Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
24-BOB
Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
Yana Xudovandi Karim: «Odamning yolgʻiz boʻlishi yaxshi emas, endi unga munosib madadkor yarataman», – dedi.
Ibtido 2:18
Tasavvur qiling, siz xonaga kirdingiz, u yerda oltita chiroyli yosh masihiy oʻtiribdi va har biri navbati bilan qaysi xotinni orzu qilayotganini aytmoqda. Siz pashshaga aylanib, devorga suyanib oʻtirib, ularning samimiy suhbatini tinglashni istarmidingiz? Boʻlmasam-chi! Mana shu haqda gaplashamiz.
Biz oltita yigitdan soʻradik: "Boʻlajak rafiqangizda qanday oʻnta asosiy fazilatni koʻrishni xohlaysiz?”. Ularning javoblari bu yerda ushbu fazilatlarni qanday rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalarimiz bilan birga joylashtirilgan. Bu fazilatlar roʻyxatini biz suhbatdoshlarimiz bilan oldindan kelishib olgan holda ixtiyoriy tartibda keltiramiz, bu kitobda ular eng muhim deb hisoblaydigan narsalar haqida nimalar aytilishi kerak. Albatta, boshqa fazilatlar ham muhokama qilindi, ammo har bir kishi quyida keltirilgan mezonlarga qoʻshildi.
1. U “Iso Masihda” yashaydi.
Siz jamoatga yoki yoshlar guruhiga borasizmi? Masihning sadoqatli shogirdi boʻlish uchun oʻz ustingizda ishlab, Unga xizmat qilish yoʻllarini izlayapsizmi? Xudoning Kalomini oʻqiyapsizmi va Xudoni yanada yaxshiroq bilish uchun ibodat qilyapsizmi? Butun qalbingiz bilan Xudoga intilsangiz, U sizni hayratlanarli tarzda oʻzgartiradi, odamlar intiladigan va yaqinroq bilishni xohlaydigan shaxsga aylantiradi. Agar yigit sizning masihiylik mohiyatingizga moyil boʻlsa, demak, u ham Xudoni sevadi.
2. U oʻzini parvarishlaydi va hurmat qiladi.
"Oʻzini parvarish qiladigan" qiz deganda nimani nazarda tutishgan? Bu shuni anglatadiki, uning vazni ozmi-koʻpmi boʻyiga mos kelishi kerak; terisi toza, sochlari va tirnoqlari parvarishlangan boʻlishi kerak. Bunday ayol oʻzining qanday kiyinganidan mamnun boʻladi va oʻz koʻrinishidan uyalmaydi.
Haqiqatdan qochib qutulib boʻlmaydi: erkaklar "tashqi koʻrinishga tumshugʻini suqadi." Biz suhbatga tortgan yigitlar bu fikrni iloji boricha nozik ifodalashga harakat qilishsa-da, jozibali qizlarni yoqtirishlarini hech kim inkor etmadi. Ulardan biri: "U goʻzallik qirolichasi yoki jurnal muqovasidagi model boʻlishi shart emas, shunchaki chiroyli boʻlsin," dedi. Yana biri qoʻshimcha qildi: "Uning ichki jozibasi men uchun tashqi jozibadan koʻra muhimroq boʻladi." Bazilar oʻtmishda stereotip "goʻzallar" bilan uchrashganliklaridan shikoyat qilishdi, ammo vaqt oʻtishi bilan aniqlangan yoqimsiz xarakter xususiyatlari ulardagi jozibadorlikni yoʻq qildi. Boshqa qizlarning reytingi ular oʻziga ishonmagani uchun tushib ketdi va ularni doimo yaxshi ekanliklariga ishontirishga toʻgʻri keldi. Yigitlar, shuningdek, qizlarning maqtovlarga "koʻmilib ketishini" yoqtirmasliklarini aytishdi. Ularga oʻziga boʻlgan ishonchi tashqaridan emas, ichkaridan keladigan yosh ayol kerak.
