Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
22-BOB
“Axir biz bir-birimizni sevamiz!”
«Qoʻlingdagi muhr uzugingday, Meni ham yuragingga muhrlab olgin.
Axir, sevgi oʻlimday kuchli, Ishq ajalday shiddatlidir.
Sevgining uchqunlari olov uchqunlariday, Lovullagan alangadaydir».
Biz yuqorida olov oʻzida bir vaqtning oʻzida ham yaxshilik, ham xavf-xatarni mujassam etishini aytib oʻtgan edik, lekin shunday bir savol ustida oʻylab koʻraylik: kamindagi issiqlik bilan togʻ yonbagʻirlarida quturib yonayotgan toʻxtatib boʻlmas alanganing farqi nimada? Birinchisi ishonchli chegaralar bilan oʻralgan, ikkinchisida hech qanday chegara yoʻq. Yigitingiz bilan munosabatlar haqida ham shunday deyish mumkin. Agar siz oʻzingizni hech kim hatlab oʻtishi mumkin boʻlmagan mustahkam chegaralar bilan oʻrab olgan boʻlsangiz, sizning uchrashuv vaqtingiz juda romantik va quvonchli boʻlishi mumkin. Ammo ishonchli chegaralarga ega boʻlmagan holda, tez orada oʻzingiz istamagan holda haddan tashqari chuqurlashib ketganingizni, munosabatlaringiz esa xavfli va halokatli boʻlib borayotganini bilib qolasiz. Andrea, Lesli va Kori oʻz tajribalarida bunga ishonch hosil qilishdi.
Qimmatga tushgan darslar
Andrea boshidanoq mustahkam chegaralar oʻrnatmasdan, yigitni chalgʻitib, kutilmagan va noqulay vaziyatga tushib qolish mumkinligini tasdiqlashi mumkin:
"Men u bilan jon-jahdim bilan noz-karashma qilardim va bu uni shunchalik hayajonga solar ediki, bizning uchrashuvlarimiz butunlay ehtirosli erkalashlarga aylanib ketardi. Keyin - esa koʻproq boʻlib bordi. Men oʻzimni osongina oqlay olardim. Nazarimda, bu ish bilan hamma shugʻullanayotgandek va u meni chindan ham yaxshi koʻradigandek tuyulardi. Bir kuni u bilan ping-pong oʻynayotgan edik, koptok qorongʻi omborxonaga kirib ketdi. Ikkalamiz kirib borganimizda, u eshikni yopib, kalta ishtonini echdi-da, mening kalta ishtonimni besoʻnaqay echa boshladi. Men hayron boʻldim: nega endi u meni oʻz ixtiyoriga topshirmoqchi boʻldi, buning ustiga omborxonada! Men undan oʻzimni chetga oldim va bu yoʻnalishda harakat qilishga hali tayyor emasligimni aytdim."
Leslining aytishicha, u turmushga chiqqunga qadar bokiraligini saqlamoqchi boʻlgan va otasi hatto bu vadaning ramzi sifatida unga uzuk sovgʻa qilgan. Lekin bu orzudan Lesli oʻz yigiti bilan ishqiy munosabatda boʻla boshlagan paytdagi xotira qolgan, xolos.
"Aslida, biz bunday qilmoqchi emasdik, lekin "frantsuzcha boʻsalar"dan butunlay es-hushimni yoʻqotib qoʻydim! Biz u bilan birga yotdik, keyin ikkimiz ham juda uyalganmiz. Biz Xudodan kechirim soʻrardik, bir hafta bir-birimizga tegmasdik, keyin yana vasvasaga berilardik. Oxir-oqibat, internaturani oʻtash uchun joʻnab ketganimdan soʻng bu oʻz-oʻzidan barham topdi, ammo pinhoniy gunohim haqidagi xotira yiring kabi qalbimni zaharlardi. Ibodat qilish uchun yolgʻiz qolardim va na gapirishga, na Xudoni eshitishga qodir boʻlib, oʻzimga manosiz tikilib oʻtirardim.
