Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 10 боб) Китоб Ўзбек тилида
Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
I qism. Xudoni izlang
01. Qalbingiz nimani istaydi?
02. Imonda ulg‘ayishni istang.
03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?
04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?
05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)
II qism. Xudoning xohishini bajaring.
06. Rafiqangizni seving
07. Rafiqangizni seving (Davomi)
08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.
Farzandlaringiz
09. Farzandlaringiz
10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.
Mehnatingiz
11. G‘ayrat bilan mehnat qiling
12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.
13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)
Jamoatingiz
14. Jamoatingizni seving
15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling
Masih haqidagi guvohligingiz
16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating
17. Ko‘priklar o‘rnating
III qism. Xudoning rejasi
18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.
19. «Sodiq odamlarga yetkazing»
Xotima
Biz otalarga Xudoning taxtiga bolalarimizni himoya qiluvchi ibodatimizni yetkazishdek buyuk sharaf in’om etilgan. Tushuning, xotiningiz, shuningdek, sizning hamda uning ota–onasidan bo‘lak, hoynahoy, bu olamda farzandlaringiz haqida muntazam ibodat qiladigan yagona inson siz bo‘lsangiz kerak. Bu sharafli huquqingizga beparvo bo‘lmang!
Jim Jorj
10. FARZANDLARINGIZNI O‘Z ORTINGIZDAN BOSHLANG
Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar.
Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar…
Qonunlar 6:6–7
Men kitobning boshida sizlar bilan ruhim ulg‘ayishim borasidagi guvohligimni baham ko‘rib, o‘zimni Masihning darbadar o‘g‘il masalidagi bebaxt o‘smirga taqqoslagandim (qarang: Luqo 15:11–31). Maktab yillarida jamoatga qatnaganman, ammo kollej talabasiga aylangach, ruhiy hayotga bo‘lgan qiziqishimni yo‘qotdim va faqat o‘ttiz yoshga kelibgina ruhiy ozuqaga o‘ta muhtoj ekanimni angladim.
Biroq sizlarga ruhiy uyimga qaytganimda, nimalarga to‘qnash kelganimni hali aytganim yo‘q. O‘shandan biroz avval xotinim Masihga imon keltirgandi. Bu paytda bizning ikkita qizimiz bor edi: bittasi ikki yarim yoshda, boshqasi bir yarim yoshga to‘lgandi. Men oilada boshliq bo‘lishim kerakligini tushunardim, lekin nimadan boshlash kerakligi haqida zig‘ircha ham tasavvurim yo‘q edi. Yaxshi bir jamoatni topishim uchun Xudo menga aql berganidan juda minnatdorman: biz bu yerda xotinim ikkalamiz ruhiy ozuqa olib, Xudoning irodasini anglay boshladik.
Men jamoatga kelganimda ruhan o‘sishimga hamda taqvodor er va ota bo‘lishimga yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlarni izlay boshladim. Men shu haqda ibodat qildim va Xudo o‘tinchlarimga javob qaytardi. Jamoat xizmatchisi Jon meni Xudoning Kalomiga o‘rgata boshladi. U Kalomning donoligini tushunishimga yordam berdi va o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu men uchun ruhlanish manbaiga aylanib, keyingi chorak asr mobaynida kuch bag‘ishladi. Men bir necha yillar avval Jonning uyida mehmon bo‘lib, unga va xotiniga o‘shanda menga va Elizabetga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular mening oilam uchun qanday ulug‘ marhamat bo‘lishgan–a! Siz hozir o‘qiyotgan ushbu kitob oila boshlig‘i bo‘lish vazifasini yaxshiroq bajarishingizga yordam berishi uchun ibodat qilaman. Shuningdek, Xudodan sizga yaxshi ruhiy ustozlar yuborishini so‘rayman.
