Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
V-QISM
OʻZ QALBINGIZNI HIMOYa QILISh
15-BOB
His-tuygʻular bilan kurashishda gʻolib chiqish
Bor kuching bilan qalbingni asra, chunki u hayot bulogʻidir.
Hikmatlar 4:23
Kimningdir: "Qizlar uchun jinsiy mayl yigitlarnikidek muammo tugʻdirmaydi" degan chuqur manoli gapini eshitsam, "Qaysi sayyoradan kelib qoldingiz?" deb soʻragim keladi. Shahvoniy vasvasaga berilgan har bir yigitga u bilan birga shunday gunohga botgan qiz toʻgʻri kelmaydimi? Ehtimol, bunday deyish bilan odamlar qiz bola uchun shahvoniylikning jismoniy tomoni yigit uchun muhim emasligini nazarda tutishsa kerak.
Unutmang: yigitlar ham, qizlar ham jinsiy mayllarga qarshi turlicha tarzda kurashadilar. Yigit oʻz iffatini saqlab qolish uchun koʻzini fitnalardan asrashi, Xudo hissiyotga beriluvchan qilib yaratgan qiz esa qalbini avaylab asrashi kerak. Siz oʻzingizning jinsiy va axloqiy pokligingiz uchun kurash olib borasiz, chunki agar siz yuragingizni saqlab qola olmasangiz, tanangiz jismoniy vasvasalarga ancha zaif boʻlib qoladi.
Siz ayol boʻlib yaratilgansiz, ruhingiz esa tabiatan qarama-qarshi jins vakillarining etibori va mehrini qoʻmsaydi. (Agar koʻnglingiz boshqa ayolning muhabbatiga tashna boʻlsa - xotimani oʻqing.) Biroq, sizning boshqa birovga moyilligingiz bu odam sizga mos keladi degani emas.
Muhabbat izlab
Har bir odam muhabbat ishtiyoqida yonadi, buning hech yomon joyi yoʻq. Hamma gap uni qayerdan izlashda. Agar sizga har birimiz olishga haqli boʻlgan joyda, yani oilada, sogʻlom doʻstlik munosabatlarida muhabbat berilmasa, siz uni izlashga shoshilishingiz mumkin. Lekin Xudo sizga boshqa, yaxshiroq yoʻlni koʻrsatadi. Sizni sevishlarini xohlaganingiz uchungina qalbingiz va tanangizni xavf ostiga qoʻyishingiz shart emas. Siz sogʻlom, toʻlaqonli munosabatlarni izlashingiz va shu bilan birga ruhingizni xavf-xatardan himoya qilishingiz mumkin. Shu va keyingi uchta bobda quyidagilarni bilib olasiz:
- Xudo yurak haqida nima deydi va nima uchun uni asrashingiz kerak;
- sogʻlom muloqotda his-tuygʻularingizga qanday "tus berish" haqida;
- nosogʻlom munosabatlar ostonasida turganingizni qanday aniqlash mumkin va agar shunday boʻlsa, nima qilish kerak;
- qalbingiz intizor boʻlgan muhabbatni qayerdan topasiz?
Hamma narsaning markazi
Xudo bizga qalbimizni - hayotimizdan, etiqodimizdan, munosabatlarimizdan, pullarimizdan, orzularimizdan, biz uchun qadrli boʻlgan hamma narsadan ustun qoʻyishni buyuradi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan (va bu oyatni ushbu bobning epigrafiga kiritganmiz): "Bor kuching bilan qalbingni asra, chunki u hayot bulogʻidir" (Hikmatlar 4:23).
Xoʻsh, nega bu Xudo uchun muhim? Javob "manbalar" soʻzida. Yurak - hayot manbai. Xudo insonni yaratar ekan, uning jismi, ruhi va hissiyotining qoq markaziga yurakni joylashtirgan. Jismoniy jihatdan bu azo qon aylanish tizimining markazida joylashgan. U kislorodga toʻyingan qonni butun tana boʻylab haydaydi. Agar yurakda nuqsonlar paydo boʻlsa, butun tana bu hayotbaxsh oqimdan mahrum boʻlishi mumkin. Ruhiy manoda yurak Muqaddas Ruhning maskani boʻlib, biz Undan hayotimizga kirishini soʻraymiz (Efesliklarga 3:16,17). Hissiy manoda, bu bizning his-tuygʻularimiz jamlanmasidir: biror narsadan yoki kimdandir xursand boʻlganimizda qalbimiz quvonchdan titraydi va umidsizlikka tushganimizda yoki yoʻqotishdan qaygʻurganimizda qattiq ogʻriydi. Qalb barcha his-tuygʻularimizning markazida turadi, shuning uchun Xudo uni hamma narsadan ustun qoʻyishni buyurganida, u aslida shunday deydi: "Hayotingizning manbai - jismoniy, manaviy va hissiy farovonligingizni himoya qiling.
Koʻlning manbasi iflos boʻlsa, u toza boʻlolmaganidek, qalbingiz gunohkor boʻlsa, fikrlaringiz, soʻzlaringiz va amallaringiz ham toʻgʻri boʻlmaydi. Yujin Peterson Muqaddas Kitob amrini qayta ifodalab, bu haqda shunday deb yozadi:
Quyidagi amr ham sizga tanish: "Birovning eri yoki xotini bilan yotma." Lekin oʻzingizni bunday qilmadim, degan xayolga bormang, demak, sizning pok nomingizga dogʻ tushmagan. Shahvat qalbni badandan ham koʻra koʻproq buzadi. Sizning etiqodingizcha, hech kim koʻrmaydigan hirsli qarashlar [yoki fikrlar] ham buziladi."
Shunday qilib, agar siz jinsiy va hissiy jihatdan pok qiz boʻlishni istasangiz, yuragingiz harakatlanishiga imkon beradigan yoʻnalishni ehtiyotkorlik bilan tanlang. Nikohgacha boʻlgan jismoniy aloqalar qachon haddan oshib ketganini aniqlash bir masala, ammo hissiy munosabatlarda "haddan oshib ketish" nimani anglatishini kim ayta oladi? Qarama-qarshi jins bilan hissiy munosabatlarning chegaralari qayerda joylashganligini tushunish uchun 15.1-rasmga qarang.

Ushbu sxema sizga hissiy aloqaning oltita darajasini aniqlashga yordam beradi:
1) etibor;
2) mayl;
3) moyillik;
4) bogʻliqlik;
5) muhabbat munosabati;
6) ehtiros
(Har bir bandni alohida muhokama qilganimizda bu sxemaga yana bir necha bor qaytamiz.) Garchi Xudoning niyatiga koʻra, biz qarama-qarshi jins vakili bilan munosabatlardan zavq olishimiz kerak boʻlsa-da, U bizni "taqiqlangan" yoki jinsiy va hissiy yaxlitligimizga putur etkazadigan kishiga yuragimizni bermasligimizdan ogohlantiradi. Ushbu sxemani yodda tutgan holda, siz xavfli vaziyatlardan qochish uchun his-tuygʻularingizga qayerda chek qoʻyish kerakligini hal qila olasiz. Hissiy aloqaning turli darajalarini aniqlashni oʻrganib olgach, qayerda xavfsiz yurish mumkinligini ("svetoforimiz"ning yashil chirogʻi), qayerda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish kerakligini (sariq), qayerda orqaga burilib, teskari tomonga yugurish kerakligini (qizil) bilib olasiz.
Ushbu sxemani yodlab olishingizni maslahat beramiz. Keyingi uchta bobga oʻtishdan oldin, ibodat qiling va Xudodan bu uch darajani yaxshilab tushunishga yordam berishini soʻrang va ular sizning yuragingizni xavfdan himoya qilishga qanday yordam berishini tushuning. Keyin bu boblarni xuddi hayotingizdagi eng muhim imtihonni topshirishga tayyorlanayotgandek oʻqing. Bu malumotlarni tushunish, oʻzlashtirish va qoʻllashga qarab, qachondir oldingizda paydo boʻlishi muqarrar boʻlgan hissiy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta olish yoki oʻta olmasligingizni - aytish mumkin boʻladi.
«Egamni olqishlayman, U menga yoʻl koʻrsatadi, Tunda ham qalbim menga oʻgit beradi. Men doim Egamga koʻz tikaman, U oʻng tomonimda boʻlgani uchun Meni hech narsa qoʻzgʻata olmas. Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga toʻla, Jonim ham quvonadi. Tanam xavf–xatarsiz yashaydi» Zabur 15:7-9








































































































