3. U engil, quvnoq xarakterga ega boʻlishi, hayotga optimistik koʻz bilan qarashi kerak.
Yigʻloqi va vaysaqilarni hech kim yoqtirmaydi. Biz tabiatan boshqalarning kayfiyatini koʻtara oladigan quvnoq odamlarga intilamiz. "Oʻzimga kerakli insonni topsam boʻldi, oʻsha yerda ham quvnoq, ham baxtli boʻlaman," deb adashmang. Oʻn besh yil davomida yigirma toʻrt ming kishining munosabatlarini oʻrgangan psixologlar shuni aniqladilarki, "Er-xotinlik kamdan-kam odamlarni baxt bilan toʻldiradi - bundaylar oʻn bir boʻlinma shkalasining oʻndan bir qismini egallaydi... Koʻpchilikni nikohdan keyingi hayoti nikohdan oldingi hayotidan koʻra koʻproq qoniqtirmaydi... Er-xotinlik ahd-paymonlaridan soʻng baxt tuygʻusi ortsa-da, koʻpchilikda ikki yil ichida nikohgacha boʻlgan darajaga qaytadi." Xullas, toʻy insonni abadiy tushkunlikdan chiqarish vositasi emas. Oʻzingizni va umuman hayotni haddan tashqari dramatik qabul qilmang. Narsalarga optimizm bilan qarashni oʻrganing. Yaxshiliksiz yomonlik boʻlmaydi, degan gapni tez-tez eslab turing. Tez-tez kuling, ayniqsa oʻz ustingizdan. Agar tushkun kayfiyatingiz ketma-ket ikki oydan ortiq vaqt davomida hayotingizni zaharlayotgan boʻlsa, ota-onangiz, ruhoniy yoki shifokor bilan suhbatlashing va tushkun kayfiyatingiz sabablarini aniqlashga harakat qiling.
4. Boshqa yigitlar davrasida u oʻzini vazmin tutishi kerak.
Ajablanmang, lekin aksariyat bolalar oʻzlarining juda rashkchi ekanliklarini tan olishadi. Agar qiz ularga yoqsa, boshqa yigitlarga haddan tashqari doʻstona munosabatda boʻlishini xohlamaydilar. Bir yigit shunday dedi: "Agar qiz bilan jiddiy munosabatda boʻlsam, u uchun faqat men borligimni bilishini istayman! Uning boshqa yigit bilan oʻynashishini yoqtirmayman va u meni unga almashtiradi, deb xavotirlanishni xohlamayman." Aytgancha, yigitlar sevgilisining erkak doʻstlari boʻlishi mumkinligini tan olishadi va qiz bilan rasman uchrashishni boshlaganlarida ular bilan doʻstlashishga ham qarshi emaslar.
5. U tejamkor boʻlishi va oilaviy byudjetni oqilona rejalashtira olishi kerak.
Koʻpchilik yoshlarni boʻlajak oilani munosib taminlay olamanmi, degan oʻy tashvishga soladi. Ular non uchun javobgarlik va hisob-kitoblar boʻyicha toʻlovlar majburiyati katta ehtimol bilan ularning elkasiga tushishini tushunishadi. Suhbatdoshlarimizdan biri shunday dedi: "Agar men pul topish uchun koʻp harakat qilishim kerak boʻlsa, xotinim uni iloji boricha uzoqroq sarflashga harakat qilsin!" Turmush qurganingizdan soʻng pulni tejab-tergab, oqilona ishlatishingizga ishonch hosil qilishning bir yoʻli - qancha pul yoki daromadga ega boʻlishingizdan qati nazar, bu ajoyib fazilatni darhol mashq qilishni boshlashdir. Bu shuni anglatadiki, ota-onangiz sizga kerakli narsalarni likopchada olib kelishlariga umid qilmasligingiz kerak. Agar shu paytgacha oʻzingizni shunday tutgan boʻlsangiz, demak, eringizdan ham shuni talab qilasiz. Pulni isrof qilmang va duch kelgan narsani sotib olmang. Agar siz kredit kartochkasidan foydalansangiz, undan har oyda qatiy belgilangan summani echib oling, undan koʻp emas. Hech qachon kredit olmang va qarzga botmang, aks holda faqat foizlar bilan xonavayron boʻlasiz. Qarz koʻrinishida eriga moliyaviy "mahr" olib keladigan xotin yaxshi! Shunday qilib, bugunoq tejashni boshlang - va siz boʻlajak turmush oʻrtogʻingiz uchun zarar emas, balki qimmatli yutuqqa aylanasiz.
6. U oilasi bilan yaxshi munosabatda boʻlishi va yaqin doʻstlariga ega boʻlishi kerak.
Nikohda yashashni oʻrganmoqchimisiz? - Oilangiz bilan yashang! Qarindoshlaringiz bilan tinch-totuv yashashni bilmaysizmi va yaqin doʻstlaringiz yoʻqmi? Ehtimol, bu sizning qoʻpol fel-atvoringiz bilan ajralib turishingiz tufaylidir - va bu normal yigit uchun
"qizil bayroqcha" darrov koʻzga tashlanadi. Ammo siz va ota-onangiz oʻrtasida "otalar va bolalar" oʻrtasida tez-tez kuzatiladigan oʻzaro tushunmovchilik boʻlsa ham, ular bilan muloqot qilish yoki birgalikda biror mashgʻulot sizga zavq bagʻishlaydimi? Nohaqligingizni tan olib, kechirim soʻrashni bilasizmi? Boshqalarning barcha nuqsonlariga qaramay, ularni kechira olasizmi va seva olasizmi? Munosabatlarda yon berishga qodir boʻlganingiz tufayli odamlar siz bilan doʻstlashadimi? Unga kerakli boʻlishni istasangiz, oʻzingizda bu fazilatlarni rivojlantiring.
7. U gʻamxoʻr va vaqt oʻtishi bilan yaxshi ona boʻladi.
Yoshlar farzandlarining baxtli boʻlib oʻsishini xohlashadi, shuning uchun ular bolalariga gʻamxoʻrlik qiladigan va yaxshi ona boʻladigan rafiqaga ega boʻlishni orzu qilishadi. Albatta, ularning koʻpchiligi oʻzlari ham eng yaxshi ota boʻlishni niyat qilishadi va bola tarbiyasida xotiniga yordam berishga astoydil tayyorgarlik koʻrishadi. Ammo bu ish koʻp vaqt va kuch talab qiladi, shuning uchun Xudo otaga ham, onaga ham farzandlarining jismoniy, hissiy, aqliy va manaviy ehtiyojlari haqida gʻamxoʻrlik qilishni buyurgan. Ehtimol, siz karera qilishga qatiy qaror qilgandirsiz, ammo oila qurmoqchi boʻlsangiz, hissiy jihatdan sogʻlom farzandlarni tarbiyalash uchun bazi shaxsiy manfaatlaringizni qurbon qilishga yoki hech boʻlmaganda ularni kelajakka qoldirishga tayyor boʻlishingiz kerak.
Turmush oʻrtogʻim bilan birinchi farzandimiz boʻlishidan oldin men tibbiyot kolleji qoshidagi tayyorlov kursida oʻqiganman. Esimda, qizimiz bir yoshga toʻlganida rosa yigʻlaganman: axir, bir yillik tirishqoqlik bilan oʻqishim behuda ketgandek edi! Tibbiyot kollejiga oʻqishga kirsam, hayotimni yanada murakkablashtirishimni tushundim va oʻshanda hayotimda uchragan eng ogʻir qarorlardan birini qabul qildim. Men bakalavr darajasi uchun imtihon topshirdim, lekin oʻqishni davom ettirish fikridan qaytdim. Men buni oilam nomidan qildim va keyinchalik yoshlar xizmatchisi va maruzachi sifatida yarim stavkada ishlagan boʻlsam ham, bundan hech qachon afsuslanmadim. Ammo men farzandlarim bilan koʻproq vaqt oʻtkazishim mumkin edi va oʻrtamizda ruhiy aloqa oʻrnatildi, buni hatto eng yorqin martaba ham oʻrnini bosa olmaydi.
8.U mening hayotiy rejalarimni qoʻllab-quvvatlashi, menga dalda berishi va ruhlantirishi kerak.
Eng muhimi, er xotinining samimiy yordamiga muhtoj. Siz uning ashaddiy muxlisi boʻlishingiz kerak. Ha, bazida sizga qiyin boʻladi. Bu hayotda hech birimiz yoʻqotishlardan - ishsiz qolishdan, yaqinlarimiz va sevimli insonlarimizning, balki farzandimizning oʻlimidan ham sugʻurtalanmaganmiz. Bazida eri ishini oʻzgartirib turadi, bu esa katta moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hayot qiyinchiliklari va umidsizliklarni engib oʻtayotganda, erkakka har narsada uni qoʻllab-quvvatlaydigan sodiq hamroh - yonida turadigan ayol kerak. Men huquqshunosga turmushga chiqqan bir ayolni bilaman - qisman amaliy mulohazalarga koʻra: unga yuqori maosh oladigan mutaxassisga turmushga chiqish har qanday moliyaviy muammolardan butunlay xalos etadigandek tuyulgan. Ammo qirq yoshga kirganida eri juda charchaganini his qildi va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanishni xohlamadi. U oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanishga qaror qildi, garchi bu uning maoshi sezilarli darajada kamayishini anglatardi. Xotini ularning hayotidagi keskin oʻzgarishni qabul qilmadi va bir necha yillik kelishmovchilik va janjallardan soʻng ular ajrashishdi. Uning eriga boʻlgan muhabbati chek daftarchasi tufayli edi. Sizga kerak boʻlgan Tom haqida oʻylar ekansiz, oʻzingizdan shunday deb soʻrang: " Men bu odamga qanchalik sodiqman? Uni hurmat qilamanmi, unga eng sodiq muxlisi boʻla oladigan darajada ishonamanmi?" Unutmang, turmush oʻrtogʻingizni hayot yoʻlining har bir qadamida qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish sizning burchingizdir.
9. Uning orzulari va maqsadlari boʻlishi kerak, ularni amalga oshirishda men unga yordam bera olaman.
Nima bilan shugʻullanasiz? Sevimli ishingiz bormi? Sizga nima kuch va harakat qilish istagini beradi? Yuqori sinflarda oʻqiyotganingizda, qaysi mashgʻulotlar sizni qiziqtirishi va ruhlantirishi mumkinligini aniqlay olasiz. Kollejda oʻqiyotganimda, jismoniy tarbiya boʻyicha imtihon topshirish zarurati meni juda qiynardi. Alamimdan akvalang boʻyicha suzish toʻgaragiga azo boʻldim va kutilmaganda suv ostiga shoʻngʻishni sevib qoldim. Bundan tashqari, ona tili mashgʻulotlari meni juda bezor qilardi. "Ingliz tilini qancha topshirish mumkin! - deb oʻyladim. - Har yili shu ahvol!" Lekin keyin nima boʻlganini toping-chi? Bu menga yaxshi yozuvchi va suhbatdosh boʻlishimga yordam berdi, umuman olganda, sevimli mashgʻulotimga aylandi. Bolalar psixologiyasi kursi menga oʻz farzandlarimni yaxshiroq tushunishga va ular uchun yaxshi ona boʻlishga yordam berdi - bu har doim mening asosiy maqsadim boʻlib kelgan. Dunyoqarashingizni kengaytiring, oʻzingiz uchun yangi qiziqishlarni kashf eting va sizdan qiziqarli, koʻp qirrali, baxtli inson chiqadi!
10. U sarguzashtlarni yaxshi koʻrishi va mening bazi qiziqishlarimni baham koʻrishi kerak.
Yigitlar umuman qiziquvchan boʻladilar, shuning uchun ularga hech boʻlmaganda bazi qiziqishlarini baham koʻra oladigan dugonalar kerak. Siz sarguzashtlarni yaxshi koʻrasizmi? Agar sizda hech qanday sevimli mashgʻulot boʻlmasa, oʻzingizda u yoki bu mashgʻulotlarga moyillikni rivojlantirishga harakat qilishingiz mumkin. Boshlang, sanat festivallariga tashrif buyuring, muzeylarga boring yoki qandaydir gʻayrioddiy mahoratni egallashni boshlang - yogʻoch oʻymakorligi yoki interer dizayni. Teatr sinfiga yoziling. Chet tilini oʻrganishni boshlang, haykaltaroshlik yoki veb-saytlarni ishlab chiqish bilan shugʻullaning - qisqasi, qayigʻingizni ushlab turadigan biror narsa bilan shugʻullaning. Yopiq dunyongizdan chiqib, yangi quvonch va zavqlarni topishni oʻrganing. Albatta, oʻyin-kulgi haqida har bir insonning oʻz tushunchalari bor. Boʻlajak turmush oʻrtogʻim bilan uchrasha boshlaganimda, u softbol oʻynashni, men esa doʻkon aylanishni yaxshi koʻrishim malum boʻldi. Shunday qilib, hech kim xafa boʻlmasin deb, juma kunlari ishdan keyin xaridga chiqardik, shanba kunlari esa tribunada oʻtirib, sevimli futbolchimga muxlislik qilardim. Necha martalab: "Kel, shanba kuni men doʻkon aylanaman, sen softbol oʻynaysan, kechqurun uchrashamiz," deb taklif qilmoqchi boʻldim, lekin bu "yolgʻizlikdagi lazzat" ikkalamiz birga boʻlganimizdan oladigan ulkan zavq bilan tenglasha olarmidi! Doʻstingiz nimaga qiziqmasin, ikkalangiz uchun ham qiziqarli boʻlgan narsani topishga harakat qiling va bundan birgalikda quvoning. Hayot oʻyin-kulgidan voz kechish uchun juda qisqa, birgalikdagi zavq esa har qanday munosabatlarni mustahkamlaydi.
11. Xudoga sodiq doʻst boʻlish.
Ehtimol, siz hali yosh yigitning qizi boʻlishga tayyor emasdirsiz, lekin yolgʻizlik paytida ham, hayotingizning har qanday davrida ham Xudoga yaxshi doʻst boʻlish mumkin. Xudo doʻstga muhtoj degan fikr gʻalati tuyulishi mumkin, lekin taxmin qiling, Unga ishonadigan va Uning jamoatiga azo boʻlganlarni nima deb atashadi? - Masihning kelinchagi! Garchi Xudo bizning yordamimizsiz ham uddasidan chiqishi mumkin boʻlsa-da, U Oʻz ishlarini biz orqali amalga oshirishni afzal koʻradi. Uning eng buyuk istagi shuki, odamlar Uning qoʻllari boʻlib, qalblari Uning shifobaxsh teginishiga muhtoj boʻlganlarni Unga etkazsinlar, Uning oyoqlari boʻlib, U qayerga olib borsa, oʻsha yerga borsinlar, Uning ogʻizlari boʻlib, oʻz birodarlariga Uning soʻzlari va irodasini bildirsinlar. Unga Uning maqsadlarini koʻzlaydigan va Uning niyatlarini U bilan birga amalga oshiradigan yordamchilar va koʻmakchilar, sodiq doʻstlar va dugonalar kerak. Xudoga yordam berish orqali siz har qanday mashgʻulot bera oladiganidan koʻra yuqoriroq mukofot va oʻzingizni anglash tuygʻusiga ega boʻlasiz. Yahovaga sadoqatli doʻst boʻlish haqida keyingi bobda gaplashamiz.
“Sevinib xursand boʻlaylik, Hammamiz Uni ulugʻlaylik! Axir, Qoʻzining nikoh kuni keldi, Uning kelini oʻzini toʻyga tayyorladi.” Kiyishi uchun kelinga yarqiragan, pok, mayin zigʻir libos berildi. Bu libos — Xudo azizlarining odil ishlaridir».
Vahiy 19:7,8








































































































