Biz o‘tgan bobda taqvodor ota bo‘lish nimani anglatishi haqida gapirgandik. Ehtimol, hozir siz men qachondir oilani boshqarish mas’uliyatini o‘zimga olishim kerakligini anglagan paytimdan ko‘ra yomonroq ruhiy holatdadirsiz. Ammo umidsizlikka tushmang: xotiningizni seving, butun oilangiz bilan jamoatga qatnang, ruhan ulg‘aying, bolalaringiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing, Masihga o‘xshashga intiling va ana shunda o‘z hayotingizda ham, yaqinlaringiz hayotida ham yaxshi tarafga o‘zgarishlar boshlanganini ko‘rasiz. Hozir esa otalik vazifangizni yaxshiroq bajarishingizga yordam beradigan yana bir qancha muhim qadamlarni ko‘rib chiqaylik.
Bolalaringiz haqida g‘amxo‘rligingiz
Farzandlaringizga ruhiy ustoz bo‘ling
Agar siz farzandlarga Kalomni o‘rgatib, ularni Kalom o‘gitlari bilan tarbiyalasangiz, demak, oilangizning ruhiy farovonligi uchun qayg‘urar ekansiz. Cho‘pon o‘z podasini yetaklab borgani kabi, siz ham ota sifatida o‘zingizning “kichik podangiz”ni Xudo Kalomini yanada teranroq anglab yetishlari sari boshlab borasiz. Buning uchun nima qilish kerak? Farzandlarga Xudo Kalomini o‘rgatish, butun oila bilan birgalikda ibodat qilish va Parvardigorni ulug‘lash lozim. O‘z davrida puritanlar otalarni o‘z farzandlari uchun cho‘pon bo‘lishlariga da’vat etganlar. J.I.Paker bu haqda shunday yozadi:
Aynan ota butun oilaning Xudoga sajda qilishi uchun javobgar deb hisoblangan; aynan u oilani Xudoning kunida jamoatga borishini nazorat qilishi, bolalarga katexizisdan saboq berishi, imon haqiqatlariga o‘rgatishi lozim bo‘lgan. Ota har bir saboqdan so‘ng oila a’zolari qanchalik yaxshi yodlab olganlarini va undagi ma’noni qanchalik chuqur anglab yetganlarini kuzatib borishi, lozim bo‘lganida noaniq joylarini tushuntirib berishi kerak. Otaning vazifalaridan yana biri – imkoni bo‘lsa kuniga ikki marotaba oilaviy ibodat o‘tkazish. Va nihoyat, u barchaga va hamma yerda hushyorlik va taqvodorlik namunasini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan.
Ko‘ryapmizki, puritanlar uchun otalik vazifasining muhim qismi saboq berish hisoblangan. Ehtimol, siz puritanlar tushungani kabi otalikning barcha majburiyatlarini o‘z zimmangizga olishga tayyor emasdirsiz, ammo buning kichik taraflaridan boshlashingiz mumkin. Mabodo aynan nimadan boshlashni bilmasangiz, jamoatingiz qavmining ko‘proq tajribali a’zolari bilan maslahatlashib ko‘ring. O‘zingiz tanigan yaxshi bir oilaparvar insonga murojaat qiling. Undan bolalar tarbiyasiga taalluqli maslahatlar berishini so‘rang. Maslahat so‘rab o‘zingizni pastga uraman deb o‘ylamang, zero oilangizning farovonligi ana shunga bog‘liq. Farzandlaringizning ruhi va qalbi uchun ruhiy kurash bormoqda. Tedd Tripp yozganidek, ota–onalar «olamning bola qalbi bo‘lgan eng kichik jang maydonida qo‘l jangi bilan kurash olib bormoqdalar».
