiz bilan qalin aloqada bo‘lishimiz kerak, shu bois jamoatingiz hayotida faol ishtirok etish nihoyatda muhim.

Bir tasavvur qiling–a, qavmning har bir a’zosi har bir xizmatda o‘zining ruhiy in’omlaridan foydalanganida jamoatning hayoti qanchalik o‘zgarib ketgan bo‘lardi! Jamoatning barcha a’zolari uchun bu qanchalik marhamat bo‘lardi va Xudoning inoyati haqida qanday yorqin guvohlik berishi mumkin edi! Atrofdagilar bizda norozi odamlar va o‘zaro gap talashadigan safsatabozlar guruhini emas, balki Iso Masihni ko‘rgan bo‘lishardi.

O‘zingizdagi ruhiy in’omni qanday bilish mumkin?

Turli xil ko‘plab ruhiy in’omlar mavjud. Bizning vazifamiz – Xudo bizga qanday ruhiy in’omlar berganini fahmlab olmoq va jamoatning boshqa a’zolariga yaxshiroq tarzda xizmat qilish uchun bizdan nimalar talab etilishini tushunish. Mana, o‘zingizdagi ruhiy in’omni aniqlab olishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.

Imkoningiz darajasidagi ishni qiling. Nima qilishingiz kerakligini topib olmaguningizcha qo‘lingizdan keladigan ishni qilavering! Topganingiz esa, hoynahoy, sizning ruhiy in’omingiz bo‘lib chiqadi.

Biz Elizabet bilan jamoatga kelganimizda, aynan shunday yo‘l tutganmiz. Biz qo‘limizdan keladigan hamma ishni qildik. Hammaga va har bir kishiga xizmat qilish bizga ulkan quvonch bag‘ishladi! Xudo bizda harakat qildi va biz vaqt o‘tib barchasidan ham yaxshiroq eplay olgan mashg‘ulotlarga katta e’tibor qaratadigan bo‘ldik: bizga Xudo bergan in’omlarni o‘zimizda kashf etdik.

O‘zingizga yoqadigan ishni qiling. Siz gunohlaringizga tavba qilib, Xudoga yuzlanganingizda, U sizga muayyan ruhiy in’omlarni hadya etgan (qarang: 1Kor. 12:11) va endilikda bu in’om – shaxsiyatingizning, o‘ziga xosligingizning ajralmas qismidir.

Ruhan ulg‘ayish va xizmatda tajribaga ega bo‘lish orqali bu in’om hayotingizda yanada yorqinroq tus olaveradi. Sizga Xudo bergan in’omlarga xizmat qilishni istaysiz, shu bois o‘zingizdagi ruhiy in’omni bilib olishingizning eng yaxshi usuli – sevimli ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz va qalbingiz nimaga moyillini anglab yetish. O‘zingizni qanchalik to‘g‘ri baholaganingizni vaqt ko‘rsatadi.

Odamlarning fikrlari bilan qiziqing. O‘zimizdagi ruhiy in’omni bilib olish hamisha ham oddiygina kechavermaydi. Nega? Negaki nima bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, buni osongina bajarishingiz mumkin. Hamma gap shundaki, sizga berilgan ruhiy in’om orqali Muqaddas Ruh harakat qiladi. Aslida siz mehnat qilmaysiz – U sizda va siz orqali mehnat qiladi! Buni tushunish va tushuntirish oson emas. Ba’zan buni anglab olish ham qiyin bo‘ladi. Nimaiki bo‘lmasin, o‘z ishingizni bajaring. Boshqa odamlarning sizdagi in’om haqidagi fikrlari bilan qiziqib ko‘ring. Bu aniqlab olishingizga – o‘zingizdagi ruhiy in’omni bilib olishingizga yordam beradi.

Xudo marhamatlagan ishlarni qiling. Xudo yaqinlaringizning manfaati uchun sizga ruhiy in’om bergan. Agar siz undan foydalansangiz, odamlarga marhamat olib kelasiz. Bundan tashqari, Xudo faoliyatingizning muayyan jabhalarini marhamatlashi siz uchun ayon bo‘ladi. Shu bois, o‘zingizdagi ruhiy in’omni bilib olishni istasangiz, Masih Tanasiga qanday xizmatingizni Xudo marhamatlashini bilib olishga urinib ko‘ring.

Nihoyat, jamoatga o‘z ruhiy in’omingiz bilan itoatda xizmat qilib, siz Xudoning marhamatini olasiz. Jamoatda o‘z o‘rningizni egallab, uning ravnaqiga hissa qo‘shayotganingizni anglab, qalbingiz quvonchga to‘ladi.

«Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz

Qizim Kortni oshpazlik bo‘yicha o‘qiydi. U bir paytlar kulinariya kursiga qatnagan, hozir esa vaqti bo‘lganida (Kortni – maktabgacha yoshda bo‘lgan uchta farzandning onasi), mazali taomlar tayyorlash bo‘yicha uy bekalari uchun mo‘ljallangan telekanalni tomosha qiladi. O‘zim esa sevimli kanalimni izlaganimda mazkur ko‘rsatuvdan parchalarni goh–gohida ko‘rib turaman.

Ko‘rsatuv boshlovchisining ismi Emeril. U biror–bir tansiq taomni tayyorlash haqida gapirish oldidan har doim shunday deydi: «Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!»

Hayotingizda Xudoning harakatlari uchun ochiq bo‘ling

Biz mazali taomlar tayyorlash haqida so‘z yuritmaymiz, ammo sizlarga men ham ushbu so‘zlar bilan murojaat qilmoqchiman «Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!». Men Pavlusning Timo‘tiyga Birinchi maktubidagi ruhiy in’omlar va xizmat haqidagi fikr–mulohazalarimizga yakun yasamoqchiman. Havoriy jamoat yetakchilarini tanlash haqida yozgan, biroq uning pand–nasihatlari bizga ham tegishli:

“Imonlilar jamoatining yetakchisi bo‘lishga intilgan inson olijanob ishni orzu qilgan bo‘ladi” degan gap to‘g‘ri va asoslidir (1Tim. 3:1).

Menga havoriy Pavlusning bu hikmatli gaplari juda yoqadi.

Birinchidan, men uning «...intilgan inson...» so‘zlarini yoqtiraman. Pavlus imonlilarning qandaydir tanlangan jamiyati haqida emas, balki Xudoning qalbidagi barcha erkaklar haqida gapiradi. U biz haqimizda gapiradi!

Ikkinchidan, mazkur oyatdagi «orzu qilgan bo‘ladi» so‘zlari ham yoqadi. Asl nusxada bu «qat’iy intiladi» ma’nosidagi so‘zlarga muvofiq keladi. Havoriy bu o‘rinda xizmatda yetakchi bo‘lishga intiladigan odamlar haqida gapiradi.

Uchinchidan, «olijanob ishni» so‘zlarini yoqtiraman, buni «ulug‘vor ish» yoki «munosib ish» deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

Shu tariqa, Pavlus biz kabi erkaklarning jamoat yetakchilari bo‘lishga intilishimizni qo‘llab–quvvatlaydi. Bunday intilishda hech bir yomonlik yo‘q. Qolaversa, yetakchilikka intilmaslikning o‘zi yomon. Shu bois, “kelinglar, vazifani biroz murakkablashtiraylik». O‘zimizda ruhiy in’om borligini anglab olishga intilaylik. Uni rivojlantirib, xizmatda foydalanaylik. Taqvodorona va pok yashashga intilaylik.

Xudo hayotingizda ishlashi uchun nima qilish kerak

 Pavlus so‘zining davomida jamoatda yetakchi bo‘lishni istagan erkak muayyan fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini, ammo bu fazilatlar imon bilan yashashni istagan har kimda salmoqli darajada bo‘lishini anglab yetish muhim ekanligini tushuntiradi.

Mazkur fazilatlar Timo‘tiyga birinchi maktubning 3:1–7 va Titusga maktubning 1:6–9 oyatlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Ularni o‘qib, Xudodan sizga bu sifatlarni rivojlantirishingizda yordam berishini so‘rang. Demak, xizmat yetakchisi (yoki jamoat boshlig‘i)...

Piyonista bo‘lmasligi kerak. Asl nusxada bu ibora «sharobga qul bo‘lmaslik» ma’nosida keltirilgan1. Jamoat yetakchisi bo‘lishni istagan inson sharob va boshqa spirtli ichimliklarni iste’mol qilmasligi kerak. Taqvodorlik ichkilikbozlik bilan muvofiq emas.

Mushtumzo‘r (ya’ni urishqoq) bo‘lmasligi kerak. Boshqacha aytganda, u bag‘ritosh va janjalga moyil bo‘lmasligi kerak. Ilohiy erkak jahlga berilib, mushtlashishdan o‘zini tiyishi lozim. U o‘z his–tuyg‘ularini jilovlay oladi (qarang: Hikmatlar 29:11).

Serjahl bo‘lmasligi kerak. Xudodan qo‘rqadigan erkak janjalga qo‘shilmaydi. U injiq emas – aksincha, uning so‘zlari hamisha inoyat bilan to‘lgan (qarang: Kol. 4:5) va barcha odamlar bilan do‘stona munosabatda bo‘ladi (qarang: 2 Tim. 2:24).

Tamagir bo‘lmasligi kerak. Pulparastlik ko‘plab boshqa gunoh va nopokliklarning sababchisi bo‘lishi mumkin (qarang: 1 Tim. 6:10). Taqvodorlikka intiladigan inson boylik ortirish havasiga mubtalo bo‘lishi mumkin emas. Pul bizga hayotiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun kerak, lekin pulga qul bo‘lib qolmasligimiz shart.

Qo‘pol bo‘lmaslik kerak. Asl nusxada «qo‘pol» so‘zi «o‘ziga bino qo‘ygan»2 ma’nosini ifodalaydi. Axir Isoni qo‘pol yoki o‘ziga bino qo‘ygan deyishimiz mumkinmi? Albatta, yo‘q. Biz xuddi Najotkorga o‘xshab, odamlarga itoat bilan xizmat qilishga intilishimiz lozim (qarang: Matto. 11:29).

Badjahl bo‘lmasligi kerak. Badjahl bo‘lmaslik o‘zini boshqara olish va hissiyotlarga erk bermaslikni anglatadi. Ilohiy erkak “portlamaydi”, balki “ochiladi”.

Ochko‘z bo‘lmasligi kerak. Odam pul ortidan quvib ayyorlik va makr–hiylaga o‘tishi mumkin. Xudoning qalbiga mos erkak unga nopok va g‘ayriqonuniy tuyulgan har qanday narsadan voz kechadi. U «har qanday yomonlikdan qochadi» (1Sal. 5:22).

Odil bo‘lishi kerak. Odil bo‘lish hamisha to‘g‘ri yo‘l tutish demakdir. Biz yaxshilik qilish va haqiqatni gapirishga da’vat etilganmiz. Biz barcha odamlar bilan halol ish tutishimiz kerak. Xudoning qalbiga mos erkak o‘zini poklikda asraydi.

Yaxshilikni sevishi kerak. Xudoning qalbiga mos erkak barcha ezgulik va ijobiy ishlarni yoqtiradi. Bu kitob va jurnallarga, film va teleko‘rsatuvlarga, o‘zaro munosabatlarga va ko‘ngilxushliklarga taalluqli.

Xizmatda yetakchi bo‘lishni istagan erkakni boshqalardan farqlab turadigan ayrim fazilatlar ana shulardan iborat.

Yo‘lning boshi

Mening yo‘lim

Ehtimol, sizga ushbu matal tanish bo‘lsa kerak: «Hatto ming qadam masofa sari yo‘l ham birinchi qadamdan boshlanadi». Aziz birodar, mening imonda ulg‘ayish va ruhiy in’omni aniqlash yo‘lidagi ilk qadamim Xudo uchun xizmatimdan boshlangan. Avval aytib o‘tganimdek, masihiylik imoni o‘zida nimani aks ettirishini va jamoat hayotida ishtirok etish qanchalik muhimligini chinakamiga anglaganimda xizmatda yetakchi bo‘lishning ahamiyati haqida zarracha tasavvurga ega emasdim. Biroq bu holat meni o‘shanda ko‘p ham tashvishlantirmagan: men shundoq ham yana Xudoning irodasida, jamoatda Xudoning Kalomi va Xudoning xalqi bilan birga ekanimni anglashdan baxtiyor edim. Endilikda birodar va opa–singillarimga xizmat qilishim mumkinligidan ko‘nglim ko‘tarilgandi va har qanday vaziyatda shunday qilishga intilardim.

Men Xudo va odamlarga xizmat qilib, ruhan ulg‘aydim. Har yakshanba jamoatga qatnardim. Shuningdek, seminarlariga qatnashib, Muqaddas Kitobni qunt bilan o‘rgandim. Men ko‘proq darajada ruhan ulg‘aygan masihiylardan o‘rganishga intilardim. O‘shanda ruhiy in’omlar, xizmat va yetakchilik haqida ko‘p narsalarni bilmasdim – men shunchaki Xudoga sodiq bo‘lishni va o‘zimga ma’lum darajada Uning irodasini bajarishni istardim. Rabbiy buni ko‘rib, vaqt o‘tishi bilan menga jamoat boshqaruvida xizmat qilish sharafini va huquqini berdi.

Sizning yo‘lingiz

Ehtimol, siz ham xuddi men kabi masihiylik yo‘lingizning boshida arzirli muvaffaqiyatga erishmassiz. Balki siz ham men kabi Xudo qanday ruhiy in’omlarni sizga hadya etganini bilmassiz. Ehtimol, Xudo sizga qandaydir ruhiy in’omlar berganiga shubha ham qilarsiz. Bunga shubha qilmang: Xudo sizga chindan ham ruhiy in’omlar bergan va men o‘zingizdagi ana shu in’omni kashf etishga sizni da’vat etaman. Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Xudo sizni qayoqqa boshlamasin, Unga sadoqat bilan xizmat qilish (qarang: 1 Kor. 4:2);
  • ruhan ulg‘ayish (qarang: 2 Butrus 3:18);
  • oldinga intilish va qiyinchiliklar qarshisida chekinmaslik;
  • jamoatda yetakchi bo‘lishga intilish (qarang: 1 Tim. 3:1);
  • taqvodorlikka intilish (qarang: 1–7 oyatlar; Tit. 1:6–9).

Xudo sizni sayohatga taklif etadi va «tor yo‘l» – sinovlar, tartib–intizom va ruhan ulg‘ayish yo‘li – yoki «katta yo‘l» – betashvishlik, bekorchilik, xudbinlik va o‘rta darajalik – yo‘lidan borishni tanlash o‘zingizga bog‘liq. Sizni ishontirib aytamanki, «tor yo‘l», taqvodorlik va poklik yo‘li sizni hamda oilangizni buyuk marhamatga olib boradi. Bu sizning xizmatda muqarrar yetakchi bo‘lishingizni anglatmaydi, ammo taqvodorlik va ezgu ishlarda yuqori darajalarga ko‘tarilishingiz tayin. Siz chindan ham Xudoning qalbiga mos erkakka aylanasiz.

Agar hozir qaysi yo‘lni tanlashni bilmay, arosatda qolgan bo‘lsangiz, yodingizda bo‘lsin: hatto ming qadam masofa sari ham yo‘l birinchi qadamdan boshlanadi. Va biz imkon qadar bu yo‘ldan qadamba–qadam yurib o‘tamiz. Muhimi, to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab harakat qilaylik. Xudo bu yo‘lni oxirigacha bosib o‘tishimiz uchun bizga kuch bag‘ishlashga va’da bergan.

Ilohiy erkaklar, turing!

O, ilohiy erkaklar,

Turingiz tezroq,

Shohlar Shohi, Yaratguvchiga

Xizmat qiling butun qalb bilan!

Turinglar, erkaklar,

Xudo Jamoati sizlarni kutar,

Unga sizning kuchingiz zarur,

U sizni kurashga, janglarga chorlar!

Masih xochin ko‘targancha,

Biz oldinga shoshamiz,

Turaylik, birodarlar, yetib keldi,

Mana endi bizlarning ham navbatimiz!


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак