Har bir qizning vasvasasi (Shennon Etridj) 18 bob


Книга для девушек на Узбекском языке

Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF

Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF

- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob


Mundarija

Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)

I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar

II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish

III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?

IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak

V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!

VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»

VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish 

Xotima 


18-BOB

Qayerda toʻxtashni bilish

Lekin adashmanglar,​ axir, “yomon ulfatlar yaxshi axloqni buzadi”,​ deyishadi–ku! Koʻzlaringizni ochib,​ oʻzingizga kelinglar!​ Bas endi,​ gunoh qilavermanglar.​ Koʻrinib turibdiki,​ bazilaringiz Xudoni bilmaysizlar.​ Sizlarni uyaltiray deb, bularni aytyapman.

1 Korinfliklar 15:33-34

 

Siz uchun svetoforning yashil chirogʻi yonganda, qandaydir mashina tezlikni oshirib, chorrahadan qizilga uchib oʻtgani uchun svetofor oldida toʻxtashingizga toʻgʻri kelmadimi? Bu tez-tez sodir boʻlib turadi va haydovchilarning bunday nooqilona xatti-harakatlari natijasida koʻpincha yirik avariyalar sodir boʻladi. Ehtimol, rulda oʻtirgan odam shunday mulohaza yuritar: "Toʻliq tezlikda tormozlash faqat pokrishkalarni yuvishdir. Yaxshisi, men bu chorrahadan oʻtib ketaman!" Lekin..."sochi toʻkilgan" pokrishka majaqlangan mashinalar va mayib-majruh odamlar bilan taqqoslanadimi?

Hissiy manoda "qizil chiroqqa chiqish" ham bizga xuddi shunday qimmatga tushadi. Biz sizga sogʻlom muhabbatdan bahramand boʻlishingizni tilaymiz, ammo zararli va nosogʻlom munosabatlar ham borligini unutmang: bu "taqiqlangan meva"ga intilish va moyillikdir. (Yana 15.1-rasmga murojaat qilishingizni soʻraymiz).

 

"Taqiqlangan meva"

Shunday ishqiy munosabatlar borki, ayol ularni hech qanday koʻrinishda qoʻllab-quvvatlamasligi kerak, chunki Xudo Oʻz Kalomida ularni amalga oshirishni qatiyan taqiqlaydi. Mana shunday "taqiqlangan meva"ga bir nechta misollar:

  • Imonsizlar bilan sherik boʻlmanglar.​ Solihlik bilan qabihlikning orasida​ qanday aloqa bor?!​ Nur bilan zulmat orasida​ qanday umumiylik boʻlishi mumkin?!» (2 Korinfliklar 6:14)

 

  • uylangan erkaklarNikohni hammangiz ezozlanglar.​ Er–xotinlik munosabatini​ begʻubor saqlanglar.​ Fahshu zinoga berilganlarni Xudo hukm qiladi» (Nikohni hammangiz ezozlanglar.​ Er–xotinlik munosabatini​ begʻubor saqlanglar.​ Fahshu zinoga berilganlarni Xudo hukm qiladi (Ibroniylar 13:4).
  • boshqa ayollar

 

Agar qalbingizni xavf-xatardan saqlashga intilsangiz, sanab oʻtilgan holatlarning barchasi siz uchun nomaqbul boʻladi. Masalan, Samanta bunday munosabatlar unga qanday tasir qilishini oldinroq oʻylab koʻrmaganidan qattiq afsuslanadi.

U maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq Rendi bilan tanishgandi. Bu uning qoʻshimcha ish bilan shugʻullanadigan kasalxonasida boʻlgandi. Garchi u oʻn ikki yosh katta boʻlsa-da va ota-onasi bu tanishuvni maqullamasa-da, Samanta hamda Rendi koʻp vaqtlarini birga oʻtkazib, yaqin doʻstlarga aylandilar. Biroz vaqt oʻtgach, kimdir unga Rendining uylanganini aytdi, lekin kech boʻlib boʻlgandi: Samanta allaqachon uni sevib qolgan edi. Samanta quyidagilarni tan oladi:

 

"Albatta, men u bilan uchrashishni darhol toʻxtatishim kerak edi, lekin men bunday qilmadim. U menga ajrashishini aytdi va dastlab begunoh boʻlgan sevgimiz jinsiy aloqaga aylandi. Bu voqea men ota-onamning uyidan chiqib, kollejga oʻqishga kirganimda sodir boʻldi. Men birinchi jinsiy yaqinligimni u ajrashgandan keyin sodir boʻlganligi bilan oqladim. Bilaman, hatto uylangan odamni shunchaki sevish ham notoʻgʻri, lekin u yonimda boʻlganida, bu men uchun ahamiyatsiz edi.

 

Kollejdagi birinchi semestrni oʻrtacha darajada yakunladim, chunki dars qilish oʻrniga deyarli barcha vaqtimni Rendi bilan oʻtkazdim. Toʻgʻrisini aytsam, muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun bir nechta fanlardan voz kechishga majbur boʻldim. Ikkinchi semestrdan keyin yomon baholarim tufayli stipendiyadan mahrum boʻldim. Endi tibbiyot hamshirasi boʻlish haqidagi orzuim bilan umuman xayrlashishga toʻgʻri keladimi, deb qoʻrqaman. Agar oʻtgan yillarni qaytarish mumkin boʻlganida, men bunga yoʻl qoʻymasdim, albatta. Men Rendini hayotimdan oʻchirib tashlagan boʻlardim.

 

Agar Samanta yuragini ehtiyot qilganida edi, bu uylangan erkakdan jon-jahdi bilan qochgan boʻlardi, keyin esa na jismoniy iffati, na baholari, na stipendiya, na kelajakdagi rejalari haqida tashvishlanishiga toʻgʻri kelardi. Ehtimol, siz qandaydir "taqiqlangan meva"ga intilayotgandirsiz va siz vaqti-vaqti bilan bu munosabatlarning tami qanchalik shirin boʻlishi mumkinligi haqida tasavvur qilib turarsiz. Hatto hozir bunday odam boʻlmasa ham, qachondir u sizning ufqingizda paydo boʻladi - yo imonsiz kursdoshingiz, yo uylangan xodimingiz, yo yaqin dugonangiz boʻladi. (Lesbiy munosabatlar haqida 20-bobda va xotimada gaplashamiz.) Bu yerda sizni hissiy aloqaning “qizil” darajaga olib bormasligiga ishonch hosil qilish uchun oʻzingizga bir nechta amaliy savollar berishingiz mumkin:

  • Oʻsha odamga yoqadigan tarzda kiyinyapmanmi?
  • Uning etiborini tortish uchun koʻproq uning koʻziga tushishga harakat qilyapmanmi?
  • Boshqa munosabatlarni etiborsiz qoldirib, bu odam bilan birga boʻlish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanyapmanmi?
  • Bu odam bilan doʻstligimni atrofdagilardan yashirishim kerakmi?
  • Uning ovozini eshitish uchun qoʻngʻiroq qilishga bahona izlayapmanmi?
  • Doʻstligimiz haqida hech kim bilmasligi uchun bu odam bilan elektron pochta orqali gaplashyapmanmi?
  • Meni oʻsha odam bilan gaplashish yoki yolgʻiz qolish, begona koʻzlardan, quloqlardan yiroq boʻlish fikri taqib etyaptimi?

Agar ushbu savollarning birortasiga ijobiy javob bergan boʻlsangiz, orqaga oʻgirilib, bu munosabatlardan qoching. Faqat tanangizni emas, balki yuragingiz, aqlingiz va ogʻzingizni ham bu ofatdan asrashini Xudodan soʻrang, toki bu odamga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan yaqinlik yoʻlini ochadigan biror narsa qilmang va gapirmang.

 

 

Har safar oʻzingizni zaif his qilganingizda Xudoga iltijo qilishda davom eting, lekin ehtiyot boʻlingki, bu odam ibodatlaringizning asosiy mavzusiga aylanmasin.

Yaqinlaringiz va doʻstlaringiz bilan boʻlgan munosabatlaringizni ham marhamatlashini Xudodan soʻrang. Agar kerak boʻlsa, keyingi xavfdan himoyalanish uchun ularning yordamiga murojaat qiling. Avvalo, ruhan ulgʻayishingizga koʻmaklashishini va taqiqlangan rishtalardan qochishga boʻlgan qaroringizni mustahkamlashini soʻrab, Xudo bilan boʻlgan munosabatlaringizga etibor qarating. Shuni yodda tutingki, istagingizni oziqlantirmasangiz, kim bilandir hissiy yaqinlashish istagini asta-sekin nobud boʻladi. Siz nosogʻlom aloqalarga boʻlgan intilishingizni qanchalik koʻp cheklasangiz, shunchalik sizda oʻz qadr-qimmatingiz va jinsiy hamda hissiy jihatdan pok yosh ayol boʻlishga qodir ekanligingizdan qoniqish hissi ortadi.

Agar siz nosogʻlom ishqiy munosabatlarga moyilligingizni Xudoning irodasiga boʻysundira olmasangiz, tez orada nafaqat muhabbatga boʻlgan kuchli istak bilan, balki boshqariladigan bazi kuchliroq va ancha murakkabroq narsalar bilan kurashishingizga toʻgʻri keladi.

 

Muhabbat ehtirosga aylanganda

Ehtirosga, yani biror narsaga kuchli moyillikka mubtalo boʻlgan odam odatda yoki oʻz ehtirosi tufayli zaifligiga beriladi yoki yon beradi. Agar oʻzingizni qoʻlga olmasangiz, har qanday narsaga - spirtli ichimliklarga, xarid qilish uchun doʻkonlarga borishga, giyohvand moddalarga va hatto ishqiy munosabatlarga ham oʻrganib qolishingiz mumkin. Oshiq-mashuqlik va jinsiy aloqaga kirishish odati giyohvandlik yoki ichkilikbozlikdan ham battar boʻlishi mumkinligini bilarmidingiz?

Gretxen voqeasi buning isbotidir. U bir vaqtning oʻzida uchta turli yigit bilan munosabatda boʻladi va ularning hech biri qolgan ikkitasi borligini bilmaydi. Gretxen shunday deb hikoya qiladi:

"Mening "rasmiy" yigitim - maktabimiz basketbolchisi Tom. U meni sinfga kuzatib qoʻyadi, oshxonada yonimga oʻtiradi va darsdan keyin darslari boʻlmaganda mashinasida uyga olib ketadi. Ikkinchisining ismi Ronni. U bilan internet orqali tanishganman. Biz u bilan deyarli har kuni elektron pochta orqali yoshishamiz. Umuman olganda, men uni oʻzimning yigitim deb hisoblamayman, lekin baribir qolgan ikkitasi haqida unga hech narsa demayman. Birinchi kurs talabasi Oyzek ham bor. U amakivachcham bilan birga oʻqiydi. Dam olish kunlari uni koʻrish uchun universitet shaharchasiga borganimda, Ayzek har doim talabalar ziyofatlarida mening yigitim boʻladi. Bu yigʻinlarda hamma narsa juda romantik boʻladi va Ayzek chiroyli oʻpishadi. Vaqti-vaqti bilan xat yozishib turamiz, boʻsh vaqti boʻlganida esa menga qoʻl telefoni orqali qoʻngʻiroq qiladi. Men bu bolalar bilan ikki tomonlama (yoʻq, hatto uch tomonlama!) oʻyin olib borayotganimni bilaman, lekin uchalasi ham menga juda yoqadi va ularning birortasi bilan aloqani uzishga toʻgʻri kelishini oʻylashni ham istamayman."

 

Gretxen nafaqat bolalarning qalbini oʻynayotganini, balki oʻziga ham qaygʻuli kelajakni tayyorlayotganini anglamaydi. Koʻpchilikning muhabbati bilan - hatto oʻsmirlik davrida ham - oʻynashish orqali siz kelajakdagi xiyonatingiz uchun poydevor qoʻyasiz, chunki siz oʻzingizni yaqin munosabatlarga emas, balki yuzaki munosabatlarga oʻrgatasiz. Bitta odam bilan hissiy aloqani chuqurlashtirish oʻrniga, siz jamiyatda yangi va yangi muxlislarning yangi oʻtkinchi his-tuygʻularini taqib qilasiz.

 

Yosh qizni ishqiy munosabatlarga yoki jinsiy aloqaga mubtalo boʻlishga nima majbur qiladi?

Xudo uning eng yashirin istaklarini amalga oshira olishiga nisbatan shubha yoki ishonchsizlikmi.

 

Bu haqiqatga shubha bilan qaraydigan ayol odatda taqiqlangan munosabatlardan qoniqish izlaydi, lekin ertami-kechmi kutganlari amalga oshmaganini anglaydi. Bunday bogʻliqlik inson qanchalik etiborli, chiroyli va ajoyib boʻlmasin, toʻliq qoniqish keltirmaydi. Doimiy ravishda bir yigitdan ikkinchisiga oʻtib, bazida yangi aloqalarni oldingi aloqalar bilan kesishishiga yoʻl qoʻyib, siz shunchaki notoʻgʻri joyda muhabbat izlayapsiz. Sizning romantik munosabatlaringiz oddiy "fitnalar"dan iborat boʻlib, ular yordamida qalbingizdagi boʻshliqni toʻldirishga muvaffaqiyatsiz urinasiz.

Qalbimiz Xudo tomonidan shunday yaratilganki, insoniy munosabatlar bizga toʻliq qoniqish bera olmaydi. Bu chanqoqni - faqat U bilan muloqot qondira oladi.

Xudoning sevgisiga toʻlib-toshganimiz sayin, chinakamiga sevish qobiliyatiga ega boʻlamiz. Munosabatlarimiz pok va iffatli boʻlsa, izzat-nafsimizni ular hisobiga ovutish yoki his-tuygʻularimizga etkazilgan navbatdagi zararni qoplash emas, balki boshqa odamlarni hurmat qilish va ularning qalbini asrashga qodir boʻlamiz.

Xudo xohlasa, hech qachon hissiy ehtiroslarni boshdan kechirmang va ushbu kitob sizni "qizil" darajadan oʻtmaslikni qatiy nazorat qilish zarurligiga ishontirsin.

 

Biroq, agar siz allaqachon xavfli chiziqdan oʻtib boʻlgan boʻlsangiz, bilingki, hali hammasi yoʻqotilmagan. Koʻp qizlar yuragidagi boʻshliqni toʻldiradigan narsani izlab, umidsizlik qariga choʻkib ketishdi, ammo jarlik ular tasavvur qilganidan ham chuqurroq, qoraroq va dahshatliroq ekanligi malum boʻldi. Men ulardan biri edim, lekin koʻp yillar davomida birinchi muhabbatim - Iso Masihga boʻlgan etibor va mehrdan soʻng, mening hayotim Xudoning marhamati hamma narsani tubdan oʻzgartirishga qodir ekanligiga guvoh boʻldi. Qanchalik pastkashlik qilmaylik, Xudoning mehrli qoʻli biz tasavvur qila olmaydigan darajada uzoqqa etadi.

Bitta kitob doirasida jinsiy aloqa va sevgiga moyillik bilan bogʻliq barcha masalalarni batafsil muhokama qilishning iloji yoʻqligi sababli, agar jinsiy aloqa, sevgi, ishqiy munosabatlar va aloqalarga chanqogʻingiz boshqarib boʻlmaydigan darajada boʻlib qolsa, ota-onangizga, yoshlar ruhoniysiga, maktab oʻquvchisiga yoki hatto professional psixologga murojaat qilishingizni maslahat beramiz.

Yordam soʻrang. Agar siz zararli ehtiroslardan xalos boʻlishni va ularning sababi va natijasi boʻlgan yaralarni davolashni istasangiz, u sizga juda foydali boʻladi. Indamay azob chekish kerak emas. Shuningdek, Stivning "Sevgiga berilganlar" kitobini oʻqib chiqishni tavsiya qilamiz, bu sizga sevgi va jinsiy mayllarni engishga yordam beradi.

 

Donolik uchun mukofot

Ehtimol, siz qachonlardir yuragingizni asrashni oʻrganish mumkin emas, chunki bu qorongʻi va umuman foydasiz ish, deb hisoblagandirsiz. Umid qilamizki, oʻqigan boblaringiz siz uchun hissiy yaxlitlik masalasini qizil, sariq va yashil ranglarga "boʻyadi" va endi siz qayerda qoʻrqmasdan yurish mumkinligini, qayerda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerakligini va qayerda sinmaslik uchun tezroq tormozni bosish kerakligini bilasiz. Bu yangi tushuncha sizni xatolardan, soxta aybdorlik hissidan, bevaqt hissiy bogʻlanishdan, taqiqlangan munosabatlardan va hokazolardan xalos etadi. Ammo eng muhimi - Xudo qalbingizni asrab-avaylayotganingizni koʻrganida, U sizga Oʻzini va oʻzining buyuk muhabbatini ochib berib, mukofotlaydi.

 

«Pokdil boʻlganlar baxtlidir, Chunki ular​ Xudoni koʻradilar». Matto 5: 8



AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
YouTube.com/@UzAudioKitob

Audiokitoblar Uzbek tilida

Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


MakDonaldning sharhlari kitob
Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/




Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Har bir qizning vasvasasi kitobi haqidagi fikrlar    911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак