Har bir qizning vasvasasi (Shennon Etridj) 4 bob


Книга для девушек на Узбекском языке

Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF

Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF

- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob


Mundarija

Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)

I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar

II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish

III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?

IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak

V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!

VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»

VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish 

Xotima 


 

4-BOB

Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar

Ana, xalqim Meni bilmagani uchun nobud boʻlmoqda… Xoʻsheya 4:6

Har yili men yuzlab oʻsmir va talaba qizlarga "muhabbatni notoʻgʻri joylardan izlash" moyilligini engishni oʻrgataman. Bu yosh ayollarning bazilari ilgari jinsiy aloqada boʻlgan. Har bir kurs oxirida seminar ishtirokchilaridan quyidagi savolga javob berishlarini soʻrayman: "Jinsiy aloqa, sevgi munosabatlari va uchrashuvlar haqidagi qaysi afsonalar sizni xavfli jinsiy vaziyatlarga duchor qilgan yoki nosogʻlom munosabatlarga olib kelgan?" Ushbu bobda tasvirlangan yetti afsona men odatda oladigan eng keng tarqalgan javoblarni aks ettiradi.

Garchi bir qarashda u yoki bu notoʻgʻri tushunchalar shaxsan sizga hech qanday aloqasi yoʻqdek tuyulishi mumkin boʻlsa-da, ular haqida yozilgan hamma narsani diqqat bilan oʻqib chiqishni maslahat beramiz. Koʻpincha biz hali duch kelmagan narsalarimiz haqida malum bir fikrga ega ekanligimizni hatto bilmaymiz ham. Ushbu afsonalarning mohiyatini va ular asoslangan yolgʻonni tushunib, siz bunday vasvasaga duchor boʻlsangiz, oʻzingizni yanada ishonchli himoya qila olasiz.

 

1-afsona

Qanday kiyinishim mening tashvishim. Xudoga ham, yoshlarga ham buning aloqasi boʻlmasligi kerak.

Garderobingiz bilan Xudoning ishi yoʻq, deb oʻzingizni ishontirishdan oldin, Muqaddas Kitobdan mana bu parchani oʻqib koʻring - u sizga mos kelmaydimi?

“Iso Oʻz shogirdlariga yana dedi: “Gunohga etaklaydigan vasvasalar doimo keladi. Ammo vasvasaga          sababchi boʻlgan odamning holiga voy! Bu kichiklarning birontasini gunohga boshlaganingizdan koʻra,         boʻyningizga tegirmon toshini osib, sizni dengizga tashlashgani oʻzingiz uchun yaxshiroqdir.” (Luqo 17:1,2)
            Yodingizdami? - biz yigitlarda jinsiy qoʻzgʻalishni keltirib chiqaradigan narsa haqida aytib oʻtgan edik. Ular koʻrib idrok qiladigan narsa! Ular jinsiy jihatdan jozibali biror narsani, masalan, ochiqroq kiyingan yosh ayolni koʻrganlarida, ularning tabiiy reaktsiyasi unga jismoniy moyillik hissi va yaqinlik haqidagi doimiy fikrdir. Qolaversa, bu yigit masihiymi yoki yoʻqmi, buning hech qanday ahamiyati yoʻq. Hatto imonli yoshlar ham bu vasvasaga uchrashi mumkin. Xullas, agar sizlar Masihdagi birodarlaringizni bunday qoqilish va yiqilishdan qutqarishni istasangizlar, kamtarona kiyininglar.

Koʻpgina yosh ayollar, shu jumladan masihiy ayollar ham, koʻkraklarini koʻrsatadigan tor trikotaj maykalar, sport mini-yubkalari yoki tasavvurga hech qanday joy qoldirmaydigan kalta shortilar kiyishadi. Ular kindikdan yuqoriroq kesilgan topik va jinsi shim kiyib olishadi, shim va yubkadan iborat koʻylak kiyib, belni ochiq qoldirishadi, bazan ichki kiyimlarining cheti tashqariga chiqib turadi. Keyinchalik ular yana shunday deb shikoyat qilishadi: "Bolalar juda qaysar! Biz qizlar ularga qarshi nima bilan kurashishimiz kerakligini yolgʻiz Xudoning oʻzi biladi!

