Har bir qizning vasvasasi (Shennon Etridj) 2 bob


Книга для девушек на Узбекском языке

Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF

Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF

- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob


Mundarija

Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)

I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar

II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish

III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?

IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak

V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!

VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»

VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish 

Xotima 


2-BOB

Boshida aytilgan rejaga qaytib

Shunday qilib, Xudo Oʻz suratiday qilib yaratdi inson zotini, Erkagu ayol qilib yaratdi ularni. Xudo buning ajoyib ekanini koʻrdi. (Ibtido 1:27)

Agar kimdir sizdan "Jinsiy aloqa nima?" deb soʻrasa, nima deb javob berasiz? Agar siz koʻpchilikka oʻxshasangiz, ehtimol, qizarib ketasiz va duduqlanib, tushunarsiz narsalarni gʻoʻldirab gapira boshlaysiz. Ehtimol, siz "penis" va "qin" soʻzlarini talaffuz qilib, bolalarning ishlab chiqarish mexanikasini tushuntirib bera olarsiz. Hayron boʻlmang, lekin bunday javob notoʻgʻri boʻladi. Siz shunchaki jinsiy aloqani tasvirlab berdingiz, xolos.

Bizni gaplarga oʻchakishyapti deb oʻylayapsizmi? Mayli. Unda ayting-chi, oxirgi marta maktab anketasini toʻldirganingizda "jins" degan ustunga nima deb yozgansiz?  Nahotki "bokira" (yoki "bokira emas") deb yozgan boʻlsangiz? Yoʻq, albatta! Siz "ayol" deb yozdingiz. Xudo barchani turli jinsda erkak yoki ayol qilib yaratgan. Bizning ayolligimiz yoki erkakligimiz mohiyatimizning ifodasidir. Homila paydo boʻlganidan to erdagi tanamizni tark etib, samoviy uyimizga yoʻl oladigan oʻlim vaqtigacha biz jinsiy mansublikka egamiz. Sizning ayol jinsiga mansubligingiz qoʻgʻirchoqlaringizni yasantirishda ham, kunlardan bir kun oyoqlaringizni qirib tashlashda ham, birinchi muhabbatdan hafsalangiz pir boʻlganida hoʻngrab yigʻlaganda ham oʻz tasirini koʻrsatadi. Toʻgʻrisini aytganda, ayni daqiqada ham bu kitobni oʻqiyotganingizda ham namoyon boʻladi! Hayronmisiz? Soʻzimizga ishoning: u yoki bu jinsga xos faoliyat bilan shugʻullanish jinsiy hayot kechirishni anglatmaydi. Biz azaldan jinsga ega boʻlgan mavjudotlarmiz va bu yerda, aytganlaridek, buni oʻzgartira olmaymiz.

Shunga qaramay, sizning jozibadorligingiz (jinsiy mansublik manosida) turli vaziyatlarda shaxsiyatingizda toʻliq uygʻunlikda namoyon boʻlmasligi mumkin. Ehtimol, oʻz jinsingizdan uyalganingiz uchunmi yoki uning doirasida oʻzingizni noqulay his qilganingiz uchunmi, xulq-atvoringizda barqarorlik yoʻqdir. Ehtimol, maktabda ham, jamoatda ham siz aql-idrok namunasi boʻlishingiz mumkin, lekin yigitlar davrasida boʻlishingiz bilanoq darhol boshqa odamga aylanib qolarsiz. Ichki noqulaylik, oʻziga ishonchsizlik, yashirinlik yoki uyatchanlik sizni impulsiv va masuliyatsiz harakatlarga undashi mumkin. Biz sizga izchil, oʻziga ishongan, yaxlit va jinsiy jihatdan sogʻlom shaxs boʻlishingiz uchun jinsiy tomonlama toʻgʻri idrok etishingizga yordam bermoqchimiz.

Oʻzingiz haqingizda bunday yangilikni eshitganingizda, siz: "Xoʻsh, agar Xudo meni jozibador qilib yaratgan ekan, demak U jinsiy aloqa bilan shugʻullanishimni istaydi", - deb oʻylashingiz mumkin. Ammo jinsiy aloqani jinsiy faollik bilan adashtirmang. Bu mutlaqo bir xil narsa emas. Xudoning rejasiga koʻra, biz umrimizning oxirigacha jinsiy mavjudot (yani erkak yoki ayol) boʻlib qolamiz, ammo Uning mukammal rejasi bizga faqat nikoh doirasidagi jinsiy munosabatlarni nazarda tutadi.

Yoki siz: "Men faqat jinsiy aloqada boʻlganimdagina ayol boʻlaman. Ungacha men qiz boʻlib qolaman” deb xato oʻylayotgandirsiz. Bizning jamiyatimiz jinsiy aloqani deyarli balogʻatga etish marosimiga aylantirib qoʻygan. Aslida unday emas. Aslida, bu mutlaqo bemanilik.

Oʻzingiz oʻylab koʻring. Oʻn yashar qizaloq jinsiy aloqa qilsa, bundan u ayol boʻlib qoladimi? Statistik malumotlarga koʻra, ayollarning faqat 80 foizi turmushga chiqadi - nahotki bu qolgan 20 foizi umr boʻyi qiz boʻlib qolishini va hech qachon ayolga aylanmasligini anglatsa?

         Nahotki voyaga etgan odam hech qachon jinsiy aloqa qilmagan boʻlsa, bu uning hech qachon erkak yoki ayol boʻlib ulgʻaymaganini anglatsa? Albatta, yoʻq.

Boshqacha aytganda, sizning jozibadorligingiz nima qilayotganingiz bilan emas, balki kimligingiz bilan belgilanadi. Xudoning rejasiga koʻra, ayol jinsiyligi erkak jinsiyligidan farq qiladi, buni oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin.

 

Vive la diffurence!

(Frantsuzchada: "Yashasin farq!")

Tugʻruqxonadan yangi tugʻilgan oʻgʻlimni olib kelganimda, uch yoshli qizim tez orada: "Oyijon, menda bunday tayoqcha yoʻq!" dedi. Bizning jismoniy tanalarimiz oʻrtasidagi farq erkaklar va ayollar oʻrtasidagi farqlarning boshlanishi xolos.

Oʻzingizning jinsiy pokligingizni saqlash va boshqalarga ham shunday qilishga yordam berish uchun bu farqlarni yaxshi tushunish juda muhimdir.

Buning uchun biz siz bilan orqaga, dunyoning yaratilishiga xayolan sayohat qilamiz.

Keling, Eram bogʻidagi Odam Ato va Momo Havoni koʻz oldimizga keltiraylik. Xudo ularga shunday buyruq beradi: "Uvali juvali boʻlib, yer yuzini toʻldiringlar" (Ibtido 1: 28). Bu buyruq quyidagicha talqin qilinadi: "Jinsiy aloqa bilan shugʻullaning va bolalar tugʻing."

Nima deb oʻylaysiz, agar Odam Ato Momo Havoga shunchalik oʻxshagan boʻlsa-yu, u bilan qoʻl ushlashib, bogʻda sayr qilib, gullar terib, ichki his-tuygʻularini baham koʻrsa, toʻliq baxtga erishish uchun jinsiy aloqa qilish qachondir ularning xayoliga kelarmidi? Boʻlishi mumkin emas.

Ammo Xudo Odam Atoni Momo Havoning ajoyib goʻzalligini koʻrganda yonib ketadigan qilib yaratgan va u haqiqatan ham "koʻpayishni va nasl qoldirishni" xohlagan va shu bilan Xudoning amrini bajargan. U bu ayol gavdasiga koʻz qirini tashlashi bilanoq: "Qani, qizaloq, tezroq mening oldimga yugur!" deb oʻylardi.

Xudo ilk odamlarga ulkan masuliyat - insoniyat naslining ajdodi boʻlish vazifasini yuklagan. Erkak kishi bu ulkan vazifani bajarishga qodir boʻlishi uchun, Xudo unga aynan kerakli narsani, yani lazzat baxsh etadigan jismoniy yaqinlik istagini bergan. Erkak koʻngli tortgan narsasiga qoʻl choʻzishni, unga teginishni, uni erkalashni, quchoqlashni, u bilan muhabbat qoʻshilib bor kuchini toʻkishni istaydi.

Odam Ato Momo Havvoga ilk bor nazar tashlaganidan buyon bu kabi tomoshalar kuchli jins vakiliga hayajonli tasir koʻrsatadi. Bunday vizual stimulyatsiyada erkakda sperma ishlab chiqarilishi keskin koʻtarilib, uning jismoniy aloqaga boʻlgan intilishini shu qadar kuchaytiradiki, u oʻz ustidan nazoratni yoʻqotishi mumkin. Shunday boʻlsa-da, Xudoning yordami bilan har bir erkak jinsiy mayllarini jilovlashni oʻrganib, hayvon emas, balki erkak ekanini isbotlashi mumkin.

Mulohaza yuritishda davom ettiramiz. Agar Momo Havo xuddi shu tarzda Odam Atoni taqib qilganida, u bilan muhabbatini koʻrsatishga intilganida, dalada ishlaganida va futbol oʻynaganida, u sogʻlom, muvozanatli, sezgir bolalarni tarbiyalay olarmidi? Boʻlishi mumkin emas. (Vaqt oʻtishi bilan uning oʻgʻli Qobil kimga aylangani boshqa masala - mulohazalarimiz ipini yoʻqotmaylik!)

Ammo Xudo Momo Havoning qalbiga yaqinlari bilan hissiy bogʻliq boʻlish, ularni boqish va gʻamxoʻrlik qilish istagini joylagan. Xudo unga "koʻpayishni" va "oʻstirishni" buyurdi. U ayolga (u bilan birga barcha ayollarga) insoniyatning boquvchisi boʻlish majburiyatini yukladi va unga buning uchun zarur boʻlgan xususiyatni: hissiy yaqinlik istagini singdirdi. Ayol oʻzi sevgan kishisini allalash, erkalash, suhbatlashish, gʻamxoʻrlik qilish uchun yaratilgan.

Shunday qilib, agar erkaklar koʻrish orqali idrok etgan narsalaridan hayajonlanishlari mumkin boʻlsa, ayollarni odatda eshitgan va his qilgan narsalari qiziqtiradi. Pornografiya tomosha qilish vasvasasi yigit uchun engib boʻlmas tuyulishi mumkin, ammo sizni sevgi romanini oʻqish yoki sevimli rok qoʻshiqchisining kontsertiga borish istiqboli koʻproq jalb qiladi. Erkak kishi echinayotgan ayolni zavq bilan tasavvur qiladi; siz esa, ehtimol, qoʻlingizni avaylab ushlab, qulogʻingizga qandaydir yoqimli narsalarni shivirlayotgan yigitni tasavvur qilsangiz kerak. Erkak qaragisi va ushlagisi keladi, ayol esa hissiy birlashuvni izlaydi.

Yigit jozibali narsani koʻrib, jinsiy vasvasaga tushadi; sizni esa sevishlarini, istashlarini, qadrlashlarini va ardoqlashlarini xohlaganingiz uchun yuragingiz siqiladi. Garchi yigit ham aqliy, hissiy va ruhiy aloqaga muhtoj boʻlsa-da, uning jismoniy ehtiyojlari, obrazli qilib aytganda, doimo rulda oʻtiradi, boshqa barcha ehtiyojlar esa yon va orqa oʻrindiqlarga joylashtiriladi. Sizda esa buning tamomila aksi. Yosh ayolning his-tuygʻulari odatda haydovchi oʻrnini egallaydi. Yigitlar jinsiy aloqa qilish uchun sevgiga rozi boʻladi, qizlar esa sevgiga erishish uchun jinsiy aloqaga rozi boʻladi, deb bejiz aytilmagan. Afsuski, koʻplab yosh xonimlar birinchi marta oʻzlarini shunchaki quchoqlashlarini xohlaganlarida jinsiy aloqaga kirishgan.

Shuni bilishingizni xohlar edikki, nikohsiz jinsiy aloqa sizga hech qachon muhabbat ham, siz orzu qilgan munosabatlar ham olib kelmaydi, lekin Xudoning yordami bilan siz oʻzingizni roʻyobga chiqarishingiz va sogʻlom turmush tarzida qoniqish topishingiz mumkin.

Jinsiy yaqinlik erkakka zavq bagʻishlashi mumkin, bunda uning qalbiga hech qanday tasir qilmaydi va uning xohish-istagi bilan hech qanday ruhiy birlikni keltirib chiqarmaydi. Bu chegaralanishning eng oxirgi darajasidir. Hech qachon: yigitlar xuddi siz kabi his qilishadi, deb oʻylamang.

Sogʻlom yosh ayol oʻz navbatida tanasini faqat kecha-yu kunduz kim haqida oʻylasa, kim bilan qalban va ruhan qoʻshilib ketgan boʻlsa, oʻshanga beradi (albatta, bu yerda ham bazi funktsiyalarning buzilishi yoki zararli odatlarga moyillik bilan bogʻliq istisnolar mavjud). U aql, yurak va qalb bilan berilganda, odatda, tana ham unga ergashadi. Bu toʻrtlik bir-biri bilan juda koʻp va murakkab bogʻlanishlar orqali bogʻlangan. Stiv Fred Stoker bilan hamkorlikda yozgan "Har bir yigitning kurashi" kitobida yoshlar ayolga shahvat bilan qaramaslik uchun koʻzlarini bir zumda boshqa tomonga olib qochishlari qanchalik muhimligi haqida soʻz boradi. Garchi siz qayoqqa qarayotganingizni nazorat qilishingiz kerak boʻlsa-da (axir, ayol ham ehtiyotsiz nigohlardan hayajonlanishi mumkin), sizning asosiy tashvishingiz yuragingizni himoya qilish va darhol vasvasa haqidagi fikrlardan qochib, boshqa narsaga etibor qaratishingiz kerak.

2.1-jadvalda biz hozirgina muhokama qilgan farqlarning qisqacha roʻyxati keltirilgan. Keyinchalik biz yigitlar va qizlar oʻrtasidagi bazi boshqa farqlar haqida gaplashamiz va hozircha eng muhimi, Xudo erkaklar va ayollarni juda farqli qilib yaratganini tushunishingizdir. Ammo har qancha oʻxshamasak ham, bir-birimizga juda mosmiz.

 

Книга для девушек на Узбекском языке

 

Bir-biriga uygʻunlashish uchun yaratilgan.

Xudoning mukammal niyatiga koʻra, biz tanamiz, aqlimiz, his-tuygʻularimiz va ruhimiz bilan qarama-qarshi jinsga intilamiz, bir-birimizga yaqinlashishga intilayapmiz.

Jinsiy aloqaga intilish "Menga bir nazar sol!" degan iltimosga oʻxshaydi. Bu ich-ichimizda qanday boʻlsak, shundayligicha koʻrish va maqullash, xuddi shunday bir-birimizni chinakamiga bilish uchun boshqa odamning tub-tubiga nazar tashlash kabi zerikarli istakdir. Darvoqe, Vebster lugʻatiga koʻra, "bilmoq" felining manolaridan biri jinsiy aloqaga kirishishdir.

Xudo bizning tanamizni jinsiy aloqa paytida erkak jinsiy azosi ayol qiniga mukammal joylashadigan qilib yaratgan. Ammo jinsiy yaqinlik shunchaki jismoniy qoʻshilish uchun moʻljallanmagan.

Xudo uni ikki jism, ikki aql, ikki qalb va ikki ruhning qoʻshilib, bir tanaga aylanishini istagan. Kimki baxtli er-xotinlik doirasida bu birlashuvni his etgan boʻlsa, u osmonning bu tomonida boʻlishi mumkin boʻlgan eng ajoyib va mukammal his-tuygʻulardan birini boshdan kechirgan boʻladi.

Xudo jinsiy yaqinlikdan xursand boʻlishingizni istaydi. U sizga tananing alohida qismini - klitorni berdi, uning sizga jinsiy lazzat hissini berishdan boshqa vazifasi yoʻq.

 

Bir-birini kutish uchun yaratilgan

Ajoyib, toʻgʻrimi? Egamiz erkak va ayolni bir-biriga aynan mos keladigan, bir-biri bilan hissiy birlikka intiladigan, bir-birini koʻrganda, ovozini eshitganida, hatto hididan ham shahvati uygʻonadigan, hayajonlanadigan qilib yaratgan. U bizni shunchalik sevadiki, vujudimizning har bir hujayrasini Uning amrini bajarish - koʻpayish va nasl qoldirish istagi bilan titraydi. U jinsiy aloqa erkaklar va ayollarga jismoniy, aqliy, hissiy va manaviy jihatdan tariflab boʻlmaydigan zavq bagʻishlashini taminladi.

Biroq, agar jinsiy aloqa juda ajoyib narsa boʻlsa, nima uchun unga tayyor ekanligingizni his qilgan zahoti u bilan shugʻullanishni boshlashingiz mumkin emas?

Xudoning niyatiga koʻra, siz faqat nikoh quribgina jinsiy aloqadan zavq olishingiz kerak. Xudo jinsiy aloqa odamga qanchalik zavq berishini va juftlikni qanchalik mahkam bogʻlay olishini juda yaxshi biladi. Shuningdek, u nikohdan tashqari jinsiy aloqaning jismoniy, aqliy, hissiy va manaviy oqibatlaridan xabardor boʻlib, sizni ulardan himoya qilishni istaydi. Qachondir turmush oʻrtogʻingiz bilan oʻrnatadigan ajoyib yaqinlik ogʻriqli oqibatlardan va aybdorlik tuygʻusidan xoli boʻladi va rostini aytsam, bu uni kutishga arziydi!

Tasavvur qiling, ikki jinsiy pok odam turmush quryapti. U oʻz qalbini nikohgacha boʻlgan jinsiy aloqalar va pornografiyadan himoya qildi, shuning uchun u hayotida koʻrgan yagona yalangʻoch ayol edi. U yigit uchun nimani anglatishini tasavvur qila olasizmi? Uni esa ungacha hech bir yigit quchoqlamagan, shuning uchun unga faqat uning terisining hidi tanish. Uning teginishlari va erkalashlarini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi. U qiz uchun nimani anglatishini tasavvur qila olasizmi? Ular zarracha aybdorlik hissi aralashmagan jinsiy aloqa bilan shugʻullanishlari mumkin va buni umrlarining oxirigacha xohlagancha va istagancha qilishlari mumkin. Xudo yaratgan jinsiy aloqa mana shunday boʻladi. Oʻxshatishlarsiz. Umidsizliklarsiz. Aybdorlik yoki uyat hissi yoʻq. Faqat er-xotin oʻrtasidagi yaxshi, sof lazzat.

 

“Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan boʻlak boʻlib, xotiniga bogʻlanib qoladi, ikkalasi bir tan boʻladilar. Odam bilan xotini qip–yalangʻoch yurardilar, bir–birlaridan uyalish hissini sezmasdilar” (Ibtido 2:24,25).

 



AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
YouTube.com/@UzAudioKitob

Audiokitoblar Uzbek tilida

Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


MakDonaldning sharhlari kitob
Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/




Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Har bir qizning vasvasasi kitobi haqidagi fikrlar    911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак