Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
IV-QISM
OʻZ ONGINGIZNI HIMOYa QILISh
12-BOB
Ong jangida gʻolib chiqish
Men bundan ushbu xulosani chiqaraman: yaxshilik qilmoqchi boʻlganimda, qalbimda hamisha yomonlik poylab turadi. Butun qalbim bilan Xudoning qonunidan zavq olaman. Ammo azoyi badanimda boshqa bir qoida amal qilmoqda. Bu qoida ongimdagi qonunga qarshi kurash olib borib, azoyi badanimda amal qiluvchi gunoh qoidasiga meni asir qilyapti.
"Ayol nimani xohlaydi" filmining bosh qahramoni (uni Mel Gibson oʻynagan) ayollarning miyasida tugʻilgan barcha fikrlar va istaklarni eshitish uchun telepatik qobiliyatga ega boʻladi. Filmning gʻoyasi qanchalik gʻalati boʻlmasin, u oʻylash uchun ancha ozuqa beradi.
Siz uchrashib yurgan yigit-qizlar yoningizda turib, ongingizga kirib borish xususiyatiga ega boʻlsa, bu sizga yoqardi? Ehtimol, shunday boʻlishini tasavvur qilganingizda hatto junjikib ketgandirsiz? Qoʻrqib ketdingizmi, tonmang! Bazan xayolingizga shunday fikrlar keladiki, buni hatto eng yaqin dugonangizga ham aytib boʻlmaydi. Masalan, mana bular:
- Qiziq, u meni chiroyli deb hisoblaydimi yoki yoʻqmi?
- Uning “quturgan” temperamentga ega boʻlsa kerak!
- Qiziq, u qanday oʻpishar ekana...
- Balki u men muhtoj boʻlgan insondir?
Endi tasavvur qiling, har bir ayol ham oʻzida shunday qobiliyatni rivojlantirdi va endi sizning yashirin fikrlaringiz hech kimga sir emas:
- Qanday jirkanch, oʻzi haqida qanday xayollarga boradi!
- Qara, qanday ajoyib yigitni oʻziga tortib oldi!
- Balki ular qachondir ajralishar va oʻshanda uning yigiti menga qiziqib qolar?
- Har holda, men unchalik semiz emasman-ku!
Siz, albatta, kelajakda odamlar bunday qobiliyatga ega boʻlishi dargumon, deb oʻzingizga taskin berishingiz mumkin, lekin sizda toʻliq xotirjamlik uchun asos yoʻq, chunki Xudo inson nimalarni oʻylayotganini biladi.
Qalbingizda, ongingizda nimalar bor? Dovudga oʻxshab iltijo qilishga jurat etasizmi?
"Ey Egam, meni sinagin, ichim va qalbimni eritgin" (Zabur 25: 2)? Etibor bering, Dovud: "Qilgan ishlarimni tekshirib koʻr", - demagan. U Xudodan fikrlarini tekshirib koʻrishini soʻragan.
Hatto hali yigitlar bilan uchrashmagan, jinsiy aloqa qilmagan juda yosh qizlarda ham bazan nopok fikrlar va istaklar paydo boʻladi. Oʻtmishi qanday boʻlishidan qati nazar, har kim bunga duch keladi.
Siz vasvasa qiluvchi fikrlarning yoʻlini toʻsishga qanchalik urinmang, ulardan ongingiz darvozasini qanchalik qulflamang, ularning bazilari barcha qulflardan sizib chiqishga muvaffaq boʻladilar. Vasvasalarni bizga hayotning oʻzi taqdim etadi. Siz ularni butunlay yoʻq qildim deb oʻylashingiz mumkin - lekin siz romanlar oʻqishni va kinofilmlar koʻrishni toʻxtatmadingiz-ku. Vasvasalardan sizni barmoqqa taqilgan nikoh uzugi ham, kecha-yu kunduz qilingan ibodatlar ham, roʻza tutish ham qutqara olmaydi. Oʻladigan kuningizdagina vasvasalardan qutilasiz. Vasvasalar inson tabiatining ajralmas qismidir va siz umumiy qoidadan istisno emassiz.
Ammo har birimiz vasvasa qiluvchi fikrlarga moyil boʻlganimiz sababli, ularga berilmasligimiz kerak. Biz sizning ongingizda fikrlarning paydo boʻlishini taqiqlashga qodir emasmiz va Xudo buni tushunadi. Ammo har doim bunday fikrlarni oziqlantirish va asrab-avaylashdan bosh tortishimiz mumkin. Samuel Smaylsning mashhur iqtibosida aytilganidek:
Fikr eksang, harakatni oʻrasan;
Harakatni eksang, odatni oʻrasan;
Odat eksang, fel-atvorni oʻrasan; Fel-atvorni eksang, taqdirni oʻradi.
