Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
3-BOB
Iffatli va oriyatli hayot
Sizlar esa, ey azizlarim, qutlugʻ imoningizga tayanib hayot kechiringlar. Muqaddas Ruh ilhomi bilan ibodat qilinglar. Xudoning sevgisi panohida boʻlib, oʻzingizni asranglar. Rabbimiz Iso Masihning kelishini kutinglar. U kelib, Oʻz marhamati tufayli bizga abadiy hayot ato qiladi.
Yahudo 1:20,21
"Mening xotinim va bolalarim" komediya telekoʻrsatuvining epizodlaridan birida Maykl (Deamon Vayans oʻynagan) va Janet (Tisha Kempbell-Martin oʻynagan) voyaga etmagan qizlarini yosh yigit bilan birinchi uchrashuvga qoʻyish yoki qoʻymaslik haqida bahslashadilar. Maykl xotiniga shunday deydi: "Men shunchaki bu yigitning qizim bilan chegaradan oʻtishini xohlamayman!"
Xotin: "Yana qanaqa chegara?" deb soʻrasa, er: "Ichki kiyimining chegarasi!" deb javob beradi.
Afsuski, juda koʻp yosh ayollar jinsiy iffat tugaydigan va xavfli xatti-harakatlar boshlanadigan chegarani ichki kiyimlar chegarasi deb hisoblashadi. Ammo buzuqlik haqiqatan ham shu chegaradan oʻtish bilan boshlanadimi? Albatta, biz bunday deb oʻylamaymiz.
Buzuqlikka qarshi iffat
Avvalgi bobda, Xudo bizni jinsiy mavjudot qilib yaratgani va Uning niyatiga koʻra, jinsiy aloqa quvonchi faqat er-xotinlar oʻrtasida boʻlishi mumkinligi haqida gapirgan edik. Ushbu haqiqatlarni yodda tutgan holda iffat haqida gap boshlaymiz. Yaxlit shaxs boʻlish nima degani? Bu shuni anglatadiki, sizning hayotingiz bir butun boʻlib, uning hech bir qismi boshqasi bilan ziddiyatga kirishmaydi. Masihga ishongan va oʻzini masihiy deb elon qilgan odam Isoning talimotiga zid boʻlmagan hayot kechirishga harakat qiladi. Agar u buni uddalay olsa, demak, u yaxlit shaxs.
Agar siz iffatli qizni bolalar davrasida kulish va xursandchilik qilishga hech qachon yoʻl qoʻymaydigan zerikarli va sovuqqon shaxs deb oʻylasangiz, qattiq adashasiz. U, har biringiz kabi, hayotdan va romantik munosabatlardan zavqlanishga haqli, ammo jinsiy buzuqlik hayotiga olib kiradigan achchiq tamdan xoli boʻladi.
Buzuqlik iffatga zid narsadir. U sizni ongingiz va qalbingizni Masihdan uzoqlashtiradigan ishlarga undaydi. Odatda buzuqlik mayda-chuyda ishlardan boshlanadi, ammo vaqt oʻtishi bilan katta gunohga aylanib, ustingizdan hukmronlik qiladi.
Agar siz iffatli hayot kechirishni istasangiz, poklikni saqlash qaroringizni oʻzgartirmang va jinsiy ehtiroslar ustingizdan hukmronlik qilishiga yoʻl qoʻymang. Oʻzingizni boshqarishni oʻrganing - shunda siz eringizga toʻliq egalik qila olasiz, u bilan chandiqlarsiz, buzuqlikni oʻz ichiga olgan ogʻir hissiy yuksiz ehtirosli jinsiy aloqadan zavqlana olasiz. Bir oʻylab koʻring-a, eringiz oʻzingizni uning uchun asraganingizni, uni faqat jisman emas, aqlan, yurakdan, qalbdan seva olishingizni bilsa, naqadar baxtiyor boʻladi!
Toʻrt oyoqli jinsiy jozibadorlik.
Iffat nima ekanligini yaxshiroq tushunish uchun jinsiy jozibadorlikni stol shaklida tasavvur qiling. Malumki, stol toʻrtta oyoqda turadi, bu esa unga barqarorlik beradi. Xuddi shunga oʻxshab, bizning jinsiy jozibadorligimiz hayotimizni muvozanatlashtiradigan toʻrtta tarkibiy qismni oʻz ichiga oladi. Agar qoziq oyoqli stolning bir oyogʻi tushib ketsa yoki sinib qolsa, u osongina muvozanatini yoʻqotadi va bir tomonga qiyshayib ketadi.
"Ushbu kitobni oʻqiganimda koʻzlarim ochilgandek boʻldi: aslida, biz yigitlar kabi qizlarda ham jinsiy aloqa borasida oson emas ekan! Yuragini asrab qolish shunchalik qiyin deb oʻylamagandim. Umid qilamanki, endi bir qiz bilan oʻynashmoqchi boʻlganimda, avval toʻxtab, yaxshilab oʻylab koʻraman." Jon
Doʻstlarim Kevin va Rut qoziq stolning yorqin namunasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Bu ularning nikoh toʻyida sodir boʻldi. Dasturxon toʻshalgan uzun ziyofat stolida koʻp qavatli ajoyib tort, punsh idishlari va billur qadahlar yarqirar, kumush idishlar yaltirar, qordek oppoq, kraxmallangan, monogrammali salfetkalar magʻrur turardi. Hamma balo shundaki, stol qoʻyayotgan kishi yigʻma oyoqlardan biriga ilgak qoʻyishni unutib qoʻygan. Qip-qizil punsh suvlari billur idishga quyilishi bilanoq, bu oyoqcha qiyshayib ketdi va barcha hashamatli dasturxon stol chetiga borib urildi va gumburlab polga tushdi! Tort toʻppa-toʻgʻri punsh idishiga tushdi, hamma salfetkalar hoʻl boʻldi. Mehmonlar sarosimaga tushib, kelin-kuyovga oʻgirilib, sarosima va dahshat kutishardi. Ammo yangi kelin-kuyovning qah-qah urib kulishlari hammaning koʻnglini koʻtardi.
Jinsiy jozibadorligimizning "oyoq"laridan biri sinib qolganda, vaziyat butunlay boshqacha boʻladi - bu yerda kulishning ilojisi boʻlmaydi, chunki hayotimiz oʻzimizdan norozilik, buzuqlik, oʻz-oʻzidan jirkanish va hissiy parchalanishga olib keladigan sirpanchiq qiyalikka aylanishi mumkin. Bu sodir boʻlganda, hayotimizga boylik va quvonch olib kirishi kerak boʻlgan Xudoning marhamati koʻproq ogʻriq va umidsizlikni keltirib chiqaradigan lanat sifatida seziladi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, biz jinsiy jozibadorligimiz toʻrt jihatdan iborat: jismoniy, aqliy, hissiy va ruhiy. Ushbu tarkibiy qismlarning uygʻunlashuvi Xudo sizga yaratgan yagona shaxsni shakllantiradi. Yana bir bor takrorlaymiz: sizning shahvoniyligingiz - bu siz qilayotgan narsa emas, bu sizning oʻzingiz, sizning tabiatingiz esa tana, aql, yurak va ruhdan iborat (nafaqat tanadan!). Demak, iffat, yani jinsiy iffat faqatgina jismoniy tiyilishdan iborat emas. U borliqning barcha jihatlari - jism, aql, qalb va ruhning pokligini nazarda tutadi. Toʻrtta tarkibiy qism mukammal darajada tekislanganda, sizning "stolingiz" (yani sizning jinsiy jozibadorligingiz) muvozanatni yoʻqotmaydi va mustahkam boʻladi.
Sirpanchiq qiyaliklar
Koʻp qizlar oʻzlarini iffatli deb atashadi, chunki ular jinsiy aloqada boʻlishmagan yoki yigitni ichki kiyimining chegarasidan oʻtishiga yoʻl qoʻyishmagan. Ular haqmi? Yaxshilab oʻylab koʻraylik:
- Balki siz hech qachon oʻgʻil bola bilan oʻpishmagandirsiz, lekin pornografiya koʻrasiz, behayo romanlar oʻqiysiz yoki shahvoniy ruhdagi musiqa tinglaysiz, nikohda boʻlmagan odam bilan jinsiy aloqa qilishni yoki yaqinlikni tasavvur qilasiz… Qoʻlingizni koʻksingizga qoʻyib, jinsiy jihatdan pok hayot kechiryapman deb ayta olasizmi? (Bu aqliy murosaga misol boʻla oladi.)