Biz kollej talabasi Neytdan bu shikoyatga izoh berishini soʻradik va u quyidagilarni aytdi: "Agar qizlar bunday ochiq kiyinishmaganida, yigitlar bunchalik qaysar boʻlishmasdi. Qizchani tor koʻylakda yoki haddan tashqari ochiq holda koʻrganimizda, bizning jinsiy radarimiz haddan tashqari kuchayib ketishi aniq va biz uni etiborga olib qoʻmiz. Albatta, bunaqalarga uylanish odatda hech kimning xayoliga kelmaydi. Aslida, agar yigit printsipial boʻlsa, bu fikrdan voz kechadi va unga etibor bermaydi. Boʻlmasa, unga tegajogʻlik qila boshlaydi - qanday niyatdaligi albatta tushunarli."

Yaxshi aytdingiz, Neyt! Bu afsonani yoʻqqa chiqarishga yordam berganingiz uchun tashakkur!

 

 

2-afsona

Begunoh noz-karashmada hech qanday vahimali narsa yoʻq.

Ehtimol, sizga har qanday joyda va har kim bilan noz-karashma qilish mumkindek tuyulayotgandir, lekin bu, ehtimol, nooʻrin noz-karashma yigitda qanday his-tuygʻularni uygʻotishi mumkinligini tushunmaganingiz uchundir. Yigitga u bilan jiddiyroq munosabatda boʻlishdan manfaatdor ekanligingni bildirish - bu bir masala, lekin gʻashiga tegish yoki vasvasa qilish istagi sifatida qabul qilinadigan oʻylamasdan noz-karashma qilish - bu

 

 

butunlay boshqa masala. Agar siz u bilan munosabat oʻrnatmoqchi boʻlmasangiz, yigitni hissiy yoki jismoniy jihatdan qoʻzgʻatish shartmi? Agar siz aslida uning umidini oqlash niyatida boʻlmasangiz, oʻzingizning alohida etiboringiz va yoqtirganingizga ishora qilib, odamga umid berishingiz toʻgʻri boʻladimi? Odamlarga samimiy muhabbat va hurmat bunday xatti-harakatlar bilan muvofiq kelmaydi. Siz oʻzingizni yigit bilan jinsiy yaqinlashishdan manfaatdordek tutmasligingiz kerak.

Albatta, soʻzdan ish maqul, deb bejiz aytilmagan, lekin soʻzning atrofimizdagi odamlarga, qolaversa, shaxsiyatimizga koʻrsatadigan tasirini etibordan soqit qilib boʻlmaydi. Yoqub 3: 5, 6 da shunday deyilgan: "Til ham xuddi shundaydir, til badanning kichkina bir uzvidir, ammo katta muammolarni keltirib chiqaradi. Qara, kichkina bir olov bepoyon oʻrmonni yondirib yuboradi! Til ham olovga oʻxshaydi. Til — uzvlarimiz orasida bir buzgʻunchi dunyo! U butun vujudimizni bulgʻaydi. U doʻzaxdan alangalanib, butun hayotimizni yondiradi.” Agar siz erkakda shahvat olovini yoqishni istamasangiz va oʻz ehtiroslaringizni oʻzingiz boshqarishga intilsangiz, soʻzlaringiz va harakatlaringizni taroziga solib koʻring. Oʻzingiz yoqtirgan odamga boʻlgan qiziqishingizni nigoh, tabassum, iliq ohang bilan koʻrsatishingiz mumkin - lekin Xudo faqat nikohda qondirishni buyurgan istaklarni uygʻotmaslik uchun oʻzingizga ehtiyot boʻling.

 

3-afsona

Menga oʻzimni "toʻlaqonli shaxs" deb his qilishim uchun yigitim boʻlishi kerak. Bu mening barcha muammolarimni darhol hal qiladi.

Mana yana bir yangilik! Agar siz yigit kerak deb oʻylasangiz, demak, aslida bunga hali tayyor emassiz. Ha, kinoda har doim bir qahramon ikkinchisiga: "Sen mening borimsan!" degan sahnalarni koʻrish mumkin. Bu soʻzlar qanchalik ishonarli boʻlmasin, ularga ishonmang: faqat Xudo toʻldirishi mumkin boʻlgan ruhiy boʻshliqni hech bir inson toʻldira olmaydi. Shunday boʻlsa-da, koʻpgina yosh ayollar oʻzlarini hayotning lazzatini his qilishga majbur qiladigan yagona odamni topishga jon-jahdlari bilan harakat qilishadi (xuddi turmushga chiqmagan ayol yashashga ham arzimaydigandek!).

Maslahatimizga quloq soling. Oʻzingizga yaxshilik qiling - yashashni boshlang! Lekin siz xayolingizga keltirgan ertaknamo hayotda emas - u yerda siz ajoyib yigitni uchratdingiz, sevib qoldingiz va u bilan yashab, boylik orttira boshladingiz... Siz real dunyoda yashashingiz, Xudo sizni kim qilib yaratganini tushunishingiz va oʻzingizni shunday deb tan olishingiz, yani shunday boʻlishingiz kerak.

"Agar oʻzimga shu holimcha yoqmasam-chi?" - deb soʻrarsiz. Ehtimol, oʻzingizni besoʻnaqay, haddan tashqari uyatchan, hatto xunuk deb hisoblarsiz? Xudoning yordami bilan siz tuzatib boʻlmaydigan narsalarni qabul qilishni oʻrganishingiz va oʻzgartirish mumkin boʻlgan narsalar ustida ishlashingiz mumkin. Etiboringizni ahamiyatsiz va tez oʻtib ketadigan narsalarga - sizning mavjudligingizdan bexabar yigitchaga yoki burningizda paydo boʻladigan zararli husnbuzarlarga qaratmang. Yaxshisi, bir qadam orqaga chekinib, butun manzarani koʻrib chiqishga harakat qiling. Bu hayotda nimaga erishishni istardingiz? Siz oʻz oldingizga qanday talim, martaba, ijtimoiy maqsadlarni qoʻyasiz? Jamoatingizda nima qilmoqchisiz? Bu maqsadlarga ishtiyoq va qatiyat bilan amal qiling. Xudo sizni nima uchun yaratganini yaxshiroq tushuna boshlaysiz va shunda albatta, sizni birorta yigit sezib qolishidan va bugun burningizda qancha husnbuzar paydo boʻlganidan qati nazar, oʻzingizni sevishni oʻrganasiz.

            Nima uchun real dunyoda yashash va oʻz oldingizga qoʻygan maqsadlarga erishish shunchalik muhim? Chunki er ham, yigit ham sizni hech qachon baxtli qila olmaydi. U qanchalik chiroyli, boy, kelishgan, aqlli, xudojoʻy va maftunkor boʻlishidan qati nazar. Hech bir erkak hech qachon ayolni oʻzini toʻlaqonli shaxs deb his qilishga majburlay olmaydi. Oʻz ahamiyatingizni anglash - Xudoga befarq emasligingizni tushunish va U yaratgan shaxs sifatida oʻzingizni anglash bilan birga keladi. Shunday boʻling - shunda oʻzingizni baxtli his qilishingiz uchun erkak nigohiga tashna boʻlishingizga hojat qolmaydi. Buning sizga keragi yoʻq, chunki siz oʻzingizdan va hayotingizdan mamnun boʻlasiz.

​​Haqiqat shuki, siz qanchalik munosib shaxsga aylansangiz, shunchalik munosib shaxslar siz bilan qiziqa boshlaydilar. Agar siz Xudoni sevsangiz va mazmunli hayot kechirsangiz, xuddi shunday odamlar sizga etibor berishadi. Agar qiziqishlaringiz doirasi qalbingizdagi boʻshliqni toʻldirishga qodir odamni topish bilan cheklansa, xuddi shunday umidsiz yigitni oʻzingizga jalb qilasiz. Siz u bilan xuddi bir-birining qonini soʻrayotgan itsiz ikki kanaga oʻxshab qolasizlar. Agar siz nosogʻlom munosabatlarning loyqa suvlarida suzib, oʻz qiyinchiliklaringizni hal qilishga urinsangiz, oʻzingiz amin boʻlingki, ahvolingiz faqat yomonlashadi!

Albatta, yolgʻizlikning oʻziga yarasha yoqimsiz tomonlari bor. Bazida oʻzingizni beparvo his qilasiz. Odamlar siz haqingizda nima deb oʻylashidan xavotirlanasiz. Kelajakka nazar tashlashdan qoʻrqasiz, chunki oʻzingizni bir umr shunday his qilasiz va yolgʻiz qolasiz. Ammo bir gapni aytay: erkak bilan munosabatlar muammolardan butunlay xalos qilmaydi. Shunchaki bir qiyinchiliklar toʻplamini boshqasiga almashtirasiz. Kimgadir bogʻlanib qolganingizda, erkinlikdan mahrum boʻlasiz. Oʻz kelajagingizni erkin rejalashtirishning iloji yoʻq, chunki har doim boshqa odamni hisobga olishga toʻgʻri keladi va siz avvalgidek atrofdagilar siz haqingizda nima deb oʻylashidan xavotirlanasiz.

            Sizga yarimta odam bilan yana yarimta odam bir yaxlit munosabatlarga teng boʻladi deb tuyulishi mumkin, ammo bu notoʻgʻri. Nikoh rishtalari bilan bogʻlangan ikki inson bir-birining ijobiy va salbiy tomonlarini koʻpaytiradi. Qalbingiz jarohatlangan boʻlsa, oʻzingizni yaxlit emasdek his qilsangiz, xuddi shunday odamni oʻzingizga jalb qilasiz va ikkalangiz ham Xudo siz uchun xohlagan narsaning ozgina qismini his qilasiz.

Umid qilamizki, biz goʻyo sizning yoshlar bilan har qanday uchrashuvingiz va munosabatlaringizni qoralaymiz, degan taassurot tugʻilmadi. Yoʻq, albatta.

Oʻzaro sogʻlom, pok munosabatlar koʻp quvonch keltirishi mumkin, nikoh esa juda goʻzaldir. Ammo munosabatlar jarayonida sizga kerakli shaxsni topish emas, balki oʻzingizning shakllanishingiz sodir boʻladi. Sogʻlom nikoh - bu oʻz qadriyatlarini bir-biriga sarflashga qaror qilgan ikki etuk, toʻlaqonli insonning ittifoqidir. Sarmoya tikish uchun hech narsasi yoʻqligi sababli bir-birini yoʻq qiladigan ikki kishi - demak, ular faqat tortib olishlari mumkin - juda va ular juda nosogʻlom munosabatlar oʻrnatadilar.

 

4-afsona

Yigitlar ham, umuman olganda, nikohgacha boʻlgan munosabatlardan qizlar kutgan narsani kutishadi.

Agar siz hali ham toʻliq tushunib etmagan boʻlsangiz, shoshilmasdan va aniq qilib takrorlaymiz: yigitlar qizlarga qaraganda butunlay boshqacha sabablarga koʻra harakat qilishadi. Koʻpincha yigit jinsiy aloqa qilish uchun sevgiga rozi boʻladi; qiz esa sevgiga erishish uchun jinsiy aloqa qilishga rozi boʻladi. Qanday xavfli kombinatsiya paydo boʻlishi mumkinligini payqadingizmi? Agar haligacha buni koʻrmayotgan boʻlsangiz, yaqqol misol keltiramiz. Oʻn yetti yoshli Kristel hikoya qiladi:

- Men Deniel bilan bir-birimizni soʻzsiz tushunamiz, deb oʻylardim. Men yaqin, juda yaqin munosabatlarga juda intilardim, lekin jinsiy aloqa bilan turmush qurgunimcha kutishni xohlardim. Deniel ham shuni xohlayotganini aytdi, lekin bir kuni ikkalamiz yolgʻiz qolganimizda, u uzoq oʻylab oʻtirmay, maqsadga oʻtdi. Birmuncha vaqt men uchun samimiy suhbatlar va boʻsalarning oʻzi etarli boʻldi. U yogʻiga oʻtmoqchi emasdim, lekin asta-sekin u qoʻllariga erk bera boshladi va meni shu darajada "qoʻzhatdiki" keyinchalik oʻzim uyaladigan ishlarni qilishiga yoʻl qoʻyib berdim. Biz u bilan jinsiy aloqada boʻlmaganmiz, lekin men juda xavfli chegaraga tushib qoldim, chunki u talab qilgan narsani berishim kerakligini his qildim, aks holda u menga boʻlgan qiziqishini yoʻqotardi."

Kristel ehtiyotkor boʻlishi va Deniel bilan yolgʻiz qolmasligi kerak edi, chunki u allaqachon uni oʻzi xohlamagan jismoniy yaqinlikka moyil qila boshlagan edi. Agar siz bunday holatga koʻnikish uchun etarlicha sodda boʻlsangiz (umid qilamizki, bunday emas), tez orada samimiy suhbatlar va hissiy zavq-shavqlar yigitingiz uchun orzularning chegarasi emasligini bilib olasiz. Yigitlarning koʻpchiligi jinsiy ehtiroslarini jilovlay olmasliklarini anglab, Xudo erkaklarni ayollarga qaraganda boshqacha yaratgani haqida gapiradigan boʻlsak, qizlar bilan yolgʻiz qolmaslikka harakat qilishadi. Ular ehtirosli tomoshani koʻrganda hayajonlanish uchun yaratilgan. Ularning yakuniy maqsadi jinsiy yaqinlikdir. Ular shunday yaratilgan. Ular hissiy yaqinlikni umuman qadrlamaydilar yoki xohlamaydilar ham emas - koʻpchilik uni qadrlaydi va unga intiladi. Ammo bu ularning yakuniy maqsadi emas.

Boshqa tomondan, ayollar hissiy va ruhiy yaqinlik uchun yaratilgan. Bu - sizning yakuniy maqsadingiz. Siz shunday yaratilgansiz. Nikohdan oldingi yigit sizdan Xudo belgilagan chegaralardan chiqishni talab qila boshlasa, bunday munosabatlar sizga ham, Xudoga ham sharaf keltirmasligini oʻzingizga aytish vaqti kelgan boʻladi.

 

5-afsona

Mening muhabbatim uni qutqaradi. Men uni boshqa odamga aylantira olaman.

Xatoga yoʻl qoʻymang: kimgadir turmush oʻrtoq boʻlishidan oldin uning ustida puxta ishlash kerak boʻlgan yigit bilan uchrashmang. Koʻpchilik qizlarni dastlab yigitdagi tiyiqsiz, isyonkor fel-atvor oʻziga tortadi, keyin esa uni tuzatishga va orzusidagi erkakka aylantirishga kirishadi. Sizni xafa qilishni istamayman, lekin siz hech kimni oʻzgartirish yoki qutqarishga qodir emassiz. Buni faqat Xudo qila oladi va U buni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Ayol muhabbati buzuq erkakning xulq-atvoriga hech qanday tasir koʻrsatmasligi azaldan malum. U faqat olovga moy sepadi. Uning muhabbati goʻyo unga: "Sen qanday boʻlsang, shundayligingcha yaxshisan!" deyayotgandek boʻladi.

            Yosh ayol doʻstining xaloskori boʻlishga harakat qilar ekan, u tez-tez ogʻriqli umidsizlikka tushib turishga duchor boʻlib qoladi. Bu haqda Gari Kollinz “Masihiy maslahatining Injil asoslari," kitobida "messiya kompleksi" deb ataladigan narsani tushuntirib shunday deydi:

"Messiya kompleksi odamlarga gʻamxoʻrlik qilish tendentsiyasi bilan bogʻliq... yaqinlarini ularning muammolari va qiyin hayotiy vaziyatlardan qutqarishga harakat qiladigan xaloskor boʻlish. Axir qaysi birimiz Iso Masihga oʻxshab, odamni notinch oiladan olib ketishni, giyohvandlik yoki ichkilikbozlikdan qutqarishni, zararli turmush tarzidan qaytarishni istamaymiz...

Ammo odamlar qutqaruvchi boʻlishga harakat qilganda, oxir-oqibat ularni deyarli har doim xafagarchilik va umidsizlik kutadi. Shunga qaramay, vaqti-vaqti bilan biz Masihning rolini oʻzimizga sinab koʻrishni xohlaymiz. Bir doʻstim shunday degan edi: "Agar men odamlarni ogʻriqdan qutqarib, ularni qiyinchiliklardan xalos qila olsam yaxshi boʻlardi... lekin har safar bu ishga qoʻl urishim kerak boʻlganda, men oʻzimning qanchalik ojiz ekanligimni eslayman va haqiqiy Masih bilan nima sodir boʻlganini oʻylayman. Uni xochga mixlashgan axir"

Agar his-tuygʻularingizni nobud qilishlarini istamasangiz, najot va tuzatish ishini Xudoga qoʻyib bering. Oʻzingiz esa kimgadir er boʻlishidan oldin hali ancha ulgʻayishi va oʻzgarishi kerak boʻlgan yigitlar uchun ibodat qiling.

Yodingizda boʻlsin: kim bilan uchrashib yurgan boʻlsangiz, oʻsha sizning eringiz boʻlishi mumkin. Siz munosabatga kirishayotgan yigitning fel-atvori har doim kapital tamirga muhtoj emasligiga ishonch hosil qilishga harakat qiling.

 

6-afsona

             Jinsiy aloqa nima ekanligini sinab koʻrishni juda xohlayman. Ehtimol, men shundoq ham Xudo oldida katta gunoh qilgandirman, shuning uchun qarshilik koʻrsatishdan nima foyda?

             Shayton vasvasa va gunoh oʻrtasidagi chegaradan oʻtishga bizni ishontirib, soxta aybdorlik tuygʻusini qoʻllashni yaxshi koʻradi. U, masalan, bizga quyidagi fikrlarni yuboradi:

Uni juda xohlayotganingni inkor etmaysan-ku! Bu lazzatni tatib koʻr!

Sen shundoq ham haddingdan oshib ketding. Ortiqcha qadam hech narsani hal qilmaydi.

               U sening kimligingni allaqachon biladi. Endi oʻzingni tarbiyali qilib koʻrsatishning hojati yoʻq!
              

               Bunday fikrlar yordamida shayton sizni oʻzingizni aybdordek his qilishga undaydi, lekin bu yolgʻon tuygʻu, chunki oʻylash hali gunoh qilish degani emas. Siz vasvasani boshdan kechirgansiz, lekin hali gunohga botmagansiz.

Iso tanaviy gunoh haqida oʻylash - uni amalga oshirish bilan barobarligini aytganida (Matto 5:27,28), u odamlarning qayta va qayta jinsiy xayollarga beriladigan holatlarni nazarda tutgan. Bazi fikrlar miyamizda shunchaki insoniy tabiatimiz tufayli paydo boʻladi, lekin biz ularni suniy ravishda qoʻllab-quvvatlamasligimiz yoki ularga etibor qaratmasligimiz kerak. Ularni oʻzimizdan uzoqlashtirishimiz, biror narsa bilan chalgʻitishga harakat qilishimiz kerak - xuddi shu singari, har qanday vasvasaga qarshi tura olamiz. Yigit nomaqbul tomoshadan "koʻzini olib qochishni" oʻrganishi mumkin; siz esa toʻxtamaslik kerak boʻlgan narsalardan "fikringizni olib qochishni" oʻrganishingiz mumkin. Yodingizda tuting: vasvasaga tushishning oʻzi gunoh emas. Vasvasaga istisnosiz hamma moyil va bu yerda oʻzingizni aybdor his qilishingiz shart emas. Ishonmasangiz, Ibroniylar maktubining muallifi nima deb yozganini oʻqing:

«U ojizliklarimizga hamdard boʻla oladi.​ Axir, U biz kabi har tomonlama sinalgan,​ lekin bizga oʻxshab gunoh qilmagan. Kelinglar,​ inoyatli Xudoyimizning taxtiga​ jasorat bilan yaqinlashaylik.​ Shunda U bizga marhamat koʻrsatadi,​ Uning inoyati zarur vaqtda​ bizga yordam beradi». (Ibroniylar 4:15-16)

Endi tushungandirsiz? Isoning oʻzi ham turli vasvasalarga duchor boʻlgan! "Hatto jinsiy vasvasalarga hammi?!" - deb oʻylarsiz. Nega endi yoʻq? Axir U tom manodagi inson edi. Uni chiroyli ayollar oʻrab olishgandi. Iso ularga talim berib, vaz qilardi va ularning koʻpchiligi, ehtimol, Uning quchogʻida boʻlishni orzu qilishgandir. Axir bu oyatlarni yozgan kishi: "Tanaviy vasvasasidan boshqa hamma narsaga vasvasa qilingan" demagan-ku. Iso inson boʻlgan va insoniy vasvasalardan qochib qutula olmagan. Ammo U bizga vasvasalarda oʻz ehtiroslarimizga berilmaslikni oʻrgatdi.

 

7-afsona

Menga qanchalik qiyinligini hech kim tushunmaydi.

Bu afsona shubhasiz mavjud, chunki qizlar mish-mishlardan qoʻrqib, oʻzlarining jinsiy hayoti haqida bir-birlariga kamdan-kam gapirishadi. Afsuski, bu qoʻrquvlar juda oʻrinli, chunki achchiq tajriba bolalikda orttiriladi. Masalan, bir qiz dugonasiga sinfdoshini sevib qolganini yashirincha aytadi. U muqarrar ravishda oʻz sirini boshqa ikki dugonasiga oshkor qiladi. Agar siz buni boshdan kechirgan boʻlsangiz, oʻz sirlaringizni oʻzingizda saqlashni va boshqa qizlarga hech qachon oshkor qilmaslikni oʻrgangansiz.

Bazi qizlar bolaligidan oʻgʻil bolalar bilan doʻst boʻlib, ularni eng yaxshi doʻstlar deb bilishadi, ularga hech bir dugonaga aytib boʻlmaydigan gaplarni ishonish mumkin deb hisoblashadi. Koʻpchilik oʻz achchiq tajribasida shunga amin boʻlganki, erkak doʻstlarga ishonish dugonalarga qaraganda ancha xavfli boʻlishi mumkin. Ayol sizning siringizni yashira olmasligi mumkin, erkak esa sizning zaifligingizdan foydalanib, agar siz oʻz etiqodingizda qatiy boʻlmasangiz, sizni oʻz zoʻravonliklarining navbatdagi nishoniga aylantiradi.

Yosh ayollar oʻzlarining jinsiy kurashlari haqida ochiq gapirishga moyil emaslar, chunki sevgiga erishish uchun hamma narsaga rozi boʻlish juda pastkashlikdir. Garchi bazilar u yoki bu yigit bilan jinsiy aloqada boʻlganliklari bilan maqtansalar-da, koʻpchilik ularning qancha jinsiy sheriklari boʻlganligi haqida sukut saqlashni afzal koʻrishadi. Buning sababi shundaki, ayol uchun maqsad muhabbat munosabatlari, jinsiy aloqa esa ular uchun toʻlanishi kerak boʻlgan narxdir. Agar narx toʻlangan boʻlsa-yu, maqsadga erishilmasa, qiz aql bovar qilmaydigan xoʻrlikni boshdan kechiradi: axir uning tanasi erkakni qiziqtirish uchun etarli emas edi. Bunday sharmandalikni butun dunyoga ovoza qilishni kim ham xohlardi?

Umid qilamizki, barcha ayollarga xos xususiyatlar haqida bilib olganingizdan soʻng, siz endi jim turmaysiz va oʻzingizning vasvasalaringiz haqida etuk masihiy dugonalaringizga ochiq gapira olasiz. Bizning fikrimizcha, ayollarning taxminan 99,9 foizi turli darajadagi jinsiy vasvasalarni boshdan kechiradi.

Havoriy Pavlus Korinfliklarga birinchi maktubida shunday deb yozgan: "Sizlar tushgan vasvasaga boshqalar ham duchor boʻlgan. Ammo Xudo sodiqdir, U kuchingizdan ortiq vasvasaga tushishingizga yoʻl qoʻymaydi. Vasvasaga bardosh bera olishingiz uchun kerakli paytda vasvasadan qutulish yoʻlini ham beradi". Axir u: "Agar siz shahvoniy vasvasaga tushgan boʻlsangiz, demak, muammo sizda, chunki sizdan boshqa hech kim bunday vasvasaga duchor boʻlmagan," demagan!

Pavlusning aytishicha, vasvasa umuman inson tabiatiga xosdir. Xudo barcha odamlarni (jinsidan, millatidan yoki ijtimoiy mavqeidan qati nazar) jinsiy mavjudotlar qilib yaratgan ekan, bu dunyoda jinsiy va ishqiy vasvasalar eng keng tarqalganiga shubha yoʻq.

Vasvasaga qarshi tura olishimiz uchun Xudo odatda qanday "engillik" beradi?

Ehtimol, U barcha his-tuygʻularingizni "oʻchirib qoʻyar"? Yoʻq. Haqiqiy engillik masihiy etakchining dono maslahati orqali keladi - masalan, yoshlar choʻponi yoki yakshanba maktabi oʻqituvchisi yoki sizga yaqin boʻlgan va vasvasaga berilmaslikka yordam beradigan ishonchli doʻstingiz. Bunday ishonchli odamga sizga ogʻir, juda shaxsiy savollar berishiga ruxsat bering, masalan: "Sen yigitingga ikkalangizdan birortangizda jinsiy istakni qoʻzgʻatadigan xatti-harakatlar amalga oshirishiga yoʻl qoʻydingmi? Sen erkak kishining ehtirosini qoʻzgʻaydigan soʻzlarni ishlatdingmi?Oʻzingizda shahvoniy xayollarni uygʻotdingmi? Pornografiya koʻrganmisan?

Agar sizda hisob beradigan odam paydo boʻlsa, buni yolgʻiz bajarishga harakat qilgandan koʻra, oʻz qalbingiz va aqlingiz holatini oʻrganish siz uchun juda oson boʻladi. Xudoning meyoriga etolmay qolib ketganingizda, dono ustoz yoki ishonchli doʻst sizni toʻgʻri yoʻlga solishi mumkin.

 

Gʻalabaga tayyorlaning

Balki shu paytgacha siz ham shunga oʻxshash afsonalarga ishongandirsiz? Xudo xohlasa, ushbu bobni oʻqib, siz jinsiy yaxlitlik uchun kurashda olov chizigʻida turganingizni anglaysiz. Iltimos, oʻqishda davom eting. Hozir biz sizga bu afsonalarni muvaffaqiyatli ravishda yoʻq qilishga yordam beradigan haqiqatlar haqida gaplashamiz va bu jinsiy hayotda aqlingizni, yuragingizni va tanangizni himoya qilishga tayyorlanasiz.

«Iso ularga dedi:​ “Agar Meni sevsangizlar,​ amrlarimga amal qilasizlar. Men osmondagi Otaga murojaat qilaman​ va U sizlar bilan​ to abad qoladigan boshqa Homiyni yuboradi. Bu Homiy — Haqiqat Ruhidir.​ Bu dunyoga tegishli boʻlganlar​ Uni qabul qila olmaydilar,​ chunki Uni koʻrmaydilar ham,​ bilmaydilar ham.​ Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U​ sizlar bilan yashamoqda,​ U ichingizda boʻladi». Yuhanno 14:15-17

 



AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
YouTube.com/@UzAudioKitob

Audiokitoblar Uzbek tilida

Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


MakDonaldning sharhlari kitob
Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/




Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Har bir qizning vasvasasi kitobi haqidagi fikrlar    911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак