Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
VI-QISM
OʻZ TANANGIZNI HIMOYa QILISh
19-BOB
Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
Shunday qilib, endi gunoh sizlarning foniy tanalaringiz ustidan hokimlik qilmasin, xudbin istaklaringizga itoat etmanglar. Tanangizning hech bir azosini yomonlik quroli qilib, gunohning izmiga topshirmanglar. Aksincha, oʻzingizni Xudoning izmiga topshiringlar, chunki sizlar oldin oʻlik edingizlar, endi esa yangi hayotga egasizlar. Sizlarning tanangiz Xudoning solihlik quroli boʻlsin.
Maktabdan soʻng men patologoanatomlikka oʻqimoqchi va murdalarni yorib, oʻlim sababini aniqlamoqchi edim. Ammo tibbiyot kollejida oʻqishga qurbim etmagani uchun, koʻp oʻylab oʻtirmay, turdosh oʻquv yurtini tanladim va dafn xizmatlari sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan kollejga oʻqishga kirdim.
U yerda oʻqiyotganimda, Dallasdagi eng yirik dafn marosimi idorasida ishlardim. Bundan tashqari, biz shahar atrofidagi boshqa oʻn uchta shunga oʻxshash muassasada buyurtma qilingan balzamlashni amalga oshirardik. Garchi men shugʻullangan marhumlarning aksariyati, odatdagidek, umri tugagan qariyalar boʻlsa-da, mening balzamlash xonamda koʻplab yoshlar va oʻsmirlar paydo boʻlgani meni hayratda qoldirdi. Ularning oʻlimiga odatda nima sabab boʻlgan? Kimdir OITS asoratlaridan vafot etgan, kimdir OIV bilan kasallanganini bilib, oʻz joniga qasd qilgan. Bu odamlarning bevaqt hayotdan koʻz yumishlari ularning jinsiy tanlovi xususiyatlari tufayli ekanligini tushunish uchun peshonangizda yetti qarich boʻlishingiz shart emas edi va men oʻz turmush tarzim haqida oʻylay boshladim. Oʻzimga-oʻzim tez-tez: "Xaqat Xudoning rahm-shafqati bilan men bu mumlangan stol ustida turibman, unda yotmayman!" - derdim.
Bir necha yil oʻtgach, turmushga chiqib, birinchi farzandimni dunyoga keltirganimda, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar va ularning ayollar reproduktiv tizimiga tasiri haqidagi maruzalarda qatnashishga toʻgʻri keldi. Maruza slaydlar namoyishi bilan birga olib borildi. Men OITS va OIV haqida koʻp narsani bilardim, lekin bu yoʻl bilan koʻplab kasalliklar - gerpes, xlamidiya, gonoreya, zaxm, odam papillomasi virusi va yana koʻplab boshqa, talaffuzi qiyin boʻlgan nomlar yuqishi xayolimga ham kelmagan. Men kasallangan jinsiy azolarning suratlarini tomosha qilib, bunday kasalliklarga chalingan yosh ayollar haqidagi hikoyalarni tinglab oʻtirardim va koʻzlarimdan yosh oqardi. Bemorlarning koʻpchiligi jinsiy tizimning qaytmas shikastlanishi natijasida farzand koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan. Oʻrnimdan irgʻib turib, uyga yugurgim, qizalogʻimni mahkam quchoqlab olgim, bu dahshatli kasalliklardan birini orttirib, oʻz farzandimni dunyoga keltirish imkoniyatidan umrbod mahrum boʻlishimdan oldin hayotimni oʻzgartirib yuborgani uchun Xudoga ming bor shukronalar aytgim kelardi.
Men Xudodan soʻrardim: "Qanday qilib men OITSdan oʻlmadim? Meni bepusht qilib qoʻyadigan kasallikdan qanday qilib qutulib qoldim? Nega menga rahm qilding? Rahm-shafqating uchun chuqur minnatdorchiligimni qanday izhor eta olaman? Qalbimda Xudoning javobi aniq jarangladi: "Ana, xalqim Meni bilmagani uchun nobud boʻlmoqda [Xoʻsheya 4:6] Sen oʻz bilimingni boshqalarga etkazishing kerak, toki ular halok boʻlmasinlar."
Bir kun kelib sevimli insoningizga turmushga chiqish uchun yashashni xohlaysizmi?
Yangi tugʻilgan chaqaloqlaringizni qoʻlingizda koʻtarib yurish uchun;
Farzandlaringiz qanday ulgʻayib, oʻz farzandlariga ega boʻlishlarini koʻrish uchun;
Sevimli turmush oʻrtogʻingiz bilan birga umr kechirish va keksayish uchun;
Unda keyingi aytiladigan gaplarga diqqat bilan qarang.
Hozir biz siz bilan jinsiy pokligimiz uchun kurashda yutqazganimizda nima boʻlishini koʻrib chiqamiz. Bizni ikkita mavzu qiziqtiradi: sizning sogʻligʻingiz va boʻlajak farzandlaringizning sogʻligʻi. Ammo avvalo, Xudo nikohdan tashqari munosabatlar haqida nima deyishini bilib olaylik.
Nega Xudo uchun bu shunchalik muhim?
Mana, Xudo zinokorlik va fohishabozlik (nikohsiz jinsiy aloqani aks ettiruvchi soʻzlar) haqida nima deyayotganiga bir nechta misol.
«Jinsiy axloqsizlikdan oʻzingizni olib qochinglar! Jinsiy axloqsizlik bilan gunoh qilgan oʻz tanasiga qarshi gunoh qilgan boʻladi, qolgan hamma gunohlar esa tanaga bevosita bogʻlanmagan holda qilinadi. Nahot bilmasangiz?! Qalbingizda maskan qilgan Muqaddas Ruhni Xudo sizlarga bergan. Tanangiz Muqaddas Ruhning mabadidir. Sizlar oʻzlaringizga tegishli emassizlar. Sizlar qimmat bahoga sotib olingansizlar. Shuning uchun oʻz tanangiz bilan Xudoni ulugʻlanglar». (1 Korinfliklar 6:18-20)
«Xudbinlashmoq istaklarga erk berish quyidagilarni keltirib chiqarishi hammaga ayon: fahsh–zino, harom–harishlik, axloqiy buzuqlik, butparastlik, folbinligu issiq–sovuq qilishlar, dushmanlik, janjalkashlik, rashk, jahldorlik, gʻalamislik, nizolaru har xil guruhlarga boʻlinish, baxillik, ichkilikbozlik, aysh–ishratga berilish va shularga oʻxshash ishlar. Sizlarni oldin ogohlantirgandim, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydi». (Galatiyaliklar 5:19-21)
Ehtimol, siz hayron boʻlayotgandirsiz: "Nikohdan tashqari jinsiy aloqaning nimasi qoʻrqinchli? Koʻpchilik bu bilan shugʻullanadi! Nega Xudo uchun bu shunchalik muhim?
Xudo uchun bu juda muhim, chunki U bizning tanalarimizni yaratdi va ularni bir kishi - turmush oʻrtogʻi yoki rafiqasi bilan sof jinsiy aloqada birlashtirish uchun moʻljalladi.
U biladiki, bizning organizmimiz tabiatan mikroblar va bakteriyalarning bazi turlarini engishga qodir emas. Shuningdek, tanamiz oʻzimizga ham, Uning "koʻpayish va nasl qoldirish," yani jinsiy hayot kechirib, farzand koʻrish buyrugʻini bajarish qobiliyatimizga ham katta zarar etkazadigan jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarga dosh berolmaydi.
Xudo jinsiy aloqaning bazi turlarini taqiqlaydi, chunki u bir-birimiz bilan munosabatlarimizda sogʻligimiz va farovonligimiz haqida qaygʻuradi.
Qisqasi, Xudo bizga faqat yaxshilik tilaydi, shuning uchun Muqaddas Kitob orqali nikohsiz jinsiy aloqa Uning niyatiga zid ekanini va katta xavf tugʻdirishini aytadi. Shuning uchun ham...
Oʻz tanangiz haqida nimalarni bilishingiz kerak?
Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar haqida gap boshlashdan oldin, Xudo bizning tanamizni farzand koʻrish uchun qanday yaratganini koʻrib chiqaylik. Ayollar jinsiy sohasiga koʻplab tarkibiy qismlar kirsa-da, biz bu yerda yuqorida aytib oʻtilgan kasalliklardan eng koʻp aziyat chekadigan reproduktiv yoki tugʻish tizimining eng muhim elementlarini koʻrib chiqamiz: bular tuxumdonlar, fallopiy naylari, bachadon, bachadon boʻyni va vaginal kanal.
- Tuxumdonlar. Bu ikkita kichik bodomsimon organ boʻlib, ularda tuxum hujayralari deb ataladigan minglab urgʻochi reproduktiv hujayralar mavjud. Qiz bola tuxum hujayralari zaxirasi bilan dunyoga keladi, bu tuxum hujayralar unga butun umrga beriladi, ular jinsiy balogʻatga etganda har oyda bittadan ajralib chiqa boshlaydi. Bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi. Jinsiy aloqada spermatozoid (yani erkaklik jinsiy hujayrasi) tuxum hujayra ichiga kirsa, tuxum hujayra urugʻlanadi va shu tariqa boʻlajak bola paydo boʻladi.
- Fallopiy naylari. Tuxumdonlarni bachadon bilan bogʻlaydigan bu ikkita ingichka naychalar ichkaridan ingichka, tuklarga oʻxshash xivchinlar bilan qoplangan boʻlib, ular
"kiprikchalar” deb ataladilar. Ularning vazifasi tuxumni tuxumdondan, urugʻni esa bachadondan bir-biriga qarab haydashdir, shunda ular uchrashib, urugʻlanish sodir boʻladi.
- Bachadon. Bu - boʻlajak bolaning uyi, chunki u toʻqqiz oy davomida aynan shu yerda oʻsadi va rivojlanadi. Bachadon shaklan toʻnkarilgan nokka oʻxshaydi. Har oyda bachadonning ichki devorlari qon bilan moʻl-koʻl toʻyinib, urugʻlangan tuxum hujayraning devorga yopishib, oʻsa boshlashi va tugʻilajak bolaga aylanishini kutadi. Chaqaloq dunyoga kelguncha ozuqa moddalarni shu qondan oladi. Agar urugʻlanish sodir boʻlmasa, qon qatlami asta-sekin parchalanadi va hayz tsikli davomida organizmdan chiqib ketadi, bu odatda uch kundan yetti kungacha davom etadi.
- Bachadon boʻyni. Bu bachadonni qin kanalidan ajratib turadigan yumaloq mushakdir. Uning asosiy vazifasi ayol homilador boʻlganida qisqarish, yopilish va shilliq tiqin hosil qilishdir. Shunday qilib, bolaning butun rivojlanishi davomida uni oʻrab turadigan suyuqlik bilan toʻldirilgan amniotik qopning himoyasi yaratiladi. Agar chaqaloq allaqachon tugʻilishga tayyor boʻlsa, bachadon boʻyni ochila boshlaydi yoki kengayadi va shilliq tiqin chiqadi. Bachadon boʻynining diametri oʻn santimetrga etganda, bola boshi va tanasi oʻtishi mumkin boʻlgan yoʻl hosil boʻladi.
- Qin kanali. Bu uzunligi uch-toʻrt dyuym (7-10 sm) boʻlgan elastik mushak yoʻlagidir. Agar hayz paytida tamponlardan foydalansangiz, ular aynan qinga joylashtiriladi. Jinsiy aloqa paytida bu kanalga erkak jinsiy azosi kiradi. U tugʻruq kanali deb ham ataladi, chunki u orqali bola dunyoga keladi.
Endi tanangiz haqida koʻproq bilib olganingizdan soʻng, nikohdan oldingi jinsiy aloqadan oʻzingizni tiymasangiz nima boʻlishi mumkinligini koʻrib chiqamiz.
Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar haqida nimalarni bilish kerak?
1970 yillargacha jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin boʻlgan kasalliklarning faqat ikkita asosiy turi malum edi: sifilis va gonoreya. Ikkalasi ham penitsillin inektsiyasi davolash kursi yordamida osongina tuzalardi, shuning uchun ular kamdan-kam odamlarni jinsiy faollikdan tiyilishiga yordam bermasdi.
Bugungi kunda tibbiy tadqiqotlar malumotlariga koʻra, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarning yigirmadan-yigirma beshtagacha asosiy turlari mavjud. Ularning bazilari haqida siz bilan suhbatlashamiz. Bu kasalliklar haqida AQShdagi mutaxassislar shunday deydilar:
- Har yili amerikaliklar orasida 15 mln. yangi Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklar holatlari qayd etiladi.
- AQShda 68 milliondan ortiq odam Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklar bilan kasallangan.
- Har yili Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklar Amerikaga 8 milliard dollardan ortiq zarar keltiradi.
- Hozirgi vaqtda genital gerpes bilan boshqa barcha Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklarga qaraganda koʻproq amerikaliklar (45 million) kasallanmoqda.
- Yangi infektsiyalar orasida har yili eng koʻp odam papilloma virusi (OPV) bilan kasallanish holatlari qayd etilmoqda - 5,5 mln.
Barcha Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklar orasida OIV (odam immuniteti tanqisligi virusi) eng katta tashvishga sabab boʻlmoqda. U tanani kasalliklarga qarshi turish qobiliyatidan mahrum qiladi, natijada odatda OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) rivojlanadi, bu immunitet tizimini yoʻq qiladi va odamni koʻplab kasalliklar oldida butunlay himoyasiz qiladi: u leykemiyadan ham, oʻpka yalligʻlanishidan ham vafot etishi mumkin. OITS onaning qoni orqali uning qornidagi homilaga oʻtishi mumkin, bu esa bolaga erta yoshda oʻlim xavfini tugʻdiradi. Bazi malumotlarga koʻra, OITSdan allaqachon 20 mln. dan ortiq odam vafot etgan, hozirda esa 42 mln. OITSning oldini olish choralari asosan oʻsmirlar orasida amalga oshiriladi, chunki ular kattalarga qaraganda turli sheriklar bilan koʻproq xavfli jinsiy aloqaga kirishadilar.
Agar OIV butun diqqat-etiborimizni band qilmaganida edi, biz OIV (odam papillomasi virusi) haqida koʻproq eshitgan boʻlardik. Ushbu kasallik har yili eng yuqori infektsiya darajasiga ega (eslatib oʻtamiz, birgina Qoʻshma Shtatlarda har yili 5,5 million kishi kasallanadi!). Bakterial infektsiyalar antibiotiklar yordamida davolanadi, ammo OPV, gerpes va OIV kabi viruslarning davosi yoʻq. Ushbu kasalliklarning alomatlari davolanadi, ammo virusning oʻzi sizda bir umrga qoladi. Mana Jinsiy salomatlik tibbiyot instituti (JSST) ning OPV haqidagi malumotlari:
- OPV bosh miya saratonining barcha holatlarining 93% dan ortigʻida mavjud.
- Har yili Qoʻshma Shtatlarda bachadon boʻyni saratonidan OITSdan koʻra koʻproq ayollar vafot etadi.
- Koʻpchilik amerikaliklar, shu jumladan sogʻliqni saqlash xodimlari, OPVning qanchalik keng tarqalganligi haqida xabardor emaslar. Bachadon boʻyni saratonidan tashqari, OPV qin, jinsiy olat, toʻgʻri ichak (anal jinsiy aloqa natijasida) yoki ogʻiz boʻshligʻi (oral jinsiy aloqa natijasida) saratonini keltirib chiqarishi mumkin.
- Milliy onkologiya instituti doktori Richard Klausner shunday deydi: "Prezervativ vositasi OPVdan samarasiz himoyadir, chunki bu virus nafaqat shilliq [nam] toʻqimalarda, balki qorin va chov sohasining quruq terisida ham koʻpayadi, u bu joylardan qin va bachadon boʻyniga [koʻchishga] qodir."
OPV papillomalar (oʻtkir uchli soʻgallar) paydo boʻlishini ragʻbatlantiradi, shifokorlar ularni lazer yordamida kuydirib, koʻpincha shikastlangan toʻqimalarni qoldiradi (odatda, bunda qinning boʻyni yoki tashqi sohasi, vulva deb ataladigan qismi zarar koʻradi). Koʻpincha bunday operatsiya natijasida bachadon boʻyni mushagi zaiflashadi va homiladorlik paytida u bu organni yopiq holda ushlab tura olmaydi, bu esa homila tushish xavfini oshiradi.
Hatto sizda hech qanday alomatlar boʻlmasa ham...
Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklar haqidagi barcha ogohlantirishlarga qaramay, koʻplab odamlar vaginal, anal va oral jinsiy aloqa qilishda davom etmoqdalar. Ular oʻzlariga: "Men sogʻlomman, chunki menda hech qanday kasallik alomatlari yoʻq!" yoki: "Men har doim "xavfsiz jinsiy aloqa" bilan shugʻullanaman, shuning uchun bu kasalliklardan qoʻrqishimning hojati yoʻq." deyishadi. Yoki boʻlgʻusi sherigidan ehtiyotkorlik bilan: "Sen kasal emasmisan?" deb soʻralsa, u: "Albatta, yoʻq!" deb javob beradi.
Xavf yoʻqligiga oʻzingizni ishontirishdan oldin, MISZ malumotlariga koʻra, 70-80% hollarda Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklarni tashuvchilarda hech qanday alomatlar kuzatilmasligini yodda tuting. Tegishli tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan turib, siz bilan muloqotga kirishgan har bir yangi hamkorga yuqishi mumkin boʻlgan u yoki bu kasallikka chalinganligingizga shubha qilmaysiz. Bazi Jinsiy yoʻl orqali yuqtirilgan kasalliklarlar - masalan, OPV ni - hatto tibbiy tekshiruvlar yordamida ham aniqlash qiyin. Kasallik umringizning oxirigacha sizga hamroh boʻladi va siz jinsiy aloqaning har qanday turi bilan: vaginal, oral, anal yoki oʻzaro masturbatsiya bilan shugʻullangan har qanday odamga yuqtirasiz.
Bugungi kunda yoshlar "xavfsiz" jinsiy aloqa bilan shugʻullanib, kasalliklardan qoʻrqmasligi mumkinligiga qattiq ishontirilmoqda. Darhaqiqat, prezervativdan foydalanadigan odam kamroq tavakkal qiladi, lekin bu jinsiy aloqani "xavfsiz" qilmaydi. Doktor Syuzan Ueller shunday deydi: "Prezervativ OIV yuqishidan saqlaydi, degan fikrni qoʻllab-quvvatlagan odam boshqalarga ziyon etkazgan boʻladi." Prezervativ OIV tarqalishining oldini olishga qanchalik qodirligini aniqlash uchun maxsus tadqiqotlar oʻtkazildi va undan foydalanish yuqtirish xavfini atigi 69 foizga kamaytirishi aniqlandi. Bunday yuqori xavf omilida - 31%! - prezervativ sizni OIVdan himoya qilishiga umid qilish olti oʻqli revolverga ikkita oʻq joylab, rus ruletkasini oʻynashga oʻxshaydi. Unchalik oqilona emas, toʻgʻrimi?
Agar siz haqiqatan ham oʻzingizni himoya qilmoqchi boʻlsangiz, tartibsiz jinsiy aloqalardan saqlaning. Hech bir prezervativ sizni nikohdan tashqari jinsiy aloqaning mumkin boʻlgan jismoniy oqibatlaridan toʻliq himoya qila olmaydi. Hech qanday prezervativ sizni gunohning manaviy oqibatlaridan - Xudo bilan munosabatlarning buzilishidan himoya qila olmaydi. Hech qanday prezervativ sizni hissiy oqibatlardan - ruhiy ogʻriqdan, singan yurakdan himoya qila olmaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jinsiy aloqaga erta kirishgan oʻsmir qizlar bokiraligini saqlab qolganlarga qaraganda uch baravar koʻproq oʻz joniga qasd qilishadi. Qiz bola bokiraligini yoʻqotar ekan, odatda, oʻziga boʻlgan hurmatini yoʻqotadi, achchiq afsus-nadomatlar va qattiq iztirob chekadi. Shuning uchun "xavfsiz jinsiy aloqa" haqida emas, balki nikohdan oldin jinsiy aloqani kechiktirish haqida oʻylash kerak.
Agar siz bu haqiqatni jismoniy chegaralaringizni buzishga yoʻl qoʻyganingizdan keyin oʻzingiz uchun kashf etgan boʻlsangiz, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasallik yuqtirgan-yuqtirmaganingizni tekshirish uchun albatta shifokorga boring. Sizga qiyin yoki noqulay boʻlishini tushunamiz, ammo toʻgʻri davolanish nafaqat sizning, balki boʻlajak oilangizning ham hayotini saqlab qolishi mumkin.
Boʻlajak farzandlaringiz uchun
Agar siz koʻpchilik tengdoshlaringizga oʻxshasangiz, demak, qachondir farzandli boʻlmoqchisiz. Hayotni qayta tiklash va oʻz avlodlariga mehr-muhabbat meros qoldirish istagi deyarli barcha odamlarga xosdir. Zabur 126:3-5 da shunday deyilgan:
«Oʻgʻillar Egamizdan merosdir, Farzandlar Undan mukofotdir. Yoshligingizda tugʻilgan oʻgʻillaringiz Jangchining qoʻlidagi oʻqlardaydir. Oʻqdoni toʻla shunday inson baxtlidir! Shahar darvozasi oldida Dushmani bilan davolashganda, U sharmanda boʻlib qolmaydi.
Agar qachondir farzand koʻrishni istasangiz, bu kitobni diqqat bilan oʻqib chiqishingiz kerak. Farzand koʻrish qobiliyatingiz koʻp jihatdan iffat uchun kurashda gʻalaba qozonishingizga bogʻliq boʻladi. Gap shundaki, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan bazi kasalliklar fallopiy naylarida chandiqlar hosil boʻlishiga sabab boʻladi, bu chandiqlar ayol tuxum hujayrasining erkak spermasi bilan qoʻshilishiga toʻsqinlik qiladi. Siz oʻzingizga: "Buni qarang-a! Men esa bepushtlikni davolaydigan klinikaga boraman va u yerda menga homilador boʻlishimga yordam berishadi." dersiz. Ammo, bilasizmi, tibbiy muolajalar homiladorlik bilan muvaffaqiyatli yakunlanishi va sizda sogʻlom bola tugʻilishiga hech qanday kafolat yoʻq; bundan tashqari, suniy urugʻlantirish katta mablagʻ, vaqt va hissiy xarajatlarni talab qiladi. Koʻpchilik buni tasdiqlashlari mumkin edi.
Shuni yodda tutingki, abortlar ham farzand koʻrish qobiliyatiga salbiy tasir koʻrsatadi. Koʻpincha nikohsiz homilador boʻlgan yosh ayollar buni vaziyatdan chiqishning oddiy va oson yoʻli deb bilishadi. Na omma oldida sharmanda boʻlasan, na doʻstlaring va qarindoshlaring oldida uyalasan - shunchaki istalmagan homiladan xalos boʻlasan va buni hech kim hech qachon bilmaydi. Ammo oʻz xatolarini qilish oʻrniga oʻz xatolaridan saboq olishingizni istaydigan Debra shunday hikoya qiladi:
"Oʻn toʻqqiz yoshimda homilador boʻldim. Yigitim menga uylanishdan qatiyan bosh tortdi va boʻlajak farzandimni tarbiyalashda menga yordam bermoqchi emasligini aytdi. Shunda men abort qilishga qaror qildim. Nazarimda, bu fojiali xatoni tuzatishning eng oson va tez yoʻli edi. Yigirma yildan koʻproq vaqt davomida, ayniqsa, Mavlud bayramlarida va aprel oyida, bu bolaning tugʻilgan kunini nishonlashimiz mumkin boʻlganida, meni qiynagan uyat va ogʻriqni tasvirlay olmayman. Oʻsha mashum abort natijasida bachadonim qattiq shikastlandi, endi tugʻolmayapman, vaholanki, erim, ajoyib inson, farzand koʻrishni juda-juda istardi. Oʻsha bemani qarorimdan qanchalik afsusdaman - undan koʻra nikohsiz homiladorlikdan uyat va xoʻrlikni boshdan kechirishni afzal koʻrardim, bu bolani tugʻib, uni asrab olishga bergan boʻlardim, menga ancha engil boʻlardi. Lekin hozir oʻz bolamni oʻldirib, bepusht boʻlib qolganim uchun yuragimda ogʻir yuk borligini doimo his qilaman. Bu hasratni oʻzim bilan goʻrga olib ketaman”.
"Abort. Aldangan umidlar" maqolasida Meggi Gallagerning malum qilishicha, statistik malumotlarga koʻra, homilador boʻlgan toʻrtta boladan bittasi oʻlimga mahkum: onasi uni abort qilib oʻldiradi. U shunday deb yozadi:
"Abort ayollarga birinchi duch kelgan odam bilan hech qanday majburiyatsiz manosiz jinsiy aloqa qilish imkoniyatini beradi... Qizigʻi shundaki, bu jinsiy beboshlik ayolga unchalik zavq ham bermaydi. Soʻnggi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ayolning jinsiy qoniqishi, birinchi navbatda, u tanasiga yaqinlashtirgan erkak bilan munosabatlarining hissiy sifati bilan belgilanadi."
Meggi mutlaqo haq. Nikohsiz jinsiy aloqa jozibali tuyulishi mumkin, ammo nikohdan oldin jinsiy aloqada boʻlganlar bunday munosabatlar ayolning sevgi, yaqinlik, ishonchlilikka boʻlgan ichki intilishini qondirmasligini tasdiqlaydilar. Bu faqat Xudo tomonidan belgilab qoʻyilgan yaqinlikni, yani ayolni nikoh rishtalari bogʻlab turgan sevgan, sadoqatli, vafodor erkak bilan boʻladigan yaqinlikkina berishga qodir.
Gʻalabaga tayyormisiz?
Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar haqida bilib olganingizdan va Xudo nima uchun jinsiy aloqaga faqat er-xotin munosabatlari doirasida yoʻl qoʻyishi haqida tushunchaga ega boʻlganingizdan soʻng, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar, rejalashtirilmagan homiladorlik va bepushtlikka qarshi mudofaa chizigʻini qurishga tayyormisiz? Ajoyib!
Keyingi boblarda biz tanangizni jinsiy xavfdan himoya qilishning bazi aniq usullarini koʻrib chiqamiz.
“Oʻzlaringizni aldamanglar! Xudoni laqillatib boʻlmaydi. Inson nima eksa, shuni oʻrib oladi. Xudbin istaklarini qondirish uchun urugʻ ekkanlar oʻsha xudbin istaklari tufayli halokatni oʻrib oladilar. Ruhni mamnun qilish uchun urugʻ ekkanlar esa Ruhdan abadiy hayot oʻrib oladilar” Galatiyaliklar 6:7-8








































































































