- Balki jismonan bokira boʻlib qolayotgandirsiz, lekin oʻzingiz istagan qoniqishni olish uchun doim yigitlar bilan qaltis oʻyin oʻynayotgandirsiz? Sizni iffatli hayot kechiryapti, deb aytish mumkinmi? (Bu hissiy murosaga misol boʻla oladi.)
- Balki sizda hech qachon jinsiy yaqinlik boʻlmagandir, lekin siz yigitga qoʻlingizni koʻkragingizga qoʻyishiga ruxsat berarsiz yoki "qoʻl mehnati" (erkak jinsiy azosini massaj qilish) bilan shugʻullanasiz yoki "nay chalish" (oral jinsiy aloqa) bilan shugʻullanasiz. Siz shunday qila turib, oʻzingizga jinsiy poklikni saqlayapman, deya olasizmi? (Bu jismoniy murosaga misol boʻla oladi.)
Xudo sizdan istaydigan jismoniy, aqliy, hissiy va ruhiy barqarorlikka erishish uchun "stol"ingizni sirpanchiq qiyaliklarga qoʻymaslikka harakat qiling, yani oʻzingiz bilan hech qanday murosaga kelmang. Bunga qanday erishish mumkin, deb soʻraysizmi? Shubhalanmang: bu kitobni oxirigacha oʻqib chiqib, barcha savollarga javob olasiz.
- Balki sizda hech qachon jinsiy yaqinlik boʻlmagandir, lekin siz yigitga qoʻlingizni koʻkragingizga qoʻyishiga ruxsat berarsiz yoki "qoʻl mehnati" (erkak jinsiy azosini massaj qilish) bilan shugʻullanasiz yoki "nay chalish" (oral jinsiy aloqa) bilan shugʻullanasiz. Siz shunday qila turib, oʻzingizga jinsiy poklikni saqlayapman, deya olasizmi? (Bu jismoniy murosaga misol boʻla oladi.)

Turmush qurmagan paytingizda iffatni saqlash, Xudoning niyatiga zid boʻlgan qarama - qarshi jinsdagi kishilar bilan boʻladigan jismoniy, aqliy, hissiy va ruhiy munosabatlardan oʻzingizni asrashni anglatadi. Turmushga chiqmagan qizlar qalb, aql, ruh va tana ehtiyojlarini qondirishni Xudodan soʻrashlari kerak.
Qarama-qarshi jinsga qiziqish yoki bir kun kelib turmushga chiqishga, yosh yigit bilan uchrashishga yoki doimiy doʻstga ega boʻlishga umuman haqqim yoʻq, deb oʻylamang. Bu faqat bir narsani anglatadi: qalbingiz, aqlingiz va tanangizni iffatingizga putur etkazishi mumkin boʻlgan qaltis qadamlardan asrashga harakat qilishingiz kerak.
Turmush qurganingizdan soʻng, jinsiy yaxlitlik siz uchun eringiz bilan jismoniy, aqliy, hissiy va ruhiy birlashuvni anglatadi - va boshqa hech kim bilan, yani nikohdan tashqari hech qanday erkak bilan emas.
Har qanday murosa - jismoniy, aqliy, hissiy yoki ruhiy - jinsiy yaxlitligingizni buzadi. Infektsiya bir azodan ikkinchisiga oʻtadi, nihoyat, butun tanaga tasir qiladi va sizni Xudo xohlagan jinsiy yaxlitlik va toʻliqlikdan mahrum qiladi.
Qonunmi yoki muhabbatmi?
Iffat haqida gap ketganda, koʻpchilik odamlar ularga turli xil "qil" va "qilma," "mumkin" va "mumkin emas," "kerak" va "kerak emas" kabi roʻyxatini berishlariga umid qilishadi. Ular: Qay darajagacha jazosiz harakat qilish mumkin ekanligini bilishni istaydilar. Qancha uzoqqa borish mumkin? "Juda uzoq" degani nima oʻzi? Ammo sizni ishontirib aytamizki, bunday taqiqlar va maslahatlar roʻyxati javobning eng yaxshi varianti emas, chunki u faqat tashqi, jismoniy harakatlarga taalluqli. Biz, masalan, qanday kiyinishni yoki u yoki bu vaziyatda oʻzimizni qanday tutishni tanlashda ichki istaklarimiz va fikrlarimiz bilan nima qilishimiz kerak? Bizga nafaqat jismoniy xatti-harakatlarimizni, balki aqliy va hissiy xatti-harakatlarimizni ham oʻz ichiga oladigan jinsiy yaxlitlik oʻlchovi kerak. Aqlimizni ham, qalbimizni ham, tanamizni ham qamrab oladigan qoidalar roʻyxatini ishlab chiqish mumkinmi?
Javob legalizmda emas (va bu soʻz "qonun harfiga qatiy sodiqlik" deb talqin qilinadi), balki masihiy sevgidadir. Qadimgi Ahd davrida mavjud boʻlgan son-sanoqsiz qoida va koʻrsatmalarni Xudo bor-yoʻgʻi oʻnta amrga qisqartirdi.
Keyinchalik, Yangi Ahd paytida Iso bu qonunlarni ikkita asosiy amrga birlashtirdi. Agar sen bu ikki amrga muvofiq yashayotgan boʻlsang, demak, sening hayoting iffat bilan belgilanadi.
Iso: "Qaysi amr eng ulugʻ?" - degan savolga javob berayotib, bu ikki qonunni tushuntirib berdi.
“Iso unga dedi: — “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving.” Bu birinchi va eng buyuk amr. Ikkinchisi esa shunga oʻxshashdir: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving.” Butun Tavrot va paygʻambarlarning hamma bitiklari* mana shu ikki amrga tayanadi.” (Matto 22:37-40).
Iso qonun emas, balki sevgi muhimdir deb aytadi. Kimki Xudoni sevsa, oʻz yaqinini sevsa, oʻzini sevsa (aynan shu tartibda!), u oʻz hayoti bilan har qanday qoidalar yoki koʻrsatmalardan yuqori turadi. Muhabbat ruhi har qanday rasmiy andozalardan xalos etadi.
Isoning "erkinlik va masuliyat" haqidagi takidini havoriy Pavlus ham takrorlaydi:
“Bazilaringiz: “Inson xohlaganini qilishga haqli”, deb aytyapsiz. Toʻgʻri, lekin hamma narsa ham foydali emas. Inson xohlaganini qilishga haqi bor, lekin hamma narsa ham manfaat keltirmaydi. Hamma birinchi oʻrinda oʻzining emas, boshqalarning manfaatini koʻzda tutsin.” (1 Korinfliklar 10:23, 24).
Havoriy Pavlus shunday degan: " Hamma narsani qilish mumkin, lekin har qanday ish ham sizga yoki boshqalarga foyda keltirmaydi. "Mumkin boʻlgan" narsani emas, balki hamma uchun eng yaxshi boʻlgan narsani qilishga harakat qiling." Bu iffatga qanday taalluqli?
Keling, bir nechta vaziyatlarni olib, ularni "qonun" va "sevgi" filtridan oʻtkazamiz:
- Tor kiyim kiyishni taqiqlovchi qonun yoʻq, lekin uni kiyishingizdan maqsad nima: yaxshi koʻrinishga intilishmi yoki yigitlar sizni koʻzlari bilan kuzatib qolishlarini xohlaysizmi?
- Mamlakatimizda soʻz erkinligi bor, lekin har doim ham yoshlarga aytayotgan gaplaringiz ularning foydasiga ishlaydimi yoki gaplaringiz shunchaki yigitlarni oʻz maqsadingizga erishtirish uchun manipulyatsiya qilish vositasimi?
- Muqaddas Kitobda ehtirosli oʻpichlar taqiqlanmagan, lekin nikohdan tashqarida qondirilishi mumkin boʻlmagan shahvoniy istaklar bilan yigitning ehtirosini qoʻzgʻatish yaxshimi?
U yoki bu tarzda harakat qilishdan oldin, har doim yashirin niyatingizni aniqlashga harakat qiling. Shunda siz qonun haqida ortiq qaygʻurmaysiz, chunki siz buyukroq qoidaga - sevgi qoidasiga amal qilasiz. 3.2-jadvalda ikki turdagi savollar keltirilgan boʻlib, ularning bazilariga (chapdagi ustun) qiz oʻz vijdoni bilan murosaga keladi, boshqalari (oʻngda) unga iffatli boʻlishga yordam beradi. Ular sizning niyatlaringiz va xatti-harakatlaringizni baholashdagi farqni koʻrsatadi, bu ularga qanday qarashga bogʻliq: qonun linzasi orqalimi yoki sevgi orqalimi.

Biz barcha ongli harakatlarimiz uchun Xudo oldida javob beramiz. Agar siz iffatli ayol boʻlishni istasangiz, oʻzingizning bazi "erkinliklaringiz" (kiyinish, fikrlash, gapirish va xatti-harakatlar) bilan xayrlashishingiz kerak boʻladi. Xudo sizga nafaqat iffatli boʻlishni oʻrgatadi. Agar siz bu bilimlarni hayotingizga tatbiq etsangiz va masuliyat bilan harakat qilsangiz, U sizga mukofot ham beradi.
Jinsiy jozibadorlik va hissiy yaxlitlik
Shunday qilib, aytilganlarga yakun yasaymiz. Agar siz jinsiy va hissiy jihatdan yaxlitlikka ega ayol boʻlishni istasangiz, fikrlaringiz, soʻzlaringiz, his-tuygʻularingiz va harakatlaringiz ichki goʻzallikni, Xudoga, oʻzingizga hamda boshqalarga nisbatan samimiy muhabbatni aks ettirishiga etibor bering. Bu, albatta, nooʻrin fikrlar, soʻzlar, his-tuygʻular yoki xatti-harakatlardan butunlay xoli boʻlishni kafolatlamaydi - shunchaki siz bu vasvasalarga qarshi turishga va oʻz etiqodingizni mahkam ushlashga qattiq harakat qilasiz. Siz muhabbatga boʻlgan chanqogʻingizni qondirish uchun qarama-qarshi jinsning ehtirosini va jinsiy xayollaringizni qoʻzgʻatmaysiz.
Siz erkaklar etiborini tortadigan tarzda kiyinmaysiz, lekin bu garderobingizni tovongacha tushadigan yubkalar va tomoqqacha yopib turadigan kiyimlar bilan cheklab qoʻyishni anglatmaydi. Siz zamonaviy kiyinasiz, ajoyib koʻrinasiz, bazi yigitlarning nazarida esa, ehtimol, jinsiy jozibadorlikka ega boʻlasiz (bu mutlaqo shaxsiy taassurot, shuning uchun bazi yigitlar sizni hatto haddan tashqari kamtarona kiyinsangiz ham, jinsiy tomonlama jozibador deb ham hisoblashadi), lekin shu bilan birga, sizning istaklaringiz gʻarazgoʻylik yoki vasvasaga solish niyatidan yiroq boʻladi. Siz oʻzingizni Xudoning nomiga dogʻ tushirmaslik kerakligini biladigan jozibali yosh ayolday tutasiz.
Ishlaringiz soʻzlaringizdan farq qilmasligi kerak. Agar siz oʻzingizni Masihning izdoshi deb elon qilsangiz, unda Uning axloqiy talimoti - shahvoniy fikrlar, kiyinish tarzi va behayo suhbatlarga yoʻl qoʻymaslik haqidagi talimotini etiborsiz qoldirmaysiz. Siz Xudo buyurganidek yashaysiz va bundan ichki goʻzalligingiz yanada yorqinroq porlaydi. Nihoyat, boʻlajak nikoh Xudoni qanday niyat qilgan boʻlsa, aynan shunday boʻlishiga va siz eringiz bilan zavqlanib yashashingiz mumkin boʻlgan joʻshqin jinsiy munosabatlarni olib kelishiga umid qilasiz.
Agar iffatli hayot yoʻlida yangi kashfiyotlarga tayyor boʻlsangiz, nafaqat tanangizni, balki aqlingiz va qalbingizni ham qanday asrashni bilishni istasangiz, biz bilan qoling. Hozir biz vasvasalarimizni kuchaytiradigan afsonalarni yoʻqqa chiqaramiz.
“Kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga oʻxshaydi. Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga oʻrnatilgani uchun uy qulamabdi. Biroq kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, oʻz uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga oʻxshaydi. Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Uy qulab, butunlay vayron boʻlibdi!”
(Matto 7:24-27)








































































































































