Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
II qism
OʻZ-OʻZINI HALOK QILIShDAN SAQLANISh
5-BOB
Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
Ey azizlarim, sizlardan oʻtinib soʻrayman, jonga qarshi kurashadigan nafs ehtiroslaridan saqlaninglar. Axir, sizlar bu dunyoda gʻaribu musofirsizlar.
1 Butrus 2:11
Xudo bizga koʻplab ajoyib hadyalar bergan. Shulardan biri olovdir. Uning yordamida uyimizni isitamiz, ovqat pishiramiz, asboblarni sterillaymiz. Sovuq qish oqshomida issiq oʻchoq yonida oʻtirish qanday mazza!
Ammo olov bizga faqat yaxshilik keltirmaydi. Shu bilan birga, u juda xavflidir - yongʻinlar tufayli boshpanasiz qolgan odamlardan soʻrab koʻring. Bir tanishimiz hovlidagi barglarni yoqib, jarayonni tezlashtirish uchun ularga benzin sepgan. Portlash sodir boʻlib, - natijada u oyoqlariga qattiq shikast etkazdi va uchinchi darajali kuyish jarohatini oldi. Agar biz olovning halokatli kuchiga etarli baho bermasak va unga beparvolik bilan qarasak, bu ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Nima demoqchiman, deysizmi? Gap bunday: hozir biz Xudodan kelgan yana bir ajoyib va hayratlanarli inom - jinsiy mayl haqida gaplashamiz. Jinsiy aloqa qilishga intilish bir vaqtning oʻzida ham yoqimli, ham muhim, ammo unga engil-elpi qaralsa va uni behuda qoʻzgʻatilsa, unda tahdid va xavf yashiringan boʻladi. Er-xotinlikda, yani Xudo jinsiy aloqa uchun belgilagan doirada, ayolning jinsiy istaklari uni eriga tortadi, u bilan jinsiy aloqada u bu dunyoda mumkin boʻlgan chuqur hissiy birlik va jismoniy lazzat darajasiga erishadi.
Shunga qaramay, koʻp odamlar vasvasaga berilib, nikohdan ancha oldin, bazan esa hatto har qanday romantik munosabatlardan tashqarida jinsiy istak olovini yoqadilar. Qanday qilib deysizmi? Masturbatsiya, yani oʻz-oʻzidan lazzatlanish orqali. Tengdoshlaringiz bu haqda nima deyishayotganini eshiting. Oʻylaymizki, masturbatsiya jinsiy mayl olovini aslo soʻndirmasligini, aksincha, alanga oldirishini oʻzingiz koʻrasiz.
Bir nechta samimiy iqrorlar
Xezer oltinchi sinfda oʻqirdi va uning uyida tunagan dugonasi unga masturbatsiya qilishni oʻrgatdi. Xezer bu bilan oʻn ikki yildan beri davom etib kelayotgan va uning oʻziga boʻlgan hurmatiga tobora putur etkazayotgan ehtirosga asos solganini xayoliga ham keltirmasdi.
"Oʻzimni boshqara olmayotganimni his qilyapman va bu meni juda qiynaydi. Men doimo bu haqda oʻylayman va masturbatsiya haqida oʻylashning oʻzidayoq "yonib ketaman." Xudo oldida necha marta tavba qildim... Nima qilsam ekan? Bundan oʻzingni shunday iflos va pastkash his qilasanki, baribir oʻzingni toʻxtata olmaysan."
Bazan masturbatsiya koʻproq jinsiy faollik istagiga aylanadi. Deniz tashqi jinsiy aloqadan qochish uchun ataylab masturbatsiya qilganini tan oladi. Ammo bu hiyla, xuddi alanganing teskari chaqnashi kabi, uning oʻziga qarshi qaratildi.
"Har safar uchrashuvdan oldin masturbatsiya qilganimda, butun oqshom davomida meni dahshatli qoniqmaslik hissi qamrab oldi. Shuning uchun men koʻpincha taslim boʻlardim va shunchaki masturbatsiya tajribalarimdan hafsalam pir boʻlganidan jinsiy aloqaga kirishardim. Keyin ikkalasi ham jonimga tegdi."
Agar siz ilgari jinsiy azolaringizga teginish va ularni qoʻzgʻatish xavfli ekanligini bilmagan boʻlsangiz bu iqrorlik siz uchun kutilmagan boʻlishi mumkin. Xuddi shu holat Emili bilan sodir boʻldi, u shunday deb hikoya qiladi:
"Men masturbatsiya qilishni juda erta boshladim. Bu ishda biror yomonlik yoki notoʻgʻrilik boʻlishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim. Endi ulgʻayganimda (hozir oʻn yetti yoshdaman) bu mening eng yomon koʻrgan odatimga aylandi.
Men hech qachon bu haqda hech kimga aytmaganman, chunki meni buzuq deb hisoblashlaridan va men bilan muloqot qilishni toʻxtatishlaridan qoʻrqardim. Mendan buni hech kim kutmagan edi. Men ajoyib oilada yashayman, mening ajoyib, mehribon ota-onam bor, men ularni juda hurmat qilaman va dunyoda hammadan koʻra koʻproq sevaman. Maktabda alochi oʻquvchi boʻlib, oʻz yoshlar guruhimda faol ishlayman. Shunchaki yordam soʻrab murojaat qiladigan hech kimim yoʻq va men Masihdan tobora uzoqlashayotganimni his qilyapman. Men endi Uning ovozini eshitmayapman, hatto qachonlardir U men bilan gaplashganini ham eslay olmayman. Qanday qilib bu dahshatni toʻxtatib, yaxshi masihiy boʻlishim mumkin?"
Xoʻsh, Xezer, Deniz va Emilining misolidan nimani oʻrganishimiz mumkin?
- Masturbatsiya - bu faqat yoshlar muammosi emas. Qaysidir nuqtada unga koʻpchilik erkaklar ham, ayollar ham duch kelishadi. Qanchalik yaxshi, aqlli, jozibali boʻlmang, qanday farovon oilada voyaga etmang, siz ham boshqa har qanday odam kabi bu vasvasaga moyilsiz. Shu bilan birga, qayerda yashashingiz, boʻsh vaqtingizni qayerda oʻtkazishingiz, qaysi maktab va qaysi jamoatga borishingizning hech qanday ahamiyati yoʻq - bu vasvasa sizni istalgan vaqtda ushlab olishi mumkin. Istisnolar yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas.
- Agar sizda masturbatsiya vasvasasi boʻlsa, bu sizning buzuq ekanligingizni anglatmaydi. Bu faqat shuni anglatadiki, siz barcha jinsiy istaklar va ehtiroslarga ega boʻlgan insonsiz. Agar siz shu paytgacha buni boshdan kechirmagan boʻlsangiz, bu sizda nimadir notoʻgʻri ekanligini anglatmaydi. Shunchaki buning uchun Xudoga shukur qiling va bu vasvasaga duch kelsangiz, unga qarshi turishga qatiy qaror qiling.
- Masturbatsiya odatlanishni keltirib chiqaradi va zararli ehtirosga aylanishi mumkin. Masturbatsiyaga engib boʻlmas ishtiyoqni boshdan kechirayotgan odamlar koʻpincha, qanchalik xohlamasinlar, bu odatdan voz kecha olmaydilar. Koʻpincha u ulardan kuchliroq boʻlib chiqadi.
- Bu oʻz-oʻzidan lazzatlanish natijasida paydo boʻladigan bir lahzalik engillik undan keyin yuzaga keladigan uzoq davom etadigan tushkunlik holatiga arzimaydi. U koʻpincha uyat, oʻzidan jirkanish, atrofdagilardan qoʻrqish, oʻzingda nimadir notoʻgʻri boʻlayotgandek his uygʻotadi.
- Masturbatsiya jinsiy mayllarni qondirmaydi: u jinsiy mayllarni yanada kuchaytiradi. Agar siz jinsiy olovingizni oʻchirish uchun masturbatsiyaga murojaat qilsangiz, oʻzingizni nazorat qilish koʻnikmalariga ega boʻlmaysiz. Bironta shirinsoʻz yigit qulogʻingizga mayda-chuyda gaplarni shipshitib qoʻysa-yu, oʻzingizni qoʻlga ololmayotgan boʻlsangiz, nimaga umid qilishingiz mumkin?
- Oʻz-oʻzidan qoniqish odati siz va Xudo oʻrtasida toʻsiq qoʻyishi mumkin, natijada siz Uning mavjudligini his qilmay qoʻyasiz. Garchi Xudo bizni hech qachon tark etmasa-da, gunoh Undan va biz sevgan odamlardan begonalik hissini uygʻotadi.
- Turmushga chiqqaningizdan soʻng, siz "avtomatik ravishda" masturbatsiyani toʻxtatmaysiz. Turmushga chiqmagan ayol sifatida orttirgan odatlarni turmush yotogʻida ham oʻzingiz bilan olib yurasiz.
Iltimos, shuni tushuningki, bir marta jinsiy istaklaringizni uygʻotsangiz (agar siz masturbatsiya bilan shugʻullana boshlasangiz, aynan shunday boʻladi), ularni yana uxlatish juda qiyin boʻladi. Bu kichkina maxluqlarni ovqatlantirishni boshlashingiz bilanoq, ularning ishtahasi ochiladi va ular har safar koʻproq ovqat talab qila boshlaydi. Yaxshisi, ularni umuman boqmagan maqul!
Gʻalaba qozonish mumkin!
Odatiy masturbatsiyadan xalos boʻlish haqiqatan ham juda qiyin, lekin baribir imkoni bor! Kristelning takidlashicha, zararli odatni oʻldirishning yagona echimi uni ochlikdan oʻldirishdir. Qizaloqligidanoq u yaxshi uxlash uchun uyqu oldidan masturbatsiya qilishga odatlangan, ammo keyinchalik oʻz ishtiyoqini engishga muvaffaq boʻlgan.
"Avvaliga men shunchaki zavqlanish uchun masturbatsiya qildim, chunki bu yoqimli edi. Taxminan oʻn ikki yoshimda men masturbatsiya asabiy taranglikni engillashtiradi, keyin esa boʻshashish va uxlash mumkin degan xulosaga keldim. Bu narsa asta-sekin odat tusiga kirib, meni uzoq yillar taqib etishini xayolimga ham keltirmagandim. Bu haqiqiy ehtirosga aylanganini tushunganimda, Xudo mening bu gunohga qul boʻlib yashashimni xohlamasligini angladim. Men yotoqxonaga vasvasaga qarshi turish niyatida kirardim, chunki men masturbatsiyaga boʻlgan ishtiyoqim uchun oʻzimdan nafratlanardim. Yarim kechada oʻrnimdan turib, yoʻlakka chiqardim-da, soatlab u yoqdan-bu yoqqa yurardim. Men darhol yiqilib, uxlab qolish uchun ataylab oʻzimni butunlay holdan toydirishga harakat qilardim. Bazan bunday yurish ertalabgacha davom etardi. Bu menga yomon odatdan xalos boʻlishimga yordam berdi. Oradan bir necha hafta oʻtdi, endi bu vasvasaga boʻysunishga majbur emasligimni aniq bilaman. Xudo menga echimni koʻrsatdi."
Zararli odatga qarshi kurashish ogʻir va azobli boʻlishi mumkin, ammo zararli odatga oʻz ustingizdan hukmronlik qilishiga yoʻl qoʻyib bersangiz, yanada ogʻirroq tuygʻu paydo boʻladi. Shuning uchun ham Butrus shunday deydi: «Ey azizlarim, sizlardan oʻtinib soʻrayman, jonga qarshi kurashadigan nafs ehtiroslaridan saqlaninglar” (1 Butrus 2:11).
Tinchlik yoʻli va Soʻz yoʻli
Afsuski, biz masturbatsiya jinsiy zoʻriqish yoki istakni yumshatishning maqbul usuli sifatida maqullangan dunyoda yashayapmiz. Mana, masalan, Kanzas universiteti tomonidan nashr etiladigan gazetada doimiy rukn muallifi boʻlgan jurnalist Megan Beynemning yozganlari (eh, ha! aytgancha u bir vaqtning oʻzida "Pleyboy" jurnalining modeli hisoblanadi):
- Bazan yoningda oʻynashga tayyor sheriging boʻlsa ham, ishni oʻz qoʻlingga olishdan yaxshisi yoʻq... Ammo sizning erotik kechinmangizni istalmagan guvoh, masalan, xonadosh ayol bostirsa, nima qilish kerak? Yotoqxonada masturbatsiya qilish haqiqatan ham qiyin, lekin xohish boʻlsa, yoʻl topiladi, deganlaridek amallash mumkin!
Garchi bazi yaxshi niyatli masihiylar bizning nuqtai nazarimizga qoʻshilmasa-da, biz masturbatsiya insonni Xudo unga tayyorlab qoʻygan mukammal niyatidan uzoqlashtirishiga qatiy ishonamiz. Shunday ekan, tengdoshlaringiz yoki boshqa biror kishi bilan maslahatlashishdan oldin Uning fikrini bilib oling. Buning uchun Muqaddas Kitobni oʻqish va ibodat qilish kerak.
Mana, masturbatsiya foydasiga tez-tez eshitish mumkin boʻlgan turli xil dalillar.
Biz ularni oʻz fikrlarimiz bilan kuzatib boramiz:
- Ehtimol, yosh bolalar uchun oʻzlarining jinsiy azolarini va ularning taktil stimulyatsiyaga reaktsiyasini "aniqlash" odatiy holdir, ammo vaqti-soati kelib (jinsiy etilish davrida yoki biroz kechroq) har bir kishi oʻz jinsiyligiga masuliyatli munosabatda boʻlishni va oʻzini tuta bilishni oʻrganishi kerak boʻlgan yosh keladi. “Jinsiy azolarini oʻrganish” masturbatsiyaga aylanganda (ayollarda bu koʻpincha boshqa odamlar haqidagi jinsiy xayollarni, bazan esa pornografiyaga murojaat qilishni oʻz ichiga oladi) u yosh mavjudotni jinsiy poklikdan mahrum qiladigan zararli odatga aylanadi. Shuningdek, biz masturbatsiyani nosogʻlom mashgʻulot deb hisoblaymiz, chunki u odamni "yolgʻiz uchishga," kim boʻlishidan qati nazar harakat qilishga oʻrgatadi. Masturbatsiya qilish orqali siz tanangiz va ongingizni malum zavqlarga va orgazmga erishishning malum usuliga oʻrgatasiz. Turmushga chiqqaningizdan soʻng eringiz sizga siz oʻrganib qolgan lazzatni bera olmaydi. Natijada er-xotinlik yaqinligi sizni xafa qilishi va umidsizlikka tushirishi mumkin. Masalan, Quinn bilan shunday boʻldi:
"Turmushga chiqqanimdan soʻng, jinsiy hayotimizdan koʻnglim qoldi. Erim ham men kabi sehrli teginish qobiliyatiga ega deb umid qilgandim, lekin u ancha qoʻpol boʻlib chiqdi. Men unga oʻzimga nima va qanday teginsa yoqishini tushuntirdim, lekin bir kuni kechqurun uni yana bir bor mashq qildirayotganimda, u menga: "Balki, hammasini oʻzing qilarsan, modomiki, mening ishim senga yoqmayotgan ekan," dedi. Bir tomondan, men oʻzimni engil his qilgandek boʻldim, chunki nihoyat oʻzimga yoqadigan ishni qilish imkoniyatiga ega boʻldim, lekin boshqa tomondan, bu uning izzat-nafsiga tegishi mumkinligini tushunaman - axir uning teginishlari meni oʻzimnikidek ehtiros uygʻotmaydi"
Aksariyat erlar xotinini orgazm holatiga tushirishdan huzur-halovat topadilar. Agar siz masturbatsiyada muntazam ravishda jinsiy boʻshashishni topsangiz, boʻlajak turmush oʻrtogʻingizni bu lazzatdan mahrum qilish xavfi bor, chunki siz unga "yordam berish" zarurligini his qilasiz.
- U boshqa odamning ishtirokini nazarda tutmaydi, demak, gunoh hisoblanmaydi. Garchi masturbatsiya haqiqatan ham sherigining jismoniy ishtirokini talab qilmasa-da, u odatda uning fikriy ishtirokini oʻz ichiga oladi. Orgazmga erishish uchun yolgʻiz ayol masturbatsiya jarayonida odatda turmush qurmagan odamlarni tasavvur qiladi. Bu xayoliy manzaralar sizning iffatingizga xuddi haqiqiy sherik bilan jinsiy aloqada boʻlganingiz kabi zarar etkazadi, chunki bu bilan siz oʻzingiz uchun qandaydir fikriy ideal yaratasiz, unga hech qanday tirik mavjudot, shu jumladan boʻlajak eringiz ham tenglasha olmaydi.
- Muqaddas Kitobda u hatto tilga olinmagan. Darhaqiqat, Muqaddas Kitobda "masturbatsiya" soʻzi uchramaydi, biroq unda shahvoniy fikrlar va jinsiy axloqsizlikka oid savollarga koʻp marta murojaat qilingan. Mana, bizning fikrimizcha, masturbatsiya va u bilan bogʻliq aqliy faoliyat haqida Muqaddas Kitobda aytilgan bazi misollar:
Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochkoʻzlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas. (Efesliklar 5:3)
Shunday ekan, dunyoviy tabiatingizni, yani fahsh–zino, nopoklik, shahvat, yovuz xohishlar va butparastlikka teng boʻlgan ochkoʻzlikni yoʻq qilinglar. Mana shular sababli Xudoning gʻazabi itoatsiz bandalarning boshiga tushadi! (Kolosaliklar 3:5-6)
Sizlarning muqaddas boʻlishingiz Xudoning irodasidir. Shuning uchun jinsiy axloqsizlik qilmang.
Har biringiz muqaddaslik va izzat–hurmatga loyiq tarzda oʻzingizni tuta bilishingiz kerak. Xudoni bilmagan butparastlarday shahvoniy hirsga qul boʻlmang (1 Salonikaliklar 4:3-5)
Biz munofiq emasmiz va deyarli har bir inson masturbatsiya bilan shugʻullanishini bilamiz. Ammo bundan masturbatsiya qilish foydali degan xulosa kelib chiqmaydi. Agar biz masturbatsiya gunoh emas, chunki u Muqaddas Kitobda tilga olinmagan degan fikrga qoʻshilsak ham, baribir Pavlusning maslahatiga qaytgan boʻlamiz: "Inson xohlaganini qilishga haqi bor, lekin hamma narsa ham manfaat keltirmaydi" (1 Korinfliklarga 10:23).
Xulosa: masturbatsiya sizni qul qilib, ustingizdan hukmron boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham bu zararli odatdan umuman voz kechish kerak. Agar masturbatsiya sizni allaqachon egallab olgan boʻlsa, uning kuchli tasirini yumshatish uchun hamma narsani qilish vaqti keldi.
Istaklarni Xudoga topshirish
Ushbu bobning oxirida masturbatsiyaga qarshi soʻnggi dalilni keltiramiz: oʻz-oʻzini qoniqtirish - bu sizning magʻrurligingizning namoyon boʻlishidir. Bu bilan Xudoga: "Sen menga nikohdan oldin jinsiy mayllarni tiyishni oʻrgatmoqchisan, men esa buni istamayman. Bu juda uzoq va haddan tashqari kuchli oʻz-oʻzini nazorat qilishni talab qiladi. Men oʻz bilganimni qilaman." Bu soʻzlarda magʻrurlikning yaqqol belgisini eshityapsizmi? Ularda Xudoning qudratini va oʻzingizni qoʻlga olishingizga yordam berishini tan olgingiz kelmayotganini his qilyapsizmi?
Xudo sizning tanangizdagi har bir hujayrani, har bir asabni yaratgan, shunday ekan, sizni qanday his-tuygʻular chulgʻab olganini U bilmaydimi? Xudo sizni oʻzingizdan ham yaxshiroq biladi. U kutish qiyinligini biladi, lekin Uning yoʻli eng yaxshi ekanligini ham biladi.
Shahvoniy istaklaringizni Xudoga olib boring va ishni oʻz qoʻlingizga olish oʻrniga, uni Xudoning qoʻliga topshiring. Bu tuygʻular sizga Xudo tomonidan berilgan va U Oʻzining niyatiga muvofiq holda amalga oshmagunicha ularni ushlab turishingizga yordam berishni xohlaydi. Bir marta boʻlsa ham Unga suyanib koʻring - shunda oʻz-oʻzidan qoniqish aslida hech ham qoniqtirmasligini tushunib etasiz. Agar tanangiz, aqlingiz, qalbingiz va ruhingiz pok boʻlishini istasangiz, qoniqishni oʻzingizdan emas, Xudodan izlang.
“Kim turishi mumkin Egamizning muqaddas makonida?
Kim chiqishi mumkin Uning tepaligiga?
Qoʻli halol, qalbi toza insonlar,
Soxta narsalarga koʻngil qoʻymaganlar,
Yolgʻondakam ont ichmaganlar” (Zabur 23:3-4)








































































































