Hammasini toʻgʻrilab, gunohimni tan olishim kerakligini tushunardim. Men otamga qoʻngʻiroq qildim va yigʻlab, uning "poklik uzugi"ni qaytarib yuborishimni aytdim, chunki oʻzimni tiya olmagandim. Otamning javobi meni hayratga soldi. - Lesli, uzugingni taqib yuraver, - dedi u, - chunki senga yana bir imkoniyat beryapman va ishonamanki, bu safar uddalaysan. Xudo otam orqali menga oʻz mehrini koʻrsatganini bilaman. Ota-onam bilan gaplashish men uchun hammasidan ham qoʻrqinchliroq edi, lekin buni qilish qalbimni engillashtirish va tozalash uchun zarur edi. Oʻshandan beri men har doim oʻzimni ehtiyot qilaman, tasodifan yigitni ota-onam va Xudo oldida uyaladigan xatti-harakatlarga undamaslik uchun."
Lesli ota-onasining oldida hamma narsani tan olishga, oʻz xatolaridan saboq chiqarishga va oʻzini mustahkam chegaralar bilan oʻrab olishga jasorat topdi. Bu havas qilsa arziydigan ish. Barakalla, qizaloq! Shunday davom etgin!
Lesli va uning sevgilisi aniqlaganidek, jinsiy ehtiros tez oʻsish xususiyatiga ega. Agar shu paytgacha oʻzingizni qatiy chegaralar bilan oʻrab olmagan boʻlsangiz, bilingki, buni qilish hech qachon kech emas. Aybdorlik hissi sizni xavfli holatda ushlab turishiga yoʻl qoʻymang. Shunchaki xatolaringizni hisobga oling va kelajak uchun chegaralarni mustahkamroq oʻrnating.
Kori sogʻlom va nosogʻlom jismoniy harakatlar oʻrtasidagi chegaraning qayerda joylashganini bilmasdi va bu bexabarlik tufayli u hozir pushaymon boʻlayotgan narsaga yoʻl qoʻydi. Biroq u tushkunlikka tushmaydi va kelajakda ancha ehtiyotkor boʻlishni niyat qilgan. Kori shunday deydi:
"Har bir yigitning kurashi" kitobini oʻqiy boshlaganimda koʻzim ochilganday boʻldi! Mana meni hayratga solgan asosiy ibora: "Shubhasiz, ayolning koʻkragini silash jinsiy aloqadan oldin sevgi oʻyini bilan shugʻullanish demakdir." Momaqaldiroq urgandek boʻldi! Axir bir paytlar men yigitimga buni qilishga ruxsat berardim va buni jinsiy ragʻbatlantirish sifatida umuman qabul qilmasdim. Keyinchalik, boshqa bir mahbubim boʻlganida, u bilan yanada uzoqroqqa borardim. Men unga nafaqat koʻkragini, balki jinsiy azolarini ham ushlashga ruxsat berardim - axir oʻz vaqtida hech kimga bunday qilishga yoʻl qoʻymaslikka oʻzimga qasam ichganman. Buning uchun oʻzimdan nafratlanardim! Sizning kitobingizni bir kechada oʻqib tugatdim va endi yigitlarni ham, ular bilan munosabatlarda aniq chegaralar oʻrnatish kerakligini ham ancha yaxshi tushunaman. Endi yigit menga: "Boʻldi! Oʻzimni ortiq tutib turolmayman!" desa, men unga: "Yoʻq, qila olasan!" Oʻzimni ham qoʻlga olaman. Endi hech qachon oʻzimni "sevgi oʻyini"ga tortishga yoʻl qoʻymayman.
Agar siz - ixtiyoriy yoki beixtiyor - haddan oshishga ulgurgan boʻlsangiz, hammasini boshidan-boshlashingiz kerak. Avvalgi xatolar haqida "oʻylanib qolmang." Xudo mehribon va U sizni qanchalik uzoqqa borishingizdan qati nazar, U bilan muhabbat va yaxshi munosabatlar yoʻliga qaytarishni istaydi. Undan sizni kechirishini va toʻgʻri yoʻlga boshlashini soʻrang. Iso Masih barcha xatolaringiz oʻchirilishi va unutilishi uchun oʻldi, agar siz Unga ishonsangiz va bu inomni qabul qilsangiz, shunday boʻladi. Kelajakka etiboringizni qarating va shuni bilingki, Muqaddas Ruh sizga iffatli hayot kechirish uchun kuch-quvvat berganida, hammasi yaxshi boʻladi.