Agar siz hissiy va jinsiy jihatdan yaxlit ayol boʻlishni istasangiz, Masihning fel-atvorini aks ettiruvchi yaxshi xatti-harakatlar va odatlarni oʻrib olish uchun yaxshi fikrlarni ekishga harakat qiling, bu orqali Xudo sizga moʻljallagan taqdirni amalga oshiradi. Buni qanday qilishni yaxshiroq tushunishingiz uchun keling, aqliy hayotingizga oid uchta savolni koʻrib chiqaylik.
1.Jinsiy va hissiy iffatni saqlashga boʻlgan intilishingizga fikrlaringiz qanday tasir qiladi?
2.Sizni gunohga undaydigan tashqi tasirdan ongingizni qanday himoya qilish mumkin?
3.Muqaddas Kitobga koʻra, diqqatingizni nimaga qaratishingiz kerak va buni qanday amalga oshirish mumkin?
Fikrlarning sizga tasiri haqidagi savolga javob berish uchun spektaklda rol oʻynashga tayyorlanayotgan aktrisani tasavvur qiling. U matnni yod oladi, rolga kirishadi, oʻz qahramonini, uning his-tuygʻularini va xatti-harakatlarining sabablarini tushunishga harakat qiladi. Uning qiyofasiga singib ketadi. Xayolan uning niyatlariga kirib boradi, qahramoni qanday gapirsa va qanday qilishi kerak boʻlsa, shunday gapiradi va shunday qiladi. U oʻz qahramonining xarakterini qanchalik chuqur oʻylasa, uning ijrosi shunchalik aniq va chiroyli boʻladi.
Jinsiy yoki hissiy jihatdan nomaqbul xatti-harakatlarni tasavvur qilsangiz, shunga oʻxshash holat yuz beradi. Siz u yoki bu odam bilan yolgʻiz qolganingizda olib boradigan suhbatlaringizni tasavvur qilib mashq qilasiz. Siz intim uchrashuv, jinsiy yaqinlik, oʻz soʻzlaringiz va harakatlaringizni tasavvuringizda chizish orqali mashq qilasiz. Xayoliy va yaxshi mashq qilingan stsenariy ertami-kechmi oʻynalishi kerak. Bir necha bor takrorlangan mashqlar sizning istagingizni kuchaytiradi va qarshilik koʻrsatish qobiliyatingizni pasaytiradi. Shayton oʻz tuzogʻini qoʻyib, sizga shunga oʻxshash vaziyatni qoʻyib bersa - nima boʻlishini taxmin qilyapsizmi? Siz oʻz rolingizni avtomatik ravishda, qanday mashq qilgan boʻlsangiz, shunday oʻynay boshlaysiz. Agar siz oʻz ongingizni ehtiyot qilmasangiz, qarama-qarshi jins bilan munosabatlarda deyarli ojiz boʻlib qolasiz. Ammo siz shaytonning oʻqlari uchun harakatsiz nishon boʻlib xizmat qilishingiz shart emas. Siz ongingizga ehtiyotkorlikni oʻrgatishingiz mumkin.
Ongimizni ehtiyotkorlikka oʻrgatamiz
Mening sevimli maqollarimdan biri: "Qushni boshingiz ustidan uchib oʻtishiga toʻsqinlik qilib boʻlmaydi, lekin uni boshingiz ustiga uya qurishiga toʻsqinlik qilish mumkin." Vasvasa haqida ham shunday deyish mumkin.
Aytaylik, sizning dugonangizga juda ajoyib yigit xushomad qilyapti va siz darsdan keyin u bilan yolgʻiz suhbatlashishni orzu qilasiz - shunchaki suhbatning qay tomonga burilishini koʻrish uchun. (Ichingizda siz, albatta, unga dugonangizdan koʻra koʻproq yoqishga umid qilasiz.) Ehtimol, sevimli oʻqituvchingiz toʻsatdan sizni kechki ovqatga taklif qiladi (garchi oʻquvchilar bilan bunday norasmiy muloqot uchun u ishdan boʻshatilishi mumkin boʻlsa ham). Shunday boʻlishi mumkinki, yoqimtoy yigitchaning ustida juda chiroyli oʻtirgan futbol formasini koʻrganingizda, beixtiyor bu yigitcha formasiz qanday koʻrinishini tasavvur qilasiz... Bu tasodifiy fikrlar hali gunoh emas, ammo jinsiy tusdagi bunday nomaqbul xayollarga toʻxtalish endi gunoh, bundan tashqari, kelajakda ular sizga katta tasir koʻrsatishi ehtimoli ortadi. Vasvasalardan hech kim himoyalanmagan, lekin siz oʻzingizni vasvasa qiluvchi fikrlarga qaytishdan, ayniqsa, ularga muvofiq harakat qilishdan tiyishingiz mumkin.
Xoʻsh, qushlarning boshingiz ustiga in qurishiga yoʻl qoʻyasizmi? Xayolingizga vasvasali fikrlar kelganda qanday yoʻl tutasiz? Qanday qilib siz ularga qaytish vasvasasidan qocha olasiz?
Yoʻldan ozdiruvchi fikrlarni haydash
4 - bobda aytib oʻtganimizdek, Iso vasvasalarga, shu jumladan jinsiy aloqa vasvasasiga ham duchor boʻlgan, ammo gunohsiz boʻlib qolgan.
«U ojizliklarimizga hamdard boʻla oladi. Axir, U biz kabi har tomonlama sinalgan, lekin bizga oʻxshab gunoh qilmagan. Kelinglar, inoyatli Xudoyimizning taxtiga jasorat bilan yaqinlashaylik. Shunda U bizga marhamat koʻrsatadi, Uning inoyati zarur vaqtda bizga yordam beradi. (Ibroniylar 4:15-16).
Iso vasvasaga tushish nimani anglatishini biladi. U inson edi va siz duchor boʻlgan vasvasalarga duchor boʻldi, lekin ularning hech biriga boʻysunmadi. Agar sizda Muqaddas Ruh boʻlsa, siz ham vasvasalarga qarshi turishni va ularni engishni oʻrganasiz.
Nomaqbul fikrlarni (ularga qarshi tegishli etirozlarni ichingizda takrorlash orqali) haydashingiz mumkin. Masalan, toʻsatdan yigitingiz sizni mahkam quchoqlab turganini tasavvur qilsangiz, u sizni ehtiros bilan oʻpa boshlasa yoki qandaydir jinsiy erkalashni soʻrasa, unga qanday javob berishingizni tasavvur qilib, bu fikrni haydang. Siz unga muloyimlik bilan rad javobini berishingiz va qatiy boʻlib qolishingiz kerak. Javobingizni yaxshilab oʻylab koʻring va ichingizda koʻp marta takrorlang. U bilan yolgʻiz qolishni orzu qilish oʻrniga, doʻstlaringiz bilan bogʻda sayr qilish qanchalik qiziqarli boʻlishini tasavvur qiling. Har qanday nosogʻlom gʻoyani boshidanoq yoʻq qilish kerak. Shunday ekan, vasvasaga soluvchi fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang va sogʻlom fikr yuritishga etibor qarating. Shuningdek, sizni umuman qiziqtirmaydigan yigit bilan muloqotni tasavvur qilish orqali vasvasani haydashingiz mumkin:
- Agar eng yaqin doʻstingiz yolgʻiz qolgan paytingizda yoningizga kelib, siz juda chiroyli ekanligingizni va unga doim yoqqaningizni aytsa, qanday munosabat bildirgan boʻlardingiz? Tasavvur qiling, u bilan noz-karashma qilishni boshlash yoki nojoʻya fikrlarga yoʻl qoʻyish (bu sizning doʻstligingizga xiyonat boʻlardi) oʻrniga, siz unga shunchaki minnatdorchilik bildirasiz va boshqalar toʻplangan joyga chiqib ketasiz.
- Agar chiroyli xodimingiz siz haqingizda oʻylashning oʻziyoq uni shunchalik qiynayotgani, hatto sovuq dush qabul qilishga majbur boʻlayotganini aytsa-chi? Bunday nojoʻya gapdan mamnun boʻlish oʻrniga, tasavvur qiling, siz xodimingizga munosib javob berasiz: "Men sizdan bunday etiroflardan tiyilishni soʻrardim" deb ketib qolasiz. Agar shunga oʻxshash biror narsa sodir boʻlsa va javobingiz uni toʻxtata olmasa, boshligʻingizga bu odam jinsiy zoʻravonlik bilan bezovta qilayotganini ayting.
Tasavvur qiling, yomon nomga ega boʻlgan va Xudoga ishonmaydigan yigit sizni uchrashuvga taklif qilyapti. Oʻzingizga "sevgingiz uni yaxshi tomonga oʻzgartiradi" deyish va u bilan uchrashish qanday boʻlishini tasavvur qilish oʻrniga, unga: "Taklif uchun rahmat, lekin bu imkonsiz," deb javob berayotganingizni tasavvur qiling.
Tasavvur qiling, sizdan ancha katta yoshdagi yigit siz bilan oʻynashishni boshladi va darsdan keyin u bilan uchrashishga taklif qildi. Quvonish va bu qanchalik qiziqarli va yoqimli boʻlardi deb oʻylash oʻrniga, xushmuomala javobni tasavvur qiling: “Kechirasiz, taklifingiz menga maqul kelmadi” deb javob berasiz.
Keraksiz fikrlarni engishning yana bir yoʻli bor - ularni boshqa oʻzanga yoʻnaltirishdir.
Yoʻldan ozdiruvchi fikrlarni boshqa tomonga yoʻnaltirish
Quyida fikrlaringizni toʻgʻri yoʻnaltirish uchun bir nechta misollar keltirilgan.
- Chiroyli yigitni koʻrganingizda, u haqida xayol surish vasvasasiga berilmang. Shunchaki oʻzingizga: "Parvardigorim, chindan ham Sen buyuksan!" - deb ayting va fikrlaringizni yigitga emas, Xudoga qarating.
- Xayolingizga nooʻrin yoki gunohli fikr kelganida, diqqatingizni jamlash uchun yodlab olgan Muqaddas Kitob oyatlari ustida mulohaza yuritib, fikringizni oʻzgartiring. Bunga mana bu oyatlar toʻgʻri keladi:
«Gʻolib kelganlarni Men yonimda, taxtimda oʻtirishga haqli qilaman. Zotan, Men ham gʻolib kelganimda Otam Xudo bilan birga Uning taxtida oʻtirdim». (Vahiy 3:21)
«Hatto ahmoq ham indamay oʻtirganda dono boʻlib koʻrinadi, tilini tiyib turgan farosatli hisoblanadi». (Hikmatlar 17:28)
«Bu dunyoga moslashmanglar, fikr–zikringizni yangilab, tubdan oʻzgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan boʻlasiz, yani nima yaxshi, Xudoga manzur va mukammal ekanligini bila oladigan boʻlasiz” (Rimliklar 12:2)
- Xayolingizda vasvasaga qarshi turishga yordam beradigan, fikrlaringizni kerakli joyda ushlab turadigan biror masihiy qoʻshigʻini kuylang.
- Yigit haqida nooʻrin yoki shahvoniy fikrlarga qaytish oʻrniga, uning boʻlajak xotini yoki boʻlajak turmush oʻrtogʻi haqida ibodat qiling. Oʻzingizga shuni eslatingki, bunday fikrlarga yoʻl qoʻyib, siz oʻzingizga shunday hissiy yuk yaratasizki, uni er-xotinlik munosabatlaringizga oʻtkazish sizga noqulay boʻladi. Xudoning yordamida qalbingiz va ongingizni pok saqlay olganingiz uchun Unga shukronalar ayting.
- Va nihoyat, hammuallifim Stiv oʻzining "Yangi hayotda yashang" nomli radiokoʻrsatuviida aytganidek, vasvasaga duch kelganingizda, shunchaki kerakli ishni qiling. Avtobus bekatiga ketayotganingizda, oʻsha chiroyli yigitni uchratdingizmi? Unda hech ikkilanmay yoʻlingizni davom ettiring va avtobusga chiqing. Dugonangiznikiga mashgʻulotga borgan boʻlsangiz-chi? Shunday ekan, uni kuttirib qoʻymang. Oʻz yoʻlingizdan ketavering. Agar toʻgʻrilik yoʻlidan bormoqchi boʻlsangiz, roʻparangizdan uchragan yoqimtoy yigitlar sizni yoʻldan urishlariga yoʻl qoʻymang.
Siz vasvasa qiluvchi fikrlarni qanday qilib haydab yubormoqchisiz va qanday qilib ularni boshqa tomonga yoʻnaltirmoqchisiz? Bu qush boshingiz uzra uchib yurganida qanday yoʻl tutasiz? Uni haydab yuborasizmi yoki boshingiz ustiga uya qurishiga qoʻyib berasizmi? Yovuz qushni haydashning bir usuli - fikrlarni Yaratuvchining ijodiga (yani yoqimtoy yigitlarga) emas, Xudoga qaratishdir.
Asosiy narsa asosiy boʻlib qolishi uchun
Bu haqda yuqorida aytib oʻtgandik, lekin shunday boʻlsa ham, Isoning hayotdagi eng muhim narsa toʻgʻrisidagi soʻzlarini eslab qoldingizmi?
«Iso unga dedi: — “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving.” Bu birinchi va eng buyuk amr (Matto 22:37-38)
Koʻrib turganimizdek, Iso Rabbimizni yuragingiz, ruhingiz va aqlingizdan qolgan narsalar bilan sevishingizni aytmayapti. U hatto kun boʻyi oʻtirib, Xudo haqida oʻylashingiz haqida ham gapirmayapti. U zot sizga hayot berilganini biladi. U sizga bu hayotni bergan va siz eng yaxshi shogird, qiz, opa-singil va dugona boʻlishingizni istaydi.
Ushbu oyatlardan koʻrinib turibdiki, Iso bizdan vaqt, kuch va etibor talab qiladigan hamma narsadan koʻra koʻproq Xudoni sevishimizni istaydi. Biz Xudoni dunyodagi hamma narsadan koʻra koʻproq, oʻzimizga berilgan butun kuch va ehtiros bilan sevishimiz kerak. Yaratuvchiga boʻlgan bunday munosabatni, U bizni nima qilishga va U nimani xohlashiga etibor qaratish orqali namoyon etamiz. Havoriy Pavlus Filippiliklarni nimaga undagan boʻlsa, Xudo ham bizdan shuni istaydi:
«Endi esa, ey birodarlarim, fikr–zikringiz haqiqiy, sharafli, toʻgʻri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda boʻlsin. Ha, olqishga loyiq, alo narsalar haqida fikr yuritinglar” (Filippiliklar 4:8)
Mana sizga Xudoni sevgan va butun hayoti davomida Unga xizmat qilgan yosh qizning misoli: u yangi kunni kutib olish va uni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish uchun erta turadi. U atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirish uchun yaxshi koʻrinishga harakat qiladi - axir u masihiy, shuning uchun odamlar koʻzida u Xudoni ifodalaydi. U ibodat qiladi va bir nechta oyatlarni oʻqiydi yoki hammomda koʻzgu oldida sochlarini tarayotganda Parvardigorga qoʻshiq aytadi. U nonushta qiladi, uy vazifasini koʻrib chiqadi va maktab sumkasini yigʻishtiradi - axir u jiddiy va tirishqoq oʻquvchi. Oʻqituvchilarni tinglab, iloji boricha koʻproq narsani oʻzlashtirishga harakat qilib, u Xudo unga bergan salohiyatni oshirishga intiladi!
Bir sinf xonasidan ikkinchisiga oʻtar ekan, dugonalaridan birortasi uning yordamiga, daldasiga muhtoj emasmikan, deb sinchiklab qaraydi. Agar uning Isoni tanimaydigan dugonasi boʻlsa, u oʻz xulq-atvori va xatti-harakatlari bilan bu qizga Uning kimligini koʻrsatish uchun imkoniyat izlaydi. U maktabdagi muxlislar jamoasini muvaffaqiyatli boshqargan sinfdoshiga tabriknoma yozadi, dugonasining koʻnglini koʻtarish uchun unga qiziqarli elektron xat joʻnatadi, buvisining salomatligini bilish uchun qoʻngʻiroq qiladi - bularning barchasini u hamma bilan sogʻlom va yaxshi munosabatlarni oʻrnatish va saqlab qolish uchun qiladi.
Bu bilan siz faqat Xudo haqida oʻylashingiz kerak demoqchimizmi? Yoʻq. Aytmoqchimizki, siz har kuni etiboringizni talab qiladigan eng oddiy narsalar haqida oʻylaganingizda ham, baribir Xudoni butun qalbingiz, butun joningiz va butun aqlingiz bilan sevishingiz va buni atrofingizdagilar bilan baham koʻrishingiz mumkin. U sizga inom etgan hayotga jiddiy va masuliyat bilan yondashsangiz, Unga boʻlgan muhabbatingizni inkor etib boʻlmaydigan darajada isbotlaysiz.
«Ey Egamiz, Senga ishonib, Fikri–zikri Sendan uzilmaydiganga
Oʻzing komil tinchlik ato qilasan” (Ishayo 26:3)








































































































