Qadrli ota, mazkur muhim ishda siz tashabbus ko‘rsatishingiz lozim! O‘z mas’uliyatingizni xotiningiz yelkasiga yuklamang. Siz u bilan birgalikda ulug‘ da’vat – farzandlaringizga cho‘pon bo‘lishni amalga oshirishning yaxshiroq usullarini topishingiz lozim. Bu majburiyatni yakshanba maktabi o‘qituvchilari yoki yoshlar cho‘poni zimmasiga ham yuklamang. Bu sizning majburiyatingiz. Xudoning qalbiga mos erkak, hattoki dastlab ish boshlayotganida o‘zida ishonchsizlik va hadik sezsa ham, yuqoridan yordamga umid qilib, uni quvonch bilan bajaradi.
O‘zingizga juda band bo‘lib tuyulyapsizmi? Bandlik farzandlar tarbiyasida jonbozlik qilmaslik uchun bahona bo‘lolmaydi. Aksariyat ota–onalar – o‘ta band odamlar. Mabodo siz uchun nimadir muhim bo‘lsa, buning uchun vaqt topasiz, to‘g‘rimi? Bu o‘rinda esa gap farzandlaringizning abadiy hayoti haqida bormoqda.
Xo‘sh, biz otalar bunday muhim ish bilan qachon shug‘ullanishimiz kerak? Oilaviy ibodat kundalik hayotingizning bir qismiga aylanishi uchun nima qilmoq lozim? Fikrimcha, oilaviy ibodatni ertalab yoki kechqurunga ovqat oldidan o‘tkazib olish osonroq. Buning uchun kerakli mavzuni topgandan ko‘ra, vaqt topish qiyinroq. Cho‘poningiz yoki imondagi yoshi kattaroq birodaringiz bilan oila a’zolarini oilaviy ibodatlar chog‘ida nimalarga o‘rgatish haqida maslahatlashib oling. Bu masalada befarq bo‘lmang, bolalaringizni ular qalbining dushmani iblisga berib qo‘ymang. Farzandlaringizni Xudo irodasini bajarishga astoydil o‘rgating.
Farzandlaringizga munosib ibrat ko‘rsating
Men o‘zim xizmat qilgan jamoatlarda turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganman, xususan, missionerlik bo‘limini ham boshqarganman. Bir marotaba Los–Anjelesdagi Kaliforniya universitetida xizmat tashkil etgan bir qancha yirik missionerlik tashkilotlarining boshliqlari bilan uchrashuvda ishtirok etib qoldim. Men suhbat mobaynida ruhoniylarga qaysi toifadagi talabalar ularning fikricha Xushxabarni qabul qilmaslikka moyil ekani haqida savol berdim. Ularning barchasi hech ikkilanmasdan shunday deyishdi: «Ota–onasi nomigagina masihiy bo‘lganlar». Shunday tasavvur tug‘iladiki, ota–onalari faqat nomigagina taqvodor oilalarda ulg‘aygan yoshlar imon haqida eshitishni ham istashmaydi. Aziz birodar, siz o‘z hayotingiz bilan munosib ibrat ko‘rsata olganingizdagina, ularga eng kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin. Masihga bo‘lgan mavjud imon boshqa hech nimada har kunlik pok va taqvodor hayotda bo‘lganidek namoyon bo‘lolmaydi. Xudo Qonunlar kitobining 6:6–7 oyatlaridagi amrlarni eslatib o‘tgandim, ammo ularni takrorlab o‘tsak arziydi. Muso Xudoning Kalomiga farzandlarimizni astoydil o‘rgatishni amr etgan,
Uyda o‘tirganda ham
yo‘lda borayotganda ham,
yotganda ham,
turganda ham.
Ushbu amrlarga amal qilgan ota ustozlik vazifasini ham bajaradi va farzandlariga munosib ibrat ko‘rsatadi. Siz ham aynan shunday yo‘l tutishingiz kerak!
Agar ota o‘z harakatlariga rioya qilmasa, bu uning bolalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar u ezgulik va taqvodorlikda doimo rivojlanib borsa, bu mo‘l–ko‘l marhamat olib kelishi muqarrar. Pavlus shogirdi Timo‘tiy bilan uchrashganida, o‘zining yaqinlari unga taqvodorona harakatlari bilan doimo ibrat ko‘rsatganlarini eslatib o‘tadi (qarang: 2Tim. 1:5). Havoriy o‘sha maktubida aytadi: «Bolaligindanoq Muqaddas bitiklarni o‘rgangansan. Bu bitiklar insonga donolik ato qiladi. Iso Masihga bo‘lgan ishonch orqali uni najotga erishtiradi» (2Tim. 3:15). Agar siz o‘zingizning ruhan barkamolligingiz haqida qayg‘ursangiz, shubhasizki, farzandlaringiz sizda Iso Masihni ko‘rishadi. Ularga munosib ibrat ko‘rsatib va imonda muvaffaqiyatga erishib, siz farzandlaringizning ruhiy hayoti yo‘nalishini belgilab berasiz
Farzandlaringizni muntazam boshqaruv bilan ta’minlang
Sizning oilangiz bor ekan, uning ruhiy yetakchisi bo‘lishga da’vat etilgansiz. Garchi vaqt kamligi bois hamisha ham bu vazifani bajara olmasangiz ham, bu sizning muqaddas majburiyatingizdir. Agar siz unga sodiq bo‘lsangiz, buyuk mukofotni olasiz. Ammo turli vaziyatlarga ko‘ra uydan biroz muddat bo‘lolmay qolsangiz, nima qilish kerak? Balki siz ham xuddi men kabi tez–tez uzoq muddatga xizmat safariga ketib, uyda qanchadir vaqt bo‘lay qolarsiz. Bunday vaziyatlarda o‘z majburiyatingizni xotiningiz zimmasiga yuklashingizga to‘g‘ri keladi. Men avval AQSh qo‘shinida zahirada turardim va har yili ikki marotaba mashg‘ulotlarda qatnashib turishimga to‘g‘ri kelardi. Shuningdek, missionerlik xizmat safarlarida ishtirok etardim. Bunday safarlar oldidan Elizabet bilan men yo‘qligimda bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatlar haqida gaplashib olardim. Ulardan eng muhimi bolalarimizni imonda o‘qib–o‘rgatishdan iborat bo‘lardi.
Mabodo siz ham vaqti–vaqti bilan uyni tark etishingizga to‘g‘ri kelsa, o‘z vazifalaringizni xotiningiz zimmasiga topshirishingiz lozim. Uyga qaytib kelganingizda, o‘z majburiyatlaringizni bajarishga shoshiling (ayrim holatlarda qanchadir muddat o‘zgargan vaziyatga moslashib olishingizga to‘g‘ri keladi). Bu vazifa shunchalik muhimki, hech qanday ish, hech qanday ishqivozlik yoki boshqa nimadir oila boshlig‘i bo‘lishingizga to‘siq bo‘lmasligi kerak.
Sizga oila boshlig‘i majburiyatlarini bajarish og‘irlik qilyaptimi? Umidsizlikka tushmang. Bu zimmangizdagi vazifaning muhimligini anglayotganingizdan va barchasini ham to‘g‘ri qilayotganingizga to‘liq ishonch hosil qilmayotganingizdan dalolat bermoqda. Bundan ancha yillar avval shunga o‘xshash hissiyotlarni boshdan kechirganman, shu bois sizni yaxshi tushunaman. Xudodan sizga yaxshi bir ruhiy ustoz – ko‘pgina narsalarni o‘rganib olishingiz mumkin bo‘lgan oilali erkakni berishini so‘rang. Masihdagi bu birodarning pand–nasihatlarini tinglang, so‘zlaridagi donolikni sipqorib oling, undan oilani boshqarishni va Muqaddas Kitob o‘rgatgani kabi bolalarni boshqarishni o‘rganing. Muqaddas Kitob haqiqatlarini bizga Xudoning O‘zi bergan, shu bois ular hayotiy. Ularga umid qiling va farzandlar tarbiyasida ulardan hamisha foydalaning. Ana shunda kun kelib, sizning o‘zingiz Masihdagi birodarlarga Xudo Kalomi haqiqatlarini o‘rgatishingiz va ular bilan ota–onalik tajribalarini baham ko‘rishingiz mumkin.
Farzandlaringizni tartib–intizomga o‘rgating
Muqaddas Kitobda bolalarni tartib–intizomga o‘rgatish bo‘yicha ko‘p gaplar aytilgan. Kalomda aytilganki, Xudoning jazosi bizning Xudo sevgan farzandlari ekanimizdan guvohlik beradi:
Ota yaxshi ko‘rgan farzandini jazolaganidek, Egamiz ham yaxshi ko‘rgan bandasini jazolaydi (Hikmatlar 3:12).
Zero, Egamiz yaxshi ko‘rgan bandasini tarbiyalaydi, Farzand qilib olgan har bir odamni jazolaydi. Chekayotgan azoblaringizni Xudoning tarbiyasi deb bilib, sabr–toqat qilinglar. Chunki Xudo sizlarni O‘z farzandlariday ko‘rib, tarbiya qilyapti. Axir, har bir ota o‘z farzandini tarbiya qiladi–ku (Ibroniylar 12:6–7).
Xudo odil va dono bo‘lgani bois U otalik sevgisi ila bizni jazolab, hamisha to‘g‘ri yo‘l tutadi. Biz ham o‘z farzandlarimiz bilan shu tariqa yo‘l tutmog‘imiz joiz. Ayonki, hamma otalar ham Yangi Ahd davrida Xudoga monand bo‘lishni istashmagan. Havoriy Pavlus bunday otalarga ikkita nasihat qiladi.
1. «Ey otalar, farzandlaringizni ranjitavermanglar, bo‘lmasa ular tushkunlikka tushib qoladi» (Kol. 3:21; kursiv meniki – J. J.).
«Ranjitish» so‘zi «g‘ashiga tegmoq», «g‘azablantirmoq», «xafa qilmoq» ma’nolarini beradi, “tushkunlikka tushish” so‘z birikmasi esa «tushkun kayfiyat», «qayg‘uga botish» va hatto «noumid bo‘lmoq» ma’nosini anglatadi. Ota–onasi haddan ziyod qattiqqo‘l yoki unga nisbatan ko‘pincha nohaq bo‘lsa, bola hech bir quvonchiz ularga bo‘ysunadi va bundan tushkunlikka tushadi.
Bolalarni qattiqqo‘llik va itoatda ushlab turishga intilganimizda, biz ular bilan bemantiq va hatto qo‘pol yo‘l tutamiz. Bolalar biz tomonidan bo‘ladigan bunday munosabatlarga ko‘nikishadi va bizga bo‘ysungandek bo‘lib tuyulishadi, ammo qalban bizdan yiroqlashib ketadilar. Ular ulg‘aygach, masihiylik e’tiqodini ochiqchasiga rad etadilar. Biz qattiqqo‘llik bilan bolalarimizni jazolaganimizda, o‘z burchimizni bajargandek bo‘lamiz go‘yo, biroq bunday munosabatlarning oqibati vayronkor bo‘ladi.
2. «Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang…» (Ef. 6:4; kursiv meniki. – J. J.).
Havoriy Pavlusning bu nasihati xuddi avvalgilari kabi otalar o‘z farzandlariga qanday yondashmasliklari kerakligini ko‘rsatib beradi. «G‘ashiga tegmoq» so‘z birikmasi «g‘azabini keltirmoq», «jahlini chiqarmoq», «achchig‘iga erk bermoq» ma’nolarini anglatadi. Doktor Jon MakArtur «Bolalar tarbiyasida qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin» kitobida bu oyatning ma’nosini shunday ochib beradi:
Havoriy bu so‘zlari bilan ota–onalarni nogahoniy hatti–harakatlari bilan bolalarida nafrat uyg‘otmasliklarini nasihat qiladi. Albatta, bolalar ota–onalari ularni atayin g‘ashiga tekkanlari tufayli emas, balki o‘z gunohkor tabiatlaridan kelib chiqqan holda ota–onalariga qarshi chiqadigan paytlari bo‘ladi. Biroq ota–onalar ko‘pincha asossiz gina–kudratlari, noo‘rin tanbehlari, qo‘pol munosabatlari va boshqa aqlsiz hatti–harakatlari bilan bolalarining jahlini chiqarishadi. Bunday holatlarda ota–onalar gunoh qilishadi; bu ham kamdek, bunday harakatlari bilan bolalarini ham gunohga boshlashadi3.
Ha, Xudo O‘z Kalomida bolalarimizni jazolashga da’vat etadi: «Kaltakni o‘g‘lidan ayagan odam uni yomon ko‘radi, o‘g‘lini sevgan esa yoshlikdan tartib–intizomga o‘rgatadi» (Hikmatlar 13:25). Ammo bolalarni jazolayotganda, bosiqlik, mulohazakorlik va sevgi ko‘rsatishimiz joiz. Garchi bolalarimiz jazoga loyiq bo‘lganlarini va bu ularning foydasiga xizmat qilishini darhol tushunmasalarda, vaqti kelganida buni anglab yetishlari tayin – agar siz ular bilan odilona va sevgi asosida ish tutsangiz, albatta. Bu holda otasi ularni sevib, g‘amxo‘rlik qilishi bolalarga tushunarli bo‘ladi.
Va nihoyat, siz xotiningiz bilan bolalarni qanday, qachon va nima uchun jazolash masalasida yakdil bo‘lishlaringiz o‘ta muhim. Bolangiz o‘zini nomaqbul tarzda tutganida qanday yo‘l tutishlaringiz haqida avvaldan kelishib olishlaringiz kerak. Hamma bolalar turlicha bo‘lishadi. Har bir bola o‘ziga alohida yondashuvni talab etadi, ammo farzandlaringiz bir necha bo‘lsa ham, ularga ikkiyuzlamachilik qilmasdan yondashmog‘ingiz lozimligini unutmang. Yodingizda bo‘lsin: agar bolaga nisbatan noxolis va nohaq bo‘lsangiz, jazolaringiz behuda bo‘ladi.
Farzandlaringiz ibodatida doimo vositachi bo‘ling
Otaning oiladagi boshqaruvi bolalarini ibodat qilishga da’vat etilishida ham namoyon bo‘ladi. Siz Xudoning najotkor inoyati ularning hayotida faoliyat ko‘rsatishi uchun, ularninasrab, ruhan ulg‘ayishlari uchun, Xudo ularni asrab, yordam berishi uchun va O‘ziga maqbul paytda ularga tanlangan turmush o‘rtoqlarini yuborishini so‘rab, ibodat qilishingiz lozim. Shaxsan o‘zim yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida Xudo qizlarimga taqvodor erlar yuborishini so‘rab iltijo qilganman. Mana endi itoatgo‘ylik va minnatdorchilik bilan U mening ibodatlarimga javob qaytargani uchun Xudoni ulug‘layman: ikkala kuyovim ham – chuqur imonli va Xudodan qo‘rqadigan odamlardir.
Otaning farzandlari uchun ibodatda doimo vositachi bo‘lishlari haqida gapirayotganimda, men Qadimgi Ahd qahramoni Ayub haqida va uning o‘z sevimli farzandlari haqida qanday iltijo qilganini eslayman.
Ayubning o‘g‘illari bir–birlarining uylariga borib, ziyofatlar uyushtirishar, opa–singillarin ham mehmonga chaqirishar edi. Ziyofatlar tugagandan keyin Ayub farzandlarini chaqirtirardi. “Farzandlarim yuraklarida Xudoni la’natlab, gunoh qilgan bo‘lishlari mumkin”, deya erta tongda ularning har biri uchun kuydiriladigan qurbonliklar keltirib, ularni poklardi. Ayub har doim shunday qilardi (Ayub 1:4–5).
Biz otalarga buyuk sharaf – bolalarimiz haqidagi ibodatlarimizni Xudoning ko‘shki sari olib borish in’omi berilgan. Tushuning, xotiningiz, shuningdek sizning va uning ota–onasidan bo‘lak, hoynahoy, bu olamda farzandlaringiz uchun muntazam ibodat qiladigan yagona inson siz bo‘lsangiz kerak. Bu sharafli huquqingizga beparvo bo‘lmang!
Bolalaringizni jamoatga olib boring
Albatta, bolalar tarbiyasi asosan uyda olib boriladi. Uy – bu bolalar katta hayotga tayyorgarlik ko‘rishlari zarur bo‘lgan joy. Ammo bolalar bevosita sizning nazoratingiz ostida bo‘lmaydigan vaziyatlar uchrab turadi va siz bolalaringizning uydan tashqarida taqvodor va Xudodan qo‘rqadigan odamlar atrofida bo‘lishi uchun jon kuydirishingiz lozim.
Bolalaringiz uchun bunday ijobiy muhitni jamoatda topishingiz mumkin. Bolalar bu yerda yakshanba maktabi o‘qituvchilari, yoshlar cho‘ponlari va jamoat yetakchilari davrasida bo‘lishadi. O‘z vaqtida bizning qizlarimizda ajoyib o‘qituvchi va murabbiylari bo‘lishgan.
Bolalarga jamoatga nisbatan sevgini singdirish uchun o‘zingiz ham jamoatni sevib, unga bajonidil qatnamog‘ingiz lozim. Hattoki ba’zan bolalar jamoatga borishni istamasalar, ularga yon bermang. Siz o‘z “kichik poda”ngiz uchun cho‘pon bo‘lishga da’vat etilgansiz, shu bois bolalaringiz ruhiy ozuqa – Xudoning Kalomi bilan oziqlanishlari uchun g‘amxo‘rlik qiling. Agar ular Xudodan qo‘rqadigan o‘qituvchi va murabbiylar muhitida bo‘lsalar, buning ijobiy ta’sirini o‘zlarida his etadilar.
Farzandlaringizda ruhiy farosat rivojlanishiga yordam bering
Farzandlaringiz ayrim holatlarda oila a’zolaringiz bo‘lmagan va jamoatingiz qavmidan boshqa odamlar ta’siriga tushib qolishlari mumkin. Ularning ta’siri hamisha ham foydali bo‘lavermaydi. Agar bolalaringiz davlat maktablarida o‘qishsa va taqvodor bo‘lmagan oilalarning bolalari bilan do‘st bo‘lsalar, bu ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siz oilaning ruhiy ustozi sifatida bolalaringizni imkon qadar zararli ta’sirlardan himoya qilishingiz shart. Siz bolalaringiz maktabda kim bilan do‘stlashishlarini, o‘qishdan keyin qayerda bo‘lishlarini, qanday kitoblar o‘qib, qanaqangi filmlarni tomosha qilayotganlarini bilishingiz lozim.
Shuninglek, farzandlaringiz “yomonlikni yaxshilikdan farqlay olishlari uchun” ularda ruhiy farosat rivojlanishiga yordam berishingiz kerak (qarang: Ibroniylar 5:14). Vaqti kelib, farzandlaringiz qarama–qarshi jins vakiliga qiziqish bildira boshlaydilar. Bu tabiiy va durust. Ular uchrashuvga borishni boshlaganlarida, siz ularning yonida bo‘lmaysiz. Ular jiddiy qarorlar qabul qilishlari kerak bo‘lgan vaziyatlarga to‘qnash keladilar. Bu qarorlari esa oqilona bo‘lmog‘i uchun siz avval boshdan bolalaringizning ruhan farosatli bo‘lib ulg‘ayishlariga yordam berishingiz kerak. Siz ularni Xudoga manzur bo‘ladigan qarorlarni mustaqil qabul qilishlariga o‘rgatishingiz lozim. Bu – taqvodor ota intiladigan oliy maqsad bo‘lmog‘i shart.
Farzandlaringizga nisbatan sizning boshlang‘ich majburiyatlaringiz
Umid qilamanki, siz endi oila boshlig‘i sifatida boshlang‘ich majburiyatlaringizni yaxshiroq tushunarsiz. Xudoning qalbiga mos erkak Xudoni sevadi va Uning Kalomini bajarishni istaydi. U o‘z xotinini sevadi va ikkalasi birgalikda farzandlari haqida va ularning tarbiyasi xususida jon kuydiradi. Xudoning qalbiga mos erkak uning rafiqasi – farzandlarini sevuvchi va g‘amxo‘r ayol ekanligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildiradi. U farzandlar tarbiyasida rafiqasining yordami juda muhim ekanligini anglaydi va tushunadiki, “o‘g‘illar Egamizdan merosdir, farzandlar Undan mukofotdir” (Zabur 126:3), shu bois qizg‘inlik bilan “ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stirish”ga (Ef. 6:4) harakat qiladi.
Aziz birodar,bolalaringizning yaxshi yoki yomon tarbiya olishlari sizga bog‘liq. Men ishonamanki, siz Xudoga umid qilgan holda, ular haqida g‘amxo‘rlik qilasiz va har bir farzandingizga nisbatan oqilona qarorlar qabul qilasiz.
Farzand yomon tarbiya olishi uchun quyidagilar kerak:
- Unga istaganicha pul sarf qilishiga ruxsat berish.
- Unga o‘z xohishiga ko‘ra do‘stlar tanlashiga ruxsat berish.
- Unga uyning o‘ziga tegishli kalitini olib yurishiga va kech qaytishiga ruxsat berish.
- Bo‘sh vaqtlarini qayerda va kim bilan o‘tkazishiga qiziqmaslik.
- Unga yaxshi odatlar ahloq–odob o‘rnini egallashi mumkinligi haqida tushuncha berish.
- Har bitta qilgan yaxshiligi uchun mukofot kutishga o‘rgatish.
- Ruhan ulg‘ayishi va najot topishi uchun uning oldida hech qachon ibodat qilmaslik.
Farzand yaxshi tarbiya olishi uchun quyidagilar kerak:
- Farzand uchun xonadon yer yuzidagi eng yorug‘, eng sevimli joy bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilish.
- Farzandga xonadondagi ayrim kundalik yumushlarni bajarishni topshirish.
- Farzandni hech qachon g‘azab bilan jazolamaslik.
- Farzandning orzu–maqsadlari hattoki behuda va shuhratparastlikdek tuyulsa ham hech qachon masxara qilmaslik, aksincha, uni nimalar qiziqtirishi yoki tashvishlantirayotgani haqida ochiqchasiga gaplashib olish.
- Uyga, xususan, oilaviy ziyofatlarga do‘stlarini taklif etishiga ruxsat berish.
- Ruhan ulg‘ayish moddiy boylik ortirishdan ko‘ra muhimroq ekaniga uni ishontirish.
- Hamisha Masihga o‘xshashga harakat qilish va farzandga munosib o‘rnak ko‘rsatish (u bilan Masih haqida gaplashib olishingiz oson bo‘ladi).
- Uning ruhan ulg‘ayishi va najot topishi uchun qunt bilan ibodat qilish.
Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)
В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.
Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.
…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22