Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
14-BOB
OAV va u bilan qanday kurashish kerak
Shunday qilib, ey birodarlarim, Xudoning marhamati haqi sizlarga yolvoraman. Oʻz tanangizni tirik, muqaddas va Xudoga manzur boʻladigan qurbonlik sifatida bagʻishlang. Xudoga loyiq boʻlgan asl xizmat mana shudir. Bu dunyoga moslashmanglar, fikr–zikringizni yangilab, tubdan oʻzgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan boʻlasiz, yani nima yaxshi, Xudoga manzur va mukammal ekanligini bila oladigan boʻlasiz.
Rimliklar 12:1-2
Qurbaqa va issiq suv tajribasi haqida hech eshitganmisiz? Qurbaqani qaynoq suvli idishga tashlang - u darhol u yerdan sakrab chiqadi, bu joy uning uchun xavfsiz emasligining isbotidir. Uni xona haroratidagi suvli idishga solib, past olovda suvni qaynash haroratigacha etkazilsa-chi? Nima boʻladi? Siz "qaynatilgan qurbaqa oyoqlari" nomli taomga boʻlasiz. Gap shundaki, uning tanasi asta-sekin atrof-muhit haroratiga koʻnikib boradi. Qurbaqa xavfni sezmay qoladi.
Xuddi shunday, biz ham asta-sekin tahdidlarga befarq boʻlishimiz mumkin - faqat qaynoq suvda yashiringan narsalarga emas, balki ommaviy axborot vositalari orqali pokligimizga tasir qiladigan narsalarga befarq boʻla boshlaymiz. Jamiyatimiz jinsiy axborotni qabul qilmaydigan boʻlib qoldi, koʻpincha biz, majoziy manoda, boshimizni burab, yumshoq yostiqqa qoʻyib, televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalariga xohlagan narsa bilan toʻldirish imkonini beramiz.
Bir kuni men ikki soat davomida telekoʻrsatuvlarni yozib oldim, ular kechqurun, tomoshabinlarning maksimal soni ekranlar oldida oʻtirganda efirga uzatilardi. Kichik tahrirdan soʻng, butun yozuv 12 daqiqalik videoklipga aylandi, u tomoshabinlarni zeriktirmaslik uchun oddiy syujet chizigʻi bilan bir-biriga bogʻlangan jinsiy aloqaga ishoralardan iborat edi. Ushbu yozuvni oʻsmirlarga koʻrsatib, ularga videoklip davom etayotgan 12 daqiqa davomida eshitgan yoki koʻrgan barcha jinsiy ishoralarni hisoblashni taklif qilaman.
Nima boʻlganini toping-chi? Tomoshabin dastlabki uch-toʻrt lahzani ilgʻab oladi, ammo keyin kulgili sahnalarga shunchalik berilib ketadiki, sanashni toʻxtatadi. Eng koʻpi bilan 10-11 ta jinsiy ishora sanaladi. Ular aslida nechta ekanligini bilmoqchimisiz? - Qirq bitta! Hatto namoyish paytida ishtirok etayotgan kattalar ham odatda bu jinsiy malumotlarning 50% dan koʻpini "sezmaydilar."
Oldingi bobda biz umuman nimadan qochish kerakligi haqida gapirdik: sovunli operalar, past darajadagi tok-shoular, sevgi romanlari, MTV dasturlari va pornografiyaning har qanday shakli, ammo boshqa axborot tashuvchilar haqida nima deyish mumkin? Har kuni bizni turli xil xabarlar bilan bombardimon qilishadi, bazan tarbiyali, bazan esa tarbiyali boʻlmagan xabarlar. shular jumlasidan. Ushbu bobda biz sizga ommaviy axborot vositalari - televidenie, musiqa, kino, jurnallar, Internet xabarlarining tagmanosini anglashni oʻrgatishga harakat qilamiz, shunda siz har qanday malumotni tushunib, nimani ongingizga kiritish va kiritmaslikni oʻz vaqtida hal qila olasiz.
Dastlab, televidenie, jurnallar va musiqa sanoati tomonidan uzatilgan bazi xabarlarni koʻrib chiqishga harakat qilamiz.
Televidenie orqali uzatiladigan xabarlar
Yaqinda telekanallarni “aylanib”, bugun nima koʻrishayotganini bilmoqchi boʻldik. Biz quyidagilarni aniqladik:
"Doʻstlar" serialining epizodlaridan birida Reychel (aktrisa Jennifer Eniston) kino yulduzi Vaynona Rayderga yoshlik paytlarida bir-birlarini erkalashganini eslatib, uni ehtiros bilan oʻpadi.
- Buning nimasi boshqacha ekanligiga qiziqib, Fibi (aktrisa Liza Kudrou) kutilmaganda Reychelning boʻsa olishini toʻxtatadi, shundan soʻng u shunday deydi: " Buni qarang! Menda bundan yaxshirogʻi ham boʻlgan!"
- "Men u bilanman" komediya shousining dastlabki epizodlaridan birida oʻqituvchi Patrik maftunkor kino yulduzi Aleks Yang bilan uchrashishni boshlaydi. Syujetga koʻra, Aleks Patrikni xuddi shu kvartirani ijaraga olgan sobiq sevgilisidan rashk qiladi. Butun shouning oʻziga xosligi shundaki, hamma (shu jumladan, Patrik va Aleks ham) uchinchi sevgilisi tufayli "oʻzgacha tun"ni oʻtkazishini va "soʻzdan ishga oʻtish" vaqti kelganida aynan u "jinsiy sham"ni yoqishini intiqlik bilan kutishadi.
- "Hammasi nisbiy" serialining epizodlaridan birida unashtirilgan juftlik uning poyabzalini yoqtirmagani va uning tungi koʻylagi yoqmagani uchun janjallashadi. "Men boʻlsam, quyonchalar solingan shinamgina koʻylagim senga yoqadi deb oʻylabman!" - deydi u, yigit esa: "Men quyonchaning iniga kirmoqchi boʻlganim uchun shunday dedim!" - deb javob beradi. Kelinga qasdma-qasd, u botinkasida uxlashga yotadi, shunda u: "Botinkangni echmasang, iningga kiritmayman!" deydi.
Koʻplab shoular nafaqat nikohdan oldingi jinsiy aloqani ragʻbatlantiradi, balki munosabatlarni oʻrnatish uchun hech qanday mehnat talab qilinmaydi degan tasavvurni ham yaratadi. "Boʻydoq qiz" teledasturi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Uch yuztasi Rayanni kutib oladi va ikki haftadan soʻng u tiz choʻkib, unga brilliantli uzukni uzatadi va unga turmushga chiqishni soʻraydi, atrofda esa yuzlab shamlar yonib, atirgul barglari xushboʻy yomgʻir boʻlib yogʻadi.
Bunday turdagi dasturlar "haqiqiy televidenie" deb ataladi, ammo aslida ular boshidan oxirigacha prodyuserlar tomonidan ishlab chiqariladi, televidenie tarmogʻi tomonidan toʻlanadi va faqat tomoshabinlarni jalb qilish uchun moʻljallangan boʻladi. Adolat yuzasidan shuni takidlash kerakki, bazi joylarda hayot haqiqati haqiqatan ham bu koʻrsatuvlarga jinsiy yoʻl bilan yuqadigan koʻplab kasalliklardan biri boʻlgan gerpesga qarshi dorilarning reklamasi sifatida kirib keldi (bu haqda 19-bobda yana gaplashamiz).
Telekoʻrsatuvlar sizni aqlan, qalban va jismonan poklik uchun kurashda magʻlubiyatga oldindan tayyorlaydi. Jurnallar ham sizga shunday nopok nojoʻya xizmat koʻrsatishga tayyor.
Jurnallar tasiri
"Kosmoqiz!" "YM," "Oʻn yetti" - bular sizning qulogʻingizga qanday qilib jinsiy jozibador va oʻziga ishongan boʻlish haqida shivirlaydigan koʻplab jurnallardir. Sahifalar ketma-ketligida sizning oldingizda yomon qiz rolini qanday oʻynash kerakligi haqidagi maslahatlar toʻplami paydo boʻladi.
"Teen people" oʻsmirlar jurnalining 2003 yil noyabr sonidagi atigi oʻnta maqolaning sarlavhalariga baho bering:
- "Mur bilan tanishing: Mendi Mur - sevgilisi, uning "buferlari" va superyulduz boʻlishni istamasligi haqida"
- "A dan Ya gacha boʻlgan jinsiy aloqa: erotika dunyosi sensatsiyalari"
- "Uchrashuvlar kundaligi: siz butunlay ajralishni xohlaysiz, lekin sizning jinsiy magnitingizni tuzatish kerak"
- Jinsiy jozibadorlik testi. Oʻzingni sinab koʻr: sen yonyapsanmi yoki seni yondirish ham kerakmi?
- Maxsus jinsiy sharh: chiroq oʻchganida nima qilasiz va nima uchun?"
Baxtga qarshi, koʻp qizlar hayotiy yoʻl-yoʻriq izlab, Muqaddas Kitobdan koʻra, bunday jurnallarga tez-tez murojaat qilishadi. Shuning uchun ham biz yaltiroq jurnalni koʻrib, hayratda qoldik.
"Revolve" - tushuntirishlar, savolnomalar va "Maslahatlar" rukni bilan toʻldirilgan oʻsmir qizlar uchun Yangi Ahdning rasmli ommaviy nashridir. Quyida biz "Revolve"da koʻrgan sarlavhalardan bazilari keltirilgan:
- Uchrashib yurgan yigiting Xudoga ishonadimi?
- Sen hali eshitmagan goʻzallik sirlari"
- Etiqodingizni amalda qoʻllashning 1001 usuli"
- Yigitlar har doim "ish yuzasidan" gapirishadi.
Qizlarimiz va ularning dugonalari bu jurnalni nafaqat Xudo bilan yolgʻiz muloqot daqiqalarini, balki sirli ravishda va shunchaki oʻz xonasida dam olayotganda ham juda yaxshi koʻrishadi va katta qiziqish bilan oʻqishadi.
Televidenie va jurnallardan tashqari, yosh qizning jinsiy qarashlariga musiqa ham kuchli tasir koʻrsatadi.
Musiqa sanoatining tasiri
Bir necha yil muqaddam onasining iltimosiga koʻra oʻn olti yoshli qiz bilan uchrashdim. Melodi bilan suhbatimiz, boshqa narsalar qatori, uning sevimli musiqasi, kiyadigan kiyimlari va onasi bilan eng koʻp kelishmovchiliklarga sabab boʻladigan narsalar haqida boʻldi. Qizning takidlashicha, onasidan hech qachon kiymaydigan "har qanday mayda-chuyda narsalarni" sotib olish oʻrniga uni oʻziga jalb qiladigan kiyimlar uchun pul berishini soʻrash eng qiyin ish. "Men shunchaki jozibali kiyinishni yaxshi koʻraman. Bu hali meni fohisha qilib qoʻymaydi," - deb mulohaza yuritardi u.
Nega aynan shunday koʻrinishni yoqtirishini soʻraganimda, Melodi Madonnani, u ijro etadigan qoʻshiqlarni va uning "aqldan ozdiruvchi" kiyinish uslubini juda yaxshi koʻrishini tan oldi. Melodining pardoz stolida "People" jurnalining soni yotardi. Muqovada Shon Penn, Dennis Rodman va Maykl Jekson kabi mashhurlarning portretlari ramkasida Madonnaning yuzi tasvirlangan. Bu yerda shunday yozuv bor edi: "Madonnaning erkaklari: u sevgan, undan qoʻrqqan, unga soatiga oʻttiz marta qoʻngʻiroq qilganlar."
Yoshligimda yosh qizlarni aqldan ozdirgan rok yulduzi fenomeni bilan qiziqib, "Oshiq ayol" nomli maqolaga murojaat qildim. Unda men Madonna har doim "oʻgʻil bolalarni qoʻlqop kabi almashtirgani" va hozir ham koʻpincha erkaklardan jozibali hamroh sifatida foydalanishi haqida oʻqidim. Koʻplab ishqiy munosabatlar (bazilari uylangan erkaklar yoki lezbiyan ayollar bilan) va ikkita abort - shunchaki "oʻsha paytda farzand koʻrish vaqti emas edi" - boʻlsa-da, maqola Madonnani taqlid qilish uchun namuna deb elon qildi.
"Oʻtgan qishda Madonna tarjimai holi uchun material toʻplash jarayonida Endryu Morton uning 43 yoshli pop-musiqa yulduziga boʻlgan muhabbati odatiy fanatlik chegarasidan ancha tashqariga chiqqan muxlislaridan biri bilan uchrashdi. [ Mortonning xotirlashicha ] "U menga shunday dedi: " Hayot qiyinchiliklariga duch kelganimda, men oʻylayman: "Mening oʻrnimda Madonna boʻlganida, u qanday yoʻl tutgan boʻlardi?
Bu sizga hech narsani eslatmayaptimi? Bunday fikrlash tarzini qayerga olib borishni tasavvur qila olasizmi? Mening oʻrnimda boʻlganida, Madonna nima qilgan boʻlardi! Bu juda qoʻrqinchli fikr! "People"ning keyingi xatboshida shunday deyilgan:
"Mortonning kitobiga koʻra... muxlislar oʻz kumirlarining izidan borishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻrishlari kerak - hech boʻlmaganda sevgi haqida gap ketganda... [Morton] [Madonnani] muhabbatga chanqoq boʻlgan va bu bilan koʻplab sevgilisini qoʻrqitgan xavfli manipulyator sifatida tasvirlaydi, ularning aksariyatiga u xiyonat qilgan. Deyarli har doim Madonna tomonidan qabul qilingan qarorlar aqlsizlik edi."
Bizni toʻgʻri tushuning: biz na Madonnaga, na Melodiga tosh otmoqchi emasmiz. Agar kimdir siz bilan mening beboshligimiz haqida biografik ocherk yozishga jazm qilganida edi, manzara ham xuddi shunday xunuk boʻlib chiqardi. Xudoga iltijo qilamizki, Madonna va Melodi Unga, ularning haqiqiy muhabbatga boʻlgan intilishlarini qondira oladigan Zotga kelsin - bu muhabbatni koʻplab aloqalar, "balandparvoz" garderob, "super-xit" qoʻshiqlar, dunyo miqyosidagi shon-shuhrat yoki boylik tufayli ham qoʻlga kiritib boʻlmaydi.
Xuddi shu "People" jurnalida toʻshakka koʻndalang yotgan va belidan pastroq kamarli jinsi shim kiygan, oq charm nimcha kiygan, kindigida uzuk taqqan va kipriklarida tush surilgan Britni Spirsning surati chop etilgan. "Mikki Maus" klubining sobiq azosi Britni tez orada eng mashhur yosh yulduzlardan biriga aylandi; uning yuzi futbolkalardan tortib bloknotlar va nonushta uchun tunuka qutilargacha boʻlgan hamma narsani bezab turardi. Shunga qaramay, yozuvchi Chak Arnold takidlaganidek, Britni "Men sening qulingman" "Yolgʻizlik", "Oʻgʻil bolalar", "Oldindan zavqlanish" va "Puflab shishirilgan sevgi" qoʻshiqlari kabi qoʻshiqlarni kuylaganida, Mikki Maus uyatdan quloqlarini berkitib olsa kerak.
Bu ochiqdan-ochiq erotik rasmda Britnining boʻynida osilib turgan kumush xoch eng dahshatli koʻrinadi. Albatta, qoʻshiqchi bu bilan oʻzida mavjud boʻlgan Isoga boʻlgan ishonchni namoyish etishi mumkin, ammo uning yosh masihiy muxlislari bu xochni koʻrib, bunday xatti-harakatlar masihiy uchun toʻliq joiz degan xulosaga kelishlari mumkin. Yoʻq, yana bir bor yoʻq!
Afsuski, musiqa sanoati pop-yulduzlarni haddan tashqari maqtaydi, ularning fikricha, ular "toʻgʻri" koʻrinadi, harakat qiladi va kiyinadi. Bu ayollarning koʻpchiligi odobsizlik, jinsiy poklik, aqliy, qalbiy va jismoniy iffatdan yiroq boʻlgan, Muqaddas Kitobga zid xulq-atvor namunasini koʻrsatishadi. Shuning uchun biror-bir pop-yulduzning kumiri bilan bahslashishga shoshilmang; avvalo, uning qoʻshiqlarini tinglang va soʻzlarini Xudoning Kalomi bilan solishtiring, keyin esa bularning barchasini chindan ham ongingizga singdirishni xohlaysizmi yoki yoʻqmi, hal qiling.
Ommaviy axborot vositalarini qanday engish mumkin
Ommaviy axborot vositalari orqali singdirilayotgan shahvoniy gʻoyalar haqida yana uzoq gapirish mumkin, lekin asosiy fikr sizga ayon. Bundan qochib qutulib boʻlmaydi, shuning uchun shunchaki tan olish kerakki, dunyo tom manoda bizni yomon maslahatlar va yomon misollar bilan bombardimon qilmoqda va tezda boshingizni egib, boshpanaga shoshilishni oʻrganish kerak.
Agar siz jinsiy va hissiy jihatdan yaxlit ayol boʻlishni istasangiz, quyidagi qadamlarni bajarishni maslahat beramiz:
1.Siz mamnuniyat bilan murojaat qiladigan barcha malumot tashuvchilarni xayolingizdan bir-bir oʻtkazing: siz oʻqiydigan jurnallar va kitoblar, sevimli kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar, qoʻshiqlar hamda musiqachilar roʻyxatini tuzing. Kirgan veb-saytlaringizni ham kiriting.
2.Roʻyxatingizdagi har bir band boʻyicha oʻzingizga quyidagi savollarni bering:
- Masihiy doʻstlarim, ruhoniy yoki ota-onam bu ish bilan shugʻullanayotganimni bilib qolishsa, oʻzimni noqulay his qilarmidim? Ulardan buni sir tutishga ehtiyoj sezyapmanmi?
- Bu mening masihiy etiqodimga zid boʻlgan gʻoyalar, qadriyatlar yoki vaziyatlarni ulugʻlaydimi?
- Bu kitob (shou, qoʻshiq, film, veb-sayt) menda tushkunlik yoki oʻzimdan norozilik hissini qoldirdimi, menda nosogʻlom munosabatlarga intilishni uygʻotdimi?
Agar ushbu savollarning birortasiga ijobiy javob bergan boʻlsangiz, buni ogohlantirish sifatida qabul qiling: demak siz notoʻgʻri yoʻlga qadam qoʻygansiz.
3.Nihoyat, bu haqda ibodat qilib, oʻzingizga quyidagi savollarni bering:
- Iso mening oʻrnimda boʻlganida nima qilgan boʻlardi?
- Iso nimalarni tomosha qilgan boʻlardi?
- Iso nimani tinglagan boʻlardi?
- Iso nimani oʻqigan boʻlardi?
Takror aytamiz, oʻz fikrlaringizni zararli tasirlardan himoya qilishning asosiy usullaridan biri - jinsiy qoʻzgʻalishni keltirib chiqaradigan yaramas xayollar va manzaralarni ongingizga kiritmaslikdir. Oʻqish, koʻrish va eshitishga odatlangan narsalarga diqqat bilan qarang. Avvaliga bunday oʻz-oʻzini nazorat qilish sizga qiyin tuyuladi, lekin vaqt oʻtishi bilan u sizning ikkinchi tabiatingizga aylanadi.
Qayerdan panoh qidiryapman
Oldingizda nimani koʻrish va tinglashim kerakligi haqidagi shaxsiy etiqodlarim roʻyxati, shuningdek, nima uchun bunday qarorga kelganimning izohlari turibdi. Bu tamoyillar menga notinch, tartibsiz dunyomizdan panoh topishga yordam beradi. Ular tufayli men engib boʻlmas vasvasalarga duchor boʻlmasdan, hayotdan zavqlana olaman. Umid qilamanki, ular sizni ham ongingizni vasvasalardan himoya qilish yoʻllarini izlashga undaydi.
- Men jinsiy aloqa haqida oʻylashga undaydigan telekoʻrsatuvlarni koʻrmayman. Ular odatda qoʻpol hazillarga boy boʻladi, lekin ularda ilgari surilayotgan gʻoyalar, muhokama qilinayotgan mavzular na aqlga, na yurakka foyda keltiradi va faqat qimmatli vaqtimni oladi. Muqaddas Kitob nopok narsalarga qarashni taqiqlaydi (Matto 6:22,23), bu xabarlarda odatda nikohsiz jinsiy aloqa haqida gapiriladi. Agar televizorda sogʻlom va foydali tasir koʻrsatadigan shou koʻrsatilsa, men oʻtirib tomosha qilaman. Lekin u tugashi bilan mening televizor oldida oʻtirishim ham tugaydi. Men oʻrnimdan turib, foydaliroq va unumliroq mashgʻulot bilan shugʻullanaman. Yaxshisi, bu kechki soatlarni oʻzingiz uchun qadrli boʻlgan insonlar - oila va doʻstlaringizga bagʻishlang.
- Men nosogʻlom jinsiy intilishni uygʻotadigan yoki odamlarni salbiy (jinsiy nuqtai nazardan) koʻrsatadigan musiqalarni tinglamayman. Oʻsmirligimda shunga oʻxshash gaplarni eshitganman va keyinchalik ular jinsiy hayotimga salbiy tasir qilganiga amin boʻldim. 1980 yillarda shaxsiyatimni shakllantirgan (va unchalik yaxshi emas) behayo qoʻshiqlar hali ham esimda. Endi men faqat masihiy qadriyatlarimga putur etkazmaydigan musiqalarni tinglayman.
- Ayollar jurnallariga ham juda ehtiyotkorlik bilan yondashaman. U yerda nashr qilingan narsalarning koʻpi menga hech qanday foyda keltirmaydi. Qanday qilib ozgʻinroq boʻlish haqida sahifama-sahifa oʻqib, bir xil ichki kiyimdagi nozikkina goʻzallarni tomosha qilar ekanman, oʻz tanamdan norozilik va hatto oʻzimdan jirkanish hissini tuyishim mumkin. Qachonki men oʻzimni modellar bilan solishtirishga emas, balki menga bergan mustahkam va sogʻlom tana uchun Xudoga minnatdorchilik bildirishga harakat qilsam, oʻzimni ancha yaxshi his qilaman.
Unutmang: shahvoniy mazmundagi xavfli malumotlarni ongingizga singdirish orqali siz asta-sekin hayotingizda uchraydigan va sizni gunohga undaydigan vaziyatlarga befarq boʻlib qolasiz. Bunday gʻoyalardan himoyalanish orqali siz oʻz qalbingiz va hayotingizni himoya qilgan boʻlasiz.
Oʻttiz kunlik tajriba
Oʻz ustingizda tajriba oʻtkazing: 30 kun davomida televidenie, kino, jurnallar, musiqa va Internet orqali keladigan barcha shahvoniy malumotlardan qoching. Yangiliklarni yoki mutlaqo beziyon koʻrsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin, ammo koʻrsatuvning tabiati haqida ozgina shubha paydo boʻlsa, darhol televizorni oʻchiring. Oʻttiz kun shunday qiling. Ommaviy axborot vositalari tomonidan toʻxtovsiz berilayotgan shahvoniy malumotlardan ongingizga dam berasiz. Qarshilik koʻrsatish orqali siz ancha sezgir boʻlasiz va ommaviy axborot vositalari sizni har xil axlatlar bilan toʻldirayotganini darhol taniy olasiz.
Bu tajribani oʻzida sinaganlarning koʻpchiligi shunday deyishadi: "Aksariyat telekoʻrsatuvlarni endi koʻra olmayman va buzuq qoʻshiqlarni eshitishni ham xohlamayman. Meni hayvon darajasiga tushirib, or-nomusimni behayolarcha yerga urishlariga toqatim yoʻq! Keyinchalik bu odamlar oʻz doʻstlariga xuddi shunday tajribani oʻtkazishni maslahat berishdi.
Xoʻsh, rozimisiz? Oʻttiz kun davomida faqat masihiylik qadriyatlarini qoʻllab-quvvatlaydigan kitoblar, koʻrsatuvlar, musiqalar bilan shugʻullanishga urinib koʻrasizmi? Xudodan yordam berishini soʻrab, ibodat qiling. Shunda siz OAV ustidan gʻalaba qozonasiz!
Ehtiyotkorlik va donolik koʻrsating, shunda pop-madaniyatning tajovuzkor hujumlari siz uchun qoʻrqinchli boʻlmaydi, ongingiz shaxsiyatingizni emiradigan va jinsiy hamda hissiy poklik uchun kurashda gʻalaba qozonish qobiliyatingizga putur etkazadigan zararli, kamsituvchi malumotlardan xalos boʻladi. Siz qurbon qilgan arzimas narsani sizni kutayotgan ulkan mukofot bilan oʻlchab boʻlmaydi.
“Ammo Men, Egangiz, odamning yuragini bilaman, Uning oʻy–fikrlarini tekshiraman. Qilmishiga yarasha jazolayman, Qilgan ishiga yarasha taqdirlayman.” Yeremiyo 17:10








































































































