Oʻzaro ishonchni oʻrganing
Har safar biror yigitni ehtiros bilan oʻpishga yoki unga yaqinlashishga jurat etganingizda, bu bilan u sizga xuddi oʻzining oʻyinchogʻiga qaragandek munosabatda boʻlishi mumkinligini bildirasiz. Agar siz uni masofani saqlashga majbur qilsangiz, siz unga sizga hurmatga sazovor boʻlgan iffatli yosh ayol sifatida munosabatda boʻlishni oʻrgatasiz. Agar u turmush qurishdan oldin oʻzini tiyib turish uchun juda sabrsiz boʻlsa, demak, u yaxshi er boʻlishi dargumon. Agar toʻygacha oʻzingizni saqlay olmasangiz, demak, sizdan sadoqatli xotin chiqishi dargumon. Bir-biringizga toʻliq ishonishni oʻrganmoqchimisiz? Xoʻsh, xushtorlik payti - buning ayni vaqti. Sevgilingiz oʻzini yo butun tabiatli va umr yoʻldoshiga munosib nomzod sifatida, yoki barmogʻidagi nikoh uzugi ham jinsiy mayllariga ergashishga xalaqit bermaydigan axloqsiz xudbin sifatida namoyon qiladi va siz ham oʻzingizni u yoki bu tomondan namoyon qilasiz. Qiziq, ikkisidan qaysi birini tanlaysiz?
Qanchalik “chuqurlashish” mumkin?
Agar sizning yigitingiz boʻlsa, oshiq-mashuqlar bizga doimo beradigan eng hayajonli savollardan biriga javobni bilishni xohlashingiz aniq: "Biz qanchalik “chuqurlashishimiz” mumkin?" Sevgilingiz bilan jismoniy munosabatlarda erkak doʻstingizdan koʻra koʻproq narsaga yoʻl qoʻyishga majbursiz, deb biror joyda aytilganmi? Erta turmush qurib, shunchaki muloqot qilish, bir-birini yaqindan bilish, oilalar bilan tanishish, chiroyli joylarga borish, qiziqarli narsalar bilan shugʻullanish va umuman hayotdan zavqlanish mumkin emasmi?
"Ehtimol, mening gaplarim kimgadir eskirgan va urf boʻlmagan gapday boʻlib tuyulishi mumkin, lekin men nikohdan oldin jinsiy aloqani kechiktirmoqchiman - garchi bizning jamiyatimizda bokiralikka qoʻldan tashlab yuborishga oshiqadigan issiq kartoshka kabi munosabatda boʻlishsa ham. Bunday deyishimning sababi shundaki, men xuddi shunday fikrda boʻlgan koʻplab yigitlarni bilaman."
Ueyd
Er-xotin oʻrtasidagi muloqotning xavfsiz va sogʻlom chegaralarini aniqlash uchun oldingi bobda muhokama qilingan masalaga qaytamiz. Doʻstlik muhabbatga aylanganda, jinsiy xavfli vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun jismoniy munosabatlarni iloji boricha sekinroq rivojlantirish juda muhimdir. Albatta, siz bir-biringizga yaxshilab qarash uchun etarlicha uzoq vaqt doʻst boʻlgansiz (buning uchun kamida bir yil muloqot qilishingiz kerak) va ota-onangiz bu munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydi deb taxmin qilamiz. Oʻylaymizki, siz nikohgacha boʻlgan muloqotda har qanday intim teginishlar, xoh ogʻiz, anal yoki vaginal jinsiy aloqa boʻlsin, oʻzaro masturbatsiya, tos va sonlarni bir-biriga qarama-qarshi harakatlantirish, koʻkraklarni silash va boshqa erotik erkalashlarga yoʻl qoʻyilmasligini tushundingiz. Garchi xavfsiz chegaraning bunday tarifi gʻalati tuyulsa-da, u oʻzini toʻliq oqlaydi!
Jinsiy iffat uchun kurashda tanangizni himoya qilishga yordam beradigan oqilona chegaralarni oʻrnatishingiz uchun, keling, ishqiy munosabatlarda jismoniy yaqinlikning turli bosqichlarini batafsil koʻrib chiqaylik. Bunday chegaralarga ega boʻlgan holda, siz oʻzingizni ancha ishonchli va erkin his qilasiz va jinsiy vasvasaga berilish yoki ikki tomonlama holatga tushib qolishdan qoʻrqmasdan muloqotdan zavqlana olasiz.
Qoʻl ushlashib
Jismoniy yaqinlikning bu darajasida yigit va qiz qoʻl ushlashib yurishadi. Biror yigit bilan qoʻltiqlashib yurganingizda, bu shunchaki doʻst emas, balki u bilan koʻproq birga ekanligingizning, hayotning bu davrida birga boʻlishni xohlayotganingizning va oʻz mehringizdan uyalmayotganingizning aniq belgisidir.
Bu darajadagi yaqinlikda u siz bilan universitet shaharchasida qoʻltigʻiga kitob qistirib, ikkinchi qoʻli bilan belingizdan quchoqlab sayr qiladi yoki qoʻlingizdan ushlaydi, balki oldingizga eshiklarni ochib, orqangizdan ohista ushlab oʻtkazib yuboradi. Agar bunday darajadagi yaqinlik sizni qoniqtirsa, bularning barchasini qabul qilish mumkin.
Yuzma-yuz
Birgalikda oʻzingizni qanchalik yaqin va qulay his qilsangiz, bir-biringizga shunchalik yaqinlashishni xohlaysiz. Koʻpincha bu siz uchun qadrli boʻlgan inson bilan yuzma-yuz boʻlishga intilishingizda namoyon boʻladi. Agar doʻstlaringiz yoki tanishlaringiz bilan turganingizda malum masofani saqlasangiz (odatda, bir metr atrofida), unda, tabiiyki, sevgilingizga yaqinroq kelasiz.
Bu darajada boʻsalar haqida gapirish mumkin. Bazi qizlar turmushga chiqmaguncha bunday qilmaslikka vada berishadi. Ular birinchi boʻsalarini kimdir "oʻgʻirlab" ketishini istamaydilar va bu quvonchni boʻlajak turmush oʻrtoqlari uchun saqlab qoʻyish niyatidalar. Agar siz ham shuni xohlasangiz, bu haqda yigitingizga ayting, toki u bu chegaradan oʻtishga urinmasin yoki siz ham uning bu qimmatbaho sovgʻasini "oʻgʻirlamasligingiz" uchun u oʻzini shunga oʻxshash vada bilan bogʻlamadimi, deb soʻrang.
Agar siz ham, u ham bu lazzatni nikohgacha kechiktirmoqchi boʻlmasangiz, sizga uzoq oʻpichlardan (koʻpi bilan uch soniya!) Ehtirosli deb ataluvchi "frantsuzcha boʻsalar"lardan ham qoching (tildan-tilga), chunki bu jinsiy qoʻzgʻalishning eng toʻgʻri yoʻlidir. Shuni yodda tutingki, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan bazi kasalliklar (masalan, gerpes) ogʻiz boʻshligʻi orqali yoki soʻlak aralashmasi orqali yuqishi mumkin - mana sizga kelajakdagi nikoh uchun nafaqat tanani, balki ogʻizni ham asrashning yana bir sababi.
"Radar"ingizga quloq tuting
Agar qaysidir lahzada ichkarida quyidagilarni eslatuvchi ogohlantirish qoʻngʻirogʻini eshitsangiz
(Ehtiyot boʻl! Bu yerda nimadir notoʻgʻri!") unga quloq soling.
Miyangiz yoki yuragingizning ogohlantiruvchi signallarini etibordan chetda qoldirmang. Xabar sizga yoʻlboshchi boʻlsin. Bu "radar" bizga Xudo tomonidan berilgan. Agar ilgari unga etiborsiz boʻlgan boʻlsangiz, uni qayta tinglashni oʻrganing. Agar vaziyat xavfli tus olayotganini his qilsangiz, radar koʻrsatmalariga amal qiling. Bu ogohlantirishlarga qoʻl siltab, siz asta-sekin ularga befarq boʻlib qolasiz va xavf tahdid solganda, undan oʻzingizni himoya qila olmaysiz. Ammo "radar"ingizga ishonib, uning koʻrsatmalariga amal qilsangiz, u sizni falokatdan asraydi.
Xullas, “trevoga” signalini eshitib, tabassum qiling va doʻstingizga ayting: "Bunday qilmaganimiz maqul, xoʻpmi?" Agressiv boʻlish shart emas - shunchaki unga chegaralarga rioya qilish kerakligini eslatib qoʻying. Bordi-yu, u, nima boʻlishidan qati nazar, ularni yorib oʻtishga urinsa, siz qattiqqoʻllik va qatiyat koʻrsatishga haqlisiz. Agar u sizga hurmat koʻrsatishga qodir boʻlmasa, u bilan boshqa uchrashmasligingizni tushuntiring. Yodingizda boʻlsin: tanangiz va jinsiy pokligingizni oʻzingizdan boshqa hech kim himoya qilmaydi. Bu - sizning ishingiz.
Kutishga arziydi
Qancha yashamoqchisiz? Uzoqmi? Aytaylik, siz oʻzingizga toʻqson yoshgacha yashashni rejalashtirdingiz. Keling, sizning hayotingizni chizgʻich shaklida tasavvur qilaylik - xuddi matematika darslarida foydalanganingiz kabi.
Dastlab belgini haqiqiy yoshingizga qoʻying. Soʻng nikohdan oʻtmoqchi boʻlganingizda necha yoshda boʻlishingizga mos raqam ostiga belgi qoʻying. Endi orqaga qayting va bu manzarani real vaqtda tasavvur qiling. Garchi Xudo umringizning oxirigacha jinsiy aloqadan lazzatlanishingizga yoʻl qoʻyadigandek tuyulsa-da, bu abadiyat bilan solishtirganda koʻpni tashkil qiladimi? Elkangizda ogʻir hissiy yuk boʻlmagan, sharmandali kasalliklarsiz, istalmagan homiladorlik va boshqa buzuqlik belgilarisiz turmush qurganingizda, eringiz bilan uzoq yillar davomida jinsiy aloqadan zavqlanish ehtimoli bir necha barobar ortadi.
Jinsiy aloqaga shoshilmaslik qanchalik muhimligini tushunishingiz uchun Mayk Meysonning "Nikoh siri" kitobidan parcha keltiramiz:
"Erkaklar hayotidagi yana qanday lahzalar birinchi nikoh kechasi bilan tenglashishi mumkin, goʻzal xonim kiyimlarini echib, uning yonidagi toʻshakka yotadi va bu ayol uning turmush oʻrtogʻi hisoblanadi. Kamdan-kam uchraydigan tirishqoqlik va zukkolik bilan odamlar sharmanda qilib, loyga qorishtirgan mashgʻulot aslida tasavvur qilish mumkin boʻlgan eng begʻubor narsa ekanligini bilib qolganda, uning hayratiga nima etsin? Dunyoda balogʻatga etgan erkak va ayol ishtirok etishi mumkin boʻlgan (Xudoga sigʻinishdan tashqari) va bu sevgi harakati kabi bolalarcha, pok va iffatli, tabiiy, sogʻlom va shubhasiz adolatli boʻlgan boshqa harakat bormi? Zero, agar bizning toat-ibodatimiz Xudo bilan eng yaqin muloqot boʻlsa... jinsiy yaqinlik insonlar oʻrtasidagi mumkin boʻlgan eng teran qoʻshilish usulidir."
Ha, Xudo jinsiy hayotni eng ajoyib lazzatlardan biri sifatida oʻylab topgan, bu esa xotinni eriga super-elim kabi mustahkam bogʻlaydi. Nikohdan oldingi munosabatlaringizda sogʻlom jismoniy chegaralarni oʻrnatish va saqlab qolish orqali siz birinchi nikoh kechasida ham, asal oyida ham va umringizning qolgan qismida ham afsuslanmasdan jinsiy yaqinlik moʻjizasidan bahramand boʻlishingiz mumkin.
«Nikohni hammangiz ezozlanglar. Er–xotinlik munosabatini begʻubor saqlanglar». Ibroniylar 13:4








































































































































