Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 13 боб) Китоб Ўзбек тилида
Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
I qism. Xudoni izlang
01. Qalbingiz nimani istaydi?
02. Imonda ulg‘ayishni istang.
03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?
04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?
05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)
II qism. Xudoning xohishini bajaring.
06. Rafiqangizni seving
07. Rafiqangizni seving (Davomi)
08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.
Farzandlaringiz
09. Farzandlaringiz
10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.
Mehnatingiz
11. G‘ayrat bilan mehnat qiling
12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.
13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)
Jamoatingiz
14. Jamoatingizni seving
15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling
Masih haqidagi guvohligingiz
16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating
17. Ko‘priklar o‘rnating
III qism. Xudoning rejasi
18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.
19. «Sodiq odamlarga yetkazing»
Xotima
Bizga Xudoning Kalomi asos solgan mehnat odob-axloqi kerak. Bu ahloq qoidalarini ish joyida va jamoatda hurmat bilan hayotga tadbiq etish lozim... Bizning ishga munosabatimiz aslida kim ekanimizni ko‘rsatibgina qolmay, balki belgilab ham beradi.
Kent Xyuz
13. MEHNATINGIZ BILAN XUDONI ULUG‘LANG (DAVOMI)
Har bir ishni insonlar uchun emas,
Rabbimiz Iso Masih uchun qilayotganday
chin qalbdan bajaringlar. Chunki sizlar haqiqiy
Xo‘jayiningiz Masihga xizmat qilyapsizlar...
Kol. 3:23–24
Menga Muqaddas Kalomdagi kishilarning hayot yo‘li haqida o‘qish nihoyatda yoqadi. Muqaddas Kitob qahramonlarining hayotiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarida zo‘r mamnuniyat va jo‘shqinlik bilan qatnashaman. Ular bizga Xudoning qalbiga mos erkak nima ekanligini tushunishimizga yordam beradi.
Xususan, Muqaddas Kitobdagi havoriy Pavlusning hayoti haqida hikoya qiladigan oyatlarni juda yoqtiraman. U chindan ham aynan shunday erkak bo‘lgan. Shuningdek, Kalom qahramoni – Xudoning O‘zi Xudo qalbidagi erkak deb atagan shoh Dovud hayotiga bag‘ishlangan satrlarni ham katta qiziqish bilan o‘qiyman. Biroq “Muqaddas Kitobdagi oilaviy juftliklar” mavzusi bo‘yicha seminarlarda men yaqindan tanishib olgan yana bir shaxs bor. Bu Bo‘az ismli odamdir.
Bo‘az shoh bo‘lmagan.
Bo‘az havoriy bo‘lmagan.
Bo‘az yorqin shaxs bo‘lmagan.
U yer egasi bo‘lgan, ammo boshqa xizmatkorlar bilan dalada tenma–teng ishlagan. Bo‘az Rutning eri va Dovudning bobokaloni bo‘lgan. U ham Dovud singari Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lgan. Bu ajoyib inson ko‘plab fazilatlari bilan ajralib turgan. Jumladan, u…
- G‘ayratli. Rut Kitobida Bo‘azning “anchagina obro‘li” odam ekanligi aytilgan (qarang: Rut 2:1), ammo, asosiysi, u g‘amxo‘r xo‘jayin bo‘lgan.
- Samimiy. Bo‘az xizmatkorlardan hol–ahvol so‘rashib turgan va o‘zga yurtlik Rutning dalada boshoq terayotganiga e’tibor bergan (qarang: 2: 4, 8).
- Mehribon. Bo‘az o‘z dalasida Rutni ko‘rib, kim va qayerdan ekanini bilib olgan hamda unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan (qarang: 2: 7–8).
- Taqvodor. Bo‘az beva qolgan qaynonasi Naima uchun jon kuydirayotgan Rutni marhamatlashini Xudodan so‘ragan (qarang: 2: 12).
- Xayrixoh. Bo‘az Rutni yaxshi ishlari uchun maqtab, uni qo‘llab–quvvatlashga va ruhlantirishga intilgan (qarang: Rut 2:12, 3:11).
- Saxiy. Rut Bo‘azning dalasida o‘z mehnati bilan rizq topgan. Bundan tashqari, Rut daladan terib topganidan tashqari, Bo‘az unga mehnatsevarligi uchun yana bug‘doy bergan (qarang: Rut 2:15).
- Rahmdil. Rut Naimaga Bo‘azning yaxshiligi haqida aytib berganida, Naima Bo‘az orqali ko‘rsatgan marhamati uchun Xudoga minnatdorchilik bildirgan (qarang: 2: 20).
- Ehtiyotkor. Bo‘az ehtiyotkorlik qilib, Rutni xirmondan tong otmasidan avval jo‘natib yuborgan (qarang: Rut 3:14).
- Sodiq. Bo‘az Rutga bergan va’dasiga sodiq qolib, Rutga uylanishini marhamatlashlari uchun shahar oqsoqollariga murojaat qilgan (qarang: Rut 4:1–12).
Biz yuqorida aytib o‘tgan qoidalar, – tirishqoqlik, yaqinlarga xizmat qilish va hamisha o‘qib–o‘rganishga tayyorlik, – Bo‘azning hayotida o‘zining yaqqol isbotini topgan. Agar bu qoidalarni hayotda qo‘llamas ekansiz, Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lolmaysiz.
Bo‘az taqlid qilish uchun ajoyib namuna, shunday emasmi? Endi esa, kelinglar, Xudoni mehnatimiz bilan sharaflashimizga yordam beradigan yana ikkita qoidani ko‘rib chiqaylik.
4 qoida. O‘zingizda bor narsalar bilan qanoatlaning
Hozirgi kunda o‘zingizda bori bilan qanoatlanish fazilat qatoriga kirmay qo‘ygan. Biz yana va yana ko‘proq egallashga chanqoqlik bilan to‘lgan jamiyatda yashayapmiz. Televizor ekranidan bizga singdirishmoqda: “Sizga mana bu mashina kerak!” Reklama lavhalaridan nigohimizga shunday so‘zlar tashlanadi: «Siz albatta Karib orollarida dam olishingiz shart!» Jamiyatimiz bizni o‘zimizda bor narsalar bilan qanoatlanmay, yana ko‘prog‘ini olishga o‘rgatgan.
Ehtimol, xayolingizda shunday fikrlar tug‘ilar: «Ammo Jim hozirgina mening erishganlarim bilan qanoatlanib qolmasligim kerakligini aytmadimi? Axir u hozirgi vaziyatim bilan qanoatlanib qolmasligimni, aksincha, har doim yangi nimadir yangi narsani bilib, cho‘qqilargaintilishim kerakligini, har kuni yangi nimalarnidir bilim olishim kerakligini, o‘z bilim va ko‘nikmalarimni takomillashtirishim kerakligini aytmaganmidi?» Ha, men aynan shunday degandim. Biroq buni qanday talqin etib gapirganim yodingizdami? Biz Xudoni o‘z mehnatimiz bilan ulug‘lashimiz lozim. Xudoning shon–sharafi yo‘lidagi intilishda erishgalarimizga qanoat qilmaslikni his etish o‘z shon–shuhratimiz yo‘lidaga intilishda o‘zimizdagi norizolikning o‘zginasi emas. Angliyalik puritan Iyeremiya Berrouz o‘zining «Masihiylikning noyob fazilatlaridan qanoatlanish haqida» nomli mo‘‘jazgina kitobida shunday deydi:
Aytish mumkinki, hayoti qay tarzda o‘rniga tushayotganidan mamnun bo‘lgan masihiy – dunyoda o‘zidan eng ko‘p mamnun bo‘lgan odamdir, ammo baribir uni o‘zidan aslo qanoat hosil qilmaydigan odam deb ham aytishimiz mumkin, bu ikkala hissiyotning bir–biri bilan qanday kelishib olishi esa sir–sinoatdir.
Havoriy Pavlusning qanoat haqidagi o‘gitlari. Havoriy Pavlus o‘z maktubida bizni o‘zimizdagi bor narsalar bilan qanoatlanishga o‘rgatadi. Pavlus, shubhasizki, buyuk inson bo‘lgan: u biz uchun masihiylik e’tiqodining ko‘plab haqiqatlarini ochib bergan. U o‘z davrida taniqli shaxs bo‘lgan, ammo shu bilan birgalikda, Iyeremiya Berrouz yozganidek, o‘zidan qanoat hosil qilmagan masihiylardan biri bo‘lgan. Pavlus sayohat qilishni va Xushxabarni yoyishni xush ko‘rgan, biroq hayotida bir necha bora tutqunlikka ham tushgan. Pavlus kabi arbob uchun mahbuslik o‘ta og‘ir kechgan bo‘lsa kerak, lekin u keyinchalik Muqaddas Kitobning bir qismiga aylangan maktublarini aynan qamoqxonada yozgan. Xudo shunday tashkil etganki, Pavlusda o‘z maktubi ustida ishlashi va fikrlarini jamlashi uchun vaqt paydo bo‘lgan va biz buning uchun Xudodan minnatdor bo‘lishimiz kerak.
Pavlus qamoqxonada o‘tkazgan vaqtlaridan birida do‘stlariga Filippi shahridan maktub yo‘llagan. U o‘ziga yig‘ilgan xayriyalari uchun do‘stlariga minnatdorchilik bildirgan. Biroq ular shunday ish qilmaganlarida ham, Pavlus baribir o‘z chekiga tushgan mashaqqatlarga dosh berishiga ularni ishontirgan.
...men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga o‘rganganman. Har qanday sharoitda va har yerda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, mo‘l–ko‘lchiligu muhtojlikda yashash sirlarini o‘rganganman. Men tanqislikda ham, mo‘l–ko‘lchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman (Flp. 4:11–12).
Pavlus bularni qanday yozishi mumkin? Nega u o‘zida boriga qanoat qilgan, axir u panjara ortida o‘tirgan va balki o‘lim tahdidi ostida bo‘lgandir?! Negaki, Pavlus o‘zi haqida qayg‘uradigan va uni mustahkamlaydigan O‘sha Yagona Zotga imon keltirganidan qalbi taskinlik topgan (qarang: Flp. 4:13).
Pavlus moddiy ehtiyojlari qondirilgani uchun qanoat hosil qilgan emas. U barcha ehtiyojlarimizni qondiradigan Zotni – Iso Masihni bilgani uchun ruhida yengillikni his etgan. U Filippiliklarga yo‘llagan maktubini chuqur imon bilan singdirilgan so‘zlar bilan yakunlagan: «Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi!» (qarang: Flp. 4:19).
Masihdagi aziz birodar, biz ushbu qoidalarga asoslangan holda yashashimiz kerak. Agar Xudo barcha ehtiyojlarimizni qondirsa, biz barcha masalada va hamisha qoniqish tuyg‘usini his etmog‘imiz kerak. Muqaddas Kitobning qanoat haqidagi saboqlari ana shunday. Buni bizga Xudoning O‘zi o‘rgatadi.
Pavlus qanoatning fazilati haqida yana nimalar degan. Aziz birodar, agar xizmat holatingiz sizga maqbul bo‘lmasa, Pavlusning Korinfliklarga birinchi maktubining 7–bobida yozgan so‘zlariga e’tibor qaratishingizni maslahat beraman. Havoriy bizni ushbuga o‘rgatadi: biz Masihdagi holatimiz ahamiyatini chuqur anglab yetganimizda va “bu hayotda kam ahamiyatli” ekanimizdan aziyat chekmay qo‘yganimizda, o‘zimizdagi boriga qanoat hosil qiladigan bo‘lamiz.
Agar sizga xizmatdagi holatingiz yoqmasa, hoynahoy, ishingiz o‘zingizga unchalik ham yoqmasa kerak. Ehtimol, hozir buni boshqalardan yashirib turarsiz, ammo shubha qilmang: vaqti kelib sizning ishga munosabatingiz uning sifatiga ta’sir qiladi. Asosiysi esa – ishga bunday munosabatingiz va hatti–harakatingiz Xudoning nomiga qora dog‘ tushiradi. Men ishingizga qanday yondashib borayotganingizni aniqlashga yordam beradigan savollarni vaqti–vaqti bilan o‘zingizga berib turishingizni maslahat beraman:
1. Men nega bu yerda ishlayapman? Agar siz ishingiz Xudo tomonidan in’om etilganini his etsangiz, bunday xizmatni “muqaddas va Xudoga manzur” (Rim. 12:1) qurbonlik deya hisoblaysiz.
2. Men kim uchun ishlayapman? Siz Xudo uchun ishlayapsizmi yoki odamlar uchun? Agar siz Xudoga xizmat qilsangiz, odamlarga ham xizmat qilishga qodirsiz (qarang 2 Qoida), garchi ular bemulohaza va noshukur bo‘lsalar ham.
3. Men nima uchun ishlayapman? Siz hukmronlikka erishish, pul va shon–shuhrat uchun ishlayapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz hech qachon qanoat hosil qilmaysiz. Ammo chin yurakdan: «Men Xudoni ulug‘lash va Uning irodasini bajo keltirish uchun mehnat qilyapman» deya olsangiz, ana shunda hamisha va har narsadan qoniqish hissini tuyasiz.
4. Men kim bilan ishlayapman? Siz bilan mehnat qilayotgan har bir kishi o‘lmas ruhga ega. Ularning har biri abadiy yashaydi – Xudo bilan yoki Undan ayrilgan holda. Siz bu haqda doimo yodingizda saqlashingiz va yaqinlaringizga Iso haqida guvohlik berishingiz lozim. Ehtimol, hamkasblaringiz orasida sizni yagona masihiy deb biladigan kishilar bordir, shu bois ish joyingiz – bu sizning “Xushxabar maydoningizdir”.
5. Men qayerda ishlayapman? Sizning aynan shu yerda ishlayotganingiz tasodif emas. Xudodan o‘z ishingizning ahamiyatini anglab olishingizda yordam berishini so‘rang. Xudo siz orqali bu ishda nimalarni amalga oshirmoqchi?
Aziz birodar, ishingizdan norozi bo‘lish sizni hech qanday yaxshilikka olib bormaydi. Vaziyatni o‘nglashingiz uchun, quyidagilarni eslab turishingiz kifoya:
- siz nima uchun ishlayapsiz (Xudoga manzur bo‘lish uchun);
- siz kim uchun ishlayapsiz (Xudo uchun);
- siz nima maqsadda ishlayapsiz (Xudoning shon–shuhrati uchun);
- siz kim bilan ishlayapsiz (Xudo Shohligiga kirishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan);
- siz qayerda ishlayapsiz (Xudo in’om etgan ishda).
5 qoida. O‘zingizda mukammal ishchanlikni namoyon eting
Men «mukammallik» so‘zini yoqtiraman. Menga uning jaranglashi va o‘ziga xos his–tuyg‘ularni hosil qilishi yoqadi. Bir muallif yozganidek, «bizga Xudo yuklagan majburiyatlarni bajarish uchun bor kuchimizni berganimizda, mehnatda mukammallikka erishamiz»3. Agar biz shunday yo‘l tutsak, Xudoni mehnat bilan ulug‘lagan bo‘lamiz, shunday emasmi? Shaxsan mening o‘zim shunga intilaman, xo‘sh, siz hammi?
Ammo mehnatda mukammallikka erishish uchun nimalar qilish kerak? Muqaddas Kitob bo‘yicha mashhur murabbiy Chak Suindoll “mukammallikning oltita ustunlari” haqida yozadi, ya’ni ular – insoflilik, sadoqat, o‘ta aniqlik, mahorat, mehribon qalb va ishtiyoq. Keling, mehnatda mukammallikka erishishni o‘rganish uchun bu sifatlarni ko‘rib chiqaylik.
Insoflilik. Mazkur fazilat ostida yuqori ahloqiy me’yorlarga sadoqat, samimiylik, halollik va ochiqlik nazarda tutiladi. Bu fazilatlar bilan dunyodagi boshqa barchadan ko‘ra Iso Masihga imon keltirgan kishi ajralib turishi kerak, bu eng avvalo kasbiy faoliyatga taalluqli. Xuddi Doniyor kabi – Xudoning qalbidagi yana bir erkak, – bizni hech kim nopoklikda ayblamasligi uchun mehnat qilishimiz kerak. Doniyor «o‘z ishini puxta bajarib, hech qanday mas’uliyatsizlik va nohaqlikka yo‘l qo‘ymasdi» (Don. 6:4).
Sadoqat. Bu fazilat – Muqaddas Ruhning mevalaridan biridir (qarang: Gal. 5:22*) (* Sinodal tarjimada «imon»). O‘z so‘ziga sodiq bo‘lgan odam hamisha o‘z va’dasini bajaradi. Dovud do‘stiga aylanib qolgan Yo‘natanning o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li Mefibositga homiylik qilib, bu fazilatini namoyon etadi (qarang: 2 Shoh. 9:1–13). Bajara olmaydigan va’dalar bermang va so‘zingizda turolmasangiz, Xudo sizni marhamatlashiga umid qilmang. Agar sizni ishxonada o‘z so‘zida turolmaydigan odam sifatida bilsalar, maoshingiz oshirilishiga umid qilmay qo‘yaqoling.
O‘ta aniqlik. Hoynahoy, sizga mana bunday vaziyat tanish bo‘lsa kerak: ishga oid uchrashuvning boshlanishi kechikmoqda, negaki ishtirokchilardan kimdir kechikmoqda. Shu bois kutilgan tarzda muvaffaqiyatli kechmayapti; bundan tashqari, odamlarning hafsalasi pir bo‘lgan, negaki ko‘p vaqt behuda kutish bilan o‘tmoqda. Siz hech qachon kechikmang. O‘ta aniqlikni namoyon eting. Odamlar sizni kutib qolishlariga majburlamang.
Mahorat. Qachonlardir mahorat istisno emas, qoida bo‘lgan. Hozir esa bu qoida emas, balki istisnodir. Biz, Iso Masihga imon keltirganlar, o‘z ish joyimizda mahorat ko‘rsatishimiz kerak. Yodingizda bo‘lsin, sizning mehnatingiz – Isoga keltirilgan hadyadir: bu sizga ishda nohalollik va qo‘pollik qilish vasvasasidan qutulishingizga yordam beradi. Xudoga bunday qurbonligingiz manzur bo‘ladimi?
Har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbimiz Iso Masih uchun qilayotganday chin qalbdan bajaringlar. Chunki sizlar haqiqiy Xo‘jayiningiz Masihga xizmat qilyapsizlar. U O‘z xalqiga atab qo‘ygan qut–barakani sizlarga mukofot qilib berishini yoddan chiqarmang (Kol. 3:23–24).
Mehribon qalb. Kuyovim Pol – dengiz zobiti, u suv osti kemasida xizmat qiladi. Uch yoki olti oylik suzishdan so‘ng jamoadagi muhit chidab bo‘lmas darajaga yetadi. Polning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining vazifasiga mas’uliyatli bo‘lgani va mehribon qalbini saqlab qolgani uchungina umumiy kayfiyatga berilib ketmaydi. Agar biz Masihga xizmat qilsak, zorlanish va g‘azablanish vasvasasiga qarshi kurashmog‘imiz kerak. Agar o‘z ishimizdan norozi ekanimizni ko‘rsatsak, aslida Xudoni ayblagan bo‘lamiz. Bir muallif shunday qayd etgandi:
…agar siz hasrat qilsangiz... demak, Xudoning donoligi va har yerda hozirligiga shubha qilyapsiz. Xudoning Kalomida hasrat shubha bilan tenglashtiriladi, negaki... zorlanish – Xudodan shubha qilish. Bu Xudo nima qilayotganini O‘zi bilmaydi deb aytish bilan barobar4.
Ishtiyoq. «Ishtiyoq» so‘zi «ilohiy boshqaruv», «Xudodan ruhlanish» yoki hatto «ilohiy alanga» deya tarjima qilish mumkin bo‘lgan yunoncha ifodadan kelib chiqqan. Siz mehnatingiz ruhlantirayotganini yoki ko‘tarinki kayfiyat baxsh etayotganini ayta olasizmi? Siz o‘z mehnatingiz bilan quyidagilarga intilyapsizmi:
- odamlarga Masihni namoyon etishga;
- kompaniyangizning taraqqiyotiga hissa qo‘shishga;
- yaqinlaringizga foyda keltirishga;
- Sizni zulmat qa’ridan O‘zining mo‘‘jizaviy yog‘dusi sari chorlagan mukammal Zotni ulug‘lashga?
Mana, d–r Suindoll o‘z kasbiy faoliyatini ”mukammallikning oltita ustuni” asosida quradigan odamlar haqida nimalar deydi:
Ishga ana shunday odamni qabul qiling va tez orada qimmatli xodimni topganingizga ishonch hosil qilasiz... Uning mehnati tashkilotingizga ravnaq keltiribgina qolmay, ko‘plab ishchilarni masihiylik e’tiqodining haqiqatlari haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishga undaydi.
Qo‘shimcha qilishimga izn bering: bunday odamning mehnati Xudoga shon–sharaf keltiradi, zero butun hayotimizning mazmuni ana shundan iborat.
Hayotingizni Muqaddas Kitob qoidalari asosida boshqaring
Siz, albatta, kitobimizning 11–13–boblaridagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq savollarga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. Kimgadir men bu mavzuning ahamiyatini oshirib ko‘rsatayotgandek bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo ish hayotimizda o‘ta muhim o‘rinni egallashini nazarda tutish joiz: biz amalda kunimizning yarmini ish bilan o‘tkazamiz.
Muqaddas Kitobda mehnatga taalluqli ko‘plab haqiqatlar bayon etilgani uchun biz Xudodan minnatlor bo‘lishimiz kerak. Umid qilamanki, biz ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng mehnatni anchayin boshqacha ranglarda ko‘rasiz. Endi siz Xudo mehnat haqida nimalar deganini bilasiz. Kasbingiz qanday bo‘lmasin, qanday vazifani egallagan bo‘lmang, mehnatingiz – Xudoning oliy da’vatidir va siz ularni qadrlashingiz lozim, negaki mehnat sizga har kuni Xudoni ulug‘lashingiz uchun imkon beradi. Quyidagi o‘gitni ham qalbimizga joylab qo‘yaylik:
Bizga Xudoning Kalomi asosidagi mehnat etikasi kerak. Bu ahloq qoidalarini hurmat bilan hayotga va jamoatga, ish joyiga singdirish lozim. Buning muhimligining sababi, aksariyatimiz haftasida besh–olti kunlab sakkiz–to‘qqiz soatlab ishlaymiz. Bizning mehnatga munosabatimiz kimligimizni ko‘rsatibgina qolmay, kimligimizni belgilab ham beradi.
Siz o‘z ishingizga yangicha yondashishga tayyormisiz? Mehnatni yuksak ahloqiy qoidalar asosida boshqarish uchun, serg‘ayrat bo‘lish uchun, yaqinlarga xizmat qilish uchun, o‘zingizda boriga qanoat qilib, mukammallikka intilish uchun qat’iy qaror qilganmisiz? Hayotingizni ana shu qoidalar bilan boshqaring. Muqaddas Kitob qahramoni Bo‘az qanday bo‘lgan bo‘lsa, atrofingizdagilar sizni ham munosib va halol inson sifatida bilsinlar.
Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)
В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.
Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.
…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22